logo

Iqtisodiy islohotlar va uning samarasizligi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.720703125 KB
I qtisodiy islohotlar va  uning  samarasizligi
Reja:
1. Qayta qurish siyosatining brbod bo‘lishi
2. Siyosiy va iqtisodiy islohotlarning samarasizligi
3. O‘zbekistondagi inqrozli holatlar va ularning oqibatlari SSSRda jamiyat hayotining barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyotda boshi
berk   murakkab   vaziyatdan   chiqish   yo‘lini   qidirish   1985   yil   bahoridan
boshlangan   qayta   qurish   siyosatida   o‘z   ifodasini   topdi.   Ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni   turg‘unlik   illatlaridan   tozalashga   qaratilgan   tajribalar   qatorida
iqtisodiy   muammolar   echimini   topish   bosh   vazifalardan   biriga   aylandi.
Iqtisodiy   tizimni   qayta   qurish,   uning   moddiy   bazasini   qayta   ko‘rib   chiqish,
yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida
iqtisodiyotni   va   ijtimoiy   sohani   jadal   rivojlantirish   mo‘ljallangan   edi.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun asosiy vosita sifatida «rejalashtirish va
boshqarish mexanizmini takomillashtirish», «ijti moiy negizda sog‘lom tovar-
pul   munosabatlarining   amal   qilishini   ta’minlash»,   «xo‘jalik   hisobi»   asoslari
imkoniyatidan   foydalanish   belgilandi.   Korxonalarning   «xo‘jalik   hisobi»,
«o‘z-o‘zini   mablag‘   bilan   ta’minlash»   va   «o‘z-o‘zini   boshqarish»ga
o‘tkazilishi   dastlabki   vaqtlarda   mehnat   jamoalari   orasida   o‘z   huquqlarini
to‘laroq amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan katta umidlar uyg‘otdi.
Intilishlar   ijobiy   bo‘lishiga   qaramasdan,   islohotlarning   samarasi   unchalik
katta   bo‘lmadi.   1988   yilda   O‘zbekistonda   mavjud   1267   ta   yirik   sanoat
korxonasidan   atigi   320   tasi   (25,3   foiz)   to‘liq   xo‘jalik   hisobi   va   o‘zini   o‘zi
mablag‘   bilan   ta’minlash   sharoitida   ishlar   edi.   Bu   korxonalardagi   ishlab
chiqarish   hajmi   (ular   respublikada   ishlab   chiqarilayotgan   mahsulotlarning
55,7 foizini tayyorlab berardi) 1987 yilning avvalgi davridagiga nisbatan 4,7
foizga   ortdi,   holbuki   bu   ko‘rsatkich   xo‘jalik   hisobiga   o‘tkazilmagan
korxonalarda   0,7   foizga   pasaydi.   Biroq   respublika   sanoati   shartnoma
majburiyatlari   asosida   mahsulot   sotish   rejasini   faqat   98,6   foiz   qilib   bajardi,
yangi sharoitda ishlayotgan korxonalar esa 98,4 foiz qilib ado etdi.
YAngicha   yondashuv   va   yangicha   fikrlash   g‘oyasi   asosida   olib   borilgan
qayta   qurish   siyosatiga   jamiyatning   tayyor   emasligi,   shuningdek,   ijrochilik
kayfiyatiga   moslashgan   rahbarlarning   «xo‘jalik   hisobi»   va   «o‘zini   o‘zi moliyalashtirish»  sharoitida  ish  yurita  olmasligi  oqibatida  xalq  xo‘jaligining
deyarli barcha sohalari izdan chiqa boshladi. Xo‘jalik mexanizmining zamon
talablariga   mos   kelmasligi,   asosan,   sifatga   e’tibor   bermay   miqdorni
oshirishga   qaratish,   xomashyoga   yo‘naltirilgan   sanoat   tarmoqlarini   jadal
rivojlanti rish serxarajat xususiyatga ega iqtisodning rivojlanishiga olib keldi.
Bu davrda ham odat bo‘lib qolgan kampaniyabozlik xo‘jalikni boshqarish
mexanizmini   qayta   qurishga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatdi.   Aksariyat   tarmoqlarda
xo‘jalik   hisobini   tashkil   etish   xo‘jako‘rsinga   qilindi.   SHunday   hollar   ham
uchrab   turardiki,   mehnat   jamoalari   hisobotlarida   yangi   iqtisodiy   sharoitda
ishlayotgandek   qilib   ko‘rsatilardi,   haqiqatda   esa   u   erda   xo‘jalik   hisobi
asoslari   butunlay   joriy   etilmagan   bo‘lardi.   Masalan,   Toshkent   to‘qimachilik
kombinatida,   CHkalov   nomli   Toshkent   aviatsiya   ishlab   chiqarish
birlashmasida   va   boshqa   joylarda   xo‘jalik   hisobida   ishlovchi   brigadalarni
tashkil   etishga   yuzaki   yondashdilar.   Barham   berish   qiyin   bo‘lgan   zararli
odatlardan biri yaxshi ishlayotgan korxonalarning mablag‘larini kam samara
bilan ishlayotgan korxonalar foydasiga qayta taqsimlash prinsipi edi.
Ishlab   chiqarilayotgan   tovarlarning   sifati   muammosi   haddan   tashqari
keskin tus olib ketdi. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida mahsulotning
davlat   qabuli   joriy   etila   boshlandi.   1987   yilda   davlat   qabuli   sharoitida
ishlovchi   korxonalarda   yaroqsizga   chiqarilgan   mahsulotlar   hajmi   833   ming
rubllikni   tashkil   etdi.   Davlat   qabuli   joriy   etilgan   33   ta   korxonada   har   oyda
o‘rta hisobda 0,9 mln. rubllik mahsulot qabul qilinmas edi.
Ishlab   chiqarishni   tartibga   solish   borasida   ko‘rilgan   chora-tadbirlar   uning
tanazzulini   to‘xtata   olmadi.   Mahsulotlar   yuqori   sifatli   bo‘lishi   uchun   ishlab
chiqarish   jarayonini   tubdan   yangilash   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   g‘oyatda   keng
tadbirlar majmuini amalga oshirish talab qilinardi. Bir tomondan, moliyaviy
mablag‘lar   va   moddiy   resurslarning   yo‘qligi,   ikkinchi   tomondan,   rasmiy
hokimiyat   organlarining   reja-topshiriqlar   bajarilishini   qat’iyat   bilan   talab qilishi   davlat   qabulining   yuzakilashuviga   olib   keldi.   Ma’muriyatning   tazyiq
ko‘rsatishi oqibatida sifat masalasi asta-sekin ikkinchi darajali masala bo‘lib
qoldi.   Agar   1986   yil   dekabrda   davlat   qabuli   talabi   bilan   60   foiz   mahsulot
qabul qilingan bo‘lsa, 1987 yilning yanvariga kelib faqat 48,5 foiz mahsulot
davlat qabuli talabiga javob berdi.
Bunga   qarshi   ko‘rilgan   barcha   chora-tadbirlarga   qaramasdan   sifatsiz,
nostandart va nokomplekt mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayish o‘rniga,
aksincha,   ko‘payib   boraverdi.   Masalan,   1989   yilda   birgina   Toshkent   shahri
bo‘yicha   ishlab   chiqarilgan   33   mln.   rubllik   mahsulotlar   sifatsiz   deb   qabul
qilindi.   Bunday   qonun   buzishlar   respublikaning   etakchi   korxonalari
hisoblangan   «Foton»,   «Mikond»   ishlab   chiqarish   birlashmalarida,   Toshkent
traktor   zavodida,   «Tashselmash»   zavodida,   shuningdek,   oziq-ovqat   va
go‘sht-sut sanoatida ham keng yoyilganligi qayd etildi.
