logo

XIII—XVI asrlarda Xindistonda diniy munosabatlar

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

190.5947265625 KB
XIII—XVI asrlarda Xindistonda diniy munosabatlar
Reja:
Kirish
I.bob.   XIII—XVI asrlarda Xindiston
1.1.Dehli sultonligi davrida feodal tuzumining o’ziga xos xususiyatlari
1.2.Janubiy Hindiston davlati — Baxmani va Vijayanagar
1.3.Shimoliy Hindistonning Bobir tomonidan bosib olinishi
II.bob.   Hindist onda diniy  munosabat lar
2.1.Milliy dinlar
2.2.Ommaviy diniy marosimlari
2.3.Hindistonda turli dinlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot Kirish
Hindistonda   paydo   bo'lgan   birinchi   musulmonlar   dengiz   orqali   suzib
yurgan   arab   savdogarlari   edi.   VII   asr   oxiridan   boshlab   Hindiston   qirg'oqlariga
joylashdilar.   Ular   va   islom   dinini   qabul   qilgan   hindlar   Malabar   sohilidagi   Mopla
jamoasining asoschilariga aylanishdi   .
Keyin   islom   Hindistonning   shimoli-g‘arbiy   qismiga   arab   istilolari   davrida   kirib
keldi.   Hind   vodiysi   (hozirgi   Pokiston   )   aholisi   IX-XI   asrlarda   to liq   islom   dininiʻ
qabul   qilgan.   Hindiston   yarim   oroli   va   Gang   vodiysi   aholisi   garchi   arab
savdogarlari   orqali   islom   dini   bilan   tanishgan   bo`lsalar-da,   hali   qabul
qilishmagan.   1001 -yilgacha   Mahmud   G'aznaviy   subkontinentga   bostirib   kirib,
Somnathni   ishg`ol   qilgan   va   Panjobni   egallashi [8]
ga   qadar   islom   ta'siri   sezilarsiz
edi.   1526-1858 - yillar   oralig'ida   turkiy,   fors   va   mo'g'ul   jangchilari   Shimoliy
Hindistonda   hokimiyatni   qo'lga   kiritgandan   so'ng,   islomlashuvning   yangi   to'lqini
boshlandi.
Bu   davrda   hindu   aholisining   eng   nochor   qatlamlari   ayniqsa   faol   ravishda   islom
dinini qabul qildilar va shu yo'l bilan shaxsning ijtimoiy erklarini cheklovchi qat'iy
taqiqlar   va   kastalar   (hindlarning   tabaqalashuvi)   tizimini   yengib   o'tishga   umid
qilishdi.  Islom   dini   Gang   daryosi   deltasining   (zamonaviy   Bangladesh   )   kambag'al
dehqon   aholisi   tomonidan   ommaviy   ravishda   qabul   qilingan.   Burjua   elitasi   va
savdogarlar   ham   mintaqaning   yangi   elitasini   tashkil   etgan   mahalliy
musulmon   amirlarning   saroylariga   yo`lni   osonlashtirish   uchun   islom   dinini   qabul
qilishga moyil edilar.
Yevropaning   Hindistonga   bostirib   kirishi   XVIII   asr   oxiridan   boshlab   islom
dinining   tarqalishini   cheklab   qo ydi.   Uning   obro'si   pasaydi,   ta'siri   so'na   boshladi.	
ʻ
Biroq,   1949-yilda   mamlakat   bo linganidan   keyin   ham   mustaqil   Hindistonning
ʻ
qator mintaqalarida musulmon jamoalari saqlanib qolgan. O'shandan beri ularning
ulushi   va   soni   demografik   sabablarga   ko'ra   ortib   bormoqda.   Mamlakat
musulmonlari   savodxonlik   darajasining   pastligi   bilan   ajralib   turadi.   Siyosiy
hokimiyatni   inglizlarga,   keyin   esa   hindularga   boy   berganidan   keyin musulmonlarning   daromadlari   keskin   kamaydi.   Ularning   aksariyati   infratuzilmasi
eskirgan   eng   qadimiy   shaharlarda   (islom   gettolarida)   to'plangan.   Mamlakatdagi
musulmon ayollar hindularga qaraganda o rtacha 1 nafarga ko p farzand ko rishadiʻ ʻ ʻ
(3,7 ga 2,7). Ta'lim olish imkoniyati cheklanganligi va iqtisodiyotdagi ishtirokining
pastligi (ayniqsa, ayollar o'rtasida) tufayli ularning mamlakatdan migratsiya oqimi
sezilarsiz.   Shu   sababli,   1991-2001-yillar   oralig‘ida   hindular   soni   20,3   foizga,
musulmonlar soni esa 29,6 foizga oshgan. I.bob.   XIII—XVI asrlarda Xindiston
Dehli   sultonligi. 1206  yilda G’azna  sultonlaridan  mustaqil  bo’lib olgan  Dehli
sultonligiXIII va XIV asr davomida ancha katta davlat sifatida   yashadi.
Dehli   sultonligi   ayniqsa   XIII   asr   oxiri   va   XIV   asr   boshla-rida   kengaydi,   bu
vaqtda   uning   sostaviga   Shimoliy   Hindistondan   tashqari,   Markaziy   Hindiston
viloyatlari va Dekan yassi tog’ligidagi ko’pchilik davlatlar kirardi. Dekan 1306—
1310   yillarda   sulton   Oloviddin   Xiljiy   tomonidan   bosib   olindi.   Nav-batdagi
sultonlardan   biriMuhammad   Tug’laq   (1325—1351)   deyarli   butun   Hindistonni
bo’ysundirib,   hatto   Eron   bilan   Xitoyni   ham   zabt   etishni   orzu   qilgan   edi.   Ammo
sultonlikning ken-gayishi mustahkam xarakterga ega emas edi. XIV asr o’rtalarida
Dekan   ajralib   chiqdi,   ko’p   o’tmay   Dehlidan   shimoldagi   ko’pgina   viloyatlar,   shu
jumladan,   Bengaliya   ajralib   ketdi.   Dehli   sul tonligi   sostaviga   kirgan   ko’pchilik
viloyatlar   XIV   asrning   ik-kinchi   yarmida   mustaqil   davlatga   aylanib   oldi.   Sulton
Dehli-ning   o’zida   uncha   mustahkam   hokimiyatga   ega   emasdi,   chunki   u   yerda
feodallarning turli guruhlari o’rtasida hokimiyat uchun uzluk siz  kurash borardi.
1.1.Dehli  sultonligi davrida feodal  tuaumining  uziga  xos xususiyatlari
  XIII—XVI   asrlarda   Hindistonda   feodal   tuzumi   o’ziga   xos   tarzda   rivojlandi.
Bir tomondan, Hindistonda musumon yer egaligi sistemasi qaror topib, shu tufayli
butun yerlar davlat boshlig’i sultonninig mulkideb qaralardi. Kelgindi mu-sulmon
feodallari   sultonning   harbiy   xizmatchisi   bo’lib,   undan   iqta     vaqtincha   va   umrbod
foydalanish  uchun  yer   olardilar.  Ular   aholidan  (dehqonlardan)  renta  undirib  olish
huquqiga ega edilar. Ikkinchi  tomondan,  mamlakatda  mahalliy feodallar  knyazlar
(rojalar)   saqlanib   qolgan   edi.   Ular   o’z   viloyatlarini   amalda   mustaqil   ravishda
boshqarib,   sultonga   muayyan   miqdorda   boj   to’lardilar.   G’rta   va   mayda   hind
feodallari   rojaputlar   va   boshqalar   qisman   meros   bo’lib   qolgan   feodal   mulkchiligi
huquqi asosida, qisman harbiy xizmatni o’tab turgan paytda vaqtincha beriladigan
in’om tariqasida yerga egalik qilardilar. Vaqt o’tishi bilan kelgindi iqtadorlar ham
yerning   merosxo’r   egalariga   aylanib   bordilar,   ammo   bu   jarayon   XIV   asrning oxirigacha ham tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikkala din mahalliy, hind
dini (eski  ibodatxona yer egaligi)  hamda yangi, musulmon (vaqf  yerlari)  dinidagi
ruhoniylarning qo’lida  edi.           
Bu  davrda  Hindistondagi   feodal  tuzumining  yana   bir  xusu-siyati   —  jamoachi
dehqon   xo’jaliklarining   ilgarigidek   ustun   bo’lib   qolganligidir.   Mahalliy   hind   va
kelgindi turk-musulmon feodallarining o’zlari odatda xo’jalik bilan shug’ullanmas,
balki   qaram   dehqonlardan   oziq-ovqat   rentasi,   qisman   pul   rentasini   undirib
olardilar. Barshchina ishlari mavjud bo’lgan joylarda asosan qullar va past tabaqa
dehqonlar mehnatidan foydalanilardi.
XIII—XIV   asrlarda   Hindiston   feodal   tuzumining   xarakter;   li   xususiyati—
shahar   hayotining   ancha   intensiv   rivojlanishidir".   Qadimgi   tarix   davridayoq
mavjud bo’lgan shaharlar qatoriga sultonlar va ularning nabiralari feodallarning re -
zidensiyam   sifatida   vujudga   kelgan   ko’pgina   yangi   shaharlar   qo’shildi.   Dehli
shahrining   o’zi   ana   shunday   feodal-poytaxt   shah-ri   uchun   misol   bo’la   oladi.   Bu
yerda   juda   ko’plab   saroy   ahli   va   xizmatchilari,   askarlar,   amaldorlar   va   shu
singarilardan tash-qari, ko’pgina hunarmandlar va savdogarlar yashab, ular sulton
saroyi   hamda   poytaxtdagi   boshqa   feodallarning   iqtisodyay   ehtiyojlarini
qondirardilar.
Ana   shu   shahar   rezidensiyalar   yoki   «shahar   qarorgohlar»dan   tashqari,
Hindistonda   XIII—XIV   asrlarda   Bengaliya   qo’ltig’i   bi lan   Arab   dengizi   sohilida
joylashgan   hamda   xalqaro   savdo-sotiq   bilan   bog’langan   ko’pgina   dengizbo’yi
shaharlari muvaffaqiyatli rivojlandi. Bular orasida, xususan, Malabar sohilida Goa
va   Kalikut,   Kambay   qo’ltig’i   sohilida   Kambay   ajralib   turardi.   Shim oliy
Hindistonda.karv on savdosi   bilan   bog’liq bir  qancha Goxdarbish Shodyar  orasida
Agra, Panipa, Laxor, Multan eng muhimlaridir. Hind hunarmandlarining mahsuloti
bo’lgan   juda   ko’plab   buyumlar   (avvalo   yuqori   sifatli   hind   gazlamalari),
shuningdek,   turli   ziravorlar   Yevropaga   va   Shimoliy   Afrikaga   muntazam   yuborib
turilardi.   Hindistonga   yilqi,   qalayi,   mis,   oltin,   kumush   pullar   va   shu   singarilar
tashib  keltirilardi.   Temur   hujumi   XIV   asrda   Hindiston   tamomila   tarqoq   feo dal   mamlakat   edi.
Juda  ko’p musulmon  va hind  feodal  davlatlari  birirlari   bilan  uzluksiz  kurash  olib
borardilar.50   va60-yillar   davomida   sultonning   vassal   rojalar   bilan   olib   borgan
urushlari natijasida Bengaliya, Sind, Orissa va Gujarat g’oyat xonavayron bo’lgan
edi.   1366   yilda   Gujaratdagi   qo’zg’olon   bostirilgan,   sulton   Feruz   qo’zg’olonining
asosiy   o’choqlarida   hindlarni   batamom   qirib   tashlash   haqida   buyruq   berdi.   Shaf-
katsiz   feodal   ekspluatasiyasi   va   to’xtovsiz   ichki   feodal   urush lari   Dehli   sultonligi
tanazzulining   asosiy   sabablari   bo’ldi.   70—80yillarda   Dehli   sultoni   o’z   qo’lida
qolgan   ozgina   yerlarni   ham   himoya   qilishga   qodir   emasdi.   Markaziy
hokimiyatning bu zaifligi yomon oqibatlarga olib keldi, Hindistonni yangi chet el
hujumlariga   qarshi   qarshilik   ko’rsata   olmaydigan   qilib   qo’ydi.   XIII   asr   oxiri   va
XIV   asr   boshlaridayoq   ayrim   mo’g’ul   otryadlari   Shimoliy   Hindiston   yerlariga
bostirib   kirdi   va   hatto   Lohur   va   Dehli   kabi   katta   shaharlarningdar
vozalarigachakela   boshladi.   Ko’chmanchilarning   hujumlari,   diyinchilik   bilan
bo’lsada,   qaytarilardi.   Ammo   shimoliy   o’lkalarning   vayron   qilinishi,   aholining
talanishi  va buning natijasida  qishlok xo’jaligi, sanoat  va savdoning tushkunlikka
yuz tutib ketishi" Hindistonning iqtisodiy ahvoliga tobora yemon ta’sir qildi. XIV
asr   oxirlarida   Hindiston   Temurning   bosqinchi   galalari   tomonidan   yana   ham
dahshatliroq xarob va xonavayron  ega   bo’lgan   Kichik   Osiyodagi   Usmon   turklariga   qarshi   yurish   bi lan)   band
bo’lgan Temur Hindistonni o’z holiga tashlab qo’ya qoldi.   Temur vafotidan keyin
Hindiston   chet   el   zulmidan   qutulib,   o’zining   baquvvat,   mustaqil   davlatini   tuzishi
mumkindek   tuyulardi.   Ammo   XV   asrda   Hindistonni   birlashtirish   yana   ham   qi-
yinlashdi.   Doimo   birlashtirish   markazi   bo’lib   qolgan   Shimoliy   Hindiston   Temur
hujumi   tufayli   nena   o’n   yillar   davomida   qat-tiq   iqtisodiy   krizisni   boshidan
kechirdi.   Ammo   Temur   huju-mining   boshqa   bir   oqibati   ham   bo’ldi.   Temur
hujumidan   keyin   musulmon   feodallari   bylan   hind   feodallari   o’rtasidagi   o’zaro
kurash   yana   ham   kuchaydi.   Ilgari   vaqtlarda   katta   ta’sirga   ega   bo’lgan   shimoliy
musulmon   knyazlari   endi   zaiflashib,   avvalgi   ge-gemonliklarini   qo’lda   saqlay
olmay   qoldilar.   Janubdagi   hind   rojalari,   garchi   bir   qadar   kuchaygan   bo’lsalarda,
o’z   kuchlari   bi lan   birlashtirish   darajasida   yetarli   qudratga   ega   emasdilar.   Ikki
guruh   hind   feodallarining   kurashi   Hindistonning   shi-moli   bilan   janubidagi   milliy
va   sosial-iqtisodiy   farqni   aks   ettirib,   bir-biriga   qattiq   dushman   bo’lgan   ikki   xil
diniy   (islom   va   hindu)   ideologiya   kurashi   formasiga   aylandi   hamda   samarasiz
tarzda   juda   cho’zilib   ketib,   mamlakatni   yana   chet   el   intervensiyasi   xavfi   ostida
qoldirdi.
Janubiy   Hindiston   davlati   Baxmani   va   Vijayanagar.   XIV—XV   asrlarda
Hindistonning   janubida   ancha   yirik   davlat lar   mavjud   edi.   Ulardan   biri   Baxmani
davlati G’arbiy Dekan territoriyasida joylashgan bo’lib, uning poytaxti yirik shahar
Bidar   edi.   Bu   davlat   1347   yilda   Dehlidan   ajralib,   tashkil   topdi.   U   1482   yilgacha
yashadi   va   shundan   keyin   bir   necha   knyaz- likka   bo’linib   ketdi.   Rus   savdogari,
sayyoh Afanasiy Nikitin xuddi shu davlatda 1469—1472 yillarda (u eng gullagan
paytda)   bo’lib,   Hindistonning   bu   qismidagi   feodallar   va   oddiy   xalq   turmushini
yorqin, ajoyib tarzda bayon qildi.
Baxmanidan   janubda   joylashgan   yana   bir   davlat     Vijaya nagar   davlati   edi.   Bu
davlatga   taxminan   1336   yilda   asos   solinib,   1486   yilgacha   yashadi.   Uning   tarixi
qo’shni Baxmani bilan deyarli tuxtovsiz urush ol'ib bori щ   bilan o’tdi. Bu urushlar
har ikkala davlatni zaiflashtirib, udarning yanada maydaroq knyazliklarga bo’linib
ketishini   tezlashtirdi.   Vijayanagarga   qaray-digan   Malabar   sohili   G’arbiy   Yevropa mustamlakachylari   kirib   kelgan   dastlabki   territoriya   bo’ldi.   Baxmani   bilan
Vijayana gar o’rtasidagi o’zaro urushlar, shuningdek, XV asr oxirlarida kuchaygan
feodallar o’rtasidagi o’zaro nizolar G’arbiy Yevropa mustamlakachilariga Malabar
sohilidagi  bir   qancha  tayanch   punktlarini   deyarli   to’siqsiz  ishg’ol  qilish  imkonini
berdi.   Bu   punktlar   yevropaliklarning   shundan   keyin   Janubiy   va   Sharqiy   Osiyoda
mustamlakalarni bosib olishlarida juda katta rol o’ynadi.
Hindistonda   yevropaliklarning   payde   bulishi.   1498   yilda   Vasko   da   Gama
eskadrasi   Malabar   qirg’og’ida   paydo   bo’lib,   Kali ku?   shahriga   tushdi.   Portugallar
XVI asr boshlaridayoq Hindis tonning g’arbiy va janubiy qirg’oqlarida bir  qancha
joylarni   egalladilar.   Portugallar   Hind   okeani,   Forsqo’ltig’i   va   Qizil   dengizda
hukmron   bo’lib   oldilar.   Ular   keng   suratda   dengiz   qaroq-chiligi   bilan
shug’ullanardilar, hind kemalariga hujum qilib, ularni  talardilar. Ular  bosib olgan
territoriya umuman Toa shahri, Seylon oroli va yana boshqa bir necha joydangina
ibo-rat bo’lsa-da, talonchilik ekspedisiyalari mamlakatning ancha ich-karisiga kirib
borar   edi.   Portugallar   yevropaliklar   ichida   Hindistonni   mustamlakachilik
ekspluatasiyasiga   birinchi   bo’ lib   duchor   qildilar.   Keyinchalik,   XVI   asr   oxiri   va
XVII asr boshlarida ularga gollandlar va inglizlar kelib qo’shildi.
1.2.Dehli sultonligining tushkunlikka uchrashi
  XV asr  mobay-nida Dehli  sultonligi  buyuk davlat  bo’lmay qolgan edi. Dehli
shahri   va   uning   atrofidagi   yerlar   hukmroni.   Dehlining   buyuk   sultoni   degan
dabdabali   unvonga   ega   bo’lsa   ham,   u   Shimoliy   Hin-distondagi   oddiy   davlat-
knyazliklardan biri  edi.  Eng  yirik  davlat  so’shni  Bengaliya   knyazligi  edi,  biroq  u
ham   loaqal   Shi moliy   Hindiston   uchun   gegemonlik   rolinio’z   zimmasiga   ololmas
edi. Feodal tarqoqligi,qo’shni   knyazlyklarning raqobati va o’za ro urushlari, ayrim
xususiy   feodallar   ham,   ko’pdan-ko’p   mayda   hukumatlar   ham   undirib   oladigan
soliqlarning o’sishi sharoitida   mamlakat mehnatkash aholisini ekspluatasiya   qilish
yanada kuchaydi. Dehqonlar soliq va renta to’lashdan bosh tortishar, o’rmonlarga
qochib,   davlat   soliqlarini   yig’uvchilardan   va   o’z   feodallarining   zo’ravonligidan ya щ irinishar   edi.Ba’zan   qa-hatchilik   va   ocharchilik   natijasida   dehqonlarning
stixiyali g’alayonlari   bo’lib turardi.
Tarqoq,   sinfiy   kurash   keskinla щ gan,   musulmon   va   hind   feo-dallaridan   iborat
bir-biriga   dushman   ikki   guruhga   bo’lingan   Hindiston   mo’g’ul-turklarning   yangi
hamlasi oldida tamomyla himoyasiz bo’lib  qolgan edi.
1.3.Shimoliy Hindistonning Bobir tomonidan bosib olinishi
  1526   yilda   Temurning   evarasi     amir   Bobir   afg’on   tog’   yo’lla-ri   orqali
Hindistonga  kirib  bordi.  Avval  Bobir  Samarqand  shahrida  hukmron  edi,  ammo  u
yerday   mahalliy   feodal   zodagonlari   tomonidan   haydaldi.   Movarounnahrdan
haydalgan   Bobir   Afg’onistonni   va   kisman   Sharqiy   Eron   (Xuroson)ni   bosib   oldi.
Qobul   va   G’azna   shaharlari   uning   qo’liga   o’tdi.   Bu   yerdan   Bobir   asosan   Urta
Osiyo turklari, xurosonliklar va afg’onlardan ibo rat 20 ming kishilik qo’shin bilan
Shimoliy Hindistonga hu jum qildi. Hindiston uchun qat’iy jang Panipat tekisligida
(Dehlidan   shimol   tomonda)   1526   yil   21   aprelda   bo’ldi.   Dehli ning   Lodi
dinastiyasidan   bo’lg’an   Dehlining   so’nggi   sultoni   Ib-rohim   bu   jangda   o’ldirildi.
Shundan keyin Bobir  Dehlini  bo sib olib, o’zini  Xindiston imperatori  (to’g’rirog’i
shoh) deb e’lon kildi. Kelgusi 1527 yilda musulmon va hind knyazlari koaliinyasi
son     jihatidan   Bobir   qo’shinidan   bir   necha     marta     ko’p   keladigan,   100   ming
kishilik   juda   katta   qo’shin   to’pladi.   Lekin   Bobir   Agra   shahri   yaqinidagi   Kanvag
yonida bo’lgan jangda koalisiyani tor-mor qilishga muvaffaq bo’ldi. 
