ALEKSANDRNING HARBIY YURISHLARI VA ELLINIZMNING SHARQQA YOYILISHI
“ALEKSANDRNING HARBIY YURISHLARI VA ELLINIZMNING SHARQQA YOYILISHI” MUNDARIJA I.KIRISH II.ASOSIY QISM I .Bob. Makidoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari va unga qarshi kurash. Filipp II va Makedoniyaning yuksalishi. I.1. Makedoniya davlati. Filipp2ning boshqaruvi, vafoti va Aleksandrning hukumdor qilib kutarilishi I .2. Aleksandrning Sharqqa yurishi II .Bob. Ellinizmning vujudga kelishi va yoyilishi II . 1 Ellinistik bosqich va uning xususiyatlari II .2 Ellinizm madaniyati. Din, adabiyot, sanat, falsafa, tabiy va aniq fanlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLAR 1
KIRISH Makedoniya — Arkaik va Klassik Yunonistonning chekkasida joylashgan qadimgi qirollik bo’lib, keyinchalik u ellinistik Gretsiyaning hukmron davlatiga aylandi. Qadimgi makedoniyaliklar vatani bo’lgan eng qadimgi qirollik Yunoniston yarim orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo’lib, janubi- g’arbda Epirus, shimoli-g’arbda Illiriya, shimolda Paeoniya, sharqda Frakiya va janubda Fesaliya bilan chegaradosh edi. Miloddan avvalgi IV asrgacha Makedoniya Afina, Sparta va Fiva kabi yirik shahar-davlatlar hukmronlik qilgan hududdan tashqarida kichik qirollik bo lgan va qisqa muddatda Ahamoniylarʻ Forsga bo ysungan. Argead qiroli Filipp II davrida Makedoniya bosqinchilik va ʻ diplomatiya yo li bilan materik Gretsiyani va Frakiya Odrisiya qirolligini o ziga ʻ ʻ bo ysundirdi. Filipp II ning o g li Aleksandr Makedonskiy yunon davlatlari ʻ ʻ ʻ federatsiyasini boshqarib, otasining butun Yunonistonga qo mondonlik qilish ʻ maqsadini amalga oshirib, shahar qo zg olon ko targanidan so ng Fivni vayron ʻ ʻ ʻ ʻ qilgan edi. Iskandarning keyingi bosqinchilik yurishida u Ahamoniylar saltanatini ag‘darib, Hind daryosigacha cho‘zilgan hududlarni bosib oldi. Qisqa vaqt ichida uning Makedoniya imperiyasi dunyodagi eng qudratli — aniq ellinistik davlat bo’lib, qadimgi yunon sivilizatsiyasining yangi davriga o’tishni boshlagan. Aleksandr Makedonskiy — zamonaviy madaniyat kontekstida hozirga qadar murojaat qilib kelinadigan kam sonli antik davr shaxslaridan biridir. Aleksandrning faoliyati ko‘p jabhada g‘arb davlatlarining yangi tarixidagi ayrim epizodlarni yodga soladi. Masalan, uning hozirgi Afg‘oniston va Iroqdagi kampaniyasi G‘arbning oxirgi o‘n yilliklarda ushbu mintaqadagi aralashuviga o‘xshaydi. Aleksandr hayotidagi eng muhim inson — bu uning otasi Filipp II Makedonskiydir. O‘z podshohligi uchun qilgan ishlar nuqtayi nazaridan qaraladigan bo‘lsa, Filipp Aleksandrdan yaxshiroq shoh edi. Aleksandrdan farqli o‘laroq u o‘limiga qadar oddiy makedon jangchisiligicha qolgan. Filipp Aleksandr kabi ulkan imperiyani egallamagan, ammo shoh sifatida xalqining yaxshi yashashi uchun majburiyatlarini bajargan. Antik davrdagi ayrim tarixchilar uni Aleksandrdan yaxshiroq deya hisoblagan. Filipp eramizdan oldingi 359-yilda taxtga o‘tirgan vaqtda Makedoniya ijtimoiy va madaniyat borasida qoloq edi. Uning na iqtisodiyoti, na tayyorgarlik ko‘rgan muntazam armiyasi bo‘lgan, davlat harob holatda edi. 23 yillik boshqaruvi davomida u mustahkam armiyani tuzgan, keyinroq Aleksandr shu armiya yordamida Osiyoni qo‘lga kiritgandi. Filipp II tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar Makedoniyani gullab-yashnaydigan podshohlikka aylantirgan, keyin esa butun Gretsiya bo‘ylab chegaralarini uzaytirgan. Aynan Filipp Gretsiyani egallab bo‘lganidan keyin Fors imperiyasiga hujum qilishni rejalashtirgan, ammo buni boshlashdan bir necha kun oldin 2
