logo

XX asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning O’rtayer dengizi mintaqasidagi siyosati

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

132 KB
XX asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning O’rtayer dengizi mintaqasidagi
siyosati
Kirish (mavzuning dolzarbligi uni yoritishdan maqsad,mavzu tarixshunosligi)
I bob.XX asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning tashqi siyosati.
1.1.Urushdan keyingi Fransiyada yevropalashuv
1.2. Fransiya mustamlakachilik siyosatiga xos o’zgarishlar
1.3.   V respublika tashqi siyosatidagi o’zgarishlar
II   bob.Barselona   jarayoni.Fransiyaning   O’rtayer   dengizi   siyosatida   yangi
bosqich.
2.1.Fransiyaning Shengen konvensiyasi va Maastrix shartnomasiga munosabati
2.2.Fransiya va O’rtayer dengizi mintaqasi davlatlari o’rtasidagi munosabatlar
2.3.Barselona deklaratsiyasining xalqaro munosabatlaridagi o’rni
III   bob.Barselona   jarayoni   –Yevro-O’rtayer   dengizi   hamkorligi   faoliyatidagi
yo’nalishlar asosi
3.1.YI va O’rtayer dengizi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari konferensiyalari
3.2.Yevro-O’rtayer dengizi hamkorligidagi asosiy yo’nalishlar.
3.3.YI ning O’rtayer dengizi siyosatidagi kelajakdagi loyihalari 
IV.Xulosa
V.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.   I bob.XX asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning tashqi siyosati.
1.1.Urushdan keyingi Fransiyada yevropalashuv
Fransiya insoniyat tarixida o’ziga xos o’ringga ega davlat hisoblanadi. U XIX
asr   ikkinchi   yarmi   –XX   asr   boshlarida   dunyoning   eng   qudratli   imperiyachi
davlatlaridan biri edi.Fransuz tili dunyoning ko’pgina davlatlarida, ayniqsa Afrika
qitasida   eng   ko’p   ishlatiladigan   tillardan   biri   hisoblangan.Yangi   davrdan   boshlab
Fransiya   nafaqat   Yevropa   balki   dunyo   tashqi   siyosati   muhim   o’rin   tutadigan
davlatga aylana boshlaydi.
Tarixiy   nazariyalarga   ko’ra,har   qanday   davlatning     tashqi   siyosati   uning
demografiyasi,iqtisodiyoti,shuningdek,geografiyasi va tarixiga bog’liq bo’ladi. Shu
qarashga ishonadigan bo’lsak, aynan shu ko’rsatkichlar Fransiyaning XIX-XX asr
tashqi   siyosatiga   o’z   tasirini   ko’rsatdi.XX   asr   boshlarida   Fransiyada   aholi   o’sishi
susaydi   va   tez   qarish   boshlandi.Investitsion   va   innovatsion   faollikning
yetishmasligi,iqtisodiyotda asosiy o’rinni qishloq xo’jaligi egallashi, qo’shni davlat
Germaniyadan   zaiflik   milliy   xavfsizlik   va   Yevropa   hamda   dunyoda   o’z
pozitsiyasini   saqlab   qolish   uchun   tashvishlanishda   har   doim   motivatsiya   berib
turgan. 1
  
Vestfaliya  shartnomasi   davridan  to  Ikkinchi  jahon  urushi  davrigacha    buyuk
davlat tushunchasi va buyuk davlatlar tabaqasi mavjud bo’lgan davrda har qanday
sharoitda va vaziyatda Fransiya xuddi Angliya kabi buyuk davlatlar safida turgan.
Ma’lum   bir   ko’rsatgichlar   bo’yicha   aniqlanadigan   “Buyuk   davlat”   tushunchasi
XIX-XX   asrlarda   ma’lum   bir   jiddiy   evolyutsiyaga   uchradi.   XIX   asrgacha   buyuk
davlat   deganda   hududi   juda   katta,   aholisi   ko’p   va   katta   armiyaga   ega   bo’lgan
davlat tushunilgan hamda bunday mamlakat quruqlik va suvda hukmronlik qilishi
kerak   edi.XIX   asrda   bu   tushuncha   kengayib,   keng   imperiya   bo’lgan   va   savdo-
sanoat   sohasida   muvaffaqiyatli   davlatga   nisbatan   ishlatilgan.XX   asrga   kelganda
esa   kuchli   moliya   va   mustahkam   maqomga   ega   valyuta   xalqaro   buyuk   davlat
tushunchasining   asosiy   xususiyatiga   aylandi.Bu   xususiyatlarga   qo’shimchas
ravishda   Fransiyada   boshqa   davlatlarga   nisbatan   yana   bir   ustunlik   bor   edi.   Bu
1
 Obichkina Ye.O. Fransiya v poiskax vneshnepoliticheskix oriyentirov v postbipolyarnom mire.Moskva,2003.s-12 1714-yildan 1919-yilgacha farnsuz tili xalqaro munosabatlarda yagona diplomatiya
til hisoblangan. 2
    
Yuz  yillik  urushdan  keyin  Fransiya  G’arbiy  Yevropaning  yirik  davlatlaridan
biri bo’lib qoldi.Geografik joylashuvi, okean va dengizlarga yaqinligi oqibatida har
doim Yevropaning barcha siyosiy davrida faol qatnashgan. Venetsiya,Amsterdam
va   London   kabi   iqtisodiy   jihatdan   kuchli   bo’lmasada   Yevropa   va   Transatlantik
aloqlarda har doim faol bo’lgan.
XIX   asrda,napoleon   imperiyalarining   ag’darilishidan   so’ng,shuningdek,
Prussiyaga   yutqazib   qo’ygandan   so’ng   bo’lgani   kabi   XX   asrda   ikki   jahon   urushi
orasida   ham   Fransiyada   jamiyat   va   hukumat   har   doim   mamlakatning   xalqaro
statusini saqlab qolish bo’yicha qattiq tashvishlanishgan.  
  1939-yil   1-sentyabr   kuni   Germaniya   Polshaga   hujum   boshladi.   Oqibatda
Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Fransiya urushga uchinchi  kun ya’ni 1939-yil 3-
sentyabr   kuni   qo’shildi.Bunda   Fransiya   va   Angliya   Germaniyaga   ultimatum
yuborib   zudlik   qo’shinini   Polshadan   chiqarib   ketishini   talab   qiladi.Lekin
Germaniyaga   bunga   amal   qilmaydi.Shunda   Angliya   va   Fransiya   Germaniyaga
urush e’lon qilishadi.Ammo hech qanday harbiy harakat amalga oshirishmaydi. Bu
jarayonni   tarixchilar   “G’alati   urush”   deb   atashadi.   Bu   esa   Germaniyaga   keying
bosqinchiligiga   yo’l   ochib   beradi.Oqibatda   Polsha   to’liq   tugatiladi,1940-yil   10-
may kuni fashistlar Niderlandiya va Belgiyaga hujum qilib tor-mor qiladi.13-may
kuni esa Fransiya hududlariga bostirib kiradi.1 oylik natijasiz harakatlardan keyin
Fransiya urushdan bosh tortadi va 1940-yil 22-iyun kuni hukumat rahbari marshal
F.Peten   Germaniya   bilan   taslim   bo’lganligi   to’g’risida   sharmandali   shartnomani
imzolaydi.Shu   bilan   Fransiya   o’zining   “dunyoning   buyuk   davlati”   maqomini
yo’qotadi. Bu fikrni Yevropa va dunyoning barcha siyosatchilari maqullaydi.Lekin
bu fikrga faqatgina bir kishi –o’sha paytdagi Pol Reyno hukumatining davlat kotibi
o’rinbosari   general   Sharl   de   Goll   umuman   qo’shilmaydi.Aynan   shu   odamning
sayi-harakatlari   bilan   Fransiya   1945-yil   may   oyida   g’olib   davlatlar   qatoriga
qo’shiladi.Biroq Fransiya o’zining oldingi mavqeyini yo’qotgan edi.
2
 Obichkina Ye.O. Fransiya v poiskax vneshnepoliticheskix oriyentirov v postbipolyarnom mire.Moskva,2003.s-13 1940-1950-yillardagi   Fransiya   diplomatiyasining   asosiy   vazifasi   Ikkinchi
jahon urushidan keyingi tubdan o’zgaryotgan dunyo tartiblari va ikki qutbli dunyo
shakllanayotgan   bir   sharoitda   mamlakatni   buyuk   davlatlar   qatoriga   qaytarish   edi.
Lekin   o’sha   paytdagi   vaziyat   qo’yilgan   maqsadga   umuman   to’g’ri   kelmas   edi.
Mamlakatning buyukligini qaytarishda asosiy 2 ta to’siqlar guruhi  bor edi.
Birinchidan,urush natijasida dunyo tartiblari obyektiv o’zgarishlarga uchradi:
AQSh   va   SSSRning   obro’yi   va   harbiy-siyosiy   qudrati   juda   ham   oshib   ketdi.
Shuningdek,dunyo   mustamlakachilik   tizimi   barbod   bo’lishni   boshladi.Fransiya
g’olib   davlatlar   qatoriga   chiqib   olgan   bo’lsada,   oldingi   buyuk   davlatlarning
tartiblariga dunyoning yangi buyuk davlatlari bo’ysunmadi.Chunki AQSh va SSSR
qudrati   Buyuk   Britaniya   va   Fransiyaning   qudratidan   ancha   oshib   ketgan   edi.
Bundan tashqari shu paytgacha mustamlakachilik tizimi kuch qudrat asosi bo’lgan
bo’lsa, endilikda asosiy zaif nuqtaga aylanib qoldi. 
Ikkinchi   sabab   subyektiv   xararkterga   ega   bo’lib,Fransiyadagi   parlament
respublikalariga   xos   bo’lgan   kamchilik   bu   tashqi   siyosatda   qaror   qabul   qilishda
mukammallikning yo’qligi edi.Aynan shu kamchilik va mas’uliyatsizlik oqibatida
3-respublika  tashqi  ishlar  va mudofaa tizimining inqiroziga  olib kelgan.Va  aynan
shu   kamchiliklar   4-respublikaning   tashqi   siyosatda   samarali   ish   olib   borishiga
to’sqinlik qilgan.
1946-yilgi Konstitutsiyada yozilishicha, Ministrlar sovetining raisi ijro etuchi
organning   barcha   faoliyatini   boshqarardi   va   milliy   mudofaa   siyosatini
shakllantirishi   mumkin   edi.Lekin   bunda   mudofaa   va   tashqi   ishlar   vazirligi   bilan
kelishilgan holda bo’lishi kerak edi.Shuningdek, bu ikki soha ishlariga respublika
prezidenti   ham   ta’sir   o’tkazishi   mumkin   edi.4-respublika   davrida   Ministrlar
kabinetida   barqarorlikning   yo’qligi   va   kuchli   parlamentar   ko’pchilikning   mavjud
emasligi   (tashqi   siyosat   masalasida   jamiyat   ichida   ham,   koalitsion   hukumatlar
ichida   ham   yakdil   qaror   yo’q   edi)   sababli   xalqaro   hayotda   eng   muhim   pallalarda
aniq   va   davlat   uchun   foydali   bo’lgan   muhim   qarorlarni   chiqarishga   imkon
bermaydi. 3
3
 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.34-s. Bunday   o’zgaruvchan   sharoitda   eng   barqaror   institut   tashqi   ishlar   vazirligi
bo’lib   qolgan.3-respublika   davriga   o’xshab   4-respublikada   ham   boshqa
kabinetlarga   nisbatan   Ke   d’Orse   kamroq   almashgan.1944-yildan   1954-yilgacha
Jorj Bido va Roben Shuman Fransiya tashqi ishlar vaziri bo’lib ishlagan. Ularning
vazifasi   diplomatik     xizmat   bilan   chegaralangan.Tashqi   ishlar   vazirligi   asosan
siyosatchi   emas   balki   tajribali   diplomatlardan   iborat   bo’lib,   tashqi   ishlarda   uzoq
muddatli,samarali   strategiyaga   asoslangan   qarorlar   chiqarish   huquqiga   ega
bo’lmagan.   Muhim   qarorlar,jumladan   xalqaro   shartnomalarni   ratifikatsiya   qilish
Milliy   yig’ilishdagi   kuchlar   uyg’unligiga   bog’liq   edi.Milliy   yig’ilishda   asosiy
kuchlar bu kommunistlar va gollistlar fraksiyasi  bo’lib,ular har doim tashqi ishlar
yo’nalishida hokimiyatdagi koalitsiyalarga oppozitsiyada bo’lgan.
Urushdan keyingi muvaffaqiyatli iqtisodiy tiklanish va 1950-yillardagi kuchli
o’sish   Fransiyaning   xalqaro   obro’yining   inqirozi   va   mustamlakachilik   tizimining
yemirilishining   oldini   ololmadi.4-respublika   diplomatiyasining   zaif   joylari   ko’p
bo’lishiga   qaramay,ikki   qutbli   dunyo   va   sovuq   urush   davrida   G’arbning   liberal
demokratiyasida   o’zining   muqim   o’rniga   ega   bo’ldi.Yevropa   2   lagerga   bo’linib
ketganda Fransiya g’arbiy blokni tanladi. Bu bilan AQShning ustunligini tan oldi.
Lekin   atlantik   tizim   ichida   Parij   yagona   G’arbiy   Yevropani   shakllantirishda
o’zining faol ishini olib bordi. 
Vaqtinchalik   hukumat   davrida   ham,4-respublika   davrida   ham   mamlakatning
ichki   siyosatida   kommunistlarning   tasiri   sezilib   turgan.Buni   hatto   hokimiyatda
ham ko’rish mumkin edi.Aynan shu omil g’arbiy ittifoqchilarning shubhalanishiga
olib keladi
1947-yil   yanvarda   AQSh   diplomatiyasida   katta   o’zgarish   ro’y
beradi.Antigitler   koalitsiyasini   shakllantirgan   Birns   o’rniga   general   Marshall
keladi. Marshall  va uning yordamchilari  Acheson  va Kennan SSSRning ashaddiy
dushmanlari   edi.   1946-yil   may   oyidagi   Fultondagi   U.Cherchillning   nutqi   xalqaro
munosabatlarda tub burilish ro’y berishini boshlab berdi.
Gretsiyada   fuqarolar   urushi   davrida   kommunistlar   monarxiyani   tiklanishiga
halaqit berishga urunishi oqibatida G.Trumen “kommunizmni ushlab turish uchun” Kongressdan   mablag’   so’raydi.1947-yil   12-maydagi   mashhur   nutqi   keynchalik
“Trumen   doktrinasi”   nomini   oldi:”AQSh   ozod   xalqlarga   o’z   hokimiyatini
saqlashga, kamchilik kuchlarning qurolli yo’l bilan hokimiyatlarni olib qo’yishiga
qarshi kurashga yordam berish siyosatini olib borishi zarur.”
Trumenning   nutqi   nafaqat   Gretsiyaga   balki   AQShning   Yevropadagi   barcha
manfaatdor hududlariga tegishli edi. Bunda Fransiya,Italiya va Belgiya ham ko’zda
tutilgandi.Chunki   bu   davlatlarda   kommunistlar   kuchayib   ketib   hatto   hokimiyatga
kirishga   ulgurgan   edi.Trumen   doktrinasi   izolyatsionizm   siyosatidan   voz
kechilganligini bildirardi va liberal dunyoni asrab qolishdek vazifani o’z bo’yniga
olardi.
Kommunizmning   Yevropada   tez   tarqalishiga   asosan   qashshoqlik   va
kambag’allik   sabab   bo’lganligi   uchun   Trumen   bu   muammoni   hal   qilish   uchun
urushdan   keyin   vayron   bo’lgan   qit’ani   moliyaviy   yordam   berish   deb   hisobladi.
Aynan shu narsa Marshallning bosh maqsadi edi.Bu g’oyani bosh kotib Garvardda
ma’lum qildi. Bu g’oyani Bido va boshqalar birdaniga qabul qildi.
AQShning   taklifini   maslahatlashish   uchun   SSSR   tashqi   ishlar   vaziri
Molotovni   1947-yil   27-iyun-2-iyul   kunlari   Parijga   taklif   qilishadi.Bu   uch
tomonlama tashqi ishlar vazirlarining konferensiyasi omadsiz yakunlanadi. Chunki
SSSR   bu   loyihaga   butunlay   qarshi   chiqadi.Molotovning   fikricha   bunday   yordam
faqat   fashizm   qurbonlariga   ko’rsatilishi   kerak,   bunda   ham   yordam   berayotgan
tarafning hecha qanday shartlarisiz bo’lishi kerak edi.
SSSR   loyihani   rad   etgach   Bido   va   Bevinning   tashabbusi   bilan   Parijda
Yevropa   davlatlarining   vakillari   ishtirokida   konferensiyasi   chaqiriladi.
Konferensiyaga   faqat   Franko   Ispaniyasi   chaqirilmaydi.1947-yil   12-iyul   kuni
konferensiyaning ochilish kuniga Yevropaning bor yo’g’i 16 ta davlati qatnashadi.
Chunki   Sharqiy   Yevropa   davlatlari   SSSRning   bosimi   bilan   bu   taklifni   rad
qilishgan edi.Aynan shu konferensiya Yevropani rasman 2 lagerga bo’lib yubordi.
1947-yil   kuziga   kelib   Parij   konferensiyasi   delegatlari   o’zlari   uchun   kerakli
moddiy yordam  ro’yxatini   tuzib chiqishdi.Bunda   Bido  Fransiyada   siyosiy  inqiroz
(gollistlar   va   kommunistlr   o’rtasida   yangi   raqobat   boshlangan   edi)   natijasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot juda ham inqirozli holatdaligi hisobga olinib, zudlik bilan
avans berishni AQShdan so’radi.Bunda Bido mamlakatdagi qashshoqlik va yuqori
inflyatsiyani,shu   sababli   1947-yilda   keng   qamrovli   zabastovkalarni   ro’kach   qildi.
Shuningdek,   Bido   mamlakatda   kommunistlar   boshchiligida   kuchli   oppozitsiya
shakllanayotganligini   AQShga   eslatdi.   Natijada   AQSh   bunga   zudlik   javob
qaytardi.   1947-1948-yil   qishidayoq   Fransiyaga   Yevropaga   vaqtinchalik
yordamning 60%ini berdi. 4
   
