Aniq integral yordamida egri chiziqlar yoyi uzunligini hisoblash
Aniq integral yordamida egri chiziqlar yoyi uzunligini hisoblash Reja: 1 . Ilk o’rta asrlar falsafasining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari. 2. Islom dini va falsafasi. Tasavvuf va uning oqimlari. 3. Dunyoviy bilimlar rivoji va falsafiy tafakkur. 4. Ilk o’rta asrlar falsafasining o’ziga xos ahamiyati.
Mazkur mavzuga asos bo’lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islom dinining taraqqiy etishi bilan uzviy bog’liqdir. Bu falsafa, ba’zi chet ellik mutaxassislar aytgani kabi, faqat arablar madaniyatining bir qismi emas. Balki bizning Vatanimiz farzandlari ulug’ bobokalonlarimizning islom diniga, islom falsafasiga, butun arab dunyosi va jahon tsivilizatsiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan ta’limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi hamdir. Shu bilan birga, bu ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashini aks ettirgan, xalqimiz madaniyati va ma’naviyati nihoyat darajada rivojlanganini butun jahonga yaqqol namoyon qilgan davr falsafasidir. Bu Muqanna kabi milliy qahramonlarimiz keng xalq ommasiga bosh bo’lib ozodlik kurashi olib borgan paytlarda elning ruhini ko’tarib, ilhomlantiruvchi ezgu g’oyalar shakllangan davr falsafasidir. Bu Amu va Sirdaryo bo’ylarida yashagan xalqning dahosi eng yuksak darajaga ko’tarilgan, uning atoqli namoyandalari jahon madaniyati sahifalariga o’zlarining o’chmas nomlarini muhrlab ketgan davr falsafasidir. Bu falsafaning xususiyatlari o’sha davrda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Mazkur mavzuni o’rganishdan maqsad, Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantrish, «Yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asab- avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish»dan iborat13. Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog’onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo’lib, ular o’rtasida tinimsiz to’qnashuvlar ro’y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog’onoti bilan sosoniylar Eroni o’rtasidagi to’qnashuvlar o’ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga
Movarounnahr hududida yashovchi halqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo’qligi, o’zaro qirg’in-barotlarning avj olishi sabab bo’ldi. Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so’zi arabcha tangriga o’zini topshirish, itoat, bo’ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini bayrog’i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo’yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o’z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. «Sunna» esa hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to’ldiradi. Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to’g’ri yo’l, ilohiy yo’l demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo’nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy- huquqiy me’yorlarga oid masalalarda o’zaro farqlanib turadi. Xorijiylar yo’nalishi o’rta asrlar davrida ko’pgina oqimlarga bo’linib, keyinchalik yo’qolib ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan. Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda bir-biridan farq qiladi. Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan ajralib turadigan diniy guruhlardir. Shialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan. Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo’yicha yuzaga kelgan o’zaro kelishmovchiliklar natijasidir. 13 Ислом Каримов . « Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман ». – « Фидокор » газетаси , 2000 йил 8 июн . Islomda hanafiylik, ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi usul va
vositalaridan foydalanib, islomning diniy-aqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan. Abu Mansur Moturidiy (melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu’taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Qur’onning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (699-748 yillar). Uning oxirgi vakillaridan bii Zamahshariydir. Kalom islom ilohiyotining o’ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U Qur’onga tayanib, jannat va do’zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo’qligini, lekin insonning Olloh oldida o’z qilmishlari uchun mas’ul ekanligini asoslab berishga xarakat qilgan. Bunday ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o’rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma’naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro’y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko’rsatib turibdi. Qadimgi Yunon falsafasi an’analarida siyosiy faoliyat va donishmandlik ko’p hollarda bir- biriga qarama-qarshi qo’yilgan bo’lsa, islom falsafasida siyosatga, aksincha, inson faoliyatining yuksak bir shakli sifatida qaraladi. Islomda davlatni boshqarish — bu san’at, ammo u ijtimoiy adolat taomiliga amal qilmog’i zarur, ijtimoiy adolat esa teng huquqiylikka amal qilish tufayli barqaror bo’la oladi, deb hisoblanadi. Islom falsafasiga ko’ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, axloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Musulmon Sharqi mutafakkirlarini aql maqomi, mantiq ilmi avvaldan qiziqtirib keladi, chunki mantiqqa tayanmagan xar qanday bilim ishonchli va samarali bo’la olmaydi. Bu masala ham islom falsafasida o’z o’rniga ega. Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo’ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi,