II- ming yillikda Ossuriya va uning kurash dastlabki Harbiy yurishlari.
Reja: 1. II- ming yillikda Ossuriya va uning kurash dastlabki Harbiy yurishlari. 2. Qudratli Ossuriya davlatining yuzaga k е lishi Sargon II faoliyati. 1 . Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. 2. Qadimgi Osuriya davri (er. av. II ming yillikning I yarmi) 3.O'rta Osuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi) 4.Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar XIX asr o'rtalarida shimolda: dastlab qadimgi topilmalar bilan qiziqadigan ishqiboz kishilar tomonidan, keyinchalik mutaxassis-arxeologlar amalga oshirdilar. Ikki daryo oralig'idagi birinchi shaharlar qachonlardir Osuriya davlati mayjud bo'lgan shimolda paydo bo'lgan edi. 1842-yil fransuz diplomati E.P.Botta mahalliy afsonalarda Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog'liq bo'lgan Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi. 1846-1847-yilda ingliz diplomati G. A. Leyyard Nimrud tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning Kalxu shahri qoldiqlarini ochdi. Tepalikdan podsho saroylari, odam-ho'kiz, odam-sher haykallari va badiiy relyeflar topildi. Kunjik tepaligida Leyyard Nineviya xarobalarini, jumladan, podsho Sinaxxerib (er. av. VII asr) saroyi, uning nevarasi Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligidagi qazishmalarni davom ettirib podsho Ashshurbanipalning va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib relyeflar bilan bezatilgan saroyi va podshoning boy kutubxonasini ochdi. Nimrud tepaligi yaqinidagi Balavat nomli joyda eramizdan avalgi IX asrga oid yodgorliklar, jumladan, harbiy yurish va xiroj to'lash manzarasi tasvirlangan Balavat darvozalari deb atalgan 4 ta jez taxtani topdi. Fransuz arxeologi V. Andre 1803—1914-yillarda Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho Ashshurbanipalning saroylari, ibodatxonalar qoldiqlarini, jumladan, oliy xudo Ashshur ibodatxonasi, podsho qabrlari, turar joy binolari va ko'chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60-yillarida arxeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy, xo'jalik inshootlari, ko'pgina hujjatlarni topdilar. Osuriyashunoslikning yuz yillik tarixi davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi muammolari o'rganildi. Bu yo'nalishda Sharq davlatchiligini ideallashtirish, uning mavjudligi, statik holati va abadiyligi tasavur qilinadi. Urushlarning sabablari, u yoki bu xalqning xarakteri va temperamenti, tor siyosiy motivlar bilan izohlanadi. Qadimgi Mesopotamiya madaniyati ham o'rganildi. Madaniyatning yo'nalishlari, kelib chiqishi, mifologiya, adabiy yodgorliklar, san'atning xarakterli xususiyatlari, ilmiy
bilimlar to'g'risidagi qator tadqiqotlar mayjud. Tadqiqotlarda ikici daryo oralig'i jamiyatlari ijtimoiy-iqtsodiy munosabatlariga e'tibor berilmadi. Shu sababli, XX asr boshlarida taniqli nemis osurshunoslari B.Maysner, P.Koshaker va boshqalar qadimgi Mesopotamiya tarixini feodal jamiyati deb baho berdilar. Siklizm nazariyasi bilan bir qatorda tarixiy jarayonning tartibsizligi va uni bilish mumkin emasligi nazariyasi keng tarqalgan. Faqat keyingi yillarda ijtimoiy tabaqalanish, xo'jalikni tashkil qilish, shaharlar, savdo-hunarmandchilikning o'rni, ibodatxonalar xo'jaligi bo'yicha muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L. Oppenxeym, I. Gelba va V. Leman asarlari) paydo bo'ldi. Osurshunoslik markazlari dastlab Angliya va Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniya bo'ldi. Fashistik tuzum sharoitida ko'pgina osurshunos olimlar AQSHga ko'chib ketdilar. Hozir AQSHda mashhur osurshunoslik markazlari fapliyat ko'rsatmoqda. Angliya, Fransiya va Germaniyada ham osurshunoslik maktablari ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Qadimgi Osuriya davri (er. av. II ming yillikning I yarmi) Qadimgi Osuriya markazi Ashshur bo'lgan kichik hududni o'z ichiga olgan edi. Ammo ilk Osuriya jamiyatida savdo yetakchi o'rin egalladi. Qadimda Osuriya orqali Kichik Osiyo va Kavkaz ortidan Tigr daryosi bo'ylab o'rta va Janubiy Ikki daryo oralig'i va Elamga, Sharqiy O'rtayer dengizidan muhim savdo yo'llari o'tgan edi. Ashshur shahri asosiy savdo yo'llarida o'rnashib qolish uchun o'z koloniyalarini barpo qilishga uringan. Ashshur Kichik Osiyoni sharqiy qismini faol kolonizatsiya qilgan. Bu yerdan mis, qo'rg'oshin, kumush, chorva mollari teri va yog'och tashib ketilgan 1 . Qadimgi Osuriya jamiyatida ibtidoiy quldorlik shakllangan bo'lib, ibtidoiy jamoa qoldiqlari saqlanib qolgan. Podsho va ibodatxona yerlarida jamoachi va qullar mehnat qilgan. Yerning asosiy qismini jamoa yer egaligi tashkil qilgan. Qulchilikning asosiy manbalari mulkiy tabaqalanish natijasida erkin 1 I.Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of interaction’’. McDougle Little, USA, 2009. P. 170-173 .
