ITLARDA UCHRAYDIGAN INVAZION KASALLIKLAR.
ITLARDA UCHRAYDIGAN INVAZION KASALLIKLAR . Reja: 1. Gelmintozlar 2. Itlarning n ematodozlar kasalliklarining etiologiya si , patogenez i , klinik belgilar i , diagnostikasi, oldini olish va davolash. 3. Itlarning sestodoz kasalliklarining etiologiya si , patogenez i , klinik belgilar i , diagnostikasi, oldini olish va davolash.
Gelmintozlar Itlarda gelmintozlar keng tarqalgan va og‘ir klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi, ko‘pgin hollarda ular hayvonlarning, ayniqsa it bolalarining o‘limiga ham sabab bo‘ladi. Ko‘p gelmintoz kasalliklari itlarda surunkali kechadi, natijada ular ozib ketadi. It bolalari rivojlanmaydi, o‘sishdan qoladi, ularda yuqumli kasalliklarga sezuvchanlik oshadi. Bundan tashqari itlar odam va hayvonlar uchun xavfli gelmintlarni tashuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Kitobda itlar orasida keng tarqalgan gelmintoz kasalliklari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Trematodozlar Bu itlar kasalligi bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi trematoda bo‘lib hisoblanadi, umumiy nomlanishi – trematodozlar. Itlarda trematodalar jigarning o‘t yo‘llarida, oshqozon, ingichka ichakda parazitlik qiladi. Opistorxoz (Opisthorchosis) Bu surunkali invazion kasallik bo‘lib, tulki, it, mushuk, sobol, sher, cho‘chqa va boshqa sut emizuvchi hayvonlar hamda odam jigarining o‘t yo‘llarida, o‘t xaltasida, oshqozon osti bezi suyuqligini o‘tkazuvchi yo‘llarida joylashadi va uni opistorxis oilasining Opisthorchis turkumiga kiruvchi trematodlar qo‘zg‘atadi. Ayrim tumanlarda opistorxoz kasallik tarqatuvchi manba bo‘lib qolgan. Bu kasallik ba’zan hayvonlarning yalpi o‘latiga sabab bo‘ladi. Etiologiyasi . Opisthorchis felineus ning uzunligi 8-12 mm, eni 1,2-2 mm, og‘iz va qorin so‘rg‘ichlarining diametri 0,25 mm. Qorin so‘rg‘ichi parazit tanasining birinchi va ikkinchi chorak qismida joylashgan. Parrak shaklidagi ikkita urug‘donlari birin-ketin keyingi choragida joylashadi. Urug‘donlar orasida “S” shaklida egilgan chiqaruv – ekskretor pufak joylashib, tananing oxirgi qismidan ochiladi. Urug‘donning oldingi qismida retort shaklidagi urug‘don xaltasi va tuxumdon joylashgan. Tananing o‘rta qismidagi ichak ustunchalari orasida ilmoqsimon bachadon joylashgan. Sariqlik moddasini chiqaruvchi follikulalar tana devori bilan ichak ustunchalari orasida ko‘rinib turadi. Jinsiy teshiklari qorin so‘rg‘ichining oldingi
chekkasidan ochiladi. Trematod tuxumlari och sariq rangli, ikki qavatli yupqa parda bilan o‘ralgan, bir tomonida qopqoqchasi, ikkinchi tomonida esa o‘simtasi bor. Tuxum uzunligi 0,020-0,030 mm, eni esa 0,010-0,015 mm. Rivojlanishi. Opistorxlar o‘t yo‘llarida, o‘t pufagiga tuxum qo‘yadi. Tuxumlar o‘t suyuqligi bilan o‘n ikki barmoqli ichakka va u erdan yo‘g‘on ichakka o‘tib, tezak bilan birga tashqariga chiqadi. Etilgan opistorxis tuxumi ichida miratsidiy bor. Ammo bu lichinka tuxum ichidan chiqa olmaydi, tuxumni oraliq xo‘jayin – chuchuk suvda yashovchi jabrali mollyuska – Bithynialeachi yutadi va shu erda rivojlanadi. Mollyuska ichida tuxumdan miratsidiy chiqib, ichak devorini teshadi va xo‘jayinning tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. U bir oy muddat ichida sporotsistaga aylanadi. Sporotsistadan rediy ajralib chiqadi va mollyuska jigariga kirib rivojlana boshlaydi. Rediy ichida dumli serkariy paydo bo‘ladi. mollyuska organizmiga tushgan opistorxis tuxumidan ikki oy ichida rediy va undan serkariy hosil bo‘ladi, keyin oraliq xo‘jayin tanasidan chiqib suvga tushadi. Ammo suvga tushgan serkariy definitiv xo‘jayinda kasallik qo‘zg‘ata olmaydi. Ular o‘zlarining rivojlanish davrida qo‘shimcha xo‘jayinga muxtoj bo‘ladi. bular uchun karp oilasiga kiruvchi baliqlar qo‘shimcha xo‘jayin (karp, lin, yaz, plotva, vobla, sazan, leshch, jerex, ukleya va boshqalar) hisoblanadi. Serkariy chuchuk suv tagida suzib yuradi va qo‘shimcha xo‘jayinlardan birortasiga duch kelib xujum qilib uning terisini teshib go‘sht qatlamiga, teri ostidagi yog‘ to‘qimalariga joylashib oladi. Serkariy bu erda 2-3 kundan keyin pardaga o‘ralib, taxminan olti hafta ichida metatserkariyga aylanadi. Tanasida metatserkariysi bo‘lgan baliqlarni definitiv xo‘jayinlar (tulki, it, mushuk, cho‘chqa va boshqalar) egan vaqtda ular opistorxoz bilan kasallanadi. Definitiv xo‘jayinning oshqozoni va ingichka ichagining boshlanish qismida metatserkariy pardasi – sista emi rilib, o‘t yo‘li orqali o‘t pufagiga va jigarga o‘tadi. Uch-to‘rt haftadan keyin jigardagi parazitlar jinsiy voyaga etib, yana tuxum qo‘ya boshlaydi. Opistorxisning tuxumlik davridan to jinsiy jihatdan voyaga etgan davrigacha to‘rt oy vaqt o‘tadi.
Epizootologiyasi . Opistorxoz kasallik tarqatuvchi manb sifatida daryo va suv havzalariga yaqin joyda ko‘p uchraydi. Opistorxoz bilan kasallangan odamlar kasallik tarqatuvchi manb hisoblanadi. Opistorxoz tuxumi odam axlati bilan suvga tushadi. Boshqa definitiv xo‘jayinlar it, mushuk, cho‘chqa tezaklari bitiniya mollyuskasi bo‘lgan suvga tushmaydi. Organizmida metatserkariylari bo‘lgan baliqlar tuzlangan yoki muzlatilgan bo‘lishiga qaramay, ularni egan hayvon kasallik yuqtiradi. Bitiniya mollyuskasi qirg‘og‘ida o‘simlik ko‘p o‘sadigan, sekin oqadigan 0,5-0,6 m chuqur suv tagida va qumli botqoqlik joylarida uchraydi. Ular suv manbalarida juda ham ko‘p bo‘ladi. Definitiv xo‘jayinlarning intensiv kasallanishi va har bir trematodning bir kunda 900 gacha tuxum qo‘yish qobiliyati opistorxoz kasalligining tarqalishiga sabab bo‘ladi. Patogenez . Opistorxozlar og‘iz so‘rg‘ichlaribilan o‘t yo‘llarining devorini shimib jarohatlaydi. Odatda parazit juda ko‘p bo‘ladi va joylarni tez-tez o‘zgartirib turadi, shuning uchun o‘t yo‘llaridagi mexanik jarohatlanish juda kuchli bo‘lishi mumkin. YOsh opistorxis tanasi o‘tkir xitin tukchalar bilan qoplanganligi va ularning doim harakat qilishi sababli o‘t yo‘lining devori yanada ko‘proq shikastlanadi. O‘t yo‘llari va o‘t xaltasida joylashgan gelmintlar, ularning tuxumlari, o‘t yo‘llari devoridan ajralib chiqqan shilliq epitelial hujayralar o‘t suyuqligining oqishiga to‘sqinlik qiladi, hatto o‘t oqimini to‘xtatib, u erni kistoz kengaytirib yuboradi. Boshqa gelmintozlar kabi opistorxis bilan invaziyalangan hayvonlar ham zaharlanadi. Opistorxislarda modda almashinuvidan hosil bo‘lgan metabolitlar hayvon organizmini sensibilizatsiyalaydi. 10-15 kundan keyin allergik holatga olib keladi. Klinik belgilar . Kasallangan it juda ozib ketadi, junlari hurpayadi, qorni juda ham kattalashadi, shilliq pardalari sarg‘ayadi. Oshqozon va ichaklarning hazm qilish qobiliyati buziladi, jigar atrofida og‘riq sezilib, suv to‘planadi. It ziflashib holdan ketadi. Bundan tashqari qornini paypaslab ko‘rilsa uning jigari kattalashib,
ustida har xil shakl va kattalikdagi qattiq tugunlar borligi aniqlanadi. Siydik tarkibida ozroq qand moddasi bo‘ladi. Patalogoanatomik o‘zgarishlar . Opistorxoz kasalligida uchraydigan patalogoanatomik o‘zgarishlar itda o‘rganilib, uning jigarida opistorxis joylashgan eri tekshirilgan. Jigar odatda normal bo‘ladi, faqat kuchli invaziyalangan vaqtda u birmuncha kattalashdi; glisson kapsula ostidan devorlari qalinlashgan, o‘t yo‘llarida kista shaklida kengaygan joylar ko‘rinadi. Kistalar tovuq tuxumining kattaligiday bo‘lishi mumkin. O‘t xaltasi tarang, jigar tashqarisidagi o‘t yo‘llari egri-bugri va kengaygan bo‘ladi. jigar ichida joylashgan o‘t yo‘llarining devorlari qalinlashishidan tashqari papilloma yoki adenoma xarakteristikasidagi epitelial hujayralarning o‘sishi ro‘y beradi. Jigarning o‘tkir qirralaridan tashqari boshqa joylarida ham sirrotik o‘zgarishlar juda sezilarli bo‘ladi. Tashxis . Opistorxoz kasalligini aniqlaganda hayvonning maxsus klinik belgisidan tashqari kasallikka gumon qilingan hayvonlar gelmintokaprologik tekshiriladi. Buning uchun to‘yingan osh tuzi eritmasi ishlatildi. Kasallikning boshlanish davri immunobiologik usul bilan ham aniqlanadi. Oldini olish va kurashish chora-tadbirlari . Opistorxoz bilan kasallanuvchan it, tulki, mushuk va boshqa hayvonlarga metatserkariy bilan zararlangan xom baliq berilmaydi. Metatserkariy yuqqan baliqlar pishirish yoki muzlatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi. Mayda daliqlar 8-12 0 sovuqda 5 kun ichida, katta baliqlar esa 17-29 sutkada zararsizlantiriladi.Bundan tashqari hayvonlar vaqt-vaqti bilan tekshirib turiladi va davolanadi.Hayvonlarn davolashda 1 kg tirik vaznga 0,4-0,5 g geksaxloretan suspenziyasi beriladi. Hozirgi vaqtda opistorxoz bilan kasallangan hayvonlarni va odamlarni davolashda 0,1-0,3 g/kg hisobida beriladigan geksaxloparaksilol organizmga zarar etkazmaydigan yaxshi preparat hisoblanadi va u oziqa bilan 15-18 soat ochlikdan keyin beriladi. Alyarioz (Alariosis)