logo

1918-1923 yillarda xalqaro munosabatlar, Versal Vashington siyetemasining tuzilishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

68.052734375 KB
Mavzu: 1918-1923 yillarda xalqaro munosabatlar, Versal
Vashington siyetemasining tuzilishi
Reja:
1. I-jahon urushining yakuni va halqaro munosabatlar tarixida tub o’zgarishlar.
2. Parij tinchlik konferensiyasi va unda G’arb davlatlarining tutgan siyosati.
3. Versal   tizimining   vujudga   kelishi   va   mamlakatlar   o’rtasida   ziddiyatlarning
keskinlashuvi.
4. Millatlar Ligasining tashkil topishi.
5. Vashington   konferensiyasining   natijalari   (To’rtlar,   Beshlar,   To’qqiz     davlat
hujjatlarining qabul qilinishi)
6. Versal sistemasi natijasida yangi davlatlarning tashkil topishi. Birinchi jahon urushi, ayniqsa Oktyabr to’ntarishi natijasida kapitalistik
sistemaniig iqtisodiyotga, siyosiy va ideologik tomonlarini o’z ichiga oluvchi
inqirozi   boshlanib,   chuqurlashib   bordi.   Xalqaro   miqyosda   ham   ziddiyatlar
keskin tus oldi. Ikki xil ziddiyat; Sovet Rossiyasi bilan kapitalistik davlatlar
O’rtasidagi ziddiyat va kapitalistik davlatlarning o’z o’rtalaridagi ziddiyatlar
kuchaydi.
Kapitalistik davlatlar Rossiyaning urushdan inqilobiy yo’l bilan chiqib,
mustaqil   taraqqiyot   yo’liga   o’tib   olishiga,   hokimiyat   tepasida   ishchi   va
dehqonlar   turgan   bir   mamlakatning   mavjud   bo’lshiga   chidab   tura   olmas
edilar.   Chet   el   monopalistlari   chorizmga   va   Muvaqqat   hukumatga   qarz
bergan milliard so’mlab pullaridan, Rossiyadagi shaxtalari va korxonalaridan
tushayotgan juda katta foydalaridan ajralib qolishni aslo istamas edilar.
Sovet   Rossiyasiga   qarshi   kurashda   Antanta   davlatlari   umumiy   bir
maqsadni   ko’zlagan   bo’lsalar-da,   ular   o’rtasida,   kuchli   ziddiyatlar   mavjud
edi.   Ayniqsa   bosib   olingan   joylarni   taqsimlab   olish   masalasida   kapitalistik
davlatlar o’rtasida ziddiyat keskinlashdi.   Ular bir-birlarining haddan tashqari
kuchayib ketishiga jiddiy qarshilik ko’rsatdilar. Jahon urushi mobaynida juda
ham boyib, qarzdor mamlakatdan qarz beruvchi mamlakatga aylangan AQSh
halqaro   munosabatlarda   asosiy   rol   o’ynashga   zo’r   berib   intildi.   Angliya   o’z
mustamlaka   yerlarnni   bosib   olgan   territoriyalar   hisobiga   kelgaytirishga,
Fransiya   Yevropada   gegemon   bo’lib   olishga   va   o’z   mustamlakalrini
kengaytirishga   xarakat   qildi.   Italiya   o’z   territoriyasini   Bolqonda,   asosan
janubiy slavyan yerlari hisobiga kengaytirib olishga, Yaponiya esa Xitoy yeri
Shandunni   va   Germaniyaning   Tinch   okeandagi   mustamlakalarini   o’ziniki
qilib   olishga   zo’r   berib   urindi.   Shy   negizda   AQSh   bilan   Angliya,   Fransiya
bilan   Angliya,   Fransiya   bilan   AQSh,   AQSh   bilan   Yaponiya   o’rtasida
ziddiyatlar ksskinlashdi. 1971 yil noyabr-dekabr oylarida Sovet Rossiyasi Antanta mamlakatlari
hukumatlariga   bir   necha   marta   murojaat   qilib,   Germaniya   va   uning
ittifoqchilari   bilan   urushni   to’xtatish,   anneksiyasiz   va   kontribusiyasiz   sulh
shartnomalari   tuzish   uchun   muzokaralar   boshlashni   taklif   etdi.   Lekin   ular
Sovet Rossiyasining bu takliflarini rad qila berdilar.
Antanta   davlatlari   sulh   to’g’risida   muzokaralar   olib   borishdan   bosh
tortganlaridan   keyin,   Sovet   Rossiyasi   1917   yil   3   dekabrda   Brset-Litovsk
shahrida   Germaniya   va   uning   ittifoqchilari   bilan   muzokaralar   boshlashga
majbur bo’ldi.
Sovet   Rossiyasi   1918   yll   3   martida   Germaniya,   Avstriya-Vengriya,
Bolgariya   va   Turkiya   bilan   sulh   shartnomasi   imzoladi.   Sulh,   shartnomasiga
Sovet xukumati topshirig’i bilan tashqi ishlar xalq komissari G.V. Chicherin
imzo   chekdi.   By   shartnomaga   binoan   Sovet   respublikasida   sobiq   Rossiya
imperiyasi   tarkibidagi   Finlyandiya,   Litva,   Latviya,   Estoniya   va   Polsha
Germaniyaga   o’tdi,   Ukraina   Germaniyaga   qaram   davlatga   aylandi;   Sovet
davlatiga Germaniya foydasiga 6 millard oltin marka miqdorida kontribusiya
to’lash   hamda   armiya   va   flotni   demobilizasiya   qilish   majburiyash   yuklandi.
Batumi, Kars va Ardagan Turkiyaga topshirildi.
Brest-Litovskdagi   shartnoma   Antanta   mavqyeyini   anchagina
kuchsizlantirdi.   Germaniya   bundan   foydalanib   hal   qiluvchi   zarba   berishga
ahd qildi.
Germaniya   qo’mondonligi   jangni   g’olibona   ta’sirchan   zarba   bilan
yakunlashga   qaror   qiladi.   1918   yil   aprel   oyida   nemis   qo’shnilari   Antanta
mavqyelariga   kuchli   xujum   boshladi.   Dastlab   ular   muvafaqqiyatli   hamla
qilib,   Antanta   ko’shinlari   mudofaasini   yorib   o’tdilar   va   Marna   daryosi
sohillariga   chiqdilar.   Uzoqqa   otadigan   to’plar   bilai   Parijni   o’qqa   tutdilar.
Ammo muvafaqqiyatni mustaxkamlash uchun Germaniya yetarli zahira topa
olmadi.   Mamlakat   holdan   toygan,   armiyaning   harbiy   ruhi   cho’kkan,   xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AKShdan to’xtovsiz yordam
olib   turardi.   AQSh   «shartnomaga   qo’shilgan   mamlakat»   sifatida   1917   yil
aprelda   urushga   kirgan   edi.   Germaniya   endi   hujum   qilishdan   ojiz   ekanligi
ma’lum   bo’lib   qolgach,   Antanta   mamlakatlari   barcha   frontlarda   yalpi
hujumga o’tdilar va nemis qo’shinlarining bosib olingan Fransiya va Belgiya
hududlaridan siqib chiqara boshladilar.
Brest   sulhining   imzolanishi   Sovet   hokimiyatning   mustahkamlashda
muhim   rol   o’ynadi.   Biroq,   Sovet   Rossiyasi   tomonidan   qo’lga   kiritilgan
nafastni   rostlab   olish   davri   uzoq   davom   etmadi.   1918   yil   mart   oyidayoq
Antanta davlatlari Sovet Rossiyasiga qarshi harbiy intervensiya boshladilar.
Lekii   Antanta   davlatlarining   muayyan   bir   antisovet   maqsadni
ko’zlaganiga   qaramay,   kapitalistik   lagerdagi   ichki   ziddiyatlar   tufayli   ular
o’zlarining   barcha   kuchlarini   birdaniga   Sovet   Rossiyasiga   qarshi   yubora
olmadilar.   Shunday   bo’lsa-da,   1918   yil   martida   Angliya,   so’ngra   Amerika
qo’shinlari Murmansk va Arxangelska tushirilib, bu shaxarlar ishg’ol qilindi.
1918   aprelida   Vladivostokka   Yaponiya,so’ngra   Amerika   qo’shinlari
tushirildi. Ular Vladivostok, Primorye va Shimoliy Saxalinni bosib oldilar.
1918 yil mayida O’rta Volga va Sibirda chexoslovak korpusi Amerika,
Angliya,   Fransiya   davlatlari   tomomidai   uyushtirilgan   isyon   ko’tarildi.   1918
yil   avgustida   inglizlar   O’rta   Osiyoning   bir   qismini   (Zakaspiy   viloyatini)   va
Bokuni bosib oldilar, amerikaliklar Sibirga bostirib kirdilar.
1918   yil   yozida   german   qo’shinlari   Brest   sulh   shartnomasini   buzib,
Ukrainani, Belorussiyani, Don-Kuban tumanlarini, Gruziyani, Boltiq bo’yini,
Qrimni   ishg’ol   qildilar.   1918   yil   noyabrida   sovet   elchilari   Germaniyadan
chiqarib   yuborildi.   Interventlar   ichki   aksilinqilobchilarni   qo’llab-
quvvatladilar   va   rag’batlantirdilar.   1918   yil   kuzida   Antanta   qo’shinlarining
umumiy hujumi natijasida tinkasi qurigan nemis armiyasi ko’p talafot ko’rib
chekindi.   Germaniyaning   ittifoqchilari   esa   tor-mor   qilindi.   1918   yil   29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Avstriya-Vengriya Antanta oldida taslim
bo’ldi.   Mag’lubiyat   va   boshlangan   inqiloblar   natijasida   Avstriya-Vengriya
Gabsburglar   imperiyasi   yemirildi   va   parchalandi.   Germaniya   yolg’iz   qoldi
hamda   jiddiy   iqtisodiy   va   siyosiy   qiyinchiliklarga   duchor   bo’ldi.   Inqilobiy
vaziyat   yetilmoqda   edi.   Germaniya   hukumati   1918   yil   5   oktyabrda   AQSh
prezidenti Vilsonga murojaat qilib, yarash bitimi tuzishni so’radi. 1918 yil 9
noyabrda   Germaniyada   burjua-demokratik   inqilob   boshlanib,   monarxiya
rejimi tugatildi. Respublika e’lon qilindi.
1918   yil   11   noyabrda   Fransiyaning   shimoli-sharqidagi   Kompyen
o’rmonida Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni marshal Foshning vagonida
Germaniyaning   Ersberger   boshchiligidagi   delegasiyasi   Antanta
qo’mondonligi   taklif   etgan   taslim   bo’lish   aktiga   yo’l   qo’ydi.   Bu   aktda
Germaniyaga   o’z   qo’shinlarini   Fransiya,   Belgiya,   Lyuksemburg,   Elzas-
Lotgaringiyadan   va   Reynning   chap   qirg’og’idan   tezda,   ammo   Avstriya   va
Vengriyadan,   Ruminiya   va   Turkiyadan,   Rossiyaning   ishg’ol   qilingan
joylaridan   Antanta   ko’rsatgan   muddatda   olib   chiqib   ketish   majburiyati
yuklandi.   Germaniya   g’olib   davlatlarga   juda   ko’p   miqdorda   yarog’-aslaha,
samolyot,   harbiy   kemalar,   transport,   chorva   mollari   va   boshqalarni
topshiradigan bo’ldi.
Birinchi   jahon   urushida   g’olib   chiqqan   AQSh,   Angliya,   Fransiya,
Italiya,   Yaponiya   va   boshqa   davlatlarning   taslim   bo’lgan   Germaniya,
Avstriya,   Vengriya,   Turkiya   va   Bolgariya   bilan   sulh   shartnomalarini   ishlab
chiqish   uchun   1919   yil   18   yanvarda   Parijda   sulh   konferensiyasi   ochildi.   Bu
konferensiya   1920   ysl   21   yanvargacha   davom   etdi.   Konferensiyada   Antanta
tomonida   turib   urushda   qatnashgan   27   davlat   vakillari   ishtirok   etdi.
Germaniya   va   mag’lubiyatga   uchragan   boshqa   davlatlar   faqat
konferensiyaning   so’nggi   bosqichida,   tayyorlangan   sulh   shartnomasini
toppshrish vaqtida qatnashtirildi. Konferensiyada kichik davlatlarning fikrlari e’tiborga olinmadi. Konferensiyada AQSh (prezident Vilson), Angliya (bosh
ministr   Lloyd   Jorj),   Fransiya   (Klemanso,   konferensiya   raisi)   va   Italiya
(Orlando asosiy rol o’ynadilar. Ulardan tashkil topgan «To’rtlar soveti» eng
asosiy   organ   bo’lib,   bir   qancha   yashirin   kengashlar   o’tkazdi   hamda   ular
xalqlar va davlatlarning taqdiri yuzasidan surbetlarcha savdolashdilar. Asosiy
davlatlarning   tutgan   mavkelari   bir-biriga   zid,   ko’pincha   tamomila   qarama-
qarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi avval boshdan maxfiy shartnomalar,
yashirin   bitimlar   asosiga   qurilgan   bo’lib,   yangi   vaziyatda   bu   kelishuvlarni
amalga oshirib bo’lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko’ra, Rossiya Istambulni
olishi   va   Dardanell   bo’g’ozi   ustidan   nazorat   o’rnatishi,   buning   evaziga
Fransiyaning Elzas-Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning
Misr   ustidan   nazoratini   e’tirof   etishi   zarur   edi.   Ruminiyaga   Transilvaniyani
berish   va’da   qilingan,   ammo   bu   Vengriya   manfaatlariga   mos   kelmasdi.
Angliya   arab   xalqlariga   Usmonli   imperiyasidan   chiqish   va   arab   davlatlari
tuzinshi   taklif   etdi.   Ayni   paytda   bu   taklif   Angliya   va   Fransiyaning   Yaqin
Sharqni bo’lib olish haqidagi kelishuvlariga zid edi.
G’olib   mamlakatlarning   manfaatlari   ham   bir-biriga   tamomila   zid   edi.
Fransiya Germaniyadan o’zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni
batamom   kuchsizlantiradigan   va   Yevropada   Fransiyaning   ustunligini
ta’minlaydigan   tinchlik   o’rnatilishini   istar   edi.   Italiya   Adriatika   dengizi
sohillari   va   orollarni   qo’lga   kiritishdan   umidvor   edi.   Angliya   o’zining
imperiyasi   hududlarini   kengaytirishni   o’ylardi.   Yaponiya   Osiyoda   ustun
mavqyega   erishishni   orzu   qilardi.   AQSh   dengizlarda   suzish   erkinligini
ta’minlashni   talab   etar,   shu   yo’l   bilan   o’zining   okean   floti   ustunligidan
foydalanishni mo’ljallardi.
Konferensiya   qatnashchilarining   doimo   diqqat   markazida   turgan
muammo «rus masalasi» edi. Bolshevizm g’oyalarining yoyilishi qarshisidagi
qo’rquv Versal konferensiyasining qarorlariga ham o’z muhrini bosdi. G’arb mamlakatlari rahbarlari konferensiya boshlangan kundanoq Rossiyaga qarshi
intervensiyani   tashkil   qilish   bilan   shug’ullandilar.   Ular   Rossiyadagi
bolsheviklar   hukumatini   yuqotiga   o’z   mamlakatlaridagi   inqilobiy   harakatni
va   sharqdagi   milliy-ozodlik   xarakatini   bostirishda   muxim   ahamiyatga   ega
bo’ladi, deb hisoblardilar.
Parij   sulh   konferensiyasi   Germaniya   va   uning   sheriklarining
mag’lubiyatini,   Avstriya-Vengriya   va   Turkiya   imperiyasining
parchalanishini,   Yevropa   va   Yaqin   Sharqda   yangi   davlatlar   tashkil
topganligini, mustamlakalarning Antanta foydasiga sayta taqsimlanishini aks
zttirgan xujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi.
Bu   xujjatlarni   ishlab   chiqishda   va   o’ljani   taqsimlash   masalasida
konferensiya   qatnashchilari   o’rtasida   jiddiy   kurash   hamda   talash-tortishlar
bo’lib   o’tdi.   G’olib   yirik   davlatlarning   har   biri   ikkinchisi   hisobiga   o’z
pozisiyasini   kuchaytirib   olishga   intildi.   Fransiya   reparasiyaning   yarmidan
ko’pini o’ziga berilishini talab qildi, boshqalar bunga qarshi chiqdilar.
