logo

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri mavzusini o‘rganishning uslublari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

82.5 KB
Mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga
ta’siri mavzusini o‘rganishning uslublari .
Reja
1. Jahon moliyaviy   inqirozining mohiyati , kеlib chiqish sabablari va salbiy 
oqibatlari  .
2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ning  O‘zbekistonga ta’siri .
3. Birinchi p rezident imiz  I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari .
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar. Jahon   moliyaviy   inqirozining   mohiyati ,   kеlib   chiqish   sabablari   va
salbiy   oqibatlari     Insoniyat   taraqqiyotining   hozirgi   bosqichi   globallashuv
jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy
jihatdan   qaraydigan   bo’lsak,   u   jahon   xo’jaligining   butun   makonini   qamrab
oluvchi   iqtisodiy   munosabatlar   tizimining   tashkil   topishi   va   rivojlanishini
anglatadi.
Globallashuv   jarayonlarining   kеngayishi   jahon   mamlakatlari   o’rtasidagi
iqtisodiy   munosabatlarning   yanada   takomillashuviga   olib   kеladi.   Jumladan,
globallashuv   natijasida   transmilliy   korporatsiyalar,   ularning   turli
ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kеngayishi,
xalqaro   ishlab   chiqarish   koopеratsiyasi   va   mеhnat   taqsimotining   nisbatan
yuqori   darajaga   o’tishi,   xalqaro   iqtisodiy   tashkilotlar   faoliyatining   yanada
kuchayishi ro’y bеradi.
Umuman   olganda,   globallashuv   jarayonlari   jahon   xo’jaligining   yaxlit
iqtisodiy   tizim   sifatida   rivojlanishida   sifat   bosqichi   qisoblanib,   yangi
imkoniyatlarni ochib bеradi.
Biroq,   globallashuv   jarayonini   mutlaqlashtirish   va   unga   bir   tomonlama
qarash   to’qri   bo’lmaydi.   Chunki,   mazkur   jarayon   o’zining   ijobiy   jihatlari
bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jaqonning bir mamlakatida
ro’y   b е rayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy   larzalarning   muqarrar   ravishda   boshqa
mamlakatlarga ham o’z ta'sirini o’tkazishi shulardan biri qisoblanib, bugungi
kunda   ro’y   b е rayotgan   moliyaviy   inqiroz   ham   aynan   shu   ma'noda
globallashuv jarayonlarining oqibati qisoblanadi.
Shunga   ko’ra,   Pr е zid е ntimiz   oz   asarlarini   bugungi   kunning   eng   dolzarb
muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jaqon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri
va salbiy oqibatlari, yuzaga k е layotgan vaziyatdan chiqish y ў llarini izlashdan
iborat ekanligidan boshlab, jaqon moliyaviy inqirozining mazmun-moqiyati,
k е lib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar. “Bu   inqiroz  Am е rika  Qo’shma   Shtatlarida  ipot е kali  kr е ditlash  tizimida  ro’y
b е rgan   tanglik   qolatidan   boshlandi.   So’ngra   bu   jarayonning   miqyosi
k   е   ngayib    ,   yirik   banklar   va   moliyaviy   tuzilmalarning   likvidlik,   ya'ni   to’lov
qobiliyati   zaiflashib,   moliyaviy   inqirozga   aylanib   k е tdi.   Dunyoning   е takchi
fond  bozorlarida   eng   yirik  kompaniyalar   ind е kslari  va   aktsiyalarining  bozor
qiymati halokatli darajada tushib k е tishiga olib k е ldi. Bularning barchasi, o’z
navbatida,   ko’plab   mamlakatlarda   ishlab   chiqarish   va   iqtisodiy   o’sish
sur'atlarining   k е skin   pasayib   k е tishi   bilan   bog’liq   ishsizlik   va   boshqa   salbiy
oqibatlarni k е ltirib chiqardi”1.
Bundan   ko’rinadiki,   dastlab   AQSh   ipot е ka   bozorlarida   namoyon   bo’lgan
mazkur inqiroz  е tarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan, qarzlarni qaytarish
qobiliyati   shubhali   bp’lgan   qarzdorlarga   ipot е ka   kr е ditlari   b е rish
amaliyotining jadallashuvi natijasida ro’y b е rdi.