jamoachilarning qarzi uchun qul qilish va chetdan qul sotib olish bo'lgan. Er. av. XVI asrgacha Osuriya podsholari Alum-Ashshur, shahar-jamoa esa Ashshur deb atalgan. ”Kichik va ulug'lan xalq yig'ini” o'z ahamiyatini yo'qota borgan, hokimiyatning oliy organ! «Shahar Uyi» boylardan tuzilgan oqsoqollar kengashi edi. Kengash a'zolari ichidan bir xil muddatga alohida lavozimli shaxs, «limmu» tayinlanib, u shahar xazinasini boshqargan, uning nomi bilan joriy yil boshlangan. Oqsoqollar kengashi sud va ma'muriy ishlar bilan shug'ullanadigan mansabdor shaxs «ukulluma»ni tayinlagan. Shahar-davlatning merosiy hokimi «Ishshiakkum» lavozimi ham mavjud bo'lib, u diniy vazifalarni bajarib, ibodatxonalar qurilishiga rahbarlik qilgan. U urush vaqtida harbiy boshliq bo'lgan. Er. av.XX asrda xalqaro vaziyat Osuriya uchun noqulay kelgan. Frot havzasida Mari davlati yuksalib, Ashshurning g'arb savdosiga jiddiy to'siq bo'lgan. Xett davlati Osuriya savdosini Kichik Osiyoda to'xtatib qo'ygan. Amoriy qabilalarini Ikki daryo oralig'iga yurishlari ham vaziyatni beqaror qilib, Osuriya savdosiga zarar yetkazgan. Faqat er. av. 178I-yillar atrofida amoriylardan bo'lgan yo'lboshchi Shamshi - Adad Ashshur shahrini o'zini Yuqori Mesopotamiyadagi davlatini markaziga aylantirgan. Ashshur Ikki daryo oralig'ining shimolidagi shaharlarni bosib oladi, Marini bo'ysundirib, Karxemish bilan ittifoq tuzadi. Suriya shaharlari ham bosib olinadi. Ashshur g'arb savdosida vositachilikni o'z qo'liga oladi. Davlat boshqaruvida podshoning mavqei kuchayadi. Shamshi-Adad davlat boshqaruvini bevosita o'z qo'liga olib, mutlaq hukmdor sifatida davlat boshlig'i, oliy harbiy boshliq va sudya vazifasini o'taydi. Boshqaruvni takomillashtirishga zaruriyat tug'iladi. Mamlakat hududi, aholisi okruglarga bo'linib, ularni boshqarish uchun noiblar yuboriladi. Er. av. 1757-yilda Shamshi-Adadning o'g'li Ishme-Dagan davrida Ashshurni Hammurapi bosib oladi.
Er. av. 1740-yillar atrofida kassitlarning Mesopotamiyaga hujumi davrida Shamshi-Adadning avlodlari hokimiyatni yana o'z qo'llariga oldilar. Ammo bu sulola tez orada hokimiyatni boshqalarga topshirishga majbur bo'ladi, lekin Shamshi-Adad sulolasining boshqaruvi Ashshur tarixining eng yorqin davri deb tan olingan, keyinchalik Osuriya podsholari ro'yxatida Shamshi-Adad va uning ajdodlari ham kiritiladi. Er. av. XVI asrda Bobil sulolasi qulagach, Ashshur qudratli qo'shni davlat Mitannining tazyiqiga qarshi Misr bilan diplomatik aloqa o'rnatadi. Bunga qarshi er. av. XV asr o'rtalarida Mitanni podshosi Shaushaattar Ashshurni bosib olib, uni Mitanniga qaram qiladi. Mitanni Ashshurni g'arbga chiqadigan savdo yo'lidan butunlay mahrum qiladi. Keyingi asr boshlarida Ashshur Bobilni hukmronligini tan olish evaziga Mitanni zulmidan ozod bo'ladi va bir qancha vaqt o'tgach, Bobildan to'la mustaqil bo'ladi. O'rta Osuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi) Er. av. 1353-1318-yillarda podsho Ashshuriballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada Osuriya xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyatlari, bu yerdagi diniy markaz Nineviya bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta'siri ostiga tushib qoldi. Osuriya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz yil davomida o'zining yurishlari bilan qo'shni hududlarga dahshat tug'dirdi. Osuriya davlatini shakllanishi er. av. 1295—1264-yillarda hukmronlik qilgan podsho Adad-Nirari davrida tugallanadi. U birinchi bo'lib rasmiy ravishda o'ziga podsho unvoni berib, Old Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo'lgan «Buyuk podsho» mavqeiga da'vo qiladi. Er. av. XIII asrda Xett davlati Osur savdogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi, Misrni Suriyadan mahrum qiladi. Mitanni davlati esa Osuriya uchun g'arbga chiqadigan yo'lni butunlay yopadi. Er. av. XIII—XII asr boshlarida Osuriya yuqori Mesopotamiyaning qo'shni hududlarini to'rt marta o'ziga qo'shib oladi va to'rt marta yo'qotadi.