Fransiya davlati Germaniyani zaiflashtirish va bo’lib yuborish uchun,
Bavariyani   Germaniya   tarkibidan   chiqarish   hamda   Reynning   so’l
qirg’og’idagi   yerlarda  Reyn   respublikasini  tuzish  uchun  kurashdi  va  uni   o’z
protektoratiga   olish   niyatida   bo’ldi.   Lekin   Angliya   va   AQSh   bunga   yo’l
qo’ymadi.   Ular   Fransiyaga,   ayniqsa   Sovet   Rossiyasiga   qarshi   tura   oladigan
kuchli   Germaniyaning   bo’lishini   istar   edilar.   Fransiya   Sovet   Rossiyasiga   va
Germaniyaga qarshi o’z itgifoqchisi Polshaning hududini ancha kengaytirish
tarafdori   bo’ldi.   Angliya   bilan   AQSh   esa,   Germaniyani   juda   ham
zaiflashtirmaslik maqsadida Polshani ancha kengaytirishga qarshi chiqdi.
Yirik   davlatlar  o’zaro   ba’zi   yon  berishlar  asosida  bitimga  kela   oldilar.
Angliya va Fransiya Yaponiyaiing va urushda Antanta tomonidan qatnashgan
boshqa davlatlarning qo’llab-quvvatlashi bilan AQSh ning jahonda hukmron
bo’lib olish rejalariga yo’l qo’ymadilar. Shu bilan birga, ular o’zlarining zaif sheriklarining   manfaatlariga   e’tibor   bermadilar.   Tuzib   chiqilgan   sulh
shartnomalarining   hammasi   Parij   yonidagi   shaharlarda,   saroy   va   qasrlarda
imzolandi.
1919 yil 28 iyuvda Germaniya bilan Versal sulh shartnomasi, 1919 yil
10   sentyabrda   Avstriya   bilan   Sen-Jermen,   1919   yil   27   noyabrda   Bolgariya
bilan Neyi, 1920 yil 4 iyulda Vengriya bilan Trianon, 1920 yil 10 avgustda,
Turkiya bilan Sevr sulh shartnomalari tuzildi. Bu shartnomalarning hammasi
«Versal sistemasi» deb ataldi.
Versal   sulh   shartnomasiga   muvofiq,   Germaniya   va   uning   ittifoqchilari
urushning aybdorlari, deb hisoblandi. Germaniyaning hamma mustamlakalari
tortib   olinib,   Angliya,   Fransiya,   Belgiya   va   Yaponiya   o’rtasida   taqsimlandi,
Fransiya   va   Angliya   Afrikadagi   Togo   va   Kamerunni   taqsimlab   oldilar»
Germaniya   janubi-g’arbiy   Afrikasi   Janubiy   Afrika   Ittifoqiga,   Germaniya
sharqiy Afrikasi Angliyaga, Yangi Gvineyaning Germaniyaga qarashli qismi
Avstraliya   ittifoqiga   berildi.   Germaniyaning   Tinch   okeandagi   Karolina,
Mariana va Marshall orollari hamda Germaniyaning Shandun yarim orolidagi
(Xitoy)   ijaraga   olgan   territoriyasi   va   imtiyozlari   Yaponiyaga   o’tdi.
Germaniya Yevropada ham anchagina territoriyadan mahrum bo’ldi.
Fransiya   ilgari   qo’ldan   ketgan   Elzas   va   Lotaringiyani   qaytarib   oldi;   u
15 yil davomida Saar oblasti ko’miriga egalik qiladigan bo’ldi; bu davrda shu
oblast   Millatlar   itgifoqi   tomonidan   idora   qilinadigan   bo’ldi.   Reyn   viloyati
zonasi esa demilitarizasiya silindi.
Eypen   va   Malmedi   okruglari   hamda   Morene   hududi   Belgiyaga,
Shimoliy Shlezvig plebissit natiyasasida Daniyaga o’tdi. Ilgari bosib olingan
Polsha yerlarining juda oz qismi, ya’ni Poznanning sharqiy qismi, g’arbiy va
Sharqiy   Prussiyaning   bir   qismi   (Polsha   koridori),   Yuqori   Sileziyaning   bir
qismi   yangi   tashkil   topgan   Polshaga   qaytarildi.   Germaniyani   Gdansk
(Dansig)dan   voz   kechishga   majbur   qilindi.   Gdansk   Millatlar   ittifoqi huzuridagi,   «Erkin   shahar»ga   aylantirildi.   Klaypeda   (Memel)   ham
Germaniyadan ajratib olinib, keyinchalik Litvaga topshirildi.
Lekin   Germaniya-Polsha   chegarasi   Polsha   zarariga   hal   qilindi.
Polshaning 100 000 kv.km. yeri va ancha polyak aholisi Germaniya tarkibida
qoldi. Polsha Boltiq dengizi bilan Polsha koridori orqali tutashdi, xolos.
Germaniya   Polsha,   Chexoslovakiya,   Avstriya   va   Finlyandiyaning
mustaqilligini   tanidi.   Elba,   Oder,   Neman   va   Dunay   (Germaniya   doirasida)
xalqaro suv yo’li, deb e’lon qilindi. Bu yo’llarni nazorat qilish uchun xalqaro
komissiyalar tuziladigan bo’ldi.
Germaniya   harbiy   tomondan   cheklab   qo’yildi:   Germaniyada   umumiy
harbiy   majburiyat   bekor   qilindi.;   german   armiyasining   sonini   100   ming
kishidan   oshirmaslik   shart   qilib   qo’yildi.   Germaniyaning   harbiy   dengiz   floti
ham   qisqartirildi.   Unda   og’ir   artilleriya   va   harbiy   aviasiya   bo’lishiga   ruxsat
qilinmadi. Armiya bosh shtabi tugatildi. Biroq Reyxsver ministrligi doirasida
umum qo’shinlar boshqarmasi tuzilishiga ruxsat berildi.
Germaniya   o’zining   urush   aybdori   ekanligini   tan   oldi   va   g’olib
davlatlar   foydasiga   reparasiya   to’lab   turish   majburiyatini   oldi.   Reparasiya
to’lovlari   miqdorini   maxsus   komissiya   1921   yil   1   maygacha   aniqlaydigan
bo’ldi.   Shunga   qadar   Germaniyaning   reparasiya   to’lovlari   hisobidan   g’olib
davlatlarga   20   milliard   marka   miqdorida   oltin   va   turli   mollar   to’lash
majburiyati   yuklandi.   Germaniya   majburiyat   yuzasidan   g’olib   davlatlarga
deyarli butun savdo flotini, 8 ming paravoz, 230 ming vagon, 40 ming ot, 140
ming bosh qoramol va hokazolarni topshirdi.
Yuklatilgan   majburiyatlarning   Germaniya   tomonidan   bajarilishini
ta’minlash   uchun   Reynning   so’l   qirg’og’i   (Reyn   zonasi)   1935   yilgacha
Antanta qo’shinlari tomonidan ishg’ol qilib turiladigan bo’ldi. Bu qo’shinlar
uchun bo’ladigan xarajatlar Germaniya zimmasiga yuklandi. Bu   ochiqcha   talonchilikni   oqlash   uchun   ittifoqchilar   Versal
shartnomasiga 231-bandni qo’shdilar Unda shunday deyilgandi: «Ittifoqchilar
va   ularga   qo’shilgan   davlatlar   shuni   ta’kidlaydilarki,   Germaniya   va   uning
ittifoqchilari   tajovuzi   tufayli   ro’y   bergan   urushda   ittifoqchilar   va   ularga
qo’shilgan   davlatlar   fuqarolariga   yetkazilgan   talafot   va   zarar   uchun   butun
mas’uliyatni   Germaniya   o’z   zimmasiga   oladi».   Nemislar   o’z   hududlarining
10 foizini yo’qotdilar, bu hududda millionlab odam yashar, ularning bir necha
yuz   mingi   uy-joysiz   qolgan,   o’nlab   shaharlar   vayron   qilingan,   millionlab
odamlar nogiron bo’lib qolgan edi. Bunday vaziyatda ulkan miqdorda tovon
to’lash aqlga sig’masdi.
Ammo   Germaniyaning   boshqa   chorasi   yo’q   edi.   U   ikki   mushkul
imkoniyatdan birini tanlashi: qo’yilgan shartlar asosida tinchlikka erishishga
yoki   urushga   kirib,   shaksiz   mag’lubiyat   va   inqilobiy   tartibsizlik   alamini
totishi lozim edi.
Sen-Jermen   sulh   shartnomasiga   muvofiq,   Avstriya   o’zining   deyarli
hamma  janubiy slavyan  territoriyalaridan voz kechdi: Yuliy  Krayna, Triyest
bilan birga Istriya, Karintiyaning bir qismi, Trentino oblasti va Janubiy Tirol
Italiyaga   berildi.   Avstriya,   Yugoslaviya   va   Chexoslovakiyaning’
mustaqilligini   tanidi,   Chexoslovakiya   tarkibiga   kirgan   Bogemiya   va
Moraviyadan   voz   kechdi.   Galisiya   Polshaga,   Bukovina   Ruminiyaga
qaytarildi.   Sulh   shartnomasi   Avstriyaning   mustaqil   davlat   bo’lib   yashash
xalqaro huquqiga asos soldi; Avstriyani Germaniyaga qo’shish (anshlyuya)ni
taqiqladi.   Lekin   bu   shartnoma   bir   qancha   xalqlarning   huquqlarini   poymol
qildi.
Avstriyada xam umumiy  harbiy majburiyat  bekor  qilindi. Lekin  uning
30 ming kishidan iborat yollanma qo’shin saqlashiga ruxsat berildi. Avstriya
reparasiya to’laydigan bo’ldi. Avstriya reparasiya hisobiga g’olib davlatlarga
o’zining butun savdo va baliq ovlash flotini topshirish majburiyatini oldi. Sen-Jermen sulhida janubiy slavyan xalqlari yashaydigan hududlarning
bir   qismini   Italiyaga,   ukrainlar   yashaydigan   Bukovinani   Ruminiyaga
topshirish ko’rsatildi.
Trianon   sulh   shartnomasiga   muvofiq,   Vengriya   hududining   deyarli
70%i dan ajraldi. Transilvaniya va Banat Ruminiyaga, Zakarpat Ukrainasi va
Slovakiya   Chexiyaga,   Xorvatiya   va   Sloveniya   Yugoslaviyaga,   Burgenland
Avsgriyaga berildi.
Vengriya   Chexoslovashsh   va   Yugoslaviya   mustaqilligini   tanidi.
Vengriyada   umumiy   harbiy   majburiyat   bekor   qilindi.   Vengr   armiyasining
soni   35   ming   kishidan   iborat   qilib   belgilandi.   Vengriya   ham   reparasiya
hisobiga toshko’mir, parovoz, vagon va shu kabilarni beradigan bo’ldi.
Neyn   sulh   shartnomasiga   muvofiq,   G’arbiy   Frakiya   Gresiyaga   berildi.
Bolgariya   Egey   dengiziga   chiqish   yo’llaridan   mahrum   qilindi.   Bolgariyadan
1913 yilda tortib olingan Janubiy Dobrudja Ruminiyada qolaberdi. Bir necha
shaharlar   (Saribrod,   Bossilegrad   va   boshqalar)   Yugoslaviyaga   o’tkazildi.
Bolgariya floti g’olib davlatlarga berildi. Bolgariyaga faqat 20 ming kishidan
iborat armiya saqlashga ruxsat berildi. Bolgariya ham reparasiya (2,2 milliard
oltin   frank)   to’laydigan   bo’ldi.   Bundan   tashqari   Bolgariya   minglab   parovoz
va   vagonlar,   topsho’mir,   chorva   mollari   va   hokazolarni   topshirish
majburiyatini oldi.
Sevr   sulh   shartnomasiga   muvofiq,   Turkiya   o’ziga   qarashli   hududining
75%idan   mahrum   bo’ldi.   Turkiya   hududi   Kichik   Osiyo,   Konstantinopol   va
uning   atrofi   bilan   cheklab   qo’yildi.   Turkiyaga   qarashli   Falastin   va   Iroq
(Mesopotamiya)   Angliya   nazoratiga,   Suriya   va   Livan   Fransiya   nazoratiga
topshirildi.   Turkiya   Arabiston   yarim   orolidagi   yerlaridan   voz   kechdi   va   u
yerda tashkil topgan Hijoz korolligini tanidi; Misrdagi huquqlaridan Angliya
foydasiga   voz   kechdi.   Turkiya   Armanistonning   mustaqilligini   tan   olib,   o’z
tarkibidagi   arman   yerlaridan   Armaniston   foydasiga   voz   kechdi.   Kurdiston Turkiyadan ajralib chiqdi. Izmir (Smirna), Adrianopol bilan Sharqiy Frakiya,
Dardanellning   Yevropa   qirg’og’i   va   Gallipoliysk   yarim   oroli   Gresiyaga
topshirildi.   Bo’g’ozlar   zonasini   boshqarish   maxsus   xalqaro   komissiyaga
yuklanadigan   bo’ldi.   Turkiya   armiyasining   miqdori   50   ming   kishilik   qilib
cheklandi.   Turkiya   harbiy-dengiz   flotining   deyarli   hammasi   ittifoqchilarga
toshpiriladigan   bo’ldi.   Lekin   Turkiyada   ko’garilgan   antiimperialistik,   milliy
ozodlik   kurashi   natijasida   1922-1923   yillarda   sulton   monarxiya   rejimi
ag’darildi va Sevr sulh shartnomasi bekor bo’ldi.
Birinchi   jahon   urupsh   tugaganidan   keyin   Yevropada   xalqaro
kuchlarning   yangi   muvozanatini   qayd   etgan   Versal   shartnomalar   tartibi   shu
tariqa   shakllandi.   Bu   tartibning   ichida   chuqur   ziddiyatlar   mavjud   bo’lib,
keyinchalik   ular   jahon   iqtisodiy   inqirozlarida,   g’olib   va   mag’lub   davlatlar
o’rtasidagi nizolarda namoyon bo’ldi.
1919   yili   Parij   konferensiyasida,   Germaniya   bilan   Versal   sulh
shartnomasi   tuzilgan   vaqtda   Millatlar   itgafoqi   tashkil   topdi.   Bu   xalqaro
tashkilot birinchi va ikkinchi jaxrn urushlari o’rtasida ish olib bordi.
Birinchi   jahon   urushi   yillaridayoq   bir   qator   mamlakatlarning   burjua
doiralari   Millatlar   ittifoqini   tuzish   g’oyasini   ilgari   surgan   edilar.   AQSh
prezidenti   Vilson   1919   yil   yanvar   oyida   boshqa   mamlakatlarda   Millatlar
ittifoqi   to’g’risida   tuzilgan   loyihalarni   hisobga   olib,   shu   masaladagi   o’z
loyihasini   qaytadan   ishlab   chiqdi.   Parij   konferensiyasi   ochilgan   vaqtda
Millatlar ittifoqi nizomini ishlab chiqish uchun Vilson boshchiligida maxsus
komissiya   tuzildi.   Nizomni   ishlab   chiqishda   katta   munozaralar   yuz   berdi.
Fransiya   Millatlar   ittifoqi   huzurida   xalqaro   armiya   va   doimiy   bosh   shtab
tuzishni   taklif   qildi,   bu   esa   Fransiyaning   Yevropada   o’z   gegemonligini
o’rnatish plani bilan bog’liq edi. Fransiya taklifi Angliya va AQSh tomonidan
rad etildi. AQSh Millatlar ittifoqini o’zining jahon hukmronligi uchun kurash quroliga,   o’zining   «jahon   monopol   fermasi»ga   aylantirish   uchun   kurashdi.
Angliya va Fransiya esa bunga yo’l qo’ymadilar.
  1919   yil   14   fevralda   Millatlar   ittifoqining   nizomi   Parij   sulh
konferensiyasining yalpi majlisida qabul qilindi hamda Versal va boshqa sulh
shartnomalari tekstiga kiritildi. Bu ittifoqqa AQShdan tashqari 43 davlat a’zo
bo’lib   kirdi.   Dastlab   AQSh   ham   bu   tashkilotning   «a’zosi»   bo’lib   hisoblanar
edi.   Ammo   konferensiyada   kuchlar   nisbati   Angliya   va   Fransiya   foydasiga
o’zgarganligi va Versal sistemasida ular ustun bo’lib qolganligi sababli AQSh
kongressi   Versal   shartnomasini   va   uning   tarkibiy   qismi   bo’lgan   nizomni
tasdiqlamadi, 1920 yilda qo’shma Shtatlar bu ittifoqqa kirishdan bosh tortdi.
Millatlar   ittifoqi   o’z   ishini   Assambleya,   beshta   doimiy   va   to’rtga
doimin   bo’lmagan   a’zolardan   iborat   Sovet   orqali   va   Bosh   sekretar
boshchilshidagi   doimiy   sekretariat   orqali   olib   bordi.   Millatlar   ittifoqining
asosiy   organlari   Jenevada   bo’lib,   unga   Angliya   va   Fransiya   davlatlari
rahbarlik qildi.