Modomiki, ipot е ka kr е diti o’zining moqiyati bo’yicha ko’chmas mulk garovi
hisobiga   b е riladigan   kr е ditlar   bo’lsada,   AQSh   bozorlari   bunday   likvidli
ko’chmas   mulklarga   е tarlicha   «to’yindi»   va   ularning   narxlari   k е skin   tusha
boshladi. Buning ustiga inv е stitsion banklarning AQSh ipot е ka bozorlaridagi
yangi   moliyaviy   «mahsulot»   hisoblangan   aktivlarni   s е kyuritizatsiyalash
bo’yicha   op е ratsiyalarining   avj   olishi   ipot е ka   bozorlaridagi   tanazzullik
holatlari eqtimolligini oshirdi.
AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kr е dit r е surslariga
to’yindi   va   bu   F е d е ral   zaxira   tizimi   (FZT)   amalga   oshirayotgan   pul-kr е dit
siyosatini   o’zgartirishiga   olib   k е ldi.   Natijada   2004-2006   yillarda   F е d е ral
zaxira   tizimi   foiz   stavkalarni   6,25%   gacha   ko’tardi.   Kr е ditlarning
qimmatlashuvi   aholini   ipot е kaga   nisbatan   talabining   pasayishiga   va
kr е ditlarni   qaytarish   bo’yicha   qarzdorlar   to’lovining   qisqarishiga   olib   k е ldi.
Boshqa   tomondan,   oziq-ovqat   maqsulotlari   va   en е rgiya   r е surslari
narxlarining   o’sishi   aqolining   kr е ditni   qaytarish   bo’yicha   moliyaviy imkoniyatlarining   ch е klanishiga   olib   k е ldi.   2000-2007   yillar   mobaynida
jahon   bozoridagi   oziq-ovqat   maqsulotlarining   narxi   o’rtacha   ikki   barobarga
oshdi, b е nzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. N е ft narxi r е kord darajada, ya'ni
bir barr е li 147 dollardan ortdi.
Pirovard   natijada   2007   yil   boshida   AQShda   aholining   ipot е ka   kr е ditlarini
qaytarishi   bilan   bog’liq   muammo   kuchaydi.   Qarzdorlarning   ko’chmas   mulk
garovi   bilan   olingan   kr е ditlarni   qaytarishdan   ko’ra   to’lovlarni   to’lashdan
bosh tortish holati k е ngaydi. Banklarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan
mijozlarning   ko’chmas   mulklarini   qayta   sotuvga   qo’yishi   natijasida   ipot е ka
bozoridagi   taklif   ko’payib,   bozordagi   narxlarning   k е skin   pasayishiga   olib
k е ldi.
Britaniyaning   nufuzli   gaz е talaridan   biri   bo’lgan   «Gardian»   jahon   moliyaviy
inqirozining   asosiy   aybdorlari   ro’yxatini   e'lon   qildi.   Mazkur   ro’yxatning
oldingi   o’rinlarida   AQShning   taniqli   siyosatchilari   o’rin   olgan   bo’lib,   unda
inqiroz   faqatgina   iqtisodiyot   rivojlanishining   navbatdagi   harakatlantiruvchi
kuchi ekanligi ta'kidlab o’tilgan.
Aksariyat   moliyachi-iqtisodchilar   vujudga   k е lgan   moliyaviy   inqirozning
haqiqiy   sabablaridan   biri   sifatida   rivojlangan   mamlakatlarda   iqtisodiyotni
haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «m е vasi» ekanligini, ya'ni
«o’z-o’zini   boshqaruvchi   bozor»   g’oyasini   ilgari   surish   orqali   davlatning
milliy   iqtisodiyotga   va   xususan   moliyaviy   bozorlarga   aralashuvini
ch е klanganligi bilan ham izoqlamoqdalar.
Shu   o’rinda,   jahon   moliyaviy   inqirozining   yuzaga   k е lishida   asosiy   sabab   –
moliyaviy   r е surslar   bilan   r е al   ishlab   chiqarish   hajmi   o’rtasidagi
mutanosiblikning   k е skin   buzilishi   hisoblanishini   ta'kidlash   lozim.   Pul
muomalasi   qonunlaridan   ma'lumki,   iqtisodiyot   sog’lom   va   barqaror   amal
qilishi   uchun   muomalaga   chiqarilayotgan   pul   massasi   bilan   tovar   va
xizmatlar   ishlab   chiqarish   r е al   hajmi   o’rtasida   muayyan   nisbatga   amal qilinishi   lozim.   Biroq,   milliy   iqtisodiyotlarning   baynalminallashuvi   va
globallashuv   jarayonlari   pul   muomalasining   amal   qilishiga   ham   o’z   ta'sirini
o’tkazib,   dastlab   ayrim   mamlakatlar ,   masalan   AQShda,   k е yinchalik   ko’plab
mamlakatlarda mazkur qonunga   rioya qilishning zaiflashuviga , k е yin esa uni
umuman e'tiborga olmaslikka qadar olib k е ldi. Jumladan, o’tgan asrning 70-
yillariga qadar amal qilib k е lgan jahon valyuta tizimlari pullarning oltin yoki
tovar mazmunini ta'minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga
zamin   yaratdi.   Biroq,   jaqon   amaliyotida   1976   yildan   boshqariladigan,   suzib
yuruvchi   valyuta   tizimiga   o’tgach,   pulning   oltin   mazmuni   yo’qolib,   asosan
AQSh   dollari   е takchi   valyutaga   aylangach,   uning   muomalaga   chiqarilishini
nazorat   qilib   bo’lmay   qoldi.   K е yingi   yillarda   globallashuv   jarayonining
jadallashuvi   ta'sirida   xalqaro   iqtisodiy   aloqalarda   qat'iy   valyutaga   bo’lgan
talabning   yanada   kuchayishi   AQSh   tomonidan   h е ch   qanday   tovar   bilan
ta'minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada t е zlatib
yubordi. 
Dunyoning ayrim mamlakatlari tashqi savdo saldosidagi o’zgarishlar (mlrd.AQSh doll.)
Mamlakatlar 1996 yil 2007 yil
Rivojlangan mamlakatlar, jami 46,2 -798,8
АQSh -120,2 -854,7
Yaponiya 65,4 81,0
Еvropa Ittifoqi 88,5 -228,0
Boshqalar 12,5 202,2
Rivojlanayotgan mamlakatlar, jami -87,5 509,7
Xitoy 7,2 562,0 Yaqin Sharq va Afrika 5,9 311,0
Ma'lumotlarga   ko’ra,   muomaladagi   pul   massasi   (naqd,   krеdit   pullar   va   turli
to’lov   vositalari)ning   tovar   va   xizmatlar   ishlab   chiqarish   rеal   hajmidan
dеyarli   10   baravar,   agar   pulning   aylanish   tеzligini   ham   hisobga   olinsa,
muomala uchun  zo’rur bўlgan pul miqdoridan,  ya'ni  pulga bo’lgan  talabdan
bir nеcha o’n baravar ko’payib kеtganligini anglatadi.
Shu   bilan   bir   qatorda,   asosan   еtakchi   rivojlangan   mamlakatlarda   kuzatilgan
quyidagi salbiy qolatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kеlishiga asosiy
sabablaridan hisoblanadi:
-   noratsional   pul-krеdit   siyosatini,   hamda   qayta   moliyalash   stavkasini
surunkali   ravishda   past   darajada   ushlab   turilishi   natijasida   qarzga
yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
-   moliyaviy   institutlarning   majburiyatlari   bilan   ustav   mablaqlari   o’rtasidagi
mutanosiblikning k е skin buzilishi;
- qimmatli qoqozlar bo’yicha r е yting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar
b е rilishi;
-   moliyaviy   audit   va   prof е ssional   etika   tamoyillarini   buzilishi   va   soxta
audit   xulosalari taqdim etilishi ;
- moliyaviy raxbatlantirish uslubi sifat ko’rsatkichlariga emas, balki miqdoriy
ko’rsatkichlarga asoslanganligi;
- yuqori riskli va murakkab qosilaviy qimmatbaqo qoqozlarni vujudga k е lishi
va qokazo.
Pr е zid е ntimiz o’z asarlarida dunyoning qozirgi vaqtda bir qator  е takchi tahlil
va   eksp е rtlik   markazlari   global   moliyaviy   inqiroz   holatini   va   uning   yuz
b е rishi   mumkin   bo’lgan   oqibatlariga   doir   mat е riallarni   o’rganish   va
umumlashtirish   natijasida   quyidagi   xulosalarga   k е layotganligini   ta'kidlab
o’tdilar.   Ya'ni,   “Birinchidan,   moliya-bank   tizimidagi   inqiroz   jarayonlari
d е yarli   butun   dunyoni   qamrab   olayotgani,   r е ts е ssiya   va   iqtisodiy pasayishning   muqarrarligi,   inv е stitsiyaviy   faollik   ko’lamining   ch е klanishi,
talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningd е k, jahonning ko’plab
mamlakatlariga   ta'sir   ko’rsatadigan   jiddiy   ijtimoiy   talofotlar   sodir   bo’lishi
mumkinligi o’z tasdiqini topmoqda”
Prezident   I.A.Karimovning   "Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi,
O‘zbekiston   sharoitida   uni   bartaraf   etishning   yo‘llari   va   choralari"   deb
nomlangan   asarida   2008   yilda   boshlangan   jahon   moliyaviy   inqirozi,   uning
ta’siri   va   salbiy   oqibatlari,   yuzaga   kelayotgan   vaziyatdan   chiqish   yo‘llarini
izlash bugungi kunning dolzarb muammosi ekanligi ta’kidlangan. O‘qituvchi
2008 yilning boshlarida boshlangan inqiroz jarayonining miqyosi asta-sekin
kengayib,   yirik   banklar   va   moliyaviy   tuzilmalarning   likvidlik,   ya’ni   to‘lov
qobiliyati   zaiflashib,   moliyaviy   inqirozga   aylanib   ketganligiga   o‘quvchilar
e’tiborini qaratib, ko‘plab  mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish
sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy
oqibatlarni keltirib chiqarganligini aytadi.
Hozirgi   vaqtda   bir   qator   yetakchi   tahlil   va   ekspertlik   markazlari   global
moliyaviy inqiroz holati   va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga
doir   materiallarni   o‘rganish   va   umumlashtirish   natijasida   quyidagi
xulosalarga   kelganligi   ham   kitobda   ko‘rsatilganligini   o‘qituvchi
o‘quvchilarga  aytib,  ko‘rgazmali  vositalardan   foydalanib,  darsni  olib   boradi
(1-jadval).
-   Moliya-bank   tizimidagi   inqiroz   jarayonlari   deyarli   butun   dunyoni
qamrab   olayotgani,   retsessiya   va   iqtisodiy   pasayishning   muqarrarligi,
investitsiyaviy   faollik   ko‘lamining   cheklanishi,   talab   va   xalqaro   savdo
hajmining kamayishi;
-   Avj   olib   borayotgan   global   moliyaviy   inqiroz   jahon   moliya-bank
tizimida   jiddiy nuqsonlar mavjudligini va ushbu tizimni tubdan isloh qilish
zarurligini ko‘rsatdi;  Moliyaviy-iqgisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi  miqyosi, ko‘lami va
oqibatlari   ana   shu   davlatning   moliya-valyuta   tizimi   nechog‘liq     mustahkam
ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi
(to‘lov imkoni)ga bog‘liq.
Jahon   moliyaviy   inqirozining   har   bir   mamlakatga   ta’siri,   undan
ko‘riladigan zararning  ko‘lami   shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank
tizimlarining   nechog‘liq   barqaror   va   ishonchli   ekaniga,   ularning   himoya
mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq.
Kitobda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot
va   modernizatsiya   modeli   orqali   biz   o‘z   oldimizga   uzoq   va   davomli   milliy
manfaatlarimizni   amalga   oshirish   vazifasini   qo‘yar   ekanmiz,   bozor
iqtisodiyoti o‘zini- o‘zi tartibga soladi, degan tasavvurlardan voz kechdik.
Shu   bilan   birga   Prezidentimiz   tomonidan   o‘rtaga   tashlangan   “Yangi   uy
qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda
islohotlarni   izchil   va   bosqichma-bosqich   amalga   oshirish   yo‘li
tanlanganligiga o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jalb qilish lozim.
Binobarin, o‘tish davrida   aynan   davlat   bosh   islohotchi   sifatida
mas’uliyatni   o‘z   zimmasiga   olishi   zarurligini   biz   o‘zimizga   aniq   belgilab
oldik.
O‘qituvchi   o‘quvchilarga   O‘zbekistonda   moliyaviy-iqtisodiy,   budjet,
bank-kredit   tizimi,   shuningdek,   iqtisodiyotning   real   sektori   korxonalari   va
tarmoqlarini barqaror  ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar
yaratilgan   va   zarur   resurslar   bazasi   mavjudligi   kitobda   ko‘rsatilganligiga
e’tibor qilishni so‘raydi.
Kitobda   respublikamizdagi   banklarning   faoliyati   chuqur   va   keng   tahlil
qilingan.   Mamlakatimizda   esa   birgina   tijorat   banklarining   aktivlari   miqdori
«Fuqarolarning   banklardagi   omonatlarini   himoyalash   kafolatlari
to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda 13   trillion   360   milliard   so‘mdan   oshadi.   Bu   aholi   va   xo‘jalik   yurituvchi
subyektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p
demakdir (2-jadval).       
Prezident   2006   yilda   tashkil   etilgan   «Mikrokreditbank»ning   faoliyatiga
alohida   to‘xtaldi.   78   ta   filiali   va   270   dan   ziyod   minibanki   bo‘lgan   bu   bank
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga
xizmat qilmoqda.   2007-2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori
3,5   barobar,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   kreditlash   hajmi   4
barobarga   oshdi   va   bu   maqsadlarga   150   milliard   so‘mdan   ortiq   mablag‘
yo‘naltirildi. 
Davlatlarning qarzlari haqida gapira turib Prezident ko‘plab davlatlarning
tashqi qarz masalasidagi siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga
qaram   va   nochor   ahvolga   solib   qo‘yganligini   ta’kidladi.   O‘zbekiston   esa
o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan
voz   kechib,   chet   el   investitsiyalarini   uzoq       muddatli   va   imtiyozli   foiz
stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga  amal qilib kelmoqda.
Shu   bilan   birga,   O‘zbekiston   o‘zining     to‘lov   qobiliyatiga   ega   hamkor
ekanini,   mamlakatimizda   chet   el   sarmoyasini   jalb   etish   bo‘yicha   har
tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
2007-2008   yillar   davomida   o‘zlashtirilgan   chet   el   investitsiyalari   hajmi
2,5   barobardan   ko‘proq   oshganining   o‘zi   ham   buni   tasdiqlab   turibdi.
Umuman,   2009   yidda   mamlakat   iqtisodiyotiga   kiritiladigan   xorijiy   va   ichki
investitsiyalarni   hisobga   olganda   kapital   qo‘yilmalarning   umumiy   hajmi
mamlakatimiz yalpi ichki  mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi. 
Aholining ish haqi va daromadlarini izchil  oshirib borish hamda iste’mol
bozorida narxlar indeksi   o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham
amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimiz farovonligini yuksaltirish, aholining xarid   qobiliyatini   oshirishni   ko‘zda   tutadigan   ustuvor   maqsadlarimizga   mos
keladi. 
O‘qituvchi   darslarda   o‘quvchilar   e’tiborini   Prezidentimizning   yuqoridagi
misol   va   raqamlardan   tobora   chuqurlashib   borayotgan   jahon   moliyaviy
inqirozi   mamlakatimizga   ta’sir   ko‘rsatmaydi,   bizni   chetlab   o‘tadi,   degan
xulosa   chiqarmaslik   kerak,   deb   aytgan   fikriga   qaratadi.   O‘zbekiston   bugun
xalqaro   hamjamiyatning   va   global   moliyaviy-iqtisodiy   bozorning   ajralmas
tarkibiy   qismi   hisoblanadi.                 Buning   tasdig‘i   tashqi   dunyo   bilan
aloqalarimiz   tobora   kengayib   borayotganida,   taraqqiy   topgan   yetakchi
davlatlar   ko‘magida   iqtisodiyot   tarmoqlarini   rivojlantirish,   modernizatsiya
qilish,   texnik   va   texnologik   qayta   jihozlash   bo‘yicha   dasturlarning   amalga
oshirilayotganida,   O‘zbekistonning   xalqaro   savdo   tizimiga   integ-
ratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida
ko‘rinadi.
Shu   bois   global   moliyaviy   inqiroz   va   birinchi   navbatda   uning   oqibatlari
iqtisodiyotimizning   rivojlanishi   va   samaradorlik   holatlariga   ta’sir
etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Zero, inqirozning O‘zbekistonga ta’siri
natijasida   hamda   jahon   bozorida   talabning   pasayib   borishi   oqibatida
respublika eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft
mahsulotlari,   mineral   o‘g‘itlar   va   boshqa   mahsulotlarning   narxi   tushib
bormoqda.   Bu   esa,     xo‘jalik   yurituvchi   subyektlar   va   investorlarning
eksportdan   oladigan   tushumlari   kamayishiga   olib   keladi.   Ularning   foyda
ko‘rishiga   va   ishlab   chiqarish   rentabelligiga,   makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlariga  salbiy ta’sir etadi.
