logo

Asalarilarning invazion (Nozematoz, Varroatoz, Akarapidoz, Braulyoz kasalliklari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.234375 KB
Asalarilarning  invazion (Nozematoz, V arroatoz,  A karapidoz,  B raulyoz
kasalliklari .
R e j a:
1. Nozematoz .
2. Varroatoz.
3. Akarapidoz.
4. Braulez   kasalligi. 1 . Nozematoz –  bu asalarilarning protozooz kasalligi bo‘lib, uni Nozema apis
deb ataluvchi bir hujayrali parazitlarni asalarilarning ichak epiteliya
hujayralarida, ba’zan esa malpigieva tomirida, tuxumdonida, jag‘osti bezida,
gemolimfada parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib kasallik katta va yosh
arilarning o‘rta ichaklarining funksiyasini buzilishi va o‘zgarishlari  va
asararilarni nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Iqtisodiy zarari.  Kasallik asalarichilikda katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Kasallikka   chalingan   asalari   oilalarining   kuchsizlanishi   va   nobud   bo‘lishiga
olib keladi.
Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi.   Nozema   apis   –   bu   hujayra   ichidagi   parazit
bo‘lib,   asalarilarning   o‘rta   ichak   epiteliyasida,   ba’zan   esa   malpigieva
tomirida, tuxumdonida, jag‘ osti bezida, gemolimfasida parazitlik qiladi.
Nozema   sporalari   asalda   va   uyachalarda   bir   yilgacha   saqlanib   qolishi
mumkin,   asalni   60   groadusgacha   isitilganda   60   daqiqadan   so‘ng   nobud
bo‘ladi   Nozema   sporalarini     formalinning   4%-li   suvli   eritmasi,   harorat   +25
gradus bo‘lsa, bir soat ichida o‘ldiradi, formalinning bug‘i esa 50 g bir  metr
kub   hajmda,   harorat   +35   gradusda   15   minut   ichida   nobud   qiladi,   fenol
preparatining 2%-li suvli eritmasi nozemalarni 10 daqiqa ichida, 2%-li natriy
ishqori esa 15 daqiqa davomida o‘ldiradi.
Epizootologik   ma’lumotlar.   Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi   ari   ichagida
ozuqa   orqali   kirib   u   erda   rivojlanadi   va   tashqi   muhitga   sporalarni   ari   axlati
orqali chiqaradi. Kasallikni rivojlanishida arilarni qishda tushgan asallar bilan
oziqlantirilishi,   qish   mavsumi   uzoq   muddat   davom   etishi   va   arilar
qishlaydigan arixonalarda namlik yuqori bo‘lishi kabi omillar yordam beradi.
Diagnoz   va   differensial   diagnoz.   Qish   faslining   oxiri,   ko‘pincha
bahorda,   asalari   qutilarini  arixonalardan  tashqariga   chaqarilgan   boshlab  ikki
oy ichida kasal oilalarda arilarning, ba’zan esa ona arilarning nobud bo‘lishi
kuzatiladi.   Oilalar   kuchsizlanib,   o‘la   boshlaydi.   Kasal   arilarning   qorinchasi kattalashgan,   o‘rta   ichak   oq   tusda   bo‘ladi.   Ichaklardan   olingan   qirindilarni
mikroskopda tekshirilganda nozema sporalarini ko‘rish mumkin.
Davolashda   Nozematoz   kasalligini   davolashda   N.I.Smirnova   va
O.N.Peregud   (1971)lar   entereseptol,   R.I.Madatov   (1971)   esa   sulfaperidazin
(spofasol)   preparati   bilan     davolash   usulini   tavsiya   etadilar.   Buning   uchun
yuqorida   ko‘rsatilgan   dorilardan   1   g   dan   olib   1   l   qiyomga   aralashtirib
beriladi.
Kasallikni oldini olish maqsadida, qishda qoldirilayotgan asallar padga
tekshiriladi,   agarda   qo‘shilgan   bo‘lsa,   unda   uni   guldan   olingan   asal   yoki
shakar   qiyomi   bilan   almashtiriladi.   Qishda   har   bir   ari   oilasi   3-5   kg   shakar
bilan oziqlantiriladi. YOzda esa ularni uyachalar qurish uchun yo‘naltiriladi.
Oilalarni   yosh   arilar   bilan   ta’minlash   maqsadida   asalarilarni     kuzgi
o‘stirishini amalga oshirish kerak. Qishda arilarni quruq arixonalarda saqlash,
bahorda   esa   ari   uyalarini   qisqartirib,   yaxshilab   isitib   oziqalar   bilan
ta’minlashni yo‘lga qo‘yish kerak.  
Kasallikka   qarshi   kurashish   maqsadida,   qishda   ari   oilasida   kasallik
qo‘zg‘atuvchisi   kirib   qolgan   bo‘lsa,   erta   bahorda   asalari   qutilarini   qishqi
arixonalardan   chiqarib,   arixonalarni   tozalash,   ozuqa   zaxirasini   tekshirish,
kerak bo‘lsa ularni to‘ldirish yoki yangilashni amalga oshirish kerak.
Asalari   oilalarni   asosiy   ko‘rikdan   o‘tkazish   paytida,   ifloslangan   ari
uyachalarini   olib   tashlab,   tozalari   bilan   almashtiriladi   va   unda   oilalar
o‘tkaziladi. Barcha ishlatilgan asbob-uskunalar 4%-li formalin eritmasi bilan
dezinfeksiyalanadi.
Varroatoz   –   bu   asalarilarning   invazion   kasalligi   bщlib,   Varroa
jacobsoni   kanasini   parazitlik   qilishi   oqibatida   qo‘zg‘atilib,   kasallik   asalari
oilalarining   bezovtalanishi,   sershovqin   bo‘lishi   va   arilarning   nobud   bo‘lishi
bilan xarakterlanadi. Varroa   jacobsoni   kanasi   ari   lichinkalarini,   g‘umbaklarini   va   katta
yoshdagi ishchi arilar va ona arilarni zararlaydi.
Varroa   jacobsoni   kanasining   asosiy   xo‘jayini   bu   Apis   indica   deb
ataluvchi   va   janubiy-sharqiy   Hindistonda   va   sobiq   Ittifoqning   primore
o‘lkasida   keng   tarqalgan   hind   arisi   bo‘lgan.   O‘tgan   asrning   50-chi   yillarida
kelib   bu   kanalar   yangi   irqlari   (avlodlari)   janubiy   Osiyo   davlatlari   hududida
qayd   etildi   va   u   erdan   Primore   va   Xabarovsk   o‘lkalarida,   undan   esa   Sobiq
Ittifoqning   Sibir   va   evropa   hududlarida   tarqaldi.   Bu   kanalar   asal   beruvchi
arilarda parazitlik qilishga moslashdi.
Tanasida   kanalar   rivojlangan   yosh   arilar,   erkak   va   ona   arilar
arixonalardan   chiqsada,   biroq   tanasidagi   yarachalar   oqibatida   tezda   nobud
bo‘ladi.
Epizootologik   ma’lumotlar.   Varroa   kanalari   kasal   ari   oilalaridan
sog‘lomlariga   adashgan,   o‘g‘ri   arilar   orqali,   arixonalarni   ko‘chirayotgan
paytda, arilarni sotish paytida o‘tadi, tarqaladi. 
Varroa   kanalari   bilan   zararlangan   asalari   oilalari   bezovtalanadi,
sershovqinli bo‘lib, ularning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Diagnoz   va   differensial   diagnoz.   Kasallikka   diagnoz   arixonalarning
o‘zida yoki laboratoriya sharoitida qo‘yiladi. Tekshirish uchun laboratoriyaga
o‘lgan   arilarni,   ari   uyachalari   tagidan   olingan   axlatlardan,   yopiq   nasllardan
namuna   olib   jo‘natiladi.   Jo‘natilgan   arilar,   o‘lgan   yopiq   nasllarini   va
axlatlarda kanalar bor-yo‘qligini lupalar yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Arixonalarda,   ari   qutilarida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   uchib   kelib   qo‘nadigan
taxtalardagi   axlatlarda   kanalar   borligiga   tekshiriladi.   So‘ngra   esa   ari   oilasi
ochiladi,   birin-ketin   qismlarga   ajratiladi   va   kana   borligiga   tekshiriladi.
Arilarning   qorinchasida,   ko‘kragida   etuk   kanalarni   ko‘rishimiz   mumkin,   ari
g‘umbaklarida   esa   kana   tuxumlari,   protonimfa   va   deytonimfalarni   topish
mumkin. Kanalarning to‘rt juft oyoqlari bor. Kasallikni   oldini   olish   va   qarshi   kurashish   tadbirlari.   Kasallikni
oldini   olish   maqsadida   arixonalarga   varroa   kanalarini   kirishiga   yo‘l
qo‘ymaslik choralarini amalga oshirish talab etiladi.
Kasallikka qarshi kurashish maqsadida ari uyalaridagi varroa kanalarini
yo‘qotish   uchun   quyidagi   aerozollardan   (tutun)   foydalanish   tavsiya   etiladi:
fenotiazin   bir   marotabalik   dozada   0,7-0,8   g   bir   ari   oilasi   uchun,   tedion
(poliakaritoks) 1-2 g, efir-sulfonat 1,5 g, keltan 0,3 g dozada qo‘llaniladi. Bu
preparatlarning  akaritsidli   va   xavfsizligini   aniqlash  uchun  ularni   dastlab  3-5
ta ari oilasiga sinab ko‘riladi.
Kanalarga   qarshi   ishlov   o‘tkaziladigan   ari   oilasidagi   2-3   ta   uyachali
ramkalar   o‘z   o‘rnidan   olinadi,   qolganlari   esa   2-3   sm   masofada   siljitadi,
uyachalarning tagiga kanalarni yopishib qolishi uchun moy surtilgan qog‘oz
qo‘yib  chiqiladi.  Ertasi kuni kanalar yopishgan qog‘oz olib  tashlanib  kanasi
yuq   qilinadi.   Ishlovdan   oldin   uyachalarning   yuqori   qismi   qog‘oz   yoki   loy
bilan mahkam yopib tashlanadi. Ari oilasiga  ishlov berishni ertalab, to arilar
uchib chiqquncha yoki arilar qaytgandan so‘ng amalga oshiriladi. Ishlovdan
o‘tkazilgan oilalar 1-2 choatdan so‘ng ochiladi, agarda tedion bilan ishlovdan
o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 5 soatdan keyin ochiladi.
Akarapidoz   (akaroz,   kanali   kasallik)   –   asal   oilalarning   invazion
kasalligi   bo‘lib   Acarapis   woodi   kanasining   etuk   arilarning   traxeyasida
parazitlik   qilishi   oqibatida   qo‘zg‘atilib,   kasallik   arilarni   uyasidan   uchib
chiqayotib   erga   tushib   o‘rmalab   qolishi,   qanotlarini   ikki   yon   tomonga   katta
ochib qo‘yishi hamda nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Kasallikdan   keladigan   iqtisodiy   zarar.   Kasallik   qish   va   bahorda   ari
oilalarning   kuchsizlanishi   va   nobud   bo‘lishini   keltirib   chiqaradi.   Kasallik
dastlab   sust,   sekinlik   bilan   tarqala   boshlaydi,   keyinchalik   asal   arixonalariga
katta ziyon etkazadi. Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi.   Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi   –   bu   Acarapis
woodi   turidagi   kanalar   bo‘lib,   etuk   qanotli   arilarning   traxeyasida   parazitlik
qiladi. Urg‘ochi kanalarning kattaligi 190-160x80-110 mkm, erkaklari – 85-
120x60-80 mkm gacha.
Kananing shakli ovalsimon bo‘lib,   oltita bo‘g‘inlardan iborat to‘rt juft
oyoqlari   bor.   Ham   erkak   va   ham   urg‘ochilarining   oldingi   uch   juft
oyoqlarining   tuzilishi   bir   xil,   lekin   urg‘ochilarining   to‘rtinchi   juft   oyoqlari
jami   4   ta,   2   tasi   uzun   va   2   tasi   kalta     qilchalar   (tukchalar)   bilan   tugaydi.
Erkaklarining   to‘rtinchi   juft   oyoqlari   bitta   kalta   tirnoqcha   va   uzun   tukcha
bilan tugaydi.
Kanalarning   otalanishi   ari   traxeyasida   bo‘ladi.   Otalanishdan   3-4   kun
o‘tgach   urg‘ochi   arilar   4-10   ta   kattaligi   60-65x120-140   mkm   keladigan
tuxumlarni   qo‘yadi.   4-5   kunlar   o‘igach   esa   tuxumlardan   uzunligi   100-
120x200-220   mkm   keladigan   lichinkalar   chiqadi.Lichinkalarning   3   juft
oyoqlari bo‘lib, shulardan birinchi juft oyoqlari yaxshi rivojlangan va har bir
oyoqida   ikkitadan   tirnoqcha   va   ular   orasida   esa   qalqonchasi   bor.
Lichinkalardan   etuk   kanalardan   farq   qiluvchi   sakkiz   oyoqli     nimfalar   hosil
bo‘ladi.   Nimfalarning   teri   qatlami   ko‘rinadigan   novchalarga   bo‘linmagan
bo‘ladi.   Nimfalar   harakatchan   bo‘lib,   tashqi   teri   qatlamini   tashlab,   etuk
kanaga   aylanadi.Urg‘ochi   kanalarning   umumiy   rivojlanish   muddati   11-16
kun   bo‘lsa,   erkaklarinirng   rivojlanishi   esa   10-13   kunga   tengdir.   Erkaklariga
nisbatan   urg‘ochilarining   tullashi   2-3   marotaba   tez   o‘tadi.Etuk   kanalarning
chaynash   organlari   silindriksimon   shaklda   bo‘lib,   uning   ichida   ikkita
o‘simtalari  bor,  ularning  harakati  ikkita  egiluvchan  muskullar  orqali  amalga
oshadi.   Oziqlanish   jarayonida   ushbu   ikkita   o‘simtalar   arining   to‘qimasi
orasiga kuchli kirib oladi va arining gemolimfasini so‘rishini ta’minlaydi.
Kanalarning   yashash   (parazitlik   qilish)   joyi   bu   ikkinchi   juft   ko‘krak
traxeyasi   bo‘lib,   ular   u   erda   stigma   (birinchi   juft   ko‘krak   traxeyasi)   orqali kelib   joylashadi.   Bu   teshikchalar   qolgan   nafas   olish   teshikchalariga
qaraganda   biroz   katta   bo‘lganligi   tufayli,   kanalar   faqatgina   shu   teshikcha
orqali   kirib   qolishi   mumkin.   Kanalar     arilarning   qanotlari   asosida   ham
parazitlik   qilishi   mumkin,   chunki   u   erdagi   xitin   qatlami   biroz   yupqa
bo‘lganligi   sababli   uni   teshib,   arining   gemolimfasini   so‘rishi   mumkin.
Lichinkalar   ham   qanotining   bo‘g‘inlarga   bo‘linayotgan   qismidagi   xitin
qatlamini teshishi mumkin.
Kanalar tashqi muhit sharoitiga ancha chidamsizdir. O‘lgan arining
  Traxeyasida   kanalar   5-6   kungacha   yashashi   mumkin.   O‘lgan   ari   jasadidagi
kanalar atrofdagi arilar uchun xavfli emas.
Akarapis   kanalari   etuk,   ona   va   erkak   arilarning   tipik   paraziti
hisoblanadi.   Arilarning   tuxumi,   lichinkasi   va   g‘umbagida   kanalar   parazitlik
qilmaydi.
Epizootologik ma’lumotlar.   Kasallikni rivojlanishi kontakt yo‘l bilan
amalga   oshadi,   ya’ni   ari   oilasida   kanalarning   doimiy   ravishda   ko‘payib
borishi natijasida sekinlik bilan rivojlanadi. Bir bosh arining zararlanishidan
to   oiladagi   50%   arilarning   zararlanishigacha   3-5   yilgacha   vaqt   ketadi   va
faqatgina   ari   oilasidagi   50%-dan   ko‘proq   arilarning   zararlanganidan
so‘nggina kasallikni birinchi belgilari namoyon bo‘la boshlaydi. Birinchi 3-5
yillar   davomidagi   kasallikni   belgilarsiz   rivojlanish   vaqtida   kanalar
arixonadagi   boshqa   oilalarni   ham   zararlaydi.   Kasallik   ayniqsa   qish   va
bahorda asalarilar arixona ichida g‘uj bo‘lib yashayotgan vaqtda tez tarqaladi.
Kasallik   bir   oiladan   ikkinchisiga   yoki   bir   uyadan   ikkinchisiga   arilarni   g‘uj
bo‘lib yashashi, ishchi va erkak arilarning adashib qolishi natijasida tarqaladi.
SHuningdek,   akarapidoz   bir   uyadan   ikkinchisiga   arilarni   nazoratsiz
sotish   vaqtida   yoki   akarapidoz   bo‘yicha   nosog‘lom   xo‘jaliklardan   ona   va
erkak arilarni keltirish oqibatida o‘tishi mumkin. Zararlangan  ari  oilasi  mustaqil  ravishda,  o‘z  holicha  tuzalmaydi,  oxir-
oqibat nobud bo‘lib ketadi.
Diagnoz va differensial diagnoz . Kasallikka diagnoz xarakterli klinik
belgilarga  qarab,  hamda  laboratoriya  sharoitida  kasal  arilarning  birinchi  juft
traxeyasini mikroskop ostida tekshirib, kanalarni topish asosida qo‘yiladi.
Kasallikni   oldini   olishda   nosog‘lom   xo‘jaliklardan   kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini   keltirmaslik   choralarini   ko‘rish   lozim.   Sog‘lom   oilalar
asosan   chetdan   sotib   olingan   arilar   orqali   kasallikka   chalinadi.   SHuning
uchun   nosog‘lom   xo‘jaliklar   qat’iy   ravishda   hisobga   turishi   kerak,   ulardan
oila va ayniqsa ona arilarni sotib olish qat’iyan man etiladi.
Kasallikka   qarshi   kurashish   chora-tadbirlari .   Kasallik   bitta   asalari
oilasida aniqlanishi bilanoq radiusi 5 km atrofidagi maydonga karantin e’lon
qilinadi. Arixonalardagi ari oilalari bahorning boshidayoq davolanadi. Arilar
kanalardan   butunlay   toza   bo‘lmaguncha   davolash   muolajalari   olib
borilaveradi.   Akarapidoz   bilan   kasallangan   asalarilar   turgan   arixonalar   va
mum inlar 5 sutka mobaynida izolyasiyada saqlanadi, keyin tozalab yuviladi.
Braulyoz   -   bu   asalarilarning   entomoz   kasalligi   bo‘lib,   uni
asalarilarning   tana   qoplamasida   Braula   coeca   turiga   mansub   qo‘shqanotli
hasharotlarning   parazitlik   qilishi   oqibatida   qo‘zg‘atilib,   kasallik   zararlangan
arilarning bezovtalanishi, ularning ish qobiliyatining pasayishi, ona arilarning
butunlay tuxum qo‘ymasligi bilan xarakterlanadi.
Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi.   Bu   -   Braula   coeca   turiga   mansub
qo‘shqanotli hasharotlar turkumi kiruvchi hasharotdir.
Etuk hasharotlar qanotsiz bo‘lib, uzunligi 1,3 mm, eni esa 1 mm gacha,
qizil-qo‘ng‘ir   tusda,   tanasi   qora   tukchalar   bilan   qoplangan.   Hasharotning
boshchasi katta, yassilangan, uchburchaksimon shaklda. Ko‘kragi kalta, enli
va   shaybasimon   shaklda,   qorinchasi   uzunasiga   biroz   cho‘zilgan,   ovalsimon
bo‘lib,   besh   bo‘g‘indan   iborat.   Oyoqchalari   uch   juft   bo‘lib,uzun   va   qalin sonli, panjasi biroz qayrilgan va beshta bo‘g‘indan iborat bo‘lib, uchiga borib
biroz kengayadi va 30 ta sarg‘ich tusdagi tishchalar bilan qurollangan tojcha
bilan   tugaydi.   Tojchalari   teng   ikkiga   bo‘lingshan   bo‘lib,   har   qaysi   bo‘lakda
ko‘rchiqsimon   yostiqchasi   bor.   Braulalarning   og‘iz   apparati   pastga   (ventral
tomonga) qarab yo‘nalgan bo‘lib, konussimon shakldagi yuqori lab, tukchalar
bilan   qoplangan   jag‘   sezg‘ichlari   va   zo‘rg‘a   ko‘rinadigan   pastki   jag‘dan
iborat.   Og‘iz   organlari   xartumchada   birlashgan,   yig‘ilgan,   uning   ichida
maydagina   tilchasi   bor.   Og‘iz   apparati   so‘ruvchi   tipda.   Braulalar   ari   tana
qoplamasini   teshib   uning   gemolimfasi   bilan   oziqlanadi.   Haqiqatdan   ham
braulalarda   ko‘zchalar   yo‘q,   biroq,   lekin   murakkab   ko‘zlari   endi
shakllanayotgan holatdadir.
Braulalar odatda  ona  arilar  yoki  ishchi arilar va kamdan  kam hollarda
esa erkak arilarning ko‘kragida yopishib olib parazitlik qiladi. Braulalar ona
va ishchi arilarning ozuqasi bilan oziqlanadi.
Urg‘ochi   braulalar   yopilgan   yoki   ochilgan   asalari   nasli   turadigan
uyachalarning qapqog‘ida yoki bo‘sh uyachalarda tuxum qo‘yadi. Tuxumlari
och-sut rangda bo‘lib, ellipssimon shaklda, 1,0 x 0,5 mm, ikki yon tomondan
yupqa nozik tiniq qanotsimon ipchasi bor.
Tuxumdan   uzunligi   0,8   mm   keladigan   lichinkalar   qilib   2   mm   gacha
rivojlanib   o‘sadi,   ularning   tanasi   tiniq,   ovalsimon   shaklda,   oq   tusda   bo‘lib,
og‘iz   ilmoqchalari,   so‘rg‘ichlari,   traxeya   sistemasi,   malpigieva   tomirlari,
nafas   oluvchi   organi   va   yog‘li   tanasi   xuddi   chivinlarni   lichinkasining
tuzilishiga   o‘xshab   ketadi.   Lichinkalar   perga,   asal,   mum,   ba’zan   esa
g‘umbaklangan asalari lichinkalari bilan oziqlanadi.
Braula   lichinkalari   asal   qapqoqsalarining   ichki   yuzasida   yo‘lchalar
ochadi,   asal   qopqoqchalarni   kesib,   suvli   tavoqchaga   pastki   sathi   bilan
qo‘yilganda lichinkalarni tez va oson topish mumkin. Lichinkalar tomonidan
qilingan tarnovsimon shakldagi yo‘lchalarning diametri 0,3 mm gacha bo‘lib, so‘ngra kengayib boradi. Bu yo‘lchalar asta-sekinlik bilan tarmoqlanadi, bir-
birini   kesib   o‘tadi   va   uzunligi   6   sm   gacha   etadi.   Lichinkalarni   g‘umbakka
aylanishi   yo‘lchalarning   oxirida,ya’ni   kengaygan   joyida   kuzatiladi.   Braula
g‘umbaklari oq tusda, ovalsimon bo‘lib, uzunligi 1,4 mm gacha etadi. Tuxum
qo‘yishdan 18-28 kun, o‘rtacha 21 kundan so‘ng etuk hasharotlar chiqadi.
Braulalar   dekabr   oyidan   to   aprel   oyigacha   tuxum   qo‘ymaydi   va   etuk
xasharot   shaklida   qishni   o‘tkazadi.   Noyabr   va   ayniqsa   dekabr   oyida
braulalarning   ko‘pchiligi   nobud   bo‘ladi   arixonalarning   zararlanish   darajasi
keskin pasayadi. Ona  yoki ishchi ari tanasidan ajratib olingan braulalar ko‘pi
bilan 2-3 kungacha yashaydi.
Asalari oilalari braulez bilan tezda zararlanadi, biroq kasallik juda ham
sekinlik   bilan   rivojlanib,   ona   arilarning   nobud   bo‘lishi   va   oilalarning
mahsuldorligini keskin kamayishi bilan ifodalanadi.
Epizootologik   ma’lumotlar.   Braulalar   juda   ham   harakatchan   bo‘lib,
bir aridan ikkinchisiga tezda sakrab o‘tadi. Sog‘lom ari oilalari braulez bilan
erkak   arilar   hamda   adashgan   arilar   orqali   zararlanadi.   Braulyoz   arilar   to‘da,
g‘uj   bo‘lib   qolganlarida,   kasal   oilalardan   yangi   oilalarni   barpo   etayotganda,
asal   uyalarini   joylarini   almashtirayotgan   yoki   ulardan   yangi   avlod
olinayotganda   tezda   tarqaladi.   Uzoq   masofalarda   esa   kasal   oilalar   yoki   ona
arilarni transportirovka qilish jarayonida tarqaladi.
Kasallikka   qarshi   kurashishda   kasallik   kelib   chiqqan   arixonalarga
kasallikni   yo‘qotilguncha   karantin   e’lon   qilinadi.   Sistematik   ravishda   ham
etuk   braulalarni   va   ham   rivojlanayotgan   yosh   braulalarni   yo‘qotib   boriladi.
Braulalarning   tuxum,   lichinkasi   va   g‘umbaklarini   may-iyun   oylarida   asal
uyachalarini buzib eritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Braulalarning tuxum,
lichinka   va   g‘umbaklari   bor   bo‘lgan   mumli   katakchalar     eritiladi.   Etuk
braulalarni esa fenotiazin¸tedion yoki folbeks preparatlari bilan yo‘q qilinadi. Asosiy adabiyotlar:
1.   Gerasimchik   V,A.,   E.F.   Sadovnikova   ”Bolezni   r i b   i   pchel”   uchebnoe
posobie, Minsk, 2017 god
2.   Osetrov   V.S.   (pod   redaksiey)   «Bolezni   rib».   Spravochnik,   Moskva   VO
Agropromizdat, 1989.
3 .     Poltev I., Neshataeva E .V.// Bolezni vrediteli pchel. Moskva, Kolos, 1977
god
4.  Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va
yuqumsiz kasalliklari». O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010 yil.
5.  Haqberdiev   P.S.   va   boshqalar/   «Baliqchilik   va   baliq   kasalliklari»,
Samarkand, 2008.
6.  Haqberdiev   P.S.,   Qurbonov   F.I.,   Qarshiyeva   V.SH.   «Baliq   va   asalari
kasalliklari» O‘quv qullanma. Toshkent, 2016 y.

Asalarilarning invazion (Nozematoz, V arroatoz, A karapidoz, B raulyoz kasalliklari . R e j a: 1. Nozematoz . 2. Varroatoz. 3. Akarapidoz. 4. Braulez kasalligi.

1 . Nozematoz – bu asalarilarning protozooz kasalligi bo‘lib, uni Nozema apis deb ataluvchi bir hujayrali parazitlarni asalarilarning ichak epiteliya hujayralarida, ba’zan esa malpigieva tomirida, tuxumdonida, jag‘osti bezida, gemolimfada parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib kasallik katta va yosh arilarning o‘rta ichaklarining funksiyasini buzilishi va o‘zgarishlari va asararilarni nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Iqtisodiy zarari. Kasallik asalarichilikda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Kasallikka chalingan asalari oilalarining kuchsizlanishi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi. Nozema apis – bu hujayra ichidagi parazit bo‘lib, asalarilarning o‘rta ichak epiteliyasida, ba’zan esa malpigieva tomirida, tuxumdonida, jag‘ osti bezida, gemolimfasida parazitlik qiladi. Nozema sporalari asalda va uyachalarda bir yilgacha saqlanib qolishi mumkin, asalni 60 groadusgacha isitilganda 60 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi Nozema sporalarini formalinning 4%-li suvli eritmasi, harorat +25 gradus bo‘lsa, bir soat ichida o‘ldiradi, formalinning bug‘i esa 50 g bir metr kub hajmda, harorat +35 gradusda 15 minut ichida nobud qiladi, fenol preparatining 2%-li suvli eritmasi nozemalarni 10 daqiqa ichida, 2%-li natriy ishqori esa 15 daqiqa davomida o‘ldiradi. Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi ari ichagida ozuqa orqali kirib u erda rivojlanadi va tashqi muhitga sporalarni ari axlati orqali chiqaradi. Kasallikni rivojlanishida arilarni qishda tushgan asallar bilan oziqlantirilishi, qish mavsumi uzoq muddat davom etishi va arilar qishlaydigan arixonalarda namlik yuqori bo‘lishi kabi omillar yordam beradi. Diagnoz va differensial diagnoz. Qish faslining oxiri, ko‘pincha bahorda, asalari qutilarini arixonalardan tashqariga chaqarilgan boshlab ikki oy ichida kasal oilalarda arilarning, ba’zan esa ona arilarning nobud bo‘lishi kuzatiladi. Oilalar kuchsizlanib, o‘la boshlaydi. Kasal arilarning qorinchasi

kattalashgan, o‘rta ichak oq tusda bo‘ladi. Ichaklardan olingan qirindilarni mikroskopda tekshirilganda nozema sporalarini ko‘rish mumkin. Davolashda Nozematoz kasalligini davolashda N.I.Smirnova va O.N.Peregud (1971)lar entereseptol, R.I.Madatov (1971) esa sulfaperidazin (spofasol) preparati bilan davolash usulini tavsiya etadilar. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilgan dorilardan 1 g dan olib 1 l qiyomga aralashtirib beriladi. Kasallikni oldini olish maqsadida, qishda qoldirilayotgan asallar padga tekshiriladi, agarda qo‘shilgan bo‘lsa, unda uni guldan olingan asal yoki shakar qiyomi bilan almashtiriladi. Qishda har bir ari oilasi 3-5 kg shakar bilan oziqlantiriladi. YOzda esa ularni uyachalar qurish uchun yo‘naltiriladi. Oilalarni yosh arilar bilan ta’minlash maqsadida asalarilarni kuzgi o‘stirishini amalga oshirish kerak. Qishda arilarni quruq arixonalarda saqlash, bahorda esa ari uyalarini qisqartirib, yaxshilab isitib oziqalar bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish kerak. Kasallikka qarshi kurashish maqsadida, qishda ari oilasida kasallik qo‘zg‘atuvchisi kirib qolgan bo‘lsa, erta bahorda asalari qutilarini qishqi arixonalardan chiqarib, arixonalarni tozalash, ozuqa zaxirasini tekshirish, kerak bo‘lsa ularni to‘ldirish yoki yangilashni amalga oshirish kerak. Asalari oilalarni asosiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida, ifloslangan ari uyachalarini olib tashlab, tozalari bilan almashtiriladi va unda oilalar o‘tkaziladi. Barcha ishlatilgan asbob-uskunalar 4%-li formalin eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi. Varroatoz – bu asalarilarning invazion kasalligi bщlib, Varroa jacobsoni kanasini parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik asalari oilalarining bezovtalanishi, sershovqin bo‘lishi va arilarning nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Varroa jacobsoni kanasi ari lichinkalarini, g‘umbaklarini va katta yoshdagi ishchi arilar va ona arilarni zararlaydi. Varroa jacobsoni kanasining asosiy xo‘jayini bu Apis indica deb ataluvchi va janubiy-sharqiy Hindistonda va sobiq Ittifoqning primore o‘lkasida keng tarqalgan hind arisi bo‘lgan. O‘tgan asrning 50-chi yillarida kelib bu kanalar yangi irqlari (avlodlari) janubiy Osiyo davlatlari hududida qayd etildi va u erdan Primore va Xabarovsk o‘lkalarida, undan esa Sobiq Ittifoqning Sibir va evropa hududlarida tarqaldi. Bu kanalar asal beruvchi arilarda parazitlik qilishga moslashdi. Tanasida kanalar rivojlangan yosh arilar, erkak va ona arilar arixonalardan chiqsada, biroq tanasidagi yarachalar oqibatida tezda nobud bo‘ladi. Epizootologik ma’lumotlar. Varroa kanalari kasal ari oilalaridan sog‘lomlariga adashgan, o‘g‘ri arilar orqali, arixonalarni ko‘chirayotgan paytda, arilarni sotish paytida o‘tadi, tarqaladi. Varroa kanalari bilan zararlangan asalari oilalari bezovtalanadi, sershovqinli bo‘lib, ularning nobud bo‘lishi kuzatiladi. Diagnoz va differensial diagnoz. Kasallikka diagnoz arixonalarning o‘zida yoki laboratoriya sharoitida qo‘yiladi. Tekshirish uchun laboratoriyaga o‘lgan arilarni, ari uyachalari tagidan olingan axlatlardan, yopiq nasllardan namuna olib jo‘natiladi. Jo‘natilgan arilar, o‘lgan yopiq nasllarini va axlatlarda kanalar bor-yo‘qligini lupalar yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Arixonalarda, ari qutilarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchib kelib qo‘nadigan taxtalardagi axlatlarda kanalar borligiga tekshiriladi. So‘ngra esa ari oilasi ochiladi, birin-ketin qismlarga ajratiladi va kana borligiga tekshiriladi. Arilarning qorinchasida, ko‘kragida etuk kanalarni ko‘rishimiz mumkin, ari g‘umbaklarida esa kana tuxumlari, protonimfa va deytonimfalarni topish mumkin. Kanalarning to‘rt juft oyoqlari bor.

Kasallikni oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Kasallikni oldini olish maqsadida arixonalarga varroa kanalarini kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini amalga oshirish talab etiladi. Kasallikka qarshi kurashish maqsadida ari uyalaridagi varroa kanalarini yo‘qotish uchun quyidagi aerozollardan (tutun) foydalanish tavsiya etiladi: fenotiazin bir marotabalik dozada 0,7-0,8 g bir ari oilasi uchun, tedion (poliakaritoks) 1-2 g, efir-sulfonat 1,5 g, keltan 0,3 g dozada qo‘llaniladi. Bu preparatlarning akaritsidli va xavfsizligini aniqlash uchun ularni dastlab 3-5 ta ari oilasiga sinab ko‘riladi. Kanalarga qarshi ishlov o‘tkaziladigan ari oilasidagi 2-3 ta uyachali ramkalar o‘z o‘rnidan olinadi, qolganlari esa 2-3 sm masofada siljitadi, uyachalarning tagiga kanalarni yopishib qolishi uchun moy surtilgan qog‘oz qo‘yib chiqiladi. Ertasi kuni kanalar yopishgan qog‘oz olib tashlanib kanasi yuq qilinadi. Ishlovdan oldin uyachalarning yuqori qismi qog‘oz yoki loy bilan mahkam yopib tashlanadi. Ari oilasiga ishlov berishni ertalab, to arilar uchib chiqquncha yoki arilar qaytgandan so‘ng amalga oshiriladi. Ishlovdan o‘tkazilgan oilalar 1-2 choatdan so‘ng ochiladi, agarda tedion bilan ishlovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 5 soatdan keyin ochiladi. Akarapidoz (akaroz, kanali kasallik) – asal oilalarning invazion kasalligi bo‘lib Acarapis woodi kanasining etuk arilarning traxeyasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik arilarni uyasidan uchib chiqayotib erga tushib o‘rmalab qolishi, qanotlarini ikki yon tomonga katta ochib qo‘yishi hamda nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallikdan keladigan iqtisodiy zarar. Kasallik qish va bahorda ari oilalarning kuchsizlanishi va nobud bo‘lishini keltirib chiqaradi. Kasallik dastlab sust, sekinlik bilan tarqala boshlaydi, keyinchalik asal arixonalariga katta ziyon etkazadi.