Millatlar   ittifoqi   rasmiy   jihatdan   tinchlik   va   xalqaro   xavfsizlikni
ta’minlash   uchun   tuzildi.   Nizomda   qurollarni   qisqartirish,   mamlakatlari
hududlarining   butunligini   o’zaro   garantiyalash   va   shu   kabilar   ko’rsatildi
Nizomga muvofiq, agressor davlatga nisbatan iqtisodiy, moliyaviy va harbiy
choralar   ko’rish   ko’zda   tutildi.   Liga   biror   marta   xam   bu   jazo   choralarini
ko’llay   olmadi,   chunki   uning   ixtiyorida   harbiy   kuchlari   ham,   davlatlar
o’rtasida   obro’-etibori   xam   yo’q   edi.   Millatlar   Ligasi   Konvensiyasida   uning
a’zolari zimmasiga «barcha a’zolarning xududiy butunligini hurmat qilish va
asrash»   yuklatilgan   edi.   Ammo   keyingi   voqyealar   shuni   ko’rsatdiki,   hyech
kim   bu   shartlarni   chindai   ham   bajarishga   tayyor   emas   edi.   Germaniya   va
Rossiyaning   ligadan   chnqarilgailigi   mazkur   xalqaro   tashkilotning
samaradorligini   pasaytirdi,   uning   faoliyati   munozara   va   muzokaralar   bilan
cheklanib qoldi.  Angliya,   Fransiya   va   Yaponnya   davlatlari   Germaniya   va   Turkiyadan
tortib   olingan   mustamlakalarni   oshkora   suratda   o’zlariniki   qilib   olishga
botinolmadilar. Shu sababli ular, bu mustamlaka xalqlari o’z-o’zini mustaqil
idora   qila   olmaydi,   degan   bahonalar   bilan   Millatlar   ittifoqi   vasiyligini-
mandat   sistemasini   vujudga   keltirdilar.   Angliyaga   Falastin,   Iroq   kabi
mamlakatlarni,   Fransiyaga   Suriya,   Livan   va   boshqa   mamlakatlarni,
Yaponiyaga   Marian   va   boshqa   joylarni   boshqarish   mandati   berildi.   Mandat
sistemasi amalda mustamlakachilik tartibi va zulmining yangi formasi edi.
Versal   sistemasi   Yevropada   mustahkam   tinchlik   o’rnata   olmadi.   Bu
sistema   urushda   g’olib   chiqqan   mamlakatlar   bilan   mag’lub   mamlakatlar
o’rtasidagi   ziddiyatlarni   chuqurlashtirib   yubordi.   Germaniya
mustamlakalarining   ko’pchilik   qismi   Angliya   va   Fransiyaga   o’tdi.   Angliya
Yaqii   Sharqda,   Hindiston   va   Britaniya   dominioilariga   borish   yo’llarida
hukmron bo’lib oldi- Fransiya Yevropa kitasida, Yaponiya Uzos Sharq Tiich
okeanda   ustunlikka   ega   bo’ldi.   Ulug’   davlatlardan   Germaniya   vaktincha
orqaga surib qo’yildi. Avstriya-Vengriya va Turkiya ulug’ davlatlar qatoridan
chiqib qoldi.
Buning   uyegiga   dunyo   ikki   sistemaga   bo’linib   ketdi.   Germaniya   va
boshqa   mamlakatlar   Versal   sulh   sistemasidan   qutulishga,   qurolli   kuchlarni
tiklash va hududlarni qaytarib olishga zo’r berib urindilar.
G’olib   mamlakatlar   o’rtasida   ham   ziddiyatlar   kuchaydi.   Italiya   Versal
sistemasidan   norozi   edi,   chunki   uning   hudud   haqidagi   talablari   to’la
qondirilmagan   edi.   Angliya   va   AQSh   Fransiyaning   Yevropadagi   ustunlik
roliga   qarshi   edilar.   Fransiya   Angliyaning   Yaqin   Sharqda   hukmron   bo’lib
qolishiga rozi bo’lmadi. Yevropada, Yaqin   Sharqda va Afrikada hukmronlik
pozisiyasini   egallash   uchun   Angliya   bilan   Fransiya   o’rtasida,   Fransiya   bilan
Italiya o’rtasida, Angliya bilan Italiya o’rtasida ziddiyatlar keskinlasha bordi.
Fransiya   Angliyaning   Turkiyadagi   antiimperialistik   kurash   bilan   bog’liq bo’lgan qiyinchiliklaridan foydalanib, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropada
o’z   pozisiyasini   mustahkamladi.   Fransiya   Turkiyaning   Sevr   sulh
shartnomasini qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi talablarini qo’llab-quvvatladi.
1920-1921 yillarda Fransiyaning yordami bilan va uning ta’siri ostida Kichik
Antanta   (Chexoslovakiya-Ruminiya-Yugoslaviya   siyosiy   va   harbiy   ittifoqi)
tuzildi. Fransiya Polsha bilan siyosiy-iqtisodiy aloqa   o’rnatdi.
AQSh   boshqa   imperialistik   davlatlarning   pozisiyalari   kuchayib
ketganidan   mutlaqo   norozi   edi.   Versal   sistemasi,   shu   jumladan   Millatlar
ittifoqining nizomi AQShga hyech qanday real ustunlik va imtiyoz bermadi.
Shuning   uchun   ham   AQSh   kongressining   senati   Versal   shartnomasini,   shu
jumladan Millatlar ittifoqi ustavini ratifikasiya qilmadi. Biroq AQSh Yevropa
va jahon siyosatiga aralashishni davom ettirdi.
AQSh 1921 yil avgusgida Germaniya bilan separat shartnoma imzoladi
va   Germaniya   iqtisodiyotiga   faol   suqilib   kira   bordi.   AQSh   hukumati   nemis
monopoliyalarini qo’llab-quvvatladi.
1920-1921   yillarda   ro’y   bergan   iqtisodiy   inqiroz   zaminida
imperializmning barcha ziddiyatlari yanada keskinlashdi.
O’zaro   ziddiyatlar   orasida   ayniqsa   AQSh   bilan   Angliya   o’rtasidagi,
shuningdek   AQSh   bilan   Yaponiya   o’rtasidagi   ziddiyatlar   eng   asosiy
ziddiyatlar   bo’lib   qoldi.   Angliya   va   Yaponiya   jahonda   hukmronlik   qilish
uchun  kurashda  AQShning   eng  xavfli  raqibi  bo’lib  chiqdilar.  Uzoq  Sharqda
AQSh   bilan   Yaponiya   o’rtasida   jiddiy   nizo   vujudga   keldi.   Yaponiyaning
Tinch   okeanda,   aynikea   Xitxzy   (Shandunda)   o’z   pozisiyasini   kuchaytirib
olganligi Amerikaning agressiv muddaolariga zid edi.
Germaniyadan   olinadigan   reparasiya   masalasi   ham   g’olib   davlatlar
o’rtasida, ayniqsa Fransiya bilan Angliya o’rtasida nizolarni keskinlashtirgan
sabablardan biri edi. Fransiya reparasiyaning ko’p qismini talab qildi. Reparasiya masalasida 1920-1921 yillarda bir necha marta konferensiya
bo’lib   o’tdi.   1920   yil   iyunida   Bulonda   chaqirilgan   konferensiya   reparasiya
summasini   269   milliard   oltin   marka   qilib   belgiladi.   Konferensiya
reparasiyaning   52%i   ni   Fransiyaga,   22%i   ni   Angliya,   10%i   ni   Italiyaga   va
qolgan   qismini   boshqa   davlatlarga   ma’lum   foiz   miqdorida   taqsimladi.   1921
yil   yanvaridagi   Parij   konferensiyasida   esa   reparasiya   summasi   226   milliard
oltin marka miqdorida qilib va to’lash muddati 42 yil qilib belgilandi.
Germaniyaning   reparasiya   to’lovlari   miqdori   1921   yil   aprel-may
oylaridagi London konferensiyasida 132 milliard oltin marka miqdorida qilib
belgilandi.   Antanta   Germaniyaga   dastlabki   mo’ljallarga   nisbatan   ancha
kamaytirilgan reparasiya shartlarini majburan qabul qildirdi va o’sha yilning
may   oyidayoq   reparasiya   hisobiga   1   milliard   oltin   marka   undirib   oldi.
Germaniya   1919-1922   yillar   mobaynida   hammasi   bo’lib   8   milliard   oltin
marka   to’ladi.   1922   yil   yanvarida   Germaniyaning   iltimosi   bilan   reparasiya
to’lash  muddati  bir  yilga  kechiktirildi.  1923  yil  yanvarida  Germaniya  to’lov
muddatining   yana   kechiktirilishini   so’radi.   Fransiya   bunga   unamadi.   Shu
asosda yangi nizolar boshlandi.
Urush   qarzlari   muammosi   urushdan   keyinga   yillardagi   chigal   va
murakkab   masalalardan   biri   bo’ldi.   Bu   masala   ham   bir   qancha   xalqaro
kengash va konferensiyalarda muhokama qilindi.
AQSh   ittifoqchilarining   AQShdan   qarzi   11   milliard   dollarni   tashkil
qilar  edi.  AQSh   hukumati  o’z  ittifsjchilariga   ta’sir  ko’rsatish  uchun  ana  shu
qarzlarni o’ziga katta dastak qilishga urindi. Shu maqsadda AQSh kongressi
1922   yil   fevralida   bu   qarzlarni   tegishli   foiz   bilan   ittifoqchilardan   so’zsiz
undirib   olish   to’g’risida   maxsus   qonun   qabul   qildi.   Bu   qonunni   amalga
oshirish yuzasidan alohida komissiya tuzildi. AQSh qarzlarni qistash yo’liga
o’tdi.   Ittifoqchilarning   qarzlarni   bekor   qilish   yoki   to’lash   muddatini
kechiktirish   umidlari   chippakka   chiqdi.   Keyinchalik   AQSh   ayrim   ittifoqchi davlatlar bilan (masalan, 1923 yil fevralida Angliya bilan) qarzlar masalasida
bitimlar imzoladi, Angliya qarzlari 30% kamaytirilib, to’lash muddati 62 yil
qilib belgilandi.
AQSh   davlati   Tinch   okean   va   Uzoq   Sharqda   o’z   pozisiyalarini
mustahkamlashga,   Angliya   va   Yaponiyaning   harbiy-dengiz   flotidagi
vaqtincha   ustunligini   yo’qotish   va   zo’r   berib   qurollanish   uchun   vaqtdan
yutish   maqsadida   dengiz   qurollarini   «cheklash»ga,   Parij   sulh
konferensiyasining   Uzoq   Sharvda   doir   qarorlarini   qayta   ko’rib   chiqishga,
Parij konferensiyasidagi mag’lubiyat uchun qasos olishga kirishdi.
1921   yil   martida   hokimiyat   tepasiga   kelgan   prezident   Garding
boshchiligidagi   respublikachilar   hukumati   Parij   konferensiyasining   Uzoq
Sharqqa  doir  qarorlarini  qayta  ko’rib  chiqipshi  o’zining  asosiy  vazifalaridan
biri qilib qo’ydi.
AQSh   Angliyaning   dengizdagi   hukmronligini   yo’qotishga,   Angliya-
Yaponiya   ittifoqini   tugatishga,   Yaponiyaning   Xitoyda   kuchaygan
pozisiyasiga   putur   yetkazishga   hamda   Xitoyda   «ochiq   eshiklar   va   teng
imkoniyatlar»   prinsipiga   rioya   qilish   bahonasi   bilan   Xitoyning   AQSh
tomonidan asoratga solinishi uchun sharoit yaratishga zo’r berib intildi.
AQSh   o’zining   iqtisodiy   va   moliyaviy   quvvatiga   tayanib,   o’zidan
boshqa   kapitalistik   davlatlarning   Uzoq   Sharq   rayonidagi   ziddiyatlaridan
foydalandi.   AQShning   tashabbusi   bilan   yangi   xalqaro   konferensiya   -
Vashington konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiya 1921 yil 12 noyabrdan
1922 yil 6 fevralgacha davom etdi. Konferensiyada 9 davlat: AQSh, Angliya,
Fransiya,   Italiya,   Belgiya,   Gollandiya,   Portugaliya,   Yaponiya   va   Xitoy
qatnashdi. Bu konferensiyada AQSh asosiy rol o’ynadi.
Konferensiyaning asosiy xujjatlaridan biri-AQSh, Angliya, Fransiya va
Yaponiyaning   1921   yil   13   dekabrda   qabul   qilgan   «To’rt   davlat
shartnomasi»dir.   Bu   shartnomada   mazkur   davlatlarning   Tinch   okeandagi orollarining   daxlsizligi   ko’rsatildi.   Ular   bu   orollarga   boshqa   bironta   davlat
xavf   solgan   taqdirda   o’zaro   maslahatlashish   to’g’risida   kelishib   oldilar.   Bu
shartnomada   1902   yilda   tuzilgan   Angliya-Yaponiya   ittifoqi   tugatildi,   u   o’z
kuchini   yo’qotgan   deb   hisoblandi.   Natijada   AQSh   Angliyani   Yaponiyadan
ajratib, katta diplomatik yutuqqa erishdi.
Konferensiyaning   asosiy   yutuqlaridan   yana   biri-AQSh,   Angliya,
Yaponiya,   Fransiya   va   Italiyaning   1922   yil   6   fevralda   qabul   qilgan   «dengiz
qurollarini   cheklash   to’g’risida   shartnoma»degan   «Besh   davlat
shartnomasi»dir. Bu shartnomaga muvofiq, AQSh Angliya flotining o’z floti
bilan   teng   darajada   bo’lishiga,   Yaponiya   flotining   AQShnikidan   ortiq
bo’lmasligiga,   Angliya   bilan   Yaponiyaning   o’zlarining   Tinch   okeandagi
orollarida harbiy-dengiz bazalari qurmaslik majburiyatini olishiga erishdi.
Konferensiyaning   xujjatlaridan   yana   biri   1922   yil   6   fevralda   qabul
qilingan   Xitoyga   nisbatan   siyosat   to’g’risidagi   «To’qqiz   davlat
shartnomasi»dir.   Bu   shartnomaga   muvofiq,   mazkur   davlatlar   Xitoyning
suverenitetini,   mustaqilligi   va   territorial   daxlsizligini   tanish   «majburiyati»ni
oldilar.   Ular   Xitoyda   «teng   imkoniyatlar»   prinsipiga   rioya   qilib,   Xitoyda
alohida imtiyozlar va huquqlarga erishish uchun urinmaslik va ta’sir doiralari
vujudga keltirmaslik «majburiyati»ni oldilar. Yaponiya Shandundan, Angliya
Vey   Xayveydan   voz   kechdi.   Bu   shartnoma   Xitoyda   AQSh   hukmron
doiralarining   «ochiq   eshiklar»   va   «teng   imkoniyatlar»   deb   atalgan
doktrinasini   mustahkamladi.   Amerika   imperialistlarining   Xitoyga   suqilib
kirishlari uchun qo’shimcha imkoniyatlar vujudga keldi.
Vashington konferensiyasida qabul qilingan shartnomalar «Vashington
sistemasi»   deb   ataldi.   Vashington   sistemasi   Versal   sistemasining   davomi
bo’ldi. Versal-Vashinggon sistemasi mamlakatlar o’rtasida mustahkam tinchlik
munosabatlari   o’rnatmadi.   Tinch   okeanda   kuchlar   nisbatini   tenglashtirish
tartibi mutlaqo beqaror edi.
Kapitalistik   dunyoda   Sovet   Rossiyasiga   nisbatan   ikki   xil   tendensiya
vujudga kelgan edi: birinchi tendensiya Sovet Rossiyasi bilan iqtisodiy aloqa
o’rnatish tendensiyasi edi. Bu tendensiyadagi davlatlarning ko’pchiligi Sovet
rejimining   aynib   ketishiga   va   keyin   uni   taqsimlab   olishga   umid   bog’lar   edi.
Bu   tendensiya   vakillari   (Angliyada   Lloyd-Jorj,   Fransiyada   Errio,   AQShda
senatorlar   Bora,   Uiler   va   Gudrich)lar   edi.   Ikkinchi   tendensiya   qulay
imkoniyat   topib,   Sovet   Rossiyasiga   qarshi   yana   qurolli   intervensiya   qilish
tendensiyasi   edi.   Bu   tendensiya   vaqti-vaqti   bilan   oshkora   ko’rinib   turdi.
AQSh prezidenti Garding, davlat sekretari Yuz, Angliyada Cherchill, Kerzon,
Fransiyada   Klemanso,   Puankare,   Germaniyada   Lyudendorf   va   boshqalar   bu
tendensiyani   zo’r   berib   qo’llab-quvvatladilar.   Kapitalistik   dunyoda   birinchi
tendensiya ikkinchi tendensiyaga nisbatan ustun chiqdi.
1921  yil  martida   Sovet   Rossiyasi  bilan   Angliya   o’rtasida   savdo  bitimi
tuzildi. Bu esa amalda Angliya tomonidan Sovet Rossiyayeining tanilishi edi.
