logo

JAHON IQTISODIY INQIROZI VA YEVROPA IQTISODIYOTINI SOG’LOMLASHTIRISH REJASINING YO’QQA CHIQISHI (1929-1931)

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

56.224609375 KB
JAHON IQTISODIY INQIROZI VA YEVROPA IQTISODIYOTINI
SOG’LOMLASHTIRISH REJASINING YO’QQA CHIQISHI (1929-1931)
Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida ziddiyatli holatlar kuchayishi
1929-yil   oxirida   kapitalistik   davlatlarda   misli   ko’rilmagan   darajadagi
iqtisodiy   inqiroz   ro’y   berdi.   Inqiroz   oldingilaridanda   uzoqroq   -   1932-yilgacha
davom etdi. Sanoat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi inqiroz agrar sohadagi
tushkunlik bilan qo’shilib ketdi. Bu holat iqtisodiy iqiroz bilan davom etdi. Kapital
chiqarish   deyarli   to’xtab   qoldi.   Yuzlab   va   minglab   kapitalistik   korxonalar,
konsernlar   va   banklar   majburiyatlari   bo’yicha   to’lovlarni   bajarmay   qo’yishdi
hamda o’zlarini bankrot deya e’lon qilishdi. 
Jahon   iqtisodiy   inqirozi   ishsizlikning   oshishi   va   barcha   davlatlardagi   aholi
turmush   darajasining   tushib   ketishiga   olib   keldi.   Ishsizlarning   umumiy   soni   30
million nafarga yetdi. 
Dastlab inqiroz Polsha, Ruminiya va Bolqon davlatlariga ta’sir qildi, so’ngra
AQSh,   Yaponiya   va   Xitoy   inqirozga   kirib   bordi.   1930-yildan   inqiroz   G’arbiy
Yevropa davlatlarini qamrab oldi. Barcha davlatlardan AQSh inqirozdan eng ko’p
zarar ko’rgan davlat bo’ldi. 
1930-yil   may   oyida   Vashingtonda   48   davlatning   yirik   bankirlari   umumiy
uchrashuvi  bo’lib o’tdi, undagi  asosiy  masala  inqirozdan  chiqish yo’llarini  topish
edi.   Jahon   burjuaziyasini   sarosima   holati   to’g’risida   ingliz   bankiri   Anderson
batafsil   ma’lumot   berdi.   U   moddiy     jihatdan   yoki   oziq-ovqat   jihatdan   qiyinchilik
emas,   balki   narxlarning   oshib   ketganligi,   omborxonalar   tovarlarga   to’lib
ketganligi,   bu   tovarlarni   hech   kim   sotib   olmayotganligi,   ishsizlar   ko’payib
ketganligi   hamda   bu   mexanizmda   qandaydir   xatolik   yuzaga   kelganligini   aniqlash
kerak deb aytib o’tgandi. 
Inqiroz   kuchayishi   bozorlar   uchun,   ta’sir   doiralari,   kapital   eksporti,
mustamlakalarni   bo’lib   olish   borasidagi   raqobatni   kuchayishiga   olib   keldi.
Mustamlakachi davlatlar o’rtasidagi kurash ham avjiga chiqdi. 
Iqtisodiy   inqiroz   davrida   xalqaro   munosabatlar   murakkablashdi.   Versal-
Vashington   tizimi   sekin-asta   tanazzulga   uchray   boshladi.   Germaniya,   Avstriya,
1 Vengriya,   Bolgariya   reparatsiya   to’lovlaridan   o’zini   olib   qocha   boshladi.   Ular
harbiy   sohani   takomillashtirishda   tashabbus   bildira   boshladi.   Versal   kelishuvidan
norozi bo’lgan Germaniya, Italiya, Yaponiya o’z talablari bilan chiqa boshladi. 
SSSR hisobidan inqirozdan chiqishga intilish
Ziddiyatlar zaminida iqtisodiy inqiroz kapitalistik va sotsialistik tuzumlarning
kurashiga   olib   keldi.   Xalqaro   burjuaziyaning   agressiv   qatlamlari   inqiroz   davrida
sotsializmga   qarshi   yangi   urushga   yo’l   ocha   boshladi.   SSSRga   intervensiya
uyushtirish   maqsadi   ko’zlanganligi   1929-1932-yillardagi   harakatlar,   ayg’oqchilik
va diversiyalar, Shaxtin ishi, “Prompartiya” jarayoni, SVU (Petlyur ayg’oqchilik-
zararkunanda   tashkilot)   ishi,   “Lena-Goldfilds”   konsession   tashkiloti   ishi,
tovlamachiliklar   va   shu   kabilarda   ko’rish   mumkin   bo’ldi.   Bundan   ko’rinib
turibdiki,   1930-yil   bahorda   kapitalistik   davlatlarning   reaksion-mustamlakachi
doiralari   SSSRga   qarshi   harbiy   intervensiya   tayyorlashgandi.   So’ngra   bu   muddat
1931-yilga   ko’chirilgandi.   Chet   el   interventlari   yollanma   agentura   sifatida
SSSRning   ichki   dushmanlari,   emmigrant-oq   gvardiyachilar,   Trotskiychilar   va
Buxarinchilardan foydalanishdi. 
Bir   vaqtning   o’zida   bir   necha   davlatda   Sovet   eksportiga   nisbatan   qarshilik
choralari boshlab yuborildi. Sovet hukumati eksport tovarlarini narxini tannarxdan
ham   past   darajada   qilib   jahondagi   inqirozni   chuqurlashtirayotganlikda
ayblanayotgandi. 
1930-1931-yillarda   bir   nechta   antisovet   tashviqotlari   amalga   oshirildi.
Maqsad kapitalistik jamiyatni sotsialistik davlatga qarshi qilib qo’yish edi, bu bilan
Sotsializmni   Stalinning   birinchi   besh   yillik   rejasi   bilan   SSSRda   qurilishini
to’xtatish ko’zlandi. “Sovet dempingi”ga qarshi kurashdan so’ng matbuot SSSRda
arzon   eksport   mollarini   ishlab   chiqarishda   “Majburiy   mehnat”dan
foydalanilayotganligi  borasidagi   ma’lumotlari   bilan  chiqa  boshladi.  Bu   harakatlar
SSSRni   iqtisodiy   yakkalash   va   tovarlarini   boykot   qilish   uchun   amalga   oshirildi.
Fransiya   va   unga   o’xshash   davlatlar   SSSR   tovarlariga   boykot   e’lon   qildi   yoki
SSSR   tovarlari   importi   uchun   bir   qancha   to’siqlar   yaratib   qo’ydi.   SSSR   ham
bunday   holatga   nisbatan   chora   ko’ra   boshladi.   1930-yil   20-oktabrda   SSSR
2 Sovnarkomi  “SSSR bilan savdo borasida cheklovlarni joriy qilgan davlatlar  bilan
iqtisodiy  aloqalar   to’g’risida”gi   qaror   qabul   qilindi.  Unga   ko’ra,   shu   davlatlardan
import hajmini kamaytirish va dengiz tonnajini kamaytirish choralari belgilangan. 
1931-yil 12-martda Sovetlarning VI qurultoyida SSSR Xalq komissarlari raisi
V.M.Molotov   “SSSR   dempingi”   va   “SSSRdagi   majburiy   mehnat”   to’g’risidagi
provokatsion harakatlarni fosh qilib tashladi. 
Molotov   SSSRning   jahon   eksportidagi   salmog’i   1,9   %   ekanligini   bildirib,
alohida   davlatlarga   SSSRning   tovarlari   kiritilishi   1929-yil   holatiga   ko’ra   0,5-2,6
%nigina tashkil qildi. 
Shuning   uchun   SSSR   eksporti   kamayishi   uning   iqtisodiy   muammolariga
sabab bo’la olmasdi. 