Sovet   iqtisodiyotining   jiddiy   nuqsonlaridan   biri   hisoblangan   yakuniga
etkazilmagan qurilish hajmlari ham yil sayin ortib bordi. Bu jarayon,  ayniqsa,
80-yillar   o‘rtalarida   avj   pallasiga   chiqdi.   Xususan,   1986   -   1990   yillarda
asosiy   fondlarni   ishga   tushirish   yillik   o‘rtacha   hajmlari   o‘n   birinchi   besh
yillikka   qaraganda   ancha   ortdi.   Ammo   bu   o‘sish   foydalanilgan   ka pital
qo‘yilmalar   hajmidan   ortda   qolar   edi.   Natijada   davlat   investitsiyalari
hisobidan   oxiriga   etkazilmagan   qurilishlar   1986   yildagi   5,0   mlrd.   rubldan
1990   yilda   6,3   mlrd.   rublga   etdi.   Son-sanoqsiz   qurilish   ob’ektlariga
moliyaviy   mablag‘larning   sochilib   ketishi   oqibatida   qurilish   muddatlari
normativlardan   ikki   barobar   ortib   ketdi.   Kapital   qurilishdagi   buzg‘unchi
jarayonlarni xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini moliyalashtirishga o‘tkazish siyosati
to‘xtatib   qola   olmadi.   CHunki   hukm   surgan   xo‘jalik   yuritish   mexanizmi
yakuniy   maqsadga   erishish   manfaatdorligidan   mahrum   qilgan   edi.   Oqibatda
kapital   qurilishda   asosiy   fondlarni,   ya’ni   uy-joy,   maktabgacha   tarbiya   va
madaniyat   maskanlari,   hunar-texnika   bilim   yurtlari   ob’ektlarini   qurib   ishga tushirish   rejalarini   bajarmaslik,   ular   etarli   darajada   moliyalashtirilishiga
qaramay, an’anaviy tus ola boshladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 1986-
1989   yillarda   har   uchinchi,   1990-1991   yillarda   esa   har   ik kinchi   qurilish
ob’ektlari ishga tushirilmasdan qolib ketgan edi.
Sovet   iqtisodiy   modeliga   xos   bo‘lgan   holat   (ilm-fan   talablari   va   ishlab
chiqarishning   jamiyat   extiyojlariga   nisbatan   nomuvofiqligi)   O‘zbekiston
misolida   ko‘zga   yaqqol   tashlandi.   Jumladan,   1976   yildan   1990   yilgacha
bo‘lgan   davrda   yangi   turkumdagi   mashina   va   uskunalar   namunalarini   ixtiro
qilish   yiliga   o‘rtacha   38   tadan   to‘g‘ri   kelgan   bo‘lsa,   shundan   1976   -   1980
yillarda   tex nik   ko‘rsatkichi   jihatidan   faqat   25   foizi   mamlakat   va   jahondagi
namunalardan   yuqori   hisoblangan,   1981-1985   yillarda   bu   ko‘rsatkich   10
foizdan,   1986-1990   yillarda   6   foizdan   ortmadi.   Muhimi   shundaki,   yangi
texnika   va   texnologiyalarni   ixtiro   qilish   va   ishlab   chiqarishga   joriy   etish
jarayoni kamida 5-6 yil talab qilgan. Natijada O‘zbekistonda mavjud sanoat
korxonalarining   aksariyatida   ishlab   chiqarish   fondlarining   salmoqli   qismi
eskirishiga sabab bo‘ldi.
Mustaqillik   arafasida   O‘zbekistondagi   1500   ta   sanoat   korxonasidan   900
dan   ortig‘i   texnik   jihatdan   qayta   qurish   va   rekonstruksiya   qilishni   talab
qilardi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida,   respublikada   oliy   sifat   kategoriyasi   talabiga
javob   beruvchi   mahsulot   turlari   o‘sishining   sust   borishiga   olib   keldi.
Xususan,   1988   yilda   ishlab   chiqarishning   umumiy   hajmida   atigi   10   foiz
mahsulot oliy sifat kategoriyasi talabiga javob bergan (Ittifoq bo‘yicha esa bu
ko‘rsatkich shu davrda 15 foizni tashkil qilgan).
Xalq   xo‘jaligining   boshqa   tarmoqlari   kabi,   O‘zbekiston   iqtisodiyotida
muhim   hisoblangan   agrar   soha   ham   shunday   qismatga   uchradi.
O‘zbekistonda   bu   sohadagi   siyosat   strategiyasi   qayta   qurish   yillarida
Butunittifoq agrar siyosatidan amalda farq qilmas edi. Avvalgidek, bu siyosat
Markaz manfaatlari yo‘lida paxtachilikni jadal rivojlantirishga qaratilgan edi. Qayta   qurish   siyosati   tajribasi   O‘zbekistonda   qishloq   xo‘jaligini
rivojlantirish   strategiyasi   chinakam   islohotchilik   mazmuniga   ega   bo‘la
olmadi.   Agrar   ishlab   chiqarishning   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash
sohasidagi   kuch-g‘ayratlar   ham,   keng   miqyosda   irrigatsiya-melioratsiya
ishlarini   tashkil   etish   ham,   kadrlarga   doir   muammolarni   hal   qilish   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   chora-tadbirlar   majmui   ham   qishloq   xo‘jaligining   barqaror
rivojlanishini   ta’minlay   olmadi.   Nisbatan   ozgina   yuksalishdan   keyin   yana
muqarrar   tanazzul   boshlanar   edi.   Buning   sababi   agrar   sohada   hukmron
bo‘lgan ishlab chiqarish iqtisodiy munosabatlarning xarakterida edi. Ularning
o‘zagini   dehkonchilikka   va   umuman   qishloq   xo‘jaligiga   ma’muriy-
buyruqbozlik   bi lan   yondashuv   tashkil   etardi.   Iqtisodiy   munosabatlarning
kelib   chiqish   jihatidan   yaroqsizligi,   shahar   bilan   qishloq   o‘rtasidagi   noteng
ayirboshlash,   qishloqqa   resurslarning   qoldiq   prinsipi   bo‘yicha   ajratib
berilishi,   xo‘jalik   hisobi   asoslarining   yo‘qligi   tenglashtirish   prinsipini,
ijtimoiy   passivlikni   keltirib   chiqardi,   bu   esa,   o‘z   navbatida,   shaxsiy   va
ijtimoiy manfaatlarning mos kelishiga xalaqit berdi.
Sovet   davlatining   iqtisodiy   boshqaruv   tuzilmalari   bu   illatning   haqiqiy
barham topish vositasi brigada pudratini tashkil etish deb hisobladilar. Bu hol
boshqaruv   tizimini   o‘zgartirishni   talab   qilardi,   bu   esa   pirovard   natijada
mazkur   bo‘g‘inning   yangi   shakli   -   RAPO   (rayon   agro-sanoat
birlashmalari)ning   paydo   bo‘lishiga   olib   keldi.   RAPOlar   qishloq   xo‘jaligini
«yuksaltirish»ning navbatdagi «qutqaruvchi» vositasi bo‘lib, haqiqatda yangi
ma’muriy-boshqaruv   organi,   agrar   sektordagi   yangi   mahkama   diktaturasiga
aylanib qoldi.
Jamoa   pudrati   g‘oyalarining   boy   imkoniyatlarini   ham   ro‘yobga   chiqarish
imkoni   bo‘lmadi.   Brigada   va   zveno   pudratlari   shoshilinch   ravishda   kishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishining barcha tarmoqlarida qo‘llana boshlandi. XX asr
80-yillari   o‘rtalariga   kelib   brigada   pudrati   asosida   ishlayotgan   kishloq aholisining   umumiy   salmog‘i   respublika   agroxo‘jaliklari   xodimlarining
umumiy   miqdorida   44,5   foizni   tashkil   etdi.   Ayrim   pudrat   bo‘linmalarining
yuqori   ko‘rsatkichlarga   erishishlariga   qaramasdan,   kishloq   xo‘jalik
mahsulotlari etishtirishda salmoqli ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi.
1986   yil   martda   bir   qator   hujjatlar   qabul   qilinib,   ularda   «boshqaruvning
iqtisodiy   usullari»ga   o‘tilganligi   e’lon   qilinib,   qishloq   iqtisodiyotini
yuksaltirishning asosiy vositasi rejali ishlarni takomillashtirishdan iborat deb
hisoblandi:   reja   topshiriqlarini   «erishilgan   daraja»da   belgilash   prinsipi
qoralandi.   Biroq   bu   usul   ham   bir   ma’muriy   vosita   o‘rniga   boshqa,   undan
ko‘ra «takomillashgan» vositani yuzaga keltirdi. Boshqa bir qator yangiliklar,
xususan, ACM (agrosanoat majmuasi)ning taqdiri ham ana shunday bo‘ldi, u
aslida   boshqarib   bo‘lmaydigan   tizimga   aylanib,   qishloq   xo‘jaligini
rivojlantirishda qo‘shimcha to‘siq bo‘lib xizmat qildi.
Xo‘jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmini qayta qurish, sotsialistik tovar-
pul   munosabatlarining   imkoniyatidan   foydalanish   borasida   ko‘rilgan   chora-
tadbirlar   ham   kutilgan   natija   bermadi.   Qisman   xo‘jalik   hisobidan   to‘liq
xo‘jalik   hisobiga   o‘tish   tovar-bozor   munosabatlarining   faol   qo‘shilishidan
iborat   ustuvor   yo‘nalish   bo‘lib   qoladi,   deb   taxmin   qilingan   edi.
Xo‘jaliklarning   iqtisodiy   mustaqilligini   kengaytirishga   qaratilgan   «porloq
kelajak»   va’da   qiluvchi   chora-tadbirlar,   odatda,   cheklangan   tarzda   amalga
oshirildi.   Qishloqda   qayta   qurish   asosidagi   xo‘jalik   yuritish   shakllarini   va
mehnatga   haq   to‘lashni   takomillashtirish   sohasidagi   tashqi   jihatdan   jo‘shqin
bo‘lib   ko‘ringan   faoliyat   zaminida   avvalgi   yillardagi   kabi   ko‘p   uchraydigan
ko‘zbo‘yamachilik,   rasmiyatchilik,   dehqonlarning   manfaatlarini   esdan
chiqarib   qo‘yish,   ASM   rahbarlarining   tezroq   raport   berishga   intilishi   kabi
illatlar   yashiringan   edi.   Afsuski,   joriy   qilingan   yangiliklar   (masalan,   ijara,
xo‘jalik   hisobi)   sun’iy   xususiyatga   ega   bo‘lib,   mehnatni   tashkil   etishning
eskirib qolgan shakllariga asoslangan edi, ular pirovard natijalarni, mahsulot sifatini hisobga olmas edi. Samaraning yo‘qligiga sabab mustabid tizimning
iqtisodiy   yangiliklarni   tan   olmasligida,   dehqonga   haqiqiy   erkinlik   berishni
istamasligida edi.
Salbiy   holatlarning   ortib   borishi   natijasida   O‘zbekiston   qishloq
xo‘jaligining   samaradorligi   yildan-yilga   pasayib   bordi.   1989   yil   boshlarida
qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti, hatto o‘rtacha yillik darajaga ham bormadi,
3   milliard   rubl   miqdorida   mahsulot   berilmay   qoldi.   G‘alla,   pax ta,   poliz
ekinlari   tayyorlash   rejalari   surunkasiga   bajarilmay   keldi.   Faqat   1986-1987
yillar   mobaynida   etkazib   berilmagan   paxtaning   miqdori   1,5   mln.   tonnadan
ortiq   edi.   Asosiy   dehqonchilik   ekinlarining   hosildorligi   barqaror   pasayib
bordi, go‘sht, kartoshka, uzum, meva, paxta kabi mahsulotlarni etishtirish va
tayyorlash   rejalarining   bajarilmay   qolishi   an’anaga   aylanib   qoldi.   Buning
birinchi   sababi   dehqonchilik   madaniyatining   pastligi,   ishlab   chikarishni
intensivlashtirish   vositalariga   etarli   e’tibor   berilmaganligi,   sug‘orish
tarmoqlarining tartibga solinmaganligida bo‘lsa, ikkinchisi, ko‘p rahbarlar va
mutaxassislar yangi sharoitlarda hamda yangicha ishlashning uddasidan chiqa
olmayotganida edi.
Ayniqsa,   meva-sabzavot   etishtirish,   qayta   ishlash   va   saqlash   sohasidagi
muammolar   keskin   tus   olganligini   alohida   qayd   etish   lozim.   Xo‘jalik
yuritishdan   manfaatdorlikning   yo‘qligi   natijasida   serxarajat   iqtisodiyot
shakllangan edi. Omborxona va sovitish xonalarining, meva va sabzavotlarni
qayta   ishlash   sexlarining   etarli   emasligi,   mavjudlarining   esa   talabga   ja vob
bermasligi   oqibatida   dalalarda   etishtirilgan   hosilning   chorak   kismi
iste’molchilar   dasturxoniga   etib   bormas   edi.   Butunittifoq   savdo   va   umumiy
ovqatlanish ilmiy tadqiqot instituti bergan ma’lumotlarga qaraganda bu holat
nafaqat   O‘zbekiston,   balki  mamlakat  miqyosida  avj  olib,   dalalardan   aholiga
mahsulot   etib   borgunga   qadar   30-50   foizi   nobud   bo‘lishi   qayd   etilgan.
O‘zbekistonning   ayrim   viloyatlarida   ahvol   bundan   ham   og‘ir   edi.   Masa lan, Samarqand   viloyati   xo‘jaliklarida   hammasi   bo‘lib   tegishli   me’yorning   atigi
56   foizini   qoplaydigan   omborxonalar   mavjudligi   va   ularda   yiliga   qariyb   40
ming tonna mahsulot ibtidoiy usullarda saqlanishi aniqlangan.
Rejali   iqtisodiyot   hukm   surgan   barcha   davrlarda   mamlakat   qishloq
xo‘jaligida shakllangan serxarajat tizim kamchiliklarini shaxsiy tomorqalarda
etishtirilgan   mahsulot   qoplab   kelgan.   O‘zbekiston   sharoitida   ular   hissasiga
yalpi   mahsulotning   deyarli   40   foizi   to‘g‘ri   kelgan.   Masalan,   1990   yilda
respublikada   484   ming   tonna   mahsulot   ishlab   chiqilgan   bo‘lsa,   shundan
shax s iy tomor q alar  hissasiga  235 ming tonna  to‘g‘ri  kelgan; sut tegishlicha 3
va   1,9   mln.   tonnani   tashkil   qilgan.   Tuxumning   33   foizi,   kartoshkaning   38
foizi,   sabzavotlarning   49   foizi,   mevalarning   53   foizi   shaxsiy   tomorqalarda
etishtirilar edi.
Paxta   yakkaxokimligi   bilan   bog‘liq   illatlar   respublika   qishloq   iqtisodiyoti
inqiroziy   jarayonlarini   tezlashtirdi.   CHigit   ekiladigan   maydonlar   (75foiz)
ko‘p   bo‘lishiga   qaramasdan,   paxta   ekiladigan   erlar   doimiy   ravishda
ko‘paytirib   borildi.   Ayni   vaqtda   paxta   etishtirish   reja   topshiriqlari   ham
ko‘paydi,   bu   O‘zbekistonning   imkoniyatlariga   mutlaqo   mos   kelmas   edi.