Uzoq   muddatli   muhokamalardan   so’ng   Kongress   1948-yil   aprelda   Trumen
ilgari   surgan   Yevropaga   moliyaviy   yordam   rejasini   tasdiqladi   va   maxsus   qonun
chiqardi.   Shuningdek,bu   ish   bilan   maxsus   shug’ullanadigan   Yevropa   iqtisodiy
hamkorlik   tashkiloti   (YIHT)   tuzilishiga   kelishib   olishdi.Vashington   yordam
olayotgan   davlatlar   bilan   2   tomonlama   shartnoma   tuzishni   talab   qiladi.Lekin   bu
bandni   imzolashni     Parij   ancha   paytgacha   paysalga   soldi.   Chunki   buni   Milliy
yig’ilishda ratifikatsiya qilish ancha qiyin kechdi.Bundan tashqari AQSh-Fransiya
munosabatlarida   bazi   ziddiyatlar   yuzaga   keldi.   Bunga   birinchidan,Germaniyaga
ham katta moddiy yordam berilishi bo’lsa,ikkinchidan AQSh yordam berish orqali
Fransiya   oldiga   qo’yayotgan   shartlari   ikkinchi   tarafga   to’g’ri   kelmadi.   Buni
fransuz   kommunistlari   Yevropa   AQSh   tomonidan   qullikka   tushirilishi   deb   qabul
qildi.   Bu   fikrga   Fransiyada   ko’pchilik   qo’shildi.   AQSh   qo’ygan   talablarga
Fransiyaga   ko’pgina   jihatdan   to’g’ri   kelmadi.   Keyinroq   AQSh   shartlarni
yumshatdi   va   Fransiya   bu   shartlarga   ko’ndi.Lekin   Parij   Germaniyaning   qaytadan
kuchaytirilishidan   xavotirda   edi.   Chunki   urush   oqibatlari   hali   hammaning   yodida
edi.
1946-yilda   Angliya   va   AQSh   Germaniyadagi   okkupatsiya   zonalarini
birlashtirdi.1948-yilda   bunga   Fransiyani   ham   ko’ndirdi.Agar   Fransiya   GFRning
tuzilishi   va   iqtisodiy   kuchayishiga   qarshilik   ko’rsatsa   unga   iqtisodiy   yordam
berilmasligini   AQSh   aniq   tushuntirdi.1947-yil   5-iyundagi   nutqida   Marshall   aniq
aytgandi:”Qaysi  davlat  boshqa  davlatlarning iqtisodiy tiklanishiga  to’sqinlik  qilsa
bizdan yodam ololmaydi”.
4
 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.36-s 1948-yil   iyunda   Fransiya   majburan   Germaniya   masalasida   g’arbiy
ittifoqchilari   bilan   kelishishga   majbur   bo’ldi.Chunki   AQSh   yordami   mamlakat
iqtisodiyotining   tiklanishiga   asosiy   sabab   bo’layotgan   edi.Fransiya   1948-yildan
1952-yilgacha 3 mlrd dollarlik foizsiz qarz,2 mlrd 433 mln dollarlik uzoq muddatli
kredit,593   mln   dollarlik   qisqa   muddatli   kredit   oldi.Umumiy   hisobda   AQShning
Yevropaga bergan umumiy pulining 20%ini Fransiya oldi.
Bunday   moliyaviy   yordamlar   Fransiya   iqtisodiyotini   tubdan   o’zgartirib
yuksalishga   olib   keldi.   Lekin   bir   tarafdan   mamlakatning   AQShga   moddiy
qaramligini oshirdi. Endilikda AQSh Fransiyaning iqtisodiyotiga bemalol aralasha
boshladi, import tovarlarining ro’yxatini amerika kompaniyalari tuzadigan bo’ldi.
XIX   asr   oxiridan   to   1947-yilgacha   Fransiya   imzolagan   barcha   ittifoq
shartnomalari   Germnaiyaga   qarshi   tuzilgan   bo’lsa,endilikda   bu   tendensiya   o’z
kuchini yo’qotdi.Dunyoning ikki qutbga bo’linishi Fransiya tashqi siyosatini qayta
ko’rib   chiqishiga   majbur   qildi.Marshall   rejasidan   so’ng   Varshavada   Yevropaning
barcha   kommunistik   partiyalari   o’rtasida   konferensiya   bo’lib   o’tdi   va   unda
Yevropa   kommunistik   partiyalarining   birlashgan   tashkiloti   –Kominforma   (xuddi
ikkinchi jahon urushigacha tuzilgan Kominternga o’xshab) tuzildi.
1947-yilda   Fransiyada   hukumatdan   barcha   kommunistlar   quvildi.Bunga
Trumen   doktrinasi   tasir   qildi.Kommunistlarning   hokimiyatdan   quvulishi   bu
Fransiyaning   SSSR   bilan   aloqaning   yomonlashuvi   degani   edi.Natijada   SSSRdan
xohlagan   paytda   xavf   bo’lishi   mumkin   edi.Bu   esa   hukmron   tabaqani   tashvishga
solib   qo’ydi.Natijada   g’arbiy   ittifoqchilar   bilan   aloqaning   yaxshilanishi   sodir
bo’ldi.   Ministrlar   soveti   Bidoga   AQSh,Buyuk   Britaniya   va   Benilyuks   davlatlari
bilan harbiy hamkorlik masalasida muzokaralar boshlash vazifasini qo’ydi.
1947-yil oxirida Londondagi konferensiyada Fransiya Germaniya masalasida
AQSh-Angliya   shartlariga   roziligini   e’lon   qildi   va   g’arbiy   xavfsizlik   tizimini
taratish   taklifini   berdi.1948-yil   fevralda   Chexoslovakiyada   liberal-demokratik
koalitsiyaning   ag’darilishi   va   o’rniga   kommunistlarning   kelishi   Fransiyada kommunizmdan   qo’rquvni   kuchaytirdi   hamda   g’arbiy   xavfsizlik   tizimining
tuzilishini tezlashtirdi. 5
Fransiya   diplomatiyasining   oldida   2  ta   masala   ko’ndalang  turardi:   zaiflashib
qolgan   Germaniyadan   qo’rqishmi   yoki   butun   Yevropa   va   Fransiyada   tajovuz
qilayotgan   kommunizmmi?   Oxir   oqibat   sovuq   davrida   Germaniya   kundalik
masaladan butunlay olib tashlandi va asosiy e’tibor kommuzmni tarqalib ketmaslik
uchun   kurashga   qaratildi.   1948-yilda   Germaniya   masalasida   tuzilgan   4   taraflama
ittifoq tugatildi.
1948-yilda   Fransiyada   yangi   hukumat   kelgach   SSSRga   qarshi   harbiy   ittifoq
tuzish   g’oyasini   ilgari   surishadi.Bunda   G’arbiy   Yevropa   hududida   AQSh   harbiy
bazalarini yaratish va shu orqali sovetlar hujumidan o’zlarini sarashi mumkin edi.
Oqibatda   1948-yil   boshida   Fransiya,Buyuk   Britaniya,Niderlandiya,Belgiya   va
Lyuksemburg   o’rtasida   muzokaralar   boshlanadi.Muzokara   yakunida   1948-yil   17-
mart   kuni   Bryusselda   5   davlat   o’rtasida   iqtisodiy,ijtimoiy,madaniy     hamkorlik  va
o’zaro   kollektiv   himoya   qilish   kelishuvini   imzolashdi.Kelishuv   50   yilga
mo’ljallandi.Kelishuvda   Fransiya   uchun   eng   muhimi   4-band   edi.Unda   agar
ittifoqchi   davlatlardan   biriga   chetdan   hujum   qilinsa,   qolgan   ittifoqchi   davlatlar
to’liq yordam berishlari kerak edi.
Shunday   qilib,kelishuv   asosida   G’arbiy   ittifoqchilarning   harbiy   tashkiloti
tashkil topdi.Fontenblo shahrida Ittifoqning harbiy shtabi joylashdi.Shtab boshig’i
ingliz generali Montgomeri edi, uning o’rinbosari de Lattr de Tassini edi.Shu bilan
G’arbiy Yevropaning Ikkinchi jahon urushidan keying ilk integratsiyasi boshlandi.
“Integratsiya”   tushunchasi   “globalizatsiya”   va   “internatsionalizatsiya”
tushunchalari   bilan   uzviy   bog’liq.Bu   tushunchalarning   barchasi   alohida   davlatlar
o’rtasida yuqori o’zaro hamkorlik,iqtisodiy,ijtimoiy,harbiy,madaniy,siyosiy sohada
kelishib   ish   tutishni   anglatadi.Yuqoridagi   tushunchalar   shuningdek,
kommunikatsiyaning   yaxshilanishi,elektron   sohada   hamkorlik,avtotransport
tizimini   shakllantirish,tovar   ayriboshlashni   bir   necha   marotabaga   oshirish   kabi
manolarni ham beradi. 6
 
