logo

Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi. O'zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

61.31640625 KB
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi. O'zbekistonda bozor
munosabatlarining rivojlanishi
Reja:
1. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi .
2. Mustaqillik   yillarida   mamlakat   iqtisodiyotining   barqarorlashuvi   va
rivojlanishi .
3. ”Harakatlar strategiyasi”  yangi taraqqiyot bosqichi. 1-masala. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi .
Mustabid   tuzumdan   qolgan   iqtisodiy   meros   mustaqillik   yillarida   iqtisodiy
hayotimizda    ro'y    bergan    yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz,
avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini
eslaylik. 
O'zbekiston   qaramlik   davrida   o'z   tabiiy   boyliklariga,   yer-suv,   o'rmon   va
boshqa   resurslariga   o'zi   egalik   qila   olmasdi,   iqtisodiy   taraqqiyot   yo'lini   o'zi
belgilay   olmasdi.   Respublika   hududida   qurilgan   va   faoliyat   ko'rsatayotgan
korxonalar   markazga   bo'ysundirilgan   edi.   O'zbekiston   rahbariyati   va   xalqi   o'z
hududida   qancha   mahsulot   ishlab   chiqarilayotgani,   ular   qayerga   realizatsiya
qilinayotgani   va   qancha   daromad   keltirayotganidan   bexabar   edi.   Moliya-kredit,
bank   siyosati   yuritishda   qaram   edi ,   o'zining   milliy   valyiitasiga,   valyuta
jamg'armasiga ega emasdi.
Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi
o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli
o'laroq,  O'zbekiston   aholisining  deyarlik  uchdan  ikki   qismi  qo'l  uchida   tirikchilik
qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib
qolgan   edi.   Mamlakatimiz   aholisi   yerning   nihoyat   darajada   sho'rlanishi,     suv
zaxiralarining   ifloslanganligi,   Orol   dengizining   qurib   borishi   oqibatida   juda   katta
ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.
"Bugun   o'sha   davr   to'grisid а   haqiqatni   xolisona   aytadigan   bo'lsak,     u
zamondagi   hayotimizni   jahon   tarixi   va   amaliyoti   bilan   taqqoslaydigan   bo'lsak,
shuni   ochiq   aytish   kerakki,   u   paytda   O'zbekiston   bir   yoqlama   iqtisodiyotga   -
markazga   butunlay   qaram,   izdan   chiqqan   iqtisodiyotga   ega   bo'lgan   yarim
mustamlaka   mamlakat   qatoriga   aylangan   edi"   (Karimov   I.A.   O'zbekiston   XXI
asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston", 1999, 6-bet).
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod etdi, o'z yeri, yer osti
boyliklari,   suv,   o'simlik   va   hayvonot   dunyosi   va   boshqa   tabiiy   zahiralariga   to’la
egalik   qilish   huquqini   berdi.   Barcha   mulk,   korxonalar   O'zbekiston   tasarrufiga olindi,   mustaqil   iqtisodiy   siyosat   yuritish,   o'z   iqtisodiy   taraqqiyot   yo'lini   o'zi
belgilash erkinligini qo'lga kiritdi.
B о zor   iqtisodiyotiga   o'tish   yo'li.   Davlat   mustaqilligi   qo'lga   kiritilgach,
O'zbekiston   umumbashariy,   jahon   sivilizatsiyasining   katta   yo'liga   tushib   oldi.
O'zbekiston   bozor   munosabatlarini   shakllantirishni,   milliy   an'analarga   asoslangan
o'z   yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos
yo'li   ishlab   chiqildi.   Bu   yo'lning   asosiy   qoidalari   Birinchi   Prezidentimiz   Islom
Karimovning   1992-yil   avgust   oyida   mustaqilligimizning   bir   yilligiga   bag’ishlab
yozilgan   “O’zbekistonning   o’z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo’li”   ,   1993-yilda   chop
etilgan   «O'zbekiston   -   bozor   munosabatlariga   o'tishning   o'ziga   xos   yo'li»   nomli
asalarida   hamda   ma'ruza   va   nutqlarida   asoslab   berildi   (besh   tamoyil).   Bu   yo'lga,
birinchidan,   xalqaro   tajriba   asos   qilib   olindi.   Ikkinchidan,   xo'jalik   imkoniyatlari,
shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi.
O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun
iqtisodiyotni   tubdan   isloh   qilishga   kirishildi.   Avvalo,   iqtisodiy   islohotlarning
quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
•     kishilar   hayoti   va   faoliyati   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   ta'minlaydigan
iqtisodiy tizimni barpo etish;
•  ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;.
•  xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash;
•  korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
•     iqtisodiyotda   chuqur   tarkibiy   o'zgarishlar   qilish   va   raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
•  jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish;
•  kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
Islohotlaring   huquqiy   asoslari.   Iqtisodiy   islohotni   amalga   oshirishning
asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat.
Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e'tibor berildi.
Iqtisodiy   sohaga   tegishli   bo'lgan   100   dan   ortiq   qonunlar   qabul   qilindi.   Bu
qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin. 1.     Mulkchilik   munosabatlari   va   ko'p   ukladli   iqtisodiyotni   shakilantiruvchi
qonunlar. Bu yo'nalish doirasida mulkchilik to'g'risida, mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish   va   xususiylashtirish   to'g'risida,   ijara   to'g'risida,   davlat   uy-joy   fondini
xususiylashtirish to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2.   Xo'jalik   yuritishni   tartibga   soluvchi   qonunlar,   ya'ni   xususiylashtirish,
mulkchilik,   tadbirkorlik,   korxonalar,   fermer   xo'jaligi,   dehqon   xo'jaligi,   shirkat
xo'jaligi   to'g'risida   qonunlar   qabul   qilindi.   Bozor   infratuzilmasini   yaratuvchi   va
uning   faoliyatini   tartibga   solib   turuvchi   banklar   va   bank   faoliyati,   pul   tizimi,
tadbirkorlik,   sug'urta,   birjalar   va   birja   faoliyati   to'g'risida,   qimmatli   qog'ozlar   va
fond   birjasi   to'g'risida   va   boshqa   qonunlar   qabul   qilindi.   Korxona   bilan   davlat
o'rtasidagi,   korxonalar   o'rtasidagi   munosabatlarni   yo'lga   qo'yuvchi,   soliq   tizimi,
monopolistik   faoliyatni   cheklash,   korxonalarning     bankrot     bo'lishi     haqida
qonunlar qabul qilindi.
3.     O'zbekistonning   tashqi   iqtisodiy   faoliyatini   belgilab   beruvchi   huquqiy
normalar   yaratildi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida”, ”Chet el investitsiyalari
to'g'risida”, ”O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida” qabul
qilingan   qonunlar   mamlakatimiz   tashqi   aloqalarining   rivojlanishi   tarixida   yangi
sahifa ochdi.
Xususiylashtirish.   1991-yil   18-noyabrda   qabul   qilingan   “Mulkni   davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   to'g'risida”gi   qonunga   muvofiq,   davlat
mol-mulkni   xususiylashtirish   masalalari   bo'yicha   20   dan   ortiq   maxsus   dasturlar
ishlab   chiqdi   va   ularni   amalga   oshirishga   boshchilik   qildi.   Xususiylashtirish
jarayoni   umumiy   uy-joy   fondini,   savdo,   mahalliy   sanoat,   xizmat   ko'rsatish
korxonalarini,   qishloq   xo'jalik   mahsulotlarini   tayyorlovchi   xo'jaliklarni   davlat
tasarrufidan   chiqarishdan   boshlandi.   Bu   jarayon   «kichik   xususiylashtirish»   deb
nom oldi.
Kichik   xususiylashtirish   1994   yilda   tugallandi.   Davlat   ixtiyorida   bo'lgan   bir
milliondan   ortiq   kvartira   yoki   davlat   uy-joy   fondining   95   foizdan   ortiqrog'i
fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga
imtiyozli  shartlar  bilan yoki  bepul  berildi. Urush  faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga
qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
Davlatga   qarashli   mulkni,   korxonalarni   xususiylashtirishga   davlatning   o'zi
tashabbuskor   bo'ldi   va   boshchilik   qildi.   Davlat   mulkini   xususiylashtirish
boshlangandan keyin to 1994- yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va ob’yekt
davlat   tasarrufidan   chiqarildi.   Shularning   18,4   mingtasi   xususiy   mulkka,   26,1
mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi.
1994-yil   21-yanvarda   e'lon   qilingan   «Iqtisodiy   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan
«Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   jarayonini   yanada
rivojlantirishning   ustivor   yo'nalishlari   to'g'risida»gi   Prezident   farmonlari
xususiylashtirish   jarayoniga   yangi   turtki   bo'ldi.   O‘rta   va   yirik   korxonalar
aksiyadorlik  jamiyatlariga, ijara korxonalariga aylantirila  boshlandi, bu jarayonga
aholi va chet ellik investorlar  kengroq  jalb  qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha
kim   oshdi   savdolari   va   tanlovlar   tashkil   etildi.   2000-2005   yillarda   jami   4660   ta
davlat korxonasi va ob‘yekti  xususiy mulkdorlarga sotildi.
2004-yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat
yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo'ldi va ulardan daromad oldi.
Kichik   biznes.   Respublikada   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   davlat
yo'li   bilan   qo'llab-quvvatlash   uchun   tadbirkorlikni   rivojlantirish   fondi,   kichik
biznesni   rivojlantirishga   ko'maklashish   fondi   tuzildi,   dunyodagi   nufuzli
banklarning   sarmoyalari   jalb   etildi.   Tadbirkorlar   va   biznesmenlarga   maslahatlar
bilan   ko'maklashish   maqsadida   nemis   texnikaviy   ko'maklashuv   jamiyati
O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati
komissiyasi   amaliy   aloqalar   markazini   ochdilar.   Markaziy   Osiyodagi   Amerika
tadbirkorlik   fondi   va   Markaziy   Osiyodagi   Buyuk   Britaniya   investitsiya   fondi
tadbirkorlarga   zarur   maslahatlar   bilan   ko'maklashdilar.   Faqat   1999-yili   kichik
biznes   korxonalariga   Yevropa   tiklanish   va   taraqqiyot   banki,   Osiyo   taraqqiyot
banki,   Germaniya   tiklanish   bankining   200   mln.   AQSH   dollaridan   ortiq   kredit
mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. 1998-yil   9-aprelda   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   yanada   qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirishga yo’naltirilgan “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta
biznesni   rivojlantirishni   yanada   rag’batlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmoni   e’lon   qilindi.2001-yil   22-
avgustda   esa     O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   “Tadbirkorlik
subyektlarini   davlat   ro’yxatidan   o’tkazish   va   hisobga   qo’yish   tizimini
takomillashtirish to’g’risida” Qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy
tadbirkorlikni   rivojlantirishni   rag’batlantirish   bo’yicha   respublika
muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil qilindi.
  Kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   mamlakat   yalpi   ichki
mahsulotidagi salmog'i 1991- yilda 1,5 foizni, 1999- yilda 12,6 foizni tashkil etgan
bo'lsa,   2005-   yilda   38,2   foizga   yetdi.   2005-   yilda   faoliyat   yuritayotgan   kichik
biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004- yilda bu sektor hisobiga
425   ming   ish   o'rinlari   yaratildi.   2004-   yil   1-oktabrida   mazkur   sektorda   ish   bilan
band  bo'lganlar   soni   6,4  mln.   kishini   yoki   iqtisodiyotda   jami   band   bo'lganlarning
65   foizini   tashkil   etdi.   Kichik   biznes   subyektlarini   qo’llab-quvvatlash,   ularni
faoliyatini   erkinlashtirish   va   soliq   yukini   pasaytirish   bo’yicha   ko’rilgan   chora-
tadbirlar Yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes salmog’ini 2006-yildagi 42,1
foizdan   2007-yilda   46,2   foizgacha   oshirish   imkonini   berdi.   2010-yilda   kichik
biznes korxonalarining soni 224,2 mingtaga yetdi.
2010-   yil   7-dekabrda   O’zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimov   O’zbekiston   Respublikiasi   Konstitusiyasi   qabul   qilinganligining   18
yilligiga   bag’ishlangan   tantanali   marosimda   2011-yilni   mamlakatimizda   “Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qildi.
  Bu   sohani   rivojlantirish   maqsadida   kiyingi   3   yilda   ham   katta   ishlar   amalga
oshirildi.   Respublikamiz   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2020   yil   24-
yanvardagi   Oliy   Majlisga   qilgan   Murojaatnomasida   “Jahon   bankining   “Biznes
yuritish”   reytingida   eng   yaxshi   50   ta   mamlakat   qatoriga   kirish   bo‘yicha   barcha
tashkiliy-huquqiy   chora-tadbirlarni   qabul   qildik.   Hukumat   ushbu   tadbirlarning
amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur. Yaqinda   qabul   qilingan   yangi   Soliq   kodeksiga   muvofiq,   bu   yildan   boshlab
ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9
taga   kamaytirildi.   Soliqlarni   to‘lash   muddatini   uzaytirish   yoki   bo‘lib-bo‘lib
to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi”.
2020-yilda   tadbirkorlikni   keng   qo’llab-quvvatlash   bo’yicha   ko’plab   imtiyoz
va   yengilliklar   berildi.   Tadbirkorlik   sub’yektlariga   100   trillion   so’m   yoki   2016-
yilga nisbatan qariyib 4 barobar ko’p kreditlar ajratildi. 
  Agrar   islohotlar.   Agrar   islohotlarga   ustuvorlik   beriidi.   Negaki,   respublika
aholisining   62   foizi   qishloqda   yashaydi,   qishloq   xo'jaligida   Yalpi   ichki
mahsulotning   30   foizi,   mamlakat   valyuta   tushumlarining   55   foizi   shakllanadi.
Agrar   islohotlar   natijasida   qishloq   xo'jaligidagi   davlat   tasarrufidagi   mulk
xususiylashtirildi.   Bugungi   kunda   qishloq   xo'jaligida   nodavlat   sektorining   ulushi
100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot   yillarida  odamlarga  shaxsiy  tomorqa  uchun  qo'shimcha   ravishda  550
ming   gektar   sug'oriladigan   yer   ajratildi   va   shaxsiy   tomorqa   uchun   berilgan   yer
maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan
foydalanmoqda.
Qishloqda   xo'jalik   y u ritishning   maqbul   shakllarini   yaratishga   alohida   e'tibor
berildi.   Agrar   islohotlarning   dastlabki   yillarida   sovxoz   va   kolxozlar   jamoa
xo'jaliklariga   aylantirilgan   edi.   Ammo   ular   xo'jalik   yiiritishda   o'zlarini   tola-to'kis
oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999- yilda
898   ta,   2000-   yilda   856   ta   qishloq   xo'jaligi   korxonalari   shirkatlarga   aylantirildi.
Ularning umumiy soni 2002- yilning 1 yanvari holatiga ko'ra, respublika bo'yicha
1900 taga yetdi, ularda   1mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi.
Agrar   munosabatlar   tizimida   shirkat   xo'jaligida   paychilik   asosiga   qurilgan   oila
pudratiga keng o'rin beriidi, ammo bu ham o’zini oqlamadi.
Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda.
2004-  yilda fermer  xo'jaliklari  soni  85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi
xo'jaliklar   don,   kartoshka,   sabzavot-poliz   mahsulotlari,   go'sht,   sut,   tuxum yetishtirishda   tobora   salmoqli   o'rinni   egallab   qishloq   xo'jalik   ekinlarini
yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.
Qishioqda   shaxsiy   yordamchi   xo'jaliklar   dehqon   xo'jaliklari   sifatida   qayta
shakllandi. Dehqon xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer
uchastkasi   oila   boshlig'iga   umrbod   meros   qilib   beriladi,   mahsulotlar   oila
a'zolarining   shaxsiy   mehnati   asosida   yetishtiriladi   va   sotiladi.   2003-yilda   3,5
mln.dan   ortiq   dehqon   xo'jaligi   faoliyat   yuritdi.   Respublikada   yetishtirilgan
go'shtning   93,7   foizi,   sutning   95,9   foizi,   kartoshkaning   90   foizi,   sabzavot-poliz
mahsulotlarining   70,3   foizi,   tuxumning   53,5   foizi   dehqon   xo'jaliklari   tomonidan
tayyorlandi.