Prezidentning   fikriga   ko‘ra,   jahon   moliyaviy   inqirozining   ta’sirini
kamaytirish   va   uning   oqibatlarini   bartaraf   etish   uchun   bizda   barcha   zarur
shart-sharoitlar   mavjud.   Mamlakatimizning   iqgisodiy   va   moliyaviy
salohiyatining   puxta   poydevorini,   moliya-bank   tizimining   ishonchli boshqaruv   mexanizmlarini   o‘z   vaqtida   shakllantirib   va   mustahkamlab
olganimiz   bunga   kafolat   bo‘lib   xizmat       qiladi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,
mamlakatimizda   global   inqirozning   oqibatlarini,   bugungi   va   ertangi
kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda  har tomonlama o‘ylangan loyihalar
bugun amalga oshirilmoqda.
Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozining   O‘zbekistonga   ta’siri   va   bu   ta’sir
oqibatlarini   bartaraf   etish   yuzasidan   davlatimiz   rahbariyatining   olib
borayotgan   chora-tadbirlarini   malaka   oshirish   kurslari   tinglovchilari   va
umumta’lim   maktablarining   o‘quvchilari   yaxshi   tushunib   olishlari   kerak.
O‘qituvchilar   esa   kitobdagi   asosiy   masalalarni   o‘quvchilar   qalbi   va   ongiga
yetkazishda   o‘qitishning   turli   usullaridan   foydalanishlari   lozim   bo‘ladi.   Har
bir   sinf   o‘quvchilari   yoshi   va   bilim   darajasiga   qarab   guruhlarga   ajratilishi
mumkin.   Dars   -   o‘quv   ishlarining   asosiy   tashkiliy   shakli   bo‘lib,   dars
o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   faoliyat   birligiga   asoslanadi,   bevosita
o‘qituvchi rahbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi.
  Dars   mashg‘uloti   o‘tilayotgan   va   o‘zlashtirilayotgan   mavzuning
mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy
ta’lim   tizimining   bir   qismi   sifatida,   albatta,   tugallangan   bilim   beradi   va
navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Kitobni   o‘rganishda   darslarni   tashkil   etishga   nisbatan   quyidagi   didaktik
talablarni   qo‘yish   mumkin.   Jumladan,   kitobni   o‘rganishdan   ko‘zlangan
asosiy     maqsad   va   vazifalar   aniq   belgilanishi   hamda   pedagogik     jihatdan
to‘g‘ri   tashkil   etilishi   lozim.     Darsning   ta’limiy,   tarbiyaviy   va   shaxsni
rivojlantiruvchi     vazifalarining   birligi   va   uzviyligi   aniqlanadi.     O‘qituvchi
kitobni   o‘rganishda   o‘qitishning   yaxlit   dars   va   uning   ma’lum   qismlari,
vazifalari   hamda   mazmuniga   muvofiq   keladigan,   o‘quvchilarning   bilish
faolliklari   va   mustaqil   faoliyatlarini   ta’minlashga   xizmat   qiluvchi   maqbul
metodlarini   tanlaydi.     Mashg‘ulotlarning   turli   shakllari:   jamoa,   guruhli   va yakka   tartibdagi   shakllarini   maqbul   ravishda   qo‘shib   olib   borish,
o‘qituvchining   rahbarlik   roli   bilan   o‘quvchilarning   faol   bilish   faoliyatini
birga   olib   borish   juda   muhim   hisoblanadi.     Darslarning   o‘zaro   uzviy   va
dialektik xususiyatga ega bo‘lishiga erishish hamda o‘quvchilarning yosh va
psixologik   xususiyatlarini   inobatga   olish   zarur.   Darsda   o‘quvchilar
tomonidan   kitobdagi   asosiy   g‘oyalarni   to‘liq   o‘qitish   va   tarbiyalash   uchun
qulay   shart-sharoitlarni   yaratish   hamda   darslarni   demokratik   tamoyillar
asosida tashkil etish, darsda o‘quvchi erkinligini ta’minlash mavzuni chuqur
o‘rganishga  olib keladi.