1. II.bob.Hindidt onda diniy  munosabat lar
2.1.Milliy  dinlar
Milliy   dinlar   -   ma’lum   millatga   xos   bo’lgan,   boshqa   millat   vakillari
tomonidan   qabul   qilinmaydigan   dinlardir.Insoniyat   jamiyati   tarixiy
taraqqiyotida   urug’-   qabila   dinlari   ibtidoiy   jamiyatda   vujudga   kelib,
asosan tabiat kuchlarini ilohiylashtirib ularga sig’inishdan iborat bo’lsa,
milliy   davlat   dinlari   jamiyatda   mehnat   unumdorligi   o’sib,   ortiqcha
mahsulot,   xususiy   mulkchilik,   jamiyatda   ijtimoiy   guruh   va   tabaqalar
paydo   bo’lishi   sharoitida   vujudga   kelib,   milliy   davlat   dinlarining   ham
jahon   dinlari   kabi   bir   qator   o’ziga   xos   jihatlari   mavjud   edi.   Eng   avvalo
diniy   ta’limotning   asosiy   talablari,   aqidalari,   falsafiy   va   axloqiy
meyorlari   ishlab   chiqildi.Diniy   ta’limotda   olamning   uch   bosqichdan
iborat   ekanligi,   jannat,   do’zax   va   odamlar   yashaydigan   dunyoning
mavjudligi   to’grisidagi   qarashlar   ilgari   surildi.   Ibodatxonalar   qurilib,
vazifasi   faqat   dinga   xizmat   qilishdan   iborat   bo’lgan   ijtimoiy   guruh,
ruhoniylar   guruhi   tashkil   topdi.   Diniy   ibodat   va   marosimlarning
muayyan   tizimi   ishlab   chiqilib,   kundalik   hayotda   ularga   amal   qilina
boshlandi.Milliy   davlat   dinlarining   o’ziga   xos   xususiyati   bu   dinlarning
bir yoki bir necha milllatga taalluqli ekanligidir. Milliy davlat dinlaridan
xinduizm,   jaynizm,   sinxizm   xindlarning,   daosizm   va   konfusiychilik
xitoylarning,   sintoizm   yaponlarning,   iudaizm   yaxudiylarning   milliy
davlat   dini   bo’lib   hisoblanadi.   Zardushtiylik   dini   o’z   davrida   ko’plab
xalqlar,   davlatlar   hududida   tarqalgan   din   bo’lib,   bugungi   kunda
Sharqiy Eron va Shimoli - g’arbiy Hindiston hududidagi narslar o’rtasida e’tiqod qilinib kelinayotganligi uchun ham milliy davlat dinlari qatorida
e’tirof   etiladi.   Milliy   davlat   dinlari   muayyan   xalqning   urf-odati,
an’analari,   turmush   tarzi   va   milliy   o’ziga   xosligi   bilan   bog’liq   ravishda
shakllanib   borgan.Hinduizm.Hinduizm   juda   murakkab   din   bo’lib   u
kastachilik   asosida   tashkil   etilgan.   Hindistonda   qadimgi   davrlardan
boshlab,   Braxmanizm,   Veydizm   kabi   diniy   ta’limotlarga   e’tiqod   qilinib,
eramizdan avvalgi VI asrda Hindistonda Buddaviylik dini vujudga keldi.
Buddaviylik Braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo’lsada,
kasta   ta’limotini   inkor   etdi.   O’sha   davrda   Hindistonda   kasta   tuzumini
saqlab   qolishga,   Braxmanizm   dinini   isloh   qilib,   qayta   tiklashga
qaratilgan   harakat   boshlandiki,   bu   harakat   Braxmanizm   bilan
Buddaviylik   o’rtasidagi   kurashni   ifodalovchi   Hinduizm   dini
edi.Hinduizm   dini   xindlarning   milliy   davlat   dini   bo’lib,   Hindiston
aholisining   83   foizi,   yani   650   mln.   kishi   Hinduizmga   e’tiqod   qiladi.
Hinduizmga   e’tiqod  qiluvchilar  soni   jihatidan   jahonda   uchinchi   o’rinda
turib,   barcha   Hinduizmga   e’tiqod   qiluvchilarning   soni   700   mln   kishini
tashkil etadi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning yirik jamoalari boshqa
mamlakatlarda   ham   mavjud   bo’lib,   Bangladeshda   12   mln,
Indoneziyada   3.6   mln,   Shri   Lankada   3   mln,   Pokistonda   1.5   mln,
Malayziyada 1 mln, AQShda 0.5 mln, Butanda 0.3 mln kishi Hinduizmga
e’tiqod   qiladi.   Hinduizmni   qabul   qilmoqchi   bo’lganlarga   qo’yiladigan
birinchi   va   asosiy   shart   bu   Hindistondagi   kasta   tuzimini   qabul
qilishdir.Hinduizm   o’zining   asosi   hisoblangan   Braxmanizm   va
Veydizmdan   farqlanib,   unda   yangi   Braxmanizm   dinlari,   bu   dindagi
oqimlar mujassamdir. Hinduizmga   eski   hind   dinlaridan   qabul   qilingan   asosiy   talablar
quyidagilardan iboratdir.
1.   Tushuncha   va   qonunlarning   asl   manbai   bo’lgan   vedalarning
muqaddasligi;
2. Guru ya’ni pir, ustozning tan olinishi;
3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish;
4. Sanskritning muqaddas   til ekanligini tan olish ;
5. Sigirning muqaddas hayvon sifatida tan olinishi.
Bu   besh   qoida   yoki   aqida   ko’pchilk   tomonidan   tan   olingan   bo’lsada,
ko’psonli   e’tiqod   qiluvchilar   orasida   o’ziga   yarasha   farqli   va   umumiy
bo’lgan   jihatlariga   egadir.Hinduizmda   eng   avvalo   vedalar   muqaddas
bo’lib hisoblanadi.Undan keyin “Maxabxarata” singari xalq og’zaki ijodi
namunalari   ham   muqaddas   yozuvlar   qatoriga   qo’shiladi.Hinduizm
dinida   braxmanlar   asosiy,   imtiyozli   kasta   bo’lib
hisoblanadi.Hinduizmga   taalluqli   bo’lgan   adabiyotlarning   ko’pchiligi
braxmanlar   tomonidan   yaratilgan.Braxmanlar   Hinduizmni   zamon
talablariga   moslashtirib,   yangi   qonun-   qoidalarni   ishlab   chiqib   turli
oqimlarni   yuzaga   keltirdilar.   Hinduizmga   e’tiqod   qiluvchi   braxmanlar
turli   yo’llar   bilan   kasta,   varna   tizimini   tan   olmagan   va   inkor   etgan   o’z
raqiblari bo’lgan buddaviylarga qarshi kurash olib borganlar. Shu bilan
birgalikda   Hinduizmning   Braxmanizmdan   farqli   jihatlari   ham   mavjud
bo’lib,   Braxmanizm   braxmanlarning   kelib   chiqishi   faqat   oliy   tabaqa vakillaridan   iborat   deb   hisoblasa,   Hinduizm   ta’limotiga   ko’ra
braxmanlar   nafaqat   oliy   tabaqa   vakillaridan,   balki   oddiy   xalq   ichidan,
hatto   ayollardan   ham   bo’lishi   mumkindeb   hisoblanadi.Hinduizmda
e’tiqod   qilinuvchi   asosiy   xudolar   trimurti   ya’ni   uchlikdan   iborat   bo’lib,
unga   Braxma,   Vishnu,   Shiva   xudolari   kiradi.   Bu   uch   xudodan   eng
kattasi   dunyoni   yaratgan   xudo   Braxma   bo’lib   hisoblanadi.Braxma
dunyoni yaratgan asosiy xudo bo’lib hisoblansada, Hinduizmda qolgan
ikki xudo, Vishnu va Shivaga sig’inadilar. Shunga asosan Hinduizm ikki
asosiy   oqim   Shivaga   sig’inuvchilar   va   Vinshnuga   sig’inuchilarga
bo’linadi.   Shiva   oddiy   xalq   ommasi   -   kambag’allarning   ilohi   bo’lib
hisoblanib,   u   Rigvedaning   birinchi   nusxalarida   Rudra   nomi   bilan   zikr
etilgan.Atxarvavedada   Rudraning   roli   oshib   borib,   Yajurvedada   Rudra
Agni timsolida berilgan.Shiva xalq orasida turli nomlar bilan atalib, bu
nomlarga   Ishana,   Ishvara,   Maxadeva   ya’ni   buyuk   xudo   kabilar
taalluqlidir.Hindistonda   Shivaizmning   o’n   uchga   yaqin   asosiy   oqimlari
mavjud   bo’lib,   shivachilar   orasida   asosiy   oqim   sifatida   tridandinalar
(uch   tayoqlilar)   va   smartlar   (   smriti-   haqqoniy   rivoyat)   oqimlari   e’tirof
etilgan.   Tridandinalarning   markazi   Varanasi   bo’lib,   unda
tarkidunyochilikda   hayot   kechiradilar.   Smartlarning   bir   qismi
rohiblikda,   yana   bir   qismi-   dunyoviylik   holatida   yashaydilar.   Ushbu
oqimlarning   har   ikkalasi   ham   faqat   braxmanlarni   o’z   saflariga   qabul
qiladi.   Dandilar,   ya’ni   zohidlar   diniy   oqimga   kirayotgan   paytda
oyoqlarining   pastki   qismidan   qon   chiqaradilar.Dandilar   o’lganlarni
yerga   dafn   qiladilar   yoki   muqaddas   daryolardan   biriga
topshiradilar.Shivaizmda   lingachilar   degan   oqim   ham   mavjud   bo’lib, ular   bo’yinlariga   linga   osib   yuradilar,   ibodat   paytida   esa   uni   chap
qo’llarida   tutib   turadilar.Shivaizmdagi   Shaktra   yoki   Shakta   oqimida
hayvon   yoki   odamlarni   qurbon   qilish   an’anasi   mavjud.Yoglar   esa
Shivaizmdagi   tarkidunyochilik   yo’nalishi   bo’lib,   ular   uzoq   vaqt   nafas
olmay   o’zlaridan   ketadilar,   bu   vaqtda   ular   Shiva   bilan   yolg’iz
qoladilar.Yoglar   jismoniy   mashqlar   yordamida   o’z   ruhlarini   poklab
hattoki   o’z   tanalaridagi   a’zolarini   boshqarish   imkoniyatiga   ega
bo’ladilar.Yogo’z   yurak   urishini   tezlashtirishi   yoki   sekinlashtirishi,
odamlar   oldida   havoga   ko’tarilishi   mumkin.Hindiston   xalqi   orasida
Shivaning 1008  ta  nomi bor.Vishnu  Hindistondagi  xudolar  panteonida
birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi iloh bo’lib, Rigvedada tabiatga
jon ado etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali va o’ta sahiy iloh
sifatida   tasvirlangan.   Ibodat   paytida   Vishnuni   Savitar,   Roxita,
Surya,Adita   nomlari   bilan   ham   ataydilar.   U   butun   koinotni   uch
qadamda   bosib   o’tishi   va   havoda   muallaq   yura   olishi   xususiiyati   bilan
tariflanadi.Hindlarning   tasavvuriga   ko’ra,   yarim   inson,   yarim   hudo
shaklidagi   qahramon   Krishna   Vishnuga   qo’shilib   ketgan,   deb   tasavvur
qilinadi.Hind   dostonlari   Maxabxarata   va   Ramayanada   avatara,   ya’ni
insonning   Vishnuga   qo’shilib   ketishi   haqida   so’z   boradi.   Hindlarning
tasavvuriga   ko’ra,   Vishnu   gohida   to’rt   qo’lli   qilib
tasvirlanadi.Vishnuizmda   inson   yoki   hayvonni   qurbonlik   qilish   talab
qilinmaydi.Hindlarning   afsona   va   dostonlarida   Krishna   jangovar,
yengilmas   qahramon   sifatida   ta’riflanadi.   Krishna   urushda   ham,
sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega bo’lib,
xalq   orasida   u   erotik   iloh   hisoblanadi.Krishnaga   sig’inuvchilar   Mattra shahri va uning atrofida yashaydilar.Vishnuizm bayramlari turli tuman
bo’lib,   ba’zilari   umumiy,   ba’zilari   esa   tabaqalarga   ajratilgan   holda
o’tkaziladi.Vishnuizm bayramlarida duolar o’qilib, ta’zim bajo keltiriladi.