o‘ldiriladi. Shunday qilib, Fors imperiyasiga hujum rejasi Aleksandrga tegishli bo‘lmagan — u Filippdan o‘zib ketish maqsadida aqlbovar qilmas yurishlarni amalga oshirishga kirishgan. Aleksandrning barcha yutuqlarga erishishiga otasidan qolgan barqaror va mustahkam podshohlik hamda qudratli armiya xizmat qilgan. Aleksandr bolaligidan yuqori intellekt sohibi edi. 6 yoki 7 yoshida lirada kuy chala olgan, katta yoshli insonlar bilan turli mavzularda suhbatlar qurgan. U butun grek adabiyotini o‘qib chiqqan, Gomer eng sevimli yozuvchisi edi. Aleksandr 14-16 yoshga to‘lganida Aristotel unga ustozlik qila boshlagan. Ammo baribir Aleksandrga ko‘p ta’sirni Aristotel emas, balki otasi Filipp o‘tkazgan. Aleksandr hayotining katta qismi davomida unga taqlid qilishga uringan, ulg‘ayib shaxsiy harbiy muvaffaqiyatlarga erishganidan keyin Filippdan o‘zib ketishni istagan. Zabt etish strategiyasi quyidagicha bulgan. Har bir strategiya uchun yakuniy harakatlar rejasi qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lmasin, Aleksandrda u yo‘q edi. Strategiyada ma’lum maqsadlar bo‘ladi: masalan, biror joyga bostirib kirsangiz qayerda to‘xtash kerakligini va yakunda nimani xohlashingizni bilishingiz lozim. U Fors urushida azob chekkan greklar uchun qasos olish maqsadida yurish qiladi va oradan to‘rt yil o‘tib, Aleksandr uzoq asrlar davomida yashab kelgan Fors imperiyasini yo‘qqa chiqargan. Eramizdan oldingi 330-yilda u o‘zini Osiyo hukmdori deb atay boshlagan. Fors imperiyasi egallanganidan keyin Aleksandr armiyasi vataniga qaytmoqchi bo‘ladi, ammo Aleksandr jangchilarni Baqtriya va So‘g‘diyonaga (hozirgi Afg‘oniston hududlari) yurish qilishga ko‘ndirgan. Bu hujumning ikkinchi fazasi edi. Baqtriya va So‘g‘diyona egallangach, Aleksandr Hindistonga yurish qiladi. Panjob tekisliklariga kelganida uning armiyasi isyon ko‘targan. “Jangchilar yetarlicha yurish qilib bo‘ldik, endi uyga qaytamiz!”, degan. Ushbu isyon Aleksandrga ham sarkarda, harbiy qo‘mondon, ham shoh sifatida ishonchsizlik ramziga aylangandi. Aleksandr Gangaga yetib borishni orzu qilgan bo‘lishi mumkin. Chunki u o‘sha yerda yashagan xalqlar haqida ko‘p gapirgan. Ammo Ganga egallanganidan keyin ham uning to‘xtashiga hech kim kafolat bermagan. Faqatgina isyon uni uyiga qaytishga majbur qilgandi. Aleksandr ortga qaytishni boshlaganida armiya va nihoyat Gretsiyaga qaytayapmiz deb o‘ylagan, ammo u Arabiston yarimoroliga hujum haqida gapira boshlagan. U eramizdan oldingi 323-yilda Bobilga yetib kelgan va janubga yurish qilish rejalarini tuzishni boshlagan. Ammo o‘sha yilning 12-iyunida Aleksandr vafot etadi. 3