5
 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.41-s
6
 Boyarkina A.Ye.Problemi i perspektivi razvitiya Yevropeyskogo Soyuza v nachale XXI veka s-8  Bryusselda   kelishuvdan   oldin   Fransiya   tashqi   ishlar   vaziri   Bido   o’z   nutqida
bu kelishuvni AQSh qo’llab-quvvatlasagina o’z kuchiga ega bo’ladi deb takidlagan
edi.London ham  Parij  ham  SSSRning  kutulmagan hujumidan xavfsirardi.Shuning
uchun iloji boricha AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishga harakat qilishardi.
Bu   davrda   AQSh   Fransiyaga   ishonmasdi.Chunki   hukumat   tarkibida   so’llar
ko’p   edi.   Lekin   Buyuk   Britaniya   bilan   maxfiy   muzokaralar   olib   borayotgan   edi.
1948-yilda   uchala   davlat   Germaniyadagi   yerlarini   to’liq   birlashtirish   masalasi
ko’rib   chiqildi.Bunda   Fransiya   agar   AQSh   uning   xavfsizligiga   javob   bersa
Germaniya to’liq birlashtirishga rozi bo’lishini takidladi.1948-yil 11-iyunda AQSh
Kongressida Amerika qitasida bo’lmagan davlatlar bilan tinch paytda harbiy ittifoq
tuzish huquqini hukumatga taqdim etadi.Bu amerika diplomatiyasi  uchun haqiqiy
revoltutsiya edi.
1948-yil   yozida   Bryussel   paktiga   kiruvchi   davlatlar,AQSh   va   Kanada
o’rtasida “Atlantik alyans” shakllandi.Bunda Parij G’arbda teng huquqli triumfirat
Fransiya-Angliya-AQSh   shakllantirish   tarafdori   edi.   Lekin   alyans   to’liq
shakllantirish   uchun   Vashingtondagi   konferensiyaga   barcha   g’arbiy   ittifoqchi   5
davlat va Kanada chaqiriladi. Bu bilan AQSh Fransiyaning Yevropa qitasida lider
davlat   bo’lmasligini   tushuntirib   qo’ydi.AQSh   Bryussel   kelishuvini   o’zgartirib,
azolarini   keyinchalik   ko’paytirish   bandini   ham   qo’shdi.1949-yil   14-15-mart
kunlari   ittifoqchilar   taklifi   bilan   alyansga   Norvegiya,Daniya,Islandiya,Portugaliya
va Italiyani ham chaqirishdi.
Vashington   kelishuvi   1949-yil   4-aprel   kuni   imzolandi.Muddati   20   yil   qilib
belgilandi.Bu   tashkilotning   tuzishdan   maqsad   har   qanday   agressiyaga   qarshi   o’z-
o’zini himoya qilish edi.Kelishuvda alyansga yangi azo qabul qilish uchun barcha
azo   davlat     rozilik   berish   kerak   edi.Shu   bilan   barchaga   mashhur   bo’lgan   NATO
shakllandi.1949-yil   23-sentyabr   kuni   prezident   Trumen   SSSRda   atom   bombasi
sinov   o’tkazilganligini   dunyoga   ma’lum   qildi.   Natijada   NATOning   ahamiyati
yanada   kuchaydi.Chunki   G’arb   uchun   SSSR   endi   yadroviy   xavf-xatarga   aylandi.
NATOning   shakllanishi   oxir   oqibat   fransuzlarning   Germaniya   xavfidan   butunlay
xalos qildi.    NATOda asosiy o’rinni AQSh va Buyuk Britaniya o’ynadi. Qolgan davlatlar
esa   keying  o’rinda  edi.Bu  bilan  Bido   triumvirat   shakllantirishga  intilishi  natijasiz
tugadi.Lekin   asosiy   maqsadga   erishilgan   edi.Ya’ni   mamlakat   tinchligi   va
xavfsizligi   kafolatlangan   edi.NATOning   Yevropadagi   shtab-kvartirasi   Parijda
bo’ladigan bo’ldi.
Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   Yevropani   birlashtirish   g’oyasi   Marshal
rejasini   amalga   oshirish   uchun   16   davlatning     1947-yil   iyundagi
konferensiyadayoq   ilgari   surilgan   edi.Shu   konferensiyada   Fransiya   tashqi   ishlar
vaziri   Bido   nutqini   boshlarkan   Yevropani   qayta   qurish   vaqti   kelganligini   aytgan
edi.Yevropaning birlashishini eng avvalo Fransiya va Italiya xohlagan,lekin bunga
Angliya qarshi chiqqan.Chunki bnday birlashuvning kelajagi yo’qligiga ishonardi.
Fransiya eng avvalo Benilyuks davlatlari va Italiya bilan birlashishiga harakat
qiladi.Bu   maqsad   yo’lidagi   ilk   kelishuv   1948-yil   20-martda   Turinda   imzolangan.
Lekin dastlabki paytda bu kelishuvlar qog’ozda qolib ketdi.
1948-yil   may   oyida   Gaaga   shahrida   barcha   G’arbiy   Yevropa   davlatlarining
ko’zga   ko’ringan   elita   siyosatchilari   yig’ilishi   bo’lib   o’tadi.Bu   yig’ilishda   ham
bo’lajak Yevropa Fevderatsiyasini tuzish taklifi o’rtaga tashlanadi.
1950-yil   5-may   kuni   Fransiya   hukumat   rahbari   R.Shuman   maxsus
deklaratsiya   elon   qildi.Aynan   shu   deklaratsiya   Yevropada   ko’mir   va   po’lat
birlashmasining   shakllanishiga   asos   bo’ldi.Urushdan   keying   vaziyat   shuni
ko’rsatdiki   urushdan   5   yil   o’tib   Fransiya   Yevropani   o’zining   kechagi   ittifoqchisi
bilan emas balki sobiq dushmani Germaniya bilan birlashtirishga kirishdi. 7
 
