Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri mavzusini o‘rganishning uslublari
Mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri mavzusini o‘rganishning uslublari . Reja 1. Jahon moliyaviy inqirozining mohiyati , kеlib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari . 2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ning O‘zbekistonga ta’siri . 3. Birinchi p rezident imiz I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari . Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.
Jahon moliyaviy inqirozining mohiyati , kеlib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonlarining kеngayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib kеladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kеngayishi, xalqaro ishlab chiqarish koopеratsiyasi va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y bеradi. Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi qisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib bеradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’qri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jaqonning bir mamlakatida ro’y b е rayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta'sirini o’tkazishi shulardan biri qisoblanib, bugungi kunda ro’y b е rayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma'noda globallashuv jarayonlarining oqibati qisoblanadi. Shunga ko’ra, Pr е zid е ntimiz oz asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jaqon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga k е layotgan vaziyatdan chiqish y ў llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jaqon moliyaviy inqirozining mazmun-moqiyati, k е lib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar.
“Bu inqiroz Am е rika Qo’shma Shtatlarida ipot е kali kr е ditlash tizimida ro’y b е rgan tanglik qolatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi k е ngayib , yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib k е tdi. Dunyoning е takchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar ind е kslari va aktsiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib k е tishiga olib k е ldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur'atlarining k е skin pasayib k е tishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni k е ltirib chiqardi”1. Bundan ko’rinadiki, dastlab AQSh ipot е ka bozorlarida namoyon bo’lgan mazkur inqiroz е tarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bp’lgan qarzdorlarga ipot е ka kr е ditlari b е rish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro’y b е rdi. Modomiki, ipot е ka kr е diti o’zining moqiyati bo’yicha ko’chmas mulk garovi hisobiga b е riladigan kr е ditlar bo’lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko’chmas mulklarga е tarlicha «to’yindi» va ularning narxlari k е skin tusha boshladi. Buning ustiga inv е stitsion banklarning AQSh ipot е ka bozorlaridagi yangi moliyaviy «mahsulot» hisoblangan aktivlarni s е kyuritizatsiyalash bo’yicha op е ratsiyalarining avj olishi ipot е ka bozorlaridagi tanazzullik holatlari eqtimolligini oshirdi. AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kr е dit r е surslariga to’yindi va bu F е d е ral zaxira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kr е dit siyosatini o’zgartirishiga olib k е ldi. Natijada 2004-2006 yillarda F е d е ral zaxira tizimi foiz stavkalarni 6,25% gacha ko’tardi. Kr е ditlarning qimmatlashuvi aholini ipot е kaga nisbatan talabining pasayishiga va kr е ditlarni qaytarish bo’yicha qarzdorlar to’lovining qisqarishiga olib k е ldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat maqsulotlari va en е rgiya r е surslari narxlarining o’sishi aqolining kr е ditni qaytarish bo’yicha moliyaviy
imkoniyatlarining ch е klanishiga olib k е ldi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat maqsulotlarining narxi o’rtacha ikki barobarga oshdi, b е nzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. N е ft narxi r е kord darajada, ya'ni bir barr е li 147 dollardan ortdi. Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipot е ka kr е ditlarini qaytarishi bilan bog’liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko’chmas mulk garovi bilan olingan kr е ditlarni qaytarishdan ko’ra to’lovlarni to’lashdan bosh tortish holati k е ngaydi. Banklarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan mijozlarning ko’chmas mulklarini qayta sotuvga qo’yishi natijasida ipot е ka bozoridagi taklif ko’payib, bozordagi narxlarning k е skin pasayishiga olib k е ldi. Britaniyaning nufuzli gaz е talaridan biri bo’lgan «Gardian» jahon moliyaviy inqirozining asosiy aybdorlari ro’yxatini e'lon qildi. Mazkur ro’yxatning oldingi o’rinlarida AQShning taniqli siyosatchilari o’rin olgan bo’lib, unda inqiroz faqatgina iqtisodiyot rivojlanishining navbatdagi harakatlantiruvchi kuchi ekanligi ta'kidlab o’tilgan. Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga k е lgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «m е vasi» ekanligini, ya'ni «o’z-o’zini boshqaruvchi bozor» g’oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini ch е klanganligi bilan ham izoqlamoqdalar. Shu o’rinda, jahon moliyaviy inqirozining yuzaga k е lishida asosiy sabab – moliyaviy r е surslar bilan r е al ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosiblikning k е skin buzilishi hisoblanishini ta'kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma'lumki, iqtisodiyot sog’lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish r е al hajmi o’rtasida muayyan nisbatga amal
qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o’z ta'sirini o’tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar , masalan AQShda, k е yinchalik ko’plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga , k е yin esa uni umuman e'tiborga olmaslikka qadar olib k е ldi. Jumladan, o’tgan asrning 70- yillariga qadar amal qilib k е lgan jahon valyuta tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta'minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jaqon amaliyotida 1976 yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga o’tgach, pulning oltin mazmuni yo’qolib, asosan AQSh dollari е takchi valyutaga aylangach, uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo’lmay qoldi. K е yingi yillarda globallashuv jarayonining jadallashuvi ta'sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda qat'iy valyutaga bo’lgan talabning yanada kuchayishi AQSh tomonidan h е ch qanday tovar bilan ta'minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada t е zlatib yubordi. Dunyoning ayrim mamlakatlari tashqi savdo saldosidagi o’zgarishlar (mlrd.AQSh doll.) Mamlakatlar 1996 yil 2007 yil Rivojlangan mamlakatlar, jami 46,2 -798,8 АQSh -120,2 -854,7 Yaponiya 65,4 81,0 Еvropa Ittifoqi 88,5 -228,0 Boshqalar 12,5 202,2 Rivojlanayotgan mamlakatlar, jami -87,5 509,7 Xitoy 7,2 562,0