ISHNING MAQSADI : Kurs ishining dolzarbligi ustida ko'plab o'qituvchilar tahdid topadilar. Bu kurs, Aleksandr Makedonskiyning harbiy strategiyasi, jang urushi taktikasi va qo'shimcha maqollarini o'z ichiga oladi. Harbiy yurishlar bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'rgatadi va talabalarga bu mavzular asosida amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Kurs yakunida talabalar jang urushi strategiyasini va taktikasini tushunish, jang urushlari haqida tushunish, va jangga tayyormi bo'lishadi.sandr Makedonskiyning harbiy yurishlari haqida kurs ishining dolzarbligi. KURS ISHINING VAZIFASI Yurishlari haqida kurs ishining vazifasi, Aleksandr Makedonskiyning payg'ambar yurishi va qo'llab-quvvatlashish stratejilarini o'rgatish va tushuntirish bo'yicha o'quvchilarni o'rgatishdan iborat. Bu kurs ishi, Aleksandr Makedonskiyning sarguzashtlarini va qilishlarni o'rganuvchilarga o'rgatish va ularga harbiy yurishlarining muhimligi va muhimiyatini tushuntirishdan iborat. KURS ISHINING DOLZARBLIGI Ibtidoiy davir jahon tarixiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgaligi muhim o‘ringa egaligini ko‘rsatib, bugungi kunda shu ta’sir qanday rivojlarga olib kelganligni asoslab berish. 4
1 .Bob. Makidoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari va unga qarshi kurash. Filipp II va Makedoniyaning yuksalishi. 1.1 Makedoniya davlati. Filipp2ning boshqaruvi, vafoti va Aleksandrning hukumdor qilib kutarilishi Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari . O‘tgan asrning 40-50 yillaridan boshlab mil.avv. IV – milodiy IV asrlar davri O‘rta Osiyo tarixini o‘rganish jarayonida «antik», «antik davr» jumlalari muomalaga kirgan edi. Ayrim tadqiqotchilar bu jumlalarni faqat Gretsiya va Rim tarixiga nisbatan ishlatish lozim degan g‘oyani ilgari surgan bo‘lishlariga qaramay, O‘rta Osiyo qadimgi davri bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchi olimlar-arxeologlar, tarixchilar, antropologlar, san’atshunoslar kabilarning ko‘pchiligi bu atamani O‘rta Osiyo tarixiga nisbatan ham ishlatish mumkin degan nuqtai nazar tarafdori bo‘ldilar. Mil. avv. IV asrdan boshlab O‘rta Osiyoning asosiy dehqonchilik vohalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning batamom yangi, faol yo‘liga o‘tdiki, bu rivojlanish milodiy III-IV asrlarda inqirozga uchray boshlaydi. Shaharsozlik madaniyati va sug‘orish tartibi, yozuv va pul muomalasi, moddiy va badiiy madaniyatga oid ko‘p sonli va turli- tuman yodgorliklar aynan mana shu rivojlanish jarayonidan dalolat beradi. Mil.avv. 334 yil mayida (Granik daryosi yonida), 333 yil oktyabrida (Gavgamela, ShimoliSharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so‘ngra Suza, Persepol, Pasargada Shaharlarini egallab fors podsholarining xazinalarini qo‘lga kiritdi. So‘nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada qochib ketdi. Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo‘shinlarni qarshi qo‘ya olmadi. 1 Mil.avv. 329 yilning bahoriga qadar Aleksandr Ariya, Drang‘iyona, Araxosiya kabi viloyatlarni egallab Oks-Amudaryo bo‘ylariga chiqib keladi. Arrian va Kursiy ma’lumotlariga ko‘ra bu paytda daryo juda sersuv bo‘lib, to‘lib oqardi. Amudaryodan kechuv joyini tadqiqotchilar Kelif atroflari, Chushqago‘zar, Termez atroflari va Sho‘rob deb hisoblaydilar. Nima bo‘lganda ham, Aleksandr qo‘shinlari qoplarga somon-xashak to‘ldirib, ular orqali besh kun davomida Amudaryodan 1 ‘’Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston’’ D. J. URAKOV, R. N. TURSUNOV A. A. BIYKUZIYEV, В . B. XAYNAZAROV Toshkent Innovatsiya-Ziyo” 2020 5