Mazkur muammoni qo‘shib yozish, ko‘zbo‘yamachilik, paxta terimi davrida
shaharliklar,   talabalar,   maktab   o‘quvchilarining   mehnatidan   surunkali
foydalanish   evaziga   hal   qilishga   kirishildi.   «YAlpi»   paxta   hosili,   poliz   va
boshqa   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari   miqdori   ortidan   quvib,   xo‘jaliklarda
mahsulot   etishtirish   texnologiyasini   buzish,   kimyoviy   moddalardan   foyda -
lanish   keng   tarqaldi.   Natijada   atrof-muhit   zaharlandi,   erning   tarkibi   buzildi,
insonlar   sog‘ligiga   zarar   etkazildi.   Mehnatni   tashkil   etishda gi,   ayniqsa,
mehnatga   haq   to‘lashda   yo‘l   qo‘yilgan   jiddiy   nuqsonlar   qishloq
mehnatkashlarini loqayd qilib, ularni befarqlikka mahkum etdi.
Ittifoqda   hukm   surgan   «adolatli»   mehnat   taksimoti   ishlab   chikaruvchi
kuchlarni   joylashtirish   siyosatining   boshidanoq   imperiyacha   munosabatlar shaklida olib borilgani oqibatida O‘zbekiston iqtisodiyoti haddan tashqari bir
tomonlama   rivojlandi,   o‘lkaning   tabiiy   boyliklari   talandi,   respubli ka   tayyor
mahsulotlar sotiladigan bozor sifatida saqlab turildi.
Ishlab   chiqarishning   haddan   tashqari   ixtisoslashuvi   ham   iqtisodiyotning
tuzilishiga   halokatli   ta’sir   qilganligini   ko‘rish   mumkin.   Hisob-kitoblarga
qaraganda,   80-yillarda   O‘zbekiston   sanoat   tarmoqlaridagi   umumiy   ishlab
chiqarishning   kariyb   80   foizi   qishloq   xo‘jaligi   (asosan,   paxtachilik)   bilan
bevosita   bog‘liq   edi.   O‘zbekiston   sanoatidagi   bunday   bir   yoqlamalik   uzoq
yillar davomida saqlanib keldi, unda jiddiy o‘zgarishlar yasalmadi.  Aksincha,
respublika  q ishlo q   xo‘jaligiga  kapital  qo‘yilmalar, sohaning  ener getik  q udrati
tizimli ortib bordi. Ammo 1965 yildan 1985 yilgacha  qishloq xo‘jaligi  ishlab
chi q arish   fondlari   6   barobar   o‘sishiga   q aramasdan,   agrar   sohaning   yalpi
mahsuloti   atigi   78   foiz   o‘sdi,   xolos.   Qishloq   xo‘jaligida   ekstensiv
rivojlanishni   «moliyalashtirish»   oqibatida   1971-1985   yillarda   birgina
O‘ zbekistonda   1,6   mln.   gektar   sug‘oriladigan   erlar   qo‘shimcha   xo‘jalik
oborotiga   kiritilgan   edi.   Bu   esa   Markaziy   Osiyoda   Orol   dengizi   q urishini
jadallashtirdi   va   ekologik   inqirozni   keltirib   chiqardi.   SHu   bilan   birga,
respublika iqtisodiyoti paxtaga qanchalik bog‘liq bo‘lmasin, uni qayta ish lash
va undan oxirgi mahsulot tayyorlash Markaz tomonidan monopollashtirilgan
edi.   Masalan,   mustaqillik   arafasida   tayyorlanayotgan   paxta   xomashyosining
faqat  4 - 5  foiz qayta ishlanardi. YA’ni, 4,5 - 5 mln. tonna paxta xomashyosi
etishtirilgani holda, respublikadagi korxonalar to‘la quvvat bi lan ishlab, atigi
150   ming   tonna   paxtani   qayta   ishlardi.   Sanoatda   esa   tayyor   mahsulotning
ulushi 25 foizdan ortmas edi.
Mustamlakachilik   siyosati   oqibatida   O‘zbekiston   iqtisodi   zaif   bo‘lgani
holda,   o‘z   eridagi   boylikni   o‘zi   tasarruf   etish   huquqidan   ham   mahrum   edi.
O‘zbekistonning   er   osti   boyliklari   Butunittifok   mulki   deb   qaralardi,   hatto
oltin,   qimmatbaho   va   rangli   metallar,   strategik   ahamiyatga   ega   materiallar, jahon   bozorida   o‘ta   xaridorgir   bo‘lgan   boshqa   qimmatbaho   mahsulotlarni
ishlab   chiqarish   va   sotishdan   keladigan   foyda   O‘zbekiston   xazinasiga
tushmas edi. Faqat sovet davrining so‘nggi 15 yili ichida «... kamida 35 mil -
liard   dollarlik   boylik   -   paxta   va   oltin   Markaz   ehtiyoji   uchun   olib   chiqib
ketilgan». Ular O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi.
Evaziga   O‘zbekiston   sharoitida   etishtirish   va   tayyorlash   mumkin   bo‘lgan
iste’mol mahsulotlarining asosiy qismi ham (masalan, don va go‘shtning 70
foizi, kartoshkaning 60 foizi, shakarning 100 foizi) respublikaga chetdan olib
kirilardi. Hatto O‘zbekistonning o‘zida zaxiralari to‘lib-toshib yotgan osh tuzi
ham tashqaridan keltirilardi.
Ittifoq   taqsimoti   asosida   vujudga   kelgan   nomutanosibliklar   natijasida
ayrim   tarmoklar   ishlab   chiqarish   quvvati   bo‘yicha   keragidan   ortiqcha   edi,
respublikaning   paxta   tozalash   sanoati,   mashinasozlikning   ayrim   tarmoqlari
quvvati   to‘liq   ishlatilmas   edi.   Masalan,   o‘sha   davrda   5   mln.   tonna   atrofida
paxta   xomashyosi   etishtirilar   edi,   uni   qayta   ishlaydigan   sanoat
korxonalarining quvvati 7 mln. tonnani tashkil qilardi.
O‘zbekistonning   ishlab   chiqarish   sohasidagi   o‘ziga   xos   jixati   yana   shu
bilan ifodalanadiki, bir tomondan, sobiq Markazda rivojlangan og‘ir sanoatni
vujudga   keltirishga,   ishlab   chiqarish   vositalari,   ya’ni   mashina   va   uskunalar
ishlab   chiqarishni   yo‘lga   qo‘yishga   yo‘naltirilgan   bo‘lsa,   respublikada   esa
mineral   resurslar   hamda   qishloq   xo‘jaligi   xomashyosi   va   materiallarini
tayyorlovchi   sohalarni   taraqqiy   ettirishga   qaratildi.   SHu   sababli   mehnat
qurollari,   mashina   va   mexanizmlar,   asosan,   chetdan   keltirilardi   va   ularni
yangilash imkoniyati o‘ziga bog‘liq emas edi. Ikkinchi tomondan, shakllanib
borgan ishlab chiqarish tizimi xalq iste’moli mahsulotlarini etkazib beruvchi
tarmoqlarning zaifligidan dalolat berardi.
Uzoq   yillar   davomida   iqtisodiyotning   barcha   sohalarida   yashirin   tarzda
to‘planib kelgan va o‘z echimini topmagan muammolar o‘zini oshkor etishi, ish lab   chiqarish   va   iste’mol   o‘rtasidagi   jiddiy   tafovutlar   aholining   pul
daromadi   va   uning   tovar   bilan   ta’minlanishida   o‘zini   ko‘rsatib,   pul
muomalasi   va   xo‘jalik   aloqalarining   izdan   chiqishiga   hamda   inflyasiyaning
o‘sishiga olib keldi.
Narx-navoni   pul   emissiyasi   evaziga   ushlab   turish   (bu   holat,   ayniqsa,   80-
yillar oxiriga kelib avj oldi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bu ko‘rsatkich
1989 yilda Ittifoqda 19 mlrd. rublni tashkil qilgan bo‘lsa, 1990 yilda 30 mlrd.
rublga   etdi.   SHundan   1,5   -   2,5   mlrd.   rubl   O‘zbekiston   hissasiga   to‘g‘ri
kelgan),   xo‘jasizlik   va   serxarajatlilikni   yopib   turuvchi   kuchli   omillardan
biriga aylandi. Natijada davlat narx-navo siyosatida vujudga kelgan holatdan,
mamlakatda   ishlab   chiqarilgan,   ayniqsa,   import   qilingan   tovarlarni   aholiga
sotishda   chayqovchilik   vositalaridan   foydalandi.   Bundan   ko‘zlangan   bosh
maqsad   esa   davlat   byudjetida   paydo   bo‘lgan   «teshiklarni   yamash»   edi.
Masalan,   SSSR   Moliya   ministrligi   rahbarlari   mana   shunday   tadbirlar   uchun
(ayniqsa, 1970 - 1990 yillarda) Ministrlar Sovetidan deyarli har yili chetdan
iste’mol   mahsulotlari   sotib   olishga   1-1,5   mlrd.   dollar   ajratishni   talab   qilar
edilar.   Import   mahsulotlariga   sun’iy   narxlarning   belgilanishi   va   ularning
ichki  bozorda   qimmat   narxlarda  sotilishi   davlat   byudjetiga  10-15   mlrd.  rubl
foyda keltirardi.
Boshqacha   aytganda,   tovar   defitsiti,   ayniqsa,   xalq   iste’moli   mollari
etishmovchiligi   sovet   rejali   iqtisodiyoti   rivojining   barcha   bosqichlarida
kuzatilib   kelingan.   Aholi   jon   boshiga   xalq   iste’mol   mollari   ishlab   chiqarish
kam   bo‘lganligi   uchun   (O‘rta   Osiyo   respublikalarida   u   500   rubldan
ortmagan)   aholi   jamg‘armalarining   banklarda   to‘planishi   va   «kechiktirilgan
talab»ning   shakllanishiga   olib   kelgan.   CHunonchi,   bir   necha   o‘n   yillar
davomida   olib   borilgan   irratsional   tarkibiy   siyosat,   ya’ni   sanoatni
rivojlantirishdagi   biryoqlamalik,   avvalo,   og‘ir   sanoatni   rivojlantirish
oqibatida   yuzaga   kelgan   holatni   tushunishga   imkon   beradi.   Xalq xo‘jaligining iste’ mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan tarmoqlarida topilgan
daromad   va   mablag‘lar   og‘ir   sanoat   tarmoqlariga   oqib   o‘tishiga   asoslangan
iqtisodiy   o‘sish   turi   yildan-yilga   engil   va   oziq-ovqat   sanoati   tarmoqlari
ulushining   kamayib   borishiga   sabab   bo‘ldi.   Boshqa   tomondan   qaraganda,
og‘ir   sanoat   katta   kuch-kudratga,   moddiy   va   moliyaviy   imkoniyatlarga   ega
bo‘la   turib,   iste’mol   mahsulotlari   ishlab   chiqaruvchi   tarmoqlarni   zamonaviy
texnika   va   texnologik   uskunalar   bilan   ta’minlay   olmagan,   bu   esa   ichki
bozorda sifatsiz xalq iste’moli mollarining ko‘payishiga hamda chetdan katta
hajmdagi mollarni import qilishga sabab bo‘ldi.
Sotsialistik iqtisodiy tizim va reja ortidan quvish erishilgan ko‘rsatkichlarni
bo‘rttirib   ko‘rsatish   illatini   keltirib   chiqardi.   Bunda   asosiy   o‘rin   egallagan
yalpi mahsulot ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi
haqida   real   ma’lumot   bermas   edi.   CHunki   ixtisoslashish   va   kooperatsiya
jarayonida   ayni   bir   xomashyo   va   yarim   fabrikatlar   mo liyaviy   hisob-kitob
hujjatlarida bir necha  bor qayd etib  kelingan. Ishlab chiqarilgan mahsulotga
oid   hisob-kitoblardagi   soxtalashtirishlar   shunga   olib   keldiki,   bir   turdagi
statistik   ma’lumotlarda   mahsulot   hajmi   har   xil   raqamlar   bilan   aks   eta
boshladi.   YA’ni,   statistik   ko‘rsatkichlardagi   xatoliklar   real   ishlab   chiqarish
haqida ma’lumot olishni qiyinlashtirdi.
O‘zbekiston   Birinchi   Prezidenti   I.   Karimov   ushbu   holatga   baho   berib,
shunday  deb  ta’kidlagan  edi:  «Bugun  biz  sovet  davridagi  eski  statistikaning
soxta   uslublarini   yodga   olishimiz   mumkin.   Unga   ko‘ra,   yalpi   ijtimoiy
mahsulotning,   sanoat,   qishloq   xo‘jaligi   mahsuloti   ishlab   chiqarish,   qurilish-
pudrat   ishlari   hajmining   o‘sish   sur’atlari   va   boshqa   umumiy   ko‘rsatkichlar
bosh   mezon   hisoblanar   edi.   Lekin   ko‘p   jihatdan   puflab   yasalgan   bunday
soxta   sur’atlar   amalda   iqtisodiyot   rivojidagi   barqarorlik   va   aholi   hayot
darajasining o‘sishiga ta’siri haqidagi ma’lumotlarni bermas edi». Bu   paytga   kelib   Markaz   o‘zining   ko‘pgina   nuqsonlarini   yashirish   va
mamlakatdagi   mavjud   etishmovchiliklarni   o‘z   bo‘ynidan   soqit   qilish
maqsadida, hatto oziq-ovqat, xalq iste’mol mollari va moddiy resurslar bilan
ta’minlashni   ham   milliy   respublikalar   zimmasiga   majburan   yukladi.   Bu   hol
azaldan   shakllangan   xo‘jalik   aloqalarining   buzilishiga,   tovar   ayirboshlash
tadbirlarining   natura   (mahsulot   bilan   ayirbosh   qilish)   shakliga   o‘tishga   olib
keldi,   mintaqaviy   xo‘jalik   yuritish   g‘oyasini   vujudga   keltirdi   va
g‘ayriintegratsion   jarayonlarga   turtki   bo‘ldi.   Inqiroz   sharoitida   asosiy   ish lab
chikarish   fondlarining   yangilanishi   sustlashdi,   xalq   xo‘jaligida   eskirgan
fondlar salmog‘i muttasil ortib bordi. Inqiroz oqibatida iqtisodiy o‘sish avval
sekinlashdi,   so‘ngra   batamom   to‘xtadi.   Ishlab   chiqarish   samaradorligi   yil
sayin   pasayib   bordi.   Natijada   aholi   jon   boshiga   mahsulot   ishlab   chiqarish
kamaydi,   shunga   mos   holda   aholi   jon   boshiga   muhim   tovarlarni,   ayniqsa,
oziq-ovqatni   iste’mol   qilish   ham   qisqara   boshladi.   Ekologik   inqiroz
alomatlari   ham   yaqqol   ko‘rinib   qoldi.   Oqibatda   O‘zbekistonning   SSSR
iqtisodidagi   mavqei   tushib   ketdi.   Agar   60-yillar   boshida   O‘zbekiston
iqtisodiy   ko‘rsatkichlar   yuzasidan   SSSRda   9-o‘rinda   turgan   bo‘lsa,   1991
yilga   kelib   15   ta   respublika   orasida   12-   o‘rinni   egalladi.   Iqtisodiy   va   ishlab
chi karish   imkoniyati   nuqtai   nazaridan   O‘zbekiston   ittifoqdosh   respublikalar
orasida uchinchi o‘rinda (RSFSR  va Ukrainadan keyin) bo‘lsa-da, aholining
turmush darajasi bo‘yicha 14-o‘rinda edi. SHuni alohida qayd etish kerakki,
birgalikda   bunyod   etilgan   boyliklarning   aksariyat   qismi   SSSRning   Evropa
qismida   joylashtirilgan   bo‘lib,   O‘rta   Osiyo   respublikalari   va   Qozog‘iston
hissasiga   esa   juda   kam   miqdor   to‘g‘ri   kelardi.   Masalan,   O‘zbekistonda   jon
boshiga  sarflanadigan  mablag‘  Ittifoqdan  2  barobar,  uning  Evropa  qismidan
esa  3 - 4  barobar kam edi.
Ijtimoiy-demografik   holatni   hisobga   olmasdan   nomutanosib   iqtisodiy
rivojlanish oqibatlari mustaqillik arafasida bandlik muammosining ziddiyatli tus   olishida   o‘z   ifodasini   topdi.   Respublika   aholisi   va   mehnat   resurslari
muttasil   o‘sib   borayotgan   bir   davrda,   ayrim   ma’lumotlarga   qaraganda,
mehnatga   loyiq   bo‘lgan   1680   000   kishi   xalq   xo‘jaligiga   jalb   qilinmadi,
bulardan   qariyb   1   millioni   Farg‘ona   vodiysiga   to‘g‘ri   kelar   edi.   Ulardan
780000   aholi   mehnatga   loyiq   bo‘lgan   holda   ortiqcha   ishchi   kuchi   sifatida
ishlab   chikarishdan   chetda   qolgan   bir   paytda,   tashqaridan   (asosan,
RSFSRdan)   125000   ga   yaqin   ishchi   va   mutaxassislar   O‘zbekistonga   olib
kelindi. Bunday amaliyot Markaz uchun juda ma’qul edi. Bu respublikadagi
ijtimoiy   va   demografik   ahvolni   yomonlashtirsa-da,   lekin   uning   Markazga
qaramligini yanada mustahkamlardi.
SHunday qilib Ittifoq davrida markazlashtirilgan rejali iqtisodiy tizimning
hukmronligi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini samarali tashkil etish
imkonini bermadi. Kommunistik partiyaning bir necha o‘n yilliklar davomida
yangi   jamiyat   qurish   borasidagi   tajribalarining   muvaffakiyatsizlikka
uchrashida iqtisodiy omil muhim o‘rin tutadi. Natijada, 80-yillardan boshlab
iqtisodiy   inqirozning   kuchayib   borishi   ishlab   chiqarishning   keskin
pasayishiga,   xalq   xo‘jaligining   barcha   sohalari   izdan   chiqishiga,   inqiroz
alomatlarining chuqurlashishiga olib keldi.
O‘zbekistondagi keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ayniqsa, respublika
qishloqlarida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatni yumshatish uchun dastlabki
harakatlar faqat respublika yuqori rahbariyati o‘zgarganidan so‘ng boshlandi.
Respublikaning   yangi   rahbariyati   dastlabki   kundanoq   O‘zbekiston   xalqlari
milliy   manfaatlarini   himoya   qilib   chiqdi,   ularning   azaliy,   yil lar   davomida
to‘planib   qolgan   ehtiyojlarini   izchil   hal   qilishga   intildi.   Diqqatga   sazovor
jihat shundaki, yangi rahbariyat paxta yakkaxokimligiga qarshi keskin kurash
olib   borajagini   o‘sha   mustabid   tuzum   «hayotligi»dayoq   ochiq   e’lon   qildi.
O‘zbekiston   rahbariyatining   ko‘rgan   chora-tadbirlari   natijasida   (chigit
ekiladigan   maydonlarning   kamaytirilishi,   paxta   tayyorlash   rejasining mo‘‘tadillashuvi va hokazolar) 1990 yildayoq ekin ekiladigan maydonlarning
umumiy   miqdorida   paxtaning   salmog‘i   63,9   foizga   tushirildi.   Ayni   vaqtda
paxta   va   boshqa   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   boshqa   turlari   mahsulotlari
narxlarini qayta ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarildi.
1989   yilda   xo‘jalik   yuritishning   yangi   shakli   -   fermerlik   vujudga   kel di.
O‘zbekistonda o‘sha yillarda fermer xo‘jaliklari soni birmuncha kamroq edi.
Ular   hali   ko‘p   jihatdan   agrokorxonalar   ma’muriyatiga   bog‘liq   edi.   Erga,
mablag‘larga   egalik   qilish,   etishtirilgan   mahsulotlarni   tasarruf   qilish
huquqining   yo‘qligi   sovet   davrida   ularni   haqiqiy   dehqon   bo‘lish
imkoniyatidan   mahrum   etgan   edi.   SHuning   uchun   ham   bu   yangilik   qisqa
muddat ichida keng tus oldi. 1991 yil 1 aprelda respublikada 6143 ta fermer
xo‘jaligi   mavjud   bo‘lib,   ulardan   4666   tasi   sut   etishtirishga,   1477   ta   fermer
xo‘jaligi esa koramollarni parvarish qilishga ixtisoslashtirilgan edi.
Agrar   siyosatda   yangicha   yondashuvlarning   amalga   oshirilishi   natijasida
qishloq xo‘jaligida yuzaga kelgan tanazzulni ma’lum ma’noda to‘xtatib turish
imkonini   berdi.   Masalan,   agar   1987   yilda   agrar   tarmoqlarda   mehnat
unumdorligi faqat 2 foizga oshgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib 10 foizga oshdi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti bu vaqtta kelib 11,1 mlrd. rublga etdi.
Biroq  agrar sektordagi bu ijobiy  holatlar  juda sustlik bilan, noizchil va  o‘z-
o‘zicha   borardi.   CHunki   qishloq   xo‘jaligini   boshqarishdagi   o‘sha   odatdagi
hukmronlik  tizimi  hamon  saqlanib  turgan  edi.  Qishloq  xo‘jaligining  bunday
og‘ir   ahvolda   ekanligi,   faqat   imperiyacha   qayta   qurish   siyosatining
noilmiyligi yoki soxtaligi emas, balki butun sovet xo‘jalik yuritish tizimining,
ijtimoiy   tuzumning   noqobilligida,   etilgan   masalalarni   hal   qilishga   qodir
emasligida edi.
Jamiyatni sotsialistik asosda tashkil etishni yanada takomillashtirish, uning
faqat   kismangina,   «pardoz   berish»   tarzida   yangilanishini   nazarda   tutgan
«qayta   qurish»   tajribasi   KPSSning   ijtimoiy-siyosiy   rahbarligini mustahkamlashni   nazarda   tutar   edi.   Boshqa   tomondan   «eskicha   uslubda
yondashuvlar   ta’siri   shunga   olib   keldiki,   hatto   amaldagi   xo‘jalik   yuritish
mexanizmini   shunchaki   o‘zgartirishga   qaratilgan   oddiy   bir   konsepsiya   ham
taklif qilinmagan edi».
Sovet   tuzumidan   meros   bo‘lib   qolgan   ma’muriy-buyruqbozlik   asosidagi
boshqaruv   tizimini   sindirmasdan,   xomashyo   mintaqasiga   aylantirilgan   va
biryoqlama   rivojlantirilgan   ishlab   chiqarish   yo‘nalishini   tubdan
o‘zgartirmasdan turib, taraqkiyotga erishib bo‘lmas edi.
SHuning uchun ham mustabid tuzumning so‘nggi yillaridayoq SSSR  xalq
xo‘jaligini isloh qilish harakati boshlab yuborilgan edi. Bu urinish 1990 yilga
kelib   faollashdi.   Birinchi   bor   bozor   iqtisodiga   o‘tish   konsepsiyasi   ishlab
chiqildi,   maxsus   komissiyalar   tuzildi,   tartiblangan   bozor   iqtisodiga   o‘tish
dasturini yaratishga harakat qilindi.
SSSRda bozor iqtisodiga o‘tishga qaratilgan 2 ta yirik dastur yaratildi. Biri
hukumat   dasturi,   ikkinchisi   olimlar   yaratgan   va   «500   kun»   deb   nomlangan
dastur   taklif   etildi.   Hukumat   dasturi   davlatlashgan   iqtisodni   saqlab   qolgan
holda,   uni   qisman   erkinlashtirishni,   xususan,   ayrim   narxlarni
erkinlashtirishni,   narx   oshgan   sharoitda   aholi   daromadlarini
indeksatsiyalashni, ishsizlikning oldini olishni, xorijdan ehtiyotlik bilan qarz
olishni   nazarda   tutdi.   Olimlar   tuzgan   «500   kun»   dasturi   radikal   bo‘lib,
iqtisoddagi davlat monopoliyasiga barham berish, mulk va iqtisodiy faoliyat
erkinligini ta’minlashni, narxlarni zudlik bilan ixtiyoriy qilish, faqat zarur is -
te’mol   tovarlariga   doimiy   narxlarni   saqlashni,   fermer   xo‘jaligiga   ustuvorlik
berishni, davlat mulkini yoppasiga xususiylashtirishni olg‘a surdi.
Hukumat   dasturi   sotsialistik   iqtisodni   saqlab   qolgan   holda   uni   engil-elpi
ta’mirlashga, ammo sotsial masalaga e’tiborni kuchaytirishga karatilgan edi.
Bundan   farqliroq   «500   kun»   dasturi   bozor   tamoyillarini   izchil   va   keng
ko‘lamda   yuzaga   chiqarishni   ko‘zda   tutib,   sotsial   muammolarga   urg‘u bermadi. Ammo har ikkala dastur ham bozor iqtisodiga o‘tishdek murakkab
muammoni   shoshma-shosharlik   bilan   tez   hal   etishni   mo‘ljalladi.   Bu   xom
xayol rejadan boshqa narsa emas edi.
Iqtisodiyotda   ro‘y   berayotgan   bu   jarayonlarni   ta’riflar   ekan,   I.   Karimov
bunday   deb   ta’kidlagan   edi:   «Inqiroz   sabablari   va   omillarini   to‘liq   tasavvur
etmagan,   o‘zgarishlarning   aniq-ravshan   dasturiga   ega   bo‘lmagan   butun
iqtisodiy   siyosat   empirik   harakatda   bo‘lib,   avantyuradan   iborat
eksperimentlardan,   har   tomonga   og‘ishlardan   boshqa   narsa   emas   edi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tishning turlicha
yondashuvlarga   asoslangan   dasturlar,   loyihalarning   ko‘pligi   islohotlarning
aniq   maqsadi   yo‘qligidan,   ularni   ro‘yobga   chiqarish   muddatlari   «besh   yuz
kun»   deb   belgilab   qo‘yilishi   esa   zarur   o‘zgarishlarning   tub   mohiyati   va
nihoyatda   murakkabligi   to‘la   anglab   etilmaganligidan   dalolat   berar   edi».
Dasturlarda,   asosan,   SSSRni   saqlab   qolish   ko‘zda   tutildi,   shu   bilan   birga,
ittifoqchi   respublikalar   huquqlarini   biroz   bo‘lsa-da   kengaytirish   zarurati
inobatga olingan edi.
O‘zbekiston   Ittifoq   tarkibida   bo‘lsa-da,   yuqorida   qayd   etilgan   dasturlarni
bu erda qo‘llash ma’qul emas edi. CHunki «500 kun» dasturi «falaj terapiya»
qoidasiga   asoslangan   bo‘lib,   respublikadagi   shakllangan   rejali   iqtisodiy
mexanizmni   birdaniga   yo‘qotib   uning   o‘rniga   zudlik   bilan   bozor
mexanizmini   kiritish,   tayyorlanib   ulgurmagan   aholini   birdaniga   bozor
munosabatiga duch qilib, uni kiyinchiliklarga ro‘baro‘ qilishi mumkin edi.
Bu   dastur   bozor   munosabatlarini   shakllantirishga   qaratilgan   bo‘lsa-da,
O‘zbekistonning   xususiyatlarini   hisobga   olmagan   edi.   CHunki   dastur
mustabid   tuzumga   xos   bo‘lgan   hammani   bir   qolipga   solib   o‘lchash
qoidasidan   kelib   chiqqan   edi.   SHu   bois,   bu   dasturlarni   O‘zbekiston   qabul
qilmadi. O‘zbekiston o‘sha davr uchun o‘ziga ma’qul bo‘lgan mustaqil yo‘lni
tanlashi zarur edi. Ammo sovet hokimiyati davrida bu mumkin emasdi. Lekin O‘zbekistonning   siyosiy   rahbariyati   Markaz   dasturlariga   ko‘r-ko‘rona
ergashmadi,   aksincha,   O‘zbekistonning   sharoiti   va   manfaatlari   hisobga
olingan yangi dasturlarini qabul qildi. Birinchi dastur 1990 yil oktyabr oyida
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilingan bo‘lib,
u «O‘zbekiston xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va
bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari» deb nomlanadi. 
Adabiyotlar
1.
Karimov   I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. Toshkent.
«O’zbekiston», 1993.
2.
Karimov   I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar. 1 jild. Toshkent. 
«O’zbekiston», 1996.
3.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.
4.
Karimov   I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. «O’zbekiston», 1998.
5.
Karimov   I.A. Barkamol avlod orzusi.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
6.
Karimov   I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.  Toshkent. «O’zbekiston», 1999.
7.
Karimov   I.A. O’zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. O’z R 1 
chaqiriq Oliy Kengashining VI-sessiyasida so’zlagan ma’ruzasi. T., 1996.
8.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. «O’zbekiston», 1992.
9.
N.   Jo’rayev. Prezident Vatan va millat timsoli.  «Muloqot», 1-son 2000 yil.
10.
Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston», 1996.
11.
Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari.  Toshkent. «O’zbekiston», 1997.

I qtisodiy islohotlar va uning samarasizligi Reja: 1. Qayta qurish siyosatining brbod bo‘lishi 2. Siyosiy va iqtisodiy islohotlarning samarasizligi 3. O‘zbekistondagi inqrozli holatlar va ularning oqibatlari

SSSRda jamiyat hayotining barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyotda boshi berk murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirish 1985 yil bahoridan boshlangan qayta qurish siyosatida o‘z ifodasini topdi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni turg‘unlik illatlaridan tozalashga qaratilgan tajribalar qatorida iqtisodiy muammolar echimini topish bosh vazifalardan biriga aylandi. Iqtisodiy tizimni qayta qurish, uning moddiy bazasini qayta ko‘rib chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish mo‘ljallangan edi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun asosiy vosita sifatida «rejalashtirish va boshqarish mexanizmini takomillashtirish», «ijti moiy negizda sog‘lom tovar- pul munosabatlarining amal qilishini ta’minlash», «xo‘jalik hisobi» asoslari imkoniyatidan foydalanish belgilandi. Korxonalarning «xo‘jalik hisobi», «o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash» va «o‘z-o‘zini boshqarish»ga o‘tkazilishi dastlabki vaqtlarda mehnat jamoalari orasida o‘z huquqlarini to‘laroq amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan katta umidlar uyg‘otdi. Intilishlar ijobiy bo‘lishiga qaramasdan, islohotlarning samarasi unchalik katta bo‘lmadi. 1988 yilda O‘zbekistonda mavjud 1267 ta yirik sanoat korxonasidan atigi 320 tasi (25,3 foiz) to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash sharoitida ishlar edi. Bu korxonalardagi ishlab chiqarish hajmi (ular respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 55,7 foizini tayyorlab berardi) 1987 yilning avvalgi davridagiga nisbatan 4,7 foizga ortdi, holbuki bu ko‘rsatkich xo‘jalik hisobiga o‘tkazilmagan korxonalarda 0,7 foizga pasaydi. Biroq respublika sanoati shartnoma majburiyatlari asosida mahsulot sotish rejasini faqat 98,6 foiz qilib bajardi, yangi sharoitda ishlayotgan korxonalar esa 98,4 foiz qilib ado etdi. YAngicha yondashuv va yangicha fikrlash g‘oyasi asosida olib borilgan qayta qurish siyosatiga jamiyatning tayyor emasligi, shuningdek, ijrochilik kayfiyatiga moslashgan rahbarlarning «xo‘jalik hisobi» va «o‘zini o‘zi

moliyalashtirish» sharoitida ish yurita olmasligi oqibatida xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalari izdan chiqa boshladi. Xo‘jalik mexanizmining zamon talablariga mos kelmasligi, asosan, sifatga e’tibor bermay miqdorni oshirishga qaratish, xomashyoga yo‘naltirilgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlanti rish serxarajat xususiyatga ega iqtisodning rivojlanishiga olib keldi. Bu davrda ham odat bo‘lib qolgan kampaniyabozlik xo‘jalikni boshqarish mexanizmini qayta qurishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Aksariyat tarmoqlarda xo‘jalik hisobini tashkil etish xo‘jako‘rsinga qilindi. SHunday hollar ham uchrab turardiki, mehnat jamoalari hisobotlarida yangi iqtisodiy sharoitda ishlayotgandek qilib ko‘rsatilardi, haqiqatda esa u erda xo‘jalik hisobi asoslari butunlay joriy etilmagan bo‘lardi. Masalan, Toshkent to‘qimachilik kombinatida, CHkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida va boshqa joylarda xo‘jalik hisobida ishlovchi brigadalarni tashkil etishga yuzaki yondashdilar. Barham berish qiyin bo‘lgan zararli odatlardan biri yaxshi ishlayotgan korxonalarning mablag‘larini kam samara bilan ishlayotgan korxonalar foydasiga qayta taqsimlash prinsipi edi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifati muammosi haddan tashqari keskin tus olib ketdi. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida mahsulotning davlat qabuli joriy etila boshlandi. 1987 yilda davlat qabuli sharoitida ishlovchi korxonalarda yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar hajmi 833 ming rubllikni tashkil etdi. Davlat qabuli joriy etilgan 33 ta korxonada har oyda o‘rta hisobda 0,9 mln. rubllik mahsulot qabul qilinmas edi. Ishlab chiqarishni tartibga solish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar uning tanazzulini to‘xtata olmadi. Mahsulotlar yuqori sifatli bo‘lishi uchun ishlab chiqarish jarayonini tubdan yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyatda keng tadbirlar majmuini amalga oshirish talab qilinardi. Bir tomondan, moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning yo‘qligi, ikkinchi tomondan, rasmiy hokimiyat organlarining reja-topshiriqlar bajarilishini qat’iyat bilan talab

qilishi davlat qabulining yuzakilashuviga olib keldi. Ma’muriyatning tazyiq ko‘rsatishi oqibatida sifat masalasi asta-sekin ikkinchi darajali masala bo‘lib qoldi. Agar 1986 yil dekabrda davlat qabuli talabi bilan 60 foiz mahsulot qabul qilingan bo‘lsa, 1987 yilning yanvariga kelib faqat 48,5 foiz mahsulot davlat qabuli talabiga javob berdi. Bunga qarshi ko‘rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan sifatsiz, nostandart va nokomplekt mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayish o‘rniga, aksincha, ko‘payib boraverdi. Masalan, 1989 yilda birgina Toshkent shahri bo‘yicha ishlab chiqarilgan 33 mln. rubllik mahsulotlar sifatsiz deb qabul qilindi. Bunday qonun buzishlar respublikaning etakchi korxonalari hisoblangan «Foton», «Mikond» ishlab chiqarish birlashmalarida, Toshkent traktor zavodida, «Tashselmash» zavodida, shuningdek, oziq-ovqat va go‘sht-sut sanoatida ham keng yoyilganligi qayd etildi. Sovet iqtisodiyotining jiddiy nuqsonlaridan biri hisoblangan yakuniga etkazilmagan qurilish hajmlari ham yil sayin ortib bordi. Bu jarayon, ayniqsa, 80-yillar o‘rtalarida avj pallasiga chiqdi. Xususan, 1986 - 1990 yillarda asosiy fondlarni ishga tushirish yillik o‘rtacha hajmlari o‘n birinchi besh yillikka qaraganda ancha ortdi. Ammo bu o‘sish foydalanilgan ka pital qo‘yilmalar hajmidan ortda qolar edi. Natijada davlat investitsiyalari hisobidan oxiriga etkazilmagan qurilishlar 1986 yildagi 5,0 mlrd. rubldan 1990 yilda 6,3 mlrd. rublga etdi. Son-sanoqsiz qurilish ob’ektlariga moliyaviy mablag‘larning sochilib ketishi oqibatida qurilish muddatlari normativlardan ikki barobar ortib ketdi. Kapital qurilishdagi buzg‘unchi jarayonlarni xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini moliyalashtirishga o‘tkazish siyosati to‘xtatib qola olmadi. CHunki hukm surgan xo‘jalik yuritish mexanizmi yakuniy maqsadga erishish manfaatdorligidan mahrum qilgan edi. Oqibatda kapital qurilishda asosiy fondlarni, ya’ni uy-joy, maktabgacha tarbiya va madaniyat maskanlari, hunar-texnika bilim yurtlari ob’ektlarini qurib ishga

tushirish rejalarini bajarmaslik, ular etarli darajada moliyalashtirilishiga qaramay, an’anaviy tus ola boshladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 1986- 1989 yillarda har uchinchi, 1990-1991 yillarda esa har ik kinchi qurilish ob’ektlari ishga tushirilmasdan qolib ketgan edi. Sovet iqtisodiy modeliga xos bo‘lgan holat (ilm-fan talablari va ishlab chiqarishning jamiyat extiyojlariga nisbatan nomuvofiqligi) O‘zbekiston misolida ko‘zga yaqqol tashlandi. Jumladan, 1976 yildan 1990 yilgacha bo‘lgan davrda yangi turkumdagi mashina va uskunalar namunalarini ixtiro qilish yiliga o‘rtacha 38 tadan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, shundan 1976 - 1980 yillarda tex nik ko‘rsatkichi jihatidan faqat 25 foizi mamlakat va jahondagi namunalardan yuqori hisoblangan, 1981-1985 yillarda bu ko‘rsatkich 10 foizdan, 1986-1990 yillarda 6 foizdan ortmadi. Muhimi shundaki, yangi texnika va texnologiyalarni ixtiro qilish va ishlab chiqarishga joriy etish jarayoni kamida 5-6 yil talab qilgan. Natijada O‘zbekistonda mavjud sanoat korxonalarining aksariyatida ishlab chiqarish fondlarining salmoqli qismi eskirishiga sabab bo‘ldi. Mustaqillik arafasida O‘zbekistondagi 1500 ta sanoat korxonasidan 900 dan ortig‘i texnik jihatdan qayta qurish va rekonstruksiya qilishni talab qilardi. Bu esa, o‘z navbatida, respublikada oliy sifat kategoriyasi talabiga javob beruvchi mahsulot turlari o‘sishining sust borishiga olib keldi. Xususan, 1988 yilda ishlab chiqarishning umumiy hajmida atigi 10 foiz mahsulot oliy sifat kategoriyasi talabiga javob bergan (Ittifoq bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich shu davrda 15 foizni tashkil qilgan). Xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari kabi, O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim hisoblangan agrar soha ham shunday qismatga uchradi. O‘zbekistonda bu sohadagi siyosat strategiyasi qayta qurish yillarida Butunittifoq agrar siyosatidan amalda farq qilmas edi. Avvalgidek, bu siyosat Markaz manfaatlari yo‘lida paxtachilikni jadal rivojlantirishga qaratilgan edi.