2003-yilda   respublikamiz   qishloq   xo'jaligida   ishlab   chiqarilgan   jami
mahsulotlarning   22.2   foizi   shirkat   xo'jaliklariga,   14,9   loizi   fermer   xo'jaliklariga,
62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi. 2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1
minilliondan   ziyod   kishi   band   bo'ldi,   paxtanng   66%i,   g'allaning   55%i   fermer
xo'jaliklarida   yetishlirildi.   2006   yil   birinchi   yarmida   210   ta   ixtisoslashtirilgan
meva-sabzavotchilik   va   uzumchilik   shirkat   xo'jaliklari   negizida   39   ming   fermer
xo'jaliklari   tashkil   etildi.   Paxtachilik   va   g'allahilikda   esa   447   shirkat   fermer
xo'jaliklariga aylantirildi. 2014-yilda dehqon va fermerlar  uyushmasi  O‘zbekiston
fermerlar   kengashiga,   joylarda   esa   viloyat   va   tuman   fermerlar   kengashiga
aylantirildi.   2020-yil   29-dekabrdagi   Prezidentimizning   Oliy   Majlisga   qilgan
Murojaatnomasida   “Avvalo,   fermer   va   dehqonlarning   yerdan   manfaatdorligini
oshirish   kerak.   Manfaatdorlik     va   adolat   bo`lgan   joyda,   albatta,   o`zgarish   va
o`shish  bo`ladi. Bu borada yerdan  foydalanish huquqlarini kafolatlash va yerlarni
bozor   aktivlariga   aylantirish   masalasini   ko`rib   chiqish   vaqti   keldi.Qishloq
xo`jaligini modernizatsiya qilish,   raqamlashtish, yerning umumdorligini oshirish,
zamonaviy agrotexnologiyalarni joyriy etishga ilk bor 600 million dollardan ziyod
kredit va grant mablag`lari jalb qilinadi.
 Suv tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlari 5  barobarga 
ko`paytirilib   430   ming   gegtarga   yetkaziladi,   90   ming   gegtar   yang   yerlar
uzlashtirilad”-deb ta’kidladilar.   Mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   agrar   islohotlar   natijasida   qishloq
hayoti   yangilandi,   dehqon   va   fermerning   mehnatga   munosabati,   dunyoqarashi
o'zgardi.   Ular   yerning   haqiqiy   egasiga,   o'z   mehnati   evaziga   yetishtirgan
mahsulotning   egasiga   aylanmoqda.   Qishloq   xo‘jaligida   fermer   va   dehqonlarning
manfaatdorligini oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda.
Sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda.
2020-yilda   klaster   tizimini   joriy   qilinishi   natijasida   paxtachilikda   hosildorlik
o’rtacha   10   foizga   oshish   imkonini   berdi.   O’zbekistonda   paxtachilik   qishloq
xo’jaligining   yetakchi   tarmog’i   hisoblanadi.   Markaziy   Osiyoda   yiliga
yetishtiriladigan  2   million   tonna  paxta   tolasining   1,4   million   tonnasi   O’zbekiston
paxtasi tolasidir. O’zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo’yicha dunyoda to’rtinchi
o’rinda,   uni   eksport   qilish   bo’yicha   ikkinchi   o’rinda   turadi.   Respublikada   paxta
sifati   va   hosildorligini   oshirishga   katta   ahamiyat   berilmoqda.   Paxta   ekiladigan
yerlar qisqartirilishiga qaramasdan yiliga 3,5 million tonnadan ortiqoq paxta xom-
ashyosi tayyorlanmoqda. 
Meva-sabzavotchilik, g’allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster
va   kooperasiyalar   faoliyati   yo’lga   qo’yildi.   Buning   natijasida   1   milliard   dollarlik
meva-sabzavot   eksport   qilindi.   Dehqon   xo’jaligi   va   tomorqa   er   egalariga   300
milliard so’m  imtiyozli  kredit  va  subsidiya  ajratildi. 1991 yilda 1,9 million tonna
don yetishtirilgan bo’lsa, 2017 yilda respublikada 8 million 377 ming tonna g’alla
yetishtirilgan.
O’zbekistonni   2017-2021   yillarda   yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar
strategiyasida belgilangan ustuvor yo’nalishlar doirasida qishloq xo’jaligini yanada
rivojlantirish,   fermer   dehqon   xo’jaliklarini   qo’llsb-quvvatlash   borasida   ko’rilgan
ishlar   natijasida   2017-yilda   mamlakatimizda   fermer   xo’jaliklari   soni   160
mingtadan oshdi. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari soni 75 mingtaga yetdi. Bu esa
qishloq joylarida 100 minglab yangi ish o’rinlari ochilganidan dalolat beradi.
Narxni   erkinlashtirish.   Iqtisodiy   islohotlarning   birinchi   bosqichidayoq
narxlar   erkinlashtirildi.   Bu   jarayon   ijtimoiy   larzalarsiz   o'tdi.   Negaki,   davlat   turli kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish
haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam ravishda oshirib borildi.
Narxni   erkinlashtirish   iqtisodiyotda   raqobatchilik   muhitini   vujudga   keltirish
bilan   bevosita   bog'liq.   1992-   yil   avgust   oyida   O'zbekiston   Respublikasining
«Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida
raqobatchilikni   rivojlantirishga   qaratilgan   bir   qator   normativ   hujjatlar   ishlab
chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-
navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni
belgilab,   ularning   mahsulotlari   bo'yicha   narxlarni   va   rentabellikni   tartibga   solib
turibdi.
Bozor   infratuzilmasi.   Iqtisodiy   islohotlarning   muhim     yo'naIishlandan   biri
bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo'ldi.
Shu   boisdan,   respublikamizda   bozor   munosabatlarini   shakllantirish   va
rivojlantirishga   xizmat   qiluvchi   infratuzilmaning   asosiy   bo'g'inlari   -   turli
muassasalar,   tashkilotlar   va   korxonalar   majmuasi   yaratildi.   Avvalambor,   ishlab
chiqarishga   xizmat   qiiuvchi   transport,   aloqa,   suv   va   energetika   ta'minoti,   yo'l   va
ombor   xo'jaligi   tuzilmalari   yaratildi.   Xo'jalik   yurituvchi   sub'ektlar   uchun   xizmat
qiluvchi   58   ta   tovarlar   va   xomashyo   birjalari,   24   ta   biznes   inkubator,   496   ta
auditorlik   va   konsalting   firmalari,   ko'plab   savdo   uylari,   auksionlar,   tijoratchilik
idoralari,   reklama   firmalari,   savdo-sotiq   va   ularni   nazorat   qiluvchi   davlat
muassasalari tashkil etildi.
Bozor   munosabatlarini   rivojlantirishda   axborot   infratuzilmasi   alohida
ahamiyatga   ega.   Shu   boisdan,   iqtisodiy   faoliyat   uchun   zarur   bo'lgan   axborotlar,
xabarlar va ma'lumotlarni to'plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga
keldi.
Xo'jalik   yurituvchi   sub’yektlarni   moliya-kredit   munosabatlariga   xizmat
qiluvchi   infratuzilma   -   yangi   bank   tizimi,   o'z-o'zini   kreditlash   idoralari,   sug'urta
kompaniyalari,   moliya   kompaniyalari,   soliq   undirish   idoralari,   pul   jamg'armalari
yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002- yilda
37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi
dunyodagi eng nufuzli banklar bilan  aloqalar o'rnatgan.
Respublikada   davlat   ishtirokida   tuzilgan   bozor   munosabatlariga   xizmat
qiluvchi   «Kafolat»,   «Agrosug'urta»,   «O'zbekinvest»   kabi   yirik   sug'urta
kompaniyasi   faoliyat   ko'rsatmoqda.   Ko'plab   xususiy   sug'urta   kompaniyalari,
shuningdek,   xorijiy   mamlakatlar   bilan   hamkorlikda   ishlaydigan   qo'shma   sug'urta
kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda.
Iqtisodiy   islohotlar   borasida   qo'yilgan   yana   bir   muhim   qadam   –   1994-yil   1-
iyuldan milliy valyutamiz - so'mnmg muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta
siyosiy   ahamiyatga,   e'tiborga   molik,   chunki   o'z   milliy   valyutasiga   ega   bo'lmagan
davlat   chinakam   mustaqil   bo'la   olmaydi.   Respublika   hukumati   milliy   valyuta
qadrini   mustahkamlash,   uning   erkin   aylanishini   taminlash   choralarini   amalga
oshirib bordi. 2003- yil 15-oktabrdan boshlab so'm qisman konvertatsiyalanadigan
valyuta maqomiga ko'tarildi.
2-masala.  Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
Mustaqillik arafasida sanoat  va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish
tobora pasayib  bordi, xo'jalik yuritish murakkablashib  qolgan edi. Buning sababi,
O'zbekiston   iqtisodiy   jihatdan   qaram   bo'lib,   korxonalari   mustaqil   xo'jalik   yurita
olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-
uskuna   va   butlovchi   qismlarga   butunlay   qaram   edi.   Sobiq   Ittifoq   parchalangach,
aloqalar   uzildi.   Natijada   ko'pgina   korxonalarda   mahsulot   ishlab   chiqarish   keskin
kamaydi, ayrimlari  to'xtab qoldi. Shu boisdan, O'zbekistonda iqtisodiy tanglikdan
chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko'rildi.
Makroiqtisodiyotni   barqarorlashtirish   uchun   O'zbekiston   iqtisodiyotida
tarkibiy   o'zgarishlar   qilish,   raqobatbardosh   tovarlar   ishlab   chiqarishga   qodir
korxonalar   qurish   va   buning   uchun   zarur   investitsiyalar   ajratish   yo’lidan   bordi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar uchun zarur mablag'lar davlat buyudjiti va aholi
jamg'armalari   hisobidan   ajratildi.   1994-2003-yillarda   iqtisodiyotga   jalb   etilgan
jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Xalq   xo'jaligi   tarkibini   qayta   qurish   maqsadida   chet   el   investitsiyasini   jalb
qilish choralari ko'rildi. «Chet el investitsiyaiari to'g'risida», «Chet ellik investorlar
huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»qonunlar qabul
qilindi.   Chet   el   investisiyasini   O'zbekiston   iqtisodiyotiga   jalb   qilish   bevosita
investisiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz
beruvchi   mamlakatlarning   investitsiya   yoki   moliyaviy   kredit   resurslari   shaklida
amalga  oshirildi.  Iqtisodiyotga   kiritilayotgan  xorijiy  investitsiya  salmog'i    yildan-
yilga  o'sib  bordi.  1994-2003  yiilarda  respublika  iqtisodiyotida   o'zlashtirilgan  chet
el   investitsiyaiari   hajmi   14   mlrd.   AQSH   dollarini   tashkil   etdi.   Xorijiy
investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni 2003- yilda 2087
taga yetdi. 2005- yilda oldingi yilga nisbatan iqtisodiyotga jalb qilingan to'g'ridan-
to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 1,5 baravar ko'paydi.” Xalqimizning
fidokorona   mehnati   bilan   2019-yil   –   “Faol   investitsiyalar   va   ijtimoiy   rivojlanish
yili”da   salmoqli   natijalarga   erishdik.   Barcha   sohalardagi   ijobiy   natijalar   qatorida
investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi.
Ayniqsa,   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   xorijiy   investitsiyalar   2019-yilda4,2   milliard
dollarni   tashkil   etib,   2018-yilga   nisbatan   –   mana   shu   raqamga   e’tiboringizni
qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi .   Investitsiyalarning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.
Mamlakatimiz  ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida
1   milliard   dollarlik   obligatsiyalarini   muvaffaqiyatli   joylashtirdi.   Iqtisodiy
hamkorlik   va   rivojlanish   tashkiloti   tomonidan   O‘zbekistonning   kreditga   doir
tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.
Energetika,   neft-gaz,   geologiya,   transport,   yo‘l   qurilishi,   qishloq   va   suv
xo‘jaligi,   ichimlik   suvi   va   issiqlik   ta’minoti   hamda   boshqa   qator   tarmoqlarda
chuqur   tarkibiy   islohotlar   boshlandi.   Sanoatning   12   ta   yetakchi   tarmog‘ida
modernizatsiyalash   va   raqobatdoshlikni   kuchaytirish   dasturlari   jadal   amalga
oshirilmoqda.   Natijada   2019-yilda   iqtisodiy   o‘sish   5,6   foizni   tashkil   etdi.   Sanoat
mahsuloti   ishlab   chiqarish   hajmi   6,6  foizga,   eksport   –   28  foizga   ko‘paydi.   Oltin-
valyuta zahiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga   yetdi”   (Respublikamiz   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2020   yil   24-
yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan).
Yoqilg'i   mustaqilligi.   Mustaqillik   yillarida   iqtisodiyotning   hayotiy   muhim
tarmoqlari   rivojlantirildi,   yangi   sanoat   tarmoqlari   bunyod   etildi.   Bunga
mamlakatning   yoqilgi   mustaqil]igiga   erishishi   yaqqol   misoldir.XX   asrning   90-
yillarni boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600
ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun
berilardi. Shu boisdan, mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi,
buning tag zamini - mamlakatda 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan
ortiq neft koni borligi edi.
Yiliga   2,5   mlrd.   kub   metr   gaz   haydash   quvatiga   ega   bo'lgan   Ko'kdumaloq
kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996- yilga
keiib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to'xtadi, neft mustaqilligiga erishildi.
1991-yilda   2,9   mln.   tonna   neft   (gaz   kondensati   bilan   birgalikda)   mahsulotlari
ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2000- yilda bu ko'rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu
davrda   tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga
o'sdi. O'zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi.
  Yaponiyaning   “Mitsuiy”   firmasi   bilan   hamkorlikda   Farg’ona   neftni   qayta
ishlash   zavodi  jahon  andozalari  darajasida   ta’mirlandi   va  korxonada  50  dan  ortiq
turdagi yoqilg’i mahsulotlari shlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Hozirgi kunda gaz ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekiston dunyoda 14-o’rinda
turadi. 2019-yildagi ma’lumotlarga ko’ra Markaziy Osiyodagi gaz zahirasining 70
% I O’zbekistonda joylashgan.
Bugungi   kunda   mamlakatimiz   oltin   zahirasi   bo’yicha   4   o’rinda,   uni   qazib
olish bo’yicha 7-o’rinda turadi.
Mashmasozlik   va   avtomobilsozlik   sanoati.   Mustaqillik   yillarida
mashinasozlik   sanoati   jadal   rivojlandi.   1994-   yilda   barpo   etilgan   O'zbekiston   -
Isroil   «O'zlz   mash»   qo'shma   korxonasida   paxta   terish   mashinalarining   gorizontal
shpindelii   yangi   xili   yaratildi.   Bu   agregat   jahon   mashinasozligining   eng   yangi
yutug'i,   deb   e'tirof   etildi.   Islohotlar   davrida   “O’zmashsanot”   uyushmasi tasarrufidagi   35   ta   korxonaning   26   tasi   ta’mirlanib,   yangi   texnik   uskunalar   bilan
qayta   qurildi.Qishloq   xo’jaligi   mashinalarini   “Keys”   rusumdagi   traktor   va   g’alla
o’rish   kombayinlari   bilan   to’ldirish   maqsadida   AQSHning   “Keys   Nyu-Xolland”
kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida “O’zkeysmash” va “O’zkeystraktor” qo’shma
korxonalari barpo etildi. 
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O'zbekistonda avtomobil ishlab
chiqaruvchi   korxona   barpo   etishga   kelishib   olindi.   1993-1996-   yillarda   Asaka
shahrida   «O'zDEU   avto»   zavodi   barpo   etildi   va   «Damas»,   «Tiko»,   «Neksiya»
rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 1996- yilda 25,3 ming, 1997-
yilda   64,9   ming,   1998-   yilda   54,4   ming,   1999-   yilda   58,4   ming,   2004-   yilda   70
ming   dona   yengil   avtomobil   ishlab   chiqarildi.   «O'zDEU»   zavodida   1999-2003-
yillarda   «Matiz»,   «Lasetti»   rusumli   avtomobillar   ishlab   chiqarish   yo’lga   qo'yildi.
