logo

USMONIYLAR DAVLATI. TURKLARNING YEVROPAGA HARBIY YURISHLARI.

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

78.5 KB
MAVZU.  USMONIYLAR DAVLATI. TURKLARNING YEVROPAGA
HARBIY YURISHLARI .
REJA .
1. Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil topishi.  Saljuqiylar sultonligi.
2.  Usmoniylar davlatining ijtimoiy –iqtisodiy ahvoli.  Davlat tuzimi.
3. Konstantinolning   egallanishi.   Turkiyaning  XV   asrning   ikkinchi   yarmidagi
xalqaro ahvoli.
4. Usmoniylar imperiyasining rivojlanishi va uning tashqi siyosati. Tayanch   so’z   va   iboralar:saljuqiylar,   Kichik   Osiyo,   Usmon   beyligi,
usmoniylar,   sulton,   Boyazid,   Sulton   Salim,   Istanbul,   serblar   va   bolgarlar,
Vizantiyaning egallanishi, yanicharlar, xristian bolalari.
1071   yilda   saljuqiylar   sultonlari   Alp-Arslon   boshchiligida   Manzikert   yonida   vizantiya
qo’shinlarni tor-mor keltiradilar va turklarning bu g’alabasi imperiyaning parchalanishida
muhim ahamiyat kasb etadi.
1073 yildan boshlab saljuqiylar alp Arslonning qarindoshi Sulaymon ibn Qutilmish
boshchiligida   Kichik   Osiyoni   egallashni   boshlaydilar.   Vizantiya   hukdorlarining
siyosatidan norozi bo’lgan mahalliy aholi va ko’chirib keltirilgan slavyan, valax, suriyalik
dehqonlar   bu   bosqinchilik   yurishiga   qarshilik   ko’rsatmaydilar,   ularning   ko’pchiligi   hatto
turklar   tomoniga   o’tib   ketadilar.   1077   yilda   Konya   va   Kaysari   hududlari   oralig’ida
saljug’iylarning   Kichik   Osiydagi   davlatiga   asos   solinadi.   Sulaymonning   o’zi   esa   bu
davlatning sultoni deb e’lon qilinadi. 
Kichik   Osiyoning   g’arbiy   chegaralini   egalar   ekan,   saljuqiylar   endi   Vizantiyaning
poytahti Konstantinopolga xavf sola boshlaydilar. Ammo ularning keyingi yurushlari salib
yurishlari   natijasida   to’xtatiladi.   Salibchilar   o’zlarining   birinchi   yurishlaridayoq
saljuqiylarni   Markaziy   Anatoliyaga   chekinishga   majbur   etib,   ularning   poytaxti   Nikeyani
egallaydilar   (1097   yilda)   va   turklarning   Janubi-Sharqiy   Yevropaga   bo’lgan   yurushini
to’xtatadi.   Salkam   yuz   yil   maboynida   saljuqiylar   Markaziy   Anatoliyadagi   kichik   hudud
bilan   cheklanishga   majbur   bo’ladilar.   1116   yilda   ularning   poytaxti   Konya   bo’lib,
Saljuqiylar   hukmronligining   oxiriga   qadar,   ya’ni   XIV   asr   boshlariga   qadar   poytaxt
o’zgarmaydi.   Bu   shaharning   nomi   bilan   sultonlik   Konya   sultonligi,   sharqda   esa   Rum
sultonligi nomi bilan mashhur bo’lgan. 
Kichik   Osiyo   turklar   tomonidan   o’zlashtirilar   ekan   bu   hududga   ko’chmanchi
qabilalrning   kelib   joylashishi   tezlasha   boradi.   Izlanuvchilarning   fikriga   ko’ra   XI-XII
asrlarda Kichik Osiyoga 500 mingdan 1080 minggacha turklar ko’chib kelganlar.
Saljuqiylar sultonligida yer davlat mulki hisoblangan. Sulton o’z yaqinlari va katta
lavozim   egalariga   katta   yerlar   berib   bu   yerlar-   iqta,   xarbiylarga   yaxshi   xizmatlari   uchun beriladigan  yerlar-timar  (tarxon)  deb  atalgan.  Bu  yer  egalari   xarbiy  xizmat  majburiyatini
olib,   agar   bosh   tortsalar   bu   yerdan   mahrum   bo’lganlar.   Bundan   tashqari   yer   egaligining
boshqa   turlari   –   vaqf   (machit-madrasa   yerlari)   va   mulk   (shaxsiy   yer   egalik   turi)   ham
bo’lgan.Bu yerlardan foydalanganliklari uchun dehqonlar asosan ushr –(hosilning o’ndan
bir   qismi)   solig’ini   va   boshqa   soliqlar   to’laganlar.   Boshqaruvda   asosiy   til   –   fors   tili
bo’lgan. Aosiy qonun kodeksi bu shariat bo’lib, og’uz ko’chmanchi qabilalarining qonuni
tyure deb atalgan.
Sultonlikning eng gullab yashnagan davri XIII asrning 20-30 yillariga to’g’ri kelib,
bu vaqtda sultonlar Alouddin key Kubod I (1219-1236) va G’iyosiddin Key Xusrav (1236-
1245) mamlakatni boshqarganlar.
1242   yilda   mo’g’illar   O’rta   Osiyo   va   Erondan   so’ng   Saljuqiylar   davlatining
shimoli- sharqiy hududlarini egallaydilar. 1243 yilda Kyosedag (Sivass dan 60km sharqiy
tomonda)   yonidagi   jangda   mo’g’illar   saljuqiylar   qo’shini   ustidan   g’alaba   qozonib,
davlatning keyingi taqdirini xal qiladilar. Sulton o’zini mo’g’il xonining vasssali deb e’lon
qilib, har yili soliq to’lashni bo’yniga oladi.
XIII   asr   oxiriga   kelib   Saljuqiylar   sultonligi   10   ta   (ba’zi   ma’lumotlarda   16   ta)
mustaqil   beylik   (knyazlik   yoki   amirlik)   larga   bo’linib   ketadi.   Ularning   kuch   qudrati
ularning qo’shin soniga qarab belgilangan. Masalan: Germiyan – 200 ming, Karaman – 25
ming,   Kastamonu   –   200   ming,   Menteshe   –   100   ming,   Karasi   –   40   ming,   Saruxan   –   20
ming kishidan iborat qo’shin va boshqalar.
1307   yilda   mo’g’illar   tomonidan   oxirgi   saljuqiy   sultoni   G’iyosiddin   Ma’sud   III
bo’g’ib   o’ldiriladi.   Bu   sana   sultonlikning   tugatilish   sanasi   hisoblanadi.   Budavlat   230   yil
umr ko’rgan. 
Saljuqiylar   davlati  beyliklarga  bo’linib ketar   ekan,  ular   ichida bir  nechta  yiriklari
ham   bor   edi.   Ammo   geografik   jihatdan   qulay   hududdda   joylashganligi,   Vizantiyaga
yaqinligi,   Kichik   Osiyoda   mo’g’illar   vassalligidan   ozodligi,   bu   hududga   ko’plab   turk
ko’chmanchi   qabilalarning   kelib   joylashuvi   natijasida   nisbatan   zaifroq   bo’lgan   usmon beyligini yangi turk davlatining asosi bo’lishiga sabab bo’ladi. Beylikning markazi Syogut
shahri bo’lgan.
Usmoniylar   beyligining   tashkil   topishi   tarixi   qo’yidagicha   bo’lgan.   Chingizxon
boshchiligidagi   mo’g’illarning   O’rta   Osiyoga   1219-1221   yillardagi   yurushidan   so’ng
turkmanlarning qayi  qabilasi  Ertog’rul rahbarligida turkman dashtlaridan XIII asrning 30
yillarida   g’arbga   tomon   yurib,   Kichik   Osiyoga   kelib   qoladilar.   Ertog’rul   saljuq   sultoni
Alouddin   Key   Kuboddan   iqta   sifatida   bu   hududda   joylashadi   va   buning   evaziga   bu
yerlarni   himoya   qilishgni   o’z   zimmasiga   oladi.   1281   yilda   (ba’zi   ma’lumotlarga   ko’ra
1288   yilda,   90   yoshda)Ertog’rul   vafot   etadi,   qabilani   esa   uning   o’g’li   Usmon   boshqara
boshlaydi.   U  yangi   sulolaga   asos   solib,   usmoniylar   sulolasi   Turkiyada  1922   yilga  qadar,
ya’ni sultonlikning bekor qilinishiga qadar boshqarganlar. (Umumiy hisobda 37 ta sulton.)