O’sha   yilning   may   oyida   Sovet   respublikasi   bilan   Germaniya   o’rtasida
vaqtincha   savdo   bitimi   imzolandi.   Norvegiya,   Italiya   va   Avstriya   bilan   ham
shunday   bitimlar   tuzildi.   1921   yil   fevralida   Sovet   Rossiyasi   bilan   Eron   va
Afg’oniston   o’rtasida   shartnomalar,   mart   oyida   Sovet   respublikasi   bilan
Turkiya   o’rtasida   do’stlik   shartnomasi   tuzildi.   1921   yilda   tuzilgan
Mo’g’uliston   xalq   hukumati   bilan   Sovet   hukumati   o’rtasida   o’sha   yilning
noyabrida   do’stlik   va   qardoshlarcha   hamkorlik   to’g’risida   shartnoma
imzolandn.   Lekin   AQSh,   Angliya,   Fransiya   kabi   bir   qancha   yirik   davlatlar
Sovet Rossiyasi bilan hali diplomatik aloqalar o’rnatmagan edilar.
1921   yilgi   iqtisodiy   inqiroz   kapitalistik   mamlakatlarni   ancha   qiyin
ahvolga solgan edi. 1921 yil dekabrida Londonda Angliya va Fransiya bosh ministrlarining, Parijda, Angliya, Fransiya, Italiya va Belgiya ekspertlarining
kengashlari bo’lib o’tdi.
1922   yil   yanvarida   Antanta   oliy   sovetining   kengashi   Markaziy   va
Sharqiy   Yevropani   iqtisodiy   «tiklash»   programmasini   ishlab   chikish   uchun
Genuyada   xalqaro   iqtisodiy   konferensiya   chaqirishga   qaror   qildi   va   bunga
Sovet   Rossiyasini,   shuningdek   Germaniya,   Avstriya,   Vengriya   va
Bolgariyani taklif etdi.
Genuya konferensiyasi 1922 yil 10 apreldan 19 maygacha davom etdi,
unda 34 mamlakat, shu jumladan Sovet Rossiyasi delegasiyasi ishtirok etdi.
Konferensiyada   Angliya   va   Fransiya   asosiy   rol   o’ynadi.   AQShning
vakili   kuzatuvchi   sifatida   qatnashdi   va   konferensiya   ishiga   katta   ta’sir
ko’rsatdi.
Konferensiyadagi   asosiy   masala   «rus   masalasi»   degan   masala   edi.
Konferensiyada   Sovet   Rossiyasini   sobiq   chor   hukumati   va   Muvaqqat
hukumatning chet el mamlakatlaridan olgan hamma qarzlarini (foizlari bilan
birga   18   milliard   so’m)   to’lashga,   inqilobga   qadar   chet   el   kapitalistlarga
qarashli   bo’lib,   keyin   Sovet   hukumati   tomonidan   milliylashtirilgan   zavod,
fabrika,   kon   va   boshqa   korxonalarni   o’sha   mulkdorlarga   qaytarib   berishga
yoki   kompensasiya   to’lashga,   sovet   tashqi   savdo   monopoliyasini   bekor
qilishga,   Sovet   mamlakatidagi   chet   elliklar   uchun   eksterritoriallik   (aloxida
imtiyozlilik)   huquqi   tartibini   o’rnatiuvga   majbur   qilmoqchi   bo’ldilar.   Ular
ana   shu   shartlar   asosidagina   Sovet   Rossiyasiga   zayom   va   kredit   berilishini
bildirdilar.   Antantadan   juda   katta   zarar   ko’rgan   Germaniya   qiyinchiliklarni
yengib   o’tish   yo’llarini   izlar   edi.   Rus   nefti   masalasida   Angliya-Gollandiya
neft   kompaniyasi   bilan   Amerika   neft   monopoliyalari   o’rtasida   ziddiyat
keskinlashdi.
Sovet   delegasiyasi   bu   ziddiyatlardan   foydalandi;   1922   yil   16   aprelda
Rapalloda   (Genuya   yonida),   sovet   delegasiyasining   rezidensiyasida   RSFSR bilan   Germaniya   o’rtasida   shartnoma   tuzilib,   diplomatik   aloqalar   o’rnatildi.
Ikki   tomon   bir-birlariga   nisbatan   hyech   qanday   iqtisodiy   talablarni
qo’ymaydigan bo’ldilar. Natijada kapitalistik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar
va   Sovet-Germaniya   shartnomasining   tuzilishi   birlashgan   antisovet   frontni
buzib   tashladi;   Germaniyaning   ham   xalqaro   pozisiyasini   ancha
mustahkamladi.
Antanta   davlatlari   Genuya   konferensiyasida   o’z   maqsadlariga   erisha
olmadilar. Konferensiya boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Muzokaralar Gaaga
(Gollandiya)   konferensiyasida   (1922   yil   15   iyun-19   iyul)   davom   ettirildi.
g’olib davlatlar bu konferensiyada ham o’zlarining o’ylagan rejalarini amalga
oshira   olmadilar.   Turkiyada   ko’tarilgan   milliy   ozodlik   harakati   natijasida
birinchi   galda   Angliyaning   pozisiyasiga   jiddiy   zarba   berilgan   edi.   Antanta
davlatlariqin   Sharqda   qiyin   ahvolga   tushib   qoldilar.   Turkiyaning   Mustafo
Kamol   boshchiligidagi   yangi   hukumati   Sevr   sulh   shartnomasini   tan   olmadi.
Antantaning   Turkiyaga   qarshi   uyushtirgan   harbiy   intervensiyasi   xususan
Aigliya-Gresiya   intervensiyasi   1922   yil   avgust-sentyabr   oylarida   tor-mor
qilindi. 1922  yil  11 oktyabrda  Antanta  bilan Turkiya  o’rtasida  yarash  bitimi
imzolandi. Antantaniig, avvalo Angliyaning Yaqin   Sharqdagi siyosati barbod
bo’ldi.
Hukmron davlatlar Turkiya bilan yangi sulh shartnomasi ishlab chiqish
va Yaqin Sharq inqirozini bartaraf qilish maqsadida Lozannada (Shveysariya)
xalqaro   konferensiya   chaqirdilar.   Konferensiya   1922   yil   20   noyabrdan-1923
yil   24   iyulgacha   tanaffuslar   bilan   davom   etda.   Konferensiyada
Angliya,Fransiya,   Italiya,   Yaponiya,   Gresiya,   Ruminiya,   Soveg   Rossiyasi,
Yugoslaviya va Turkiya vakillari qatnashdi. AQSh vakili kuzatuvchi sifatida
ishtirok   etdi   va   konferensiya   ishlariga   aralashdi.   Konferensiyaning   asosiy
masalalaridan   biri   -   Bosfor   va   Dardanell   bo’g’ozlari   rejimi   to’g’risidagi
masala   edi.   Bu   bitimga   ko’ra   bo’g’ozlar   demilitarizasiya   qilindi,   tinchlik davrida   va   urush   vaqtida   barcha   mamlakatlarning   savdo   va   harbiy   kemalari
bo’g’ozlardan   bemalol   o’ta   oladigan   bo’ldi.   Konferensiya   oxirida   Lozanna
sulh shartnomasi tuzildi; kapitulyasiyalar rejimi, Turkiya moliyasining buyuk
davlatlar   tomonidan   nazorat   qilinishi   va   uning   qurolli   kuchlarini   cheklash
bekor   qilindi.   Turkiyaning   yangi   chegaralari   tan   olindi.   Sharqiy   Frakiya
(Adrionopol   bilan   birga),   Armanistonshshg   turklar   yashaydigan   qismi,
Kurdiston   va   boshka   o’lkalar   Turkiyaga   qaytarildi.   Konferensiya   natijasida
Turkiya o’z suverenitetining xalqaro miqyosda tanilishiga erishdi.
Versal-Vashington   tartibining   yaratilishi   Yevropa   mamlakatlarining
asosiy   muammolarini   hal   etmadi.   Aksincha,   eski   muammolar   yoniga
yangilari qo’shildi va ular Birinchi jahon urushidan keyingi dunyoning tarixiy
taraqqiyotiga   katta   ta’sir   ko’rsatdi.   Ayrim   mamlakatlarda   ular   ko’p   jihatdan
yangi   siyosiy   vaziyatning   yuzaga   kelishiga   sabab   bo’ldi,   yangi   g’oyalar,
yangi   siyosat   va   davlat   arboblarining,   hokimiyatni   qo’lga   kiritishga
intilayotgan   yangi   siyosiy   tashkilotlarning   paydo   bo’lishiga   turtki   berdi.
Urushdan   keyingi   dunyo   duch   kelgan   asosiy   muammolar   quyidagilardan
iborat edi.
Iqtisodiy   muammolar.   Birinchi   jahon   urushida   Angliya   750   ming,
Fransiya   1,3   mln.,   Germaniya   2   mln.,   Rossiya   1,6   mln.   kishi   yo’qotdi.   20
mln.dan   ortiq   kishi   yaralandi.   Ko’pgina   sanoat   korxonalari   vayron   bo’ldi,
transport tarmoqlari, konlar yo’q qilindi, ko’plab kemalar cho’ktirildi. Ularni
tiklash ko’p mablag’ va vaqt   talab etar edi.
Urushdan   keyingi   Yevropa   mamlakatlarining   axvoli   tubdan   o’zgardi.
Agar urushgacha ular jahonning asosiy moliyaviy va kredit markazi bo’lgan
va   kredit   oluvchilar,   zayomlar,   qimmatli   qog’ozlarni   tarqatish   hisobiga
qo’shimcha   daromadlar   olib   turgan   bo’lsalar,   endi   AQShdan   qarzdor   bo’lib
qoldilar.   Urush   paytida   oltin   zaxirasining   katta   qismi   AQShga   o’tib   ketdi.
Qo’shma   Shtatlar   bajonidil   qarzga   oziq-ovqat,   qurol-yarog’,   kiyim-kechak, transport   vositalari   berar,   o’z   ittifoqchilarining   og’ir   ahvolidan   foydalanib,
o’z mollariga istagancha narx belgilar va katta foyda olar edi.
Yevropa qitasidagi munosabatlarda ham tub (radikal) o’zgarishlar ro’y
berdi.   Rossiyaning   Yevropa   iqtisodiyot   tuzilmalaridan   chetlatilishi
shakllangan   qit’a   bozorining   izdan   chiqishiga   sabab   bo’ldi.   Ilgari   Yevropa
mamlakatlari   Rossiyadan   xom   ashyo,   ko’pgina   oziq-ovqat   mahsulotlari   olar
va bu mahsulotlar bilan aholini hamda sanoatni barqaror ta’minlab turar edi.
O’z   navbatida   Yevropa   moliyachilari   va   sanoatchilari   o’z   sarmoyalarini
Rossiya   iqtisodiyotiga   kiritish   hamda   katta   foyda   olish   imkoniyatiga   ega
edilar.
Ayni   paytda,   Avstro-Vengriya   imperiyasi   yemirilganidan   so’ng   uning
o’rnida   katta   mamlakatlarga   qaram   bo’lgan,   iqtisodiyoti   kuchsiz   bir   qator
kichik davlatlar vujudga keldi. Joriy etilgan kuchli bojxona to’siqlari mollar
va sarmoyalarning harakatini qiynlashtirib qo’ydi. Natijada oldingi Markaziy
Yevropa iqtisodiy mintaqasi buzilib ketdi. Bu esa Yevropa iqtisodiy tartiblari
mushtarak tizimini zaiflashtirdi.
2. Kapitalizmning qisman stabillashuvi yillarida xalqaro
munosabatlar
AQShda   1922   yildan,   Germaniya,   Fransiya   va   boshqa   kapitalistik
mamlakatlarda 1924 yildan qisman stabillavzuv boshlandi.
Stabillashuv   davridagi   xalqaro   munosabatlarning   eng   asosiy
xususiyatlari   shuki,   bir   tomondan,   SSSRning   xalqaro   pozisiyalari
mustahkamlanib bordi, ikkinchi tomondan Versal-Vashington sistemasi asta-
sekin   zaiflashdi.   Fransiya   1924   yildayoq,   Germaniya   1927   yilda   sanoat
mahsuloti ishlab chiqarishda urushdan oldingi darajaga yetdi. Angliya sanoat
mahsuloti esa, ilgarigi darajaga to’liq yeta olmadi. AQSh barcha kapitalistik
mamlakatlarga   nisbatan   yetakchi   o’rinni   egalladi,   uning   iqtisodiyoti
rivojlanib bordi. Yaponiya Yevropa kapitalistik mamlakatlaridan o’tib ketdi. Tashqi   bozorlar   va   ta’sir   doiralari   masalasida   kapitalistik   mamlakatlar
o’rtasidagi ziddiyatlar keskinlashdi.
Janubiy   Amerika,   Xitoy,   Kanada,   Avstraliya   bozorlarida   AQSh   bilan
Angliya,   Tinch   okeanda   AQSh   bilan   Yaponiya   o’rtasidagi   ziddiyatlar
kuchayib ketdi. Germaniya monopolistlari esa, Yevropa bozorlari masalasida
Angliya,   Fransiya,   AQSh   va   boshqa   mamlakat   imperialistlari   bilan
to’qnashmoqda edi.
Stabillashuv   yillarida   SSSRni   tanigan   mamlakatlar   soni   ortib   bordi.
1924   yilgacha   Sovet   davlati   bilan   Germaniya,   Afg’oniston,   Eron,   Turkiya,
Estoniya,   Latviya,   Litva,   Polsha,   Finlyandiya   o’rtasida   diplomatik   aloqalar
o’rnatilgan edi.
Turli   mamlakatlar   xalq   ommasining   SSSP   bilan   iqtisodiy   aloqa
qilishdan   manfaatdor   bo’lganligi   natijasida   1924   yil   fevral-oktyabr   oylarida
Angliya,   Italiya,   Norvegiya,   Avsgriya,   Gresiya,   Shvesiya,   Xitoy,   Daniya,
Meksika, Hijoz va Fransiya, 1925 yili Yaponiya, Kanada SSSRni tanidilar va
u   bilan   diplomatik   aloqa   o’rnatdilar.   Antanta   davlatlarining   qarshilik
ko’rsatshilariga   qaramay,   1924   yil   31   mayda   SSSP   bilan   Xitoy   o’rtasida
diplomatik aloqalar o’rnatildi va Sovet-Xitoy shartnomasi tuzildi.
Germaniyadan   olinadigan   reparasiyaning   umumiy   summasi   1921   yili
132 milliard oltin marka qilib belgilangan bo’lsa-da, lekin uni sanday undirib
olish yo’llari belgilanmagan edi.
1923   yil   yanvar   boshida   Parijda   chaqirilgan   yangi   xalqaro
konferensiyada   Angliya   Germaniyaning   reparasiya   to’lovlarini   4   yilga
kechiktirish   va   reparasiyaning   umumiy   summasini   kamaytirib   50   milliard
marka   miqdorida   belgilashni   (Bonar   Lou   planini)   taklif   qildi.   Fransiya   bu
takliflarni rad qildi va hyech qanday bitimga kelinmadi.
Fransiya   bu   masalada   o’zboshimchalik   bilan   harakat   qildi.   Reparasiya
komissiyasi   a’zolari   ko’pchiligining   roziligi   bilan   1923   yil   11   yanvarda Fransiyada   va   Velgiya   qo’shinlari   Germaniyaning   Rur   oblastini   ishg’ol
qildilar.   Natijada   Fransiya   bilan   Germaniya   o’rtasidagi   ziddiyatlar
keskinlashib   ketdi.   AQSh   va   Angliya   hukumatlari   Fransiya-Germaniya
janjaliga   ochiqdan-ochiq   aralashishga   majbur   bo’ldilar   va   reparasiya   ishini
o’z qo’llariga oldilar.
1923   yil   noyabrida   Amerika   monopolisglarining   vakili-bankir   Charlz
Daues   boshchiligida   reparasiya   masalasida   Ekspertlar   komiteti   tuzildi.
Komitet   1924   yil   yanvaridan-aprelgacha   ishladi.   Yangi   reparasion
reja-«Daues   reja»si   ishlab   chiqildi.   Bu   reja   1924   yil   iyul-avgustda   London
konferensiyasida ma’qullandi va Germaniya hukumati tomonidan ham qabul
qilindi.   Fransiya   va   Belgiya   qo’shinlari   1925   yil   yozida   Rurdan   olib   chiqib
ketildi. Daues rejasiga muvofiq, Germaniyaga 1925 yildan 1929 yilgacha har
yili   reparasiya   to’lovini   1   milliard   markadan   2,5   milliar   markagacha   oshira
borib, 1929 yildan keyin har yili 2,5 milliard markadsh# to’lash  majburiyati
yuklandi.   Daues   rejasi   nemis   xalqini   yanada   og’ir   ahvolga   solgan
talovchshshk rejasi edi.
