logo

Antik Davrda Xorazm

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

47.5546875 KB
Antik Davrda Xorazm
Reja
1. Qadimgi Xorazm davlati to’g’risida tarixiy yozma manbalar. 
2. Xorazm qalalari o’rganilishi Miloddan   avvalgi   6   asrda   O‘rta   Osiyoning   janubida   tashkil   topgan
Ahamoniylar   imperiyasi   (Forslar   dav lati)   o‘zining   shimoli-g‘arbiy   davlat
chegaralari   tashvishida   yashar   edi.   Shunki   bu   chegaralarda   joylashgan   qadim gi
Xorazm va uni o‘rab olgan cho‘llarda, Amudaryo etaklari va Orolbo‘yi xudularida
qadim   zamonlardan   massaget   qabilalari   ittifoqi   yashab   kelar   edi.   Massagetlar
jangovar,   erksevar,   ona-yurt   ozodligi   yo‘lida   o‘limga   ham   tik   boruvchi   xalq   edi.
Massaget   qabilalari   tug‘ilgan   farzandini,   o‘g‘il   yoki   qiz   bo‘lishidan   qat’iy   nazar,
yosh ligidan   vatan   mudofaasiga   tayyorlardi.   Xalqimizning   uzoq   o‘tmish   tarixidan
bizgacha   etib  kelgan   Tumaris   va   Shiroq   afsonalari   ham   ana   shu   sak   va  massaget
qabila lari   farzandlarining   tashqi   dushman   -qadimgi   Eron   podsholari   Kir   va
Dorolarga   qarshi   qahramona   qurash laridan   bir   shingil   hikoyalardir.   Massagetlar
ittifoqiga o‘sha zamonlarda xorazmiylar, ular bilan yaxshi qo‘shnichilikda yashab
kelayotgan   amyurgil   saklari,   der biklar,   osiylar,   toxarlar   (daxlar)   va   boshqa   qator
qa bilalar kirar edi. Bu ittifoqda Xorazmning o‘rni kat ta edi.
Doro I yozuvlarida Xorazm va  So‘g‘diyona Kir davlati tarkibida bo‘lganligi
yozib   qoldirilgan.   Eroniylar   imperiyasi   Aleksandr   Makedonskiy   tomonidan
tugatilgan 1
. 
    Qadimgi   Xorazm   tarixining   bilimdoni   S.   P.   Tolstov   o‘zining   asarlarida
massaget qabilalari ittifoqini, ular ning Saksafar, Omarg va To‘maris kabi vakillari
to‘g‘risida fikr yuritib o‘tadi. S.P.Tolstov To‘marisni derbiklar malikasi, Omargni
esa saklarning podshosi  edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar sullosi ga
tegishli qadimgi Xorazm podshosi Shaushafor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani olg‘a
suradi. S. P. Tolstovning bu mantiqiy o‘xshatishida tarixiy haqiqat bo‘lsa, u hol da
miloddan avvalgi 6 asrda qadimgi Xorazm o‘z hukmdoriga ega bo‘lgan. Saksafar
Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo‘lgan.
       Massaget  qabilalari  ittifoqi ustiga Eron podsholari  miloddan avvalgi  6
asrda uch marta yurish qiladi. uch yurishda ham ahamoniylar   katta g‘alaba bilan
urushni   yakunlay   olmasalar-da,   Kserks   podsholigi,   davrida   Xorazm   ahamoniylar
1
  Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the 
Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 , р.4. tobeligida bo‘lgan. Shu ningdek, Xorazm   har  yili  imperiya xazinasiga   soliq  to‘lab
turgan.   Xatto   xorazmiylar   Kserksni   mil.   avvalgi   480   yilda   Yunoniston   ustiga
uyushtirgan   harbiy   yurishlarida   qatnashadi.   Xorazmlik   Artasekt   Dardanel
bug‘ozidagi   shaharlardan   birida   hokim   bo‘lib   ishlagan.   Bo‘shqa   bir   xorazmlik
Dargman Elefantina (Misr)dagi Forslar  qo‘shinida askar  bo‘lib xizmat  qilgan. Bu
faktlar Xorazmning mil. avv.VI-V asrlarda  Eron ahamoniylariga tobe ekanligidan
guvohlik   beradi.   Ammo   Manbalarda   Xorazmning   mil   avv.   IV   asrda   Eron   qo‘l
ostida bo‘lganligi haqida hech bir xabar yo‘q. Aksincha Iskandar qo‘shinlari Doro
III   usti ga   bostirib   borgan   chog‘larda   Xorazm   mustaqil   davlat   sifatida   siyoat
yuritgan. 
           Mil. avv. 329 yilning qishida Xorazm poshosi  Farasman 1500 askari
bilan   Iskandarning   huzuriga   kelib,   Qora   dengiz   bo‘yi   qabilalari   ustiga   yurish
qilmoqchi   bo‘lsa,   bu   yurishda   unga   yordam   qilajagini   bildirgan.   Iskandar   esa
Farasmanga   rahmat   aytib,   uning   maqsadi   Xindiston   tomon   yurish   ekanligini
bildirgan.   Zarur   bulsa,   vaqti   kelib   uning   yordamidan   foydalanajagini   takidlagan.
Kiyinroq   sak   va   massagetlar   ittifoqi   (Xorazm   shu   ittifoqda   edi).   Iskandar
qo‘shinlarining   silsilasini   quritgan   Spitamen   tomonida   turib,   makedoniyaliklarga
qarshi   kurashdi.   Hatto   Spitamen   tengsiz   kurashda   mag‘ubiyatga   ushraganda
massaget qabilalari ittifoqi azolari unga boshpana berdilar.
        Spitamen   mag‘lubiyatidan   keyin   erksevar   O‘rta   Osiyo   xalqlarining
aholisi   dushmanga   qarshi   kurash   to‘xtamay di.   Iskandar     va   uning   merosxo‘rlari-
Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlariga qarshi  O‘rta Osiyoning shimolida sak
va massagetlar cho‘lining markazida, Xorazm davlati atrofida qo‘shinlar to‘planib
bordi.   Bu   ko‘shmanchilar   ittifoqi   bir   yarim   asr   o‘tgach,   O‘rta   Osiyoni   chet   el
bosqinchilaridan ozod etishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan.
            Miloddan   avvalgi   VI-   V     asrlarda   taraqqiy   etgan   qadimgi   Xorazm
davlati haqida arxeologik izlanishlar juda boy materiallar beradi. O‘nlab o‘sha davr
qala’lari,   qadimgi   shahar   qoldiqlari   o‘rganilgan.   Qadimgi   Xorazm   tarixi   va
madaniyati   haqida   boy   materiallarni   bizgacha   saqlab   kelgan   yodgorliklardan   biri
Qo‘yqirilgan qal’adir.       Qo‘yqirilgan   qa’lada   1951-1957   yillarrda   arxeologlar   ish   olib   bordilar.
Aniqlanishicha,   bu   shahar   qadimgII   Xorazm   davlatinig   miloddan   avvalgi   IV   va
Milodiy   I   asriga   tegishli   obod   shaharlaridan   biri   bo‘lgan.   Shahar   doira   shaklida
qurilgan bahaybat qal’a bo‘lgan. Qal’aning tashqi devorida 9 ta burj bo‘lgan ekan.
Tashqi   devor   ishkarisi   behisob   qalin   xonalar   bilan   qoplangan.   Qo‘yqirilgan   qal’a
to‘rt   asr   davomida   bir   nesha   bora   tamirlanib,   uning   ishki   tuzilishiga   aniqliklar
kiritib   borilgan.   Qal’a   ishida,   uning   markaziy   maydonida   doira   shaklida   qurilgan
ikki qavatli monumental bino qad ko‘targan. Bu markaziy binoning birinshi qavati
to‘liq aaqlangan. 
              Binoning   markaziy   shizig‘i   bo‘ylab   gumbazli   xona   qad   ko‘targan.
Uning   ikki   yonida   yuqori   qavatga   olib   shiquvshi   pillapoyalar   joylashtirilgan.