Ertog’rulning hukmrolik qilgan davrdanoq u vizantiyaga tegishli yerlarni egalllab,
o’z   yerlarini   kengaytirishga   harakat   qila   boshlagan.   Konstantinopolning   olib   borgan
siyosatidan,   soliqlarning   og’irligi   bu   yurishlarni   muvaffaqiyatli   bo’lishiga   sabab   bo’ldi.
1258   yil   Syogut   shaxrida   dunyoga   kelgan   o’g’li   Usmon     otasining   siyosatini   davom
ettirgan.   1299   yilada   mo’g’illar   tomonidan   qo’yilgan   saljuq   sultoni   G’iyosiddin   Ma’sud
IIga  qarshi qo’zg’alon ko’tariladi va u poytaxti Konyadan qochib ketishga majbur bo’ladi.
Usmon esa bu vaziyatdan foydalangshan xolda o’z yerlarini mustaqil boshqara boshlaydi.
1299   yil   Usmoniylar   davlatining   tashkil   topish   sanasi   deb   qabul   qilingan.   U   dastlab
1291iyilda   Melangiyani   1301   yilda   Yangishaxarni   egallab,   bu   yerda   qal’a   qurib,   1315
yilda Bursu shahrini qamal qilinadi.  Shaxar Usmon o’lim to’shagida yotgan vaqtda o’g’li
O’rxon   davrida   egallanib   poytaxtga   aylantiriladi.   Bu   shaxarni   egallashga   o’n   yil   vaqt
ketadi.   1327   yildan   boshlab   O’rxonning   buyrug’iga   ko’ra   bu   yerda   birinchi   usmoniylar
kumush tangasi- aqcha zarb qilina boshlanadi. Shundan so’ng  Kichik Osiyoning shimoli-
g’arbiy   hududlarini   Marmar   va   Qora   dengiz   qirg’oqlariga   qadar,   Dardanel   bo’g’ozi
hududlarini   eagllashga   muvaffaq   bo’ladi.   (1330   yilda   Iznik-Nikeya,   1337   yilda
Nikomediya-Izmit) Vizantiya imperatori Ioan VI O’rxonga o’z qizini nikohlab berish bilan
munosabatlarini yaxshilashga xarakat qilgan. O’rxon Vizantiya hududlarida o’z chodirini
qurib,   imperatorni   shu   yerda   qabul   qilgan.Usmoniylar   hukmdorlari   o’zlariga   «g’ozi» nomini berganlar. (Usmon, O’rxon). Bosqinchilik urushlarida diniy guruhlar «axi»lar katta
rol o’ynab, ular xunarmand va savdogarlarni ham o’zlariga birlashtirganlar.
Shu   tariqa   turklar   bolqon   yarim   oroliga   yaqinlashadilar.   1352   yilada   Vizantiyaga
taxtiga da’vogar  I.Kantakuzin taxt  uchun bo’lgan urushda turklardan yordam  so’raydi  va
Usmonning   o’g’li   Sulaymon   podsho   Dardanelldan   o’gan   xolda   Simpe   qal’asiga
yaqinlashadilar.   1354   yilda   kuchli   yer   qimirlashi   natijasida   ziflashgan   Galliopol   shaxri
mudofaa   devorlari,   shuningdek   shu   yilda   Ankara   egallanadi.   1357   yilda   Sulaymon   vafot
etadi.   Qo’shinga   uning   ukasi   Murod   rahbarlik   qiladi.1361-1263   yillarda     Adrionopol
shaxri egallanadi  (turkcha Edirna) va sulton Murod I (1362-1389yy) poytaxtni shu yerga
ko’chiradi. 1366 yilda u ukalari Ibroxim va Xalilni o’ldirishga buyruq beradi. 
Vizantiya   imperatori   o’zini   turklarning   vassali   deb   tan   oladi   va   qizlarini   unga   va
o’g’illariga nikoxlab beradi.(1370 y), keyin esa Filioppol (Plovdiv)  shaxri egallangandan
so’ng   bolgar   podshohi   Shishman   ham   vassalikni   bo’yniga   olgan   va   sulton   garemiga   o’z
singlisini   berishga   majbur   bo’lgan.   1373   yila   sultonning   o’g’li   Savdji   otasiga   qarshi
qo’zg’alon   ko’taradi   va   Imperator   Ioan   Vning   merosxuri   Andronik   bilan   ittifoq   tuzgan
xolda.     Murod   I   qo’zg’alonni   bostirib,   o’g’lining   ko’zini   o’yib,   so’ng   kallasi   tanasidan
judo qiladi. 
XIV   asrning   60-yillarida   boshlab   turklar   Serbiyaga   yurush   boshlaydilar.   1389   yil
15 iyunda Kosovo maydonida  xal  qiluvchi  jang bo’lib bu jangda turklar  g’alaba  qilsada,
Murod   I   halok   bo’ladi   (serb   Milosh   tomonidan   o’z   chodirida   o’ldiriladi).   Taxtga   uning
o’g’li   Boyazid   Yildirim   o’tiradi   va   birinchi   navbatda   o’z   ukalarini   bo’g’ib   o’ldirishga
buyruq beradi
Turklarning ijtimoiy iqtisodiy axvoli. Davlat boshqaruvi
1368 yildagi qonunga ko’ra   bosib olingan yerlar davlat mulki deb e’lon qilinadi. 1375
yilda   xarbiylarga   yerlar   tarqatish   haqidagi   qonun   chiqariladi,   unga   ko’ra   kichikroq
berilgan   yerlar   –   tumorilar   (tarxon),   yiriklari   –ziyamet   deb   aytilgan.   Xarbiy   –   (sipohiy-
otliq)   yeriga   qarab   sarkarda   –sanjoq   bey   boshchiligida   otliq   qo’shini   bilan   yurishlarda
ishtirok etishi lozim bo’lgan.  O’rxon   davrida   davlat   boshqaruv   tizimi   shakllana   boshlanadi.   Devon   shakllanib,
vazirlar   paydo   bo’ladi.   Mamlakat   viloyat   va   tumanlarga   bo’linib,   yirik   yer   egalari
tomonidan   boshqarilgan.   Bosib   olingan   yerlarni   mustahkamlash   maqsadida   O’rxon
davridan boshlab turklar  Kichik Osiyodan  Bolqonga ko’chirilish siyosatini  olib boradilar
Sud   ishlarini   kadiylar   shariat   asosida   olib   borganlar.   Ko’chmanchilar   orasida   esa   tyure
qonuni saqlanib qolgan. Murod I davrida dastlabki qonunnomalar paydo bo’lib, (jumladan
1368y,   1375   yilgi   qonunlar)   u   Usmoniylar   davlati   qonunchiligi   asoschisi   hisoblanadi.
Uning o’g’li Boyazid davrida mamlakat markazlashtirila boshlanadi.
Armiya   sohasida   ham   katta   o’zgarishla   bo’lib   o’tadi.   Asosiy   harbiy   kuch   otliq
qo’shin sipoxiylar edi. 1361 yilda (yoki 1363 y) birinchi xristian harbiy asirlaridan tashkil
topgan   doimiy   piyoda   qo’shin   tashkil   etilib,   ular   otliq   qo’shinuchun   qiyin   bo’lgan
kal’alarni   ishg’ol   qilishda   muhim   hisoblangan.   Bu   qo’shin   «yanicharlar»   nomini   oladi
(yangi).   Dastlab   ularning   soni   1-3   ming   kishi   bo’lib,   borgan   sari   ularning   soni   oshirilib
borgan. XV asrning 20- yillarida maxsus «devshirme» tizimini «qon solig’i» joriy etilib,
xar   3-5-7   yilda   maxsus   odamlar   tomonidan   xristian   o’smirlarini   kuch   bilan   olib   kelib,
yanicharlar   korpusi   uchun   tayyorlanganlar.   Ularga   uylanish   man   etilib,   maxsus
kazarmalarda   yashaganlar.   Ular   qo’llarida   qurol   ushlashga   qurbi   yetganicha   xizmat
qilishga majbur bo’lganlar.