1924   yilgi   London   konferensiyasidan   so’ng   Yevropa   siyosatidagi
gegemonlik Fransiyadan Angliyaga, amalda esa, Daues rejasi tufayli AQShga
o’tdi. AQSh dunyoni moliyaviy tomondan ekspluatasiya qilish markazi bo’lib
qoldi.   Germaniya   1924-1929   yillarda   chet   ellardan,   asosan,   AQSh   va
Angliyadan   21   milliard   markadan   ortiq   uzoq   va   qisqa   muddatli   kredit   oldi.
Amerika   monopoliyalarining   vakili   Jilbert   Parker   reparasiya   ishi   bo’yicha
bosh   agent   qilib   tayinlandi.   U   amalda   Germaniyaning   iqtisodiy   diktatori
bo’lib qoldi.
1928   yilga   kelib   Germaniya   iqtisodiy   jihatdan   ancha   tiklanib,   Versal
shartnomasi   va   Daues   rejasi   tomonidan   cheklanganligiga   e’tiroz   bildirdi.
1928 yil kuzida Germaniya hukumati g’arbiy davlatlar qo’shinlarining Reyn
zonasidan   evakuasiya   qilinishini   va   Daues   rejasini   qayta   ko’rib   chiqilishini talab etdi. AQSh Germaniyaning bu talablarini qo’llab-quvvatladi. AQShning
tashabbusi bilan amerikalik bankir Ouen Yung boshchiligida AQSh, Angliya,
Fransiya,   Italiya,   Yaponiya,   Germaniya   va   Belgiya   moliya   ekspertlari
komiteti   1929   yilda   yangi   «Yung   rejas»ini   ishlab   chiqdi.   Bu   reja   1929   yil
avgustida   Gaagadagi   xalqaro   konferensiyada   ma’qullandi   va   1930   yil
yanvarida   ikkinchi   Gaaga   konferensiyasida   tasdiqlandi.   Yung   rejasiga
muvofiq,   Germaniyaning   reparasiya   to’lash   muddati   59   yil   (1988   yilgacha)
uzaytirildi,   bu   davrda   113,9   milliard   marka   reparasiya   to’lash   kerakligi
ko’rsatildi.   Yaqin   37   yil   mobaynida   reparasiya   to’lovining   yillik   miqdori   2
milliard marka qilib  belgilandi.  Endi  Germaniya temir yo’llaridan  keladigan
foydalar   va   davlat   byudjetining   daromad   kismi   reparasiya   to’lovlarining
birdan-bir   manbai   deb   hisoblandi.   German   sanoati   reparasiya   to’lovlaridan
ozod   qilindi.   Germaniya   ekonomikasi   ustidan   bo’lgan   nazorat   AQShning
tashabbusi bilan butunlay bekor qilindi.
1925   yil   5oktyabrdan   16   oktyabrgacha   Lokarnoda   (Shveysariya)
Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Belgiya vakillari ishtirokida xalqaro
konferensiya   o’tkazildi.   Konferensiya   oxirida   Chexoslovakiya   va   Polsha
vakillari   chaqirildi.   AQSh   konferensiyada   bevosita   qatnashmasa-da,   ammo
uning   uyushtirilishida   va   qarorlar   qabul   qilinishida  chetdan  turib   katta   ta’sir
ko’rsatdi.
Lokarno konferensiyasi Reyn garantiya axdnomasini qabul qilish bilan
tugallandi.   Ahdnomada   Germaniyaning   Versal   sulh   shartnomasida
belgilangan   g’arbiy   chegaralarini   buzilmasligi,   Reyndagi   demilitarizasiya
zonasi   rejimini   bundan   keyin   ham   buzmaslik   ko’rsatildi.   Garantiya
ahdnomasiga   muvofiq,   Angliya   bilan   Italiya   Fransiya   va   Belgayani
Germaniya   hujumidan,   Germaniyani   esa   Fransiya   va   Belgiya   armiyasi
hujumidan   qo’riqlaydigan   bo’ldilar.   1925   yil   12   oktyabrda   Germaniya   bilan
CSCP o’rtasida savdo shartnomasi imzolandi. 1926   yili   besh   yil   muddatga   tuzilgan   bitim   sovet-german
munosabatlarining yanada rivojlanishiga yo’l ochdi. Unga ko’ra ikkala davlat
uchinchi   davlat   bilan   nizolashgan   taqdirda   betaraf   bo’lishga   kelishdi.
Germaniya   sovet   davlatiga   qarshi   qaratilgan   hyech   qanday   ittifoqqa
qo’shilmaslik majburiyatini oldi. Bu sovet diplomatiyasining ulkan g’alabasi
edi.   Bitim   Germaniya   yetakchilik   qilishi   lozim   bo’lgan   sovetlarga   qarshi
yangi frontning tuzilishiga xalaqit berdi.
Ikkala   bitim   ham   davlatlar   o’rtasidagi   iqtisodiy   aloqalarning   jadal
sur’atda   o’sishini   ta’minladi.   1927   yilda   SSCP   va   Germaniya   o’rtasidagi
savdo   muomalalari   1925   yildagiga   nisbatan   salkam   uch   baravarga   o’sdi.
SSSRga   Germaniyadan   asosan   texnika   va   uskunalar   import   qilinardi.   Sovet
davlati   barpo   etgan   korxonalarning   ko’pchiliga   Germaniyada   ishlab
chiqarilgan   texnika   bilan   jihozlangan   edi.   Mamlakatlar   o’rtasidagi   savdo-
sotiq   munosabatlari   muntazam   o’sib   bordi   va   1931   yilda   u   eng   yuqori
cho’qqiga   ko’tarildi.   Jahonda   iqtisodiy   inqiroz   avj   olgan   davrda   sovet
korxonalari   Germaniyaga   yuz   minglab   ishchi   o’rinlarini   saqlab   qolish   va
o’nlab korxonalarni bankrot bo’lishdan asrashga ko’maklashdi.
1925   yil   12   dekabrda   Millatlar   ittifoqi   Sovetining   sessiyasida
qurosizlanish   bo’yicha   tayyorgarlik   komissiyasi   tuzdilar.   Komissiya   ishiga
Millatlar   ittifoqining   a’zosi   bo’lmagan   davlatlardan   AQSh,   so’ngra   SSSP
taklif   qilindi.   CSSP   ximiya   va   bakteriologaya   urushini   taqiqlovchp   Jeneva
ahdnomasiga qo’shilganligini bildirdi. Jeneva ahdnomasi-1925 yil 17 iyunda
37 davlat tomonidan imzolangandi. SSSR 1927 yilda bu axdnomaga qo’shildi
va   unga   to’la   amal   qildn.   Bir   qator   kapitalistik   davlatlar   axdnomaga   imzo
chekkan   bo’lsalar-da,   unga   amal   qilmadilar.   AQSh   esa,   bu   axdnomaga
qo’shilmadi.
1927   yil   aprelida   Fransiya   tashqi   ishlar   ministri   Brian   Fransiyaning
pozisiyasini   mustahkamlash   va   AQShni   o’ziga   moyil   qilish   uchun   AQSh davlat   sekretari   Kellogga   murojaat   qilib,   o’zaro   urush   qilmaslik   to’g’risida
shartnoma   tuzishni   taklif   etdi.   Kellog   Brianning   tashabbusidan   foydalanib,
bunday   shartnomaga   Angliya   va   boshqa   kapitalistik   davlatlarni   ham   jalb
etishni   taklif   qildi.   1928   yil   27   avgustda   Parijda   bir   qator   kapitalistik
davlatlarning   vakillari   tomonidan   Parij   ahdnomasn   —   «Brian-Kellog
ahdnomasi»   imzolandi.   Axdnomada   milliy   siyosatning   quroli   sifatida
urushdan voz kechish, janjalli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilshi aytilgan.
Sovet   hukumati   bu   ahdnomani   tezda   kuchga   kiritish   uchun   1929   yil   9
fevralda   bir   qancha   qo’shni   davlatlar   bilan   protokol   tuzdi.   1929   yil   yozida
«Brian-Kellog ahdnomasi» kuchga kirdi.
Kapitalistik   davlatlarni   borgan   sari   kuchli   larzaga   keltirayotgan   Xitoy
inqilobi avj olib bormoqda edi. 1926 yil sentyabrida Angliya harbiy kemalari
Vansyan shahrini o’qqa   tutib, 6 mingga yaqin kishini halok qildi. 1927 yil 3
yanvarda   Angliya   qo’shinlari   Uxandagi   ommaviy   mitingga   xujum   qildi.
Bunda   qariyb   30   kishi   o’ldirildi   va   yarador   qilindi.   1927   yil   bahorida
inqilobiy   kurash   keskinlashgan   bir   vaqtda   AQSh,   Angliya,   Yaponiya   va
Fransiya   Xitoyga   qarshi   ochiqdan-ochiq   intervensiyaga   o’tdilar;   ularning
170tacha   harbiy   kemasi   Xitoy   sohillariga   yasinlashib,   Nankin   kabi
shaharlarni  o’qqa  tutdi  va  Nankinning  o’zidagina  qariyb  2  ming  kishi  halok
bo’ldi.   Milliy   ozodlik   harakatlarining   yuksalib   borishi,   Sovet   Ittifoqi
xalqlarishshg Sharq xalqlari bilan hamkorligi hukmron davlatlarning SSSRga
nisbatan   qahru   g’azabini   oshirib   yubordi.   Angliya   va   boshqa   davlatlar
SSSRning   Xitoydagi   elchixonalariga   va   sovet   dishyumatiyasi   xodimlariga
qarshi   bir   qancha   suiqasd   va   fitnalar   uyushtirdilar,   SSSR   bilan   Xitoy
munosabatlarini   keskinlashtirib,   bu   ikki   mamlakat   o’rtasida   urush
chiqarmoqchi bo’ldilar. 1927 yil 12 mayda Londonda Angliya-Sovet aksiyali
jamiyati-«Arkos»   binosiga   xujum   qiliidi.   Polisiya   po’lat   sandiqlarni   buzib,
Sovet   savdo   vakolatxonasining   xujjatlarini   bosib   oldi.   Angliya   hukumati SSSRni Angliyaning ichki ishlariga «aralashish»da ayblashga urindi va soxta
xujjatni pesh qilib, 1927 yil 26 mayda SSSR bilan diplomatik aloqani uzdi.
1927 yil oktyabrida, g’arbda Sovetlarga qarshi asabiylik avjiga chiqqan
bir   vaqtda   SSSR   bilan   Eron   o’rtasida   garantiya   va   betaraflik   to’g’risida
shartnoma tuzildi.
1929yildaxalqaroreaksiyaXitoydavaXitoy-Sovet   chegarasida   SSSRga
qarshi katta ig’vo uyushtirdi.
1929   yil   iyul-avgust   oylarida   gomindanchi   qo’pshnlar   va   rus   oq
gvardiyachilari   Xarbindagi   Sovet   elchixonasini   tor-mor   qilib,   SSSRga
qarashli   va   Sovet   Ittifoqi   bilan   Xitoy   tomonidan   teng   huquqlilik   asosida
boshqarilayotgan   Shimoli-Sharqiy   Xitoy   (Dunbey)dagi   Sharqiy   Xitoy   temir
yo’liga (KVJDga) va Sovet chegara rayonlariga hujum boshladilar. CSSP va
Gomindan   Xitoyi   o’rtasida   diplomatik   aloqa   uzildi.   Biroq,   Gomindan
Xitoyining   iltimosiga   ko’ra,   1929   yil   dekabrida   (KVJDga)   oldingi   holatni
tiklash yuzasidan Sovet-Xitoy protokoli imzolandi.
Angliyada   1929   yili   leyboristlar   hokimiyat   tepasiga   kelgach,   SCCP
bilan diplomatik munosabatlar tiklandi.
3.Jahon iqtisodiy inqirozi va urushning ikki o’chog’i vujudga kelishi
yillarida xalqaro munosabatlar
Kapitalistik   mamlakatlarda   1929   yilning   oxiriga   kelib   vaqtincha,
qisman stabillashuv  davri tugadi va jahon iqtisodiy inqirozi boshlanib ketdi.
Bu   inqiroz   birinchi   jahon   urushidan   keyingi   xalq   xo’jaligining   hamma
tarmoqlarini chulg’ab olgan birinchi eng chuqur inqiroz bo’lib, 1933 yilgacha
davom   etdi.   Bu   inqiroz   o’zining   keltirgan   zararlari   va   oqibatlari   jihatidan
birinchi jahon urushi yetkazgan zararlarga tenglashdi. O’zining kuchi va uzoq
davom etishi jihatidan g’oyat zo’r bo’lgan bu iqtisodiy inqiroz bugun dunyoni
larzaga keltirdi. Kapitalistik mamlakatlarda sanoat mahsuloti 36%, po’lat va
cho’yan   eritish   60-65%   kamayib   ketdi.   Tashqi   savdoning   hajmi   60-65   % qisqardi. Moliyaviy ahvol yomonlashdi. 1933 yilda butun kapitalistik lagerda
ishsizlar soni 30 million kishidan oshdi.
Jahon   iqtisodiy   inqiroz   kapitalistik   sistemaning   barcha   ziddiyatlarini-
yirik davlatlar, ya’ni AQSh bilan Angliya o’rtasidagi, AQSh bilan Yaponiya,
Fransiya   bilan   Italiya,   Angliya   bilan   Fransiya   o’rtasidagi,   jahon   urushida
g’olib   chindan   davlatlar   bilan   Germaniya   o’rtasidagi,   mustamlakachi
davlatlar   bilan   mustamlaka   va   qaram   mamlakatlar   o’rtasidagi,   mehnat   bilan
kapital   o’rtasidagi,   kapitalistik   sistema   bilan   sosialistik   sistema   o’rtasidaga
ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi.
1930   yil   mayida   Fransiya   tashqi   ishlar   ministri   Brian   inqirozdan
qutulish,   o’zaro   hamkorlik   qilish   bahonasi   bilan   Yevropa   qit’asidagi
davlatlarning «federativ itgifoqini, ya’ni   «pan-Yevropa» tuzishni taklif qildi.
Bu reja aslida Yevropada yana Fransiya gegemonligini o’rnatishga qaratilgan
edi.   «Pan-Yevropa»   rejasini   faqat   Polsha   va   Chexoslovakiya   yoqlab   chiqdi.
Angliya   Fransiyaning   kuchayib   ketishidan   xavfsirab,   bu   rejani   qo’llab-
quvvatlamadi.   Boshqa   bir   qator   mamlakatlar   Angliya   pozisiyasini
ma’qulladilar. Shu tariqa, «pan-Yevropa» rejasi barbod bo’ldi.
Iqtisodiy   inqiroz   yillarida   dunyoni   qayta   taqsimlash   uchun   kurash
keskin   tus   oldi.   uzoq   Sharqda,   Xitoyda   bozor   va   xom   ashyo   manbalarini
ko’proq   egallash   hamda   shu   yo’l   bilan   bu   mamlakatlarda   o’z   pozisiyalarini
mustaxkamlash   uchun   kurashda   ayniqsa   Yaponiya,   AQSh   va   Angliya
o’rgasida raqobat kuchaydi. Yaponiya o’z mustamlakasi bo’lgan Koreyaning
pshmoliy tumanlarini harbiy plasdarmga aylantirdi. 1931 yil sentyabri - 1932
yil   fevralida   Yaponiya   Xitoyning   shimoli-sharqiy   rayonlarini-Machjuriyani
bosib   oldi   va   qo’g’irchoq   Manchjou-Go   davlatini   tuzdi.   Xitoyning   shimoli-
sharqi Yaponiyaning muhim agressiv plasdarmiga aylantirildi. Natijada Uzoq
Sharqda urushning birinchi o’chog’i vujudga keldi. Garchi Yaponiyaning Xitoydagi ekspansiyasi g’arbdagi yirik davlatlar,
ayniqsa,   AQShning   manfaatlariga   daxl   qilgan   bo’lsa   xam,   ular   aslda   yapon
agressiyasini   rag’batlantirdilar,   unga   iqtisodiy   va   harbiy-texnika   jihatdan
yordam   berib   turdilar.   Ularning   asosiy   maqsadi-Yaponiya   qo’li   bilan
Xitoydagi inqilobni bo’g’ish edi.
Millatlar   ittifoqi   Yaponiya   agressiyasiga   qarshi   chora   ko’rmadi:   Xitoy
hukumati Millatlar itgifoqiga murojaat qilib, Yaposhsh agressiyasiga barham
berishni   so’radi.   Ammo   Millatlar   ittifoqi   Xitoyga   hyech   qanday   yordam
ko’rsatmadi.   AQSh   hukumati   esa   Yaponiyaning   Xitoydagi   agressiyasini
so’zdagina   qoralab,   Xitoy   hududining   dahlsizligini   himoya   qilishga
qaratilgan biror tadbirni ko’zlamadi.
