“Infeksion va invazion kasalliklar. Transmissiv kasalliklar. Kasalliklarning tabiiy manbai haqidagi ta’limot”
“Infeksion va invazion kasalliklar. Transmissiv kasalliklar. Kasalliklarning tabiiy manbai haqidagi ta’limot” REJA : 1. Infeksion va invazion kasalliklar. Ularning bir-biridan farqi va o’xshashliklari. 2. Transmissiv kasalliklar. Obligat va fakultativ transmissiv kasalliklar. 3. Transmissiv kasalliklarning asosiy guruhlari. 4. Kasalliklarni tabiiy manbai holida tarqalishi haqida ta’limot. Uning asosiy xususiyatlari.
Infeksion va invazion kasalliklar haqida tushuncha Parazitlarning salbiy ta’siri tufayli hosil qilgan kasalliklarini yuqumli kasalliklar deb atash qabul qilingan. Bunday kasalliklarni yuzaga keltiruvchilar esa yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilar deb ataladi. Yuqumli kasalliklar infeksion va invazion (parazitar) guruhlarga bo’linadi. O’simliklar olamiga mansub bo’lgan kasallik qo’zg’atuvchilarining hosil qilgan kasalliklari infeksion kasalliklari deyiladi. Ushbu infeksion kasalliklarni qo’zg’atuvchilariga mikroorganizmlardan bakteriyalar, rikketsiyalar, spiroxetalar, viruslar, zamburug’lar mansubdir. Infeksion kasalliklarga misol qilib bakterial dizenteriya, toun, vabo, tif, paratif, sil, qizamiq, Botkin kasalligi va boshqalar. Hayvonlar olamiga mansub bo’lgan kasallik qo’zg’atuvchilarining hosil qilgan kasalliklari invazion (parazitar) kasalliklar deyiladi. Invazion kasalliklarni parazit bir xujayralilar, chuvalchanglar, bo’g’im oyoqlilar, ayrim mollyuskalar kabilar keltirib chiqaradi. Invazion kasalliklarga amyobiaz, bezgak kasalligi, leyshmaniozlar, turli-tuman gelmintozlar hamda parazit kanalar, qandalalar, bitlar, burgalar va boshqalar tomonidan keltirib chiqarilgan kasalliklar. Ayrim adabiyotlarda barcha yuqumli kasalliklar infeksion kasalliklar deb yuritiladi. Lekin bunday tushuncha ilmiy va amaliy jihatdan noto’g’ridir. Bundan tashqari ko’p hollarda infeksion va invazion kasalliklarni ham qisqartirib “infeksiya”, “invaziya” deb atashadi. Bunday atash ham to’g’ri emas, chunki infeksiya va invaziya atamalari o’z mazmuni va mohiyati bilan xo’jayin va kasallik qo’zg’atuvchining o’zaro ta’sir etish jarayonini bildiradi. Kasallik esa ushbu jarayonning bir ko’rinish hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, invazion kasalliklarini atashda kasallik qo’zg’atuvchining avlodini lotin tilidagi nomini o’zagiga “az”, “oz”, “yoz” kabi suffikslar qo’shiladi. Masalan, leyshmaniya parazitining qo’zg’atgan kasalligi “leyshmanioz”, ichburug’ amyobasi tomonidan keltirib chiqarilgan kasallik “amyobiaz”, jigar qurti tomonidan keltirib chiqarilgan kasallik “fassiolyoz” deyiladi va hokazolar.
Tranmissiv kasalliklar haqida tushuncha Tranmissiv kasalliklar deganda yuqumli (infeksion va invazion) kasalliklarni qo’zg’atuvchilari qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlilar (kanalar, qandalalar, bitlar, burgalar, chivinlar, pashshalar) yordamida bir issiq qonli xo’jayindan boshqa issiq qonli xo’jayinga yuqtiriladigan kasalliklar tushuniladi. Ushbu tushunchani birinchi bo’lib akad. Ye.N.Pavlovskiy ifodalab bergan. Tranmissiv kasalliklarning ikki guruhi farq qilinadi, ya’ni chin (obligat) transmissiv kasalliklar va fakultativ-tranmissiv kasalliklar. Bezgak kasalligi, epidemik toshmali tif, bitli qaytalama tif, ensefalit, turli shakllardagi isitmalar va bir qator kasalliklar chin (obligat) transmissiv kasalliklar hisoblanadi, chunki ushbu kasalliklarni qo’zg’atuvchilari albatta yuqtiruvchilar yordamida bir organizmdan boshqasiga o’tadi. Fakultativ-transmissiv kasalliklarni qo’zg’atuvchilari har doim faqat yuqtiruvchilar yordamida emas, balki boshqa bir qator tashqi muhit omillari orqali kasal organizmdan sog’lom organizmga o’tishi ham mumkin. Bunday yo’llarga suv, oziq-ovqat, havo orqali yuquvchi kasalliklarni, shuningdek sog’lom organizmning kasallangan organizm bilan bog’lanishi, kontaktda bo’lishi va boshqalarni aytib o’tish mumkin. Masalan, toun kasalligini qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar aslida burgalar yordamida kasal kemiruvchi hayvondan odamga yuqadi. Kasallik gemiepizootiyasi davrida kasallik odamdan odamga havo orqali o’tishi ham mumkin. Shuningdek odam kasallangan hayvonni so’yib terisidan ajratganda, uning ichki organlarini kesib ochganda ham kasal yuqishi mumkin. Sibir kuydirgi kasalligi hayvonlar orasida tarqalishida sunalar va ayrim pashshalar mexanik ravishda yuqtiruvchilar vazifasini bajaradi. Bunday yo’l bilan ayrim hollarda odamlarga ham yuqishi mumkin. Lekin odamning ushbu kasallik bilan zararlanashini asosiy yo’li uning kasallangan hayvonni parvarish qilishi jarayonida yoki kasal hayvonni so’yib, terisini tozalaganda, uning go’shtini yaxshi pishirmay istemol qilganda, kasal hayvonning zararsizlantirilmagan terisi va junidan tayyorlangan xar xil kiyim va buyumlar orqali yuqishi mumkin.
Tranmissiv kasalliklarni qo’zg’atuvchi parazitlarning xususiyatlari va ularning xo’jayin bilan munosabatlariga qarab qo’yidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Zoonozlar. Ushbu guruhdagi kasalliklar faqat hayvonlar uchun xos bo’ladi. Masalan, qushlarda uchrovchi bezgak kasalligi, faqat hayvonlarda uchraydi. 2. Antropozoonozlar. Ushbu guruhdagi kasalliklar aksariyat hollarda hayvonlar uchun xos bo’ladi, lekin ayrim hollarda odamlar ham kasallanishi mumkin. Bunday kasalliklarga kanali qaytalama tif, kanali ensefalit, ayrim isitma va boshqalar. Antropozoonozlar uchun har doim manba kasal hayvonlar hisoblanib, yuqtiruvchilar qo’zg’atuvchilarni aynan ana shu manbadan oladi va ba’zan uni odamga ham yuqtiradi. 3. Antroponozlar. Faqat odamlar uchun xos bo’lgan kasalliklar hisoblanib, bironta ham hayvonlarda uchramaydi va ular kasallikka manba ham bo’la olmaydi. Bunday kasalliklarga bezgak, epidemik toshmali tif, bitli qaytalama tif, amyobiaz, lyamblioz, trixomonadoz va boshqalar. Shunday qilib, yuqtiruvchilar tranmissiv kasalliklarning epidemiologik va epizootologik zanjirida eng asosiy zvenolardan hisoblanadi. Transmissiv kasalliklar uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, ular yil davomida birxil ravishda tarqalmasdan, fasllar davomida o’zgarib turadi. Ushbu xususiyat shu kasalliklarni yuqtiruvchi bo’g’imoyoqlilarning miqdori va aktivligiga bog’liqdir. Masalan, antroponoz va yilning issiq fasllarida ko’payishi (epidemiyasi), ushbu kasalliklarni yuqtiruvchi chivinlar, iskaptoparlar, so’nalar, pashshalar, kanalar kabilarning aktivlik hayoti bilan bog’liqdir. Lekin antroponoz kasalliklardan toshmali va qaytalama tif kasalliklari asosan yanvar-mart oylarida ko’payadi. Buning asosiy sababini birinchidan yuqtiruvchi (bitlar)ning ekologik xususiyati va ikkinchidan aynan shu faslda odamlarning turmush sharoitini o’ziga xosligi bilan tushuntirish mumkin. Transmissiv yuqumli kasalliklarning ma’lum hududda manba holida mavjudligi kasal odamlar va hayvonlarning borligi bilan ifodalanadi. Bunday
manbalar epidemik yoki epizootik manbalarga bo’linadi. Yuqumli kasalliklarni manbai kasal odamlar bo’lsa, bunday manba epidemik manba deyiladi. Kasal qo’zg’atuvchilarning manbai hayvonlar bo’lsa, bunday manba epizootik manba deyiladi. Aytilganlarga binoan antroponoz kasalliklarning (epidemik) manbai kasal odamlar hisoblansa, antropozoonoz kasalliklarga esa ham kasal odamlar (epidemik) va ham kasal hayvonlar (epizootik) manba bo’laoladi. Kasalliklarni tabiiy manbai holida tarqalishi haqida ta’limot Odam va hayvonlarning kasalliklarini tabiiy manba holida mavjud bo’lishi haqidagi ta’limotni 1-nchi bo’lib akademik Ye.N. Pavlovskiy 1939 yilda kashf etgan. Aslida esa 1911 yilda akademik D.K. Zabolotn ы y toun tabiiy manbali kasallik ekanligi haqidagi fikrlarni e’lon qiladi. Ushbu ilmiy yangilik, shuningdek Ye.N.Pavlovskiyning odamlarning turli xil transmissiv kasalliklar bilan og’rishi, uning kelib chiqish sabablarini o’zoq yillar davomida o’rganadi. Bunday kasalliklar asosan odamlar yashamaydigan joylar va o’zlashtirilmagan qo’riq hamda bo’z maydonlar bilan bog’liq bo’lishini aniqlaydi. Ma’lum harbir biotop o’zining xarakterli biosenoziga ega bo’ladi. Jumladan, kasallik qo’zg’atuvchi, uni yuqtiruvchilari va umurtqali hayvonlar tabiiy manbali kasallik bo’lgan biosenozning zvenolaridan hisoblanadi. Evolyusiya jarayonida biosenozda kasallik qo’zg’atuvchi, yuqtiruvchi va xo’jayin hisoblanuvchi umurtqali hayvonlar kabi turlar orasida shunday bog’lanishlar yuzaga keladiki, ushbu aloqalar kasallik qo’zg’atuvchining uzluksiz ravishda bir xo’jayindan boshqa bir xo’jayinga o’tishini ta’minlaydi. Ushbu bog’lanish sababi birinchi navbatda organizmlar orasida oziqa zanjirining mavjudligidadir. Yuqtiruvchi (kana yoki ektoparazit hasharot) umurtqali hayvonning (donorning) qonini so’rganda kasallik qo’zg’atuvchini o’ziga oladi va ma’lum vaqt oralig’ida yuqtirish imkoniyati paydo bo’lgandan keyin resepiyent-xo’jayin (boshqa bir umurtqali hayvon) qonini so’rganda qo’zg’atuvchini yuqtiradi. Tabiiy manbali kasallikni