O'zbekiston   dunyoda   avtomobil   ishlab   chiqaruvchi   28-mamlakatga   aylandi.
«UzDEU avto» zavodi 10 yil (1996-2006 yil iyun) davomida 571580 ta avtomobil
tayyorladi,   ularning   198609   tasi   xorijga   eksport   qilindi.   2007   yildan   “Shevrale’
avtomobillari – “Captiva”, “Epika”, “Takuma”, 2008 yil «Nexiya 2», 2010-yildan
“Spark”,   2012-yildan   boshlab   “Cobalt”,   “Malibu”   avtomobillari   ishlab
chiqarilmoqda. 
1995-yilda   “O’zavtosanoat”   uyushmasi   bilan   Turkiyaning   Kochxolding
kompaniyasi o’rtasida Samarqandda avtobus va yuk mashinaiari ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan «Sam Koch avto» zavodini qurish to’g’risida bitim imzolandi, 1999-
yilda   zavod   ishga   tushdi.     1999-   yilda   «Sam   Koch   avto»   zavodi   163   ta   avtobus,
302   ta   yuk   avtomobili   ishlab   chiqardi.   2000-   yilda     483   ta   avtobus,   102   ta   yuk
avtomobili ishlab chiqardi. Hozirgi kunda 1000 dan ziyod kishi mehnat qilayotgan
bu   zavodda   5   xil   rusumdagi   avtobuslar,   8   turdagi   yuk   avtomobillari,   35   xil
kuzovlar   ishlab   chiqarilmoqda.   Germaniyaning   “MAN   avto”   kompaniyasi   bilan
hamkorlikdagi zavodda yiliga 4 ming 600 ga yaqin yuk avtomobili va 1 ming 350
dan ortiq piritsip ishlab chiqarilmoqda.
Respublikamizda   avtomobil   butlovchi   qismlari   ishlab   chiqaruvchi   o'nlab
yangi   korxonalar   binyod   etildi.   Hozirgi   paytda   «O'zDEU»   zavodi   uchun   zarur bo'lgan   butlovchi   qismlarning   20   foizi   O'zbekistonda   ishlab   chiqarilmoqda.
Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda.
Mashinasozlik   sanoatining   yirik   korxonalari   -   Toshkent   traktor   zavodi,
O'zbekiston   qishloq   xo'jaligi   mashinasozligi,   Toshkent   va   Chirchiq   qishloq
xo'jaligi   mashinasozligi,   Toshkent   agregat   zavodi   va   boshqa   korxonalar
mustaqillikning   dastlabki   yillarida   uchragan   qiyinchiliklarni   yengib   o'tdi.   Birgina
Toshkent   traktor   zavodida   2000-   yilda   954   ta,   2001-   yilda   1002   ta   traktor   ishlab
chiqarilgan   bo'lsa,   hozirgi   paytda   yiliga   3,5-4   ming   donagacha   traktor,   minglab
tirkamalar   ishlab   chiqarilmoqda.Bugungi   kunda   O‘zbekistonda   27   ta   rusumdagi
yuk   va   yengil   avtomobillar,   avtobuslar   hamda   15   turdagi   zamonaviy   qishloq
xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarilmoqda.  
Gaz-kimiyo   va   yengil   sanoat.   1995-yil   oktabr   oyida   O'zbekiston   bilan
AQSH   ning   «ABB   Lummus   Global»   kompaniyasi   o'rtasida   Sho'rtan   gaz-kimyo
majmuasini qurish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yildi. Qurilish ishiari 1997-2001 -
yillarda   amalga   oshirildi,   majmua   qurilishida   l   milrd.   AQSH   dollari   hajmida
sarmoya   o'zlashtirildi.   2001-   yil   dekabrda   Sho'rtan   gaz-kimyo   majmuasi   ishga
tushirildi. Majmua  yiliga   25 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan
gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yengil   va   to'qimachilik   sanoati   tez   sur'atlar   bilan   rivojlanib   bormoqda.
Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O'zbek», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam
tekstil»,   «Karakulteks»,   «Chinoz   to'qimachi»,   «Qabul-Farg'ona»,   «Oq   saroy
to'qimachi» qo'shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004- yilda 17 ta yengil sanoat
korxonalari   qurilib   ishga   tushirildi.   Bu   tarmoqda   xalq   ist'emol   mollari   ishlab
chiqarish   kengaydi,   minglab   yangi   ish   o'rinlari   yaratildi.   Agar   1991-yili
respublikamizda   paxta   tolasini   qayta   ishlash   12   foizni   tashkil   etgan   bo'lsa,   2004-
yilda   bu   ko'rsatkich   28   foizga   yetdi.   Kalava,   ip,   paxta   va   shoyi   gazlamalarini
eksport qilish hajmlari ancha oshdi.
Mustaqillik   yillarida   «Zarafshon-Nyumont»   korxonasi,   Qizilqum   fosforit
kombinati,   Qo'ng'irot   soda   zavodi,   Quvasoy   kvars   zavodi,   Yangiyo'l   va   Andijon
spirt  zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko'plab korxonalar bunyod etildi. ”Garvard universiteti tadqiqotlariga ko`ra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat
mahsulotlarini   ishlab   chiqarishda   barcha   imkoniyatlar   va   nisbiy   ustunlikka   ega.
Ayniqsa,   neftgaz-kimyo,   metallurgiya,   mashinasozlik,   elektrotexnika,
farmastivtika,   qurilish   matireallari,   to`qimachlik,   charm-poyabzal,   oziq-   ovqat
hamda   ”yashil   iqtisodiyot”   bilan   bo`g`liq   sanoat   tarmoqlari   iqtisodiyotimiz
“drayverlari’ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud”-deb ta’kidladilar
Yurtboshimiz 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida.    
Don   mustaqilligi.   Qishloq   xo'jaligida   ishlab   chiqarish   tarkibini
takomillashtirishga   e'tibor   berildi.   Xo'jaliklar   ekin   ekish   sohasida   mustaqil
bo'ldilar.   Respublikada   don   mustaqifligiga   erishish,   shakar   va   boshqa   oziq-ovqat
mahsulotlari   tayyorlashni   tiklash   yo'li   izchillik   bilan   amalga   oshirildi.   Paxta
ekiladigan   maydonlar   tegishli   suratda   qisqartirilib,   donli   ekinlar   maydoni
kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog'i 1991- yilda 18,8
foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000- yilda 42 foizga o'sdi.
Respublikamizda   don   mustaqilligiga   erishish,   shakar   va   boshqa   oziq-ovqat
mahsulotlari   tayyorlash   izchillik   bilan   amalga   oshirildi.   Agar   1991-yilda
mamlakatimizda   1,9   mln.   tonna   don,   shu   jumladan,   609,5   ming   tonna   bug'doy
tayyorlangan  bo'lsa,   2003-yilda  6,1 mln. tonna  don,  shu  jumladan  5,4  mln.  tonna
bug'doy yetishtirildi. O'zbekiston g'alla mustaqilligiga erishdi.
Andijon   paxtakorlari   tashabbusi   bilan   chigitni   plyonka   ostiga   ekish
texnologiyasi   joriy   etildi.   Bu   usul   paxtadan   sifatli   va   yuqori   hosil   yetishtirish
imkonini yaratdi.