SSSR   sovetlarining   VI   qurultoyida   Molotov   hisobotidan   so’ng,   SSSRga
qarshi   G’arb   davlatlarining   harbiy   intervensiyasi   tayyorlanayotganligi   ko’rinib
qolganligi  sababi  ko’rsatilib, shu masalada  rezolyutsiya  qabul  qilindi. Qurultoyda
SSSR eksportiga cheklov qo’ygan davlatlarga nisbatan SSSR hukumatining import
cheklovlarini qat’iylashtirish belgilandi. 
“Majburiy   mehnat”   ayblovlari   samarasiz   yakunlandi.   SSSRga   kelgan   ko’p
sonli   delegatsiyalar   aniqlashi   natijasida   majburiy   mehnat   holatlari   topilmaganligi
sababli, ilgarigi ayblovlar rad etildi. 
Matbuotdagi ayblovlardan tashqari, chet eldagi oq gvardiyachilar tashkilotlari
faollashib   qoldi.   Antisovet   kuchlarining   markazi   Parij   edi.   1930-yil   26-yanvarda
Oq   gvardiyachilarning   emigratsiyasi   vakillaridan   biri   general   Kutepov   g’oyib
bo’ldi.   U   oq   gvardiyachilarning   ichki   ziddiyatlari   natijasida   g’oyib   bo’ldi.   Oq
gvardiyachilar   va   fransuzlarning   reaksion   nashriyoti   antisovet   kompaniyasini
kengaytirib   yubordi,   ular   Kutepovni   “GPU   va   Komintern   agentlari”   o’g’irlab
ketishdi degan gap chiqardi va SSSR bilan aloqalarni uzishni talab qilardi. 
Shu   davrda   Rim   papasi   Piy   XI   SSSRga   yangi   “Salib   yurishi”ni   e’lon   qildi.
Rimdagi bosh vikariy kardinal Pompilli 1930-yil 10-fevralda SSSRga qarshi salib
yurishini   dinga   qarshi   bo’lganligini   asoslab   ko’rsatdi.   Papaning   chaqirig’iga
3 nisbatan katolik va ingliz cherkovi antisovet molebstvalar tashkil qilinib, yahudiy
ravinlari esa Polshada antisovet posti e’lon qilindi. 
Sovetlarning   VI   qurultoyida   V.M.Molotov   antisovet   ishlarini   olib   borgan
barcha   din   vakillarini   harakatlarini   fosh   qilib   tashladi.   Bunda   eng   faollar   katolik
cherkovi vakillari edi.
Shunday Vatikandagi   Avstriya norasmiy agentlaridan biri Avstriya armiyasi
sobiq   polkovnigi   Vidal   xalqaro   doirada   antibolshevik   kongressini   SSSRga   qarshi
urush   boshlash   maqsadida   tashkil   qilish   rejasini   Rim   papasiga   taqdim   etdi.
Bolshevizmga   qarshi   kurash   bu   urush   deganiligini   Vidal   ta’kidladi.   U   urushni
oldini   olish   foydasiz   ekanligi,   hamda   urushga   tayyorgarlik   ko’rish   kerakligini
aytadi. 
Antibolshevikcha   “Salib   yurishi”ning   asosiy   tashabbuskorlaridan   biri   nemis
fashistlari edi. 1923-yil Germaniya fashistik kuchlari yunkerlik , bankirlar va og’ir
sanoat moliyalashtirilishi ostida birlashdilar. Bu blok tarkibida Gitler ham o’zining
mustaqil   milliy-sotsialistik   partiyasi   bilan   faoliyatda   edi;   uning   a’zolaridan
Germaniyaning   fashistik   tashkiloti   boshqaruv   ofitserlarini   tayinlab   olish   maqsad
qilingandi.   Antisovet   “Salib   yurishi”   rejalarida   “Beshinchi   kolonna”
tashkilotchilaridan   biri   fon   Papen   muhim   o’rin   egallardi.   Gindenburg   yunkerlik
doirasi  bilan tor doirada aloqada bo’lgan va Tissen og’ir sanoat  guruhi bilan ham
aloqada   bo’lgan   fon   Papen   SSSRning   bir   qismini   o’z   ichiga   olgan   “Markaziy
Yevropa”ni yaratish borasida orzusi bor edi. 
Germaniya   imperialistlarining   harbiy   tayanchi   reyxsver   bo’lgan.   Reyxsver
boshlig’i   General   Sekt   Sharqqa   antisovet   yurishini   tezkorlikda   amalga   oshirish
tarafdori   emasdi.   Sekt   –   Shtezerman   singari   yashirincharoq   harakatlanish   va   ikki
yoqlama ish qilish tarafdori edi. U 1932-yilda yozilgan o’zining “Germaniya G’arb
va   Sharq   oralig’ida”   kitobida   Germaniya   urush   boshlagan   taqdirida   Sharqda
mustahkam ta’minlangan frontga ega bo’lish zarurligini aytib o’tgan. 
“Agar   Yevropa   taqdiri   Germaniya   va   Fransiya   munosabatlariga   bog’liq
bo’lsa,   huddi   shunday   huquq   bilan   Rossiya   bilan   munosabat   Germaniya   taqdirini
hal qiladi” deb Sekt aytib o’tgandi. 
4 O’z-o’zidan   Sekt   Germaniya   va   SSSRning   mustahkam   do’stlikka   kirishishi
kerakligini   nazarda   tutmagandi.   1938-yil   martdagi   Trotskiychi   bloki   jarayonida
ochilgan Sektning yashirincha ishlarida yuqoridagi fikr o’z aksini topdi. 
Jarayonda   Trotskiychilar   1923-1930-yillarda   reyxsverdan   ikki   millionga
yaqin   oltin   marka   olganligi   aniqlandi.   Ular   shu   borada   Germaniya
mustamlakachilari   bilan   SSSR   hududini   bo’lib   olish   va   Germaniya   tomonidan
SSSRning katta qismini qo’shib olinishini kelishib olishgandi. 
Shu   tariqa,   reyxsver   SSSR   masalasida   o’zining   harakatlar   rejasi   bor   edi.   Bu
reja   Gitlerning   agressiv   rejalariga   zid   emasdi.   Reyxsver   generallari   Sekt,   Frich,
Nikolai,   Adam   va   boshqalar   Germaniyaning   antisovet   pozitsiyasini   erta   bildirib
qo’ymaslik   tarafdorlari   edi.   Ular   Gitlerchilarni   shoshilmaslikka   chorlardi.   Bu
davrda   Germaniyaning   SSSRga   qarshi   “Salib   yurishi”ni   ochishi   mavjud   siyosiy,
harbiy va xalqaro holatda maqsadga muvofiq emasdi. 
Pan-Yevropa rejasi
Antisovet   faoliyati   fransuz   mustamlakachilari   tomonidan   ham   faollik   bilan
amalga oshirila bordi. SSSRga qarshi harbiy blok yaratishda Pan-Yevropa dasturi
muhim   rol   o’ynardi.   Bu   dasturning   tashabbuskori   fransuzlar   tashqi   ishlar   vaziri
Aristid Brian edi. 
1930-yil   17-mayda   Brian   Yevropaning   27   davlatiga   murojaat   qilib,   ularga
Yevropa federal ittifoqi tizimini yaratishni taklif qildi. Ular iqtisodiy hamkorlik va
inqirozga   qarshi   kurashish   bahonasida   Yevropa   burjua   davlatlarining
federatsiyasini   yaratishni   maqsad   qilishdi.   Yevropa   hamjamiyati   maxsus   vakillik
organi – Yevropa komitetini tuzish taklif qilindi. 
Bu   masalada   fransuz   gazetasi   “Temps”:   “Bu   g’oya  Lokarno,  Millatlar   ligasi
va   Yevropa   Antantasi   siyosatining   mantiqiy   davomi   hisoblanadi.   Uning   maqsadi
Yevropa   davlatlarining   iqtisodiy   muhitini   yaxshilash   maqsadida   bojxona
to’llovlarini soddalashtirish maqsad qilindi”. 