Shumanning   taklifini   GFR,Italiya   va   Benilyuks   davlatlari   qabul   qiladi   va
1951-yil   aprelda   kelishuv   imzolanadi   va   shu   bilan   Yevropada   ko’mir   va   po’lat
birlashmasi (YKPB) rasman tuziladi.Bu tashkilot tuzilishi Fransiyada gollistlar va
kommunistlarning   noroziligi   uchraydi.Hukumat   milliy   manfaatlarga   xiyonat
ayblanadi.Shunday bo’lsada hujjat parlament tominidan ratifikatsiya qilinadi.
YKPBning 4 ta asosiy  boshqaruv organi  tuziladi.Tashkilotning asosiy  shtab-
kvartiralari Lyuksimburg,Strasburg va Bryussel shaharlari belgilanadi.
7
 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.51-s Orada   1950-1953-yillarda   Koreya   urushi   bo’lib   o’tdi   va   bu   urushning
boshlanishi   Yevropa   o’zini   yanada   kuchliroq   himoya   qilishi   kerakligi,bunda
AQShning ta’siri yanada kuchayishini anglatar edi.Shuningdek, AQSh GFRni ham
qurollantirish   kerakligini   tinimsiz   takidladi.Bunga   eng   avvalo   Fransiya   qarshilik
ko’rsatdi.
1952-yil   27-may   kuni   Parijda   YKPB   azolari   Yevropa   mudofaa   jamiyati
(YMJ)   tashkil   etildi.Jamiyat   qo’lida   har   biri   13000   kishidan   iborat   har   xil
millatlardan   iborat   40   ta   diviziya   tashkil   qilindi.   YMJ   NATO   bilan   hamkorlik
qilishi kelshib olindi.Shuningdek,GFRning mustaqil  armiyasi  bo’lmasligi  kelishib
olindi.Lekin   bu   tashkilot   tuzilmasdan   barbod   bo’ldi.Bunga   Fransiya   Milliy
yig’ilishi bu shartnomani ratifikatsiya qilmaganligi sabab bo’ldi.
1947-1948-yillarda   Yevropada   yagona   bozor   tuzish   masalasi   paydo  bo’lgan.
1955-yil   1-iyunda   YKPB   davlatlari   Yevratom   va   Umumiy   bozor   masalasini
muhokama   qilishdi.1957-yil   25-mart   kuni   Rim   shahrida   YKPB   azolari   Umumiy
bozor to’g’risida kelishuvga erishdi.
Shunday   qilib,4-respublika   tashqi   siyosatini   belgilab   bergan   asosiy   omil   bu
sovuq urush bo’ldi.Urush oqibatida zaiflashib qolgan,mustamlakachilik imperiyasi
yemirilishni   boshlagan,iqtisodi   boshqa   davlatlarga   qaram   bo’lib   qolgan   Fransiya
“buyuk   davlat”   maqomini   yo’qotdi.Lekin   Fransiya   bunga   umuman   ko’ngisi
kelmadi.1950-yillar   boshlarigacha   bo’lgan   tashqi   siyosat   shuni   ko’rsatadiki,
Fransiya   o’zining   oldingi   holatini   tiklash   uchun   bor   imkoniyatini   ishga   soldi.
Ammo xalqaro lider maqomiga chiqa olmadi,AQSh va SSSR soyasida qolib ketdi.      1.2.   Fransiya mustamlakachilik siyosatiga xos o’zgarishlar
Fransiyaning   “Buyuk   davlat”   maqomini   dunyoda   yo’qotishi
mustamlakachilik   imperiyasining   inqiroziga   ham   kuchli   ta’sir   qildi.XIX   asr
oxiridan   buyuk   davlatlarning   asosiy   ko’rsatgichi   uning   katta   mustamlakachilik
hududining   borligi   bilan   o’lchanar   edi.Yevropada   zaiflashib   borayotgan   Fransiya
uchun   imperiya   qurish   bu   zaifligini   qoplaydigan   eng   muhim   jihat   edi.Fransiya
insoniyat   tarixida   hududining   kattaligi   va   aholisining   ko’pligi   jihatdan   2-o’rinda
turadigan   imperiya   yaratdi.XX   asrning   1-yarmida   fransuz   siyosiy   elitasi   uchun
imperiya dunyoga o’z tasirini o’tkazish quroli bo’lib qoldi. 8
1940-yilda   Fransiya   Germaniyaga   yutqazib   qo’yib   bir   qismi   okkupatsiya
qilingandan so’ng hukumat rahbari bo’lgan marshall Peten “flot bilan koloniyalar
qayta   tiklanish   kafolatidir”   deb   aytgan.Lekin   kolonial   imperiyani   saqlab   qolishga
urunish Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlakachi davlatlarning tashqi siyosiy
holatiga   jiddiy   salbiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Hindixitoydagi   urush(1946-1954-yillar)   va
Jazoir   urushi(1954-1962-yillar)   4-respublikani   inqiroz   holatiga   olib   keldi.Buning
ustiga  urushdan   keyingi  dunyoning buyuk  davlatlari  ma’lum  bir  sabablarga  ko’ra
mustamlakachilikka qarshi edi.
Ikkinchi   jahon   urushi   Fransiyada   mustamlakachilik   asoslari   buzib   yubordi.
Mustamlakalarda   mustaqillik   uchun   umid   paydo   bo’ldi.1941-yilda   AQSh   va
Buyuk   Britaniya   Anlantik   xartiyani   imzolaydi.Unda   dunyodagi   har   bir   xalq   o’z
haq-huquqlarini himoya qilishi va o’z kelajagini o’zlari mustaqil hal qilish huquqi
borligi   takidlangan   edi.Aslida   bu   narsa   faqat   Yevropadagi   Gitler   bosib   olgan
xalqlarni  ko’zda tutgan edi.Lekin bu keyinchalik butun dunyoga tarqalib ketdi  va
barcha   qaram   xalqlar   o’zlariga   shior   qilib   oldi.Hatto   bu   hujjat   BMTning   inson
huquqlari   bo’yicha   bandiga   asos   qilib   olindi.Uning   1-moddasida   xalqlar   o’z
hayotlarini   o’zlari   belgilashlari   takidlangan   edi.Aynan   BMT   mustamkalachilik
tizimini   yo’q   qilishning   asosiy   quroliga   aylandi.Shuningdek,1945-yilda   Britaniya
homiyligida tuzilgan Arab ligasi ham mustamlakachilik qarshi kurashni boshladi. 
8
Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.64-s  Fransiya   o’zining   barcha   mustamlakalarida   o’z   obro’yini   yo’qota   boshlaydi.
Osiyoda   ham   Afrikada   ham   mustamlaka   xalqlar   Fransiyaning   zaiflanganidan
foydalanib   Vaqtinchalik   hukumat   davrida   dunyodagi   mavqeini   tiklab   olgani   va
imperiyaning   barcha   hududlarida   tan   oldirib   olgacha   de   Goll   barcha
mustamlakalarni   qaytadan   o’ziga   bo’ysundirishga   harakat   qiladi.De   Goll
tashabbusi   bilan   1944-yil   30-yanvarda   Brazzavil   shahrida   barcha   koloniyalar
rahbarlari   ishtirokida   konferensiya   bo’lib   o’tdi.Unda   de   Goll   barcha   qaram
xalqlarga   huquqlarini   kengaytirdi,mahalliy   masalalarni   o’zlari   to’liq   hal   qilish
huquqlari   berildi.Koloniyalarning   vakillari   Fransiya   Ta’sis   majlisida   qatnashish
huquqini oldi.Lekin konferensiyaning  yakuniy hujjatida qaram  xalqlarga o’zlarini
o’zi   boshqarish   huquqi   berilmadi.Unda   shunday   jumlalar   bor   edi:”Fransiya
imperiyasi   hududida   qaram   xalqlarga   muxtoriyat   o’zini   o’zi   boshqarish   huquqi
berilmaydi.Hatto yaqin kelajakda ham bunday huquq berilmaydi”.
Bu   konferensiya   asta   sekinlik   bilan   Fransiya   imperiyasidan   Fransiya   ittifoqi
shakllanishiga   yo’l   ochib   berdi.O’zining   mustamlakalarida   fransuzlar   xuddi
qadimgi   rimliklar   kabi   mahalliy   xalqlar   bilan   assimilatsiya   siyosatini   yurguzdi,
ya’ni   ularga   o’z   madaniyatini   keng   yoyishga   harakat   qildi.Lekin   bunga
koloniyalardagi   kuchli   madaniy   odatlar   va   xalqparvarlik   ruhiyati   qattiq   qarshilik
ko’rsatdi. 
Fransiya   hech   qachon   o’z   mustamlakalarida   ta’lim,tibbiyot,iqtisodiyotni
zamonaviylashtirish   uchun   katta   mablag’   sarflamagan.Ikkinchi   jahon   urushidan
so’ng   Fransiyaning   mustamlakachilik   doktrinasida   integratsiya   prinsipi   g’olib
bo’ldi,ya’ni   barcha   mustamlaka   aholisiga   Fransiya   fuqaroligi   berish   orqali   o’z
qo’lida   saqlab   qolish   jarayoni   kuchaya   boshladi.Oqibatda   imperiya   markazida
metropoliya   turadigan   yirik   federatsiyaga   aylanishi   kerak   edi.Rejaga   ko’ra
imperiyani   ittifoqqa   aylantirish   zarur   edi.Bunda   SSSR   namuna   qilib   olinayotgan
edi.Bunda   SSSRda   katta   harajatni   Rossiyaning   o’zi   bajarayotganligi   hisobga
olinmadi. Shuningdek,hukumat   koloniyalarga   Tasis   majlisida   60   o’rin   ajratishni
rejalashtirishdi.Ko’pgina   yengilliklar   mustamlakalarga   berish   ilgari   surildi   lekin
fuqarolik bo’yicha teng huquqlilik berilmadi,ayniqsa ovoz berish sohasida. 
1946-yil Konstitutsiyaga ko’ra Fransiya ittifoqi tuzilganligi elon qilindi. Unda
hamma   teng   huquqli,millati   va   etiqodidan   qatiy   nazar   bir   xil   majburiyatli,
o’zboshimchalikka   asoslangan   mustamlakachilik   tizimidan   tiyilish   aytib   o’tilgan
edi.Unga   ko’ra   Fransiya   metropoliya,dengizorti   hududlar   va   departament,
shuningdek,  assotsatyisalashgan davlatlar hamda hududlardan iborat bo’ldi.Suriya
va   Livan   mustaqil   bo’lganligi   uchun   “assotsiyalashgan   davlat”   atamasi   Shimoliy
Afrika   (Tunis   va   Marokash)   va   Hindixitoyga   nisbatan   ishlatilgan,Togo   va
Kamerun esa assotsialashgan hudud sifatida kirdi. 9
Ittifoqning   markaziy   organi   Prezident   (Fransiya   prezidenti),Oliy   kengash   va
Assambleya   hisoblangan.Fransiya   prezidenti   saylovlarida   assotsiyalashgan
davlatlar qatnashmagan.Ittifoqni Fransiya boshqargan.
Ittifoq   loyihasi   mustamlakachilikning   yangilangan   variant   bo’lib   bunga
mustamlakalardagi   rahbarlar   ko’nmadi.Natijada   Fransiya   o’z   imperiyasini   saqlab
qolish   uchun   ancha   kuch   va   energiyasini   sarfladi.4-respublika   davri   asosan
mustamlakalar   bilan   urush   bilan   o’tdi.Masalan,1946-yil   dekabrda   Vyetnam   bilan
urush   boshlandi.1947-yil   martda   esa   Madagaskarda   Fransiyaga   qarshi   ommaviy
isyon boshlandi.Bu isyon 1948-yil dekabrda arang bostirildi.
1954-yil   iyulda   Jenevada   konferensiya   bo’lib   o’tdi   va   unga   ko’ra
Hindixitoyda Fransiya hukmronligiga chek qo’yildi.1954-yil 31-oktyabrda esa eng
yirik   mustamlakalardan   biri   Jazoirda   isyon   boshlandi.Mustamlaka   muammolari
fransuz jamiyati parokanda qilardi.Aynan mustamlaka masalasi Fransiyaning ichki
muammosiga aylandi va 4-respublikaning qulashiga olib keldi.
Fransuz ittifoqidan chiqib ketgan birinchi hudud bu Hindixitoy bo’ldi.Fransuz
Hindixitoyi o’z ichiga asosan vyetnamlar yashaydigan 3 ta hudud (Tonkin,Annam
va Koshinshin) va qo’shni hudud bo’lgan Laos hamda Kambodjalar olar edi. 1940-
1941-yillarda bu hududda asta sekin Yaponiya okkupatsion hududga aylantiradi va
9
 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.68-s fransuz   armiyasi   bilan   yonma   yon   Yaponiya   armiyasi   joylashadi.Chunki   Peten
hukumati   Rim-Berlik-Tokio   uchburchagi   davlatlari   bilan   do’stona   munosabatda
edi.Lekin   1944-yilda   Fransiyani   ozod   qilish   boshlangach,   Hindixitoy   general-
gubernatori admiral Deku de Goll tarafga o’tganligini e’lon qiladi va Yaponiyaga
urush ochadi.Natijada Hindixitoydagi fransuz armiyasi boshiga ko’p mashaqqatlar
tushadi.Chunki   Yaponiya   javob   hujumini   boshlaydi   va   butun   Hidixitoyni   egallab
oladi.1945-yil   9-mayda   Germaniya   taslim   bo’lgacha   Yaponiya   bosib   olgan
hududlaridan   chiqib   ketishni   boshlaydi   va   ketishdan   oldin   Vyetnam,Laos   va
Kambodjaga   mustaqillik   beradi.Bu   hududda   yapon   armiyasi   to   Yaponiya   taslim
bo’lgunicha saqlanib qolingan.
Urush davrida Hindixitoyda 1941-yilda Xo Shi Min tomonidan asos solingan
Vyet   Mina(Vyetnam   mustaqilligi   uchun   liga)   partiyasining   obro’yi   oshib   ketadi.
Xo Shi Min 1930-yilda Parijda Hindixitoy Kompartiyasiga asos solgan. Vyet Min
urush davrida Yaponiyaga qarshi kurashgan va kommunistik qarashga ega bo’lsada
unga AQSh va Buyuk Britaniya yordam bergan.
1945-yil   avgustda   Vyet   Min   Yaponiyaga   qarshi   qurolli   isyon   ko’taradi.
Natijada   yaponlar   bilan   hamkorlik   qilgan   imperator   Bao   Day   hokimiyatdan
ag’dariladi.Xanoye   shahrida   Xo   Shi   Min   hokimiyati   o’rnatiladi.Lekin   Yaponiya
tor-mor   qilingach   de   Gollning   Vaqtinchalik   hukumati   Hindixitoy   Fransiya   qo’l
ostiga   qaytganligini   e’lon   qiladi.Lekin   buni   amalga   oshirish   juda   mushkul   edi.
Chunki   fransuzlar   bu   yerda   nafaqat   Vyet   Minga   qarshi,balki   Yaponiyaga   qarshi
kurashib   qolib   ketgan   hudud   shimolidagi   xitoyliklar   va   janubdagi   inglizlarga
qarshi kurashishga majbur bo’ldi. 10
 
Vaqtinchalik   hukumat   Hindixitoyd   5   qismdan   iborat   federatsiya   tuzilganligi
e’lon   qilindi.Boshqaruv   hali   ham   general-gubernator   qo’lida   edi.Hindixitoyda
hokimiyatni tiklash maqsadida Fransiya bu hududga katta qo’shin kiritadi. Natijada
ularga   qarshi   Koshinshinda   Vyet   Min   partizan   urushini   boshlab   yuboradi.Bu
urushning dastlabki bosqichida fransuzlarning qo’li baland keladi.
10
 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.70-s Xitoy bilan noteng shartnomalarni bekor qilish evaziga Vaqtinchalik hukumat
Xitoydan   Vyetnamdagi   hududi   (16-paraleldan   shimoldagi   yerlar)ni   oladi.Bu
kelishuv 1946-yil 28-fevralda Xitoy bilan imzolangan va xitoyliklar o’z qo’shinini
Tonkin   va   Laosdan   chiqarib   ketadi.Shu   bilan   Vyetnamning   shimoliy   qismi
boshqaruvi   Fransiyaga   qaytadi.   Laos   va   Kambodja   qirollik   hukumati   Vyet
Minning o’z hududida tarqalib ketishidan qo’rqib,fransuzlar  bilan kelishadi.1946-
yil   7-yanvarda   Kambodja,27-avgustda   Laos   Hindixitoy   federatsiyasi   va   Fransuz
Ittifoqida o’z avtanomiyasini tan oladi.
Xo   Shi   Min   bilan   munosabatlar   murakkabligicha   qolayotgan   edi.U
mustaqillik   uchun   kurashayotgan   edi   va   Fransuz   Ittifoqiga   qaram   hududi   sifatida
kirishni   xohlamadi.Natijada   Fransiya   Hindixitoy   ustidan   oson   hukmronlik
o’rnatilishi   orzusi   barbod   bo’ldi.1946-yil   19-dekabr   kuni   Nguen   Van   Dziapa
boshchiligida   Vyetnam   xalq   armiyasi   fransuz   postlariga,fransuzlar   yashaydigan
mahallalarga   hujum   boshlaydi.Oqibatda   Vyetnamda   qonli   urush   boshlanadi.   4-
respublikaning 1-hukumati Vyetnamga urush boshladi.
Hindixitoyda   urush   olib   borayotgan   Fransiya   bu   hududdan   o’zi   bilan
kelishadigan shaxslarni izlaydi.Shunday shaxslardan biri hokimiyatdan ag’darilgan
Bao   Day   edi.Fransiya   u   bilan   kelishib   o’z   hokimiyatini   qaytadan   o’rnatmoqchi
bo’ladi.   Lekin   Bao   Day   deyarli   mustaqillikka   teng   talablar   qo’yadi.   Bu   esa
fransuzlarga uncha to’g’ri kelmasdi.
1949-yil   8-mart   kuni   Fransiya   Bao   Day   bilan   yengillashtirilgan   shartnoma
imzolaydi.Unga ko’ra Vyetnam Fransuz Ittifoqi tarkibida mustaqil hudud bo’lishi,
hududiy   yaxlitlik   (tarkibida   Tonkin,Annam,Koshinshin),   o’z   armiyasiga   ega
bo’lish,fransuz   harbiy   bazalari   Vyetnamda   saqlab   qolinishi,madaniyat   sohasida
to’la mustaqillik va har doim Fransuz Ittifoqida qolishi kerak edi.
Xuddi   shunday   mazmundagi   shartnoma   1949-yil   19-iyulda   Laos   bilan   va
1949-yil   8-noyabrda   Kambodja   bilan   ham   imzolandi.Bu   shartnomani   Fransiya
Milliy   Kengashi   1950-yil   29-yanvarda   ratifikatsiya   qildi.Lekin   bu   siyosiy
qadamlar   hududda   siyosiy   mutadillikni   yaratmadi.Chunki   Bao   Day   mamlakatga
qaytgan   paytda   urush   3   yildan   beri   bo’layotgan   edi   va   fransuz   armiyasi   isyonni bostirolmadi.Tog’   va   changalzordagi   partizan   guruhlarni   fransuzlar   umuman
mag’lub   qilolmadi.Partizan   guruhlarning   asosiy   quroli   bu   ayg’oqchilik   edi.   Ular
har doim fransuz armiyasining hujumlarini oldindan bilib harakatlangan.
1949-yildan Hindixitoyda fransuzlar ahvoli yanda og’irlashdi.Chunki Xitoyda
hokimiyat kommunistlar qo’liga o’tgach Tonkin chegarasiga o’z qo’shinini kiritib
to’liq partizan qo’shiniga yordam berishni boshladi.Hindixitoy urushi Sovuq urush
mavqeyiga ko’tarildi.Xitoy partizan guruhlarini  fransuzlarnikidan  kam  bo’lmagan
qurollar   bilan   qurollantiradi.Natijada   Fransiya   birin   ketin   janglarda   alamli
mag’lubiyatlarga uchray boshlaydi va barcha pozitsiyalarni boy bera boshlaydi. 
Tez   orada   Hindixitoy   muammosi   global   darajaga   ko’tariladi.1950-yil   16-
yanvar kuni SSSR va XXR Xo Shi Min Vyetnam Demokratik Respublikasini   tan
oladi.1950-yil 7-fevralda AQSh va Buyuk Britaniya Vyetnam,Laos va Koambodja
qirollik hokimiyatini tan oladi. 11
 
Tez   orada   Fransiya   urushni   davom   ettirish   uchun   AQSh   moddiy   yordam
beradi.AQSh   o’zining   obro’yini   saqlab   qolish   uchun   ham   bu   urushga   xohlar
xohlamas   qo’shiladi.Bundan   tashqari   Koreyada   ham   urush   boshlanib   ketgan   edi.
Fransiya   bu   urushda   g’olib   bo’lish   uchun   butun   dunyodan   yordam   berishni
so’raydi.Bunda kommunizmga qarshi kurash shiorini qo’llaydi.1950-yillar boshida
Hindixitoydagi   jangning   80%ini   AQSh   moliyalashtirdi.   Lekin   bularning   barchasi
kutilgan natijani bermadi.
1953-yil   dekabrda   Vyet   Min   armiyasi   fransuzlarning   Xindixitoydagi   oxirgi
harbiy   aviatsiya   bazasiga   hujum   qiladi   va   deyarli   vayron   qiladi.1954-yil   13-mart
kuni   partizan   guruhlarining   generali   Van   Ziap   ommaviy   hujumga   o’tadi.Natijada
fransuzlarning Den Ben Fu bazasi tugatiladi.SSSR ikki o’rtada vositachilik urushni
yakunlovchi bitimni tuzilishiga yordam beradi.
1954-yil   20-iyulda   Hindixitoy   masalasi   bo’yicha   Jeneva   konferensiyasida
yakuniy hujjat imzolanadi.Unga ko’ra Fransiya Hindixitoydan butunlay ayrildi.
Ikkinchi   jahon  urushidan   keyin   Fransiya   arab   dunyosiga   turli   xili   ko’z  bilan
qaradi.Jazoir   dengizorti   departamenti   bo’lib,o’ziga   xos   maqomga   ega   bo’lib,
11
 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.72-s mustamlakachilik   vazirligiga   emas   balki   ichki   ishlar   vazirligiga   bo’ysungan.
Marokash   va   Tunis   Fransiya   protektoratidagi   davlatlar   bo’lib   Tashqi   ishlar
vazirligiga   bo’ysungan.Yaqin   Sharqda   Fransiyaning   vaziyati   yaxshi   emas   edi.
Suriya   va   Livan   mustaqil   bo’ldi,Misrda   esa   moliyaviy   tasiri   kamgina   saqlanib
qolingan edi.
Falastin   muammosida   Fransiya   yahudiyparast   bo’lgan.Falastin   hududida
Isroil davlatining tuzilishiga ovoz bergan.
1952-yil 1-yanvardan BMTning qarori bilan Liviya mustaqil davlat deb elon
qilindi.Bu   qaror   Fransiya   uchun   juda   og’riqli   qaror   edi.Chunki   Liviyaga   qo’shni
bo’lgan Tunis va Marokash Fransiya mulki edi.Fransiya bu hududda uzoq qolishga
harakat qildi.Tunis biyi va Marokash sultoni rasman mustaqil hukmdorlar edi. Edi
lekin   amalda   Fransiyaga   bo’ysunar   edi.   Bu   davlatlarda   fransuzlar   kamshilikni
tashkil qilsada amalda iqtisodning barcha tarmoqlarini boshqarar edi. Marokashda
vaziyat   sal   murakkab   bo’lib,mamlakatning   bir   qismi   Ispaniyaga   tegishli   yana   bir
kichik qismi esa xalqaro nazoratda edi.Shuningdek,mamlakatda arablardan tashqari
tog’larda yashovchi barbarlar ham yashagan.
Urushdan   so’ng     Fransiya   Shimoliy   Afrika   mamlakatlari   bilan   ehtiyotkorlik
bilan munosabatlar o’rnatgan.Bunda hokimiyatni sekin-asta liberallashtirish orqali
fransuz manfaatlarini saqlab qolish edi.
1949-yilda   Tunisga   quvg’inda   yurgan   Habib   Burg’iba   qaytib   keldi   va
BMTning   mustamlaka   davlatlarga   mustaqillikni   berayotganligidan   ruhlanib   faol
qarshilik   harakatini   boshlab   yuboradi.1950-yilda   Tunisda   fransuzlar   uchun
tahlikali   davr   boshlandi.Fransiyaning   Tunisda   mo’tadil   mustamlakachilik   siyosati
H.Burg’iba   tasiri   oqibatida   barbod   bo’ldi.Tunisda   mustaqillik   uchun   kurash
boshlandi.Natijada   Fransiya   isyonni   bostirishga   kirishadi   va   harakat   rahbarlarini
qamoqqa   oladi.Bu   davrda   Fransiya   Yevropa   qurilishi   va   Vyetnam   urushi   bilan
ovora bo’lganligi uchun yana bir urush o’chog’i ochilishidan qo’rqdi.
Jeneva   konferensiyada   Hindixitoyda   masalasi   hal   bo’lgach   Fransiya   Tunis
bilan   Karfagenga   to’liq   ichki   avtonomiya   berishini   takidlaydi.Unga   ko’ra   faqat
tashqi   siyosat   va   mudofaa   Fransiya   qo’lida   qolar   edi.Shunday   mazmundagi kelishuv 1955-yil iyunda ikki tomon o’rtasida imzolanadi.Lekin tez orada Tunis bu
kelishuvni Marokashdagi voqealardan keyin qayta ko’rib chiqishni talab qiladi.
Marokashda   mustaqillik   harakatini   sulton   Muhammad   Ben   Yusuf
boshqargan.1947-yil   10-aprelda   o’z   nutqida   mamlakatini   “musulmon   va   arab
xarakteridagi   davlat”   ekanligini   aytib   o’tgan.   Bu   esa   mamlakatda   aholining
junbushga kelishiga olib kelgan. 12
 
1953-yilda   fransuzlarning   tasiri   bilan   Muhammad   Ben   Yusuf   taxtdan   voz
kechadi.O’rniga   sulolaning   yoshi   katta,   katta   tasirga   ega   bo’lmagan   Ben   Agafa
o’tqaziladi.Ben   Agafani   raqiblari   fransuzlarning   qo’g’irchog’i   deb
atashadi.Bundan   qo’rqgan   Ben   Agafa   suiqasddan   qo’rqib   saroydan   chiqmay
qo’yadi.Natijada   fransuzlarning   asiriga   aylanadi.Taxtdan   tushurilgan   Muhammad
Ben   Yusuf   avval   Korsikaga,   keyin   esa   Madagaskarga   surgun   qilinadi.   Lekin   tez
orada ozodlik qahramoniga aylanadi. 
Fransiyada E.For boshchiligida yangi hukumat kelgacha Marokash masalasini
yangicha talqinda hal qilishga kirishadi.Yangi bosh vazir bu masalani Muhammad
Ben   Yusuf   bilan   hal   qilmoqchi   bo’ladi   va   Madagaskardan   uni   parijga   olib
kelishadi.   Lekin   Ben   Yusuf   taxtga   kelish   uchun   to’la   mustaqillikni   Fransiyadan
talab   qiladi.Fransiya   bunga   ko’nadi   va   1955-yil   6-noyabr   kuni   Marokash   bilan
milliy   mustaqillik   bo’yicha   kelishuv   imzolaydi.Lekin   bu   kelishuv   Marokashda
tinchlik   o’rnatmaydi.Chunki   fransuzlar   mustaqillikni   nomiga   berib   amalda   o’z
hukmronliklarini   o’rnatmoqchi   bo’ladilar.   Shuning   uchun   Ben   Yusuf   taxtga
qaytsada   urush   tugamaydi.Aksincha   tog’larda   partizan   guruhlari   ko’payib   ketadi.
Natijada   Fransiya   Marokashga   1956-yil   2-mart   kuni,Tunisga   1956-yil   20-mart
kuni to’la mustaqillik berishga majbur bo’ladi. 
O’zining   sobiq   mustamlakalari   bilan   aloqalari   yaqin   bo’lsada   1954-yilda
Jazoir   bilan   boshlanib   ketgan   urush   oqibatida   qaytadan   yomonlasha   boshlaydi.
Tunisda   hukmronlik   qilayotgan   sulton   Muhammad   V   Jazoir   ozodlik   milliy   fronti
(JOMF)   ga   faol   yordam   beradi.Bu   tashkilotning   bazasi   va   tayyorgarlik   lageri
Tunisda   joylashgan.1958-yil   8-fevral   kuni   shunday   bazalarning   biriga   fransuz
12
 O’sha asar.80-bet aviatsiyasi   hujum   qiladi.Natijada   bir   qancha   tinch   aholi   halok   bo’ladi.Natijada
Tunis bilan Fransiya munosabatlari yomonlashadi.Oqibatda Tunis va Marokashdan
oq tanli aholining ommaviy qochishlari boshlanadi.
1952-yil   Misrda   inqilob   uyushtirilib,   qirollik   ag’dariladi   va   hokimiyat
polkovnik Jamol Abdul Nosir qo’liga o’tadi.1956-yilda J.A.Nosir Suvaysh kanalini
milliylashtirish to’g’risida qaror chiqaradi.Natijada bu qaror Angliya va Fransiyaga
yoqmaydi   va   J.A.Nosirni   yo’q   qilishga   kirishadi.Bu   esa   fransuz   hukumati   uchun
Misr   bilan   hisob-kitob   qilib   olish   uchun   qulay   vaziyat   edi.Chunki   Misr   Shimoliy
Afrika va arab dunyosi liderligi uchun kurashayotgan va Jazoirda qarshilik harakati
kuchlarini faol qo’llab-quvvatlayotgan edi.
Fransiya Misr masalasini yanada tez hal qilish uchun urushga Isroil undaydi.
Natijada 1956-yil  29-oktyabr  kuni  Isroil  Misrga  hujum  qiladi.Bir  paytning o’zida
Angliya   va   Fransiya   Misrga   Suvaysh   kanali   masalasida   ultimatum   qo’yadi   va
J.Nosir   uni   qabul   qilmaydi.Oqibatda   1956-yil   5-noyabr   kuni   Misrga   qo’shin
tashaladi.Angliya   va   Fransiyaning   maqsadi   48   soat   ichida   kanalni   to’liq   o’z
nazoratiga   olishi   kerak   edi.Kutilmaganda   bu   jarayonga   AQSh   va   SSSR   qarshi
chiqadi.Buni   Angliya  va   Fransiya   kutmagan  edi.6-noyabr   kuni   SSSR   agar   harbiy
harakatlar   to’xtatilmasa   urushga   aralashishini,agar   kerak   bo’lsa   yadroviy
bombadan   ham   foydalanishini   aytib   qo’rqitadi.Natijada   Suvaysh   operatsiyasi
bosqinchilar   uchun   omadli   boshlangan   bo’lsada   muvaffaqiyatsiz   tugaydi.Suvaysh
inqirozi Angliya va Fransiyaga endilikda ular dunyoning buyuk qudratli davlatlari
emasligini   isbotladi.Bu   jarayon   Fransiyada   o’ng   oqim   partiyalar   orasida   AQShga
qarshi   kayfiyat   shakllanishiga   olib   keladi.Shuningdek,   harbiylar   orasida
hukumatga qarshi ishonchsizlik shakllanishiga sabab bo’ladi. 
“Suvaysh   inqirozi”   Fransiyaning   Yaqin   Sharq   musulmonlari   bilan   aloqlarini
yomonlashtirdi.Bu   hududdagi   barcha   musulmon   davlatlari   Fransiya   bilan   barcha
aloqlarini uzishdi.Misrdan barcha fransuzlar quvulib mol-mulki musodara qilinadi.
J.A.Nosirning xalqaro obro’yiga har qachongidan ham oshib ketadi.Bu esa JOMF pozitsiyalarini   mustahkamladi   va   Fransiyaning   Jazoir   masalasi   bo’yicha
siyosatining inqirozini tezlashtirdi. 13
Fransiyaning eng asosiy mustamlaklaridan biri bu Jazoir edi.Bu davlat fransuz
mustamlakalar  orasida Fransiya iqtisodiyotiga eng bog’langan mustamlaka edi.bu
hududda   1   mln   ha   yaqin   Jazoirda   tug’ilgan   fransuzlar   bor   edi.   Uzoq   vaqt   ichida
Jazoirda   3   ta   asosiy   jamoa   shakllangan   edi:barbarlar,arablar   va   oqlar.Jazoirdagi
Milliy harakatga Farhod Abbos boshchilik qilgan.
1945-yil   1-9-may   kunlari   Jazoirda   ommaviy   namoyishlar   boshlanadi   va
yevropaliklarga   hujumlar   boshlanadi.Bu   harakat   tezda   fransuz   hukumati
tomonidan bostiriladi.Isyon rahbarlari qamoqqa olinadi.
Jazoirda yashash sharoiti juda og’ir bo’lgan.9 mln mahalliy aholidan faqat 2
millioni Yevropadagi o’rtacha yashash tarziga yaqin edi.Musulmon aholining 18%
bolalari maktabga borar edi.4-respublika o’z hukmronligining boshlarida Jazoirda
vaziyatni qo’lga olishga erishadi,lekin ichki muhit yaxshi emas edi.Hindixitoydagi
fransuzlarning   mag’lubiyatlari   Ben   Bella   boshchiligida   milliy   kuchlarining
kuchayishiga olib keladi.
1954-yil   31-oktyabr   kuni   butun   Jazoirda   ommaviy   hujumlar   boshlanadi:
harbiy   va   mahalliy   inshootlarga   bosqinlar   boshlanadi.Mamlakatda   yevropalik
fermerlarga   nisbatan   vahshiyliklar   boshlanadi.Natiajda   oq   tanli   va   qora   tanlilar
orasida   ijtimoiy   ziddiyatlar   kuchayadi.Milliy   kuchlar   kun   sayin   kuchayib   tarkibi
kengayib boraveradi. 
1957-yil yanvar oyida Fransiya harbiy havo kuchlari Jazoir poytaxtiga hujum
boshlaydi.Dastlab   fransuzlarning   qo’li   baland   keladi   va   isyonchilarning   ko’pgina
harbiy   qismlari   yo’q   qilinadi.Lekin   ular   o’zlarini   tezda   tiklaydi.Oxir   –oqibat
fransuzlar  Jazoirda  hech qanday  muvaffaqiyatga erishmadi. 1958-yil  5-respublika
kelgach de Goll bu masalani o’z qo’liga oladi.
13
 O’sha asar.83-bet 1.3. V respublika tashqi siyosatidagi o’zgarishlar
1958-yil   sentyabr   oyida   fransuzlarning   ko’pchiligi   yangi   respublika   tuzish
to’g’risidagi   referendumga   rozilik   berishdi.Shuningdek,de   Goll   tuzgan
konstitutsiya   loyihasiga   ovoz   berishdi.Shu   bilan   Fransiya   tarixida   5-respublika
tashkil   topdi.Shu   yilning   21-dekabr   kuni   de   Goll   5-respublikaning   1-prezidentiga
aylandi.
De   Goll   4-respublika   diplomatiyasini   qattiq   tanqid   qilgan   bo’lsada,   lekin
uning ko’pgina tashqi  siyosatidagi  prinsiplaridan voz kechmadi.Bunga Yevropani
birlashtirishda   bosh   rolda   bo’lish,GFR   bilan   yaqinlashish,Shimoiy   Atlantika
ittifoqi   bilan   hamkorlik   ishlashlar   kirardi.Lekin   de   Goll   yangi   prinsiplarni
shakllantirishni   boshlaydi.Bunga   mamlakat   o’zining   mustaqil   tashqi   siyosat   olib
borishi,yirik   armiya   shakllantirish,Fransiyaning   dunyodagi   oldingi   mavqeyini
tiklash kirardi. 14
De   Goll   tashqi   siyosatida   asosiy   yangiliklardan   biri   bu   o’ta   surunkali
inqirozga   olib   kelgan   ko’pgina   tashqi   muammolar,jumladan,Hindixitoy,Tunis,
Jazoir,Marokash voqealariga yangicha ko’z bilan qarashni shakllantirish kirar edi. 
5-respublika   tashqi   siyosati   bu   eng   avvalo   de   Gollning   shaxsiy   qarash   va
fikrlaridan tashkil topgan prinsiplar edi.Bu prinsiplar uzoq muddatga mo’ljallangan
edi.Bu   prinsiplarning   bosh   g’oyasi   Fransiyaning   dunyoviy   mavqeyini   qaytarish
edi.De Gollning barcha ichki va iqtisodiy ishlari aynan yuqoridagi maqsad yo’lida
olib borilgan.Bunda iqtisodni modernizatsiya qilish,frankni mustahkamlash asosiy
ishlardan biri bo’ldi. 
4-respublika   davrida   tashqi   siyosat   hukumat   va   tashqi   ishlar   vazirligining
qo’lida   bo’lgan.Endilikda   esa   tashqi   siyosat   to’liq   prezident,jumladan   de   Goll
qo’lida   jamlandi.5-respublika   konstitutsiyasining   5-moddasida   “Prezident
mamlakat   mustaqilligi,hududiy   yaxlitligining   garovidir,Jamiyat   va   xalqaro
shartnomalarni xalqni nomidan olib boradi” deb yozib qo’yilgan edi.
14
 O’sha asar.90-bet Tashqi   siyosat   masalasini   de   Goll   o’ziga   sodiq   tor   doiradagi   odamlardan
terilgan   diplomatlar   bajargan.   4-respublika   davrida   tashqi   ishlar   vazirlari   katta
kuchlarga tayanadigan shaxslar (J.Bido,K.Pino,P.Mendes-Frans) bo’lgan bo’lsa, 5-
respublika   davrida   to   de   Gollning   ketgunicha   (1968)   uncha   siyosatda     taniqli
bo’lmagan   M.Kuv   de   Myurvil   bajardi.Shunday   bo’lsada   de   Myurvil   davlat
diplomatiyasida ko’p yillardan beri ishlagan va barcha mustamlakalar bilan qanday
ishlash   kerakligini   juda   yaxshi   bilgan.de   Myurvil   hech   qachon   tashqi   siyosat
masalasida   o’zining   shaxsiy   prinsiplari   bilan   ishlamagan.Shuning   uchun   unga   de
Goll qattiq ishongan.Mustamlakalar bilan ishlash uchun de Goll o’ziga sodiq yana
bir shaxs Jak Fokarni tayinladi.Natijada prezident qarorgohi de Goll davrida tashqi
ishlar masalalalarini hal qiladigan markazga aylandi.
Prezidentning maslahatchilari prezidentga dunyodagi barcha voqea-hodiasalar
haqida   batafsil   malumot   berib   turgan,   prezident   tor   doiradagi   shaxslar   bilan
maslahatlashib   qaror   chiqargan.   Tashqi   ishlar   vazirligi   esa   shu   qarorlarni   elon
qilgan.
De   Goll   Fransiya   prezidentlari   ichida   birinchi   bo’lib   prezident   qarorgohi
bo’lmish   Yelisey   saroyida   protocol   bo’yicha   boshliq   lavozimini   joriy   qiladi.
Ungacha   bu   ish   bilan   tashqi   ishlar   vazirligi   shug’ullangan,   natijada
prezidentlarning   mamlakatdagi   roli   kamayar   edi.De   Goll   esa   bu   ishni   ham
prezident   boshqaruviga   oldi.Endilikda   har   bir   davlatdagi   elchilari   shaxsan
prezident   suhbatidan   o’tadigan   bo’ldi.SSSR,AQSh,Buyuk   Britaniya,   GFR,   Italiya
va Polsha elchilari tez tez prezident bilan yopiq suhbat o’tkazgan.
De   Goll   dunyo   bo’ylab   siyosiy   va   shaxsiy   masalalarda   juda   ko’p   sayohat
qilgan.Afrika davlatlariga tinimsiz qatnagan.GFR  kansleri  Adenauer  bilan yilda 2
marta   uchrashgan.1964-yilda   Lotin   Amerikasi   davlatlariga,1960-yilda   Buyuk
Britaniya,AQSh va Kanadaga,1966-yilda SSSRga,1967-yilda Polshaga,1968-yilda
Ruminiyaga tashrifi o’z davri uchun shov-shuvli tashriflar sirasiga kirgan.De Goll
hech   qachon   biror   bir   davlatga   ko’ngilchanlik   uchun   yoki   qiziquvchanlik   uchun
tashrif uyushtirmagan.Barcha tashriflari aniq bir maqsadni ko’zlab uyushtirilgan. De   Goll   harakat   qilgan   hokimiyat   bilan   fuqarolar   o’rtasida   to’siq
bo’lmaslikka.   Har   doim   o’z   nutqlarida   qo’yilgan   maqsad   yoki   vazifani   har   bir
fransuz   fuqarosining   yuragiga,onggiga   yetkazishga   intilgan,toliq   tushuntirib
bergan.   Xuddi   shu   yo’l   bilan   mustamlakachilikni   bekor   qilishda,NATO   harbiy
tashkilotidan chiqish masalasini tez va oson hal qilgan.
Yilda   2   marta   de   Goll   xalq   bilan   muloqot   qilish   uchun   presskonferensiya
radio   va   televideniya   orqali   uyushtirgan.Natijada   bu   suhbatlar   butu   dunyoga
yoyilgan.Bu   uchrashuvlar   shunday   tashkil   qilinganki,   unda   kutilmagan   yoki
provakatsion   savollar   bo’lmagan.Shuning   uchun   bu   presskonferensiyalarning
shaffofligiga javob bermagan, balki de Goll maqsadlari uchun xizmat qilgan. Lekin
shu   orqali   de   Goll   o’z   qarashlarini   nafaqat   o’z   xalqiga,   balki   butun   dunyoga
ma’lum qilgan.
De   Goll   mohir   diplomat   bo’lib   o’z   prinsiplari   orqali   eng   avvalo   davlat
manfaatlari   uchun   barcha   kelishuvlarni   hal   qilishda,og’ir   vaziyatlarda   ham   o’z
maqsadi   yo’lida   foydalangan.De   Goll   o’zi   xohlamagan   kelishuv   yoki
shartnomalarni   imzolanishiga   va   amalga   oshishiga   yo’l   qo’ymagan.   Va   har   doim
deyarli   o’z   aytganlarini   boshqa   davlatlarga   qildirgan.   Bunday   siyosatni   de   Goll
“ozod qo’llar” deb atagan. 15
De   Goll   hokimiyatga   kelgan   paytda   Fransiyaning   asosiy   muammosi   Jazoir
edi.Mustamlaka   urushlari   Fransiyaning   xalqaro   mavqeini,BMTdagi   o’rni
yo’qatayotgan edi.Shuningdek, xalqaro buyuk davlat maqomini butunlay yo’qolib
ketish xavfi bor edi.Mustamlakachilik tizimiga chek qo’yish yangi respublikaning
asosiy vazifasiga aylandi.
De   Gollning   siyosati   oldingi   respublikadan   farqli   o’laroq   mustamlakachilik
tizimini butunlay yo’qotish edi.Lekin buni prezidentligining dastlabki yillarida de
Goll bildirmagan.Aslida de Goll mustamlakachilikning ashaddiy dushmani degani
emas edi.Aksincha u ikkinchi jahon urushi yakunida mustamlakalarni to’laligicha
saqlab   qolishga,shu   orqali  mamlakatning  obro’yini  saqlab   qolishga  ham   urungan.
Lekin   1958-yilda   hokimiyatga   kelgach   mustamlakachilik   tizimini   qayta   ko’rib
15
 O’sha asar.94-bet chiqdi.Natijada   hozirgi   vaziyatda   mustamlaka   davlatlarni   saqlab   qolish   ilojsiz
ekanligini tushunib yetdi.
1958-yil   3-iyun   qonuniga   ko’ra   prezidentga   konstitutsiyaviy   vakolatlar
berildi. Sunga asoslanib de Goll Fransuz Ittifoqini qayta isloh qilishga kirishdi. Bu
islohotlarda   unga   asli   kelib   chiqishi   Kot   d’Ivuarlik   deputat   Upue   Buani   katta
yordam   berdi.U   boshqa   yirik   siyosatchilar   bilan   birga   Fransuz   Ittifoqini
demokratik   ruhdagi   Fransuz   Jamiyatiga   aylantirishda   faol   qatnashdilar.Bunda
1958-yilgi   konstitutsiyada   dengiz   orti   hudud   va   department   haqida   hech   qanday
yangilik kiritilmagan edi.Endilikda qaram hududlar  Fransiya soyasida  to’liq ichki
avtonomiyaga   ega   bo’lishi   mumkin   edi.Lekin   Jamiyat   tashqi   siyosat,mudofaa,
moliya,   iqtisodiy   siyosat   va   strategik   xom   ashyolarni   o’z   qo’lida   saqlab   qoldi.
Shuningdek,   Parij   qo’lida   yustitsiya,oliy   ta’lim,import   masalasi   va   ichki   yuk
tashish ham qoldirildi.Bunda biror hudud o’zini o’zi uzoq muddat kerakli ta’minot
bilan taminlay olmasligi ko’zda tutilgan edi.
Kelishuvda   Jamiyat   azolari   biror   bir   huquq   yoki   sohani   yanada   kengaytirish
yoki   biron   bir   azolariga   to’liq   topshirish   huquqi   ham   saqlanib   qolgan.Fransiya
konstitutsiyasida   “Jamiyat   azosi   xohlagan   paytda   to’liq   mustaqil   bo’lib   chiqishi
ham mumkin va Jamiyatdan butunlay chiqib ketishi ham mumkin” degan gap ham
kiritilgan.Bu Fransiya o’z mustamlaka xalqlarining o’z huquqlarini o’zlari tanlash
mumkinligini anglatgan.Jamiyatni Fransiya prezidenti boshqargan.
1958-yil avgustda saylov oldidan de Goll Afrikadagi barcha mustamlakalariga
tashrif buyurdi.Unda de Goll xohlagan hudud mustaqil bo’lishini aytib o’tdi, lekin
mustaqil   bo’lgan   hududdan   barcha   fransuz   mutaxassislar   chqarib   olinishini   va
Fransiya tomondan barcha yordamlar uzulishini ham takidladi.Agar mustamlakalar
Jamiyat   azosi   bo’lib   qolib   Fransiya   bilan   birga   ishlasa   sekin   asta   mustaqillik
berilishini va katta yordam berilishini ham aytib o’tdi.
1958-yil   sentyabrdagi   referendum   natijalari   de   Goll   sayi-harakatlari   o’z
mevasini berganligini ko’rsatdi.Afrikadagi mustamlakalarning katta qismi Fransuz
Jamiyatida   qolishini   elon   qildi.Mustamlaklar   orasida   faqat   Gvineyi   aholisi   95   %
mustaqillik uchun ovoz berdi. Qolgan barcha mustamlakalar  va hududlar  ma’lum bir   darajada   Fransiya   tarkibida   qoldi.Natijada   Fransuz   Jamiyati   tarkibida   12   ta
yangi   respublika   paydo   bo’ldi.1958-yil   dekabr   saylovda   de   Goll   prezident   qilib
saylangan bo’lsa,82 000 ovoz beruvchilarning 6000 shu jamiyat a’zolaridan edi.
Endilikda   Fransiya   yangi   respublikalarning   byudjet   yetishmovchiligini
qoplashi,iqtisodiy   yordam   berishi,zamonaviy   oliy   ta’lim   tizimini   shakllanishiga
yordam   berishi,infrastrukturani   shakllantirishga   majburiyat   oldi.Fransuz   armiyasi
bir paytning o’zida Jamiyat armiyasi hisoblandi. 16
Lekin de Goll  tomonidan ishlab chiqilgan yangi  mustamlakachilik tizimi  tez
orada   inqirozga   uchradi.   1960-yil   Afrikani   ozod   qilish   yili   bo’ldi.Bir   nechta
voqealar   bu   jarayonni   tezlashtirib   yubordi.1960-yilda   Britaniya   Nigeriyaga   va
Belgiya   Kongoga   mustaqillik   vada   qildi.Shu   asnoda   Fransiya   ham   Togo   va
Kamerunga   ham   to’la   mustaqillik   berishini   aytdi.Jamiyatning   boshqa   azolari
Gvineyaga   ham   havas,ham   hasad   bilan   qarar   edi.Chunki   kutilganiday   Gvineya
mustaqil   bo’lgach   iqtisodiy   inqirozga   uchramadi.Chunki   Afrikaning   mustaqil
bo’lgan   davlatlari   xalqaro   raqobat   tasiriga   tushib   qoldi.SSSR   bilan   Xitoy
Gvineyaga   iqtisodiy   yordam   berish   bo’yicha   raqobat   boshladi.Gvineyi   BMT
azosiga  aylandi,uning diktatori  Seku Ture de  Gollga yo’q degani  uchun Afrikada
katta   shuhratga   ega   bo’lib   oldi.Gvineya   va   Gana   Jazoirdagi   milliy   ozodlik
kurashchilariga ochiqchasiga yordam bera boshlaydi.
1959-yil   sentyabrda   BMTning   yig’ilishida   Mali   vakili   to’liq   ozod   bo’lishga
qaror   qilinganligini   dunyoga   e’lon   qildi.De   Goll   noiloj   bunga   rozi   bo’ldi.Uning
izidan Madagaskar  ham mustaqillik oldi.Fransiya bu ikki davlat bilan diplomatik,
bojxona   va   harbiy   masalalarda,shuningdek,fransuz   iqtisodiy   yordamni   davom
ettirish bo’yicha kelishuvga erishdi.Natijada Fransuz Jamiyatida 2 ta to’la mustaqil
davlat paydo bo’ldi.Bu esa boshqalarga ham kuchli ta’sir qildi.
1960-yil   iyunda   Mali   bilan   Madagaskar   to’la   mustaqil   bo’lgach,Markaziy
Afrika davlatlari ham mustaqillik talab qila boshlaydi.Natijada shu yilning avgust
oyida Kot d’Ivuar va boshqa Markaziy va G’arbiy Afrika hududlari mustaqillikka
ega   bo’ldi.Oqibatda   1958-yil   kuzidan   1960-yil   oxirigacha   Fransiyaning   sobiq
16
 O’sha asar.97-bet mustamlakalar   hududida   15   ta   yangi   davlatlar   shakllandi,ulardan   12   tasi   Fransuz
Jamiyati tarkibida qoldi(Gvineya,Togo,Kamerun,Mavritaniya,Senegal,Mali, Niger,
Chad,Markaziy   Afrika   Respublikasi,Kamerun,Gabon,Madagaskar,Yuqori   Volta,
Fil   suyagi   qirg’og’i(Kot   d’Ivuar),Gvineya).Bu   davlatlarning   barchasi,Gvineyadan
tashqari, Fransiya bilan siyosiy,iqtisodiy va harbiy sohada hamkorlikda qoldi.Shu
bilan Fransuz Jamiyati tugatildi.
1961-yil   fevralda   Fransiya   xalqi   orasida   mustamlakachilikni   tugatish
masalasida   so’rovnoma   o’tkazilganda,73   %   odam   bu   Fransiya   uchun   foydali
bo’lganligini   ta’kidlagan.Bu   ishlarning   barchasi   Jazoir   taqdirini   hal   qilishda
muhim rol o’ynadi.
Kamerun,Mali,Niger   davlatlari   Fransiya   va   Jazoir   o’rtasida   kelishuv
o’rnatilishi   uchun   ko’p   harakat   qilishdi.1960-yil   noyabr   oyida   ularning   vakillari
kelishish   uchun   Tunisga   borishdi.Hokimiyatga   kelgunigacha   de   Goll   Jazoir
masalasida o’ziing aniq fikrini aytmagan.Lekin hamma bilardiki,de Goll oldindan
mustamlakalarni   saqlab   qolishning   kuchli   tarafdori   edi.Shuning   uchun
mustamlakachilik   tarafdorlari   de   Gollning   hokimiyatga   kelishini   yaxshi   kutib
olishgan.
Hamma   Afrika   mustamlakalari   qatori   Jazoirda   ham   1958-yil   28-sentyabrda
yangi   konstitutsiya   bo’yicha   so’rovnoma   o’tkaziladi.So’rovnoma   yakuniga   ko’ra
ovoz berganlarning 96% Fransuz Jamiyati qo’lida qolishga ovoz berdi.De Gollning
buyrug’i   bilan   Jazoir   boshqaruvida   bo’lgan   barcha   harbiylar   ishdan   olinib   harbiy
qismlarga   tarqatildi.De   Goll   Jazoirni   boshqa   o’z   qo’lida   ushlab   turolmasligini
tushunib yetdi va 1959-yil 16-sentyabrda o’z taqdirini o’zi hal qilish taklifini berdi.
1961-yil   8-yanvarda   Fransiyada   Jazoir   masalasida   referendum   o’tkaziladi.Unda
qatnashganlarning   75,26   %i   Jazoirga   mustaqillik   berilishi   kerak   degan   xuloaga
keldi.
1962-yil 18-mart kuni Evian shahrida Jazoir masalasida kelishuv imzolanadi.
Unga   ko’ra   Jazoir   o’z   taqdirini   o’zi   hal   qilishi   Jazoirga   topshirildi.1962-yil   1-
iyulda Jazoirda referendum o’tkazildi va unda aholining 99,7 %i mustaqillik uchun
ovoz   berdi.Ertasiga   Fransiya   Jazoirning   mustaqilligini   tan   oldi   va   shu   bilan Fransiyaning   oxirgi   mustamlakasi   ham   tugatildi.Jazoir   urushida   umumiy   hisobda
20   000 fransuz askari vafot etdi.1 mlnga yaqin fransuzlar Jazoirdan qochib ketdi. 
Sharl   de   Goll   tashqi   siyosatda   asosan   Fransiyaning   shu   paytgacha   saqlanib
qolgan   obro’yini   asrab   qolishga   intildi.U   asosan   dunyoning   gegemonlik   qilishga
qarshi kurashdi.Bu o’z-o’zidan AQSh va SSSRga qaratilgan edi.De Goll har doim
2 qutbli emas balki ko’p qutbli dunyoning shakllantirish uchun kurashdi.Bu narsa
1950-yillar oxiridan boshlab o’z mevasini bera boshladi.
Fransiya   endilikda   dunyoga   kuch   bilan   ta’sir   qilolmasligini   tushunib   yetgan
de   Goll   endilikda   tenglik,yangi   tartib   qurish   shiorlari   bilan   o’zining   hali   ham
dunyoda mavjudligini eslatib turish uchun kurashdi.
1964-yil   may-iyunda   bo’lib   o’tgan   Xalqaro   savdo   tashkilotining   navbatdagi
konferensiyasida de Gollning taklifi bilan sanoat jihatdan rivojlangan davlatlar har
yili o’z YaIM ning 1 %ini dunyodagi qoloq davlatlarga xayriya sifatida ajratishga
kelishib olinadi.Va to de Goll hokimiyatdan ketgunigacha har yili Fransiya 1%dan
yordam berib turgan.
1962-1963-yillar   orasida   Fransiya   siyosiy   hayotida   burilish   davri   bo’ldi.De
Gollning   taklifi   bilan   prezidentni   to’g’ridan   to’g’ri   xalq   saylashi   to’g’risida
konstitutsiyaga o’zgartish kiritdi.Bunga barcha xalq rozi bo’ldi.
Dunyoda   o’z   obro’yini   yig’ish   yo’lida   de   Goll   1964-yilda   Lotin   Amerikasi
davlatlarlarga   rasmiy   sayohat   uyushtirdi.1967-yilda   Kanadaga   rasmiy   tashrif
buyurdi   va   bu   yerda   1763-yilda   7   yillik   urushdan   keyin   Angliyaga   oldirib
qo’yilgan Kvebekka boradi va o’z taqdrini o’zlari hal qilish kerakligini takidlaydi.
Bu   bilan   de   Gollning   nutqi   Kanada,Buyuk   Britaniya   va   AQShning   qattiq
noroziligiga uchraydi.
1964-yil   27-yanvar   kuni   de   Goll   Xitoyga   boradi   va   Xitoy   bilan   diplomatik
aloqalar   yo’lga   qo’yganligini   elon   qiladi.Natijada   bu   harakatlar   AQShning
noroziligiga   uchraydi.De   Goll   arab   dunyosi   bilan   aloqalarini   tiklash   uchun
Isroilparastlik   siyosatidan   voz   kechishga   kirishadi.1967-yildagi   6   kunlik   urush
paytida de Goll Isroil yonini olmaydi.Oqibatda o’rtadagi munosabatlarga sovuqlik
tushadi. Yevropani birlashtirish masalasida de Goll hokimiyatga kelgunicha ashaddiy
qarshi   edi.Ayniqsa   1957-yilda   imzolangan   Rim   kelishuvini   qoralagan   edi.
Hokimiyatga kelgandan so’ng mavjud vaziyatni hisobga olgan holda Yevropadagi
keying   barcha   birlashuv   ishlariga   deyarli   qarshilik   ko’rsatmadi,balki   hatto
tezlashtirdi.1962-yil   may   oyida   AQSh   bilan   SSSR   munosabatlarida   sovuqlik
tushishidan   foydalangan   de  Goll   GFRga   siyosiy,iqtisodiy   va   mudofaa   masalasida
ittifoq   tuzishni,bu   ittifoqqa   keyinchalik   Italiya,Belgiya,Niderlandiya,
Lyuksemburgni qo’shib olishni taklif qiladi. Bu taklif yaxshi kutib olinadi.

