logo

ASARGA TURLIChA YoNDAShUV VA TURLI TALQIN MASALALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.3076171875 KB
ASARGA TURLIChA YoNDAShUV VA TURLI TALQIN
MASALALARI
Reja:
1. Asar tahlili va talqini
2. Badiiy asarga turlicha tahliliy jihatdan yondashuvlar
3. Ijodiy jarayonga, adabiy asarga ijodkor munosabati Adabiyot   darsliklarini   tahlil   qilishda   ham   qator   kamchiliklar   ko‘zga
tashlanadi. Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan istalgan adabiyot darsligini olib
qaramaylik,   mavzular   bir   xil   taqdim   qilinganiga   guvoh   bo‘lamiz:   adibning
hayoti   va   ijodi   haqida   ma’lumot,   o‘rganiladigan   asardan   parcha,   “asar
haqida” bo‘limi hamda savol va topshiriqlar. “Asar haqida” bo‘limida darslik
muallifi o‘qilgan asarni tahlil qilib, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘quvchining mustaqil
fikriga   o‘rin   qoldirmay   “chaynab”   beradi.   Savol   va   topshiriqlar   orqali   esa,
asosan, adib tarjimai holi va asar syujetiga oid faktlar, detallarni eslab qolish
qobiliyati   mustahkamlanadi.
Adabiyot darsliklari nega aynan shu tartibda tuzilishini tushunish uchun
ozgina   “moziyga   qaytish”imiz   lozim.   1921   yili   fuqarolar   urushi   va   harbiy
kommunizm   asoratlarini   yengib   o‘tgan   sobiq   ittifoq   hukumati   asosiy
e’tiborini ta’limga qaratadi. Adabiyotshunos va lingvist Pavel Sakulin tuzgan
dastur   va   metodika   Maorif   xalq   komissarligi   tomonidan   tasdiqlanadi.   Bu
dasturning   eng   asosiy   jihatlari   —   variantlilik   va   asarni   o‘qitishga   bo‘lgan
yondashuv   edi.   O‘rganilishi   lozim   bo‘lgan   asarlar   ro‘yxatidan   aynan
qaysilarini o‘qitishni o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining qiziqish va tayyorgarlik
darajasini hisobga olgan holda hal qilardi. Dars ning asosiy ob’ekti — badiiy
matn   bo‘lishi   lozim   edi,   ya’ni   o‘quvchi   asarni   tahlil   qilishga   o‘rgatilardi.
Sovet   hukumati   ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy   hayotning   barcha   jabhalarini
o‘zining   to‘liq   nazoratiga   olishi   bilan   metodikaga,   xususan,   adabiyot
o‘qitishga yondashuv o‘zgardi. 1930-yillarga kelib, “o‘qituvchi va darslik —
o‘quvchi   uchun   yagona   bilim   manbai”   degan   qarash   shakllandi.   Ta’limning
maqsadi darslikda berilgan ma’lumotni  o‘zlashtirish va  iloji  boricha  matnga
yaqin   qilib   qaytarish   bo‘lib   qoldi.   Adabiyot,   birinchi   navbatda,   mafkuraviy
tarbiya quroliga aylantirildi. O‘qituvchi va o‘quvchilar asarni “noto‘g‘ri” tal -
qin   qilmasligi   uchun   asarlarning   “to‘g‘ri”   tahlili   darsliklarda   beriladigan
bo‘ldi. Bu yondashuv sobiq tuzumning so‘nggi yillarigacha amal qildi. Hozir Rossiya,   Ukraina   singari   ayrim   davlatlarda   adabiyotni   o‘qitishga   bunday
yondashuvdan   voz   kechilgan.   Biroq,   afsuski,   bizda   bu   metodika   saqlanib
qolmoqda  va  adabiyot  darsliklari  ham  shu  yondashuv  asosida  yaratilmoqda.
Natijada   insonni   tarbiyalashi,   fikrlashga   o‘rgatishi   kerak   bo‘lgan   adabiyot
darslari   aksar   hollarda   “adiblar   va   asarlar   haqida   ma’lumotlar”   darsiga,
kimningdir   asar   haqidagi   fikrini   yod   olish   va   qaytarish   darsiga   aylanib
qolmoqda.
Universitetda   asarlar   ustida   bahs   ketganda   talabalarning   deyarli
hammasi   Abdulla   Qahhor ning   “Bemor”   hikoyasi   haqida   bir   xil   mulohazani
takrorladi:   “Yozuvchi   bu   asari   bilan   o‘sha   paytdagi   jamiyatni   bemor
demoqchi   bo‘lgan”.   Talabalardan   bu   fikr ni   asar   matniga   tayanib   asoslashni
so‘raganimda   tayinli   javob   ololmadim.   Sababi,   ular   o‘qigan   maktab
darsligining   “asar   haqida”   bo‘limida   shu   fikr   berilgan   va   talabalar   bu   fikrni
eslab   qolgan,   xolos.   Talabalarga   “Balki   Sotiboldining   o‘zi   bemordir?   Balki
vaqtini, pulini har xil bekorchi irimlarga sarflamasa, xotinini davolata olgan
bo‘larmidi?” desam, gangib qolishdi.
Xorijiy davlatlarda adabiyot fanini o‘qitish “kitobxon javobi nazariyasi
yoki   retseptiv   estetika”   tamoyillariga   asoslanadi.   Ushbu   nazariyaga   ko‘ra,
badiiy   asar   mutolaasi   shunchaki   ma’lumot   olish   uchun   (masalan,   darslik,
ensiklopediya yoki ilmiy adabiyotlarni) o‘qishdan tubdan farq qiladi. Badiiy
asar ma’lumot olish uchun o‘qilmaydi, bu — estetik hodisa bo‘lib, kitobxon
va  muallif  o‘rtasidagi dialogga asoslanadi.   Asarning qiymati  uni hamma bir
xil   qabul   qilishi   bilan   emas,   aksincha,   har   bir   kitobxon   asarga   nisbatan   o‘z
munosabatini   shakllantirishi   bilan   belgilanadi.   Nemis   adabiy   tanqidchisi
Volf gang Izer fikriga ko‘ra, asar yozilgan va yozilmagan qism lardan iborat.
Kitobxon   asarni   o‘qiy   boshlar   ekan,   undan   ma’lum   bir   narsani   kutadi.
Ko‘pincha   kitobxon   o‘zi   kutgan   narsani   to‘liq   olmaydi   (muallif   ko‘p
savollarga   javobni   ochiq   qoldiradi),   bunday   holatda   bo‘shliqlarni kitobxonning   o‘zi   to‘ldiradi.   Bu   bo‘shliqlar   asarning   yozilmagan   qismidir.
Bo‘shliqlarni qanday to‘ldirish esa kitobxonning o‘ziga bog‘liq. Demak, har
xil  kitobxon bu  bo‘shliqlarni  turlicha to‘ldiradi.  Bu jarayonni Izer  yulduzlar
turkumiga   qarash   bilan   solishtiradi:   “Tunda   yulduzli   osmonga   qaragan   ikki
kishi   bir   xil   yulduzlar   turkumiga   qarayotgan   bo‘lishi   mumkin,   lekin   biri
omochni ko‘rsa, ikkinchisi esa cho‘michni tasavvur qiladi.” Adabiyot fanini
o‘qitish metodikasiga “tranzaksiya nazariyasi”ni olib kirgan amerikalik olima
Luiza   Rozenblatt   bu   fikrni   davom   ettirib   shunday   deydi:   «O‘qilayotgan
asardan   ma’no   yasash   o‘quvchi   shaxsi   —   uning   bilimi,   his-tuyg‘ulari,
xohish-istaklari   bilan   asar   matni   sintezidan   kelib   chiqadi”.   Asar   mutolaasi
jarayonida   o‘quvchi   boshqa   bir   hayotni   “yashab   o‘tadi”.   Bu   hodisaga
o‘quvchining   hayotiy   tajribasi,   ayni   paytdagi   emotsional   holati   ham   ta’sir
qilishi   natijasida   o‘quvchi   o‘qigan   asariga   qayta   murojaat   qilganda   unga
oldingiga   nisbatan   boshqacha   ta’sir   qilishi,   yangicha   xulosalarga   undashi
mumkin.
Badiiy   mutolaa   asar   va   kitobxon   o‘rtasidagi   dialog   ekan,   adabiyot
darslari   bu   dialogning   o‘quvchi   uchun   samarali   bo‘lishiga   xizmat   qilishi
lozim.   O‘quvchiga   adib   va   asar   haqidagi   ma’lumotlarni   eslab   qolish
o‘rgatilmaydi, asar haqida kimningdir fikri sing dirilmaydi, balki undan mus -
taqil xulosa chiqarishga yordam beriladi. Xorijiy davlatlar(Britaniya, AQSh,
Rossiya,   Ukraina)da   o‘qitiladigan   adabiyot   darsliklarida   asarni   o‘quvchiga
taqdim   qilishda   umumiy   jihatlarni   kuzatish   mumkin.   Asar   bilan   ishlash   uch
bosqichga   bo‘linadi.   Mutolaadan   oldin   beriladigan   savol   va   topshiriqlar
orqali   o‘quvchida   asarni   o‘qishga   motivatsiya   (qiziqish)   uyg‘otish,
shuningdek,   asarni   tushunish   uchun   kontekstni   shakllantirish   maqsad
qilinadi.   Asarni   o‘qish   davomidagi   topshiriqlarda   matndagi   muhim
elementlar   (syujet,   dialog,   tasvirlar,   ishlatilgan   badiiy   vositalar)ga   e’tibor
qaratish, adabiyot nazariyasi bilan bog‘lash orqali asarni tushunishga yordam beriladi. Asardan keyin beriladigan savol va topshiriqlar esa asarni “makro”
darajada   (yuqoridan)   tahlil   qilish,   unga   nisbatan   o‘quvchining   munosabatini
shakllantirish,   adabiyotning   boshqa   fanlar   bilan   integratsiyasini   ta’minlash,
asarda   ko‘tarilgan   muammolarni   hayot   bilan   bog‘lash   hamda   o‘quvchining
og‘zaki   va   yozma   nutqini,   ijodiy   qobiliyatini   rivojlantirish   singari
maqsadlarga   qaratiladi.   Darslik   dizayni   ham   muhim   rol   o‘ynaydi:   hoshiya -
lardan   unumli   foydalaniladi,   rasmlar   ham   shunchaki   illyustratsiya   uchun
emas,   muayyan   maqsadni   ko‘zda   tutgan   holda   beriladi.   Tabiiyki,   “asar
haqida” bo‘limi mavjud emas, chunki maqsad — o‘quvchida asarga, undagi
obrazlar,   muammolarga   nisbatan   o‘z   munosabatini   shakllantirishga,   tahlil
qilish, fikrlash va saboq chiqarishiga xizmat qiladi.
Xorij   darsliklarida   savol   va   topshiriqlar   tizimi   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Chunki   aynan   ular   o‘quvchining   asarni   tushunishi,   tahlil   qilishiga
yordam   beradi   hamda   ular   orqali   ta’lim   standartlarida   ko‘zda   tutilgan
ko‘nikma   va   kompeten siya lar   o‘quvchida   shakllantiriladi.   “Maktab
darsliklarini yaratish va tahlil qilish” kitobi mualliflari — fransuz metodistlari
Fransua-Mari   Jerar   va   Ksave   Roje   savol   va   topshiriqlarni   quyidagi
guruhlarga   bo‘ladi:
—   retseptiv   (olingan   ma’lumotni   qaytarish)   ko‘nikmalarni   rivojlantirishga
qaratilgan   savol   va   topshiriqlar;
—   kognitiv   (ochiq   va   yashirin   ma’lumotni   transformatsiya   qilish)
ko‘nikmalarni   rivojlantirishga   qaratilgan   savol   va   topshiriqlar;
—   harakat   topshiriqlari   —   o‘quvchidan   nimadir   qilish,   jismoniy
harakat(masalan,   yozish,   rasm   chizish,   rol   o‘ynash)ni   talab   qiladigan
topshiriqlar;
— o‘rgangan bilimlar orqali o‘ziga va yon-atrofiga baho berish, xulq-atvorini
qayta   ko‘rib   chiqish   bilan   bog‘liq   topshiriqlar. Darslik muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun mazkur turdagi savol va topshiriqlarni
qamrab   olishi   lozim.   Adabiyot   darsliklarida   asar   bilan   ishlash   samarali
bo‘lishi uchun savol va topshiriqlarga nisbatan muayyan qo‘shimcha talablar
qo‘yiladi.   Ular   shunday   tuziladiki,   darslikdan   olingan   ma’lumotlarni   yoki
asar   syujetini   qayta   hikoya   qilib   berishga   qaratilmaydi.   Aksincha   asarning
muhim   o‘rinlariga   va   o‘ziga   xos   xususiyatlariga   e’tibor   qaratishga,   asar
ustida   mushohada   yuritishga   undaydi. Adabiyotlar:
T. Boboev.  Adabiyotshunoslik  asoslari, T.,  «O‘zbekiston», 2002,  512-
519- betlar.
D.   Quronov.   Adabiyotshunoslikka   kirish,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 191-199-betlar.
H.   Umurov.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi,     T.,   A.   Qodiriy     nomidagi
Xalq merosi nashriyoti, 2004, 239-244-betlar.

ASARGA TURLIChA YoNDAShUV VA TURLI TALQIN MASALALARI Reja: 1. Asar tahlili va talqini 2. Badiiy asarga turlicha tahliliy jihatdan yondashuvlar 3. Ijodiy jarayonga, adabiy asarga ijodkor munosabati

Adabiyot darsliklarini tahlil qilishda ham qator kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan istalgan adabiyot darsligini olib qaramaylik, mavzular bir xil taqdim qilinganiga guvoh bo‘lamiz: adibning hayoti va ijodi haqida ma’lumot, o‘rganiladigan asardan parcha, “asar haqida” bo‘limi hamda savol va topshiriqlar. “Asar haqida” bo‘limida darslik muallifi o‘qilgan asarni tahlil qilib, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘quvchining mustaqil fikriga o‘rin qoldirmay “chaynab” beradi. Savol va topshiriqlar orqali esa, asosan, adib tarjimai holi va asar syujetiga oid faktlar, detallarni eslab qolish qobiliyati mustahkamlanadi. Adabiyot darsliklari nega aynan shu tartibda tuzilishini tushunish uchun ozgina “moziyga qaytish”imiz lozim. 1921 yili fuqarolar urushi va harbiy kommunizm asoratlarini yengib o‘tgan sobiq ittifoq hukumati asosiy e’tiborini ta’limga qaratadi. Adabiyotshunos va lingvist Pavel Sakulin tuzgan dastur va metodika Maorif xalq komissarligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu dasturning eng asosiy jihatlari — variantlilik va asarni o‘qitishga bo‘lgan yondashuv edi. O‘rganilishi lozim bo‘lgan asarlar ro‘yxatidan aynan qaysilarini o‘qitishni o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining qiziqish va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda hal qilardi. Dars ning asosiy ob’ekti — badiiy matn bo‘lishi lozim edi, ya’ni o‘quvchi asarni tahlil qilishga o‘rgatilardi. Sovet hukumati ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotning barcha jabhalarini o‘zining to‘liq nazoratiga olishi bilan metodikaga, xususan, adabiyot o‘qitishga yondashuv o‘zgardi. 1930-yillarga kelib, “o‘qituvchi va darslik — o‘quvchi uchun yagona bilim manbai” degan qarash shakllandi. Ta’limning maqsadi darslikda berilgan ma’lumotni o‘zlashtirish va iloji boricha matnga yaqin qilib qaytarish bo‘lib qoldi. Adabiyot, birinchi navbatda, mafkuraviy tarbiya quroliga aylantirildi. O‘qituvchi va o‘quvchilar asarni “noto‘g‘ri” tal - qin qilmasligi uchun asarlarning “to‘g‘ri” tahlili darsliklarda beriladigan bo‘ldi. Bu yondashuv sobiq tuzumning so‘nggi yillarigacha amal qildi. Hozir

Rossiya, Ukraina singari ayrim davlatlarda adabiyotni o‘qitishga bunday yondashuvdan voz kechilgan. Biroq, afsuski, bizda bu metodika saqlanib qolmoqda va adabiyot darsliklari ham shu yondashuv asosida yaratilmoqda. Natijada insonni tarbiyalashi, fikrlashga o‘rgatishi kerak bo‘lgan adabiyot darslari aksar hollarda “adiblar va asarlar haqida ma’lumotlar” darsiga, kimningdir asar haqidagi fikrini yod olish va qaytarish darsiga aylanib qolmoqda. Universitetda asarlar ustida bahs ketganda talabalarning deyarli hammasi Abdulla Qahhor ning “Bemor” hikoyasi haqida bir xil mulohazani takrorladi: “Yozuvchi bu asari bilan o‘sha paytdagi jamiyatni bemor demoqchi bo‘lgan”. Talabalardan bu fikr ni asar matniga tayanib asoslashni so‘raganimda tayinli javob ololmadim. Sababi, ular o‘qigan maktab darsligining “asar haqida” bo‘limida shu fikr berilgan va talabalar bu fikrni eslab qolgan, xolos. Talabalarga “Balki Sotiboldining o‘zi bemordir? Balki vaqtini, pulini har xil bekorchi irimlarga sarflamasa, xotinini davolata olgan bo‘larmidi?” desam, gangib qolishdi. Xorijiy davlatlarda adabiyot fanini o‘qitish “kitobxon javobi nazariyasi yoki retseptiv estetika” tamoyillariga asoslanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, badiiy asar mutolaasi shunchaki ma’lumot olish uchun (masalan, darslik, ensiklopediya yoki ilmiy adabiyotlarni) o‘qishdan tubdan farq qiladi. Badiiy asar ma’lumot olish uchun o‘qilmaydi, bu — estetik hodisa bo‘lib, kitobxon va muallif o‘rtasidagi dialogga asoslanadi. Asarning qiymati uni hamma bir xil qabul qilishi bilan emas, aksincha, har bir kitobxon asarga nisbatan o‘z munosabatini shakllantirishi bilan belgilanadi. Nemis adabiy tanqidchisi Volf gang Izer fikriga ko‘ra, asar yozilgan va yozilmagan qism lardan iborat. Kitobxon asarni o‘qiy boshlar ekan, undan ma’lum bir narsani kutadi. Ko‘pincha kitobxon o‘zi kutgan narsani to‘liq olmaydi (muallif ko‘p savollarga javobni ochiq qoldiradi), bunday holatda bo‘shliqlarni

kitobxonning o‘zi to‘ldiradi. Bu bo‘shliqlar asarning yozilmagan qismidir. Bo‘shliqlarni qanday to‘ldirish esa kitobxonning o‘ziga bog‘liq. Demak, har xil kitobxon bu bo‘shliqlarni turlicha to‘ldiradi. Bu jarayonni Izer yulduzlar turkumiga qarash bilan solishtiradi: “Tunda yulduzli osmonga qaragan ikki kishi bir xil yulduzlar turkumiga qarayotgan bo‘lishi mumkin, lekin biri omochni ko‘rsa, ikkinchisi esa cho‘michni tasavvur qiladi.” Adabiyot fanini o‘qitish metodikasiga “tranzaksiya nazariyasi”ni olib kirgan amerikalik olima Luiza Rozenblatt bu fikrni davom ettirib shunday deydi: «O‘qilayotgan asardan ma’no yasash o‘quvchi shaxsi — uning bilimi, his-tuyg‘ulari, xohish-istaklari bilan asar matni sintezidan kelib chiqadi”. Asar mutolaasi jarayonida o‘quvchi boshqa bir hayotni “yashab o‘tadi”. Bu hodisaga o‘quvchining hayotiy tajribasi, ayni paytdagi emotsional holati ham ta’sir qilishi natijasida o‘quvchi o‘qigan asariga qayta murojaat qilganda unga oldingiga nisbatan boshqacha ta’sir qilishi, yangicha xulosalarga undashi mumkin. Badiiy mutolaa asar va kitobxon o‘rtasidagi dialog ekan, adabiyot darslari bu dialogning o‘quvchi uchun samarali bo‘lishiga xizmat qilishi lozim. O‘quvchiga adib va asar haqidagi ma’lumotlarni eslab qolish o‘rgatilmaydi, asar haqida kimningdir fikri sing dirilmaydi, balki undan mus - taqil xulosa chiqarishga yordam beriladi. Xorijiy davlatlar(Britaniya, AQSh, Rossiya, Ukraina)da o‘qitiladigan adabiyot darsliklarida asarni o‘quvchiga taqdim qilishda umumiy jihatlarni kuzatish mumkin. Asar bilan ishlash uch bosqichga bo‘linadi. Mutolaadan oldin beriladigan savol va topshiriqlar orqali o‘quvchida asarni o‘qishga motivatsiya (qiziqish) uyg‘otish, shuningdek, asarni tushunish uchun kontekstni shakllantirish maqsad qilinadi. Asarni o‘qish davomidagi topshiriqlarda matndagi muhim elementlar (syujet, dialog, tasvirlar, ishlatilgan badiiy vositalar)ga e’tibor qaratish, adabiyot nazariyasi bilan bog‘lash orqali asarni tushunishga yordam

beriladi. Asardan keyin beriladigan savol va topshiriqlar esa asarni “makro” darajada (yuqoridan) tahlil qilish, unga nisbatan o‘quvchining munosabatini shakllantirish, adabiyotning boshqa fanlar bilan integratsiyasini ta’minlash, asarda ko‘tarilgan muammolarni hayot bilan bog‘lash hamda o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish singari maqsadlarga qaratiladi. Darslik dizayni ham muhim rol o‘ynaydi: hoshiya - lardan unumli foydalaniladi, rasmlar ham shunchaki illyustratsiya uchun emas, muayyan maqsadni ko‘zda tutgan holda beriladi. Tabiiyki, “asar haqida” bo‘limi mavjud emas, chunki maqsad — o‘quvchida asarga, undagi obrazlar, muammolarga nisbatan o‘z munosabatini shakllantirishga, tahlil qilish, fikrlash va saboq chiqarishiga xizmat qiladi. Xorij darsliklarida savol va topshiriqlar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ular o‘quvchining asarni tushunishi, tahlil qilishiga yordam beradi hamda ular orqali ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan ko‘nikma va kompeten siya lar o‘quvchida shakllantiriladi. “Maktab darsliklarini yaratish va tahlil qilish” kitobi mualliflari — fransuz metodistlari Fransua-Mari Jerar va Ksave Roje savol va topshiriqlarni quyidagi guruhlarga bo‘ladi: — retseptiv (olingan ma’lumotni qaytarish) ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan savol va topshiriqlar; — kognitiv (ochiq va yashirin ma’lumotni transformatsiya qilish) ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan savol va topshiriqlar; — harakat topshiriqlari — o‘quvchidan nimadir qilish, jismoniy harakat(masalan, yozish, rasm chizish, rol o‘ynash)ni talab qiladigan topshiriqlar; — o‘rgangan bilimlar orqali o‘ziga va yon-atrofiga baho berish, xulq-atvorini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq topshiriqlar.