3D MAX dasturi yordamida obyekt yaratish va ishlov berish.
MAVZU: 3D MAX dasturi yordamida obyekt yaratish va ishlov berish. REJA: 1. 3D MAX dasturi haqida qisqacha tushuncha 2. Vizualizatsiya modullari haqida. 3. Surat qayta ishlashdagi filtrlar turlari haqida qisqacha tushuncha. 4. Dastur Ichida bajarilgan ishlar va amallar . 5. Xulosa
Autodisk 3ds Max (avval 3D Studio MAX ) — Autodesk kompaniyasi tomonidan yaratilib bo lingan, animatsiya va uch o lchamli grafika yaratuvchi va ʻ ʻ tahrir qiluvchi to liq funksiyali professional dastur. O z ichiga multimediya ʻ ʻ sohasidagi mutaxassislar va rassomlar uchun eng zamonaviy vositalarni oladi. Windows operatsion tizimlari oilasi tarkibida ishlaydi (ham 32 bitda, ham 64 - bitda). 2014-yil martda dasturning Autodesk 3ds Max 2015 deb nomlangan 17.0 versiyasi ishlab chiqarildi. Autodesk 3ds Max ikki litsenziyali versiyalarda mavjud: talaba — bepul (Autodesk veb-saytida ro yxatga olinish kerak), dasturning to liq versiyasini ʻ ʻ taqdim etadi (biroq undan foyda maqsadida foydalanish mumkin emas) va to liq ʻ (tijorat) versiyasi 2400 yevro evaziga. Dastur tarixi To plamning ilk versiyasi 3D Studio DOS nomi ostida 1990-yilda ishlab ʻ chiqarilgan. To plam ishlab chiqarilishi ustida dasturchi Gari Yost asos solgan ʻ Yost Group mustaqil studiyasi shug ullanardi. Autodesk boshida faqat to plam ʻ ʻ ishlab chiqaridh bilan shug ullanardi. Ma nbalarda keltirilishicha Gari Yost o sha ʻ ʼ ʻ davrdagi Autodesk yangi loyihalari bo yicha direktori Erik Lyons bilan ʻ muzaokaralardan so ng o z ish joyini tark etgan. ʻ ʻ Birinchi to rt reliz ʻ 3D Studio DOS nomiga ega edi (1990-1994-yillar). Keyin to plam Windows NT uchun qayta yozildi va ʻ 3D Studio MAX deb qayta nomlandi (1996-1999). Versiya raqamlash qaytadan boshlandi. 2000-2004-yillarda to plam ʻ Discreet 3dsmax markasi ostida ishlab chiqarilgan, 2005-yildan esa — Autodesk 3ds MAX markasi ostida. Joriy versiyasi Autodesk 3ds MAX 2018 nomiga ega. Modellashtirish 3ds Max turli ko rinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch o lchamli ʻ ʻ modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qo llaydi, jumladan: ʻ poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli bo lib, murakkab modellar va o yinlar uchun ma lum ʻ ʻ ʼ modellar yaratish uchun ishlatiladi. Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish ( shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi );
Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay; o rnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qo llash orqali ʻ ʻ modellashtirish; splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qo llash orqali modellashtirish; ʻ splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qo llash ʻ orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi. Modellashtirish metodlari o zaro bog liq holda ishlatilishi mumkin. ʻ ʻ Standart "Choynak" (Teapot) obyekti uch o lchamli grafikaning o ziga xos ʻ ʻ ramziga aylangan. Dasturda bajarilgan ish 3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash mexanizmi Reactorni qo llagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va ʻ boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) versiyasidan boshlab Reactor to plamdan olib tashlandi. ʻ [2] Uning o rnigaʻ MassFX moduli keldi. Hair&Fur 7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, mo y, jun, o t, tuklar va boshqalarni ʻ ʻ modellashtira oluvchi Hair&Fur moduli o rnatildi.ʻ Vizualizatsiya modullari Scanline 3ds Max standart vizualizatori. Ba'zi ilg'or xususiyatlarga ega bo'lgan Global Illumination, Ray Tracing, Radiosity kabi kengaytmalar yillar o'tib Scanlinega. Ko'pchilik funksiyalar unga boshqa vizualizatorlardan o'tgan (mas, RadioRay). mental ray Mental Images kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 3ds Maxning so'nggi versiyalariga o'rnatilgan. Bu juda ham kuchli vizualizator hisoblanadi V-Ray Yuqori sifatli fotorealistik vizualizator. Dasturga plagin sifatida qo'shilgan. Chaos Group kompaniyasining mahsuloti, rus segmentida mashxur. Tez-tez mutaxassislar tomonidan boshqa VM o'rniga ishlatiladi. Dasturning eski versiyalari bilan