Yerlar   dehqonlar   soni   emas,   balki   undan   keladigan   daromad   bilan   belgilangan.Timor
(tarxon) yerlardan 3 mingdan-20 ming akchagacha  (akcha-mayda kumush tanga, grekcha
nomi   aspr),   ziamet   yerlar   20   000   –   100   000   akchagacha     foyda   keltirgan.   (Turkiyada   40
mingga yaqin timar  va ziyamet yerlar bo’lgan)  Eng yirik yer egaligi  xoss deb nomlanib,
uning foydasi  100 ming akchadan yuqori  bo’lgan.Xoss  yerlar  asosan  vazr, beylarbeyi  va
boshqa yuqori lavozim egalariga berilgan. Lavozimidan ayrilgan shaxs xoss yeridan ham
mahrum   bo’lar   edi.   Qaram   dehqonlar   rayaalar   deb   nomlanib,   ularning   ijaraga   olgan
yeralari   6-16   ga   ni   tashkil   etgan.   Ularning   imtiyozlari   shundan   iborat   bo’lganki   ularga
berilgan yerlar uch yil maboynida ishlov berilmasagina yer egasi tomonidan tortib olinishi
mumkin   bo’lgan.     Musulmon   dehqonlar   asosan   ushr   solig’ini   (xosil   bilan)   to’lganlar.
Musulmon   bo’lmaganlar   xirodj-i   mukasimma   soliqini   to’lab,   u   ushr   solig’iga   uxshash bo’lib,   miqdori   ko’proq   bo’lgan.   Bundan   tashqari   ular,   ya’ni   15   yoshdan   75   yoshgacha
bo’lgan mehnatga layoqatli musulmon bo’lmaganlar juz’ya solig’ini xam to’laganlar. (pul
bilan.)   Bundan   tashaqari   dinidan   farqli   ravishda   ular   yer,   mol,   tutun,   kelin,   kuyov   va
boshqa soliqlarni  to’laganlar. Urush  vaqtida olinadigan avariz solig’i  keyinchalik doimiy
ravishda   olinadigan   bo’ldi.   Shuningdek   Turkiyada   xunarmandchilik   xam   yaxshi
rivojlangan   bo’lib,   ular   alohida   obro’ga   ega   bo’lganlar.   Savdo   bilan   asosan   musulmon
bo’lmaganlar   (armanilar,   greklar,   bolgarlar,   serblar,   yevreylar   va   boshqalar)
shug’ullanganlar.
  Davlat   boshqaruvi.     XV   asrga   kelib   davlat   tepasida   podishox   utirar,   va   u   mutloq
hokimyatga ega bo’lgan. U qo’shin boshida turuvchi asosiy qo’mondon ham bo’lgan. 
XVII   asrga   qadar   taxt   otadan   o’g’ilga   meros   qolgan.   Taxtga   chiqqan   o’g’il   o’z
ukalarini   taxtga   bo’lgan   da’vogarlar   sifatida   o’ldirishga   buyruq   bergan.   XVII   asrdagi
yangi buyruqqa ko’ra taxt vorisi  deb katta o’g’il e’lon qilinadi.   Qolgan ukalar esa saroy
kamoqxonasi   saqlangan.   Ikkinchi   shaxs   buyuk   vazir   hisoblangan.   Alohida   sohalar
bo’yicha   vazirlar   (ministrlar)   ham   bo’lgan.   Vazirlarning   alohida   kengashi   Divan-i
xumayun   bo’lgan.   Musulmonlar   boshida   muftiy   turib,   XV   asr   70   yillaridan   boshlab   u
shayx   ul-   islom   deb   aytilgan.   Unmdan   keyin   kadiaskerlar   turgan.   Salim   I   davrida
dindorlarning obro’si shunchalar oshadiki, sulton tomonidan chiqarilagan qonun shayx-ul
islom   tomonidan   tasdiqlanishi   zarur   bo’lgan.Turkiyada   boshqa   dinlarning   o’zlarining
jamoalarini tuzishga xam ruxsat berilgan. Ular davlatga maxsus soliq to’laganlar.
Boyazit   Yildirim   Serbiyani   vassal   davlatga   aylantiradi.   U   Serbiyaning   hukmdori
Lazarning   qiziga   uylanadi.   Lozarning   o’g’li   Stefan   merosxo’r   qoldirmay   vafot   etgandan
so’ng   u   davlatning   ichki   ishlariga   aralashish   huquqiga   ena   bo’ladi.   1393   yilda
Bolgariyaning   poytaxti   T ы rnova   shaxri   olinib,   Boyazid   bolgar   shoxi   Shishmanni   bug’ib
o’ldiradi,   uning   o’g’li   esa   islomni   qabul   qilishi   bilan   o’limdan   saqlanadi.   1395   yilda
Bolgariyaning   oxirgi   shaxri   Vidin   egallanadi.   Bolgariya   turk   provinsiyasi   (viloyatiga) aylantiriladi.   Kosovo   maydonidagi   jangdan   so’ng   turklar   Albaniyaga   qarshi   yurish
boshlab, XIV asrning oxiriga kelib Bosniyaning katta qismi egallanadi..
Serbiya   va   Bolgariya   egallangandan   so’ng   turklar   Vengriya   chegsharalariga
yaqinlashadilar. Vengriya qiroli Siguzmund turklarga qarshi salib yurishlarini tashkil etib,
bu   yurushda   fransuz,   ingliz,   nemis   va   chex   risarlari   ham   ishtirok   etadilar.   1396   yil   25
sentyabrda Dunay bo’yidagi bolgar shaxri Nikopol yonida xal  etuvchi jang bo’lib o’tadi.
Ma’lumotlarga   ko’ra   salibchilarning   soni   60-100   ming   kishi   bo’lgan   bo’lsa,   turklar
ulardan   ikki   barobar   ko’p   bo’lganlar.   Bu   jangda   turklar   g’alaba   qozonadilar.   Sulton
buyrug’iga   ko’ra   bir   kun   davomida   tuxtovsiz   salibchilar   qatl   etilgan   va   sulton
xizmatkorlari bu jarayonni kuzatishga xoli qolmay qatlni to’xtatishni so’raganlar. Mashxur
fransuz   risarlari   Karl   VI   iga   katta   to’lov   evaziga   qaytarilgan   (200   ming   dukat,   boy
sovg’alar).   Sulton   xam   o’z   navbatida   turk   xarbiysi   kiyimlari   va   oltita   odam   terisi   bilan
ishlov berilgan kamon yuboradi.
Nikopol   ostida   salibchilarni   tor-mor   etgandan   so’ng   Boyazid   I   Bolqonga   yangi
yurishlarni   boshlab   yuboradi   va   Vizantiya   poytaxti   Konstantinopolni   egallash   uchun
tayyorgarlik   ko’ra   boshlaydi.   1400   yilda   Konstantinopol   atrofi   qaml   etiladi.   Ammo
kutilmaganda Kichik Osiyoga o’z qo’shini bilan Amir Temur kirib keladi. 1402 yil iyulda
mashhur   Anqara   jangi   bo’lib,   unda   Boyazid   va   uning   ikki   o’g’li   asirga   tushadilar.
(ma’lumotlarga   ko’ra   yarim   million   kishi   ishtirok   etgan,   30   ta   fillardan   foydalanilgan
A.Temur)   1403   yil   sulton   Temur   uni   Samarqandga   olib   ketmoqchi   bo’lganidan   xabar
topib, o’z joniga qasd qiladi, ya’ni zaxar ichib o’ladi. Temur uning mamlakatini to’rt o’g’li
o’rtasida   taqsimlab   beradida,   Sulaymonga   poytaxt   Adrionopol   bilan   yevropadagi   yerlani
berar   ekan,   uni   sulton   sifatida   qoldiradi.   Aka-ukalar   o’rtasida   taxt   uchun  kurash   avj   olib
ketadi. Musa  taxtni Sulaymondan tortib olsa, o’zi Mexmed bilan bo’lgan kurashda xalok
bo’ladi.   Mexmed   esa   o’z   navbatida   1413   yildan   boshlab   Mexmed   I     nomi   bilan
mamlakatni   boshqara   boshlaydi.   Uning   davrida   1416   yilda   shayx   Badriddin   va   uning
tarafdorlari dehqon Byorklyudje Mustafa (Byorklyudje – laqab bo’lib, kichik qalpoq egasi
ma’nosini anglatgan) va Torlak Kamol boshchiligida yirik qo’zg’alon bo’lib o’tadi. Shayx
Badriddin 1416 yil 18 dekabrda osib o’ldiriladi. 1421 yil mayda MexmedI vafot etgandan so’ng 40 kun e’lon qilinmagan. Ukasi Mustafani taxtga da’vosidan qo’rqib o’g’li Murodni
kutganlar. Manbalarda Mustafo A.Temur tomonidan o’ldirilib, u soxta merosxo’r xam deb
aytiladi.  Murod II tomonidan u osib o’ldirilib, jasadi bir necha kun olinmagan.
  Sulton   Murod   II   (1421-1451yy)   davrida   turklarning   xarbiy   yurishlari   tiklanadi.
Papa   Yevgeniy   IV   yangi   salib   yurishlarini   e’lon   qiladi.   1439   yilda   Florentiy   uniyasi
imzolanib,   unga   ko’ra   katolik   va   provaslav   cherkovlari   turklarga   qarshi   birlashadilar.
(Vizantiya imperatori   Ioann VII Paleolog). 1444 yilda vengr qo’shinlari chex qo’shinlari
bilan   Transilvaniya   sarkardasi   Yanosh   Xunyadi   va   Vengriya   va   Polsha   qiroli   Vasiliy   III
boshchiligida   turklarga   qarshi   kurash   boshlab,   10   noyabr   Varna   yonidagi   jangda
mag’lubiyatga uchraydilar. Ikkinchi yurish 1448 yilda   mashhur Kosovo maydonida yana
mag’lubiyat bilan tugaydi.  Murod II dengiz flotini kuchaytirishga aloxida e’tibor qaratadi.
 Turklar tomonidan Konstantinopolning egallanishi.
Vizantiyaning   oxirgi   imperatori   Konstantin   XI   Paleolog   (1449-1453)
zamondoshlarining ta’rificha kuch-g’ayratga to’la va botir insin bo’lgan u siyosatchilikdan
ko’ra harbiy jang sohasini yaxshi o’rgangan bo’lib, u turklarga qarshi kurash uchun kuch
to’playdi.  Turk  sultoni   Murod  IIning  1451-yil  fevralda  vafot  yetishi   turklarda  boshqaruv
jarayoni vaziyatining o’zgarishiga olib keladi. Turk hukmdorligiga Murod II ning g’ayratli
va bosqinchilik olib borish bilan qiziqqan o’g’li Mexmed II (1451-1481)o’tiradi.
Mexmed II Fotix usmoniylar davlatining eng ko’zga ko’ringan yirik namoyondalaridan
biri yedi. U o’z maqsadiga yerishish uchun har qanday ishni qilishga tayyor yedi. Sulton
Murod   IIning   xizmatkoridan   tug’ilgan   o’g’li   bo’lib   Mehmed   II   o’z   hokimiyatiga   uning
taxdid solishidan qo’rqar yedi, otasi o’lgach, Mexmed II birinchi o’rinda taxtga davogarlar
masalasini hal qiladi. U o’zining 9 oylik ukasi Amuratni hamda bir nechta qarindoshlarini
o’ldirishga   buyuradi.   Yangi   sultonnig   qaxri   qattiqligi   to’g’risida   afsonalar   yaratiladi.
Zamondoshlarining aytishiga ko’ra, Mehmed II o’z bog’idan qovun o’g’irlaganlarni topish
uchun   14ta   hizmatkorining   qornini   yorishni   buyuradi.   Boshqa   bir   kun   sulton   rasmini
chizayotgan   Italiyalik   mashhur   rassom   Jentili   Belliniga   odamning   bo’yin   muskulidagi
tomirini tortilishini ko’rsatish uchun rassomga xizmatkorining kallasini olib tashlaydi.  Lekin shu bilan birga usmoniylar imperiyasining yangi hukmdori yetarli darajada ta’lim
olgan,   bir   nechta   tilni   bilgan,   shu   qatorda   yunon   tilini   ham,   matematikani   o’rgangan,
astronomiya   ilmiga   ancha   qiziqqan   va   ayniqsa   falsafaga,   yunon   faylasuflari   asarlarini
yaxshi   bilgan   va   vizantiya   olimlari   boshchiligida   ularning   taxlili   bilan   shug’ullanishgan.
Lekin   yangi   hukmdorning   asosiy   qarashlari   yangi   yerlarni   bosib   olish   bilan   yonardi.
Hokimiyatga   kelishi   bilan   Mexmed   II   o’zining   asosiy   maqsadi   yetib   Romeyalar
imperiyasini   tor-mor   qilishni   rejalashtiriladi.   Mexmed   II   nafaqat   Yevropa   va   Osiyoda
turklar   hukmronligini   o’rnaga,   balki   yirik   va   kuchli   imperiya   tuzib,   Konstantinopolni
o’zining davlatiga poytaxt qilib olishga harakat qiladi.
Mexmed II urushga tayyorgarlik chog’ida yunonlar xushyorligini oshirmaslikga harakat
qiladi   va   vizantiyalik   yelchilarni   xushmuomalalik   bilan   qabul   qildi,   xatto   Konstantin   XI
bilan imperiya uchun foydali sulh shartnomalarini tuzadi. Mexmed II ning qarshi harakat
boshlamoqchiligi,   turklarning   Konstantinopoldan   uncha   uzoq   bo’lmagan   hudud   ya’ni
Bosfor qirg’og’ida mustahkam qal’a qurishni boshlashganlarida ma’lum bo’ladi. Bu qal’a
(Rumeli Xissar) juda qisqa vaqt ichida qurilib bitkaziladi.
1452-yil mart oyida turklar qurish ishlarini boshlagan bo’lsa, xuddi o’sha yilning avgust
oyiga kelib u qal’a qurilishi tugallangan va kuchli garnizon hosil qilinib, artelleriya bilan
qurollantirilgan   yedi.   Bir   qancha   vaqt   oldinroq   turklar   Bosforning   Osiyo   qirg’og’ida
boshqa   qal’ani   ham   qurishgan   yedi.   Bu   qal’aning   nomi   “   Anatoli-Xissor“.   Shunday
sharoitda   yendi   ular   Bosforning   har   ikkala   qirg’og’ida   mustahkamlanib   olishadi.   Yendi
Konstantinopolning   Qora   dengiz   bilan   yerkin   munosabatlari   to’sqinlikka   uchraydi.   Qora
dengiz   bo’qidagi   oblastlardan   Konstantinopolga   kirib   keluvchi   non   mahsulotlarining
kelishi   har   qanday   vaqtda   sulton   buyrug’iga   ko’ra   to’xtatilishi   mumkin   yedi.   Tez   orada
turklar   bu   qirg’oqlardan   o’tuvchi   barcha   kemalardan   soliq   yig’ib   olishni   boshlaydi.
Konstantinopolga qarshi hal qiluvchi ishlar qilinib bo’lgandi.
Urush   bo’lishi   vizantiyaliklarga  aniq-ravshan   bo’lib   qoldi.  Katta   xavfning   ro’y   berishi
muqarrarligi   natijasida   imperator   Konstatin   zudlik   bilan   poytaxtda   tamirlash   ishlarini
boshlab yuboradi, devorlarni qurollantiradi, ortiqcha oziq-ovqat to’playdi, Konstantinopol
amaldorlarining   g’arbga   tomon   ko’chib   ketishi,   keng   tus   oladi.   Vizantiya   hukumati   hali
ham g’arbdan yordam olishga umidvor yedi. 1452-yil   noyabrda   Konstantinopolga   papa   Nikolay   V   (1447-1455)   ning   maxsus   legati
keladi. Asli grek bo’lga kardinal Isidor papa siyosatini faol tarzda olib brogan. Papa legati
bilan   birga   Italiyadan   keluvchi   yordam   rejasi   barbod   bo’lsa   ham,   Vizantiya   hukmdori
Isidorni yaxshi kutib oladi. Ular o’rtasida yangi Uniya qabul qilinadi. 1452-yil 12-dekabr
Avliyo   Sofiya   ibodatxonasida   kardinal   Isidor   Uniya   qabul   qilinishi   munosabati   belgisi
sifatida katolik tartibda…
Vizantiyani   qutqarish   masalasi   haqida   faqatgina   Italiyaning   shahar   respublikalari—
Genuya va Vizantiya urinar yedi. Chunki bu shaharlar muhim savdo faktoriyalariga yega
yedi.   Biroq   ular   o’rtasidagi   doimiy   raqobat,   turklarga   qarshi   birlashib   harakat   qilishga
kelishishni   izm   bermaydi.   Vizantiyaning   turklar   qo’liga   qolishidan   ayniqsa,   oxirgi
Paleolog   hukmdorlaridan   foyda   olayotgan   genuyaliklar   uchun   zarar   yedi.   Vizantiya
poytaxti   Konatantinopol   turklar   tomonidan   qamal   qilinishidan   sal   avvalroq   700
genuyaliklardan   iborat   2ta   harbiy   otryad   Konstantinopolga   suzib   keladi,   ularga   jasur
kondator   Jovanni   Justinian   boshchilik   qiladi.   Ana   shu   G’arbning   birinchi   real   yordami
yedi. Sal keyinroq ular ikkita harbiy kemasini yuboradi.
1452-1453-yillarda   qish   davomida   har   ikkala   davlat   urushga   tayyorlanishadi.
Zamondoshlarining so’zlariga qaraganda, Konstantinopolni bosib olish ishtiyoqi sultonga
hyech   tinchlik   bermasdi.   Xatto   kechasi   ham   u   o’z   huzuriga   Konstantinopol   joylashuvi
haqida yaxshi malumotlarga yega odamlarni chaqirib shahar xaritasini chizar va bo’lajak
qamal   rejasini   tuzib   chiqar   yedi.   Sulton   buyrug’iga   ko’ra   Adrianapolda   pushka   quyib
beriladigan   katta   ustaxona   quriladi.   Artilleriya   tayyorlash   uchun   mablag’   ayamay
Mexmed II Vizantiyaliklardan metall qo’yish va artilleriya yasashda iste’dodli bo’lgan asli
venger Urbanni  o’z tomoniga og’dirib oladi. Urbanning turklar  tomoniga o’tishiga sabab
Konstantin   XI   unga   mehnatiga   yarasha   maosh   to’lamaydi.   Urban   turklarga   mislsiz
o’lchamdagi  pushka qo’yib beradi. Uni Konstantinopol devorini oldiga olib kelish uchun
oltmish ho’kiz va ko’p sonli hizmatkorlar harakat qilishadi.
1453-yil martda Mehmed II o’z qaramog’idagi barcha mamlakatlarga qo’shin to’plashni
buyuradi va mart oyiningo’rtalariga kelib sulton nishoni ostida ko’p sonli armiya yig’ilib,
ularning soni 150-200 ming jangchiga yetardi.  1453-yil   aprel   oyining   boshida   sulton   polkining   ilg’or   qismi   Konstantinopol   shaxar
oldiga   kelib,   imperiyaning   devjri   oldiga   yaqinlashadi.   Tez   orada   barcha   turk   armiyasi
quruqlikda   shaharni   o’rab   oladi,   Sulton   yesa   o’zining   yashil   tig’ini   devorga   qadaydi.
Marmar   dengiziga   3ta   turk   harbiy   yeskadrasi   va   330   ta   yuk   tashuvchi   kemasi   keladi.
Oradan ikki hafta o’tgach, Qora dengiz orqali 56ta harbiy va 20ta yordamchi turk kemalari
suzib   keladi.   Konstantinopol   devoti   ustida   o’z   flotini   ko’rib   turish   uchun   maxsus   joy
qurdiradi,   jami   400ga   yaqin   kema   suzib   kelishi   kerak   yedi,   turklar   qamalining   temir
doirasi   Konstantinopolni   ham   quruqlikdan,   ham   dengizdan   o’rab   oladi.   Kurashuvchi
kuchlar o’rtasidagi farq yaqqol ko’zga tashlanar yedi. Katta turk armiyasi va flotiga qarshi
Vizantiya   hukumati   faqat   bir   gurux,   uncha   ko’p   bo’lmagan   yollanma   lotinlar   qo’shinini
qo’yishga qurbi yetar yedi xolos.
Konstantin XI ning ham do’sti, ham maslahatchisi bo’lgan Georgiy Sfrandzi imperator
buyrug’iga   ko’ra   qamal   boshlamasidan   oldin   Konstantinopolning   butun   aholisini
ro’yhatdan   o’tkazib,   ular   orasidan   qurol   tutishga   qurbi   yetadiganlarni   ajratib   olishni
aytadi.Natijada ro’yxat qayg’uli xolatni aks yettiradi; Poytaxtni ximoya qilishga qodir bor
yo’g’i   4973   kishi   mavjud   bo’lib,   chetdan   yollanma   askari   taxminan   2000   kishiga   yaqin
yedi.   Katta   shahar   aholisini   tinch   holatda   saqlab   turish   uchun   bu   ma’lumat   qattiq   sir
saqlanadi.
Undan   tashqari   Konstantin   XI   ixtiyorida   genuyalik   va   venesiyaliklarning   ko’p
bo’lmagan   kemalari,   Krit   orolida   ham   bir   nechta   kemasi   mavjud   yedi.   Konstantinopolni
himoya   qiluvchi   kemalarning   umumiy   soni   atigi   25   tadan   ortiqroq   yedi.   To’g’ri,
italiyalikllar   va   venesiyaliklarning   harbiy   kemalari   texnik   jihatdan   turklarnikiga   nisbatan
ancha   ustunroq   bo’lib,   eng   asosiysi   ular   dengizda   kurashning   muhim   oili   bo’lgan   “gerk
olovi”dan   foydalanishni   bilar   yedilar.   Bundan   tashqari   vizantiyalik   va   italiyalik
dengizchilar   turklarga   nisbatan   dengiz   harbiy   san’atining   ustalari   yedilar.   Lekin   turklar
quruqlikda   vizantiyaliklarga   nisbatan   ancha   texnik   jihatdan   katta   kuchga   yega   bo’lib,
Mehmed II tomonidan tashkil yetilgan artilleriyalar Yevropada mislsiz yedi.
Bu voqyealarning guvohi bo’lgan Georgiy Sfrandzi shunday yozadi: “Harbiy mahoratga
yega   bo’lmagan   va   son   jihatdan   kam   bo’lgan   vizantiyaliklar   ma’lum   vqat   g’alabani   o’z
qo’llarida   ushlab   turishlari   hayratlanarli   hol   yedi.   Ular   inson   qurbi,   kuchi   yetadigan   har qanday   ishni   qilishdi”.   Qamalning   dastlabki   haftalarida   Konstantinopol   himoyachilari
qo’qisda   turklarga   shahardan   hujum   qilishar   va   ularga   qarshi   yakkama-yakka   jangga
chiqishar yedi.
Sultonni  eng ranjitgan voqyea ularning dengizdagi omadsizligi  yedi, og’ir  temir  zanjir
bilan to’siq o’tkazilganligi sababli, turk kemalarining dengizdagi yurishi barbod bo’ladi.
Sulton   tomonidan   shaharni   shturm   qilish   29-may   kuniga   belgilanadi.   Shturm
boshlanishidan   ikki   kun   oldin   har   ikki   tomon   ham   o’z   tayyorgarligini   tekshirib   chiqadi.
Biri   bosqinchilikka,   ikkinchisi   oxirgi   himoyaga   tayyorlanadi.   Mehmed   II   o’z   qo’shinini
ruhlantirish maqsadida, g’alaba qozongan taqdirda buyuk, ulug’vor shaharni 3 kun talash
haqida imtiyoz berishni ye’lon qiladi. Mullalar va darveshlar kim bu jangda o’lsa jannatga
tushishini va ilohiy rohat olishini ta’kidlab jangchilarni ruhan qullab-quvvatlashga harakat
qiladi. Ular diniy fanatizmni avj oldirib, bo’xtonga yo’l qo’yishadi.
Yertalabgi   jang   uchun   turk   lageri   shovqin-suron   bilan   tayyorlanayotgan   bir   vaqtda,
Konstantinopolda   og’ir   sukunat   hukm   surardi.   Lekin   shahar   uxlamadi,   u   ham   qonli
urushga   hozirlik   kurayotgan   yedi.   Imperator   Konstantin   XI   poytaxt   himoyasini   tekshirib
chiqadi.   Konstantinopolliklar   yertaga   ko’plari   dunyadan   o’tishini   anglab   turishar   va   bir-
birilari hamda o’zining yaqinlari bilan hayrlashardi.
1453-yil   29-may   yerta   tong   saharida   turklar   qo’shini   shahar   tomon   harakatlanishni
boshladi.   Qonli   to’qnashuv   2   soat   davom   yetdi.   Turklar   tosh   moslama   bilan   quruqlikda
devorni   teshishar,   narvon   qo’yib   narigi   tomonga   o’tishar   yedi,   odamlarning   o’lim   oldi
qichqiriqlari   ‘shitilar,   o’q-qurollarning   hidi   shaharni   qopladi.   Turklar   shafqasiz   tarzda
shahar devorlariga yopirilishdi. Shunday vaqt ham bo’ldiki, omad vizantiyaliklar tarafiga
o’tadi. Feofil Paleolog va Dimitriy Kantakuzin boshchiligidagi  yunon otryadlari  hujumni
qaytarib xatto ularni Konstantinopol devoridan nariga uloqtirishadi. Bu omadli harakatdan
so’ng yunonlar ozodlik haqida o’ylay ham boshlashadi.
Turk   armiyasi   haqiqatdan   ham   yirik   zarba   olishadi,   xatto   orqaga   chekinishmoqchi
bo’lishadi. Lekin saroy qonuniga ko’ra ular temir tayoqdek bo’lishga o’rgatilgan, (ayniqsa
turk   armiyasining   harbiy   qo’shini   )   hamda   dushmanga   orqa   o’girishga   haqqi   bo’lmagan.
Dukaning ma’lumoticha qo’shin orqasida turgan sulton o’zining jangchilarini devor tomon
harakat qilishini buyuradi. Xalkakondilarning so’ziga qaraganda, turklarda lagerga qochib ketganlarni   shu   zahotiyoq   o’lim   jazosi   bilan   jazolashganlar.   Lekin   kuchlar   soni   teng
yemasdi, zarbaga uchragan turk otryadi o’rniga yangi-yangi otryadlar keladi.
Sfrandzining ma’lumoticha Konstantinopolning yegallanishga asosiy aybdor genuyalik
Jovanni   Justinian   deb   qaralib,   u   shaharning   quruqlikdagi   qismiga   komandirlik   qilgan.
Jarohat   olganidan   so’ng,   u   Avliyo   Roman   darvozasi   yaqinidagi   shahar   himoyasining
asosiy   qismini   tashlab   ketadi.   Turklarning   asosiy   kuchi   shu   yerga   tashlangan   yedi.
Imperator iltimosiga qaramay Justinian bu yerni tashlab ketadi.
Turk qo’shinlari juda ko’p talafot ko’rishgan, ular chekinishga ham tayyor yedi. Lekin
ularni   temir   tayoqlar   bilan   urib   yana   jangga   qaytarishgan.   Kuchlar   nisbati   teng
bo’lmasada,   Konstantinopol   devorlari   yaqiniga   yangi-yangi   turk   qo’shinlari   kelib
qo’shilgan.
Nima   bo’lishidan   qat’iy   nazar   turklar   shaharga   kirib   talon-taroj   qilishni   boshlashgan.
Lekin vizantiyaliklar oxirigacha kurashishgan.
Konstantin   XI   bir   to’da   qahramonlar   bilan   jangning   eng   qaynoq   qismlariga   o’zlarini
tashlashgan.   Imperatorning   qoliga   tushmasliklari   uchun,   ular   jang   maydonida   o’zlariga
o’lim   izlashgan.   U   jang   maydonida   jon   bergan.   Turk   Sultoni   uning   jasadini   topishni
buyurgan.   Murdalar   juda   ko’p   bo’lgan.   Konstantin   XI   ning   jasadini   qiyinchilik   bilan
topishgan.   Uni   qizil   rangli   va   oltin   burgutli   yetigidan   topishgan.   Turk   sultoni   uning
kallasini   tanasidan   judo   qildirib,   shaharning   eng   baland   qismiga   ostirgan.   Bu   holatga
Konstantinopollik asirlar daxshat bilan qarashgan.
Turklar   shaharga   bostirib   kirib,   Vizantiyaning   qolgan   qo’shinlarini   qirib   tashlashgan.
Yo’llarida uchragan barchani qarilarga, ayollarga hatto bolalarga ham rahm qilishmagan.
Sfrandzining   yozishi   bo’yicha   “Shaharning   ayrim   joylarida   jasadlarning   ko’pligidan
yerning   ustki   qatlami   ham   ko’rinmagan”.   Dahshatli   manzaralar   oltin   shox   qirg’oqlarida
ham   yuzaga   keldi.   Shaharni   turklar   ishg’ol   qilishganidan   xabar   topgan   italyan   va   grek
dengizchilari qochishga shaylanishdi. Qirg’oqda juda ko’p xalq to’plangan, ular bir-biriga
navbat   bermay   uzlarini   kemalarga   otishgan.   Uch   kechayu   kunduzshaharni   tashlashgan.
Barcha   ko’cha   va   uylarni   talon-taroj   qilishgan,   insonlarni   o’ldirishgan,   qullikkka
sotishgan.   Konstantinopolning   xalqining   ko’p   qismi   avliyo   Sofiya   ziyoratgohida   asir
tushirishgan. Chunki ular shu yerdan panoh izlab yashirinishgan yedi. Uch   kundan   keyin   Mehmad   II   ning   farmoni   bilan   talonchiliklarga   chek   qo’yilgan.   U
tantanali ravishda shaharga kirgan.
Afsonalarga   qaraganda,   jangda   g’olib   bo’lgani   bois   Sulton   oq   otda   avliyo   Sofiya
ziyoratgohiga   kiradi.   Sulton   bu   inshootning   guzalligiga   qoyil   qoladi.   Shu   yerni   mayitga
aylantirishni buyuradi.
Shunday qilib, 1453-yil 29-may oyida turk qo’shinlarining hujumi natijasida buyuk va
eng   boy   shaharlardan   biri,   madaniyat   va   san’atning   markazi   Konstantinopol   tor-mor
yetiladi. Shu bilan birga Vizantiya imperiyasi ham o’zining borligini tugatdi.
Vizantiyani tor-mor yetgandan keyin Turkiya o’rta asrlardagi buyuk davlatlardan biriga
aylandi. Konstantinopol yesa Osman imperiyasining poytaxti-Stanbulga aylandi
Usmoniy   turklarning   g’alabalariga   asosiy   sabab   va   omillar   quyidagilar   yedi.   Usmonli
turklar   qudratli   yaxshi   tashkil   yetilgan   otliq   va   piyoda   qo’shin,   lashkarboshilik
xususiyatlariga   yega   sultonlarning,  hukmdorga  sadoqatli   yanicharlar   piyoda  qo’shinining
bo’lishida   yedi.   Usmoniylar   otliq   qoshinini   kuchaytirishga   alohida   ye’tibor   qaratdilar.
Qo’shinni har bir suvoriysi 3-5ming piastr daromad keltiradigan yer-mulk tumori berilgan.
Bu   yerlar   faqat   turklarga   va   harbiylarga   xizmatda   bo’lgan   paytida   taqdim   yetilgan.
Natijada otliq qo’shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan.
XI-XVI asrlarda turklarning tashqi siyosati.
1459   yilda   Serbiya   egallanadi.   1458-1463   yillarda   Bolqondagi   Vizantiya,
Venesiyaga   tegishli   yerlar,   shuningdek   Bosniya   egallanib,   Mexmed   II   shaxsan   o’zi
Bosniyaning oxirgi qiroli Stefan Tomashevichning boshini tanasidan judo qiladi.
Albaniya  Georgiy  Kastriot   (Skandarbek)   boshchiligida  24  yil  davomida  turklarga
qarshi kurashadilar (1443-1467), ammo mag’lub bo’ladilar.
1475   yilda   Qrim   bosib   olinib,   1479   yilda   esa   Turkiya   Venesiyadan   Egey
dengizidagi   qator   orollarni   tortib   olib,   1483   yilda   Gersogovinani   egallashga   muvaffaq
bo’ladi.
XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Kichik Osiyodagi mustaqil bekliklar (Karaman,
Ak-Koyunli) tugatiladi. Turklarning Bolqondagi, Kichik Osiyodagi, Qora dengizning nimoliy qirg’oqlariga
bo’lgan yurishlari davlatni yirik, kuchli imperiyaga aylanishiga olib keldi.
XV asrdan boshlab yerlar meros sifatida otadan o’g’ilga, bo’lmasa ukasiga meros
qolishi   joriy etildi.  Mexmed  II  markaziy  hokimyatni  mustahkamlash  maqsadida  mulk  va
vaqf   yerlarini   chegaralashga   xarkat   qiladi.   Uning   maqsadi   bu   yerlarni   davlat   yerlariga
aylantirish va sipoxiylarga tarqatish bo’lgan. Mulk yerlari o’z ichiga katta xududlarni olib,
bu   yerlar   eski   boylar,   vazirlar,   amaldorlar,   shayxlarga   tegishli   bo’lgan.   Bu   yerlardan
keladigan   daromad   timar   va   ziamet   yerlaridan   bir   necha   bor   ko’proq   bo’lgan.     Ammo
Mexmed   IIning   merosxo’ri   Boyazid   II   (1481-1512)   davrida   mulk   va   vaqf   yerlarini
tugatish   bo’yicha   belgilangan   choralar   bekor   qilinadi.     Yevropa   davlatlaridan   farqli
ravshda barshina solig’i turklarda keng qo’llanilmagan.  
Turkiya   ayniqsa   Vengriya   va   Venesiya   bilan   dushman   bo’lgan.   1643yilda   Turkiya   va
Venesiya o’rtasida  urush boshlanadi  va 16 yil  davom etadi. 1479 yildagi  Konstantinopol
shartnomasiga   ko’ra   Venesiya   Turkiyaga   Evbiya,   Lemnos   va   Egey   dengizidagi   orollarni
(Krit   va   Korfudan   tashqari,   ular   xar   yili   soliq   to’lashga   majburiyatini   oladi)   beradi.
Evaziga   Venesiyaga   Mexmed   II   tomonidan   1551   yil   berilgan   savdo   va   sud   imtiyozlari
tiklanadi. 1492 yilda Turkiya Moskva davlati bilan diplomatik aloqalarni o’rnatadi. 1497
yilda   Konstantinopolga   Mixail   Ple щ yeyev   boshchiligida   Ivan   III   tomonidan   elchilar
yuboriladi.   Podsho   tomonidan   ularga   rus   savdogarlari   uchun   Azov,   Kafa,   Turkiyada
savdo-sotiq uchun sharoit yaratilishi 
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Istоriya sredniх vekоv. Pоd red. S.P.Kаrpоvа. chаstь II M. MGU. 2001.
2. I stоriya   strаn   Аzii   i   Аfriki   v   srednie   vekа.   1-2   ch.   Vыsshаya   shkоlа,
1988.    
3. Istоriya strаn Аzii i Аfriki v srednie vekа. M., 1988. 4. Оsmаnskаya imperiya v strаnах tsentrаlьnоy Vоstоchnоy i yugо-Vоstоchnоy
Evrоpы v XV-XVI vv.  M., 1984.

MAVZU. USMONIYLAR DAVLATI. TURKLARNING YEVROPAGA HARBIY YURISHLARI . REJA . 1. Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil topishi. Saljuqiylar sultonligi. 2. Usmoniylar davlatining ijtimoiy –iqtisodiy ahvoli. Davlat tuzimi. 3. Konstantinolning egallanishi. Turkiyaning XV asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro ahvoli. 4. Usmoniylar imperiyasining rivojlanishi va uning tashqi siyosati.

Tayanch so’z va iboralar:saljuqiylar, Kichik Osiyo, Usmon beyligi, usmoniylar, sulton, Boyazid, Sulton Salim, Istanbul, serblar va bolgarlar, Vizantiyaning egallanishi, yanicharlar, xristian bolalari. 1071 yilda saljuqiylar sultonlari Alp-Arslon boshchiligida Manzikert yonida vizantiya qo’shinlarni tor-mor keltiradilar va turklarning bu g’alabasi imperiyaning parchalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 1073 yildan boshlab saljuqiylar alp Arslonning qarindoshi Sulaymon ibn Qutilmish boshchiligida Kichik Osiyoni egallashni boshlaydilar. Vizantiya hukdorlarining siyosatidan norozi bo’lgan mahalliy aholi va ko’chirib keltirilgan slavyan, valax, suriyalik dehqonlar bu bosqinchilik yurishiga qarshilik ko’rsatmaydilar, ularning ko’pchiligi hatto turklar tomoniga o’tib ketadilar. 1077 yilda Konya va Kaysari hududlari oralig’ida saljug’iylarning Kichik Osiydagi davlatiga asos solinadi. Sulaymonning o’zi esa bu davlatning sultoni deb e’lon qilinadi. Kichik Osiyoning g’arbiy chegaralini egalar ekan, saljuqiylar endi Vizantiyaning poytahti Konstantinopolga xavf sola boshlaydilar. Ammo ularning keyingi yurushlari salib yurishlari natijasida to’xtatiladi. Salibchilar o’zlarining birinchi yurishlaridayoq saljuqiylarni Markaziy Anatoliyaga chekinishga majbur etib, ularning poytaxti Nikeyani egallaydilar (1097 yilda) va turklarning Janubi-Sharqiy Yevropaga bo’lgan yurushini to’xtatadi. Salkam yuz yil maboynida saljuqiylar Markaziy Anatoliyadagi kichik hudud bilan cheklanishga majbur bo’ladilar. 1116 yilda ularning poytaxti Konya bo’lib, Saljuqiylar hukmronligining oxiriga qadar, ya’ni XIV asr boshlariga qadar poytaxt o’zgarmaydi. Bu shaharning nomi bilan sultonlik Konya sultonligi, sharqda esa Rum sultonligi nomi bilan mashhur bo’lgan. Kichik Osiyo turklar tomonidan o’zlashtirilar ekan bu hududga ko’chmanchi qabilalrning kelib joylashishi tezlasha boradi. Izlanuvchilarning fikriga ko’ra XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga 500 mingdan 1080 minggacha turklar ko’chib kelganlar. Saljuqiylar sultonligida yer davlat mulki hisoblangan. Sulton o’z yaqinlari va katta lavozim egalariga katta yerlar berib bu yerlar- iqta, xarbiylarga yaxshi xizmatlari uchun

beriladigan yerlar-timar (tarxon) deb atalgan. Bu yer egalari xarbiy xizmat majburiyatini olib, agar bosh tortsalar bu yerdan mahrum bo’lganlar. Bundan tashqari yer egaligining boshqa turlari – vaqf (machit-madrasa yerlari) va mulk (shaxsiy yer egalik turi) ham bo’lgan.Bu yerlardan foydalanganliklari uchun dehqonlar asosan ushr –(hosilning o’ndan bir qismi) solig’ini va boshqa soliqlar to’laganlar. Boshqaruvda asosiy til – fors tili bo’lgan. Aosiy qonun kodeksi bu shariat bo’lib, og’uz ko’chmanchi qabilalarining qonuni tyure deb atalgan. Sultonlikning eng gullab yashnagan davri XIII asrning 20-30 yillariga to’g’ri kelib, bu vaqtda sultonlar Alouddin key Kubod I (1219-1236) va G’iyosiddin Key Xusrav (1236- 1245) mamlakatni boshqarganlar. 1242 yilda mo’g’illar O’rta Osiyo va Erondan so’ng Saljuqiylar davlatining shimoli- sharqiy hududlarini egallaydilar. 1243 yilda Kyosedag (Sivass dan 60km sharqiy tomonda) yonidagi jangda mo’g’illar saljuqiylar qo’shini ustidan g’alaba qozonib, davlatning keyingi taqdirini xal qiladilar. Sulton o’zini mo’g’il xonining vasssali deb e’lon qilib, har yili soliq to’lashni bo’yniga oladi. XIII asr oxiriga kelib Saljuqiylar sultonligi 10 ta (ba’zi ma’lumotlarda 16 ta) mustaqil beylik (knyazlik yoki amirlik) larga bo’linib ketadi. Ularning kuch qudrati ularning qo’shin soniga qarab belgilangan. Masalan: Germiyan – 200 ming, Karaman – 25 ming, Kastamonu – 200 ming, Menteshe – 100 ming, Karasi – 40 ming, Saruxan – 20 ming kishidan iborat qo’shin va boshqalar. 1307 yilda mo’g’illar tomonidan oxirgi saljuqiy sultoni G’iyosiddin Ma’sud III bo’g’ib o’ldiriladi. Bu sana sultonlikning tugatilish sanasi hisoblanadi. Budavlat 230 yil umr ko’rgan. Saljuqiylar davlati beyliklarga bo’linib ketar ekan, ular ichida bir nechta yiriklari ham bor edi. Ammo geografik jihatdan qulay hududdda joylashganligi, Vizantiyaga yaqinligi, Kichik Osiyoda mo’g’illar vassalligidan ozodligi, bu hududga ko’plab turk ko’chmanchi qabilalarning kelib joylashuvi natijasida nisbatan zaifroq bo’lgan usmon

beyligini yangi turk davlatining asosi bo’lishiga sabab bo’ladi. Beylikning markazi Syogut shahri bo’lgan. Usmoniylar beyligining tashkil topishi tarixi qo’yidagicha bo’lgan. Chingizxon boshchiligidagi mo’g’illarning O’rta Osiyoga 1219-1221 yillardagi yurushidan so’ng turkmanlarning qayi qabilasi Ertog’rul rahbarligida turkman dashtlaridan XIII asrning 30 yillarida g’arbga tomon yurib, Kichik Osiyoga kelib qoladilar. Ertog’rul saljuq sultoni Alouddin Key Kuboddan iqta sifatida bu hududda joylashadi va buning evaziga bu yerlarni himoya qilishgni o’z zimmasiga oladi. 1281 yilda (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 1288 yilda, 90 yoshda)Ertog’rul vafot etadi, qabilani esa uning o’g’li Usmon boshqara boshlaydi. U yangi sulolaga asos solib, usmoniylar sulolasi Turkiyada 1922 yilga qadar, ya’ni sultonlikning bekor qilinishiga qadar boshqarganlar. (Umumiy hisobda 37 ta sulton.) Ertog’rulning hukmrolik qilgan davrdanoq u vizantiyaga tegishli yerlarni egalllab, o’z yerlarini kengaytirishga harakat qila boshlagan. Konstantinopolning olib borgan siyosatidan, soliqlarning og’irligi bu yurishlarni muvaffaqiyatli bo’lishiga sabab bo’ldi. 1258 yil Syogut shaxrida dunyoga kelgan o’g’li Usmon otasining siyosatini davom ettirgan. 1299 yilada mo’g’illar tomonidan qo’yilgan saljuq sultoni G’iyosiddin Ma’sud IIga qarshi qo’zg’alon ko’tariladi va u poytaxti Konyadan qochib ketishga majbur bo’ladi. Usmon esa bu vaziyatdan foydalangshan xolda o’z yerlarini mustaqil boshqara boshlaydi. 1299 yil Usmoniylar davlatining tashkil topish sanasi deb qabul qilingan. U dastlab 1291iyilda Melangiyani 1301 yilda Yangishaxarni egallab, bu yerda qal’a qurib, 1315 yilda Bursu shahrini qamal qilinadi. Shaxar Usmon o’lim to’shagida yotgan vaqtda o’g’li O’rxon davrida egallanib poytaxtga aylantiriladi. Bu shaxarni egallashga o’n yil vaqt ketadi. 1327 yildan boshlab O’rxonning buyrug’iga ko’ra bu yerda birinchi usmoniylar kumush tangasi- aqcha zarb qilina boshlanadi. Shundan so’ng Kichik Osiyoning shimoli- g’arbiy hududlarini Marmar va Qora dengiz qirg’oqlariga qadar, Dardanel bo’g’ozi hududlarini eagllashga muvaffaq bo’ladi. (1330 yilda Iznik-Nikeya, 1337 yilda Nikomediya-Izmit) Vizantiya imperatori Ioan VI O’rxonga o’z qizini nikohlab berish bilan munosabatlarini yaxshilashga xarakat qilgan. O’rxon Vizantiya hududlarida o’z chodirini qurib, imperatorni shu yerda qabul qilgan.Usmoniylar hukmdorlari o’zlariga «g’ozi»

nomini berganlar. (Usmon, O’rxon). Bosqinchilik urushlarida diniy guruhlar «axi»lar katta rol o’ynab, ular xunarmand va savdogarlarni ham o’zlariga birlashtirganlar. Shu tariqa turklar bolqon yarim oroliga yaqinlashadilar. 1352 yilada Vizantiyaga taxtiga da’vogar I.Kantakuzin taxt uchun bo’lgan urushda turklardan yordam so’raydi va Usmonning o’g’li Sulaymon podsho Dardanelldan o’gan xolda Simpe qal’asiga yaqinlashadilar. 1354 yilda kuchli yer qimirlashi natijasida ziflashgan Galliopol shaxri mudofaa devorlari, shuningdek shu yilda Ankara egallanadi. 1357 yilda Sulaymon vafot etadi. Qo’shinga uning ukasi Murod rahbarlik qiladi.1361-1263 yillarda Adrionopol shaxri egallanadi (turkcha Edirna) va sulton Murod I (1362-1389yy) poytaxtni shu yerga ko’chiradi. 1366 yilda u ukalari Ibroxim va Xalilni o’ldirishga buyruq beradi. Vizantiya imperatori o’zini turklarning vassali deb tan oladi va qizlarini unga va o’g’illariga nikoxlab beradi.(1370 y), keyin esa Filioppol (Plovdiv) shaxri egallangandan so’ng bolgar podshohi Shishman ham vassalikni bo’yniga olgan va sulton garemiga o’z singlisini berishga majbur bo’lgan. 1373 yila sultonning o’g’li Savdji otasiga qarshi qo’zg’alon ko’taradi va Imperator Ioan Vning merosxuri Andronik bilan ittifoq tuzgan xolda. Murod I qo’zg’alonni bostirib, o’g’lining ko’zini o’yib, so’ng kallasi tanasidan judo qiladi. XIV asrning 60-yillarida boshlab turklar Serbiyaga yurush boshlaydilar. 1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida xal qiluvchi jang bo’lib bu jangda turklar g’alaba qilsada, Murod I halok bo’ladi (serb Milosh tomonidan o’z chodirida o’ldiriladi). Taxtga uning o’g’li Boyazid Yildirim o’tiradi va birinchi navbatda o’z ukalarini bo’g’ib o’ldirishga buyruq beradi Turklarning ijtimoiy iqtisodiy axvoli. Davlat boshqaruvi 1368 yildagi qonunga ko’ra bosib olingan yerlar davlat mulki deb e’lon qilinadi. 1375 yilda xarbiylarga yerlar tarqatish haqidagi qonun chiqariladi, unga ko’ra kichikroq berilgan yerlar – tumorilar (tarxon), yiriklari –ziyamet deb aytilgan. Xarbiy – (sipohiy- otliq) yeriga qarab sarkarda –sanjoq bey boshchiligida otliq qo’shini bilan yurishlarda ishtirok etishi lozim bo’lgan.