Pan-Yevropaning   yaratilishi   Fransiyaning   xalqaro   pozitsiyasini
mustahkamlashi   kerak   edi.   Brian   Yevropa   komiteti   timsolida   fransuz
imperializmiga xizmat qiluvchi va uning siyosatini yurituvchi organni ko’rdi. Pan-
5 Yevropa   Millatlar   ligasi   doirasida   tashkil   qilinsa-da,   unga   qarshi   kuch   bo’lishi
ko’zlangandi. Shu tariqa, fransuzlar dasturi Angliyaning Millatlar ligasidagi yuqori
mavqeyini   kamaytirishga   qaratilgandi,   shu   bilan   AQShning   xalqaro   mavqeyining
oshib ketishiga ham yo’l qo’ymaslik fransuzlar maqsadlaridan biri edi. 
Brianning asosiy maqsadi “Federal ittifoq”qa birlashtirilgan Yevropani Sovet
Ittifoqiga   qarshi   qo’yish   va   Pan-Yevropani   SSSRga   qarshi   yo’naltirish   edi.
Shuning   uchun   ham   Brianning   dasturi     doirasida   SSSR   taklif   qilinmagandi.   Shu
masalada   Molotov:   “Antisovet   frontida   “Yevropa   komiteti”   yuqori   ahamiyatga
ega,   bu   tashkilot   fransuzlar   tashqi   ishlar   vaziri   Brian   tashabbusi   bilan   SSSRga
qarshi   tashkil   qilindi.   Maydagi   “Jahon   inqirozi   o’rganilishi”   masalasidagi
konferensiyaga   SSSRning   taklif   qilinishiga   Fransiya   va   unga   tobe   davlatlarning
qarshilik   qilishi,   “Yevropa   komiteti”   tashkilotining   antisovet   shtabiga
aylantirilishiga intilish deb hisoblash mumkin” degan fikr bildirgandi. 
Pan-Yevropa   rejasi   Yevropa   patsifistlari   tomonidan   hamdardlik   bilan   qabul
qilindi.   Bunda   Fransiya   va   Germaniya   o’rtasidagi   tinchlik,   umumiy   xavfsizlik,
bojxona to’siqlarini olib tashlash va shu kabilarni rasman belgiladi. 
Brian   rejasiga   reaksion   kuchlar   ham   qarshilik   qilmadi.   Ular   SSSR
yakkalanishi natijasida G’arbiy va Markaziy Yevropada yirik blok tashkil qilinishi
ehtimolidan mamnun edilar. 
Fransuz   imperialistlari   qo’lida   bunday   birlashgan   Yevropa   antisovet   siyosati
yo’liga xizmat qilishi kerak edi. 
Pan-Yevropa   rejasi   amalga   oshmadi.   Angliya   diplomatiyasi   fransuzlar
tashabbusini   qo’llamadi,   chunki   bu   Fransiyaning   Yevropada   kuchayishiga   olib
kelishi   mumkin   edi.   Germaniya   diplomatiyasi   ham   bu   rejada   Versal   tizimi
kuchayishini ko’rgandi. Italiya ham Versal tizimi kuchayishini istamasdi, aksincha
Mussolini   uning   shartlarini   qayta   ko’rib   chiqilishini   talab   qilayotgandi.   Italiya
diplomatiyasi Dunay va Bolqon davlatlarining fransuzlar tizimidagi harbiy-siyosiy
ittifoqlarga   qo’shilishidan   xavfsirardi.   Italiya   bu   hududdagi   davlatlarni   o’z
iqtisodiy va siyosiy manfaatlari hududlari deb hisoblardi.       
Yevropa komitetida SSSRning ishtiroki
6 Pan-Yevropa   rejasi   Millatlar   ligasining   Yevropa   komissiyasiga   muhokama
uchun jo’natildi. Jamoatchilik fikri bosimida, yig’ilishga SSSR ham taklif qilindi.
Biroq,   Brian   va   uning   tarafdorlarining   talabi   bilan   SSSR   faqatgina   iqtisodiy
komissiya bilan chegaralandi. 
Narkomindel  taklifni qabul  qilar ekan, 1931-yil  6-fevraldagi  notada umumiy
tinchlikni, xususan Yevropadagi tinchlikni ta’minlashda muammoning tub ildizini
hal   qilish   zarurati   mavjudligi,   bu   muammolarni   hal   qilmasdan   turib   nafaqat
iqtidoiy, balki boshqa sohalarni ham tartibga solib bo’lmasligini bildirdi. 
Sovet   notasidan   ko’rinib   turibdiki,   xalqlar   va   davlatlarning   o’zaro   iqtisodiy
hamkorligi Yevropa davlatlarining siyosiy munosabatlarining yaxshilanishiga olib
kelishi kerak edi. 
Shu notada Narkomindel Pan-Yevropa nomini olishga da’vogarlik qilayotgan
tashkilotga ayrim davlatlarning qo’yilishi va qo’yilmasligi Yevropaning geografik
jihatidan   emas,   boshqa   asosda   shakllantirilganligi   taajubli   degandi.   Ko’rinib
turibdiki,   ma’lum   darajadagi   ijtimoiy-siyosiy   tizimga   birlashgan   guruhni   yaratish
ko’zlangan.   G’alatisi   shundaki,   Yevropaning   umumiy   maydonidan   0,4   %   tashkil
qiladigan   Shvetsariya,   yoki   3,1   %   Norvegiya   kabi   davlatlarning   SSSRning
kiritilmasligini   talab   qilishayotgandi.   Bunda   SSSRning   Yevropadagi   hududi
Yevropaning   45   %   hududiga   teng,   ya’ni   Fransiya,   Belgiya,   Ruminiya,
Yugoslaviya,   Shvetsariya,   Ispaniya,   Gollandiya,   Shvetsiya,   Daniya,   Norvegiyani
qo’shib   hisoblaganda   ham   SSSRning   Yevropadagi   hududi   ulardan   ikki   hissa
ko’proq edi. 
SSSR, Turkiya va Islandiyaning yig’ilishdagi qisman ishtirokiga tashqi ishlar
xalq   komissari   norozilik   bildirdi,   u   SSSRning   asosiy   tashkiliy   masalalar
muhokamasidagi   ishtiroki   ta’minlanmaganligi   borasida   Millatlar   ligasi   bosh
kotibiga arz qildi. U sovetlar vakillarining taklif qilinishi shaklidan ham norozi edi.
Bunda SSSR vakillari Jenevaga, faqatgina, kun tartibidagi uchinchi masalaga taklif
qilingandi,   xolos.   Hattoki,   bu   masala   ko’rib   chiqilishining   aniq   bir   sanasi   ham
ko’rsatilmagandi. 
7 Bu   xatdan   so’ng   sovetlar   delegatsiyasi   muddati   va   shartlari   aniqroq
ko’rsatilgan yangi taklifnoma olishdi. 
Sovetlar   delegatsiyasi   komissiya   yig’ilishida,   faqatgina,   1931-yil   18-maydan
boshlab   ishlashi   mumkin   edi.   Sovetlar   o’z   ishtirokining   birinchi   kuniyoq   jahon
iqtisodiy   inqiroziga   SSSR   iqtisodiy   siyosati   sababchiligi   borasidagi   ayblovlar
asossiz   ekanligini   fosh   qildi,   undan   tashqari   iqtisodiy   hujum   qilmaslik   borasida
xalqaro   kelishuv   imzolashni   taklif   qildi.   Bu   taklif   maxsus   komitetda   ko’rib
chiqildi.   1931-yil   5-noyabrda   sovet   delegatsiyasi   tomonidan   rezolyutsiya   qabul
qilindi, unga ko’ra:
1.   Komitet   sovetlarning   iqtisodiy   hujum   qilmaslik   pakti   borasidagi   umumiy
g’oyani maqullaydi, 
Komitet turli xil iqtisodiy va ijtimoiy tizimga ega davlatlarning hamjihatlikda
yashashi imkoniyati borligini bildiradi. 