Binoning   hamma   joyi   bir   vaqtda   o‘zlashtirilmagan.   Miloddan   avvalgi   III   va   II
asrlarda   uning   ishki   tuzilishida   katta   o‘zgarishlar   yuz   bergan.   Bino   aylanasi
bo‘ylab ush qator mudofaa devori bor va ular oraligIIda ikki qator o‘qshilar yo‘lagi
shakllangan.   Tashqi   devorlarning   yuqori   qismida   kamonshilar     ushun   qator
tuynuklar   qoldirilgan.   Devorlarning   pastki   qismida   esa   deraza   tuynuklari
joylashtirilgan. Qal’aga kirish darvozasi  uning sharqiy tomonida bo‘lib, u kvadrat
shaklida   qurilgan.   Darvozaning   ikki   yonida   aylana   shaklida   qurilgan   burjlar
joylashtirilgan.   Olimlar   orasida   qal’aning   markaziy   binosi   o‘z   davrida   rasadxona
rolini bajargan degan mulohazalar mavjud.
     Qo‘yqirilgan qal’a Xorazmning antik davri madaniy duinosi ushun juda
boy   materiallar   beradi.   Bu   davrda   kuloshilik   yuksak   rivojlshgan.   Kulolshilik
mahsulot   bo‘lgan   keramikadan   yasalgan   idishlarning   tashqi   sirtiga   qizil   rangda
geometrik shakllarda naqsh berilgash. Ko‘zalarning dastasi arslon boshli qiyofada
ishlangan.   Idishlar   orasida   sirtiga  burttirib   ishlangan   afsonaviy   qushlar,  shopar   ot
ustidagi sipohiy surati solingan ko‘zalar ushraydi. Ko‘za sirtiga solingan naqshlar
orasida   sersoqol   muysafid   bir   bosh   uzumni   qo‘lida   ushlab   turibdi,   boshqa   bir
idishda   esa   taxtta   o‘tirgan     ayolning   o‘z   shaqalog‘ini   bag‘riga   bosib   turgani
tasvirlangan.   Naqshdor   idishlar   qadimgi   Xorazmning   Qal’ali   Qir   davri
(mil.avv.VI-IVasrlar)   yodgorliklarida   va   Tuproqqal’a   (milodiy   II-IV   asrlar)   davri yodgorliklarida ham keng ushraydi. Idishlarda nayza ushli qalpoq kiygan harbiy, ot
ustidagi   sipohiy,   arslon,   jayron,   tuya   suratlari   tushirilgan.   Qadimgi   Xorazmda
amaliy, tasviriy va me’morshilik san’ati keng rivojlangan. 
            Qo‘yqirilgan   qal’ada   uzumdan   ishimlik   tayyorlash   yaxshi   yo‘lga
qo‘yilgan.   Shunki   bu   haqda   qal’a   xonalaridan   birida   topilgan   qator   xumlarda
saqlangan   uzum   danaklari   guvohlik   beradi.   Bundan   tashqari,   Qo‘yqirilgan   qal’a
haykalshalari   orasida   bir   qo‘lida   uzum,   ikkinshi   qo‘lida   bog‘bom   pishog‘i   tutgan
yalang‘osh erkakning tasviri ham bor. 
        Hosildorlik xudosi Nahid haykalshalari bayram libosida tasvirlangan.
Bir haykalshada Nahid birinshi qo‘lida bakal, ikkinshi qo‘lida amfora(qo‘sh dastali
grafin) tutib turibdi.
                Qo‘yqirilgan   qal’a   haykalshalari   orasida   tulpor   ot   tasviri   ko‘p
ushraydi.   Qadimgi   Xorazmning   shu   davrga   oid   boshqa   yodgorliklarida   esa   tuya,
qo‘y, qush suratlari solingan tasviriy va haykaltaroshlik san’atini ko‘ramiz. Bu hol,
bir   tomondan,   qadimgi   Xorazm   xalqining   yusak   darajada   rivojlangan   madaniy
dunyosini   ko‘rsatsa,   ikkinshi   tomondan   ularni   saklar   va   massagetlar   bilan   doimo
iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy sohalarda hamda etnik jihatdan ular bilan bir
tanadan o‘sib shiqqan shohshalar ekanligidan guvohlik beradi.   
           Qo‘yqirilgan qal’aning quyi qatlamidan mil. avv. III asrga oid yozuv
namunalari   topildi.   Yozuv   oromiy   alvafiti   asosida   sharqiy   eron   tillari   lahjasida
yozilgan. Bir xumda Aspabarak yoki Aspabadak so‘zi yozilgan. So‘zning asosida
aspa so‘zi yotadi. Aspa-ot, barak yoki badak fe’li qo‘shilib, otda ketuvshi yoki ot
ustidagi   sipohiy   ma’nosini   anglatgan.   Bunga   o‘xshash   yozuv   namunalari
Qo‘yqirilgan   qal’ada   ko‘plab   topilgan.   S.   P.   Tolstov   ularni   qadimgi   Xorazm
yozuvi deb ataydi. Qo‘yqirilgan qal’ada o‘nlab ostadonlar, ya’ni odam qiyofasida
ishlangan spool tobudlar topilgan. Bu noyob topilmalar qadimgi xorazmliklarning
zardushtiylik   diniga   bo‘lgan   e’tiqodi   va   yuksak   darajadgi   tasviriy   san’ati   haqida
guvohlik beradi. 
            Qo‘yqirilgan   qal’ada   hayot   IV   asrda   to‘xtaydi.   Bu   voqeani   S.   P.
Tolstov Qang‘ davlatining tarix maydoniga shiqishi bilan bog‘laydi.                Tarixiy   manbalarda   podsho   Farasmandan   keyin   o‘tgan   Xorazm
podsholari   haqida   lom-mim   deyilmaydi.   Ammo   mil.avv.     III-I   asrlarda   qadimgi
Xorazmda   shahar   hayoti,   iqtisodiyot,   madanmiyat   yuksak   rivojlangan.   Qadimgi
Xorazm   hududida  bu  davrga  oid  yuzlab  yodgorliklar   bor.  Bu  davrda  zarb  etilgan
tangalarda   Yunon-Baqtriya   va   Parfiya   tangalariga   taqlid   qilib   shiqarilgan   Qang‘
davlatining   tangalari   ushraydi.   Shuning   ushun   S.P.   Tolstov   bu   davr   Xorazm
tarixini  Qang‘  davlati  tarkibida ko‘radi. U I-asrdan  boshlab esa  Qadimgi  Xorazm
Kushonlar   davlati   tasiriga   o‘tdi,   degan   hulosaga   keladi.   S.   P.   Tolstov   hulosalari
yana o‘sh tanga topilmalarga asoslangan. Shunki qadimgi Xorazm tarixida milodiy
earning boshlarida kushonlarning Geray va Kadfiz nomli posholari nomi bilan zarb
etilgan tangalar paydo bo‘lgan. 
        Kushon   podshosi   Kanishka   davriga   kelib   esa   uning   nomi   bilan   zarb
etilgan   tangalat   Xorazmning   ikki   va   ush   asr   tarixiga   oid   yopndgorliklarida   juda
ko‘p   ushraydi.   Shu   bilan   birga   III-asr   boshlaridan   boshlab   Xorazm   hududida
Xorazm  podsholarining tasviri tushirilgan tangalar paydo bo‘ladi. Tuproq qal’ada
Xorazm   podshosi   Arsamuxa   I   va   uning   rafiqasining   tasviri   tushirilgan   tangalar
topilgan. Bu tangalarda Arsamuxa baland bosh kiyimda sersoqol hukmdor sifatida
tasvirlangan. Tanganing yuqori qismida yunonsha “podsho” so‘zi, tanganing pastki
qismida   esa   podsho   surati   ostida   Xorazm   yozuvida   “Podshoh   Arsamux”   so‘zi
yozilgan.   Tanganing   orqa   tomonida   ananviy   sipohiy   surati   “S”   tamg‘asi   bor.