muvofiqlashgan. Unga "kunduzgi yorug'lik tizimi" o'rnatilgan. Yana ko'plab funksiyalarga ega. RenderMan Shu nomdagi vizualizatsiya tizimiga ulanishda qo'l keladi. FinalRender Cebas kompaniyasining tashqi vizualizatori. Kuchli vizualizator hisoblanib, imkoniyatlari bilan faqat mental raydan keyin turadi. Yana quyidagi VMlar mavjud (ular haqida to'liq shu yerda o'qing, rus tilida): Braziliya R/S; Fryrender; Indigo Renderer; Maksvell Render; LuxRender; Kerkythea; Arion Render; BIGrender; Sunflow; Krakatoa Video Post (Video Tahrirlash) Dasturda bajarilgan ish Video Post dasturiy moduli tasvirlarni uch o lchamli sahnalarda quyidagi grafik ʻ effektlarni qo llash uchun ishlatiladi: ʻ bir nechta tasvirlarni bittaga birlashtirish orqali kompozitsiya yaratish; suratlarni filtrlash va ko plab effektlarni qo llash uchun; ʻ ʻ turli xil o tish animatsiyalarini qo llash; ʻ ʻ animatsiya ustida amallar. Surat qayta ishlashdagi filtrlar turlari Contrast filtri —suratning yorug ligi va ranglar keskinligini nazorat qiladi. ʻ Fade filtri — surat ranglarini boshqaradi.
Image Alfa filtri — suratning ba zi alfa-kanal qismlarini niqob yordamida ʼ o zgartiradi. ʻ Lens Effects filtrlar oilasi: 1. Flare (Shu la) — kamera obyektivi linzasida shu la hosil qiladi. ʼ ʼ 2. Focus (Yig ish) — tasvirning fokusini yaratadi. ʻ 3. Glow (Charaqlash) — obyekt atrofi ustida ishlaydi. 4. Higlight (Yaltirash) — yulduz shaklidagi yaltiroq shu lalarni yaratadi. ʼ Negatie filtri — surat rangini rangli negativga o tkazadi.ʻ Pseudo Alfa filtri — alfa-kanal shaffofligini yaratadi. Simple Wipe filtri — suratni sekin yo qolishi yoki paydo bolishi imkonini ʻ beradi. Dasturda bajarilgan ish 3ds Max turli vazifalarni bajaruvchi plaginlarga ega. Har bir plagin ma lum ishni ʼ bajaradi. Ular yordamida olov, suv, tutun va boshqalarni haqiqiy effektilarini yaratish mumkin. Plaginlar tashqi o rnatiladigan modul hisoblanib, 3ds Max ʻ dasturidan alohida sotiladi yoki ularni inernetdan bepulga yuklab olish mumkin. Plaginlar maxsus kompaniyalar yordamida yoki qiziquvchi-dasturchilar tomonidan yaratiladi. 3ds Max dasturining qo shimcha modullari nihoyatda ko p bo lib, hatto ʻ ʻ ʻ dastur standart vositalaridan o n barobar oshib ketadi. Plaginlar ko plab masalarni ʻ ʻ yechishda yordam beradi, masalan, vizualizatsiya hisob-kitobini tezlashtiradi, obyektlarni modellashtirishni tezlashtiradi. Particle Flow, Cloth FX, Reactor kabi qo shimcha modullar shu darajada mashxur bo lib ketdiki, ularni 3ds Max ʻ ʻ dasturiga moslashtirishga qaror qilindi, endi ular dasturning bir qismi hisoblanadi. Quyida 3ds Maxning ba zi plaginlari ro yxati keltirilgan: ʼ ʻ FumeFX — olovning, gulxan uchquning, tutunning va h.k.ning fotorealistik effekti. Feniks FD — olov va tutunni hosil qilish uchun Chaos Groupdan FumeFXning muqobili. DreamScape — turli xil landshaftlar, tog lar, osmon, atmosfera effektlari va ʻ b. AfterBurn — osmon, tutun, porlash va b.ning fotorealistik effektini beradi. GrowFX .— istalgan turdagi o simliklarni yaratadi. Yaratilgan har bir ʻ o simlikni jonlantirish mumkin. ʻ [3]