Ommaviy diniy marosimlarda qatnashiladi, turli hadya va qurbonliklar
qilinadi,   ibodatxona   yaqinida   yoki   ichidagi   muqaddas   xovuzda
cho’milinadi   va   bu   tadbir   majburiy   bo’lib   hisoblanadi.   Marosimlar
ba’zida   bir   necha   kunga   cho’zilib,   bu   marosimlarda   xudolar   hamda
ruhoniylarga   hadyalar   ataladi.   Qurbonliklar   turli   gullar,   xushbo’y
narsalar,   ovqatlar ,   xudolar   nomiga   atab   ozod   qilinadigan   va
so’yiladigan   hayvonlardan   iborat   bo’ladi.   Qadimgi   davrlardan   boshlab
sigir hindlar e’tiqodidagi muqaddas hayvonlardan biri bo’lib hisoblanib,
sigirni qurbonlik qilish yoki boshqa maqsadlarda o’ldirish katta gunoh
hisoblangan.   Sigirning   besh   mahsulotidan   tayyorlangan
panchagavyam   hinduiylar   e’tiqodiga   ko’ra   odamlarni   va   uylarni
poklashda alohida kuchga egadir. Hinduizmda sigir muqaddas hayvon
hisoblanganligi   uchun   u   xudolar   bilan   bir   qatorda   ehtirom
qilinadi.Vishnuizmdagi   muqaddas   hayvon   esa   maymundir.   Ramayana
dostonida   maymun-   xudo   Xanuman   va   uning   dostonning
boshqahramoni   Ramga   ko’rsatgan   yordami   tasvirlangan.   Hindlarning
diniy   e’tiqodi   Hinduizmda   ilon,   sher,   fil,   ba’zi   qushlar   ham
ilohiylashtirilgan   bo’lib,   Hindistonda   mavjud   bo’lgan   ko’pgina
hayvonlar xudo yoki xudoning hamrohi deb e’lon qilinib, ularga e’tiqod
qilinadi. 2.2.Ommav iy  diniy  marosimlari
Hinduizmda   bir   qator   bayramlar   bo’lib,   Krishnaning   tug’ilgan   kuni
avgustda   va   Shivaning   tug’ilgan   kuni   fevralda   nishonlanadi.
Hindistondagi   dinlarda   muqaddas   joylarni   sig’inish   masalasiga   katta
e’tibor   qaratiladi   va   bu   narsa   Hinduizmga   ham   taalluqlidir.
Maxabxaratada   Hindistonning   shimolida   joylashgan   bir   necha
muqaddas   ziyoratgohlar   ko’rsatib   o’tilgan.Hinduizm   hamma   vaqt
boshqa dinlarga murosalidinligi bilan ajralib turgan.Bu din ayni paytda
boshqa   xalqlar   dinlaridagi   zarur   deb   hisoblangan   tomonlarni   o’z
ta’limotiga   singdira  olish  xususiyatiga  ham ega  dindir.Jaynizm.Jaynizm
er.av.   VI   asrda   Hindistonda   vujudga   kelib,   bu   dinning   asoschisi
kshatriya   kastasidan   chiqqan   afsonaviy   Vardxamana   Maxavira   bo’lib
hisoblanadi.Jaynizm   dini   vakillarining   e’tiqod   qilishicha,   bu   ta’limotga
24   tirtxakar   (   payg’ambar   yoki   avliyo)   asos   solgan   bo’lib,   ularning
barchasi   kshatriylar   xonadonidan   bo’lgan.   23   –tirtxakar-   Vardxamana
Maxaviradan 250 yil avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi
Ashvasanning   o’g’li   bo’lib,   u   rohiblik   yo’lini   ixtiyor   etib,   otasining
saroyini   tark   etadi   hamda   o’zidan   keyin   juda   ham   chiroyli   nizomga
solingan   diniy   ko’rsatmalar   qoldiradi.   Vardxamana   Maxavira
Jaynizmdagi   navbatdagi   va   so’nggi   24-   tirtxakari   bo’lib,   u   o’ttiz
yoshigacha   oddiy   dunyoviy   kishilardek   hayot   kechirgan.   Keyin   esa
barcha   mulkidan   voz   kechib   ko’p   yillar   sayohat   qiladi.   42-   yoshida
Vardxamana   eng   oliy   bilimga   ega   bo’lib,   uni   shodlik   va   qayg’ulardan
ozod   qilgan   va   uni  yuqori   darajadagi   diniy   ustozlarga   beriladigan   Jina nomini   olishiga   olib   kelgan.   Jina   “g’olib”   degan   ma’noni   bildirib,
ruhning   tana   ustidan   g’olib   kelishini   anglatadi.Keyinchalik   esa
Vardxamanaga   Maxavira   ya’ni   “ulug’   qahramon”   unvoni
berildi.Maxavira   ko’p   yillik   sayohatlari   davomida   ko’plab   insonlarni
o’ziga   ergashtirib,   uning   shogirdlari   Nigrantxa   ya’ni   “kishandan   ozod
qilinganlar” deb atala boshlandi. Vardxamana Maxavira rohiblar oddiy
erkak   va   ayollar   barobar   e’tiqod   qila   oladigan   diniy   ta’limotga   asos
soldi.   Vardxamana   Maxavira   er.av.527   yilda   73   yoshida   vafot
etdi.Jaynizm   ta’limotiga   ko’ra   Vardxamana   Maxavira   nirvana   ya’ni
so’nggi   ozodlik   holatiga   erishgan   inson   sifatida   e’tirof   etiladi.   Jaynizm
ta’limotining   asosiy   g’oyasi   nirvana   va   karma   haqidagi   ta’limot   bo’lib,
bu   ta’limot   boshqa   hind   dinlariga   ham   xosdir.   Nirvanaga   erishgan
inson   qayta   tug’ilishdan   ozod   bo’lib,   bunga   faqat   tarkidunyochilik
orqali   erishish   mumkin,   deb   hisoblanadi   Jaynizmda.Shuning   uchun
Jaynizm   ta’limotida   tarkidunyochilikka   alohida   e’tibor   beriladi.Jaynizm
ta’limoti   bo’yicha   inson   dunyoda   o’zining   barcha   ehtiroslaridan   voz
kechib,   o’z   nafsini   tiyishi,   o’z-o’zini   yengishi   talab   qilinadi.Najotga
hamda   abadiy,   rohat   farog’atga   faqat   taqvodorlik   bilan   hayot
kechirgan   odamgina   erisha   oladi.   Har   bir   kishidan   ta’limotning
haqqoniyligiga ishonish, shu e’tiqodga asoslangan mukammal bilimga
ega   bo’lish,   shuningdek,   din   aqidalariga   og’ishmay   amal  qilib  yashash
talab   etiladi.Jaynizmda   ikki   asosiy   yo’nalish   mavjud   bo’lib,   ularning
birinchisi-   digambarlar   deyiladi.Bu   yo’nalish   tarafdorlari   hayotning
barcha   lazzatlaridan,   hatto   nikohga   kirishishdan   ham   voz   kechganlar,
ular hech nimani, xatto oddiy hasharotni ham o’ldirmaslik to’g’risidagi ta’limotga   amal   qiladilar.Ikkinchi   yo’nalish-   shvetambarlar   deb
ataladi.Bu   din   aqidalari   yozilgan   eski   matnlarni   tiklash,   ularga   qonun
tusini   berish   kerak   deb   hisoblaydilar.Shvetambarlar   hayotga   unchalik
e’tibor   bermaslikni   targ’ib   etsalar-da,   bu   dunyo   lazzatlarining
hammasidan   ham   voz   kechmaydilar.Jaynizm   ta’limotiga   ko’ra   har   bir
insondan   ma’lum   bir   axloqiy   qoidalarni   bajarish   talab   qilinadi.
Jaynizmda   har   bir   inson   besh   narsaga   amal   qilishi   zarur   bo’lib,   bular,
birinchi-   zarar   yetkazmaslik   (axinsa),   ikkinchi-   rost   so’zlash   (satya),
uchinchi-   o’g’irlik   qilmaslik   (asteya),   to’rtinchi-   zino   qilmaslik
(   braxmacharya),   beshinchi-   tamagirlik   qilmaslik   (aparigraxa)lardan
iboratdir.   Mana   shular   insonning   axloqiy   mezonini   tashkil   qiladi.
Bundan   tashqari,   u   yana   ikki   asos-   chin   e’tiqod   va   to’g’ri   bilim
tamoyillariga   ham   amal   qiladi.   Jaynizmda   rohiblar   uchun   bir   muncha
murakkab   qoidalar   ishlab   chiqilgan.Jaynizm   ta’limoti   bo’yicha
borliqning   iloh   tomonidan   yaratilganligi   va   uning   borliq   ustidan
nazorat qilib turishi tan olinmaydi. Jaynizm ta’limotiga ko’ra, ruh abadiy
mavjudot,   olam   esa   azaliydir.Ruh   moddiy   tanani   yengib   o’tib,   abadiy
hayotga   yetishishi   mumkin.Jaynizmda   axinsa-   zarar   yetkazmaslik
qoidasiga   ko’proq   e’tibor   beriladi.Vardxamana   Maxavira   vedalarning
ulug’vorligini   inkor   etib,   veda   urf-odatlariga   hamda   Braxmanlarning
hukmronligiga qarshi chiqdi.U insonni ma’naviy yuksaklikka ko’taruvchi
hayot   qonunlarini,   qat’iy   e’tiqodli   rohiblikni,   ruhni   ozodlikka   olib
chiquvchi   nafsni   tiyish   fazilatini   keng   targ’ib   qildi.Maxavira   vafotidan
so’ng   ganadxara   ya’ni   “maktab   boshliqlari”   deb   nomlangan   uning   2
nafar   shogirdi   uning   ta’limotini   davom   ettirdilar.   Jaynizmning   asosiy qoida   va   tamoyillari   Maxavira   tomonidan   yozilgan   bo’lib,   ular   45   ta
asardan   iboratdir.   Jaynizmdagi   oqimlardan   digambarlar   jaynizmning
asl   holatini   saqlab   qolishga   ko’proq   ahamiyat   berganlar.   Diniy
ta’limotning   ikki   oqimga   bo’linishi   har   ikki   oqimning   o’ziga   xos   urf   -
odatlari,   kiyinishi   va   boshqa   jihatlarining   shakllanishiga   sabab
bo’ldi.Hozirgi   paytda   dunyoda   bir   yarim   milliondan   ortiq   jaynistlar
mavjud   bo’lib,   ular   asosan,   Hindistonning   Rajputan,   G’ujarot   va   bir
qator   janubiy   mintaqalari,   Magxya   ,   Bxarat   kabi   shtatlarida
yashaydilar.Sikxizm.   XV   asr   oxiri   XVI   asr   boshlarida   sof   diniy   islohot
shaklida   boshlangan   sikxizm   harakati   XVII   asrning   ikkinchi   yarmiga
kelib   faol   harbiy   an’analar   bilan   sug’orilgan   siyosiy   tashkilot   sifatida
shakllandi.   Keyinchalik   kichik   harbiy   diniy   jamoa   Ranjid   Singx   asos
solgan   kuchli   davlatga   aylandi.Sikxizm   diniga   Panjobda   guru   ya’ni
ustoz   Nanak   tomonidan   asos   solinib,   unga   ergashganlar   o’zlarini
sikxlar deb atashgan.Sikx so’zi shogird degan ma’noni anglatadi.Nanak
1469-1539   yillarda   hayot   kechirib ,   uning   vafotidan   so’ng   sikxizm
ta’limotini   9   ta   guru   rivojlantirgan.   9   -guru   Govind   Singx   1675-1708
yillarda   muhim   rol   o’ynaydi.   Sikxlar   yagona   ta’limotni   targ’ib   qilgan
yagona   guruni   10   qiyofada   namoyon   bo’ladi   deb   hisoblaganlar.
Sikxizm   Hindistondagi   kuchli   diniy   islohotchilik   harakati   zaminida
yuzaga kelib, bu diniy ta’limot talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu,
Shiva   va   Islomdagi   Alloh   bir   ilohda   mujassam   bo’ladi.   Sikxizm
ta’limotiga   ko’ra   iloh-   Yaratuvchi,   Saqlovchi,   Vayron   qiluvchi   ya’ni
Braxma,   Vishnu,   Shivalardek   sifatlarni   o’zida   mujassam   etadi.   Iloh
qudratli   va   hukmdor   bo’lib,   uning   tomonidan   yaratilgan   dunyo   esa o’zgaruvchan va foniydir. Iloh esa abadiy bo’lib, u azalda ham, hozirda
ham,   kelajakda   ham   mustaqil   ravishda   mavjuddir.   Azaliylik,   vaqtdan
tashqarida   bo’lish,   tug’ilmaganlik   va   o’lmaslik   kabi   sifatlar   qudratli
ilohning   mohiyatini   anglatadi.   Hudoga   bo’lgan   muhabbat,   ishonch,
sadoqat yo’lini tutgan har bir inson Unga yetishishi va U bilan birlashib
ketishi mumkin. Sikxizm harakati Ramanand, Gorakxnatx, Chaytan’yax,
Kabir va Vallabxachar’ya nomlari bilan bog’liq bo’lib, butun XVI asrni o’z
ichiga   oladi.  Bu   davrda  hinduizm kabi sikxizmga  ham islomning  ta’siri
kuchli   bo’ldi.Xudoga   ibodat   qilish,   Sikxizm   ta’limoti   bo’yicha   aslo
dunyoviy   hayotdan   uzulishni,   rohiblik   yo’lini   tutishni   anglatmaydi,
aksincha,   hayotda   faollikni,   to’la   mehnatni   va   oiladagi   o’z   vazifasini
bajarishni   anglatadi.   Bu   tamoyillarga   amal   qilish   pirovard   natijada
tug’ilishlar   zanjirining   uzilishiga   va   insonning   xudo   bilan   birlashib
ketishiga   olib   keladi.Hindistonda   turli  dinlar,   turli   madaniyatlar  doimo
bir   -   biriga   ta’sir   ko’rsatib,   Nanak,   Kabir   kabi   islohotchilar   Hinduizmni
butparastlikdan   tozalab,   Islomga   yaqinlashtirishga   harakat
qildilar.Tadqiqotchilar   Sikxlar   bir   xudoga   e’tiqod   qiladi,   deb
hisoblaydilar.   Sikxizm   boshqa   iloh   va   butlarga   ibodat   qilishni,
hinduizmning yirik ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va sehr – joduga
ishonishni   ta’qiqlaydi   hamda   tug’ilish   va   o’lim   bilan   bog’liq   bo’lgan
poklash   marosimlarini   tan   olmaydi.   Sikxizm   Hinduizmdan   farqli
ravishda kasta tabaqalanishini inkor etadi va braxmanlarning tug’ilish,
o’lim   va   nikoh   marosimlaridagi   rahbarlik   mavqeiga   barham
beradi.Sikxizmning   muqaddas   kitobi   Adigrantx   ya’ni   “   boshlang’ich
kitob   deb   nomlanib,   bu   kiitob   beshinchi   guru   Arjun   (1581-1606) tomonidan tuzilgan edi. Adigrantx shu bilan birgalikda Gururantx ya’ni
“   Guru   kitobi”   yoki   Grantx   sohib   ya’ni   “   Soxibning   kitobi”   deb   ham
ataladi.   Unga   avval   dastlabki   besh   guruning,   keyinchalik   esa   boshqa
gurularning madhiyalari kirgan.Adigrantx panjob tilida  yozilgan bo’lib,
hozirgi   kunda   Amritsardagi   sikxlarning   bosh   ibodatxonasi   bo’lgan
“Oltin ibodatxona”da saqlanadi.Hozirgi paytda 17 millionga yaqin kishi
Sikxizm   diniga   e’tiqod   qilib,   bu   din   Hindistondagi   dinlarning   kattaligi
jihatidan   to’rtinchisi   hisoblanadi.1960   yillarning   o’rtalaridan   boshlab
mintaqaviy   sikxizm   harakatlari   siyosiy   tus   olib,   sikxlarning   mustaqil
yagona   Xoliston   davlatini   tuzishga   qaratildi.   Bugungi   kunda   ham
Hindiston   siyosiy   hayotida   sikxizm   omili   katta   o’rin
tutadi.Daosizm.Daosizm-aslida   falsafiy   ta’limot   bo’lib,   u   er.av.IV-II
asrlarda Xitoyda paydo bo’lib, uning asosida er.av.II asrda Daosizm dini
shakllandi.   Daosizm   o’zining   ilk   ko’rinishida   nazariyadan   ko’ra   ko’proq
amaliyotga   aloqador   bo’lib,   bu   Shomonizm,   folbinlik   va   tabiblik   bilan
bog’liq   edi.   Chunki   qadimgi   davolash   uslublari   falsafa,   daosizm
falsafasi bilan chambarchas bog’liq edi.
Daosizmda   er.av.   IV-III   asrlarga   kelib   nazariy   asarlar   paydo   bo’lib,
bunday  asarlarda   ijtimoiy-siyosiy  va   axloqiy  masalalarga  asosiy  e’tibor
qaratilmaydi. Lekin shu bilan birgalikda daosizm vakillari ilk bor borliq,
tabiat   va   koinot   haqidagi   tushunchalarni   ishlab   chiqa
boshlagilar.Daosizmning   falsafiy   tamoyillari   “Dao   Deszin”   kitobida
bayon   etilgan   bo’lib,   bu   asar   o’tmishdagi   yarim   afsonaviy   Xitoy
donishmandi   Lao-Szi   qalamiga   mansubdir.   Lao   –Szi   so’zi   “Keksa
donishmand”   degan   ma’noni   bildiradi.Lao   Szi   ta’limotiga   ko’ra,   tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi “Ulug’ Dao” hisoblanadi. Dao- “yo’l” ,
“Haqiqat”,   “Tartib”   degan   ma’nolarni   bildiradi.   Dao   to’g’risidagi   fikrlar
daosizm va konfutsiychilik  shakllanishidan oldin mavjud edi. Konfutsiy
Daoni   jamiyatda   muayyan   tartiblarni   yaratuvchi   samoviy   qonunlar
majmuasi   deb   hisoblagan.   Konfutsiy   ta’limoti   bo’yicha   Dao-   ijtimoiy
me’yorlar   intizom   va   axloqning   yig’indisidir.   Daosizmga   e’tiqod
qiluvchilar   uchun   dao   o’zgacha   mazmunga   ega   bo’lib,   dao   bu   eng
avvalo   umumiy   tabiat   qonuni   va   ibtido   hamda   intihoning   o’zagidir.
Umumiy   mazmunda   dao-   butun   borliq   bo’lib,   daoni   hech   kim
yaratmagan,   barcha   narsalar   daodan   kelib   chiqib   va   yana   unga
qaytadi.   Dao   hech   kimga   ko’rinmaydi   va   sezgi   a’zolari   uni   ilg’ay
olmaydii.Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan
aloqador   bo’lgan   tabiat   falsafasi   hamda   kosmogoniya   masalalaridir.
Ikkinchi   asosiy   masala   bu-   mavjudlik,   hayot   va   o’limning   nisbiyligi,
shunga   bog’liq   holda   uzoq   yashash   hamda   abadiy   hayotga   erishish
tushunchasidir.   Eramizning   birinchi   asri-   Xan   davriga   kelib ,   abadiy
hayot   masalasi   daosizm   olimlarining   asosiy   muammosiga
aylandi.Uchinchi   vaso’nggi   masala   uvey   tamoyili   bo’lib,   mana   shu
daosizm   falsafasidagi   uch   ta’limot   Xan   asriga   kelib   daosizm   dinining
shakllanishiga   asos   bo’ldi.Daosizm   dinida   uch   xudo-   Shan-Di,   Lao-Szi
hamda dunyoning yaratuvchisi Pant-Gu boshchiligida xudolar panteoni
shakllangan. Shan-DI osmon xudosi, oliy ruh, qudrat va osmon o’gillari
bo’lgan   imperatorlarning   otasi   hisoblanadi.   Daosizm   dini   o’z
ibodatxonalariga,   muqaddas   kitoblariga,   diniy   xizmatni   bajaruvchi
ruhoniylariga   ega.Bu   dinning   diniy   tashkiloti   ierarxiya   tamoyiliga asoslangan   bo’lb,   ierarxiyaning   boshida   oliy   ruhoniy   Tyan-   Shi   ya’ni
samoviy   ustoz   turadi.   V   asr   boshiga   kelib,   daosizm   diniy   ta’limoti   va
marosimlari   rasmiylashib,   u   davlat   diniga   aylandi.   Biroq   ,   uning
zamirida   juda   ko’p   sektalar   vujudga   kelib,   ular   ilohiyot   masalalari,
aqidalar,   marosimlarni   mustaqil   talqin   etish,   dindorlar   burchlariga
turlicha   qarashlar   bilan   bir-biridan   farq   qila   boshladi.Eramizning   II
asrida   daosizm   dinida   “Taypindao”   ya’ni   “Buyuk   tenglik   ta’limoti”
sektasi  vujudga  kelib  ,   uning  asoschisi   Chjan   Szue  hisoblanadi.   U  xalq
orasida   sehr   jodu   orqali   barcha   kasalliklarni   tuzatuvchi   hamda   kishi
umrini   uzaytiruvchi   shaxs   sifatida   shuhrat   topdi.“Taypindao”   sektasi
ta’limoti   “taypintsin”   kitobiga   asoslanadi.   “Taypindao”   sektasi   bilan
birga   yana   bir   “udoumidao”   ya’ni   “besh   dona   guruch   ta’limoti”   sektasi
ham   mavjud   bo’lib,   bu   sektaning   asoschisi   Chjan   Dao   Lin   daosizm
ibodatxonasini   tashkil   etishda   katta   xizmat   ko’rsatgan.   “Udoumidao”
sektasi   qadimgi   Xitoy   jamiyatida   katta   ta’sir   doiraga   ega
bo’lgan.Daosizm birinchi mingyillikda Buddizm va Konfutsiychilik bilan
raqobatlashib   kelib,   VI   asrga   kelib  Daosizm   Konfutsiychilikdan   keyingi
ikkinchi   o’rinni   egalladi.   XIII   asrdan   boshlab   daosizm   ta’limoti   o’zining
avvalgimavqeini  yo’qota   boshladi.   XX asr  boshlariga   kelib  Xitoyda   turli
Daosizm sektalariga qarshi kurash boshlandi. 2.3.Hindist onda t urli dinlar
Konfutsiychilik.   Qadimgi   Xitoyda   Lao-Szi   falsafiy   ta’limoti   bilan   deyarli
bir davrda Kun-Szi ( Konfutsiy- er.av.551-479) ning falsafiy ta’limoti ham
paydo   bo’ldi.   Konfutsiy-Qadimgi   Xitoy   faylasufi   va   pedagogi,
konfutsiychilikning   asoschisidir.   Konfutsiyning   falsafiy   va   axloqiy
g’oyalari   markazida   inson,   uning   aqliy   va   ma’naviy   qiyofasi,   olamdagi
hamda   jamiyatdagi   o’rni,   vazifasi   muammolari   turadi.Konfutsiy   komil
inson ya’ni Szyun-Szi haqidagi g’oyani yaratadi. Szyun-Szi, ya’ni yuksak
ma’naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga ega bo’lishi zarurbo’lib, bular
insoniylik va mas’uliyatni his qilishdir. Komil inson eng avvalo, ishonch
va   fidoiy   bo’lishi   lozimdir.Konfutsiychilikning   ilk   ko’rinishida   axloq
masalasi   birinchi   o’ringa   qo’yilgan,   diniy   e’tiqod   esa   ikkinchi   darajali
sanalgan.Konfutsiychilikdagi yana bir ta’limot- “Syao” bo’lib, u inson o’z
ota-onasiga   munosib   bo’lishi   haqidagi   g’oyani   o’zida   mujassam   qiladi.
Konfutsiy   inson   uchun   Syaodan   muhimroq   narsa   yo’q,   U   “Syao   va   Di
ya’ni   ukaning   akaga,   kichiklarning   kattalarga   hurmati   insoniylikning
asosidir”, degan fikrni bayon qiladi. Syao ta’limotining “Li qonunlari”ga
ko’ra,   farzand   ota-ona   hayotlik   chog’ida   mutlaqo   ularning
ixtiyoridadir.Syao   ta’limoti   asrlar   mobaynida   Xitoy   madaniyati,   axloqiy
me’yorlariga   katta   ta’sir   o’tkazib   keldi.Konfutsiychilik   Xitoyda   oila
masalalariga   hal  qiluvchi  ta’sir  o’tkazdi.   Konfutsiy  ideal,   oliy  inson,   asl,
mard kishi konsepsiyasini ishlab chiqqan bo’lib, bu konsepsiyaga ko’ra,
odamlar   ijtimoiy   kelib   chiqishi   yoki   jamiyatdagi   mavqei   orqali   emas,
balki   odamiylik,   adolatgo’ylik,   haqgo’ylik,   samimiyat,   farzandlik   izzat- hurmati   kabi   yuksak   ma’naviy   fazilatlarga   erishishi   tufayli   yuksak
kamolotga   yetishuvi   mumkin.Konfutsiyning   falsafiy   ta’limoti
keyinchalik   Xitoyda   hukmron   dinlarning   biriga   aylandi   va
Konfutsiychilik   dinining   asosi   bo’ldi.   Konfutsiychilikning   manbai   -
Konfutsiy   izdoshlari   yozgan   “Lung-Yuy”   (Suhbatlar   va   mulohazalar,
er.av.   Vl   asr)   kitobidir.Konfutsiychilikning   maqsadi   -   xalqni   mavjud
tartib   qoidalarni   hurmat   qilish   ruhida   tarbiyalashdir.Bu   din   aqidasiga
ko’ra,   jamiyatda   osmondan   yuborilgan   “Jeng”   ya’ni   Insonparvarlik
qonuni amal qiladi.Bu qonunni o’rganib ollish uchun inson “Li”ga ya’ni
ijtimoiy   axloq   normalariga,   qoidalariga,   an’anaviy   marosimlariga   amal
qilishi ,   o’zining   jamiyatdagi   darajasiga   qarab   ish   tutishi
zarur.Konfutsiychilik   belgilangan   diniy   tartiblarga   qattiq   amal   qilishni
talab   etadi.Konfutsiychilikda   har   bir   oilaning   o’z   ibodatxonasi   bo’lib,
har   bir   oila   o’z   ibodatxonasiga   ajdodlarining   timsoli   bo’lgan   “Chju”
tasvirini   joylashtiradi,   uning   yoniga   qurbonliklarni   qo’yadi   va   diniy
marosimlarni ijro etadi.Konfutsiychilikning bosh xudosi- osmon xudosi
edi.Keyinchalik   Konfutsiyning   o’zi   ham   ilohiylashtirilgan.Uning
sharafiga   hatto   imperatorning   o’zi   ham   diniy   marosimlarni   bajo
keltirardi.Konfutsiychilik   diniga   ko’ra   imperatorning   o’zi   oliy   hudoning
yerdagi vakili bo’lib hisoblanardi.Shu bilan birgalikda Konfutsiychilikda
ajdodlar   ruhiga   sig’inish   oliy   darajaga   ko’tarilgan   edi.Konfutsiychilik
dinining “Si-Shu” ( To’rt kitob va “U-Szin” ( Besh kitob) degan muqaddas
kitoblari bor. “U-Szin” ya’ni besh kitob quyidagi kitoblardan iboratdir:
1. “U-Szin” (o’zgarishlar kitobi, sehrgarlik, duolar to’plami); 2. “Shu-Szin” (qadimgi tarix, afsonaviy imperatorlar tarixi);
3. “Shi-Szin” (qo’shiq aytish kitobi, qadimgi poeziya to’plami);
4. “Li-Szi” (marosimlar kitobi);
5. “Chun-Szyu” (bahor va kuz kitobi).
To’rt kitob esa quyidagi kitoblardan iboratdir:
1.   “Da-Syue”   (buyuk   ta’limot,   insonning   o’zini-o’zi   takomillashtiruvi
haqidagi kitob);
2. “Chjun-Yun” (oraliq, o’rtaliq haqidagi kitob);
3. “Lun-Yuy” (Xikmatli so’zlar kitobi);
4.   “Men-Szi”   (Konfutsiyning   eng   qadimgi   shogirdlaridan   biri   Men-
Szining ta’limoti).
Konfutsiychilik   dinining   “Si-Shu”   (   to’rt   kitob)   va   “U-Szin”   (besh   kitob)
degan   kitoblarining   hammasini   ham   diniy   kitob   deb   bo’lmaydi.
Yuqoriga   ko’rsatib   o’tilganidek,   ularning   ichida   dinga   aloqasi
bo’lmagan kitoblar ham mavjud.Konfutsiychilik dinining o’ziga xos, uni
boshqa   dinlardan   ajratib   turadigan   eng   muhim   belgisi   -   bu   dinda
ruhoniylar   qatlamining   yo’qligidir.Bu   dinning   marosimlarini   ota   o’z
o’g’liga   o’rgatishi   kerak   bo’lgan.Xitoyda   imperator   konfutsiychilik
asoslarini   yaxshi   bilgan   amaldorlar   orqali   davlat   ishlarini   boshqarib
kelgan.   Shuning   uchun   Xitoyda   fuqarolarni   davlat   amaldorligi
mansabiga   qabul   qilishda   qo’yiladigan   talablardan   biri   davlat amaldorligi mansabiga da’vogarning konfutsiychilik dini marosimlarini
qanchalik bilishi va bajara olishini aniqlashdan iborat bo’lgan.Konfutsiy
nomi   o’rta   asrlarga   kelib   ilohiylashtirildi.Xitoyning   deyarli   barcha
shaharlarida   Konfutsiyga   atab   qurilgan   ibodatxonalar   paydo   bo’ldi.
Konfutsiy   yashab   vafot   etgan   joy-Suyfudagi   ibodatxonaga   Konfutsiy
haykali qo’yilib, uning yoniga uning shogirdlarining nomi bitilgan lavha
va   haykallar   qo’yilgan.Sintoizm.Sintoizm   dini   Qadimgi   Yaponiyada
vujudga kelgan milliy davlat dini bo’lib, sinto so’zi “Xudolar yo’li” degan
ma’noni   bildiradi.Sintoizm   eramizning   VI-VII   asrlarida   shakllangan
bo’lib,   yaponlarning   eski   an’anaviy   dini   Yaponiyaga   buddaviylik
tarqalib,   yoyila   boshlaganiga   qadar  aniq  bir  nom  bilan   nomlanmagan
edi. Yaponiyaga buddaviylik tarqala boshlaganidan so’ng yaponlarning
dini   kami-no-miti   (so’zma-so’z   tarjima   qilinganda   “xudo   yo’li”
yaponchada   sinto,   xitoychada   shinto   “yo’l”   degan   ma’noni   anglatadi)
deb   atala   boshlandi.   Shunday   qilib   sintoizm-   “Xudo   yo’li”   degan
ma’noni   anglatadi.Sintoizm   ta’limotiga   ko’ra,   mikado   (   imperator)-
osmon ruhlarining davomchisidir. Har bir yapon kishisi ikkinchi darajali
ruhlar   ya’ni   kamaning   vorisidir.   Yaponlar   kamaga   ajdodlar   va
qahramonlarning   ruhlari   deb   e’tiqod   qiladilar.   Xudojo’y   o’lganidan
keyin   o’zining   ham   o’sha   kamalardan   biri   bo’lishiga
ishonadi.Yaponiyada  buddaviylar ibodatxonasiga taqlid qilingan holda
sintoizm   dinining   ibodatxonalari   ham   qurila   boshlangan.Sintoistlar
xudolarning   tasvirini   yasay   boshladilar.Buddaviylar   jasadni   yoqish
marosimini   kiritdilar.Bunga   qadar   yaponiyada   murda   ko’milar   edi.
Shunday qilib buddaviylik va sintoizm dinlarining yaqinlashuvi ro’y bera boshladi.   Buddaviylar   ibodatxonalari   ichkarisida   sintoistlar   hudolari
uchun   burchak   tashkil   etilib,   bu   xudolar   kami   deb   atalar   edi.Sintoizm
buddaviylikka   nisbatan   o’z   aqidalarining   soddaligi   bilan   farq
qiladi.Sintoizm ta’limotining asosini- imperator hokimyatining ilohiyligi
to’g’risidagi   aqida   tashkil   etadi.Imperator   ya’ni   mikado   xudo
Amaterasuning   avlodi   bo’lib,   shuning   uchun   ham,   har   bir   yapon   o’z
imperatorining   muqaddas   hohishi   oldida   bosh   egishga
majbur.Sintoizmga   e’tiqod   qiluvchilar   uchun   imperator   saroyi   hamda
vafot   etgan   imperatorning   qabri   muqaddas   bo’lib
hisoblanadi.Sintoizmda   “oliy   iloh”   tushunchasi   mavjud   bo’lmay   u
ajdodlar   ruhiga   va   tabiatga   sig’inishni   o’rgatadi.Sintoizm   haqidagi
ma’lumotlar   “Kodziki”   (“Qadimiy   yozuvlar”)   va   “Nixongi”   (“Yaponiya
annallari”)   kabi   manbalarda   uchrab,   Kodziki-   bu   Sintoizmning
muqaddas kitobidir. Kodzikida qon-qabilaviy birlik va asosiy hokimiyat
g’oyasi   bayon   qilingan.Yapon   yozuvlarida   ta’kidlanishicha,   olamda
avval   tartibsizlik   ya’ni   xaos   hukmronlik   qilgan   bo’lib,   undan   so’ng   yer
osmondan   ajralib   chiqqan   hamda   ayol   va   erkak   jinsi   paydo   bo’lgan.
Dastlab ayol xudo Izdanami, erkak xudo Izdanagi paydo bo’lib, ulardan
ayol jinsidagi quyosh ilohi Amaterasu, erkak jinsidagi oy ilohi Sukiyomi,
shamol va suv ilohi Susanoo tug’iladi. Amaterasu g’alaba qilib osmonda
qoladi,   Susanoo   esa   yerdagi   Idzumo   mamlakatiga
quviladi.Susanooning o’g’li Okuninusi Idzumo hokimi bo’lganidan so’ng
Amaterasu   bu   holatga   chidab   tura   olmay,   Okuninusi   hokimiyatini   o’z
nabirasi   Ninigiga   topshirishga   majbur   qiladi.   Ninigi  osmondan   tushib,
Idzumo davlati rahbarligini qabul qilgandan so’ng unga hokimiyatning ramzi   sifatida   uch   muqaddas   narsa-ilohiylik   timsoli   bo’lgan   ko’zgu,
qudrat timsoli bo’lgan qilich va sadoqat hamda fidoiylik timsoli bo’lgan
yashma topshiriladi. Ninigidan Dzimmutenno kelib chiqib, Dzimutenno
Mikado   -yapon   imperatorlari   sulolasining   birinchi   vakili,   Yaponiyaning
birinchi   afsonaviy   imperatori   bo’lib   hisoblanadi.Qadimgi   zamonlardan
beri   ko’zgu,   qilich,   yashma   yapon   imperatorlari   xonadonining   belgisi
bo’lib qolgan.