Komitet   davlatlar   siyosiy   va   ijtimoiy   tizimdan   kelib   chiqib   emas,   iqtisodiy
ehtiyojlardan kelib chiqib iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishi kerak.
Iqtisodiy   hujum   qilmaslik   akt   tuzilishi   borasidagi   qarorni   komitet   qabul
qilmadi,   bu   masala   borasida   alohida   yig’ilish   tashkil   qilish   taklif   qilinib,   bu
yig’ilish   baribir   ham   tashkil   etilmadi.   Sovetlar   rezolyutsiyasining   qabul
qilinishining  o’zi  namoishkorona  ruhda edi.  Bu esa  SSSRning  xalqaro maydonda
mavqeyining o’sganligi   va  pan-Yevropa  rejalaridagi   antisovet   rejalarining  yo’qqa
chiqqanligi ma’lum bo’lib qoldi. 
London dengiz konferensiyasi (1930-yil 21-yanvar - 22-aprel)
Iqtisodiy   inqiroz   dengiz   yo’llari   uchun   imperialistik   kurashni   kuchaytirib
yubordi. Vashington bandlariga ko’ra linkorlar va aviatashuvchi  kemalar qurilishi
qisqartirilgandi, lekin boshqa turdagi dengiz qurollanish poygasi kuchayib ketdi. 
Ayniqsa,   AQSh   o’zining   harbiy   dengiz   qurilishi   ko’lamini   oshirib   yubordi.
Angliya   AQShga   bu   qurollanish   poygasida   yetib   olish   uchun   yetarli   mablag’   va
kuchga   ega   emasdi.   U   keyingi   davrdagi   harbiy   dengiz   qurollanishini   cheklash
tarafdoriligicha   qoldi.   Britaniya   diplomatiyasi   bu   masalada   Yaponiya   bilan   bir
qancha munozaraga kirishdi. Angliya Yaponiyaning bir qator xalqaro masalalarda
8 ko’maklashishini   va’da   qildi,   evaziga   Yaponiya   Angliyaning   AQSh   bilan   harbiy
dengiz qurollanishini cheklash masalasidagi kurashiga ko’maklashishi kerak edi. 
Dengiz   harbiy   kuchlarini   tartibga   solish   borasida   Londonda   konferensiya
tashkil  qilindi. Konferensiya  ishtirokchilari  Vashington harbiy-dengiz  kelishuvida
ishtirok   qilgan   o’sha   5   davlat   –   Angliya,   AQSh,   Yaponiya,   Fransiya,   Italiya   edi.
Ularning   hech   biri   qurollanishni   cheklashni   aslida   istamasdi,   lekin   deklaratsiyada
bunga imzo chekib bo’lishgandi. 
Konferensiya   1930-yil   21-yanvardan   22-aprelgacha   bo’lgan   davrda   bo’lib
o’tdi.   Konferensiya   ishtirokchilari   o’rtasidagi   kelishmovchiliklar   uning   ish
jarayonida   ko’rina   bordi.   Bunda   eng   o’tkir   kelishmovchilik   Fransiya   va   Italiya
o’rtasida   yuz   berdi.   Italiya   harbiy   dengiz   qurollanishning   barcha   jabhalarida
Fransiya   kuchlari   bilan   teng   bo’lishini   talab   qildi.   Fransiya   bunga   qat’iyan   rad
javobini   berdi.   Angliya   esa   ikki   tomonni   murosa   qilishga   chaqirardi.   Angliya   bu
ikki   davlatning   kelishuvga   borishi   tarafdori   edi,   aks   holda   Fransiya   va   Italiya
qurollanish   cheklovini   rad   etsa,   bu   ularning   dengiz   harbiy   kuchlarining   o’sib
borishiga   olib   kelishi   va   Angliyaning   O’rtayer   dengizidagi   pozitsiyalariga   putur
yetkazishi   mumkin   edi.   Inglizlar   harakatlari   samarasiz   ketdi.   Italiya   va   Fransiya
kelishuvi   amalga   oshmadi.   Konferensiya   qarorlari   asosan   uch   davlat   –   Angliya,
AQSh va Yaponiya qabul qildi. 
London   dengiz   konferensiyasi   Vashingtondagi   5   davlat   kelishuvini   to’ldirib
berdi.   Uch   davlat   uchun   flotning   kreyser,   esminets   va   suv   osti   kemalari   hajmi
chegarasi aniq ko’rsatib berildi. Tonna hajm jihatidan quyidagilar belgilandi:
London konferensiyasiga  ko’ra,   AQSh, Angliya va Yaponiya uchun tonnali
cheklov:
Kreyser   Esminets Suv osti kemasi
Angliya    – 339    150 52,7
AQSh      – 323     150 52,7
Yaponiya – 209    105 52,7
Vashington   konferensiyasi   Angliyaga   manfaat   keltirmadi.   1922-yil   Angliya
AQSh bilan bir xil tonnali dengiz harbiy kuchlariga ega bo’lishga rozilik bildirdi.
9 Shunday   bo’lsa   ham   Angliya   kuchli   kreyser   flotini   saqlab   qola   oldi.   London
konferensiyasi   natijasida   16   ming   tonnaga   AQShdan   Angliya   kreyserli   floti
ko’proq bo’ldi, ya’ni bitta kreyserga ko’proq. Angliya esminetslar floti va suv osti
kemalari AQSh floti bilan tenglashtirildi. 
London   konferensiyasida   qatnashgan   davlatlardan   Yaponiya   sezilarli
yutuqlarga erishdi. U Angliya ko’magi va Angliya-AQSh qarama-qarshiligidan o’z
manfaati   yo’lida   foydalandi.   Kreyserlar   bo’yicha   Vashington   me’yori
belgilangandi   5:5:3.   Yirik   kreyserlar   uchun   AQShga   –   18,   Angliyaga   –   15   va
Yaponiyaga   –   12   me’yor   deb   belgilandi.   Londondagi   konferensiyada   esminetslar
bo’yicha   Yaponiya   3,5:5   darajasiga   erishishga   muvaffaq   bo’ldi.   London   dengiz
konferensiyasi   Yaponiyaga   suv   osti   kemalari   bo’yicha   Angliya   va   AQShga
tenglashib olish imkoniyatini berdi. 
Londondagi   konferensiya   tugashi   bilan   Yaponiya   flotini   to’ldirib   olish
dasturini   qabul   qildi,   bu   bilan   yaponlar   o’zining   harbiy-dengiz   qurilishini
kengaytirishni boshlab yubordi. 
Angliya-Germaniya bojxona ittifoqi (1931-yil 19-mart)
Shu   orada   iqtisodiy   inqiroz   ham   kuchaya   bordi.   Ishlab   chiqarish   hajmining
tushib   ketishi   kapitalistik   davlatlar   kredit   va   moliyaviy   tizimlarini   og’ir   ahvolga
tushirib   qo’ydi.   Banklar   va   kapitalistik   firmalar   bankrotliklari   ko’paya   bordi.
Barchadan oldin Avstriya bank tizimi  inqirozga dosh berolmadi. Mamlakatga  pul
kirishi to’xtadi. Germaniyaga tovar eksport qilinishi hajmi tushib ketdi. 
1930-yil   boshida   Germaniya   sanoatining   barcha   sohalariga   inqiroz   kirib
bordi.   Bryuning   hukumati   oddiy   aholi   qatlamiga   yukni   oshirib,   chet   eldan   qarz
miqdorini   oshirish   bilan   ovora   edi.   Bu   jamoatchilik   noroziligini   yanada
kuchaytirdi. Bu norozilikni natsional-sotsialistlar o’z foydasiga ishlatishga harakat
qildi. Mamlakatda urushdan qasd olish targ’iboti kuchaya bordi. Versal kelishuvini
qayta ko’rib chiqish Germaniyaning jangovar shioriga aylandi. 
Germaniya   o’z   rejalarining   asosiy   qismini   yashirib   yurgan   bo’lsa-da,
Avstriyani Germaniyaga qo’shib olish birinchi navbatdagi rejalardan biri edi. 