XX asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning O’rtayer dengizi mintaqasidagi siyosati Kirish (mavzuning dolzarbligi uni yoritishdan maqsad,mavzu tarixshunosligi) I bob.XX asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning tashqi siyosati. 1.1.Urushdan keyingi Fransiyada yevropalashuv 1.2. Fransiya mustamlakachilik siyosatiga xos o’zgarishlar 1.3. V respublika tashqi siyosatidagi o’zgarishlar II bob.Barselona jarayoni.Fransiyaning O’rtayer dengizi siyosatida yangi bosqich. 2.1.Fransiyaning Shengen konvensiyasi va Maastrix shartnomasiga munosabati 2.2.Fransiya va O’rtayer dengizi mintaqasi davlatlari o’rtasidagi munosabatlar 2.3.Barselona deklaratsiyasining xalqaro munosabatlaridagi o’rni III bob.Barselona jarayoni –Yevro-O’rtayer dengizi hamkorligi faoliyatidagi yo’nalishlar asosi 3.1.YI va O’rtayer dengizi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari konferensiyalari 3.2.Yevro-O’rtayer dengizi hamkorligidagi asosiy yo’nalishlar. 3.3.YI ning O’rtayer dengizi siyosatidagi kelajakdagi loyihalari IV.Xulosa V.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

I bob.XX asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning tashqi siyosati. 1.1.Urushdan keyingi Fransiyada yevropalashuv Fransiya insoniyat tarixida o’ziga xos o’ringga ega davlat hisoblanadi. U XIX asr ikkinchi yarmi –XX asr boshlarida dunyoning eng qudratli imperiyachi davlatlaridan biri edi.Fransuz tili dunyoning ko’pgina davlatlarida, ayniqsa Afrika qitasida eng ko’p ishlatiladigan tillardan biri hisoblangan.Yangi davrdan boshlab Fransiya nafaqat Yevropa balki dunyo tashqi siyosati muhim o’rin tutadigan davlatga aylana boshlaydi. Tarixiy nazariyalarga ko’ra,har qanday davlatning tashqi siyosati uning demografiyasi,iqtisodiyoti,shuningdek,geografiyasi va tarixiga bog’liq bo’ladi. Shu qarashga ishonadigan bo’lsak, aynan shu ko’rsatkichlar Fransiyaning XIX-XX asr tashqi siyosatiga o’z tasirini ko’rsatdi.XX asr boshlarida Fransiyada aholi o’sishi susaydi va tez qarish boshlandi.Investitsion va innovatsion faollikning yetishmasligi,iqtisodiyotda asosiy o’rinni qishloq xo’jaligi egallashi, qo’shni davlat Germaniyadan zaiflik milliy xavfsizlik va Yevropa hamda dunyoda o’z pozitsiyasini saqlab qolish uchun tashvishlanishda har doim motivatsiya berib turgan. 1 Vestfaliya shartnomasi davridan to Ikkinchi jahon urushi davrigacha buyuk davlat tushunchasi va buyuk davlatlar tabaqasi mavjud bo’lgan davrda har qanday sharoitda va vaziyatda Fransiya xuddi Angliya kabi buyuk davlatlar safida turgan. Ma’lum bir ko’rsatgichlar bo’yicha aniqlanadigan “Buyuk davlat” tushunchasi XIX-XX asrlarda ma’lum bir jiddiy evolyutsiyaga uchradi. XIX asrgacha buyuk davlat deganda hududi juda katta, aholisi ko’p va katta armiyaga ega bo’lgan davlat tushunilgan hamda bunday mamlakat quruqlik va suvda hukmronlik qilishi kerak edi.XIX asrda bu tushuncha kengayib, keng imperiya bo’lgan va savdo- sanoat sohasida muvaffaqiyatli davlatga nisbatan ishlatilgan.XX asrga kelganda esa kuchli moliya va mustahkam maqomga ega valyuta xalqaro buyuk davlat tushunchasining asosiy xususiyatiga aylandi.Bu xususiyatlarga qo’shimchas ravishda Fransiyada boshqa davlatlarga nisbatan yana bir ustunlik bor edi. Bu 1 Obichkina Ye.O. Fransiya v poiskax vneshnepoliticheskix oriyentirov v postbipolyarnom mire.Moskva,2003.s-12

1714-yildan 1919-yilgacha farnsuz tili xalqaro munosabatlarda yagona diplomatiya til hisoblangan. 2 Yuz yillik urushdan keyin Fransiya G’arbiy Yevropaning yirik davlatlaridan biri bo’lib qoldi.Geografik joylashuvi, okean va dengizlarga yaqinligi oqibatida har doim Yevropaning barcha siyosiy davrida faol qatnashgan. Venetsiya,Amsterdam va London kabi iqtisodiy jihatdan kuchli bo’lmasada Yevropa va Transatlantik aloqlarda har doim faol bo’lgan. XIX asrda,napoleon imperiyalarining ag’darilishidan so’ng,shuningdek, Prussiyaga yutqazib qo’ygandan so’ng bo’lgani kabi XX asrda ikki jahon urushi orasida ham Fransiyada jamiyat va hukumat har doim mamlakatning xalqaro statusini saqlab qolish bo’yicha qattiq tashvishlanishgan. 1939-yil 1-sentyabr kuni Germaniya Polshaga hujum boshladi. Oqibatda Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Fransiya urushga uchinchi kun ya’ni 1939-yil 3- sentyabr kuni qo’shildi.Bunda Fransiya va Angliya Germaniyaga ultimatum yuborib zudlik qo’shinini Polshadan chiqarib ketishini talab qiladi.Lekin Germaniyaga bunga amal qilmaydi.Shunda Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qilishadi.Ammo hech qanday harbiy harakat amalga oshirishmaydi. Bu jarayonni tarixchilar “G’alati urush” deb atashadi. Bu esa Germaniyaga keying bosqinchiligiga yo’l ochib beradi.Oqibatda Polsha to’liq tugatiladi,1940-yil 10- may kuni fashistlar Niderlandiya va Belgiyaga hujum qilib tor-mor qiladi.13-may kuni esa Fransiya hududlariga bostirib kiradi.1 oylik natijasiz harakatlardan keyin Fransiya urushdan bosh tortadi va 1940-yil 22-iyun kuni hukumat rahbari marshal F.Peten Germaniya bilan taslim bo’lganligi to’g’risida sharmandali shartnomani imzolaydi.Shu bilan Fransiya o’zining “dunyoning buyuk davlati” maqomini yo’qotadi. Bu fikrni Yevropa va dunyoning barcha siyosatchilari maqullaydi.Lekin bu fikrga faqatgina bir kishi –o’sha paytdagi Pol Reyno hukumatining davlat kotibi o’rinbosari general Sharl de Goll umuman qo’shilmaydi.Aynan shu odamning sayi-harakatlari bilan Fransiya 1945-yil may oyida g’olib davlatlar qatoriga qo’shiladi.Biroq Fransiya o’zining oldingi mavqeyini yo’qotgan edi. 2 Obichkina Ye.O. Fransiya v poiskax vneshnepoliticheskix oriyentirov v postbipolyarnom mire.Moskva,2003.s-13

1940-1950-yillardagi Fransiya diplomatiyasining asosiy vazifasi Ikkinchi jahon urushidan keyingi tubdan o’zgaryotgan dunyo tartiblari va ikki qutbli dunyo shakllanayotgan bir sharoitda mamlakatni buyuk davlatlar qatoriga qaytarish edi. Lekin o’sha paytdagi vaziyat qo’yilgan maqsadga umuman to’g’ri kelmas edi. Mamlakatning buyukligini qaytarishda asosiy 2 ta to’siqlar guruhi bor edi. Birinchidan,urush natijasida dunyo tartiblari obyektiv o’zgarishlarga uchradi: AQSh va SSSRning obro’yi va harbiy-siyosiy qudrati juda ham oshib ketdi. Shuningdek,dunyo mustamlakachilik tizimi barbod bo’lishni boshladi.Fransiya g’olib davlatlar qatoriga chiqib olgan bo’lsada, oldingi buyuk davlatlarning tartiblariga dunyoning yangi buyuk davlatlari bo’ysunmadi.Chunki AQSh va SSSR qudrati Buyuk Britaniya va Fransiyaning qudratidan ancha oshib ketgan edi. Bundan tashqari shu paytgacha mustamlakachilik tizimi kuch qudrat asosi bo’lgan bo’lsa, endilikda asosiy zaif nuqtaga aylanib qoldi. Ikkinchi sabab subyektiv xararkterga ega bo’lib,Fransiyadagi parlament respublikalariga xos bo’lgan kamchilik bu tashqi siyosatda qaror qabul qilishda mukammallikning yo’qligi edi.Aynan shu kamchilik va mas’uliyatsizlik oqibatida 3-respublika tashqi ishlar va mudofaa tizimining inqiroziga olib kelgan.Va aynan shu kamchiliklar 4-respublikaning tashqi siyosatda samarali ish olib borishiga to’sqinlik qilgan. 1946-yilgi Konstitutsiyada yozilishicha, Ministrlar sovetining raisi ijro etuchi organning barcha faoliyatini boshqarardi va milliy mudofaa siyosatini shakllantirishi mumkin edi.Lekin bunda mudofaa va tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda bo’lishi kerak edi.Shuningdek, bu ikki soha ishlariga respublika prezidenti ham ta’sir o’tkazishi mumkin edi.4-respublika davrida Ministrlar kabinetida barqarorlikning yo’qligi va kuchli parlamentar ko’pchilikning mavjud emasligi (tashqi siyosat masalasida jamiyat ichida ham, koalitsion hukumatlar ichida ham yakdil qaror yo’q edi) sababli xalqaro hayotda eng muhim pallalarda aniq va davlat uchun foydali bo’lgan muhim qarorlarni chiqarishga imkon bermaydi. 3 3 Obichkina Ye.O.Vneshniya politika Fransii ot de Gollya do Sarkozi (1940-2012),Moskva,2012.34-s.

Bunday o’zgaruvchan sharoitda eng barqaror institut tashqi ishlar vazirligi bo’lib qolgan.3-respublika davriga o’xshab 4-respublikada ham boshqa kabinetlarga nisbatan Ke d’Orse kamroq almashgan.1944-yildan 1954-yilgacha Jorj Bido va Roben Shuman Fransiya tashqi ishlar vaziri bo’lib ishlagan. Ularning vazifasi diplomatik xizmat bilan chegaralangan.Tashqi ishlar vazirligi asosan siyosatchi emas balki tajribali diplomatlardan iborat bo’lib, tashqi ishlarda uzoq muddatli,samarali strategiyaga asoslangan qarorlar chiqarish huquqiga ega bo’lmagan. Muhim qarorlar,jumladan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish Milliy yig’ilishdagi kuchlar uyg’unligiga bog’liq edi.Milliy yig’ilishda asosiy kuchlar bu kommunistlar va gollistlar fraksiyasi bo’lib,ular har doim tashqi ishlar yo’nalishida hokimiyatdagi koalitsiyalarga oppozitsiyada bo’lgan. Urushdan keyingi muvaffaqiyatli iqtisodiy tiklanish va 1950-yillardagi kuchli o’sish Fransiyaning xalqaro obro’yining inqirozi va mustamlakachilik tizimining yemirilishining oldini ololmadi.4-respublika diplomatiyasining zaif joylari ko’p bo’lishiga qaramay,ikki qutbli dunyo va sovuq urush davrida G’arbning liberal demokratiyasida o’zining muqim o’rniga ega bo’ldi.Yevropa 2 lagerga bo’linib ketganda Fransiya g’arbiy blokni tanladi. Bu bilan AQShning ustunligini tan oldi. Lekin atlantik tizim ichida Parij yagona G’arbiy Yevropani shakllantirishda o’zining faol ishini olib bordi. Vaqtinchalik hukumat davrida ham,4-respublika davrida ham mamlakatning ichki siyosatida kommunistlarning tasiri sezilib turgan.Buni hatto hokimiyatda ham ko’rish mumkin edi.Aynan shu omil g’arbiy ittifoqchilarning shubhalanishiga olib keladi 1947-yil yanvarda AQSh diplomatiyasida katta o’zgarish ro’y beradi.Antigitler koalitsiyasini shakllantirgan Birns o’rniga general Marshall keladi. Marshall va uning yordamchilari Acheson va Kennan SSSRning ashaddiy dushmanlari edi. 1946-yil may oyidagi Fultondagi U.Cherchillning nutqi xalqaro munosabatlarda tub burilish ro’y berishini boshlab berdi. Gretsiyada fuqarolar urushi davrida kommunistlar monarxiyani tiklanishiga halaqit berishga urunishi oqibatida G.Trumen “kommunizmni ushlab turish uchun”