Tamg‘a   va   sipohiy   tasviri   “muqaddas   Qang‘”   ananasini   eslatadi.   Bu   afsonaviy
afrig‘iylar   sulolasining   vakili   edi.   Xorazm   tangalarida   Arsamux   merosxo‘rlaridan
biri   sifatida   Vazamarning   nomi   eslatiladi.   Uning   nomidan   kushush   tangalar   zarb
etilgan.   Vazamar   tasvirida   uzun   va   qalin   soqolli   posho   burgut   qiyofasidagi   bosh
kiyimida berilgan. Bu xildagi tangalar qadimgi Xorazmning III asrning 1yarimiga
oid yodgorliklarida ushraydi.
               Xorazm  yozuvi, Xorazm  posholari  Arsamux  va Vazamarlar  tasviri
tushirilgan   mis   va   kumush   tangalarning   III   asrda   qadimgi   Xorazmda   qudratli
Xorazm davlati bo‘lganligidan guvohlik beradi. Fikrimizning dalili sifatida Tuproq
qal’ada olib borilgan arxeologik ilmiy izlanishlar natijalariga murojat qilaylik.          S.  P.  Tolstov  Jonbozqal’ani   “haykalshalar  muzeyi”   deb  atagan  bo‘lsa,
Tuproq qal’ani esa “behisob tangalar muzeyi ” deb nomlashni joiz ko‘rdi. Shunki u
1938-yilda birinshi bor Tuproq qal’aga kelganida uning ustidan yuzlab kushjonlar
va xorazm  podsholari  tegishli  tangalarni  terib olgan ekan. Tuproq qal’adagi  keng
ko‘lamda   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalar   1945-yildan
boshlandi.Tuproqqal’aning maydoni 17,5 gektar bo‘lib, u III-IV asrlarga oid noyob
yodgorlik   hisoblanadi.   Uning   3   gektaridan   ortiqroq   maydonini   ko‘shk-Xorazm
podsholarining   saroyi-arki   a’lo   egallagan.   Podsho   saroyi   ko‘shkning   markaziy
qismida joylashgan. Uning 80x80m  Saroyga uning sharqiy tomonidan, yani saroy
a’yonlarining qalin uy-joylarini oralab o‘tiladi. Saroyning devorlari haykallar bilan
bezatilgan   bo‘lgan.   Saroyga   koridorsimon   yo‘lak   orqali   asta-sekin   ko‘tarilib
borilgan.   Uning   devorlari   esa   tasviriy   rangli   suratlar   bilan   bezatilgan.   Suratlar
asosan hushbishim daraxtlar tasvirida ishlangan. Saroy xonalari har bir maqsadlar
ushun mo‘ljallab qurilgan. Maslan, podhsolar zalini olib ko‘raylik. Uning maydoni
280 m 2
. Uning atrofidagi  devoiri ostida supalar  joylashgan.  Supa ustida Xoraazm
podsholari,   ularning   rafiqalari,   yaqinlari   va   ularni   homiylikka   olgan   xudolar
siymosi   aks   ettirilgan   haykallar   qo‘yilgan.   Hamma   haykallar   loydan   ishlangan.
Ular qimmatbaho liboslarda bo‘lib, kiyimlar rangi oq, ko‘k, qizil, qora, osh qizil va
moviy   osmon   rangida   berilgan.   Saroyning   bosh   qa   qismida   ham   haykallar   bor.
Ular   odamlar,   qushlar,   hayvonlar   tasvirini   aks   ettirgan.   Saroy   majmuida
“albastroviy   zal”,   “g‘alab   zali”,   “ohular   zali”,   “raqqosalar   zali”   bor.   “G‘alaba
zali”ning   devorlarida   g‘alaba   xudosi   Nika   tomonidan   podshoni   taxtga   o‘tkazish
marosimi   tasvirlangan.   “Albastroviy   zal”ga   kiraverishda   “Qora   tanli   sipohiylar”
zali   joylashgan.   Bu   zal   devorlaridagi   taxtashalarda   o‘tirgan   xolatda   ishlangan
podsho haykallari  oralifg‘iga sovut  kiygan qora tanli  gvardiyashilar  haykalshalari
ishlangan.   Xullas,   har   bir   zalga   qo‘yilgan   shartli   nomlar   ularni   devorlariga
ishlanagan san’at asralari mazmunidan kelib shiqqan.      
 
              Saroy   majmuining   janubiy   qismida   Xorazm   posholarining   ayollar
xonalari   joylashgan.   Uning   sharqida   qurol-aslahalar   majmui,   janubiy-sharqiy
tomonida-Ikkinshi   qavatda   posho   arxivi   o‘rin   olgan.   Arxiv   soshilib   yotgan hujjatlarga   ko‘ra,   3   xonadan   iborat   bo‘lgan.   Podsho   arxividan   100   ga   yaqin
hujjatlar   topildi.   Shundan   18   ta   si   yog‘oshga,   ko‘pshiligi   teriga   yozilgan,   ularni
8tasi yaxshi saqlanagn. 100ga yaqin hujjatdan atigi 26tasini o‘qish mumkin bo‘ldi.
Tuproqqal’a   arxivini   2   guruhga   bo‘lish   mumkin   bo‘ldi.   1-guruh   hujjatlari   soliq
ishlari bilan bog‘liq. Ular yog‘oshga yozilgan. 2-guruh hujjtlar (teriga yozilganlari)
ho‘jalik   hujjatlari   bo‘lib,   ularga   podsho   hazinasiga   tushgan   jarimalarning   nomi,
miqdori   hamda   qaerdan   kelganligi   yozib   qo‘yilgan.       Yog‘oshga   yozilgan
hujjatlarda “qul”, “xizmatkor”, “o‘g‘ilning qullari”, “o‘g‘ilning hizmatkorlari” kabi
so‘zlar yozilgan. “Ozod” so‘zlari ham ushraydi.
    Xulosa qilib aytganda, Tuproq qal’a haqiqatdan noyob yodgorlik bo‘lib,
u qadimgi Xorazm davlatining III-IV asrlardagi poytaxti bo‘lgan. Bu shahar antik
davr   shahar   madaniyatining   yorqin   timsolidir.   Tuproq   qal’a   majmuidan   topilgan
behaho   arxeologik   matreallar,   turli   nomlar   bilan   atalgan   zallar,   davlat   arxivi,
Xorazm podsholari va ularning yaqinlarining tasviri aks ettirigan haykallar, rangli
devoriy suratlar qadimgi Xorazm davlatining O‘rta Osiypo xalqlari tarixida tutgan
o‘rni   va   mavqei,   ibratli   madaniy   dunyosi   haqida   to‘liq   tasavvur   qilishga   yordam
beradi.
Miloddan avvalgi 464 yil sanasi ko‘yilgan    ushbu hujjatda yer uchastkasiga
egalik kilish yuzasidan Elefantin orolidagi Artaban otryadidagi harbiy garni-zonda
xizmat   xiluvchi   Dargaman   bilan   ushbu   garnizondagi   boshqa   otryadda   xizmat
qiluvchi   yahudiy   Maxsey   o‘rtasidagi   mulkiy   nizo   to‘g‘risida   so‘z   boradi.
«Elefantin   qal’asi-dagi   Artaban   otryadidan   xorazmlik   Xarshinning   o‘g‘li
Dargamon Maxseyga dedi ...» so‘zlari bilan boshlanadi-gan ushbu hujjat Elefantin
orolida oilasi  bilan birga yashovchi  asli  xorazmlik bo‘lgan Dargaman oromey tili
va   yozuvini   bilganligini   ko‘rsatadi.88   Qalimshunos   M.Mambetullaev   tomonshan
Katta   Oybuy-irqap’a   shaharchasini   (Shimoliy   Xorazm)   qazish   chog‘ida   topilgan
xumda sakpanib kolgan kissa yozuv oromey yozuvining O‘rta Osiyodagi qadimiy
yodgorligi hisoblana-oi.89 Harflarning yozilishiga va arxeologii sanalarga ko‘ra u
miloddan avvalgi V yoki 1U asrlarga tegishli bo‘lishi mumkin. U kadimgi Xorazm
tilida   emas,   balki   hamon   oromey   tilida   bitilgan   bo‘lsa   kerak.   Xorazm shaharchalarida   keramikaga   yozilgan   yana   bir   necha   yozuvlar   topilgan,   biroq
ularning   kiskaligi   (odatda,   ularda   fakat   xorazmcha   nomlar   bitiladi)   ular   oromey
tilida   yoki   amadda   o‘sha   yozuv   bilan   Xorazm   tilida   yozilganligi   masala-sini   hal
etish   imkonini   bermaydi.   Arxeologlarning   fikricha,   miloddan   avvalgi   IV-Sh
asrlardan   boshlab   milodiy   I   asrgacha   bo‘lgan   davrga   tegishli   bo‘lgan   yodgorlik   -
Ko‘ykirilganqal’adagi   ayrim   yozuvlar   ham   mana   shunga   o‘xshashdir.   Miloddan
avvalgi   Sh-IV   asrlar   sanasi   qo‘yilgan   yana   ikkita   yozuv   ham   eng   ilk   oromey
yozuvlariga tegishlidir. Ulardan biri Amudaryo doirasida topilgan uzuk-muhrda-gi
yozuvdir.   U   to‘rt   belgidan   iborat   bo‘lib,   odam-buqa   Gopatshoh   tasviri   yuzasga
yozilgan   hamda   iloh   Amudaryo   WHSW-Vaxsh   nomini   bildiradi.90   Yana   bir
yodgorlik   -   bu   oltin   tangalarga   bitilgan   Davr   va   mazmun   jihatidan   yunon
matnlarini almashtirishning ana shunday jarayoni Xorazmda ham yuz berdi. Ushbu
viloyatdagi eng ilk tangalar Yevkratidning tetradraxmalariga taklid bo‘lib, qisman
buzilgan A guruhidagi  yunon matnida suzlar  bitilgan miloddan avvalgi  P asrning
ikkinchi   yarmi   milodiy   I   asr   sanasi   ko‘iilgan.   Qiskacha   Xorazm   yoki   hamon
oromey matni fakat B guruh tangalarda paydo bo‘lgan. Ularni zarb qilish milodiy I
asr o‘rtasi milodiy I asr ikkinchi yarmi boshlanishiga tegishlidir.105 Tangalardagi
matnlar harflarning yozilishi hakikiy oromey harflaridan hali juda kam farq qilgan.
Buning ustiga ushbu tangalardagi  yozuvlardagi  fakat oromey unvonlaridir: Mray-
hukmrdor   va   Mlka-podsho.   Demak,   milodiy   I   afda   tangalardagi   matnlarga   kura
So‘g‘d   va   Xorazmda   yunon   va   oromey   xati   yozuvning   mahalliy   tizimi   bilan
almashgiriladi (oromey yozuvi asosida).urta Osiyo ikki dare orapig‘i — Xorazm va
So‘g‘d   yozuvining   boshka   turpari   paydo   bo‘lgan   milodiy   I   aerdayok   muomalaga
kirganligidan   dalolat   beradi.   Kanishka   davrida   ushbu   yozuv   va   tip   davlat   tili   va
yozuviga aylandi. Bu hakda podshoning farmonida e’lon kipingan va tangalardagi
matnpar   bilan   tasshщpangano‘liq   alifbosini   tuzish   ekanligini   ta’kidlash   zarur.138
O‘rta   Osiyo   mahalliy   yozuvining   yana   bir   turi   Xorazm   yozuvi   bo‘pgan.   Biroq
so‘g‘d va Bщtrnya yozuvidan farq qilgan xolla ushbu yozuv asosan faqat qadimgi
Xorazm   hududila   tarsalgan.   Qadimga   Xorazm   yozuvi   yodgorliklari   1930-yillarda
aniqlangan.   Ularning   kashf   etilishida   S.Tostov   boshchilik   kilgan   arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasining xiz-mati katta. Tanglardagi ushbu yozuvda bitilgan
matnlarni   birinchi   bo‘lib   o‘kigan   olim   ham   mana   shu   kishidir.139   1948-1949
yillarda   To‘proqkal’adagi   qazish   ishlari   choshda   teriga,   yog‘och   tayoqchaga   va
yuщa   taxtalarga   yozilgan   Xorazm   hujjatlari   arxivi   topilgandan   keyin   yozuvning
o‘zini   to‘liq   tushunish   imkoni   paydo   bo‘ldi.   Biroq   teriga   yozilgan   hujjatlarning
ko‘plari   chirib   ketgan   va   ulardan   bo‘laklar   krlgan   bo‘lib,   ulardagi   harflarning
bilinar   bilinmas   izlarini   yoki   bo‘lmasam   tuproqda   matnlarning   izini   paykash
mumkin  edi.   Shu   boisdan   teriga  yozilgan   sakkizta   hujjatlarnigina  o‘qish   mumkin
edi.   Shuningdek   yog‘och   tayokchalar   va   yupka   taxtalarga   yozilgan   20   ta   hujjat
yaxlit va parcha holida saklanib kolgan. Ularni birinchi bo‘lib S.Tolstov o‘kidi,140
so‘nfa V.Xenning tomonidan to‘ldirilgan va tuzatilgan, keyinroq V.Livshis ularni
to‘lik,   holda   o‘qib,   tarjimasini   e’lon   qildi.141   Keyingi   yillarda   To‘kkal’adan
topilgan   keramika   va   ossuariga   138   yozilgan   bir   kancha   Xorazm   yozuvlari
topildi.142   Bir   vaktning   o‘zida   tangalardagi   Xorazm   matnlarini   aniklapgtirish
ishlari   davom   ettirildi.   V.Livshis   ularni   o‘kish,   tarjima   va   talqin   qilish   borasida
katta xizmat qildi. Yozuvlarni o‘rganib chiqish ular Sharqiy-Eron guruhiga tegishli
Xorazm   yozuvini   aks   ettirishini   ko‘rsatdi.   XP-XSh   asrlarda   arab   tilida   yozilgan
asarlarda   va   ayniksa   xorazmlik   krnunshunos   al   G‘azminiyning   «Ko‘ngil-dagiga
erishish»   (hammasi   bo‘lib   kariyb   3   ming   so‘z)   kitobida   Xorazm   so‘zlari   va
iboralarining   saqlanib   krlganligi   ushbu   yozuvlar   tilini   o‘rganishga   ko‘maklashdi.
Bundan   tashkari,   Beruniyning   «Yilnoma»sida   kunlar,   oylar,   burjlar   va
bayramlarning   xorazmcha   nomlari   kayd   etilgan,   X   asrning   Mukaddasiy,   Istaxriy,
Ibn-Fadlan   kabi   arab   va   fors   geograflari   tomonidan   ayrim   Xorazm   so‘zlari
keltirilgan.143   Xorazm   tilining   o‘rta   asrlarga   oid   bu   barcha   yodgor-liklari
A.Freyman,144 birmuncha keyinroq V.Xenning va Mak-Kenzi tomonidan batafsil
o‘rganildi. Xorazm  yozuvi  oromey  yozuvi  asosida  paydo bo‘ldi  va  so‘g‘d yozuvi
singari   jonli   nutkda   emas,   balki   fakat   yozuvda   ko‘llanilgan   oromey
ideogrammasini uzoq vakt sakladi. Mana shu sababli yozuvning oromey asosidagi
boshka   turlari   singari   Xorazm   yozuvini   ham   ideografik   yozuv   deb   atashadi.
Xorazm   yozuvi   o‘ngdan   chapga   gorizontal   katorlar   bilan   yozilgan.   Uning alifbosidagi   harflar   soni   aniq   ma’lum   emas.   Unlilar   oromey   yozuvi   asosidagi
boshqa yozuvlar singari juda kam hollarda yozilgan. V.Livshisning hisob-kitobiga
ko‘ra 22 oromey proto-pidan 20 harf ko‘llanilgan, yana ikki harf singari uch harf
faqat   ideogrammalarda   kayd   etilgan.   Binobarin,   «jonli»   kadimgi   Xorazm   tilidagi
so‘zlarni   ifodalash   uchun   To‘prokkal’a   hujjatlarida   amalda   faqat   o‘n   beshta
harfdan   foydalanilgan.   Har   ho/sha   ushbu   yozuvni   yuechji   yozuvi   sifatsha
bepgipashni   uning   keng   yoyilganpigi   va   turli   sohalarda   ko‘llanilganligi   xam
izohlaydi.  Baqtri-yaning   bir  qancha   qishlok   manzilgoxlaridagi   sopol  idish-lardagi
yozuvlarga   sarab   xulosa   chiqariladigan   bo‘lsa,   u   rasmiy   yozuvgina   bo‘lib
kolmasdan,   balki   xapk   orasida   qo‘llanilgan   yozuv   xam   bo‘lgan.   Teriga   yozilgan
hujjatlar ayrim shaxslardan balkim davlat omboriga tushgan tushumlarni, jumladan
musallas   va   unni   ifodalaydi.   Biroq   yog‘ochga   yozilgan   hujjatlar   ayniqsa
kizikarlidir, ular   orasida  uch  toifa  ajralib turadi:  I. «Uylar   ro‘yxati». Ularda  ozod
va uy kullarining ro‘yxati keltirilgan. Kat t a oila o‘shalardan tarkib topgan. P. Sopщ
hujjatlari.   Ularda   shldirak   va   boshqa   buyumlar   yetkazilganliga   va   berilganligi
keltiriladi.   III.   Cho‘pxatlar.   Ular   ehtimolki   kishi   nomlaridan   ibo-rat   bo‘lgan.145
Ulardan   «uylar   ro‘yxati»   eng   qiziqarlidir.   Ularni   o‘qish   bilan   S.Tolstov,
V.Xenning   shug‘ullandi,   biroq     ularni   tushunishga   V.Livshis   katta   hissa   qo‘shdi.
Ushbu   hujjatlar   katta   va   kichik   oilalar   tarkibini   aks   ettiradi   hamda   Qadimgi
Xorazmda   qulchilikning   xususiyagi   to‘g‘risida   tasavvur   beradi.   Misol   uchun,
hujjatda  21  erkakning  nomi   keltiriladi.  Bu  nomlarning  bittasi  uy  egasiga,  ikkitasi
uning o‘g‘illariga, bittasi  kuyoviga va o‘n yettitasi  k\/llarga  tegishlidir. 12 qul  uy
egasiga, uning o‘g‘illari va kuyoviga, ikkitasi uning xotiniga, ikkitasi nabiralariga
tegishli bo‘lgan. Bir qul jazmanning mulki hisoblangan. To‘proqkal’adan topilgan
hujjatlar   O‘rta   Osiyo   tarixining   qadimgi   davrida   oila   tarkibi   to‘g‘risidagi   o‘ziga
xos   yagona   yozma   dalil,   qimmatli   manbalardir.   Namuna   sifatida   1-hujjatning
matnini   V.Livshis   tarjimasida   keltiramiz.   Bunda   ismlarning   lotincha   atalishini
(uning   makrlasidagi   singari)   kirillitsaga   almashtiramiz:   «Gaunashamining   uyi.
Gasunashami;  (o‘g‘illar) - birinchi marta hozir bo‘lgan M ..., birinchi marta hozir
bo‘lgan Frtaxvash,  kuyov Gaufarnak;  qullar:  Sagaydak, Mixribirtak,  Xvarzbanak; Pandakaksak, Saubagdak, Bevarsasvak, Vax(u)shvari; bular xotinning (uy bekasi-
ning   kullari   -   Razmbevarak,   Pitanak,   bolalarning   kul-lari   -   Kak,   Farnabgavak;
jazmanning o‘g‘lining kuli, birinchi marta hrzir bo‘lgan Dagteganak»146. Boshqa
qadimgi   Xorazm   yozuvlari   mazmuniga   ko‘ra   juda   qiska.   Bular   tangalardagi
matnlar, idishlarning sopol parchalaridagi yozuvlardir. Tuproqkaladan topilgan os-
suarlarning   tomlari   va   devorlariga   qrra   tush   bilan   yozilgan   milodiy   UP-USh
asrlarga oid yozuvlar ayniqsa qizikish uyg‘otadi. Yezuvlar vertikal bo‘ylab (tik) bir
yoki   bir   nechta   kator   qilib   bitilgan.   Ular,   V.Livshis-ning   aniqlashicha,   kishi
ismlaridan   va   sanalardan   ibo-ratdir.   Ularda   milodiy   I   asr   o‘rtasidan   boshlangan
kadimgi   Xorazm   erasi   bo‘yicha   kunlar   va   yil   ko‘rsatil-gan.   Prikamada   topilgan
kumush   idishlarda   milodiy   VII-Vin   asrlardagi   Xorazm   yozuvlarining   yana   bir
guruhi   aniqlangan.   Idishlar   mo‘yna   savdosi   orkali   u   yerga   borib   qrlgan.   Bu
yozuvlarda   kun,   oy,   yil,   shuningdek   idishning   egasining   nomi   ko‘rsatilgan,
og‘irligi   aks   ettirilgan.147   \Sh   asr   boshida   Qutayba   ibn   Muslimning   Xorazmga
yurishi   davrida   qadimgi   Xorazm   yozuvi   yodgorliklariga   juda   katta   zarar
yetkazilgan.   Beruniyning   yozishicha   Qu-taybaning   buyrug‘i   bilan   butun   bir
kutubxonalar   yo‘q   kilingan.   Qadimgi   O‘rta   Osiyo   yozuvlarini   arab   yozuviga
almashtirish   boshlanganligiga   va   keyinchalik   ushbu   yozuv-ning   hamma   joyda
butunlay   hukmronlik   kilganligiga   qaramay,   V.Livshisning   fikricha,   bu   yerda
Xorazm   yozuvi-dan   XI   asr   boshigacha   foydalanish   davom   etgan.   O‘rta   Osiyo
janubida,   asosan   Shimoliy   BaqtriyaButun   kadimgi   davr   mobaynida   O‘rta
Osiyodagi   ikki   dare   oralig‘ida   davlat   birlashmalarining   har   xil   tipla ri   mavjud
bo‘lgan.   Genetik   belgisiga   ko‘ra   ular   orasida   avtoxton,   ya’ni   mahalliy   substrat
asossha paydo bo‘lgan va izchil ri-vojlangan davlat birlashmalari (Qang‘, Xorezm)
va   yot,ya’ni   O‘rta   Osiyodagi   ikki   dare   oralig‘i   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   harbiy   boskin
natijasida   tarkibiga   kiritipgan   va   keyinchalik   bo‘ysundirilgan   davlatlar
(Ahamoniylar imperiyasi, Baktriyaning Yunon davlati) ajralib tu radi. stakil tanga
zarb   etgan   Janubiy   So‘g‘d   o‘lkalaridir.9   Xorazm   mutlakr   mustakil   podsholik
bo‘lgan.   Uning   hukmdorlari   eng   yuqori   ug‘chonga   -   MR'Y   MLK'   (davlat-
podsho)ga   ega   bo‘lganlar.   Ayni   vaktda   ushbu   o‘lkalar   uchun   umumiy   bo‘lgan Qang‘ning zarb qilingan tangasi mavjud bo‘lmagan.
XORAZMNING QADIMIY ShAHARLARI VA ULARNING
O‘RGANILIShI
Matyaqubov X.  –  t.f.n., TDPU 
Xorazm   o‘zbek   davlatchiligi   tarixida   muhim   o‘rin   tutgan   tarixiy-
etnogeografik   hudud   hisoblanadi.   Ushbu   xududda   sivilizatsion   jarayonlar   va
davlatchilikning   tarkib   topishi   o‘ziga   xos   yo‘ldan   rivojlanib   borgan.   Qadimgi
Xorazm   moddiy   va   ma’naviy   madaniyati,   xo‘jalik   va   iqtisodiy   qudratining
yuksalishi   antik   davrga   to‘g‘ri   keladi.   Keyingi   yillardagi   tadqiqotlar   Xorazmda
shaharsozlik   madaniyati   miloddan   avvalgi   VI   asrda   tarkib   topa   boshlaganligini
ko‘rsatmoqda   (Ko‘zaliqir,   Qal’aliqir).   Aynan   shu   davrda   qadimgi   Xorazm
zaminida tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tadqiqotchilarning yakdil
xulosasiga ko‘ra, miloddan avvalgi V-IV asrlar chegarasida Xorazm O‘rta Osiyoda
ikki   asrdan   buyon   hukmronlik   qilib   kelayotgan   Eron   ahamoniylari   sulolasi
hukmronligidan ozod bo‘lib, mustaqillikka erishadi. Miloddan avvalgi V asr oxiri
IV asrdan Xorazmda shaharsozlik madaniyatida tub burilish kuzatiladi. Sug‘orma
dehqonchilikka   asoslangan   madaniy   vohalar   (mikrovohalar)   soni   va   hududining
kengayishi  bilan birga qator  yangi shahar-qal’alar qad ko‘tara boshlaydi. Xorazm
davlatining   iqtisodiy   va   harbiy   qudrati   oshib   borgan   sari   yangi   bunyod   etilgan
shaharlarning   chegarasi   chap   sohilda   shimolda   Ustyurt   chinklarigacha,   g‘arbda
Sariqamish   ko‘li   bo‘ylarigacha,   janubda   Unguzorti   Qoraqumi   sarhadlarigacha
kengayadi. 
Xorazmning   ana   shu   qadimgi   davrlariga   oid   yodgorliklarini   o‘rganish   ishi XIX   asrdan   boshlangan   edi.   Turkiston   xonliklarining   Rossiya   imperiyasi
tomonidan   bosib   olinishi   natijasida   o‘lkaga   har   xil   maqsadlarda   tashrif   buyurgan
elchilar,   sayyohlar,   diplomatlar   va   rus   ilmiy   jamiyatlarining   a’zolari   hudud
yodgorliklarini   ilmiy   asosda   o‘rgana   boshlaydilar.   Ammo   tarixiy   yodgorliklarni
arxeologik   jihatdan   muntazam   o‘rganish   XX   asrning   30-yillari   o‘rtalaridan
boshlandi va bu ish hozirgacha davom etmoqda. Bu davrni asosan to‘rt bosqichga
bo‘lish   mumkin:   1)   urushgacha   1936-1940   yillarda   olib   borilgan   tadqiqotlar;   2)
urushdan keyingi 1945-1958 yillarda olib borilgan tadqiqotlar; 3) 1959-1990 yillar
mobaynida   olib   borilgan   tadqiqotlar;   4)   mustaqillik   yillarida   olib   borilgan
tadqiqotlar. 
Qadimgi   va   o‘rta   asrlardagi   Xorazm   yodgorliklarini   tadqiq   qilishning
dastlabki ikki bosqichi akademik Ya. G‘ulomov va S.P. Tolstov rahbarligida 1937
yildan   o‘z   ishini   boshlagan   Xorazm   arxeologik   ekspeditsiyasining   faoliyati   bilan
bevosita   bog‘liq.   1937-1940   yillarda   qadimgi   Xorazmning   Katta   Guldursun,   Pil
qal’a,   Xazorasp,   Qalajiq,   Olmaotishkan,   Xiva,   Jigarband   va   boshqa   shahar-
qal’alari   Ya.   G‘ulomov   tomonidan   o‘rganildi.   Ya.G‘ulomovning   “Xorazmning
sug‘orilishi   tarixi”   (1957   yil   rus,   1959   yilda   o‘zbek   tilida   nashr   qilingan)   asari
Xorazm   yodgorliklari   gidrografiyasi   va   tarixi   bo‘yicha   50-yillar   boshigacha
to‘plangan   barcha   ma’lumotlarni,   shu   jumladan   yozma   manbalar   hamda
etnografiya   materiallarini   ham   o‘z   ichiga   olgan   fundamental   asar   bo‘lgan   edi 2
.
Monografiyaning   mukammalligi   shu   darajadaki,   undan   hozirgacha   tadqiqotchilar
o‘z   ishlarida   iqtiboslar   keltirishadi.   E’tiborli   tomoni   birinchi   o‘zbek   arxeologi
tomonidan   qadimiy   shaharlarning   vujudga   kelishi   shart-sharoitlari   va   ularning
yoshi   xususidagi   bildirilgan   fikrlar   keyingi   30-40   yil   mobaynida   o‘sha
yodgorliklarda   olib   borilgan   arxeologik-statsionar   qazishmalar   jarayonida   o‘z
tasdig‘ini topmoqda 3
. 
Ikkinchi   jahon   urushigacha   bo‘lgan   davrda   olib   borilgan   ishlar   yakuni
shuningdek  S.P.  Tolstovning   “Qadimgi   Xorazm”  (1948)  monografiyasida  berildi.
2
  Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиши тарихи. –Т.: УзССР ФА. 1959.
3
 Вактурская Н.Н., Воробьева М.Г. Хроника работ Хорезмской экспедиции АН СССР. //  ТХАЭЭ. Т.1. – М.:
«Наука». 1952. – С.613-643. Aynan   shu   kitobda   Xorazmning   antik   davr   tarixiga   birinchi   bo‘lib   asosiy   e’tibor
qaratilib, vohaning antik davri “Qanxa madaniyati” (mil. avv. IV-milodiy I asrlar),
“Kushonlar   madaniyati”   (II-III   asrlar)   va   “Kushon-afrig‘iylar   madaniyati”   (III-IV
asrlar) ga bo‘lib ta’riflandi 4
. 
Xorazm   antik   davr   yodgorliklarini   o‘rganishning   ikkinchi   bosqichi   urushdan
keyingi   yillar   bo‘lib,   bu   bosqichda   Xorazm   arxeologiya   ekspeditsiyasi   quyi
Amudaryoning   qadimgi   sug‘orma   dehqonchilik   rayonlarida   keng   ko‘lamda
arxeologik   qazishmalar   olib   bordi.   1946   yildan   o‘ng   sohil   va   so‘l   sohil   Xorazm
yodgorliklari   aviatsiya   yordamida   qidirib   aerofotosuratga   olina   boshlanishi
yodgorliklarni o‘rganish ishi va samaradorligini yanada oshirdi.
O‘tgan asrning 50-60 – yillari mobaynida Xorazm ekspeditsiyasining bir necha
guruhlari   qadimgi   sug‘oriladigan   yerlar   va   ularning   chegarasidagi   antik   davrning
bir   qator   klassik   yodgorliklarini   ochib   o‘rgandilar.   Bulardan   eng   mashxurlari
Qo‘yqirilganqal’a,   Jonbosqal’a,   Bozorqal’a,   Tuproqqal’a,   Govurqal’a,   Ko‘hna
Uaz,   Shoxsanam,   Ko‘hna   Urganch,   Xiva   Ichanqal’asi,   Xazorasp,   Kat,   Pilqal’a,
Oybuyirqal’a va boshqalar edi. 
Xorazm   ekspeditsiyasining   urushdan   keyingi   davrda   olib   borgan   ish
yakunlari  S.P. Tostovning  “Oks  va Yaksartning  qadimgi   deltalari   bo‘ylab”  nomli
kitobida 5
, 1952-1991 yillar mobaynida nashr qilingan 16 ta jilddan iborat Xorazm
Arxeologik-Etnografik   ekspeditsiyasining   ishlarida   (Trudы   XAEE)   va   1959-1975
yillarda   chop   etilgan   10   ta   nashr   (vыpusk)dan   iborat   Xorazm   ekspeditsiyasining
Materiallarida   (Materialы   Xorezmskoy   Ekspeditsii)   berildi.   Bundan   tashqari
ekspeditsiya   xodimlari   tomonidan   ellikdan   ortiq   monografiya   va   maqolalar   e’lon
qilib borildi 6
. 
Qadimgi   Xorazm   yodgorliklarini   o‘rganishning   uchinchi   bosqichi
O‘zbekiston   Fanlar   Akademiyasi   Qoraqalpog‘iston   filialining   N.Davqaraev
nomidagi Tarix, til va adabiyot instituti xodimlarining ishlari bilan bog‘liq. Ushbu
4
  Толстов С.П. Древний Хорезм. –М.: 1948. - С.84-128.
5
  Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. – М.: Наука, 1962.
6
  Қаранг: Юсупов Н. Из истории изучения археологических памятников Приаральской дельты Амударьи. //
Археологические   исследования   в   Каракалпакии.   –   Т.:   «Фан»,   1981.   – C .3-14.   Ўша   муаллиф.   К   истории
изучения   археологических   памятников   Хорезмской   области   //   Археология   Приаралья.   Вып.1.   –   Т.:   «Фан»,
1982. – C .3-16. Institut  arxeologiya otryadi   tomonidan  1959-1962 yillarda To‘qqal’a  shahristoni 7
,
1962-1966   yillarda   Mizdahkon   shahristoni 8
,   1964   yildan   boshlab   Ustyurtning
janubiy-sharqiy   tomonidagi   hududlarda   Katta   Oybuyirqal’a,   Devkeskan,
Butentovqal’a   1,   2,   Qo‘rg‘onqal’a,   o‘ng   sohil   Xorazmda   esa   Ayozqal’a   1,
Burliqal’a, Chilpiq yodgorliklarida statsionar arxeologik qazishmalar o‘tkazildi 9
. 
70-yillar boshidan bugungi Xorazm viloyati hududida joylashgan antik davr
yodgorliklari   o‘rganila   boshlandi.   Natijada   1973-1976   yillarda   O‘zFA
Qoraqalpog‘iston   filiali   xodimlari   tomonidan   Xorazm   viloyatining   arxeologik
xaritasi   tuzildi.   Bu   jarayonda   Janubiy   Xorazm   hududlarida   antik   davrga   oid   shu
paytgacha   noma’lum   bo‘lgan   qator   yodgorliklar   (Xumbuztepa,   Qoratosh,   Sulton
Sanjar, Yakkachiqir, Sadvar, Jigarband, Kaparas, Elxaros va b.) ochildi 10
. 
Mustaqillik   yillari   qadimgi   Xorazmning   antik   davr   yodgorliklarini
o‘rganishda   yangi   bosqich   bo‘ldi.   Istiqlol   sharofati   bilan   xorijiy   ilmiy   tadqiqot
institutlari   bilan   keng   ko‘lamli   hamkorlik   aloqalari   o‘rnatildi.   Ayniqsa,
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tarix, arxeologiya
va   etnografiya   instituti   hamda   Avstraliyaning   Sidney   universiteti   olimlari
Toshxirmon vohasida arxeologik tadqiqotlar olib borishmoqda. Mazkur hududdagi
antik davrning eng katta shaharlaridan biri  bo‘lgan Oqchaxonqal’ada 1995 yildan
boshlab   bugungi   kungacha   arxeologik   tadqiqotlar   davom   etayapti.   Shaharda   olib
borilayotgan arxeologik tadqiqotlar istiqbolli  ekanligini ayon bo‘lmoqda. Olingan
materiallar shu paytgacha tadqiqotchilar oldida jumboq bo‘lib kelayotgan qadimgi
Xorazm davlatining poytaxti qaerda joylashganligi masalasiga oydinlik kiritdi. 
7
  Гудкова А.В. Ток кала. – Т.: «Фан», 1964.
8
  Ягодин В.Н., Ходжаев Т.К. Некрополь древнего Миздахкана. – Т.: «Фан». 1970.
9
  Манылов Ю.П. Археологические памятники Султан-Уиздага эпохи античности и средневековья // АКД.  –
Т., 1972.
10
  Итина   М.А.   Археологические   памятники   на   древних   торговых   путях   вдоль   берегов   Амударьи   //
Древности Южного Хорезма // ТХАЭЭ. Т.XVI. – М.: «Наука», 1991. –С.11-33. Adabiyotlar
1. Asqarov A.A. Qadimgi Xorazm tarixiga oid ba’zi masalalar. “O’zbekiston 
etnologiyasi: yangicha qarashlar va yondashuvlar” ilmiy to’plam.  Toshkent-
2004.  35-40-betlar
2. Харезм- в истории государствености Узбекистана. -Т., 2013.  С.68.
3. Машарипов О. Хоразмнома. –Т.: 2010. 40-45- betlar
4. Қадим пойтахтни излаб. //”Фан ва турмуш”, 2006, №1-3. 
5. Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian 
Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge
Curzon, USA, 2005 3-15-betlar

Antik Davrda Xorazm Reja 1. Qadimgi Xorazm davlati to’g’risida tarixiy yozma manbalar. 2. Xorazm qalalari o’rganilishi

Miloddan avvalgi 6 asrda O‘rta Osiyoning janubida tashkil topgan Ahamoniylar imperiyasi (Forslar dav lati) o‘zining shimoli-g‘arbiy davlat chegaralari tashvishida yashar edi. Shunki bu chegaralarda joylashgan qadim gi Xorazm va uni o‘rab olgan cho‘llarda, Amudaryo etaklari va Orolbo‘yi xudularida qadim zamonlardan massaget qabilalari ittifoqi yashab kelar edi. Massagetlar jangovar, erksevar, ona-yurt ozodligi yo‘lida o‘limga ham tik boruvchi xalq edi. Massaget qabilalari tug‘ilgan farzandini, o‘g‘il yoki qiz bo‘lishidan qat’iy nazar, yosh ligidan vatan mudofaasiga tayyorlardi. Xalqimizning uzoq o‘tmish tarixidan bizgacha etib kelgan Tumaris va Shiroq afsonalari ham ana shu sak va massaget qabila lari farzandlarining tashqi dushman -qadimgi Eron podsholari Kir va Dorolarga qarshi qahramona qurash laridan bir shingil hikoyalardir. Massagetlar ittifoqiga o‘sha zamonlarda xorazmiylar, ular bilan yaxshi qo‘shnichilikda yashab kelayotgan amyurgil saklari, der biklar, osiylar, toxarlar (daxlar) va boshqa qator qa bilalar kirar edi. Bu ittifoqda Xorazmning o‘rni kat ta edi. Doro I yozuvlarida Xorazm va So‘g‘diyona Kir davlati tarkibida bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Eroniylar imperiyasi Aleksandr Makedonskiy tomonidan tugatilgan 1 . Qadimgi Xorazm tarixining bilimdoni S. P. Tolstov o‘zining asarlarida massaget qabilalari ittifoqini, ular ning Saksafar, Omarg va To‘maris kabi vakillari to‘g‘risida fikr yuritib o‘tadi. S.P.Tolstov To‘marisni derbiklar malikasi, Omargni esa saklarning podshosi edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar sullosi ga tegishli qadimgi Xorazm podshosi Shaushafor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani olg‘a suradi. S. P. Tolstovning bu mantiqiy o‘xshatishida tarixiy haqiqat bo‘lsa, u hol da miloddan avvalgi 6 asrda qadimgi Xorazm o‘z hukmdoriga ega bo‘lgan. Saksafar Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo‘lgan. Massaget qabilalari ittifoqi ustiga Eron podsholari miloddan avvalgi 6 asrda uch marta yurish qiladi. uch yurishda ham ahamoniylar katta g‘alaba bilan urushni yakunlay olmasalar-da, Kserks podsholigi, davrida Xorazm ahamoniylar 1 Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 , р.4.