10 Antantachilar   1919-yil   10-sentabrdagi   Sen-Jermen   kelishuviga   asoslanib
Avstriyaning Germaniyaga qo’shilishiga qat’iy qarshilik bildirishdi. 
1922-yil   4-oktabr   Jeneva   protokoli   qabul   qilingandi,   unga  ko’ra  Avstriya   va
Germaniyaning   iqtisodiy   birlashuvi   ham   taqiqlab   qo’yilgandi.   Shunga   qaramay
ikki davlatni birlashtirish borasida Germaniya o’z harakatlarini to’xtatmadi. 
Avstriya   va   Germaniyaning   bojxonalari   birlashuvi   borasida
pangermanchilarning   adabiyotlarida   targ’ib   qilindi,   uning   natijasida   “O’rta
Yevropa”ni yaratish maqsad qilingandi. 
1927-yil   Germaniyada   chop   etilgan   “Anshlyuss   muammosi”   to’plamida
Germaniyaning o’tmishdagi yerlari va shu vaqtdagi yerlari masalasi aytilgan. O’rta
Yevropa yaratish hududlari Germaniya, Avstriya, Chexoslovakiya, Janubiy Polsha,
Poznan,   Dantsin   koridor,   Italiya   Tirol,   Shvetsariyaning   uchdan   ikki   qismi,
Belgiyaning   deyarli   yarmi,   Vengriyaning   janubiy   qismi,   Ruminiya   g’arbiy   qismi
va Shimoliy Italiya qismlarini o’z ichiga olishni maqsad qilgandi. 
1927-yil   Germaniya   imperializmi   g’oyalari   Gitlerizm   rejalaridan   o’z   o’rnini
topdi.   To’rt   yil   o’tib   Fransiyaning   xalqaro   maydondagi   pozitsiyalari
kuchsizlangandan   so’ng,   Germaniya   diplomatiyasi   O’rta   Yevropa   g’oyasini   yana
ilgari sura boshladi. 
1931-yil 19-martda Avstriya vitse-kansleri Shober va Germaniya tashqi ishlar
vaziri Kurtsius ikki davlatning umumiy bojxona qonunini qabul qildi. 
1931-yil   30-mart   Shober   Avstriya-Germaniya   bojxona   ittifoqi   tuzilishi   Pan-
Yevropa   konferensiyasining   muvaffaqiyatsizlik   bilan   tugashi   bilan   baholandi.
Yevropadagi   tartibsizlikni   1930-yil   17-may   Fransiyaning   memorandumiga   ko’ra
hududiy kelishuvlar orqali hal etish mumkinligi aytilardi. 
Shober   va   Kurtsius   fransuzlar   tashabbusini   bahona   qilishga   harakat   qildi.
Germaniya   1931-yil   19-martdagi   kelishuvning   Angliya   manfaatlariga   to’la   mos
kelishini   uqtirishga   harakat   qilib   ko’rdi.   Angliya   Germaniyaga   ko’maklashishdan
manfaatdor   ham   edi,   chunki   buning   aksi   holatida   german-italyan-rus   ittifoqi
ehtimoli yuzaga kelardi, bu esa Angliyaga kerak emasdi. 
11 Germaniya   diplomatiyasi   o’zining   odatiy   uslublaridan   foydalana   boshladi.
Ammo,   bu   safar   uning   o’yini   muvaffaqiyat   keltirmadi.   Fransiya   Avstriya   va
Germaniya   bojxona   ittifoqiga   qat’iyan   qarshi   chiqdi.   Dengiz   kelishuvlarida
Angliya Fransiyani qo’lladi. Avstriya-Germaniya bojxona ittifoqi dastlab Millatlar
ligasiga   so’ngra   Doimiy   xalqaro   tribunal   ko’rigiga   jo’natildi.   1931-yil   16-may
Avstriyani iqtisodiy va moliyaviy masalada sog’lomlashtirish doirasidagi Fransiya
memorandumi qabul qilindi. 
Bu   hujjatda   Avstriya   Millatlar   ligasi   ruxsatisiz   mustaqilligidan   voz   kechishi
mumkin   emasligi   belgilandi,   o’rniga   uning   iqtisodiyotini   sog’lomlashtirish   taklif
qilindi. 
1931-yil 5-sentabrda Doimiy xalqaro tribunal hukmini e’lon qildi, unga ko’ra
Avstriyaning   bojxona   ittifoqiga   8   ta   qarshi   ovoz,   7   maqullash   ovozi   berilib,
kelishuv Avstriyaning xalqaro majburiyatlarga mos kelmasligi xulosa qilindi. 
Sud qaroridan ikki kun oldin 3-sentabrda Shober va Kurtsius bojxona ittifoqi
bekor qilinganligini aytib bo’lgandi. 
Bu qarorning tezlashuvi Fransiyaning iqtisodiy bosimi oshishi tufayli amalga
oshdi, fransuzlar Avstriya banklariga ko’maklashmay qo’ygandi. 
Nemislarning   bu   harakati   samarasiz   ketishi   qasos   olgichlarning   g’azabini
qo’zg’adi. Natsional-sotsialistlar mamlakatda natsionalistik demagogiyani boshlab
yubordi. 
Germaniya   siyosiy   hayotining   asosi   o’nglar   tomonga   og’ib   ketdi.   Mamlakat
katta   tezlikda   fashizmlasha   bordi.   Uning   diplomatiyasi   Versal   shartlarini   tezroq
bekor qilish va buyuk german qasosini olishga qaratildi. 
Guver memorandumi
Yevropadagi   xalqaro   ahvol   yanada   yomonlashishining   asosiy   sabablaridan
biri   –   bu   Germaniyaning   iqtisodiy   tanazzul   yoqasiga   kelib   qolganligida   edi.
Bryuning   maoshlarning   qisqartirilishi   va   yangi   soliqlarning   joriy   qilinishi
borasidagi   favqulotda   qaroriga   qaramay   Germaniya   budjetida   milliardlik   defitsit
kuzatildi. 1931-yil boshida Germaniyaning tashqi qarzi 27 milliard markaga yetdi.
12 Mamlakatda   pul   va   kredit   tizimi   inqirozi   boshlanib   ketdi.   Kapitalning   davlatdan
ommaviy chiqib ketishi ro’y berdi. 
Shu   orada   1931-yil   15-iyunda   reparatsiya   to’lovining   navbatdagi   muddati
yetib   keldi,   Yevropa   qarz   beruvchilari   Germaniyaning   to’lovlarni   umuman
to’xtatib qo’yishidan cho’chirdi. Ular AQSh oldidagi qarzlari masalasiga bu holat
qanday ta’sir qilishini so’radilar. AQSh esa harbiy maqsadlarga olingan qarzlar va
reparatsiya majburiyatlari o’zaro bog’liq emasligini uqtirardi. 
Iqtisodiy   tanazzulning   xavfi   Germaniya   kansleri   Bruning   va   tashqi   ishlar
vaziri Kurtsiusni Makdonald hamda Genderson bilan maratoriy masalasini kelishib
olishga   undadi.   Uchrashuv   1931-yil   5-9-iyunda   inglizlar   bosh   vaziri   Chekkers
qarorgohida   bo’lib   o’tdi.   Nemislarning   maratoriydan   umid   qilganligi
muvaffaqiyatsiz   yakun   topdi.   Germaniya   tillosining   davlatdan   chiqib   ketishi
davom   etdi.   10-19-iyunarda   Reyxsbank   oltin   zaxirasi   milliard   markaga   kamayib
ketdi. 
1931-yil   20-iyunda   Gindenburg   AQSh   prezidenti   Guverga   telegramma
yo’llab, undan ko’mak so’radi. Shu vaqtning o’zida Guverning o’zi xalqaro to’lov
majburiyatlari,   reparatsiya   va   zayomlarni   bir   yilga   to’xtatib   turishni   taklif
qilayotgandi. 