1931-1932  yillardava  1933   yil   boshida   Yaponiya  fursatdan   foydalanib
agressiyani ancha kengaytirdi. AQSh, Angliya va Fransiyaning manfaatlariga
qarshi   jiddiy   xavf   tug’ildi.   AQSh-Yaponiya,   Angliya-Yaponiya   ziddiyatlari
kuchaydi. Shundan keyingina, 1933 yil fevralida Millatlar ittifoqi qaror qabul
qildi.   Bu   qarorda   Yaponiyaga   butun   Xitoyda   «ochiq   eshiklar»   va   «teng
imkoniyatlar»   prinsipiga   amal   qilish,   Manchjuriyani   Xitoy   qo’l   ostidagi
avtonomiya   deb   tanish,   yapon   qo’shinlarini   olib   chiqib   ketish   taklif   qilindi.
Yaponiya   bu   qarorni   qabul   qilmadi.   1933   yil   martida   Yaponiya   Millatlar
ittifoqidan   chiqdi.   Shunday   qilib,   Versal-Vashington   sistemasi   barbod   bo’la
boshladi.   Yaponiyaning   agressiv   harakati   va   g’arbiy   davlatlarining   qarshilik
ko’rsatmaslik   siyosati   Yevropada,   avvalo   Germaniyada   revansh   va   urush
tarafdorlari kuchlarini rag’batlantirdi. 1933 yil yanvarida Gitler boshchiligida
fashistik   diktatura   o’rnatildi.   Urush   partiyasi   bo’lgan   fashistlar   partiyasi
davlat   tepasiga   chiqib   oldi.   Fashistik   diktatura   o’taketgan   reaksion,   eng
shovinisgik   va   oshkora   terroristik   diktatura   edi.   Shunday   qilib,   Yevropa
markazida urushning ikkinchi va asosiy o’chog’i vujudga keldi.    1933 yil iyulida Rimda to’rt davlat; Angliya, Fransiya, Germaniya va
Italiyaning   «yakdillik   va   hamkorlik»   ahdnomasi   tuzildi.   Bundan   kuzatilgan
asosiy   maqsad   Germaniyani   urushdan   keyin   tuzilgan   shartnomalarda
ko’rsatilgan   majburiyatlardan   qutqarish,   uning   agressiyasiga   bemalol   yo’l
berib qo’yish, Germaniya bilan Italiyani SSSRga qarshi yo’naltirishdan iborat
edi.
  1934   yil   yanvarida   Germaniya   bilan   Polsha   o’rtasida   o’zaro   hujum
qilishmaslik   to’g’risida   shartnoma   tuzildi.   Gitlerchilar   o’z   maqsaddarini
amalga   oshirishda   Polsha   reaksionerlaridan   foydalanib,   keyin   Polshaning
o’zini ham bosib olmoqchi edilar.
1935   yil   yanvarida   Versal   shartnomasiga   muvofiq,   Saar   oblastida
plebissit   o’tkazildi.   Gitlerchilar   o’z   foydalariga   ko’proq   ovoz   olishga
erishdilar. Saar oblasti Germaniyaga qo’shildi.
1935   yildan   boshlab   Germaniya   harbiy-havo   va   harbiy-dengiz
kuchlarini   hamda   quruqlikdagi   qurolli   kuchlarini   ko’paytirishga   astoydil
kirishdi.   Umumiy   harbiy   majburiyat   joriy   qilindi.   Germaniya   bosh   shtabi
tiklandi.
1935   yil   18   iyunda   Angliya   bilan   Germaniya   o’rtasida   dengiz   bitimi
tuzildi.   Bitimda   Germaniya   harbiy   dengiz   flotini   Angliya   suv   usti   harbiy-
dengiz   flotining   35%i   hajmida   va   suv   osti   harbiy-dengiz   flotining   45%i
hajmida qurish, keyinchalik Germaniyaning suv osti flotini Angliya suv osti
flotiga to’la tenglashtirish huquqi ko’zda tutildi. Bu bitim amalda Versal sulh
shartnomasiga   qaram-qarshi   o’laroq   Germaniyaning   harbiy-dengiz
qurollanishiga to’la imkon berdi.
Uzoq   Sharqda   va   Yevropada   urush   o’choqlarining   vujudga   kelishi
xalqaro   vaziyatni   o’zgartirib   va   keskinlashtirib   yubordi.   Germaniya   va
Yaponiya   jahonga   hukmron   bo’lishni   da’vo   qilib   chiqdilar.   Angliya   va
Fransiya   esa   mudofaa   holatiga   tushib   qoldilar.   Shu   tariqa,   bir   tomondan, Germaniya, ikkinchi tomondan, Angliya, Fransiya va AQSh o’rtasida dengiz
va   mustamlaka   masalalarida,   Yaponiya,   AQSh   va   Angliya   o’rtasida   Uzoq
Sharq   va   Tinch   okeanda   ziddiyatlar   kuchayib   ketdi.   1932   yil   iyulida   uzoq
muzokaralardan   keyin   CSSP   bilan   Polsha   o’rtasida,   1932   yil   noyabrida   esa
SSSP   bilan   Fransiya   o’rtasida   o’zaro   hujum   qilishmaslik   shartnomalari
tuzildi.   CSSP   bilan   Latviya,   Estoniya   va   Finlyadiya   o’rtasida   ham   shunday
shartnomalar imzolandi.
Jenevada chaqirilgan xalqaro qurolsizlanish konferensiyasida (1932 yil
fevral-1934   yil   may)   Fransiya   o’z   xalqaro   pozisiyasini   mustahkamlash
maqsadida   Millatlar   ittifoqi   huzurida   xalqaro   armiya   tuzishni,   Germaniya
xavfiga   nisbatan   Angliya   va   AQShdan   garantiya   olishni,   AQSh   va   boshqa
raqiblar   kuchini   zaiflashtirippsh   ko’zlab   qurolli   kuchlarning   1\3   qismini
qisqartirishni taklif qildi.
Angliya tomonidan kiritilgan takliflarning birida Germaniya qo’shinlari
sonini   100   ming   kishidan   200   ming   kishiga   yetkazish,   Fransiya   armiyasini
esa   500   ming   kipshdan   200   ming   kishiga   keltirib,   Yevropa   qit’asida
Germaniya bilan Fransiya qo’shinlari sonini tenglashtirish, SSSP qo’shinlari
sonini 500 ming kishidan oshirmaslik zarurligi ko’rsatildi.
Germaniya   delegasiyasi   boshqa   mamlakatlarshshg   qurolli   kuchlarini
german   qurolli   kuchlari   darajasigacha   qiskartirishni   yoki   german   qurolli
kuchlarini   boshqa   yirik   mamlakatlarning   qurolli   kuchlari   darajasiga
yetkazishni   taklif   qildi.   Germaniya   taklifi   qabul   qilinmagach,   uning
delegasiyasi   konferensiya   ishini   barbod   qilishga   urindi   va   1933   yil   kuzida
konferensiyadan   chiqib   ketdi.   Konferensiya   qatnashchilari   mushkul   ahvolga
tushib qoldi.
Yevropada   Germaniya   va   Osiyoda   Yaponiya   jahonga   hukmron
bo’lishni   da’vo   qilib   chiqayotganligini   hamda   SSSRning   kuch-quvvati   va
xalqaro   roli   oshib   borayotganligi   tufayli   1934   yil   15   sentyabrda   Millatlar ittifoqining   34   ta   a’zosi   Sovet   Ittifoqiga   Millatlar   ittifoqiga   a’zo   bo’lib
kirishni taklif qildi va SSSR  1934 yil 18 sentyabrda Millatlar ittifoqiga a’zo
bo’lib   kirdi.   1933   yil   16   noyabrda   SSSP   bilan   AQSh   o’rtasida   diplomatik
munosabatlar o’rnatish to’g’risida bitim tuzildi.
1933   yili   SSSP   bilan   Ispaniya   o’rtasida,   1934   yili   SSSP   bilan
Chexoslovakiya,   Ruminiya,   Vengriya,   Bolgariya,   Albaniya   o’rtasida,   1935
yili   SSSP
bilan   Belgiya,   Lyuksemburg   va   Kolumbiya   o’rtasida   diplomatik   aloqalar
o’rnatildi.
Fransiya   hukumati   jamoatchilikning   qat’iy   talablari   natijasida,   xamda
mamlakatda   o’z   mavqyeini   mustaxkamlash   va   xalqaro   miqyosda   Fransiya
pozisiyasini  kuchaytirish  maqsadida  1935 yil  2 mayda  Parijda Sovet Ittifoqi
bilan   o’zaro   yordam   to’g’risida   shartnoma   tuzdi.   16   mayda   SSSP   bilan
Chexoslovakiya  o’rtasida  ham  shunday shartnoma imzolandi. Ayni  mahalda
Fransiya bilan Chexoslovakiya o’rtasida ham shu kabi shartnoma tuzildi.
Chexoslovakiya   hukumatining   talabi   bilan   Sovet-Chexoslovakiya
shartnomasida
agressiya   yuz   berganda   Fransiya   yordam   ko’rsatgan   taqdirdagina   o’zaro
yordam
berish xaqida modda kiritildi.
4. Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar
Agressiv davlatlar-Germaniya, Yaponiya va Italiyada iqtisodiyot harbiy
maqsadlarda   qayta   qurilganligi   natijasida   ishlab   chiqarishning   pasayib
ketishiga   yo’l   qo’yilmadi.   1938   yil   Germaniya   sanoat   mahsuloti   Angliya   va
Fransiyaning   sanoat   mahsulotidan   oshib   ketdi.   1938   yil   Yaponiyada   sanoat
mahsuloti 1929 yildagiga nisbatan 185%ni, Germaniyada esa 121 %ni tashkil
etdi. Yaponiya, Italiya, aynissa Germaniya bozor va xom ashyo manbalarini,
mustamlakalarni qayta taqsimlashni talab qila boshladilar. 1930   yillarning   ikkinchi   yarmida   kapitalistik   dunyoda   Germaniya
AQShdan keyingi qudratli davlat edi. U sanoatning ba’zi tarmsjlari bo’yicha
(sintetik   mahsulotlar,   metall   ishlash   uskunalari,   alyumin   tarmoslari)
kapitalistik   mamlakatlar   orasida   birinchi   o’rinni   egallagan   edi.   Mashinalar
eksport qilishda ham Germaniya AQShni quvib yetmoqda edi.
Yevropa,   ayniqsa   Markaziy   va   Sharqiy   Yevropa   bozorlarida
Germaniyaning iqtisodiy pozisiyasi kuchaydi va bu rayonlarida uning g’arbiy
mamlakatlar   ,   bilan   konkurensiyasi   juda   keskinlashdi.   Angliya,   Fransiya   va
AQShning bu jihatdan pozisiyasi zaiflashdi.
Germaniya   Lotin   Amerikasida   ham   kuchli   pozisiyani   egalladi.
Germaniyaning   Lotin   Amerikasi   mamlakatlari   bilan   savdosi   1938   yil   171%
ga   yetdi,   1933   yilda   esa   11,5%   edi,   xolos.   Germaniya   bu   mamlakatlarning
importida   birnnchi   o’rinni   egalladi   xamda   AQSh   va   Angliya   pozisiyasshsh
zaiflashtira bordi.
1935   yil   oktyabridayoq   Italiya   qo’shinlari   urush   e’lon   qilmay,
Habashistonga   (Efiopiyaga)   hujum   boshladilar.   Italiya-Habashiston   urushi
tayyorlanayotgan   jahon   urushining   yangi   bir   tuguni   edi.   Italiyaning
agressiyasi   Angliya   va   Fransiya   manfaatlariga   zarba   berdi   xamda   ularning
Yevropadan   Osiyoga   boradigan   dengiz   yo’llari   uchun   katta   xavf   tug’dirdi.
Shunga   qaramay,   Angliya   va   Fransiya   hukmron   doiralari   bu   gal   ham
agressorga   qarshilik   ko’rsatmadilar.   Faqat   Sovet   delegasiyasining   qattiq
turishi   natijasida   Millatlar   ittifoqi   Italiyani   agressor   deb   hisobladi   va   unga
qarshi iqtisodiy sanksiya (jazo choralari) qo’llash, Italiyaga xom ashyolar va
harbiy   materiallar   kiritishni   cheklash   to’g’risida   qaror   qabul   qildi.   Lekin
Angliya   va   Fransiya,   aybi   bilan   bu   sanksiya   to’la   amalga   oshmadi.   AQSh
hukumati   1935   yilda   «betaraflik»   siyosatini   e’lon   qilib,   shu   niqob   ostida
agressorlarni   rag’batlantirdi.   Italiya   bundan   foydalanib,   1936   yil   mayida
deyarli bugun Habashistonni bosib oldi va o’z muyegamlakasiga aylantirdi. 1936 yil martida Germaniya Versal va Lokarno shartnomalarini buzib,
Reyndagi   demilitarizasiya   qilingan   zonaga   o’z   qo’shinini   kiritdi.   Yirik
davlatlar bunga nisbatan yuzaki norozilik bildirshi bilan cheklanib qoldilar.
1936   yil   iyulida   general   Franko   boshchiligidagi   ispan   fashistlari
Germaniya   va   Italiya   yordami   bilan   Ispaniya   inqilobiy   demokratik
kuchlariga,   respublikaga   qarshi   isen   ko’tardilar.   Tez   orada   Germaniya   bilan
Italiya   Ispaniya   respublikasiga   qarshi   ochiqsan-ochiq   harbiy   intervensiya
boshladi.   1936-1939   yillar   mobaynida   Ispaniyaga   Italiya   150   ming,
Germaniya   50   ming   soldat   va   ofiser,   harbiy   mutaxassislar,   texnika   va
aviasiya yubordi. Ular Angliya va Fransiyaning Afrika va Osiyoga boradigan
dengiz   yo’llarini   egallab   ola   boshladilar.   Urushning   yangi   tuguni   vujudga
keldi.
Fransiya   sosialistik   partiyasining   lideri   o’sha   vaqtdaga   Fransiya
hukumatining   boshlig’i   Leon   Blyum   1936   yil   avgusg   boshida   Angliyaning
Bolduin   boshchiligidagi   konservativ   hukumati   bilan   birgalikda,
mamlakatlarni   Ispaniyadagi   urushga   «aralashmaslikja   chaqirdi.   Bir   qancha
mamlakatlar,   hatgo   Germaniya   va   Italiya   bu   taklifga   qo’shildi.   Ulug’
davlatlarning   Ispaniya   ishlariga   haqiqatan   aralashmasligi   Ispaniya
respublikachilari uchun foydali ekanligini nazarda tutib CCSP ham bu taklifni
quvvatladi.   1936   yil   9   sentyabrda   Londonda   Angliya   diplomati   lord   Plimut
boshchiligidagi   27   davlat   vakillaridan   iborat   «Aralashmaslik   komiteti»
tuzildi. Komitet ishtirokchilari betaraflikni saqlab, Ispaniyaga qurol sotmaslik
va   Ispaniya   uchun   toboriladigan   yarog’-aslahalarni   o’z   mamlakatlari
territoriyasidan o’tkazmaslik majburiyatini oldilar.
Lekin ko’p o’tmay, amalda, «Aralashmaslik komitetishing siyosati eng
sharmandali   bir   siyosat   ekanligi   aniqlandi.   Fashistik   davlatlar   dastlab   o’z
agressiv   maqsadlarini   yakka-yakka   amalga   oshirishga   kirishgan   bo’lsalar,
keyinroq   ular   bu   agressiv   harakatlarshsh   kengaytirish   uchun   harbiy-siyosiy blokka   uyushdilar.   1936   yil   oktyabrida   Germaniya-Italiya   protokoli
imzolandi. «Berlin-Rim o’qi vujudga keldi. Germaniya Italiyaning Efiopiyani
bosib olganini tan oldi xamda uning Dalmasiya, Albaniya va Gresiyani bosib
olish   yo’lidagi   intilnshlarini   quvvatladi.   Italiya   Germaniyaning   Avstriyani
qo’shib   olish   maqsadlarini   ma’qulladi.   Italiya   va   Germaniya   Ispaniya
masalasida birgalikda harakat qilish to’g’risida ham til biriktirdilar.
Uzoq   Sharqda   esa   Yaponiya   ig’vogarlik   bilan   Sharqiy   Xitoy   temir
yo’liga   va   undagi   sovet   xodimlariga   ketma-ket   hujumlar   uyushtirdi.   Sovet
hukumati   Yaponiya   bilan   munosabatlarning   keskinlashuviga   sabab   bo’lgan
bahonalarni bartaraf qilish maqsadida KVJDni Yaponiya va Manchjou Goga
sotdi,   bu   haqda   1935   yil   martida   shartnoma   tuzildi.   Lekin   Yaponiya
1935-1936   yillarda   Mo’g’uliston   Xals   Respublikasi   chegaralariga   bir   necha
marta   hujum   uyushtirib,   Uzoq   Sharqda   tinchlikka   tahdid   qila   berdi.   SSSR
Mo’g’ulistonni   qo’llab-quvvatladi   va   1936   yil   martida   o’zaroyordam
to’g’risida
Sovet-Mo’g’uliston   shartnomasi   imzolandi.   Bu   shartnoma   Yaponiya
ypyshqoq
harbiylarini birmuncha tiyib qo’ydi.