Iqtisodiyotda   barqaror   yuksalish.   Iqtisodiyot   tarkibidagi   tub   o'zgarishlar,
yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida
samarali   natijalar   berdi.   1991-2002-   yillarda   1872   korxona   va   boshqa   ishlab
chiqarish   muassasalari   qurildi,   mahsulotning   9,5   mingdan   ortiq   yangi   turlarini
ishlab   chiqarish   o'zlashtirildi.   1990-   yilda   respublika   bo'yicha   ishlab   chiqarilgan
sanoat   mahsulotlari   hajmini   100   foiz   deb   olsak,   undan   keyingi   yillarda   kamayib,
1992-   yilda   94,7   foizga,   1993-   yilda   98,1   foizga   tushgan   edi.   1995-   yilga   kelib
makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996- yildan boshlab barqaror o'sish ta'minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan
1997- yilda 106,5 foizga, 1998- yilda 105,8 foizga, 1999- yilda 106,1 foizga, 2000-
yilda 106,4 foizga, 2001- yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003- yilda
108,4   foizga,   2004-yilda   109,4   foiz,   2005-   yilda   7,3   ga   o'sdi.   Un   va   un
mahsulotlari,   kiyim-kechak,   poyabzal,   shakar   va   qand   mahsulotlari   ishlab
chiqarish sezilarli darajada ko'paydi, iste'mol buyumlari importi kamaydi.
Yalpi   ichki   mahsulot   ishlab   chiqarish   1991-1995-   yillarda   pasayib   bordi,
1996-   yildan   boshlab   o'sish   boshlandi.   Oldingi   yilga   nisbatan   1996-   yilda   YalM
101,7 foizga, 1997- yilda 105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999- yilda 104,4
foizga, 2000— yilda 104 foizga, 2001- yilda 104,5 foizga o'sdi. 2004-2005 yillarda
bu ko'rsatkich 7 foizdan oshib bordi.
Natijada,   2001-   yilda   birinchi   bor   yalpi   ichki   mahsulotning   1991-   yilga
nisbatan   103   foiz   o'sishiga   erishildi.   MDH   davlatlari   orasida   birinchi   bo'lib
O'zbekiston   iqtisodiy   barqarorlikka   erishgan,   iqtisodiy   ko'rsatkichlari   izchil   o'sib
borayotgan mamlakatdir. 2005- yilda iqtisodiyotning o'sish ko'rsatkichi 2000- yilga
nisbatan   30,1   foizini   1991-yilga   taqqoslaganda   esa   28,2   foizni   tashkil   etdi.
Natijada, O'zbekistonning  umumiy eksport  hajmida tayyor  mahsulot  va xizmatlar
ulushi 50 foizdan oshdi, tashqi savdoda 1,3 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi ijobiy
saldoga erishildi.
Shahar   va   qishloqlarimizning   qiyofasi   o'zgarib,   aholi   turmush   saviyasi   o'sib
bordi.   Yirik   inshootlar,   korxonalarning   bunyod   etilishi,   iqtisodiyotdagi   tarkibiy
o'zgarishlar,   izchil   o'sish   sur'atlari   odamlarning   moddiy   va   ijtimoiy   hayotini,
farovoniligini yildan-yilga yaxshilanishiga zamin bo'lib, xizmat qilmoqda. Aholini
tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi salmoqli  darajada o'sdi. Birgina
1999-   yilda   4,5   ming   km   gaz   tarmog'I   -   shundan   4,3   ming   kilometri   qishloq
joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog'i - shundan 1,9 ming kilometri
qishloq joylarida ishga tushirildi.
Jahondagi   yetakchi   firmalarning   havo   kemalari   bilan   ta'minlangan
O'zbekiston   Havo   yo'llari   aviakompaniyasi   dunyoning   25   mamlakati   bilan   havo aloqalarini o'rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 millondan ko'p yo'lovchiga xizmat
qildi.
Ijtimoiy   hayot.   Aholini   ijtimoiy   himoyalashga   alohida   e'tibor   berilmoqda.
O'zbekistonda   islohotlar   boshlangan   dastlabki   paytdayoq,   uning   asl   maqsadi
insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb
belgilangan   edi.   Bozor   munosabatlariga   o'tishning   ilk   davridan   boshlab   aholini
oldindan   ijtimoiy   himoyalash   yuzasidan   zarur   chora-tadbirlar   ko'rib   borildi.   Shu
maqsadda,   miqdori   muntazam   o'zgartirib   turilgan   ish   haqi,   pensiyalar,   turli
nafaqalar,   stipendiyalar,   kompensatsiya   to'lovlari   tarzidagi   pul   to'fovlari   keng
qo'llanildi.
Mamlakatning   2   mln.   640   ming   fuqarosi   pensiya   va   moddiy   yordam   oladi.
Bunday to'lovlar miqdori 2000- yilda 187,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.
Faqat 2000- yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga fuqarolarning
o'zini   o'zi   boshqarish   organlari   -   mahalla   yig'inlari   orqali   54,2   mlrd.   so'm
miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turarjoylar, 19,5 ming o'rinli
kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o'rinli maktablar,
15,3 ming o'rinli akademik litseylar, 126,5 ming o'rinli kasb-hunar kollejlari qurilib
foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va gazlashtirish bo'yicha keng qamrovli
dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000— yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari
va   54,1   ming   km.   gaz   tarmoqlari   yotqizildi.   Aholining   uy-joylarini   gazlashtirish
darajasi   46,2   foizgacha,   ichimlik   suvi   bilan   markazlashgan   holda   ta'minlash   esa
64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko'tarildi.
Yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda.
Respublikada   aholiga   tibbiy   va   ijtimoiy   xizmat   ko'rsatishning   rivojlangan
tizimi   bunyod   etildi.   Mustaqillik   yillarida   ambulatoriya-poliklinika
muassasalarining   soni   3   mingdan   4,8   minggacha   yoki   1,6   baravar   ortdi.   Qishloq
joylarda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi. Aholiga   81,5   mingdan   ortiq   shifokorlar   turli   ixtisosliklar   bo'yicha   malakali
tibbiy yordam ko'rsatmoqda.
1994—   yilda   aholining   dori-darmonga   bo'Igan   ehtiyoji   respublikada   ishlab
chiqarilgan   mahsulot   hisobiga   bor-yo'g'i   4,5   foizga   qondirilar   edi.   2003—   yilga
kelib,   katta   miqdorda   sarmoya   jalb   etilganligi   hisobidan,   bu   ko'rsatkich   25
foizgacha o'sdi. 
2019-   yil   1-yanvardan   boshlab   ishlayotgan   pensionerlarga   pensiyani   to‘liq
to‘lash   tartibi   joriy   etildi.   Ijtimoiy   yordamga   muhtoj   va   ehtiyojmand   aholi   uchun
nafaqa miqdori 2 barobar ko‘paytirildi.
  “Obod   qishloq”   va   “Obod   mahalla”   dasturlari   doirasida   479   ta   qishloq   va
ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish
ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018-yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m
ko‘p mablag‘ sarflandi.
Qishloq   joylarda   –   17   ming   100   ta,   shaharlarda   –   17   ming   600   ta,   jami   34
ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar
qurildi.
Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga,
jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib
olish   uchun   116   milliard   so‘mdan   ziyod   boshlang‘ich   badal   to‘lab   berildi ” .
(Respublikamiz   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2020   yil   24-yanvardagi   Oliy
Majlisga qilgan Murojaatnomasidan)
1. ”Harakatlar strategiyasi”  yangi taraqqiyot bosqichi.
2017-yil   7-fevralda     2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   HARAKATLAR
STRATEGIYASI qabul qilindi.   Unda 5  ta ustuvor yo‘nalish belgilandi:
  1.Davlat   vajamiyat   qurilishi   tizimini   takomillashtirishning   ustuvor
yo‘nalishlari.
2 ,   Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishning ustuvor yo’nalishlari.
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning   ustuvor yo’nalishlari 4.Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda
chuqur   o’ylangan,   o’zaro   manfaatli   va   amaliy   tashqi   siyosat   sohasidagi
ustuvor yo’nalishlaridir. 
Harakatlar strategiyasida iqtisodiy masalalari alohida o‘rin egallagan.