tobeligida bo‘lgan. Shu ningdek, Xorazm har yili imperiya xazinasiga soliq to‘lab turgan. Xatto xorazmiylar Kserksni mil. avvalgi 480 yilda Yunoniston ustiga uyushtirgan harbiy yurishlarida qatnashadi. Xorazmlik Artasekt Dardanel bug‘ozidagi shaharlardan birida hokim bo‘lib ishlagan. Bo‘shqa bir xorazmlik Dargman Elefantina (Misr)dagi Forslar qo‘shinida askar bo‘lib xizmat qilgan. Bu faktlar Xorazmning mil. avv.VI-V asrlarda Eron ahamoniylariga tobe ekanligidan guvohlik beradi. Ammo Manbalarda Xorazmning mil avv. IV asrda Eron qo‘l ostida bo‘lganligi haqida hech bir xabar yo‘q. Aksincha Iskandar qo‘shinlari Doro III usti ga bostirib borgan chog‘larda Xorazm mustaqil davlat sifatida siyoat yuritgan. Mil. avv. 329 yilning qishida Xorazm poshosi Farasman 1500 askari bilan Iskandarning huzuriga kelib, Qora dengiz bo‘yi qabilalari ustiga yurish qilmoqchi bo‘lsa, bu yurishda unga yordam qilajagini bildirgan. Iskandar esa Farasmanga rahmat aytib, uning maqsadi Xindiston tomon yurish ekanligini bildirgan. Zarur bulsa, vaqti kelib uning yordamidan foydalanajagini takidlagan. Kiyinroq sak va massagetlar ittifoqi (Xorazm shu ittifoqda edi). Iskandar qo‘shinlarining silsilasini quritgan Spitamen tomonida turib, makedoniyaliklarga qarshi kurashdi. Hatto Spitamen tengsiz kurashda mag‘ubiyatga ushraganda massaget qabilalari ittifoqi azolari unga boshpana berdilar. Spitamen mag‘lubiyatidan keyin erksevar O‘rta Osiyo xalqlarining aholisi dushmanga qarshi kurash to‘xtamay di. Iskandar va uning merosxo‘rlari- Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlariga qarshi O‘rta Osiyoning shimolida sak va massagetlar cho‘lining markazida, Xorazm davlati atrofida qo‘shinlar to‘planib bordi. Bu ko‘shmanchilar ittifoqi bir yarim asr o‘tgach, O‘rta Osiyoni chet el bosqinchilaridan ozod etishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Miloddan avvalgi VI- V asrlarda taraqqiy etgan qadimgi Xorazm davlati haqida arxeologik izlanishlar juda boy materiallar beradi. O‘nlab o‘sha davr qala’lari, qadimgi shahar qoldiqlari o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida boy materiallarni bizgacha saqlab kelgan yodgorliklardan biri Qo‘yqirilgan qal’adir.

Qo‘yqirilgan qa’lada 1951-1957 yillarrda arxeologlar ish olib bordilar. Aniqlanishicha, bu shahar qadimgII Xorazm davlatinig miloddan avvalgi IV va Milodiy I asriga tegishli obod shaharlaridan biri bo‘lgan. Shahar doira shaklida qurilgan bahaybat qal’a bo‘lgan. Qal’aning tashqi devorida 9 ta burj bo‘lgan ekan. Tashqi devor ishkarisi behisob qalin xonalar bilan qoplangan. Qo‘yqirilgan qal’a to‘rt asr davomida bir nesha bora tamirlanib, uning ishki tuzilishiga aniqliklar kiritib borilgan. Qal’a ishida, uning markaziy maydonida doira shaklida qurilgan ikki qavatli monumental bino qad ko‘targan. Bu markaziy binoning birinshi qavati to‘liq aaqlangan. Binoning markaziy shizig‘i bo‘ylab gumbazli xona qad ko‘targan. Uning ikki yonida yuqori qavatga olib shiquvshi pillapoyalar joylashtirilgan. Binoning hamma joyi bir vaqtda o‘zlashtirilmagan. Miloddan avvalgi III va II asrlarda uning ishki tuzilishida katta o‘zgarishlar yuz bergan. Bino aylanasi bo‘ylab ush qator mudofaa devori bor va ular oraligIIda ikki qator o‘qshilar yo‘lagi shakllangan. Tashqi devorlarning yuqori qismida kamonshilar ushun qator tuynuklar qoldirilgan. Devorlarning pastki qismida esa deraza tuynuklari joylashtirilgan. Qal’aga kirish darvozasi uning sharqiy tomonida bo‘lib, u kvadrat shaklida qurilgan. Darvozaning ikki yonida aylana shaklida qurilgan burjlar joylashtirilgan. Olimlar orasida qal’aning markaziy binosi o‘z davrida rasadxona rolini bajargan degan mulohazalar mavjud. Qo‘yqirilgan qal’a Xorazmning antik davri madaniy duinosi ushun juda boy materiallar beradi. Bu davrda kuloshilik yuksak rivojlshgan. Kulolshilik mahsulot bo‘lgan keramikadan yasalgan idishlarning tashqi sirtiga qizil rangda geometrik shakllarda naqsh berilgash. Ko‘zalarning dastasi arslon boshli qiyofada ishlangan. Idishlar orasida sirtiga burttirib ishlangan afsonaviy qushlar, shopar ot ustidagi sipohiy surati solingan ko‘zalar ushraydi. Ko‘za sirtiga solingan naqshlar orasida sersoqol muysafid bir bosh uzumni qo‘lida ushlab turibdi, boshqa bir idishda esa taxtta o‘tirgan ayolning o‘z shaqalog‘ini bag‘riga bosib turgani tasvirlangan. Naqshdor idishlar qadimgi Xorazmning Qal’ali Qir davri (mil.avv.VI-IVasrlar) yodgorliklarida va Tuproqqal’a (milodiy II-IV asrlar) davri

yodgorliklarida ham keng ushraydi. Idishlarda nayza ushli qalpoq kiygan harbiy, ot ustidagi sipohiy, arslon, jayron, tuya suratlari tushirilgan. Qadimgi Xorazmda amaliy, tasviriy va me’morshilik san’ati keng rivojlangan. Qo‘yqirilgan qal’ada uzumdan ishimlik tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shunki bu haqda qal’a xonalaridan birida topilgan qator xumlarda saqlangan uzum danaklari guvohlik beradi. Bundan tashqari, Qo‘yqirilgan qal’a haykalshalari orasida bir qo‘lida uzum, ikkinshi qo‘lida bog‘bom pishog‘i tutgan yalang‘osh erkakning tasviri ham bor. Hosildorlik xudosi Nahid haykalshalari bayram libosida tasvirlangan. Bir haykalshada Nahid birinshi qo‘lida bakal, ikkinshi qo‘lida amfora(qo‘sh dastali grafin) tutib turibdi. Qo‘yqirilgan qal’a haykalshalari orasida tulpor ot tasviri ko‘p ushraydi. Qadimgi Xorazmning shu davrga oid boshqa yodgorliklarida esa tuya, qo‘y, qush suratlari solingan tasviriy va haykaltaroshlik san’atini ko‘ramiz. Bu hol, bir tomondan, qadimgi Xorazm xalqining yusak darajada rivojlangan madaniy dunyosini ko‘rsatsa, ikkinshi tomondan ularni saklar va massagetlar bilan doimo iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy sohalarda hamda etnik jihatdan ular bilan bir tanadan o‘sib shiqqan shohshalar ekanligidan guvohlik beradi. Qo‘yqirilgan qal’aning quyi qatlamidan mil. avv. III asrga oid yozuv namunalari topildi. Yozuv oromiy alvafiti asosida sharqiy eron tillari lahjasida yozilgan. Bir xumda Aspabarak yoki Aspabadak so‘zi yozilgan. So‘zning asosida aspa so‘zi yotadi. Aspa-ot, barak yoki badak fe’li qo‘shilib, otda ketuvshi yoki ot ustidagi sipohiy ma’nosini anglatgan. Bunga o‘xshash yozuv namunalari Qo‘yqirilgan qal’ada ko‘plab topilgan. S. P. Tolstov ularni qadimgi Xorazm yozuvi deb ataydi. Qo‘yqirilgan qal’ada o‘nlab ostadonlar, ya’ni odam qiyofasida ishlangan spool tobudlar topilgan. Bu noyob topilmalar qadimgi xorazmliklarning zardushtiylik diniga bo‘lgan e’tiqodi va yuksak darajadgi tasviriy san’ati haqida guvohlik beradi. Qo‘yqirilgan qal’ada hayot IV asrda to‘xtaydi. Bu voqeani S. P. Tolstov Qang‘ davlatining tarix maydoniga shiqishi bilan bog‘laydi.