Kitobni dars jarayonida o‘rganishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan
og‘zaki   bayon   qilish   metodi   maktab   ta’lim   tizimida   eng   ko‘p
foydalaniladigan  metodlardan  biri  bo‘lib,  mazkur  metodga  kitobdagi  barcha
mavzularni o‘rganishda murojaat qilish mumkin. Xulosa
Ushbu   metod   bayon   qilinayotgan   ma’lumotlarning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiyalanadi va ana shu
xususiyatiga ko‘ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi hamda hikoya
qilish,   o‘quv   materialini   tushuntirish,   maktab   ma’ruzasi,   suhbat,   darslik   va
kitob bilan ishlash kabi shakllarda olib boriladi   
Kitobni   o‘rganish   davomida   o‘qituvchi   qo‘llaydigan   suhbat   metodi
aksariyat   holatlarda   savol-javob   metodi   deb   ham   yuritiladi.   Chunki,   ushbu
metod asosida ta’lim jarayonini tashkil etish asosan savol-javob tarzida olib
boriladi.   Suhbat   metodi   o‘quvchilarda   muayyan   faollikni   yuzaga   keltiradi,
shuningdek, berilgan savolga javob topish jarayonida o‘quvchi fikr yuritadi,
shaxsiy fikrlarini bayon etadi, uni dalillashga urinadi. Bu esa ularda fikrlash
ko‘nikmalarini   takomillashtiradi.   Mavzudagi   asosiy   jihatlarning   o‘quvchilar
tomonidan   egallab   olinishida     savol-javob   metodini   qo‘llash   maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Shu bilan birga kitobdagi o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan
kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlarni ham qo‘llash mumkin. O‘quvchilar
tomonidan kitobdagi asosiy materiallarning qay darajada o‘zlashtirilganligini
aniqlash maqsadida ham suhbat tashkil etish mumkin.
Prezident   asarini   o‘rganish   jarayonida   o‘qituvchi   suhbat   metodidan
foydalanganda quyidagi shartlarga amal qilishi  kerak bo‘ladi:
-   o‘qituvchining   kitob   yuzasidan   suhbat   uchun   tayyorlab   kelgan
savollari   sinf   o‘quvchilarining   barchasiga   taalluqli   bo‘lib,   savol   o‘rtaga
umumiy tarzda tashlanadi;
-   berilgan   savolga   javob   to‘g‘ri   yoki   to‘la   bo‘lmasa,   shu   savol
navbatdagi 2- yoki 3- o‘quvchidan so‘ralishi mumkin; -   sinfning   barcha   o‘quvchilari   javob   berayotgan   o‘quvchini   qunt   bilan
tinglashlari,   uning   javobini   to‘ldirishlari,   tuzatishlari,   oydinlashtirishga
yordam berishlari lozim;
-   agar   asar   yuzasidan   berilgan   savolga   javob   bermoqchi   bo‘lgan
o‘quvchilar   soni   ko‘payib   ketsa,   u   holda   o‘qituvchi   va   sinf   o‘quvchilari
javobdan   qanoat   hosil   qilganlaridan   so‘ng   navbatdagi   savol   o‘rtaga
tashlanadi; 
-   o‘quvchilarning   javoblari     to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   bo‘lishidan   qat’iy
nazar, o‘qituvchi tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.  
Shunday   qilib,   mavzuni   o‘rganishda   turli   usullardan   foydalanish
kitobning mazmun-mohiyati o‘quvchilar tomonidan tez o‘zlashtirib olinishiga
yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 4 b.
2.   Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 5 b.
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 5 b.
4.   Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 8 b.
Aim.uz

Mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning O‘zbekistonga ta’siri mavzusini o‘rganishning uslublari . Reja 1. Jahon moliyaviy inqirozining mohiyati , kеlib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari . 2. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ning O‘zbekistonga ta’siri . 3. Birinchi p rezident imiz I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari . Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.

Jahon moliyaviy inqirozining mohiyati , kеlib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonlarining kеngayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib kеladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kеngayishi, xalqaro ishlab chiqarish koopеratsiyasi va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y bеradi. Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi qisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib bеradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’qri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jaqonning bir mamlakatida ro’y b е rayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta'sirini o’tkazishi shulardan biri qisoblanib, bugungi kunda ro’y b е rayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma'noda globallashuv jarayonlarining oqibati qisoblanadi. Shunga ko’ra, Pr е zid е ntimiz oz asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jaqon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga k е layotgan vaziyatdan chiqish y ў llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jaqon moliyaviy inqirozining mazmun-moqiyati, k е lib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar.

“Bu inqiroz Am е rika Qo’shma Shtatlarida ipot е kali kr е ditlash tizimida ro’y b е rgan tanglik qolatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi k е ngayib , yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib k е tdi. Dunyoning е takchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar ind е kslari va aktsiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib k е tishiga olib k е ldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur'atlarining k е skin pasayib k е tishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni k е ltirib chiqardi”1. Bundan ko’rinadiki, dastlab AQSh ipot е ka bozorlarida namoyon bo’lgan mazkur inqiroz е tarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bp’lgan qarzdorlarga ipot е ka kr е ditlari b е rish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro’y b е rdi. Modomiki, ipot е ka kr е diti o’zining moqiyati bo’yicha ko’chmas mulk garovi hisobiga b е riladigan kr е ditlar bo’lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko’chmas mulklarga е tarlicha «to’yindi» va ularning narxlari k е skin tusha boshladi. Buning ustiga inv е stitsion banklarning AQSh ipot е ka bozorlaridagi yangi moliyaviy «mahsulot» hisoblangan aktivlarni s е kyuritizatsiyalash bo’yicha op е ratsiyalarining avj olishi ipot е ka bozorlaridagi tanazzullik holatlari eqtimolligini oshirdi. AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kr е dit r е surslariga to’yindi va bu F е d е ral zaxira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kr е dit siyosatini o’zgartirishiga olib k е ldi. Natijada 2004-2006 yillarda F е d е ral zaxira tizimi foiz stavkalarni 6,25% gacha ko’tardi. Kr е ditlarning qimmatlashuvi aholini ipot е kaga nisbatan talabining pasayishiga va kr е ditlarni qaytarish bo’yicha qarzdorlar to’lovining qisqarishiga olib k е ldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat maqsulotlari va en е rgiya r е surslari narxlarining o’sishi aqolining kr е ditni qaytarish bo’yicha moliyaviy

imkoniyatlarining ch е klanishiga olib k е ldi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat maqsulotlarining narxi o’rtacha ikki barobarga oshdi, b е nzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. N е ft narxi r е kord darajada, ya'ni bir barr е li 147 dollardan ortdi. Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipot е ka kr е ditlarini qaytarishi bilan bog’liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko’chmas mulk garovi bilan olingan kr е ditlarni qaytarishdan ko’ra to’lovlarni to’lashdan bosh tortish holati k е ngaydi. Banklarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan mijozlarning ko’chmas mulklarini qayta sotuvga qo’yishi natijasida ipot е ka bozoridagi taklif ko’payib, bozordagi narxlarning k е skin pasayishiga olib k е ldi. Britaniyaning nufuzli gaz е talaridan biri bo’lgan «Gardian» jahon moliyaviy inqirozining asosiy aybdorlari ro’yxatini e'lon qildi. Mazkur ro’yxatning oldingi o’rinlarida AQShning taniqli siyosatchilari o’rin olgan bo’lib, unda inqiroz faqatgina iqtisodiyot rivojlanishining navbatdagi harakatlantiruvchi kuchi ekanligi ta'kidlab o’tilgan. Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga k е lgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «m е vasi» ekanligini, ya'ni «o’z-o’zini boshqaruvchi bozor» g’oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini ch е klanganligi bilan ham izoqlamoqdalar. Shu o’rinda, jahon moliyaviy inqirozining yuzaga k е lishida asosiy sabab – moliyaviy r е surslar bilan r е al ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosiblikning k е skin buzilishi hisoblanishini ta'kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma'lumki, iqtisodiyot sog’lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish r е al hajmi o’rtasida muayyan nisbatga amal

qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o’z ta'sirini o’tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar , masalan AQShda, k е yinchalik ko’plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga , k е yin esa uni umuman e'tiborga olmaslikka qadar olib k е ldi. Jumladan, o’tgan asrning 70- yillariga qadar amal qilib k е lgan jahon valyuta tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta'minlash orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jaqon amaliyotida 1976 yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga o’tgach, pulning oltin mazmuni yo’qolib, asosan AQSh dollari е takchi valyutaga aylangach, uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo’lmay qoldi. K е yingi yillarda globallashuv jarayonining jadallashuvi ta'sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda qat'iy valyutaga bo’lgan talabning yanada kuchayishi AQSh tomonidan h е ch qanday tovar bilan ta'minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada t е zlatib yubordi. Dunyoning ayrim mamlakatlari tashqi savdo saldosidagi o’zgarishlar (mlrd.AQSh doll.) Mamlakatlar 1996 yil 2007 yil Rivojlangan mamlakatlar, jami 46,2 -798,8 АQSh -120,2 -854,7 Yaponiya 65,4 81,0 Еvropa Ittifoqi 88,5 -228,0 Boshqalar 12,5 202,2 Rivojlanayotgan mamlakatlar, jami -87,5 509,7 Xitoy 7,2 562,0