3.1.   Makroiqtisodiy   barqarorlikni   yanada   mustahkamlash   va   yuqori
iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy   mutanosiblikni   saqlash,   qabul   qilingan   o’rta   muddatli
dasturlar   asosida   tarkibiy   va   institusional   o’zgarishlarni   chuqurlashtirish   hisobiga
yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning   ijtimoiy   yo’naltirilganini   saqlab   qolgan   holda   Davlat
byudjetining   barcha   darajalarida   mutanosiblikni   ta’minlash,   mahalliy
byudjetlarning   daromad   qismini   mustahkamlashga   qaratilgan   byudjetlararo
munosabatlarni takomillashtirish;
soliq  yukini   kamaytirish  va soliqqa  tortish  tizimini   soddalashtirish  siyosatini
davom   ettirish,   soliq   ma’muriyatchiligini   takomillashtirish   va   tegishli
rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg’or   xalqaro   tajribada   qo’llaniladigan   instrumentlardan   foydalangan   holda
pul-kredit   siyosatini   yanada   takomillashtirish,   shuningdek   valyutani   tartibga
solishda   zamonaviy   bozor   mexanizmlarini   bosqichma-bosqich   joriy   etish,   milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlash;
bank   tizimini   isloh   qilishni   chuqurlashtirish   va   barqarorligini   ta’minlash,
banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy
barqarorligi   va   ishonchliligini   mustahkamlash,   istiqbolli   investisiya   loyihalari
hamda   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   sub’ektlarini   kreditlashni   yanada
kengaytirish;
sug’urta,   lizing   va   boshqa   moliyaviy   xizmatlarning   xajmini   ularning   yangi
turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni
jalb   qilish   hamda   korxona,   moliyaviy   institutlar   va   aholining   erkin   resurslarini
joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro   iqtisodiy   hamkorlikni   yanada   rivojlantirish,   jumladan,   yetakchi
xalqaro   va   xorijiy   moliyaviy   institutlar   bilan   aloqalarni   kengaytirish,   puxta
o’ylangan tashqi  qarzlar siyosatini  amalga oshirishni  davom ettirish, jalb qilingan
xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
3.2.   Tarkibiy   o’zgartirishlarni   chuqurlashtirish,   milliy   iqtisodiyotning
etakchi   tarmoqlarini   modernizasiya   va   diversifikasiya   qilish   hisobiga   uning
raqobatbardoshligini oshirish:
milliy   iqtisodiyotning   mutanosibligi   va   barqarorligini   ta’minlash,   uning
tarkibida   sanoat,   xizmat   ko’rsatish   sohasi,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
ulushini ko’paytirish;
ishlab   chiqarishni   modernizasiya   qilish,   texnik   va   texnologik   jihatdan
yangilash,   ishlab   chiqarish,   transport-kommunikasiya   va   ijtimoiy   infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish;
yuqori   texnologiyali   qayta   ishlash   tarmoqlarini,   eng   avvalo,   mahalliy   xom-
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor
mahsulot   ishlab   chiqarishni   jadal   rivojlantirishga   qaratilgan   sifat   jihatidan   yangi
bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya   va diversifikasiya qilish;
iqtisodiyot   tarmoqlari   uchun   samarali   raqobatbardosh   muhitni   shakllantirish
hamda   mahsulot   va   xizmatlar   bozorida   monopoliyani   bosqichma-bosqich
kamaytirish;
prinsipial   jihatdan   yangi   mahsulot   va   texnologiya   turlarini   o’zlashtirish,   shu
asosda   ichki   va   tashqi   bozorlarda   milliy   tovarlarning   raqobatbardoshligini
ta’minlash;
ishlab   chiqarishni   mahalliylashtirishni   rag’batlantirish   siyosatini   davom
ettirish   hamda,   eng   avvalo,   iste’mol   tovarlar   va   butlovchi   buyumlar   importining
o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda   energiya   va   resurslar   sarfini   kamaytirish,   ishlab   chiqarishga
energiya tejaydigan  texnologiyalarni  keng  joriy  etish,   qayta  tiklanadigan  energiya
manbalaridan   foydalanishni   kengaytirish,   iqtisodiyot   tarmoqlarida   mehnat
unumdorligini oshirish; faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat
zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
xizmat   ko’rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish,   yalpi   ichki   mahsulotni
shakllantirishda   xizmatlarning   o’rni   va   ulushini   oshirish,   ko’rsatilayotgan
xizmatlar   tarkibini,   eng   avvalo,   ularning   zamonaviy   yuqori   texnologik   turlari
hisobiga tubdan o’zgartirish;
turizm   industriyasini   jadal   rivojlantirish,   iqtisodiyotda   uning   roli   va   ulushini
oshirish,   turistik   xizmatlarni   diversifikasiya   qilish   va   sifatini   yaxshilash,   turizm
infratuzilmasini kengaytirish;
eksport   faoliyatini   liberallashtirish   va   soddalashtirish,   eksport   tarkibini   va
geografiyasini   diversifikasiya   qilish,   iqtisodiyot   tarmoqlari   va   hududlarning
eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha,
boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3.   Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy   o’zgartirishlarni   chuqurlashtirish   va   qishloq   xo’jaligi   ishlab
chiqarishini   izchil   rivojlantirish,   mamlakat   oziq-ovqat   xavfsizligini   yanada
mustahkamlash,   ekologik   toza   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   kengaytirish,   agrar
sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga
kartoshka,  sabzavot, ozuqa va yog’  olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek,  yangi
intensiv   bog’   va   uzumzorlarni   joylashtirish   hisobiga   ekin   maydonlarini   yanada
optimallashtirish;
fermer   xo’jaliklari,   eng   avvalo,   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   ishlab
chiqarish   bilan   bir   qatorda,   qayta   ishlash,   tayyorlash,   saqlash,   sotish,   qurilish
ishlari   va   xizmatlar   ko’rsatish   bilan   shug’ullanayotgan   ko’p   tarmoqli   fermer
xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor   va tayyor
oziq-ovqat   hamda   qadoqlash   mahsulotlarini   ishlab   chiqarish   bo’yicha   eng
zamonaviy   yuqori   texnologik   asbob-uskunalar   bilan   jihozlangan   yangi   qayta ishlash   korxonalarini   qurish,   mavjudlarini   rekonstruksiya   va   modernizasiya   qilish
bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   saqlash,   tashish   va   sotish,   agrokimyo,
moliyaviy   va   boshqa   zamonaviy   bozor   xizmatlari   ko’rsatish   infratuzilmasini
yanada kengaytirish;
sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va
irrigasiya   ob’ektlari   tarmoqlarini   rivojlantirish,   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarish
sohasiga   intensiv   usullarni,   eng   avvalo,   suv   va   resurslarni   tejaydigan   zamonaviy
agrotexnologiyalarni   joriy   etish,   unumdorligi   yuqori   bo’lgan   qishloq   xo’jaligi
texnikasidan foydalanish;
kasallik   va   zararkunandalarga   chidamli,   mahalliy   er-iqlim   va   ekologik
sharoitlarga   moslashgan   qishloq   xo’jaligi   ekinlarining   yangi   seleksiya   navlarini
hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish   va ishlab chiqarishga
joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global   iqlim   o’zgarishlari   va   Orol   dengizi   qurishining   qishloq   xo’jaligi
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha
tizimli chora-tadbirlar ko’rish.
3.4.   Iqtisodiyotda  davlat   ishtirokini  kamaytirish,  xususiy   mulk  huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini  yanada kuchaytirish,  kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institusional va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy   mulk   huquqi   va   kafolatlarini   ishonchli   himoya   qilishni   ta’minlash,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni
bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va
kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   keng   rivojlantirish   uchun   qulay
ishbilarmonlik   muhitini   yaratish,   tadbirkorlik   tuzilmalarining   faoliyatiga   davlat,
huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   idoralari   tomonidan   noqonuniy
aralashuvlarning qat’iy oldini olish; davlat   mulkini   xususiylashtirishni   yanada   kengaytirish   va   uning   tartib-
taomillarini   soddalashtirish,   xo’jalik   yurituvchi   sub’ektlarning   ustav
jamg’armalarida   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   mulki   xususiylashtirilgan
ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish;
investisiya   muhitini   takomillashtirish,   mamlakat   iqtisodiyoti   tarmoqlari   va
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni  faol jalb
qilish;
korporativ   boshqaruvning   zamonaviy   standart   va   usullarini   joriy   etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik   sub’ektlarining   muhandislik   tarmoqlariga   ulanishi   bo’yicha
tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   jarayonlarini   tartibga   solishda
davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   boshqaruvi   tizimini   markazlashtirishdan
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy  sheriklikni  kengaytirish, nodavlat,
jamoat   tashkilotlari   va   joylardagi   o’zini   o’zi   boshqarish   organlarining   rolini
oshirish.
