JAHON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA KURSINING METODIKASI.
JAHON IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA KURSINING METODIKASI. REJA: 1. Kursning vazifalari, mazmuni va tuzilishi 2. Kurs materiallarini o`rganish metodlari 1
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining aslsiy vazifasi o`quvchilarga horijiy mamlakatlarning iqtisodiy geografiyasidan zarur bilimlar berishdan iboratdir bunda o`quvchilar mamlakatlarning iqtisodiy geografik hususiyatlarini tavsiflovchi aniq materiallarni o`zlashtirishlari va uning sabablarini tushunib etishlari nazarda tutiladi. Ular mazkur kurs materiallarini o`rganish jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda xo`jalikning rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini o`zlashtirishlari lozim. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi dasturi o`quvchilarda kurs materiallarini o`rganish bilan mamlakatlarning tiplari haqida etarli tushuncha tarkib topishini hozirgi jahon xo`jaligida muhim rol o`ynayotgan davlatlar bilan tanishib chiqishlarini e`tiborga olgan holda tuzilgan. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi asosan ikki bo`limdan iborat: 1. Jahonniumumiyiqtisodiygeografikobzori. 2. Jahonning regional iqtisodiy obzori. SHundan «Umumiy» qismiga 25 soat va «Regional» qismiga 43 soat ajratilgan. Umumiy qismning asosiy ilmiy uslubiy vazifasini jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiga oid eng muhim tushunchalarning mantiqiy tizimini tashkil etish hosil qiladi. Fanning nazariy masalalariga alqador bo`lgan birinchi guruh tushunchalari «Umumiy» qismda ham, «Regional» qismda ham tahlil etilgan. Boshqa guruhda jamlangan masalalar jahon xo`jaligi aholisi va siyosiy xaritasida uzoq davr davomida bo`lib o`tgan o`zgarishlar va siljishlarni fan texnika inqilobi va taraqqiyoti, jamiyatda yuz bergan siyosiy voqea va hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi yoritilgan. Darslikning deyarli 2/3 hajmini egallagan regional-mamlakatshunoslik qismida jahon iqtisodiy- ijtimoiy geografiyasiga oid tushunchalar, qonuniyatlar, tamoillar va xususiyatlarni ayrim region yoki yirik tayanch mamlakatlar misolida ko`rib chiqish va shu asosida ma`lum tasavvurga ega bo`lish, umumiy qismda olgan bilim va malakalarni mustahkamlash maqsadi ifodalangan. Ayrim mamlakatlarning iqtisodiy geografik tavsifi mazkur fanda qabul qilingan va sinalgan uslubiy yondoshuvdan foydalangan holda bajarildi. 2
Bunda, tabiiy sharoit aholi va boshqa tabiiy demografik komponentlar iqtisodiy salohiyatda tutgan o`rni va ahamiyati nuqtai nazaridan baholandi. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida o`rganiladigan asosiy ob`ekt- aholi va xo`jalik-iqtisodiy xodisalardir. Kursda o`rganiladigan iqtisodiy hodisalar siyosat bilan birga o`rganiladi shuning uchun jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini ayni vaqtda siyosiy geografiya kursi deyish ham mumkin. Iqtisodiy faktlarni siyosiy nuqtai nazaridan xarakterlash joizdir. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida iqtisodiy masalalarni siyosat bilan bog`lab o`rganish, o`quvchilarni siyosiy tayyorgarligida muhim rol` o`ynaydi. Iqtisodiy geografik ta`lim kundalik iqtisodiy va siyosiy materiallardan foydalanib borishni ham taqozo etadi. Iqtisodiy geografiya ta`limida kundalik ta`limidan foydalanib o`quvchilarni g`qoyaviy tarbiyalash vositasi bo`lib hizmat qiladi, ularning saviyasini yanada oshiradi va bilim doirasini kengayishida katta ahamiyatga ega. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursida iqtisodiy kartalardan yanada ko`proq, xususan, iqtisodiy kartalarning yangi turlaridan ko`proq foydalaniladi. Maskur darslikni yaratishda Rossiya Federatsiyasida nashr etilgan «CHet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi» (muallifi V.R.Maksakovskiy) darsligidan hamda Frantsiya, AQSH, Buyuk Britaniyada chop etilgan ma`lumotnomalar, statistik to`plamlar va boshqa o`quv hamdailmiy uslubiy materiallardan foydalanilgan holda o`qitilinib kelinmoqda. Kurs materiallarini o`ganish metodlari. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarni o`rganishda mamlakatlarga iqtisodiy geografik tavsif berish sxemasi ularni ixtisoslanishiga qarab bir oz o`zgarishi ham mumkin. CHunonchi, rivojlangan mamlakatlarda «sanoat»ning salmog`i «qishloq xo`jaligi»ga nisbatan ustun bo`lganligi uchun avval «sanoati» agrar mamlakatlarda esa qishloq xo`jaligi»ning salmog`i «sanoat»dan yuqori bo`lganligi uchun dastlab «qishloq xo`jaligi» o`rganiladi. Rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o`rganilayotgan vaqtda, dastlab har bir guruh mamlakatlariga umumiy ta`rif beriladi. Ta`rif, mazkur guruhga tegishli barcha mamlakatlarga xos (xarakterli) bo`lgan aholi faoliyati va 3
iqtisodiy geografiyasi, ular uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan siyosiy va iqtisodiy masallalar shuningdek mamlakatlar doirasidagi asosiy tafovutlarni o`z ichiga oladi. Rivojlangan mamlakatlarning umumiy tavsifida aholisi (tabiiy o`sish sur`atining pasligi va urbanizatsiya darajasining yuqoriligi) va xo`jaligi (sanoatning qishloq xo`jaligiga nisbatan ustunligi, transport va tashqi iqtiodiy aloqalrning yuqori darajada rivojlanganligi)ning rivojlanish hususiyatlari ko`rsatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy obzorida «rivojlanayotgan mamlakatilar» tushunchasiga izoh beriladi. Ularning aholisi va xo`jaligining asosiy xususiyatlari (aholining tez suratlar bilan o`sishi, aholisining asosan qishloq xo`jaligi bilan bindligi, iqtisodiy rivojlanishining sustligi, chet el kapitaldiga bog`liqligi, xo`jaligining bir tomonlama rivojlanganligi) yoritiladi. Iqtisodiy mustaqillik uchun kurash nimadan iborat ekanligi ochib beriladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar tarixiy geografik xususiyatlariga ko`ra 3 guruhga bo`lnadi: Birinchi guruhga- Osiyo mamlakatlari. Ikkinchi guruhga- Afrika mamlakatlari. Uchinchi guruhga – Lotin Amerikasi mamlakatlari kiradi. Har bir guruhdagi mamlakatlarning umumiy tarifi kirish darslari tarzida maruza usulida o`rganiladi. Mamlakatlarni o`rganishda o`quvchilar faoliyatini aktivlashtirish imkoniyatlari vujudga keladi. Har bir mamlakat iqtisodiy geografiyasi o`rganilayotganda o`quvchilarni «Jahonning umumiy iqtisodiy tavsifi»dan olgan bilimlariga tayanladi. O`quvchilar faoliyatini aktivlashtirishda tarix, materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kurslari materiallaridan foydalanishning ahamiyati katta. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o`rganishda vaqtli matbuot materiallari va adabiyotlardan foydalanish joyizdir. Binobarin o`quvchilar gazeta va jurnallarni muntazam o`qib borishga, kurs materiallarini hozirgi voqealar bilan bog`lab borishga o`rganadilar. 4
O`quvchilar bilimini baholashda ularning kundalik voqealarni muntazam kuzatib borishlarini etiborga olib, rag`batlantirilishi lozim. Kurs materiallarini o`rganish jarayonida o`quvchilar aktivligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan muammoli ta`limga ham etibor berish lozim, shu maqsadda «YAponiya» mavzusini o`rganayotganda o`quvchilarga «Nima uchun urishdan keyingi yillarda YAponiya iqtisodiy jihatidan tez rivojlana boshladi?» degan muammoli savol berishi mumkin. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarni o`rganishda ko`pchilik masalalarni hal etish uchun bilim manbai bo`lib hizmat qiladigan turli mazmundagi kartalar suhbat va mustaqil ishlarni tashkil etishda katta imkoniyatlar vujudga keltiradi. CHet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi atlasi va IX sinf geografiya darsligiga ilova qilingan hamda teks bilan berilgan kartalar tilga olingan iqtisodiy kartalardir. Xususan mamlakatlarning iqtisodiy geografik o`rni, aholisi, sanoati, qishloqho`jaligi va transportining joylanishini kartalar bilan bog`lab, suhbat asosida o`rganish yaxshi natija beradi. SHuningdek statistik materiallar bilan ishlashda suhbat metodi juda qo`l keladi. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi materiallarini o`rganishda iqtisodiy kartalr bilan birga boshqa ko`rsatmali vositalarda, jumladan, transport, diofil`m va kinofil`mlardan foydalanishga to`g`ri keladi shug‘ullanadi. 5