Guver   taklifi   Germaniya   tomonidan   qutqaruv   chorasi   sifatida   qabul   qilindi.
Angliya va Italiya Guver taklifini qabul qildi. Asosiy reparatsiya to’lovi  oladigan
Fransiya taklifga bir necha shart asosidagina rozi ekanligini bildirdi. 1931-yil 24-
iyunda   fransuzlar   inqirozni   to’xtatish   uchun   to’lovlarning   to’xtatilishi   yetarli
emasligi bildirildi. 
Fransiya reparatsiya to’lovining so’zsiz to’lanadigan qismi  vaqtida to’lanishi
kerakligini talab qildi. 
Fransiya   kelishuvni   atayin   cho’zayotgandi.   Germaniya   iqtisodiy   tanazzul
yoqasida edi. 8-iyulda Reyxsbank  boshlig’i  Lyuter  aeroplanda Parij  va Londonga
uchib,   kredit   olishga   umid   bog’ladi.   Fransiya   kredit   borasida   hech   qanday
muzokaralar   olib   bormasligini   bildirdi.   Fransiya   Germaniyadan   Avstriya-
Germaniya   bojxona   ittifoqidan,   ikkinchi   zirxli   qurilmani   yaratishdan,   Versal
13 shartlarini qayta ko’rib chiqish talablaridan, “Po’lat dubulg’a”dan va boshqa harbiy
boshlanishlaridan voz kechish borasidagi siyosiy kafolatlarini talab qildi. 
Germaniya bu talablarni rad etdi. 
20-iyul   Londonda   boshlangan   vazirlar   konferensiyasida   Germaniyaga   uzoq
muddatli   zayom   berish   va   mamlakatning   iqtisodiy   holatini   o’rganish   borasidagi
komissiyani shakllantirish taklif qilindi. 
Bu vaqtda, Germaniyaning yirik banklaridan biri Danatbank kasodga uchradi.
Boshqa   banklar   ham   yopila   boshlandi.   To’lovlar,   kreditlar   va   german   ishchi-
xizmatchilariga   maosh   to’lovlari   to’xtatib   qo’yildi.   O’z   investitsiyalaridan
xavfsiragan   ingliz   va   amerikalik   banklar   yangi   yon   berishlarga   borishga   majbur
bo’ldi.   Xalqaro   hisoblar   banki   100   million   dollarli   kreditni   yana   3   oyga   cho’zib
berdi, bu mablag’lar Angliya va AQSh markaziy banklari tomonidan Germaniyaga
ajratilgandi.   Ingliz   mutaxassisi   Leyton   boshchiligidagi   ekspertlar   komiteti
Guverning bir yillik maratoriysidan so’ng ham Germaniya reparatsiya to’lovlarini
amalga oshira olmasligini bildirdi. 
Yevropada siyosiy inqirozning yuzaga kelishi
Germaniyaga maratoriy e’lon qilinishi Angliya va AQShning Germaniyadagi
kapitalining “Muzlatilganligi” holatini bartaraf etishiga olib kelmadi. Yevropadagi
kredit   tizimi   inqirozi   davom   etdi.   Kapitalning   oqib   chiqib   ketishiga   tayyor
bo’lmagan   va   Angliyaning   oltin   zaxirasi   kamayib   borishidan   xavotirga   tushgan
inglizlar 1931-yil 21-sentabrda oltin standartni bekor qilishga qaror qilishdi. 
Funt   sterlingning   qulashi   Angliya   bilan   iqtisodiy   aloqalari   mavjud   davlatlar
va   AQShdagi   moliya-kredit   tizimini   tizgindan   chiqardi.   Angliya   ortidan   oltin
standartni   Shvetsiya,   Norvegiya,   Daniya,   Finlyandiya,   Portugaliya,   Hindiston,
Kanada,   Misr,   Yaponiya   davlatlari   ham   bekor   qildi.   Funt   sterling   o’rniga   barcha
davlatlarga   AQSh   dollari   oqib   keldi.   Bir   oyda   AQShdan   300   million   dollar   oqib
chiqib   ketdi.   AQSh   iqtisodiy   doiralari   tashabbusi   bilan   Fransiya   vakili   Laval
Vashingtonga taklif qilindi. Guver va Lavalning muzokaralari iqtisodiy tanazzulni
bartaraf   etishga   bag’ishlangandi.   Bu   muzokara   natijalarini   hamma   kutayotgandi.
1931-yil   25-oktabrda   kommyunike   e’lon   qilinib,   ikki   davlat   o’zaro   majburiyatlar
14 bilan   bir-birini   bog’lamasligini   ma’lum   qildi.   Faqatgina,   Guverning   maratoriyini
muddatini   uzaytirish   va   inqirozga   uchragan   davlatlar   iqtisodiyotiga   ishonchni
qayta tiklash choralarini ko’rish masalalari ko’rib chiqildi. 
Masalaning   siyosiy   tomonini   1931-yil   23-oktabrdagi   press-konferensiyada
tashqi ishlar masalalari bo’yicha senat raislik komissiyasi vakili Bora yoritib berdi.
U endilikda tinchlikni  faqat  kuch ishlatish  yo’li  bilan saqlab  qolib bo’lmasligi  va
urush hamda inqiroz tufayli ishonchsizlikka uchrayotgan iqtisodiyotlarni ko’tarish
zaruratini   bildirdi.   U   Versal   kelishuvining   ayrim   bandlari   qayta   ko’rib   chiqilishi
kerakligini   aytib   o’tdi.   Masalan,   Polsha   koridori,   Yuqori   Sileziya,   reparatsiyalar
masalalari. 
Bora   deklaratsiyasi   yaxshi   taasurot   qoldirdi.   Ikki   kundan   so’ng   Mussolini
Neapolda   o’zining   mashhur   nutqini   so’zladi.   U   jahonni   iqtisodiy   inqirozga   olib
kelgan   tinchlik   shartnomalarining   ayrim   bandlarini   qayta   ko’rib   chiqmay   turib,
Yevropani qayta tiklab bo’lmasligini aytib o’tdi. 
Matbuotda Versal shartlarining tez fursatlarda qayta ko’rib chiqilishi borasida
ma’lumotlar chop etila boshlandi. 
Shu  tariqa,  jahon   iqtisodiy   inqirozi   bevosita   Yevropa  siyosiy   inqiroziga   olib
kelayotganligi ko’rinib qoldi, bu urushga ham olib kelishi mumkin edi.  
SSSR – xalqaro munosabatlar mustahkamligi va tinchlik kafolatchisi
sifatida
Umumiy tushkunlik holatida, faqatgina, SSSR inqirozga uchramadi. 
Birinchi   besh   yillikdagi   muvaffaqiyat,   iqtisodiy   o’sish   va   SSSRning   siyosiy
mustahkamligining oshishi imperialistlarning asabiga tegardi. 
1929-yil   4-dekabrdagi   SSSR   MIK   5-chaqirig’idagi   tashqi   ishlar   xalq
komissarligi hisobotida SSSRga qarshi imperialistik davlatlarning reaksion-burjua
hukmdor   doiralarining   dushmanona   munosabatlari   namoyon   bo’layotganligi
aytildi. 
Bu   masalada   Germaniya   va   Yaponiya   davlatlari   yaqqol   ajralib   turishi   ham
aytildi. 
15 Hisobotda,   oxirgi   yilda   Germaniyada   antisovet   kayfiyatidagi   shaxslar,
guruhlar,   tashkilotlar,   hatto   partiyalar   mavjudligi   bildirildi   va   ularni   sinchkovlik
bilan kuzatib borish zarurligi tushuntirildi. 
Shu o’rinda, do’stona qo’shnichilik aloqalarni saqlash maqsadida Germaniya
bilan   hamkorlik   diplomatiyasi   ham   o’z   o’rniga   qo’yilgandi.   SSSR   hukumati
tashabbusi   bilan   1929-yilda   hamkorlik   konvensiyasi   qabul   qilinib,   1931-yil   24-
iyunda   1926-yilgi   sovet-german   kelishuvi   protokolining   muddatini   uzaytirish
bo’yicha kelishuv imzolandi. 
Sovet   diplomatiyasining   bunday   harakatlari   jahonda   tinchlik   o’rnatilishi   va
boshqa   davlatlar   bilan   hamkorlikni   ta’minlash   bilan   bir   qatorda   amalga   oshirilib
borildi.   1929-yil   17-dekabrda   1925-yilgi   Turkiya   bilan   tuzilgan   kelishuv
uzaytirildi,   1931-yil   7-martda   unga   qo’shimcha   protokol   imzolandi;   1931-yil   6-
mayda 1926-yilgi Litva bilan kelishuv uzaytirildi; 1931-yil 30-oktabrda 1925-yilgi
Turkiya bilan kelishuv va unga tegishli protokollar uzaytirildi. 
Hujum   qilmaslik   to’g’risidagi   paktlar   tomonlarga   dushman   bloklarga   a’zo
bo’lmaslik, iqtisodiy hujum qilmaslik, iqtisodiy va moliyaviy boykotlarda ishtirok
qilmaslik va shu kabi majburiyatilarini yuklardi. 1932-yilda Fransiya bilan tuzilgan
kelishuvda ikki tomonning bir-birini ichki ishlariga aralashmaslik va o’z hududida
dushmanona ruhdagi tashkilotlarga ega bo’lmaslik majburiyatini olishdi. 
Hujum qilmaslik to’g’risidagi paktlar urush e’lon qilinsa ham qilinmasa ham
ikki   tomondan   birining   hududiy   yaxlitligini   buzadigan   har   qanday   ko’rinishdagi
kuch ishlatish harakatlarini taqiqlaydi. 
Sovet   diplomatiyasining   harakatlari   Versal-Vashington   tizimining   inqirozi
davrida tinchlikni ta’minlashga yo’naltirilgandi. Versal-Vashington tizimi inqirozi
yangi urush o’choqlari paydo bo’lishi va ikkinchi jahon urushi boshlanishiga sabab
bo’ldi. 
Bunday urush o’chog’ini Uzoq Sharqda Yaponiya ochib berdi, u o’ziga qulay
kelgan xalqaro vaziyatdan foydalandi.  
      
 
16

JAHON IQTISODIY INQIROZI VA YEVROPA IQTISODIYOTINI SOG’LOMLASHTIRISH REJASINING YO’QQA CHIQISHI (1929-1931) Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida ziddiyatli holatlar kuchayishi 1929-yil oxirida kapitalistik davlatlarda misli ko’rilmagan darajadagi iqtisodiy inqiroz ro’y berdi. Inqiroz oldingilaridanda uzoqroq - 1932-yilgacha davom etdi. Sanoat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi inqiroz agrar sohadagi tushkunlik bilan qo’shilib ketdi. Bu holat iqtisodiy iqiroz bilan davom etdi. Kapital chiqarish deyarli to’xtab qoldi. Yuzlab va minglab kapitalistik korxonalar, konsernlar va banklar majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni bajarmay qo’yishdi hamda o’zlarini bankrot deya e’lon qilishdi. Jahon iqtisodiy inqirozi ishsizlikning oshishi va barcha davlatlardagi aholi turmush darajasining tushib ketishiga olib keldi. Ishsizlarning umumiy soni 30 million nafarga yetdi. Dastlab inqiroz Polsha, Ruminiya va Bolqon davlatlariga ta’sir qildi, so’ngra AQSh, Yaponiya va Xitoy inqirozga kirib bordi. 1930-yildan inqiroz G’arbiy Yevropa davlatlarini qamrab oldi. Barcha davlatlardan AQSh inqirozdan eng ko’p zarar ko’rgan davlat bo’ldi. 1930-yil may oyida Vashingtonda 48 davlatning yirik bankirlari umumiy uchrashuvi bo’lib o’tdi, undagi asosiy masala inqirozdan chiqish yo’llarini topish edi. Jahon burjuaziyasini sarosima holati to’g’risida ingliz bankiri Anderson batafsil ma’lumot berdi. U moddiy jihatdan yoki oziq-ovqat jihatdan qiyinchilik emas, balki narxlarning oshib ketganligi, omborxonalar tovarlarga to’lib ketganligi, bu tovarlarni hech kim sotib olmayotganligi, ishsizlar ko’payib ketganligi hamda bu mexanizmda qandaydir xatolik yuzaga kelganligini aniqlash kerak deb aytib o’tgandi. Inqiroz kuchayishi bozorlar uchun, ta’sir doiralari, kapital eksporti, mustamlakalarni bo’lib olish borasidagi raqobatni kuchayishiga olib keldi. Mustamlakachi davlatlar o’rtasidagi kurash ham avjiga chiqdi. Iqtisodiy inqiroz davrida xalqaro munosabatlar murakkablashdi. Versal- Vashington tizimi sekin-asta tanazzulga uchray boshladi. Germaniya, Avstriya, 1

Vengriya, Bolgariya reparatsiya to’lovlaridan o’zini olib qocha boshladi. Ular harbiy sohani takomillashtirishda tashabbus bildira boshladi. Versal kelishuvidan norozi bo’lgan Germaniya, Italiya, Yaponiya o’z talablari bilan chiqa boshladi. SSSR hisobidan inqirozdan chiqishga intilish Ziddiyatlar zaminida iqtisodiy inqiroz kapitalistik va sotsialistik tuzumlarning kurashiga olib keldi. Xalqaro burjuaziyaning agressiv qatlamlari inqiroz davrida sotsializmga qarshi yangi urushga yo’l ocha boshladi. SSSRga intervensiya uyushtirish maqsadi ko’zlanganligi 1929-1932-yillardagi harakatlar, ayg’oqchilik va diversiyalar, Shaxtin ishi, “Prompartiya” jarayoni, SVU (Petlyur ayg’oqchilik- zararkunanda tashkilot) ishi, “Lena-Goldfilds” konsession tashkiloti ishi, tovlamachiliklar va shu kabilarda ko’rish mumkin bo’ldi. Bundan ko’rinib turibdiki, 1930-yil bahorda kapitalistik davlatlarning reaksion-mustamlakachi doiralari SSSRga qarshi harbiy intervensiya tayyorlashgandi. So’ngra bu muddat 1931-yilga ko’chirilgandi. Chet el interventlari yollanma agentura sifatida SSSRning ichki dushmanlari, emmigrant-oq gvardiyachilar, Trotskiychilar va Buxarinchilardan foydalanishdi. Bir vaqtning o’zida bir necha davlatda Sovet eksportiga nisbatan qarshilik choralari boshlab yuborildi. Sovet hukumati eksport tovarlarini narxini tannarxdan ham past darajada qilib jahondagi inqirozni chuqurlashtirayotganlikda ayblanayotgandi. 1930-1931-yillarda bir nechta antisovet tashviqotlari amalga oshirildi. Maqsad kapitalistik jamiyatni sotsialistik davlatga qarshi qilib qo’yish edi, bu bilan Sotsializmni Stalinning birinchi besh yillik rejasi bilan SSSRda qurilishini to’xtatish ko’zlandi. “Sovet dempingi”ga qarshi kurashdan so’ng matbuot SSSRda arzon eksport mollarini ishlab chiqarishda “Majburiy mehnat”dan foydalanilayotganligi borasidagi ma’lumotlari bilan chiqa boshladi. Bu harakatlar SSSRni iqtisodiy yakkalash va tovarlarini boykot qilish uchun amalga oshirildi. Fransiya va unga o’xshash davlatlar SSSR tovarlariga boykot e’lon qildi yoki SSSR tovarlari importi uchun bir qancha to’siqlar yaratib qo’ydi. SSSR ham bunday holatga nisbatan chora ko’ra boshladi. 1930-yil 20-oktabrda SSSR 2

Sovnarkomi “SSSR bilan savdo borasida cheklovlarni joriy qilgan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Unga ko’ra, shu davlatlardan import hajmini kamaytirish va dengiz tonnajini kamaytirish choralari belgilangan. 1931-yil 12-martda Sovetlarning VI qurultoyida SSSR Xalq komissarlari raisi V.M.Molotov “SSSR dempingi” va “SSSRdagi majburiy mehnat” to’g’risidagi provokatsion harakatlarni fosh qilib tashladi. Molotov SSSRning jahon eksportidagi salmog’i 1,9 % ekanligini bildirib, alohida davlatlarga SSSRning tovarlari kiritilishi 1929-yil holatiga ko’ra 0,5-2,6 %nigina tashkil qildi. Shuning uchun SSSR eksporti kamayishi uning iqtisodiy muammolariga sabab bo’la olmasdi. SSSR sovetlarining VI qurultoyida Molotov hisobotidan so’ng, SSSRga qarshi G’arb davlatlarining harbiy intervensiyasi tayyorlanayotganligi ko’rinib qolganligi sababi ko’rsatilib, shu masalada rezolyutsiya qabul qilindi. Qurultoyda SSSR eksportiga cheklov qo’ygan davlatlarga nisbatan SSSR hukumatining import cheklovlarini qat’iylashtirish belgilandi. “Majburiy mehnat” ayblovlari samarasiz yakunlandi. SSSRga kelgan ko’p sonli delegatsiyalar aniqlashi natijasida majburiy mehnat holatlari topilmaganligi sababli, ilgarigi ayblovlar rad etildi. Matbuotdagi ayblovlardan tashqari, chet eldagi oq gvardiyachilar tashkilotlari faollashib qoldi. Antisovet kuchlarining markazi Parij edi. 1930-yil 26-yanvarda Oq gvardiyachilarning emigratsiyasi vakillaridan biri general Kutepov g’oyib bo’ldi. U oq gvardiyachilarning ichki ziddiyatlari natijasida g’oyib bo’ldi. Oq gvardiyachilar va fransuzlarning reaksion nashriyoti antisovet kompaniyasini kengaytirib yubordi, ular Kutepovni “GPU va Komintern agentlari” o’g’irlab ketishdi degan gap chiqardi va SSSR bilan aloqalarni uzishni talab qilardi. Shu davrda Rim papasi Piy XI SSSRga yangi “Salib yurishi”ni e’lon qildi. Rimdagi bosh vikariy kardinal Pompilli 1930-yil 10-fevralda SSSRga qarshi salib yurishini dinga qarshi bo’lganligini asoslab ko’rsatdi. Papaning chaqirig’iga 3

nisbatan katolik va ingliz cherkovi antisovet molebstvalar tashkil qilinib, yahudiy ravinlari esa Polshada antisovet posti e’lon qilindi. Sovetlarning VI qurultoyida V.M.Molotov antisovet ishlarini olib borgan barcha din vakillarini harakatlarini fosh qilib tashladi. Bunda eng faollar katolik cherkovi vakillari edi. Shunday Vatikandagi Avstriya norasmiy agentlaridan biri Avstriya armiyasi sobiq polkovnigi Vidal xalqaro doirada antibolshevik kongressini SSSRga qarshi urush boshlash maqsadida tashkil qilish rejasini Rim papasiga taqdim etdi. Bolshevizmga qarshi kurash bu urush deganiligini Vidal ta’kidladi. U urushni oldini olish foydasiz ekanligi, hamda urushga tayyorgarlik ko’rish kerakligini aytadi. Antibolshevikcha “Salib yurishi”ning asosiy tashabbuskorlaridan biri nemis fashistlari edi. 1923-yil Germaniya fashistik kuchlari yunkerlik , bankirlar va og’ir sanoat moliyalashtirilishi ostida birlashdilar. Bu blok tarkibida Gitler ham o’zining mustaqil milliy-sotsialistik partiyasi bilan faoliyatda edi; uning a’zolaridan Germaniyaning fashistik tashkiloti boshqaruv ofitserlarini tayinlab olish maqsad qilingandi. Antisovet “Salib yurishi” rejalarida “Beshinchi kolonna” tashkilotchilaridan biri fon Papen muhim o’rin egallardi. Gindenburg yunkerlik doirasi bilan tor doirada aloqada bo’lgan va Tissen og’ir sanoat guruhi bilan ham aloqada bo’lgan fon Papen SSSRning bir qismini o’z ichiga olgan “Markaziy Yevropa”ni yaratish borasida orzusi bor edi. Germaniya imperialistlarining harbiy tayanchi reyxsver bo’lgan. Reyxsver boshlig’i General Sekt Sharqqa antisovet yurishini tezkorlikda amalga oshirish tarafdori emasdi. Sekt – Shtezerman singari yashirincharoq harakatlanish va ikki yoqlama ish qilish tarafdori edi. U 1932-yilda yozilgan o’zining “Germaniya G’arb va Sharq oralig’ida” kitobida Germaniya urush boshlagan taqdirida Sharqda mustahkam ta’minlangan frontga ega bo’lish zarurligini aytib o’tgan. “Agar Yevropa taqdiri Germaniya va Fransiya munosabatlariga bog’liq bo’lsa, huddi shunday huquq bilan Rossiya bilan munosabat Germaniya taqdirini hal qiladi” deb Sekt aytib o’tgandi. 4

O’z-o’zidan Sekt Germaniya va SSSRning mustahkam do’stlikka kirishishi kerakligini nazarda tutmagandi. 1938-yil martdagi Trotskiychi bloki jarayonida ochilgan Sektning yashirincha ishlarida yuqoridagi fikr o’z aksini topdi. Jarayonda Trotskiychilar 1923-1930-yillarda reyxsverdan ikki millionga yaqin oltin marka olganligi aniqlandi. Ular shu borada Germaniya mustamlakachilari bilan SSSR hududini bo’lib olish va Germaniya tomonidan SSSRning katta qismini qo’shib olinishini kelishib olishgandi. Shu tariqa, reyxsver SSSR masalasida o’zining harakatlar rejasi bor edi. Bu reja Gitlerning agressiv rejalariga zid emasdi. Reyxsver generallari Sekt, Frich, Nikolai, Adam va boshqalar Germaniyaning antisovet pozitsiyasini erta bildirib qo’ymaslik tarafdorlari edi. Ular Gitlerchilarni shoshilmaslikka chorlardi. Bu davrda Germaniyaning SSSRga qarshi “Salib yurishi”ni ochishi mavjud siyosiy, harbiy va xalqaro holatda maqsadga muvofiq emasdi. Pan-Yevropa rejasi Antisovet faoliyati fransuz mustamlakachilari tomonidan ham faollik bilan amalga oshirila bordi. SSSRga qarshi harbiy blok yaratishda Pan-Yevropa dasturi muhim rol o’ynardi. Bu dasturning tashabbuskori fransuzlar tashqi ishlar vaziri Aristid Brian edi. 1930-yil 17-mayda Brian Yevropaning 27 davlatiga murojaat qilib, ularga Yevropa federal ittifoqi tizimini yaratishni taklif qildi. Ular iqtisodiy hamkorlik va inqirozga qarshi kurashish bahonasida Yevropa burjua davlatlarining federatsiyasini yaratishni maqsad qilishdi. Yevropa hamjamiyati maxsus vakillik organi – Yevropa komitetini tuzish taklif qilindi. Bu masalada fransuz gazetasi “Temps”: “Bu g’oya Lokarno, Millatlar ligasi va Yevropa Antantasi siyosatining mantiqiy davomi hisoblanadi. Uning maqsadi Yevropa davlatlarining iqtisodiy muhitini yaxshilash maqsadida bojxona to’llovlarini soddalashtirish maqsad qilindi”. Pan-Yevropaning yaratilishi Fransiyaning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlashi kerak edi. Brian Yevropa komiteti timsolida fransuz imperializmiga xizmat qiluvchi va uning siyosatini yurituvchi organni ko’rdi. Pan- 5