1936 yil noyabrida Germaniya bilan Yaponiya o’rtasida «Kominternga
qarshi   axdnoma»   tuzildi,   1937   yil   noyabrida   Italiya   ham   bu   axdnomaga
qo’shildi.   Uch   fashist-agressor   davlatning   -   Germaniya,   Yaponiya   va
Italiyaning   Kominterngagina   emas,   balki   shu   niqob   ostida   barcha
mamlakatlarga   sarshi   qaratilgan,   dunyoni   o’zaro   qayta   taqsimlashni   ko’zda
tutgan   agressiv   uchlar   bloki   (agressiv   «uch   burchak»)-«Berlin-Rim-Tokio
o’qi»   tashkil   topdi.   193ft   yil   fevralida   Vengriya   va   Manchjau-Go,   martda
Franko Ispaniyasi «Kominternga qarshi ahdnoma»ga qo’shildi.
  1937 yil iyulida Yaponiya militarizmi Xitoy xalqiga qarshi ochiqdan-
ochiq   keng   miqyosda   urush   boshlab   yubordi.   Bu   urush   Yaponiyaning Xitoydash agressiyasining yangi bosqichi edi. Yaponiya qo’shinlari Shimoliy,
Markaziy, so’ngra Janubiy Xitoyga bostirib kirdilar.
Yaponlar   Xitoyning   Pekin,   Tyanszin,   Shanxay,   Nankin   Xankou   kabi
katta   shaharlarini,   deyarli   hamma   portlarini   ishg’ol   qildilar.   Biroq   yapon
harbiylarining Xitoyda «yashin tezligida urush» qilish plani barbod bo’ldi.
Yevropada g’arbiy davlatlarning Gitler Germaniyasi va fashistik Italiya
bilan   Myunxenda   tuzgan   bitimidan   (1938   yil   sentyabr)   ruxlangan   Yaponiya
reaksiyasi 1938 yil noyabridayoq «Sharqiy Osiyoda yangi tartib» e’lon qildi,
bu   «yangi   tartib»   Sharqiy   Osiyoda   faqat   Yaponiyaning   mustamlakachilik
hukmronligini o’rnatishdan iborat edi.
Angliya,   AQSh   va   Fransiya   davlatlari   Yaponiyaning   bu   hatti-
harakatidan
norozi   bo’ldilar.   Ular   «Xitoy-Yaponiya   janjali»ni   bartaraf   qilish   maqsadida
«Xalqaro   Uzoq   Sharq   konferensiyasi»ni,   «Tinch   okean   konferensiyasi»ni
chaqirish to’g’risida fikr bildirishdi.
1939 yil 24 iyulda Tokioda Angliya bilan Yaponiya o’rtasida «Kreygi
Arita   bitimi»,   ya’ni   «Uzoq   Sharq   Myunxeni   bitimi»   tuzildi.   Kreygi-
Angliyaning Yaponiyadagi elchisi, Arita-Yaponiya tashqi ishlar ministri edi.
Angliya   va   Yaponiya   bir-birlarining   Xitoydagi   manfaatlariga   qarshi   harakat
qilmaslik   to’g’risida,   Xitoydagi   ozodlik   kurashini   bostirshp   uchun
Angliyaning   Yaponiyaga   xalaqit   bermasligi   to’g’risida   kelishib   oldilar.
Yapon   militaristlarsh   Manchjuriyadan   turib   1938   yil   29   iyulda   Vladivostok
yaqinidagi Hasan ko’li rayonida Sovet Ittifoqi chegarasiga qo’qqisdan hujum
qildilar.   Ular»   Sovet   Uzoq   Sharqi   hududiga   bostirib   kirishni   mo’ljallagan
edilar.   Sovet   Armiyasi   yapon   bosqinchilarini   tor-mor   keltirib   chegaradan
uloqtiri tashladi. O’sha yili 11 avgustda bu rayonda urush harakatlari to’xtadi.
1939   yil   may-avgust   oylarida   yaponlar   Sovet   Ittifoqiga   bostirib   kirish
va   Sibir   temir   yo’lini   ishg’ol   qilib,   Sovet   Uzoq   Sharqini   SSSRdan   ajratib qo’yish   maqsadida   Xalxin-Gol   daryosi   rayonida   Mo’g’uliston   Xalq
Respublikasiga   hujum   qildilar.   Sovet   hukumati   bilan   Mo’g’uListon   Xalq
Respublikasi o’rtasida 1936 yilda tuzilgan o’zaro yordam shartnomasiga amal
qilib,   SSSP   Mo’g’ulisgonni   qo’llab-quvvatladi.   Sovet   Armiyasi   mo’g’ul
Armiyasiga yordam ko’rsatib, bu gal ham yapon bosqinchilariga qaqshatqich
zarba berdi.
Yaponiya bilan Germaniya o’rtasida xam (garchi bo’lar «Kominternga
qarshi
ahdnoma»ning   ishtirokchilari   bo’lsalar-da)   ziddiyatlar   mavjud   edi.
Germaniya
1938   yil   fevraliga   qadar   Manjou-Goni   tanimagan   edi.   Germaniya   Xitoyda
bir   qancha   imtiyozlarga   ega   bo’lishni,   Birinchi   jahon   urushidan   keyin
o’zining
Yaponiyaga o’tib ketgan Tinch okeandagi sobiq mustamlakalari masalasining
qayta   ko’rib   chiqilishini   istardi.   Germaniya   yashirin   yo’llar   bilan   chan-kay-
shichilarga   qurol-yarog’   va   maslahatchilar   yuborib   turdi.   Yaponiya
Germaniyaning
talablariga   rozi   bo’lmadi.   Shu   tariqa,   Yaponiya-Germaniya   munosabatlarida
ixtiloflar   bo’lib   turdi.   Gitlerchilar   Germaniyasi   bir   qator   tadbirlardan
so’ng,   1938   yil   11   martda   zo’rlik   bilan   Avstriyani   bosib   oldi.   Bu   Versal   va
Sen-Jermen   sulh   shartnomalarining   to’g’ridan-to’g’ri   buzilishi   edi.
«Aralashmaslik»   va   «betaraflik»   siyosatlari   niqobi   ostida   Angliya,   Fransiya
va   AQSh   Avsgriyaning   bosib   olinishini   ma’qulladi   va   tanidi.   Imperialistik
davlatlarping   hukmron   doiralari   Avstriya   masalasining   Millatlar   ittifoqida
muhokama   qilinishini   istamadilar.   Natijada   gitlerchilar   agressiyasi   Janubi-
Sharqiy Yevropaning ichkarisiga yoyilib bordi. .
German   fashistlari   Avstriyani   bosib   olganlaridan   keyin   butun   diqqatni
Chexoslovakiyaga,   avvalo   uning   Sudet   oblastiga   qaratdilar.   Germaniyada Chexoslovakiyaga   qarshi   tashviqot   avj   oldirildi.   Nemis-fashist   qo’shinlari
Chexoslovakiya   chegaralariga   to’plana   boshladi.   «Sudet   inknrozi»,   ya’ni
Germaniya-Chexoslovakiya   janjali   boshlanib   va   keskinlashib   ketdi.
Chexoslovakiyaga nisbatan xavf kuchaydi. 1938 yil 28-29 aprelda Londonda
Angliyava Fransiya bosh ministrlari va tashqi ishlar ministrlarining kengashi
bo’lib   o’tdi.   Bu   kengashda   Yevropada   «tinchlik   uchun»   kurash   va
Chexoslovakiyaga   «yordam»   masalasi   muhokama   qilindi   hamda   Sudet
oblasti masalasiny «tinch» yo’l bilan hal qilish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Angliya   hukumati   tomonidan   1938   yil   yozida   Chexoslovakiyaga   yuborilgan
Rensimen   o’taketgan   yuzsizlik   va   munofiqlik   rolini   o’ynadi.   U,
Chexoslovakiya   hukumatidan   Sudet   oblastini   Germaniyaga   berishni,   Sovet-
Chexoslovakiya o’zaro yordam shartnomasini bekor qilishni talab etdi.
Fransiya   hukmron   doiralari   1938   yil   fevralidayoq,   Chexoslovakiya
bilan 1935 yilda tuzilgan shartnoma o’z kuchini yo’qotdi, deyishgacha borib
yetdilar   va   Fransiya   Chexoslovakiyaga   Angliyasiz   yordam   bera   olmaydi,
dedilar.   Gitlerning   Sudet   oblasti   haqidagi   talabi   tobora   qat’iylashdi;
Chexoslovakiyadagi   gitlerchilar   yanada   faollashdi,   1938   yil   13   sentyabrda
Chexoslovakiyada   fashistik   isyon   ko’tarildi.   Isyon   bostirilgach,   Gitler
g’azablanib, chegaradagi qo’shinlarni jangovar holatga keltirdi. Lekin Gitler
bu   kuchlarni   ishga   solmasdanoq   g’arb   davlatlari   unga   juda   epchillik   bilan
yordam   qildilar.   1938   yil   15   sentyabrda   Angliya   bosh   ministri   Chemberlen
Germaniyada Gitler huzurida bo’lib, uning Chexoslovakiyadagi Sudet oblasti
va boshqa   territoriyalar haqidagi talabini ma’qulladi. 18 sentyabrda Londonda
Angliya   va   Fransiya   hukumatlarining   bosh   ministrlari   va   tashqi   ishlar
ministrlarining   yana   kengashi   bo’lib,   uzil-kesil   yordam   berishga   qaror
qildilar.   Sovet   hukumati   Chexoslovakiya   bilan   tuzilgan   shartnomaga   amal
qilib, unga yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini ta’kidlab keldi va bu haqda
Gitler hukumatini ham ogohlantirgan edi. Benesh   Sovet   hukumatining   bu   pozisiyasiga   e’tibor   bermadi   va   sovet
takliflarini   javobsiz   qoldirdi.   Benesh   16   sentyabrda   Angliyaning
«vositachisi»   Rensimenga   urush   bo’lgan   taqdirda   ham   CCSP   bilan   xech
qanday   maxsus   bitim   tuzilmasligini,   Fransiyadan   tashqari   hyech   qanday
chora ko’rmasligini surbetlarcha bildirdi.
  21   sentyabrda   Angliya   va   Fransiyaning   Pragadagi   elchilari   Benesh
huzurida   bo’lib,   agar   Chexoslovakiya   Angliya-Fransiya   talablarini   qabul
qilmasa   va   natijada   Germaniya-Chexoslovakiya   urushi   boshlanib   qolsa,
Angliya va Fransiyaning Chexoslovakiyaga hyech qanday yordam bermasligi
to’g’risida,   agar   Chexoslovakiya   SSSR   dan   yordam   olsa   va   natijada
Germaniya   Chexoslovakiyaga   va   SSSRga   qarshi   urush   ochsa,   Angliya   va
Fransiyaning Germaniya tomonida bo’lishi to’g’risida ogohlantirdilar.
  22 sentyabrda Chemberlen yana Gitler huzuriga kelib, Germaniyaning
Sudet  to’g’risidagi  «huquqlari»ni  tanidi.  Shuningdek  Chemberlen  Gitlerning
Polsha   va   Vengriyaning   hududi   talablarini   qondirish   to’g’risidagi   taklifini
ham qabul qildi.
Angliya,   Fransiya   va   AQSh   siyosatidan   rag’batlangan   Gitler   26
sentyabrda so’zlagan nutqida, agar Chexoslovakiya hukumati Germaniyaning
talablarini   tezda   va   so’zsiz   bajarmasa,   Chexoslovakiya   yakson   qilinadi,   deb
do’q   qildi.   28   senyabrda   esa   Gitler   10   kun   ichida   Sudet   oblastini   butun
sanoati,   transporti   va   istehkomlari   bilan   birga   Germaniyaga   beripshi
Chexoslovakiyadan qat’iy talab etdi.
1938   yil   29-30   sentyabrda   Myunxenda   xalqaro   fashist   banditlari-
Germaniya   va   Italiya   diktatorlari   Gitler   va   Mussolini   Angliya   va   Fransiya
bosh   ministrlari   Chemberlen   va   Daladye   bilan   uchrashdilar.   Bu   xalqaro
munosabatlar   tarixida   o’taketgan   xiyonatkorona   va   sharmandali   kengash
Myunxen konferensiyasi edi. Unda Chexoslovakiya vakillarining ishtirokidan
tashqari chexoslovak xalqining taqdiri hal qilindi. Myunxenda gitlerchilar talab qilgan rayonlarni Germaniyaga topshirish,
Polsha   va   Vengriyaning   talablarini   ham   qondirish   to’g’risida   sharmandali
bitimlar   tuzildi.   30   sentyabrdayoq   Chexoslovakiya   hukumati   va   prezident
Benesh   Myunxen   konferensiyasining   qarorlarini   qabul   qildi,   va   Germaniya
fashizmi   oldida   xiyonatkorona   taslim   bo’ldi.   Tez   orada   Myunxen   qarorlari
amalga oshirilib, Chexoslovakiya taqsimlana boshlandi.
1938   yil   oktyabrida   Gitler   Germaniyasi   Sudet   oblastini   va
Chexoslovakiyaping   boshqa   chegara   rayonlarini   bosib   oldi.   1939   yilning
martida   esa   Germaniya   qo’shinlari   butun   Chexoslovakiyani   ishg’ol   qildi.
Chexoslovakiya   parchalab   tashlandi;   Chexiya   va   Moraviya   Germaniyaning
«protektorati» deb, Slovakiya «mustaqil» davlat deb e’lon qilindi. Amalda bu
«mustakil» davlat Gitler Germaniyasining mustamlakasiga aylandi. Zakarpat
Ukrainasi   vengr   xortistlari   tomonidan,   Teshin   Polsha   tomonidan   zabt   etildi.
Germaniya   Avstriya   va   Chexoslovakiyani   bosib   olganidan   keyin,
Yevropadagi siyosiy va strategik axvol Gitler foydasiga o’zgarib ketdi. 1939
yil   martida   Ispaniyada   fashistik   tartib   o’rnatildi.   O’sha   yilning   martida
Memel   oblastini   (Klaypedani)   Germaniyaga   topshirish   to’g’risida   Litva-
Germaniya   bitimi   imzolandi.   Ruminiya   iqtisodiyoti   fashistik   Germaniyaga
bo’ysundirildi.   Ruminiya,   so’ngra   Vengriya   gitlerchilar   blokiga   kirdi.   1939
yil   aprelida   fashistik   Italiya   Albaniyaga   hujum   qilib,   uni   bosib   oldi.
Germaniya   fashizmi   esa   Polshaga   nisbatan   hududiy   va   boshqa   talablarni
qo’ydi.   1939   yilda   Gitler   Dansigning   Germaniyaga   topshirilishini,   Polsha
koridori   orqali   Sharqiy   Prussiyaga   qadar   tor   izli   temir   yo’l   va   avtostrada
qurishga   ruxsat   berilishini   qat’iy   talab   qildi.   Germaniya   va   Polsha
munosabatlari   keskinlashdi.   Germaniya   1934   yilgi   shartnomani   bekor   qildi.
1939  yil  22   mayda   Germaniya   va   Italiya  o’rtasida   harbiy-siyosiy  shartnoma
(«Po’lat axd») imzolandi. Germaniya   va   Italiyaning   yangi   agressiv   harakatlari   natijasida   xalqaro
munosabatlarda jiddiy inqiroz boshlandi. Yevropa urush yoqasiga kelib qoldi.
1939 yil 15 aprelda AQSh prezidenti Ruzvelt Gitler va Mussoliniga Murojaat
qilib,   ularni   Yevropa   va   Yaqin   Sharq   mamlakatlarining   birortasiga   ham
hujum qilmaslik to’g’risidagi majburiyat olishga chaqirdi. Gitler va Mussolini
bu   talabni   keskin   suratda   rad   etdilar.   G’arbiy   Yevropa   ikki   qarama-qarshi
harbiy-siyosiy   blokka:   Germaniya-Italiya   blokiga   va   Angliya-Fransiya
blokiga ajraldi.
1939   yil   aprelida   Angliya   bilan   Polsha   o’rtasida   Londonda   o’zaro
yordam   to’g’risida   deklarasiya   imzolandi.   Fransiya   Polsha   bilan   ilgari
tuzilgan
shartnomaga amal qilajagini bildirdi.
1939 yil martida SSSP Yeropada fashizm va urush xavfining g’oyatda
kuchayib   ketganligi   tufayli,   agressiyaga   qarshi   birgalikda   harakat   qilish
masalalarini   muhokama   qilish   uchun   manfaatdor   davlatlarning
konferensiyasini chaqirib, muzokaralar boshlashni taklif etdi.
Angliya va Fransiyaning CSSP bilan muzokaralari 1939 yil mart oyidan
avgustgacha   davom   etdi.   Muzokaralar   diplomatik   yo’l   bilan,   so’ngra   harbiy
vakillar   orqali   olib   borildi.   Sovet   rahbariyati   Fransiya   ham,   Angliya   ham
kollektiv   xavfsizlik   tizimini   tashkil   qilish   istagi   va   biror   aniq   dasturiga   ega
emasligiga   qat’iy   ishonch   hosil   qildi.   Muzokaralarda   hyech   qanday   istiqbol
ko’zga tashlanmadi. g’arb davlatlari Germaniya va Sovet Ittifoqini osongina
urushtirib qo’yishi mumkin bo’lgan shartlarni ilgari surdilar.
Muzokaralarda   Angliya   va   Fransiya   tomoni   AQShga   tayanib   teng
munosabatdan va teng majburiyatlar olishdan bosh tortib, qalloblik bilan ish
ko’rdi.
SSSR   bilan   muzokaralar   borayotgan   choqda   1939   yil   iyun-avgustida
Angliya   fashistlar   Germaniyasi   bilan   yashirin   muzokaralar   (bosh   ministr Chemberlen ko’rsatmasi asosida tashqi ishlar ministri Galifaks, savdo ishlari
ministri   Xadson   va   Chemberlenning   maslahatchisi   Garold   Vilson   bilan
Gitlerning   iqtisodiy   ishlar   maslahatchisi   Voltat   va   Germaniyaning
Londondagi elchisi Dirksen o’rtasida muzokaralar) olib bordi.
Sovet   hukumati   agressiya   ro’y   bergan   taqdirda   Angliya,   Fransiya   va
Polshaga   yordam   ko’rsatish   uchun   sovet   qo’shinlarining   Polsha   territoriyasi
orqali o’tkazilishiga Polsha xukumatining rozilik berishi kerakligini bildirdi.
SSSP Boltiq bo’yi mamlakatlarini ham garantiya qilishni talab etdi. Angliya
va   Fransiya   bu   takliflardan,   o’zlariga   majburiyat   olishdan   surbetlarcha   bosh
tortdi.   Ularga   suyangan   Polsha   hukumati   esa.   SSSP   bilan   hamkorlik
qilmasligini, sovet qo’shinlarining Polsha hududiga kirishiga rozi emasligini
bildirdi.   Litva,   Latviya   va   Estoniya   hukumatlari   ham   garantiyadan   bosh
tortdilar.
SSSRning   talabi   bilan   1939   yil   12-21   avgustda   Moskvada   bo’lgan
harbiy   muzokaralarda   ham   Angliya   va   Fransiya   SSSRning   konkret
takliflariga e’tibor bermadilar.
1939   yil   avgustidagi   Moskva   muzokaralari   Angliya-Fransiya-
tomonining   aybi   bilan   boshi   berk   ko’chaga   kirib   qolgan   va   imperialisgik
davlatlar   SSSRni   yakkalantirib,   fashistik   Germaniyani   unga   qarshi   qo’yish
uchun   zo’r   berib   urinayotgan   bir   vaqtda,   SSSR   siyosiy   jihatdan   batamom
yakkalab   qo’yilgan   va   SSSRga   nisbatan   ikki   tomondan:   g’arbda-Germaniya
va   Uzoq   Sharqda   Yaponiya   tomonidan   urush   xavfi   kuchayib   ketgan   bir
paytda Sovet hukumati Gitler hukumatining SSSR bilan Germaniya o’rtasida
o’zaro xujum qilmaslik axdnomasi tuzish to’g’risidagi taklifini qabul qilmay
iloji   yo’q   edi.   1939   yil   23   avgustda   Moskvada   SSSP   bilan   Germaniya
o’rtasida o’zaro hujum qilishmaslik axdnomasi tuzildi.
Bitimga   muvofiq   ikkala   tomon   bir-biriga   qarshi   hujum   qilmaslik   va
agressiya   uyushtirmaslik   majburiyatini   olardi:   uchinchi   davlat   kelishuvchi tomonlardan   biriga   hujum   qilgan   taqdirda   boshqa   tomon   hujum   qilgan
tomonni   qo’llab-quvvatlamasligi   lozim   edi.   Tomonlar   davlatlarning
kelishayotgan   tomonlardan   biriga   qargai   ittifoqlariga   qo’shilmaslik,
o’rtalaridagi barcha bahslarni tinch yo’l bilan hal qilish majburiyatini oldilar.
Bitimning   e’lon   qilinmagan   maxfiy   bandlari   Polshaning   ikki   davlat
o’rtasida   bo’lib   olinishini   ko’zda   tutardi,   Sovet   Itgafoqiga   Boltiqbo’yi
mamlakatlari   -Litva,   Latviya,   Estoniyani   hamda   Bessarabiyani   qo’shib
olishga ruxsat berardi. Bu hududlar oldin Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan
bo’lib,   Brest-Litovsk   bitimiga   ko’ra,   undan   zo’rlik   bilan   ajratib   olingan   edi.
Ular   sovet   davlatining   strategik   xavfsizligi   nuqtai   nazaridan   juda   katta
ahamiyatga ega edi, chunki g’arbiy chegaralarni 400-500 km.ga nari siljitardi.
Ular sovet-german urupshda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Gitlerchilar bu
hududlarni   bosib   o’tish   uchun   2-3   oy   vaqt   ichida   qizil   armiya   Sibirdagi
zahiralarini g’arbga tashlab ulgurdi.
G’arb davlatlari Myunxen siyosatining barbod bo’lipsh Germaniya, Yaponiya
va   Italiya   bloki   bilan   Angliya-Amerika   Fransiya   bloki   o’rtasidagi
ziddiyatlarni   keskinlashtirib   yubordi.   Bu   ziddiyatlar   natijasida   1939   yil
sentyabr boshlarida g’arb davlatlari o’rtasida ikkinchi jahon urushi boshlandi. Aabiyotlar 
1. Black Jeremy. A History of Diplomacy . London, Reaktion Books Ltd, 2010 
2. Xolliev A. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi. –  Т ., 2014. 
3. Богатуров А.Д., Аверков В.В. История международных отношений. 1945- 
2008. М., 2010. 
4. История международных отношений. Основные этапы с древности до 
наших дней. – М., Логос, 2007. / под ред. Г.В.Каменской, О.А.Колобова, 
Э.Г.Соловьева. 
5. Системная история международных отношений. 1918-2003. В четырех 
томах. Отв. Ред. А.Д.Богатуров. М.,2003. Qo’shimcha adabiyotlar: 
6. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б. 
7. Бажанов Е.П., Бажанова Н.Е. Многополюсный мир. М., 2010. 
8. Бережков В.М. Страницы дипломатической истории. 4-ое издание. М., 
1987. 
9. Буданова В.П. Готы в эпоху великого переселения народов. М., 1990. 
10.Дулина Н.А. Османская империя в международных отношениях (30-40- 
годы XIX века). М.,1980. 
11.3агорский А.В. Хельсинский процес: Переговоры в рамках Совещания по
безопасности и сотрудничеству в Европе 1972-1991 гг. М., 2005. 
12.Ивонин Ю.Е. У истоков Европейской дипломатии нового времени. 
Минск,1984. 
13.История дипломатии. М.,1959-1963 гг. T.I; II. 14.Лебедева М.М. Мировая 
политика М., 2003.

Mavzu: 1918-1923 yillarda xalqaro munosabatlar, Versal Vashington siyetemasining tuzilishi Reja: 1. I-jahon urushining yakuni va halqaro munosabatlar tarixida tub o’zgarishlar. 2. Parij tinchlik konferensiyasi va unda G’arb davlatlarining tutgan siyosati. 3. Versal tizimining vujudga kelishi va mamlakatlar o’rtasida ziddiyatlarning keskinlashuvi. 4. Millatlar Ligasining tashkil topishi. 5. Vashington konferensiyasining natijalari (To’rtlar, Beshlar, To’qqiz davlat hujjatlarining qabul qilinishi) 6. Versal sistemasi natijasida yangi davlatlarning tashkil topishi.

Birinchi jahon urushi, ayniqsa Oktyabr to’ntarishi natijasida kapitalistik sistemaniig iqtisodiyotga, siyosiy va ideologik tomonlarini o’z ichiga oluvchi inqirozi boshlanib, chuqurlashib bordi. Xalqaro miqyosda ham ziddiyatlar keskin tus oldi. Ikki xil ziddiyat; Sovet Rossiyasi bilan kapitalistik davlatlar O’rtasidagi ziddiyat va kapitalistik davlatlarning o’z o’rtalaridagi ziddiyatlar kuchaydi. Kapitalistik davlatlar Rossiyaning urushdan inqilobiy yo’l bilan chiqib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib olishiga, hokimiyat tepasida ishchi va dehqonlar turgan bir mamlakatning mavjud bo’lshiga chidab tura olmas edilar. Chet el monopalistlari chorizmga va Muvaqqat hukumatga qarz bergan milliard so’mlab pullaridan, Rossiyadagi shaxtalari va korxonalaridan tushayotgan juda katta foydalaridan ajralib qolishni aslo istamas edilar. Sovet Rossiyasiga qarshi kurashda Antanta davlatlari umumiy bir maqsadni ko’zlagan bo’lsalar-da, ular o’rtasida, kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Ayniqsa bosib olingan joylarni taqsimlab olish masalasida kapitalistik davlatlar o’rtasida ziddiyat keskinlashdi. Ular bir-birlarining haddan tashqari kuchayib ketishiga jiddiy qarshilik ko’rsatdilar. Jahon urushi mobaynida juda ham boyib, qarzdor mamlakatdan qarz beruvchi mamlakatga aylangan AQSh halqaro munosabatlarda asosiy rol o’ynashga zo’r berib intildi. Angliya o’z mustamlaka yerlarnni bosib olgan territoriyalar hisobiga kelgaytirishga, Fransiya Yevropada gegemon bo’lib olishga va o’z mustamlakalrini kengaytirishga xarakat qildi. Italiya o’z territoriyasini Bolqonda, asosan janubiy slavyan yerlari hisobiga kengaytirib olishga, Yaponiya esa Xitoy yeri Shandunni va Germaniyaning Tinch okeandagi mustamlakalarini o’ziniki qilib olishga zo’r berib urindi. Shy negizda AQSh bilan Angliya, Fransiya bilan Angliya, Fransiya bilan AQSh, AQSh bilan Yaponiya o’rtasida ziddiyatlar ksskinlashdi.

1971 yil noyabr-dekabr oylarida Sovet Rossiyasi Antanta mamlakatlari hukumatlariga bir necha marta murojaat qilib, Germaniya va uning ittifoqchilari bilan urushni to’xtatish, anneksiyasiz va kontribusiyasiz sulh shartnomalari tuzish uchun muzokaralar boshlashni taklif etdi. Lekin ular Sovet Rossiyasining bu takliflarini rad qila berdilar. Antanta davlatlari sulh to’g’risida muzokaralar olib borishdan bosh tortganlaridan keyin, Sovet Rossiyasi 1917 yil 3 dekabrda Brset-Litovsk shahrida Germaniya va uning ittifoqchilari bilan muzokaralar boshlashga majbur bo’ldi. Sovet Rossiyasi 1918 yll 3 martida Germaniya, Avstriya-Vengriya, Bolgariya va Turkiya bilan sulh shartnomasi imzoladi. Sulh, shartnomasiga Sovet xukumati topshirig’i bilan tashqi ishlar xalq komissari G.V. Chicherin imzo chekdi. By shartnomaga binoan Sovet respublikasida sobiq Rossiya imperiyasi tarkibidagi Finlyandiya, Litva, Latviya, Estoniya va Polsha Germaniyaga o’tdi, Ukraina Germaniyaga qaram davlatga aylandi; Sovet davlatiga Germaniya foydasiga 6 millard oltin marka miqdorida kontribusiya to’lash hamda armiya va flotni demobilizasiya qilish majburiyash yuklandi. Batumi, Kars va Ardagan Turkiyaga topshirildi. Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta mavqyeyini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi. Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qiladi. 1918 yil aprel oyida nemis qo’shnilari Antanta mavqyelariga kuchli xujum boshladi. Dastlab ular muvafaqqiyatli hamla qilib, Antanta ko’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan to’plar bilai Parijni o’qqa tutdilar. Ammo muvafaqqiyatni mustaxkamlash uchun Germaniya yetarli zahira topa olmadi. Mamlakat holdan toygan, armiyaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq

urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AKShdan to’xtovsiz yordam olib turardi. AQSh «shartnomaga qo’shilgan mamlakat» sifatida 1917 yil aprelda urushga kirgan edi. Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda yalpi hujumga o’tdilar va nemis qo’shinlarining bosib olingan Fransiya va Belgiya hududlaridan siqib chiqara boshladilar. Brest sulhining imzolanishi Sovet hokimiyatning mustahkamlashda muhim rol o’ynadi. Biroq, Sovet Rossiyasi tomonidan qo’lga kiritilgan nafastni rostlab olish davri uzoq davom etmadi. 1918 yil mart oyidayoq Antanta davlatlari Sovet Rossiyasiga qarshi harbiy intervensiya boshladilar. Lekii Antanta davlatlarining muayyan bir antisovet maqsadni ko’zlaganiga qaramay, kapitalistik lagerdagi ichki ziddiyatlar tufayli ular o’zlarining barcha kuchlarini birdaniga Sovet Rossiyasiga qarshi yubora olmadilar. Shunday bo’lsa-da, 1918 yil martida Angliya, so’ngra Amerika qo’shinlari Murmansk va Arxangelska tushirilib, bu shaxarlar ishg’ol qilindi. 1918 aprelida Vladivostokka Yaponiya,so’ngra Amerika qo’shinlari tushirildi. Ular Vladivostok, Primorye va Shimoliy Saxalinni bosib oldilar. 1918 yil mayida O’rta Volga va Sibirda chexoslovak korpusi Amerika, Angliya, Fransiya davlatlari tomomidai uyushtirilgan isyon ko’tarildi. 1918 yil avgustida inglizlar O’rta Osiyoning bir qismini (Zakaspiy viloyatini) va Bokuni bosib oldilar, amerikaliklar Sibirga bostirib kirdilar. 1918 yil yozida german qo’shinlari Brest sulh shartnomasini buzib, Ukrainani, Belorussiyani, Don-Kuban tumanlarini, Gruziyani, Boltiq bo’yini, Qrimni ishg’ol qildilar. 1918 yil noyabrida sovet elchilari Germaniyadan chiqarib yuborildi. Interventlar ichki aksilinqilobchilarni qo’llab- quvvatladilar va rag’batlantirdilar. 1918 yil kuzida Antanta qo’shinlarining umumiy hujumi natijasida tinkasi qurigan nemis armiyasi ko’p talafot ko’rib chekindi. Germaniyaning ittifoqchilari esa tor-mor qilindi. 1918 yil 29

sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Avstriya-Vengriya Antanta oldida taslim bo’ldi. Mag’lubiyat va boshlangan inqiloblar natijasida Avstriya-Vengriya Gabsburglar imperiyasi yemirildi va parchalandi. Germaniya yolg’iz qoldi hamda jiddiy iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga duchor bo’ldi. Inqilobiy vaziyat yetilmoqda edi. Germaniya hukumati 1918 yil 5 oktyabrda AQSh prezidenti Vilsonga murojaat qilib, yarash bitimi tuzishni so’radi. 1918 yil 9 noyabrda Germaniyada burjua-demokratik inqilob boshlanib, monarxiya rejimi tugatildi. Respublika e’lon qilindi. 1918 yil 11 noyabrda Fransiyaning shimoli-sharqidagi Kompyen o’rmonida Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni marshal Foshning vagonida Germaniyaning Ersberger boshchiligidagi delegasiyasi Antanta qo’mondonligi taklif etgan taslim bo’lish aktiga yo’l qo’ydi. Bu aktda Germaniyaga o’z qo’shinlarini Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Elzas- Lotgaringiyadan va Reynning chap qirg’og’idan tezda, ammo Avstriya va Vengriyadan, Ruminiya va Turkiyadan, Rossiyaning ishg’ol qilingan joylaridan Antanta ko’rsatgan muddatda olib chiqib ketish majburiyati yuklandi. Germaniya g’olib davlatlarga juda ko’p miqdorda yarog’-aslaha, samolyot, harbiy kemalar, transport, chorva mollari va boshqalarni topshiradigan bo’ldi. Birinchi jahon urushida g’olib chiqqan AQSh, Angliya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning taslim bo’lgan Germaniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va Bolgariya bilan sulh shartnomalarini ishlab chiqish uchun 1919 yil 18 yanvarda Parijda sulh konferensiyasi ochildi. Bu konferensiya 1920 ysl 21 yanvargacha davom etdi. Konferensiyada Antanta tomonida turib urushda qatnashgan 27 davlat vakillari ishtirok etdi. Germaniya va mag’lubiyatga uchragan boshqa davlatlar faqat konferensiyaning so’nggi bosqichida, tayyorlangan sulh shartnomasini toppshrish vaqtida qatnashtirildi. Konferensiyada kichik davlatlarning fikrlari