Imperator-mikado o’zining ilohiy kelib chiqishiga ko’ra butun xalq bilan
qon-qardosh   bo’lib,   u   bir   oiladan   iborat   millatning
boshlig’idir.Yaponiyada   300   yildan   ortiq   hukmronlik   qilgan   syogunlar
ham   o’zlarini   mikado   namoyondalari   deb   ataganlar.V-VI   asrlarda
imperator-mikado   sinto   ibodatxonalari   faoliyatini   o’z   nazoratiga   oladi.
VIII   asr   boshlarida   imperator   saroyida   sinto   ishlari   bilan
shug’ullanuvchi   maxsus   bo’lim   tashkil   etiladi.   X   asrga   kelib   sinto
ilohlarining ro’yhati tuzilib dastlab ularning soni 3132 ta edi,keyinchalik
esa bu son yanada ortadi.Yaponiyada 1868 yil Meydzi qayta qurishidan
keyin sintoizm ruhoniylari o’qitadigan ta’lim tizimini yaratishga harakat
qildilar   va   kannusi   deb   ataladigan   bunday   ruhoniylik   lavozimi   odatda
meros sifatida o’tar edi. Yaponiyada 1946 yilda konstitutsiya yo’li bilan
din   davlatdan   ajratildi.Sintoizmda   Motsuri   deb   nomlangan   bayram
bo’lib, bu bayram dehqonchilik ishlarining boshlanishi, hosilning yig’ib
olinishi,   shuningdek,   ibodatxona   yoki   mahalliy   hudoga   bag’ishlangan
sana bilan bog’liq bo’lib, yiliga ba’zi ibodatxonalarda bir, ba’zilarida ikki
marta nishonlanadi. Motsuri bayramida juda ko’p odam to’planib, ular
katta   tantanalar   bilan   o’yin   -   kulgu   qiladilar.Sintoizm   xudolari panteonlari qatoridan Yaponiya imperatorlari ham joy olgan bo’lib, bu
dinda   muqaddas   joylar,   ayniqsa   tog’lar,   Fudziyama   vulqoni   alohida
e’zozlanadi.Sintoizmda   ozodalik   masalasiga   nihoyatda   katta   e’tibor
qaratiladi.Biror   bir   toza   bo’lmagan   narsa   aslo   muqaddas   joylarga
tashlanmasligi   qattiq   talab   qilinadi.   Sintoizmda   toza   bo’lmagan   ishga
qo’l   urgan   odam   albatta   poklanish   marosimlarini   bajarmog’i   lozim
bo’lib,   har   yili   2   marotaba   –   30   iyunda   va   31   dekabrda   Yaponiyada
umumxalq   poklanish   tadbirlari   o’tkaziladi.   Yahudiylik.Yahudiylarning
milliy   davlat   dini   bo’lgan   Iudaizm   dunyoda   keng   tarqalgan   bo’lib,   u
er.av.XIII  asrda vujudga kelib bizga qadar jiddiy o’zgarishsiz yetib kela
olgan   dindir.Yahudiylik   er.av.2000   yillarning   oxirlarida   Falastinda
vujudga   kelgan   yakkahudolik   g’oyasini   targ’ib   qilgan   din   bo’lib,   u
faqatgina   yahudiy   xalqiga   xosdir.Iudaizm   dinining   marosimlari
nihoyatda   ko’p   bo’lib,   ularni   bajarish   qattiq   nazoratga   olingan.Shu
bilan   birgalikda   bu   dinda   yahudiylar   mumtozligi   g’oyasi   zo’r   berib
targ’ib   etiladi.Yahudiylarning   boshqa   millat   vakillari   bilan   nikohga
kirishi man qilinadi.
Er.av.   XIIl   asrda   yahudiylar   Falastinni   bosib   olganlaridan   so’ng
Iudaizmning   ilk   ya’ni   Falastin   davri   boshlanadi.Falastinda   Yahudiylar
davlati tashkil topishi bilan dastlabki podsholar sulolasiga asos solgan
Iuda   qabilasining   xudosi   Yaxvega   sig’inishi   joriy   etildi.Yaxve-   butun
olamni   boshqaruvchi   yagona   xudo   deb   e’lon   qilindi.   Avval   u   tog’lar,
chaqmoq,   momaqaldiroq,   olov   va   suv   xudosi   edi.   Er.   av.   X   asrdan
boshlab Iudaizm dini umumdavlat diniga aylandi. Yahudiylik ta’limoti to’rt asosga tayanadi:
1.   Olamlarni   yaratuvchi   yagona   xudo-   Yaxvega   imon   keltirish.   Yaxve
so’zi “rabb, parvardigor” degan ma’noni bildiradi.
2.   Yahudiylar   yer   yuzidagi   xalqlarning   “eng   mumtozi”   va   u   “   dunyoda
berilajak in’omlarning eng haqlisi” ekanligi
3.   Messiya-   xaloskorning   kelishi   haqida.   Unga   ko’ra,   oxirzamonda
Yaxve   yahudiylar   orasidan   bir   xaloskorni   chiqaradi   va   u   quyidagi
vazifalarni bajaradi:
1) Dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi;
2) Butun yahudilarni Sinion atrofida to’playdi;
3) Ularning barcha dushmanlarini jazolaydi;
4)   Oxirat   kuniga   ishonish.   Iudaizmdagi   oxirat   haqidagi   tasavvurlar,
asosan,   Talmudda   bayon   etilgan   b’olib,   unga   ko’ra,   Yaxvega   chin
e’tiqod   qilganlar   oxiratda   mukofotlanadilar.   Aksincha   uning
qonunlarini   buzganlar   shafqatsiz   jazo   oladilar.Iudaizm   dinida   Muso,
Navin,   Ibrohim,   Ishoq   kabi   payg’ambarlar   mavjud   bo’lib,   diniy
ta’limotlarga   ko’ra   xudo   Yaxve   Iudaizmning   barcha   qonun-qoidalarini
Muso orqali odamlarga tarqatgan.Muso payg’ambar  Xulosa
Qadimgi   hind   adabiyotining   mashhur   yodgorligi   « Rigveda » ning   minglab
madhiyalari   va   so ’ nggi   veda   adabiyotlari   oriylarning   diniy   e ' tiqodlari   to ’ g ` risida
boy   ma ' lumot   beradi .   Qadimgi   Hindistonda   xudolar   pog`onasi   mavjud   emas.
Xudolar   samoda   yashaydi.   Oriylar   xudolar   tasviriga   sig`inganlar.   Qurbonlik
keltirish,   olovga   moy   quyish,   arpa   donini   tanlash   bilan   ifodalangan,   guyeki
qurbonlik   tutun   bilan   samoga   ko`tarilib,   xudolar   qurbonlikdan   to`yib   yerdagi
bandalariga   ovqat   yuboradilar.   Dastlab   ibodatxonalar   qurish   rasm   bo’lmagan.
Kohinlar   yopiq   tabaqa   bo’lgan.   So’nggi   veda   davrida   koxinlar   aloxida   toifa,
braxmanlar   varnasini   tashkil   qilganlar   va   boshqa   varnalardan   mavqelari
yuqoriligiga da'vo qilganlar. Uch varnadan birortasining to’la huquqli azosi bo’lish
uchun faqat bu varnada tug`ilish emas balki braxman o’qituvchining uyida o’qish
va   maxsus   bag`ishlov   marosimlaridan   o’tishi   lozim   edi.   Bag`ishlov   marosimida
bolaga   muqaddas   ip   ilganlar   bu   «ikkinchi   tug`ilish»   hisoblangan.   Shudralarga
marosimga ishtirok etishga ruxsat berilmagan. «Ikkinchi tug`ilish» marosimi Veda
matnlarini   o’qish   va   diniy   sirlarni   bilish   huquqini   bergan.   Veda   matnlarini
o’qituvchidan   o’quvchiga   faqat   og`zaki   uzatganlar.   Natijada   vaqt   o’tishi   bilan
matnlar   mazmun   o’zgarib   ketgan.   Er.   avv.   I   ming   yillik   o’rtalarida   yangi   diniy
e’tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng muhimi budda dinining «Uch qimmat»i edi.
Bu   Buddaning   o’zi,   draxma-uning   ta'limoti   va   sangxa-unga   e'tiqod   qiluvchilar
jamoasi hisoblanadi. Budda dinining asoschisi Shaq'ya zodagon urug`idan bo’lgan
shaxzoda   Sidxartxa   Gautama   bo’lgan.   Uzoq   azob   chekishlardan   so’ng,   daraxt
soyasida   Sidxartxaga   yorug`lik   ma'rifati   tushadi.   Shundan   so’ng,   Sidxartxa
ma'rifatli   (Budda)   bo’ladi.   Budda   ta'limotining   o’ziga   xos   xususiyati   u   hayotni
azoblanish   deb   tushuntiradi.   Azoblanish   o’lim   va   kasalliklar   bilangina   bog`liq
emas,   balki   eng   yaxshi   bo’lib   qayta   tug`ilishlar   zanjiri   bilan   bog`langan.   Azob
ko’rishning sababi yangi hayotda boylik, huzurhalovat, yaxshi hayot kechirish yoki
yaxshi   taqdir   uchun   kuyib-pishishdir.   Qiynalishlardan   qutilishning   yo’li   o’z   ruxi,
yurish-turishi,   ustidan   to’la   nazorat   o`rnatish   va   buning   oxirgi   maqsadi   nirvana
(«uchish,   sun'iy»)bo`lib,   shundan   so`ng,   kishi   zanjirni   yorib   o`tadi   va   u   boshqa tug`ilmaydi.   Buddaviylikni   ilk   o’qituvchini   tasvirlash   ananasi   yo’q   edi,   faqat
budda   ramziga   tayanadigan   asosiy   e'tiqod   inshooti   stupa–soyabon   ostidagi   sun'iy
tepalik   edi.   Dindorlar   stupa   va   undagi   Budda   sochi   yoki   tishiga   chapdan   o`ngga
(quyosh   bo’yicha)   o’zini   gunohlardan   holi   qilish   uchun   bu   dune   hayotidan   u
oilasidan,   mulkidan   tashqi   an'anaviy   aloqalardan   ruhiy   bog`lanishlardan   kechishi
kerak.   Budda   muridlari   qizg`ish   kiyimda,   sochlari   taqir   olinib,   qishloq   va
shaharlarni kezib, sadaqa so`rab yurganlar. Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar.
Budda   dini   uchun   turmush   marosimi   hech   qanday   ahamiyatga   ega   emas   edi.
Dindorlar   avvalgiday   to`y,   o’lim   marosimlariga   braxmanlarni   chaqirar   edilar.
Budda matnlari mahalliy so’zlashuv tillarida tuzilgan bo’lib, aholiga tushunarli edi.
Braxmanlar esa, sanskrit adabiyotini aholining juda ko’p qismidan yashirar edilar.
Budda   dini   ayniqsa,   shahar   aholisi   o’rtasida   keng   tarqaldi,   chunki   shahar   paydo
bo’lishining   o’zi   an'anaviy   urug`chilik   ijtimoiy   aloqalarini   yemirilishi,   xususiy
mulkning   paydo   bo’lishi,   shaxsning   jamoadan   ajralishi   bilan   bog`liq   edi.
Buddaviylik   e'tiqodi   yirik   davlatlar   hukmdorlarining   homiyligi   ostida   bo’ldi.
Chunki   budda   matnlarida   jahon   hukmronligi   g`oyasini   ilgari   surilib,   qaysiki,   bu
hukmdor   orqali   adolat   podsholigiga   asos   solinadi   degan   tushuncha   mavjud   edi.
Adolatni   tarqalishi   bir   vaqtni   o’zida   hukmdorning   hokimiyatini   kuchayishi   bu
diniy   g`oyaga   to’gri   kelishini   bildiradi.   Dastlab   budda   dini   xudosizlar   dini   edi.
Keyinchalik   Buddaga   nisbatan   munosabat   o’zgardi.   Uning   tasviri   paydo   bo’ldi.
Ibodatxonalar kurilib, budda ilohiy mavjudot ekanligi aytila boshlandi. Dunyoning
oxirati   va   uning   kelajagida   qutqaruvchi   Buddaning   kelishi   tushunchasi   shakllana
boshlaydi.   Budda   maktablari   ikki   asosiy   yo`nalish:   «kichik   arava»   («yoki
qutilishning   tor   yo’li»)   va   «buyuk   arava»   («yoki   qutilishning   keng   yuli»)   dan
iborat   edi.   Ularning   birinchisi   eng   qadimiylikka   da'vo   qilib,   Ashoki   davridayoq
Lanka orolida va keyin janubiy–sharqiy Osiyoga tarqaldi. «Buyuk arava» ta'limoti
yanada   kattaroq   yutuqlarga   erishdi.   Kushon   podsholari   homiyligi   ostida   bu
yo`nalish   O’rta   Osiyo   orqali   Eron,   Xitoy,   Tibet,   Mongoliya   va   Yaponiyaga
tarqaldi. Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning arxaik e'tiqodlari daraxtlar, tog`,
suv   havzalari,   ilon,   sigir   va   maymun   kabilarga   sig`inish   tashkil   etadi.   Hozirgi kunda   ham   hinduizmda,   qadimgi   davrdan   boshlab   ma'buda   onaga   sig`inish   katta
rol o`ynaydi. 
                          Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’rta asrlar tarixi. V.F. Semyonov. T., 1973.
2. Dnevnik puteshestviye k dvoru Timura. Ri Gonzelesa de Klavixo. (1403-1406). 
M., Nauka 1990.
3. Istorii italii. V 3 t. M., Nauka.1970. T.1.
4. Kultura epoxa Vozrojdeniya M., - "Nauka" 1986.
5. O’rta asrlar tarixi V.N. Semyonov, M., - 1971.
6. Kultura epoxa Vozrojdeniya i Reforfasii L.,
7. O’rta asrlar tarixi. V.F. Semyonov. T., 1973.
8. Dnevnik puteshestviye k dvoru Timura. Ri Gonzelesa de Klavixo. (1403-1406). 
M., Nauka 1990.
9. Istorii italii. V 3 t. M., Nauka.1970. T.1.
10. www.ziyonet.uz

XIII—XVI asrlarda Xindistonda diniy munosabatlar Reja: Kirish I.bob. XIII—XVI asrlarda Xindiston 1.1.Dehli sultonligi davrida feodal tuzumining o’ziga xos xususiyatlari 1.2.Janubiy Hindiston davlati — Baxmani va Vijayanagar 1.3.Shimoliy Hindistonning Bobir tomonidan bosib olinishi II.bob. Hindist onda diniy munosabat lar 2.1.Milliy dinlar 2.2.Ommaviy diniy marosimlari 2.3.Hindistonda turli dinlar Xulosa Foydalanilgan adabiyot

Kirish Hindistonda paydo bo'lgan birinchi musulmonlar dengiz orqali suzib yurgan arab savdogarlari edi. VII asr oxiridan boshlab Hindiston qirg'oqlariga joylashdilar. Ular va islom dinini qabul qilgan hindlar Malabar sohilidagi Mopla jamoasining asoschilariga aylanishdi . Keyin islom Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismiga arab istilolari davrida kirib keldi. Hind vodiysi (hozirgi Pokiston ) aholisi IX-XI asrlarda to liq islom dininiʻ qabul qilgan. Hindiston yarim oroli va Gang vodiysi aholisi garchi arab savdogarlari orqali islom dini bilan tanishgan bo`lsalar-da, hali qabul qilishmagan. 1001 -yilgacha Mahmud G'aznaviy subkontinentga bostirib kirib, Somnathni ishg`ol qilgan va Panjobni egallashi [8] ga qadar islom ta'siri sezilarsiz edi. 1526-1858 - yillar oralig'ida turkiy, fors va mo'g'ul jangchilari Shimoliy Hindistonda hokimiyatni qo'lga kiritgandan so'ng, islomlashuvning yangi to'lqini boshlandi. Bu davrda hindu aholisining eng nochor qatlamlari ayniqsa faol ravishda islom dinini qabul qildilar va shu yo'l bilan shaxsning ijtimoiy erklarini cheklovchi qat'iy taqiqlar va kastalar (hindlarning tabaqalashuvi) tizimini yengib o'tishga umid qilishdi. Islom dini Gang daryosi deltasining (zamonaviy Bangladesh ) kambag'al dehqon aholisi tomonidan ommaviy ravishda qabul qilingan. Burjua elitasi va savdogarlar ham mintaqaning yangi elitasini tashkil etgan mahalliy musulmon amirlarning saroylariga yo`lni osonlashtirish uchun islom dinini qabul qilishga moyil edilar. Yevropaning Hindistonga bostirib kirishi XVIII asr oxiridan boshlab islom dinining tarqalishini cheklab qo ydi. Uning obro'si pasaydi, ta'siri so'na boshladi. ʻ Biroq, 1949-yilda mamlakat bo linganidan keyin ham mustaqil Hindistonning ʻ qator mintaqalarida musulmon jamoalari saqlanib qolgan. O'shandan beri ularning ulushi va soni demografik sabablarga ko'ra ortib bormoqda. Mamlakat musulmonlari savodxonlik darajasining pastligi bilan ajralib turadi. Siyosiy hokimiyatni inglizlarga, keyin esa hindularga boy berganidan keyin

musulmonlarning daromadlari keskin kamaydi. Ularning aksariyati infratuzilmasi eskirgan eng qadimiy shaharlarda (islom gettolarida) to'plangan. Mamlakatdagi musulmon ayollar hindularga qaraganda o rtacha 1 nafarga ko p farzand ko rishadiʻ ʻ ʻ (3,7 ga 2,7). Ta'lim olish imkoniyati cheklanganligi va iqtisodiyotdagi ishtirokining pastligi (ayniqsa, ayollar o'rtasida) tufayli ularning mamlakatdan migratsiya oqimi sezilarsiz. Shu sababli, 1991-2001-yillar oralig‘ida hindular soni 20,3 foizga, musulmonlar soni esa 29,6 foizga oshgan.

I.bob. XIII—XVI asrlarda Xindiston Dehli sultonligi. 1206 yilda G’azna sultonlaridan mustaqil bo’lib olgan Dehli sultonligiXIII va XIV asr davomida ancha katta davlat sifatida yashadi. Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshla-rida kengaydi, bu vaqtda uning sostaviga Shimoliy Hindistondan tashqari, Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog’ligidagi ko’pchilik davlatlar kirardi. Dekan 1306— 1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Nav-batdagi sultonlardan biriMuhammad Tug’laq (1325—1351) deyarli butun Hindistonni bo’ysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni ham zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo sultonlikning ken-gayishi mustahkam xarakterga ega emas edi. XIV asr o’rtalarida Dekan ajralib chiqdi, ko’p o’tmay Dehlidan shimoldagi ko’pgina viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sul tonligi sostaviga kirgan ko’pchilik viloyatlar XIV asrning ik-kinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehli-ning o’zida uncha mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda feodallarning turli guruhlari o’rtasida hokimiyat uchun uzluk siz kurash borardi. 1.1.Dehli sultonligi davrida feodal tuaumining uziga xos xususiyatlari XIII—XVI asrlarda Hindistonda feodal tuzumi o’ziga xos tarzda rivojlandi. Bir tomondan, Hindistonda musumon yer egaligi sistemasi qaror topib, shu tufayli butun yerlar davlat boshlig’i sultonninig mulkideb qaralardi. Kelgindi mu-sulmon feodallari sultonning harbiy xizmatchisi bo’lib, undan iqta vaqtincha va umrbod foydalanish uchun yer olardilar. Ular aholidan (dehqonlardan) renta undirib olish huquqiga ega edilar. Ikkinchi tomondan, mamlakatda mahalliy feodallar knyazlar (rojalar) saqlanib qolgan edi. Ular o’z viloyatlarini amalda mustaqil ravishda boshqarib, sultonga muayyan miqdorda boj to’lardilar. G’rta va mayda hind feodallari rojaputlar va boshqalar qisman meros bo’lib qolgan feodal mulkchiligi huquqi asosida, qisman harbiy xizmatni o’tab turgan paytda vaqtincha beriladigan in’om tariqasida yerga egalik qilardilar. Vaqt o’tishi bilan kelgindi iqtadorlar ham yerning merosxo’r egalariga aylanib bordilar, ammo bu jarayon XIV asrning

oxirigacha ham tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikkala din mahalliy, hind dini (eski ibodatxona yer egaligi) hamda yangi, musulmon (vaqf yerlari) dinidagi ruhoniylarning qo’lida edi. Bu davrda Hindistondagi feodal tuzumining yana bir xusu-siyati — jamoachi dehqon xo’jaliklarining ilgarigidek ustun bo’lib qolganligidir. Mahalliy hind va kelgindi turk-musulmon feodallarining o’zlari odatda xo’jalik bilan shug’ullanmas, balki qaram dehqonlardan oziq-ovqat rentasi, qisman pul rentasini undirib olardilar. Barshchina ishlari mavjud bo’lgan joylarda asosan qullar va past tabaqa dehqonlar mehnatidan foydalanilardi. XIII—XIV asrlarda Hindiston feodal tuzumining xarakter; li xususiyati— shahar hayotining ancha intensiv rivojlanishidir". Qadimgi tarix davridayoq mavjud bo’lgan shaharlar qatoriga sultonlar va ularning nabiralari feodallarning re - zidensiyam sifatida vujudga kelgan ko’pgina yangi shaharlar qo’shildi. Dehli shahrining o’zi ana shunday feodal-poytaxt shah-ri uchun misol bo’la oladi. Bu yerda juda ko’plab saroy ahli va xizmatchilari, askarlar, amaldorlar va shu singarilardan tash-qari, ko’pgina hunarmandlar va savdogarlar yashab, ular sulton saroyi hamda poytaxtdagi boshqa feodallarning iqtisodyay ehtiyojlarini qondirardilar. Ana shu shahar rezidensiyalar yoki «shahar qarorgohlar»dan tashqari, Hindistonda XIII—XIV asrlarda Bengaliya qo’ltig’i bi lan Arab dengizi sohilida joylashgan hamda xalqaro savdo-sotiq bilan bog’langan ko’pgina dengizbo’yi shaharlari muvaffaqiyatli rivojlandi. Bular orasida, xususan, Malabar sohilida Goa va Kalikut, Kambay qo’ltig’i sohilida Kambay ajralib turardi. Shim oliy Hindistonda.karv on savdosi bilan bog’liq bir qancha Goxdarbish Shodyar orasida Agra, Panipa, Laxor, Multan eng muhimlaridir. Hind hunarmandlarining mahsuloti bo’lgan juda ko’plab buyumlar (avvalo yuqori sifatli hind gazlamalari), shuningdek, turli ziravorlar Yevropaga va Shimoliy Afrikaga muntazam yuborib turilardi. Hindistonga yilqi, qalayi, mis, oltin, kumush pullar va shu singarilar tashib keltirilardi.