3.5.   Viloyat,   tuman   va   shaharlarni   kompleks   va   mutanosib   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlantirish,   ularning   mavjud   salohiyatidan   samarali   va   optimal
foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishni   jadallashtirish,   xalqning   turmush   darajasi   va
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat,
qishloq   xo’jaligi,   turistik   va   mehnat   salohiyatidan   kompleks   va   samarali
foydalanishni ta’minlash;
hududlar   iqtisodiyotini   modernizasiya   va   diversifikasiya   qilish   ko’llamini
kengaytirish,   rivojlanish   darajasi   nisbatan   past   bo’lgan   tuman   va   shaharlarni,   eng
avvalo,   sanoat   va   eksport   salohiyatini   oshirish   yo’li   bilan   jadal   rivojlantirish
hisobiga   mintaqalar   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajasidagi   farqlarni
kamaytirish; yangi   sanoat   korxonalari   va   servis   markazlarini   tashkil   etish,   kichik   sanoat
zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning
kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar
va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat   va   xizmatlar   ko’rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish   hisobiga
subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning
daromad bazasini kengaytirish;
sanoat   korxonalari   va   boshqa   ishlab   chiqarish   ob’ektlarini   joylashtirishga
qulay   shart-sharoitlar   yaratish,   xususiy   tadbirkorlikni   keng   rivojlantirish   hamda
aholining turmush sharoitini yaxshilash  maqsadida hududlarning ishlab chiqarish,
muhandis-kommunikasiya   va   ijtimoiy   infratuzilma   tarmoqlarini   yanada
rivojlantirish va modernizasiya qilish.
2019   yil   yakunlariga   ko‘ra,   yalpi   ichki   mahsulotning   (YaIM)   o‘sish   sur’ati
5,4   foiz   belgilangan   prognoz   ko‘rsatkichi   o‘rniga   5,5   foizni   tashkil   etdi   hamda
2018 yilda erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.
YaIM o‘sish sur’ati asosan sanoatning 6,4 foizga (prognoz – 5,2 foiz), qurilish
11,8   foizga   (8,4   foiz)   va   xizmatlarning   6,1   foizga   (6,3   foiz)   oshishi   hisobiga
ta’minlandi.
Aholi   jon   boshiga   YaIM   hajmi   1   741   dollarni   tashkil   etib,   2018   yilga
qaraganda  13,6 foizga oshdi  (2018 yilda  – 1   533 dollar).YaIM  umumiy  o‘sishida
1,9 foiz bandi xizmatlar,    1,5 foiz bandi sanoat, 0,9 foiz bandi qishloq xo‘jaligi, 0,6
foiz bandi qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Iqtisodiy o‘sishning barqarorligi iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yalpi taklif
va ichki talab o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati, investitsiyalarni yuqori sur’atda ya’ni
28,6 foizga hamda aholi real daromadlarini 10   foizga o‘sishini  qo‘llab-quvvatlash
hisobiga ta’minlandi.
HARAKATLAR STRATEGIYASI   doirasida  keyingi 3 yilda boshqa sohalar
singari iqtisodiyot sohasida ham juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Aholi o‘zining
turmush tarzidan mamnun yashay boshladi. Tayanch   tushunchalar:   Bozor   munosabatlari,   iqtisodiyt,   xususiy   mulk,   raqobat,
erkinlik.
ADABIYOTLAR:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.T.”O’zbekiston”, 2019.
2. 2017-yil   7-fevralda   qabul   qilingan   2017-2021   yillarda   O’zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha
HARAKATLAR STRATEGIYASI Davlat dasturi .
3. Mirziyoyev   Sh.M   ..   Biz   birgalikda   ozod   va   obod,   demokratik   O'zbekiston
davlatini barpo etamiz. T. O'zbekiston, 2016 yil.
4.   Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy intizom va shaxsiy javobgarlik har bir
rahbarning kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T. O'zbekiston, 2017 yil.
5.   Mirziyoev   Sh.M.   Biz   buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birgalikda quramiz. T.2017.
6.   Karimov   I.A.   O'zbekistonning   o'z   mustaqilligi   va   taraqqiyot   yo'li.   T.
"O'zbekiston" 1992 yil.
7.   Karimov I.A. O'zbekiston - bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos usuli. T.
"O'zbekiston" 1993 yil.
8. Karimov   I.A.   Jamiyatimizni   liberallashtirish,   islohotlarni   chuqurlashtirish,
ma'naviyatimizni   yuksaltirish   va   xalqimizning   turmush   darajasini   oshirish
bizning barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. O'zbekiston, 2007 yil.
9.   Karimov I.A. Mamlakatni  modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni  barqaror
rivojlantirish yo'lida. T. O'zbekiston, 2008 yil.
10.   Karimov   I.A.   Vatanimiz   baxti   va   buyuk   kelajagiga   xizmat   qilish   eng   katta
baxtdir. T. O'zbekiston. 2015 yil.
11. G'aniev D. O'zbekiston: mustaqillikka qadam. T. "Sharq", 1995 y.
12.  G'ulomov S. Mustaqillik sari. T. "Muxlis", 1996 y.
13.  Usmonov K. Mustaqillik O'zbekistonga nima berdi? T. Fan, 2000 yil
14.  O'zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O'zbekiston tarixi. T., "Sharq",
2000 yil. 15.  Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev Ў. Vatan tarixi. Sharq ”, 2003 y.
16. Jo’rayev N.Mustaqil O’zbekiston tarixi. T. ” G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ilodiy uyi. 2013.
17. Xoliqulov   R.,G’aniyev   K.,Nasrullayev   M.O’zbekiston   tarixi(nomutaxassis
yo’nalish talabalari uchun). Samarqand, 2019.309-324-betlar.

Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi. O'zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi Reja: 1. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi . 2. Mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashuvi va rivojlanishi . 3. ”Harakatlar strategiyasi” yangi taraqqiyot bosqichi.

1-masala. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi . Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik. O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o'rmon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga bo'ysundirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati va xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi , o'zining milliy valyiitasiga, valyuta jamg'armasiga ega emasdi. Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo'l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, suv zaxiralarining ifloslanganligi, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi. "Bugun o'sha davr to'grisid а haqiqatni xolisona aytadigan bo'lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo'lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi" (Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston", 1999, 6-bet). Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod etdi, o'z yeri, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralariga to’la egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O'zbekiston tasarrufiga

olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o'z iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilash erkinligini qo'lga kiritdi. B о zor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1992-yil avgust oyida mustaqilligimizning bir yilligiga bag’ishlab yozilgan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” , 1993-yilda chop etilgan «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asalarida hamda ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi. O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: • kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; • ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;. • xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash; • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish; • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish; • jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish; • kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish. Islohotlaring huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e'tibor berildi. Iqtisodiy sohaga tegishli bo'lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin.

1. Mulkchilik munosabatlari va ko'p ukladli iqtisodiyotni shakilantiruvchi qonunlar. Bu yo'nalish doirasida mulkchilik to'g'risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida, ijara to'g'risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 2. Xo'jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya'ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo'jaligi, dehqon xo'jaligi, shirkat xo'jaligi to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug'urta, birjalar va birja faoliyati to'g'risida, qimmatli qog'ozlar va fond birjasi to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o'rtasidagi, korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni yo'lga qo'yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo'lishi haqida qonunlar qabul qilindi. 3. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida”, ”Chet el investitsiyalari to'g'risida”, ”O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida” qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Xususiylashtirish. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida”gi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqdi va ularni amalga oshirishga boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi. Kichik xususiylashtirish 1994 yilda tugallandi. Davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot

xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi. Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o'zi tashabbuskor bo'ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994- yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va ob’yekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. 1994-yil 21-yanvarda e'lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo'ldi. O‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga, ijara korxonalariga aylantirila boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005 yillarda jami 4660 ta davlat korxonasi va ob‘yekti xususiy mulkdorlarga sotildi. 2004-yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo'ldi va ulardan daromad oldi. Kichik biznes. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik biznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi.