logo

SIROJIDDIN SAYYID SHEʼRIYATIDA TALQIN VA VATAN TUSHUNCHASI 26v

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

125.5 KB
1 MAVZU: SIROJIDDIN SAYYID SHE RIYATIDA  TALQIN VA VATANʼ
TUSHUNCHASI
I. KIRISH. Mavzuning maqsadi va vazifalari 
II. ASOSIY QISM
1. Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi 
2. Sirojiddin Sayyid she riyati mavzu ko’lami 	
ʼ
3. Sirojiddin Sayyid ijodida tarixiylik 
4. Shoir she riyatida bobur obrazi talqini 	
ʼ
III. XULOSA 
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI	
ʻ 3KIRISH
Insoniyat qalbida hamisha ruhiy ozuqaga ehtiyoj seziladi. U o’z qalbini tiklash,
tafakkurini kamolotga yetkazish uchun kuch-quvvat manbalarini izlaydi. Tarix, xotira
ana   shunday   qudratli   manba   sarchashmasi   hisoblanadi.   Kishi   faqat   ma’lumot   olish
uchungina   tarixni   o’qimaydi.   Bu   unga   o’tmish   haqida   tasavvurga   ega   bo’lish   va
xulosalar   chiqarish   uchun   ham   zarurdir.  Istiqlol   tufayli   Vatan,   xalq,   ajdolar,   o’tmihs,
qadriyat   va   meros   haqida   baralla   so’zlash   imkoniyati   tug’ildi.   Adabiyot   tarixga   katta
umr beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu tinch jamiyatda tarixga qiziqish uyg’otish,
xalqni o’zligini anglashga urinish mas’uliyatini ham adabiyot birinchilardan bo’lib o’z
zimmasiga oladi. She’riyatga tarixiy shaxslar kirib kelib, kitobxon ko’z o’ngida buyuk
ajdodlarimizning   qiyofasi   gavdalandi.   Shu   o’rinda   aytish   kerakki,   istiqlol   davri
shoirlari   ijodida   tarixiy   mavzuni   o’rganish,   tadqiq   etish   va   baholash   bugungi
adabiyothsunoslik ilmi zimmasidagi dolzarb vazifalardan sanaladi.
Millatning   yashash   tarzi,   olamni   badiiy   idrok   etish   yo’sinida   ulkan
o’zgarishlar   yasagan   XX   asr   o’zbek   adabiyotiga   xos   xususiyatlarni   kuzatish,   ulardan
muayyan ilmiy xulosalar chiqarish mutaxassislardan ulkan mas’uliyat talab qiladi. Bu
asrda   dunyoning   eng   qadimiy   xalqlaridan   bo’lgan   o’zbeklarning   olam   hodisalarini
qabul   qilish   va   unga   yondoshish   tarzi   avvalgi   o’nlab   asrlardagiga   nisbatan   jiddiy
o’zgardi   va   bu   adabiyot   xalqimizning   ma'naviy   hayotida,   badiiy-estetik   tafakkur
taraqqiyotida   alohida   bosqich   bo’lib   qoldi.   CHo’lpon,   Fitrat,   Abdulla   Avloniydan
boshlab   SHavkat   Rahmon,   Muhammad   Yusuf,   Abdulla   SHer,   Halima
Xudoyberdiyeva,   Usmon   Azimgacha   bir   necha   avlod   ijodkorlari   millat   manaviy-
intellektual hayoti rivojini belgilovchi badiiy barkamol asarlar yaratishdi. Ushbu sirada
Sirojiddin   Sayyidning   ham   alohida   o’z   o’rni   bor.   Bu   avlod   namoyandalari   yaratgan
asarlarsiz   millat   ma'naviy-madaniy   hayotini   tasavvur   qilish   qiyin.   Zero,   jamiyat
ma'naviyatini   yuksaltirish   har   doim   ham   badiiy   so’z   san'atining   zimmasida   bo’lgan.
SHu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi gaplarini eslash o’rinlidir: “Mamviyat hаqidа gаp kеtаг ekon, men аvvаlо, insonni ruhiy poktenish vа
yuksalishga   da'vat   etadigan,   inson   ichki   olamini   boyitadigan,   uning  iymon  iгodasini,
e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg ,
otadigan qudгatli botiniy kuchni tasavvuг
qilaman” J
.   SHu   ma'noda,   Sirojiddin   Sayyid   badiiy   merosini   o ,
гganish   tadqiqotning
dolzerbligini  belgilaydi.
Ishdan   ko ,
zlangan   asosiy   maqsad   Sirojiddin   Sayyid   she’riyatida   tarixiy
mavzuning qaydarajada ishlanganini, tarixiy siymolar qaydarajada talqin etilganiligini,
she’riyatining poetik xususiyatlarini,
uning   badiiy   san’atlardan   foydalanish   mahoratini,   so’z   qo’llashdagi   zukkoligini,
she’riyatining yetakchi mazmun mohiyatini ochib berish;
- Sirojiddin   Sayyid   liгikasining   ХХ   asгning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asr   boshlari
o’zbek she'riyati taгaqqiyotida tutgan o’rni va ahamiyatini ko’гsatish;
- Sirojidin Sayyid she’riyatida tasvirlangan tarixiy obrazlar talqinini o’rganish;
- Shoir she’rlarida qo’llangan badiiy-tasviriy vositalarni o’rganish  va  tahlil qilish;
- Sirojiddin Sayyidning badiiy mahoratini o’rganish;
- Sirojiddin   Sayyid   ijodining   ХХ   asming   ikkinchi   yarmi   va   XXI   asr   boshlari
o’zbek   poeziyasi   rivojknish   tendensiyakrini   belgikb   beгishdagi   salohiyatini
o’гganishdan iboгatdiг. 5II ASOSIY QISM    Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi
Sirojiddin Sayyidning hayoti va ijodi.
Sirojiddin   Sayyid   -   iste’dodli   va   izlanuvchi   shoir.   Uni   tushunish   ham   ancha
qiyin   va   murakkab.   Boisi   shoir   tafakkurining   teranligida.   Ko’proq   ruhiyat   shoiri
ekanligidadir.
Sirojiddin   Sayyid   1958-   yilda   Surxondaryo   viloyatining   Sariosiyo   tumanida
joylashgan Kundajuvoz qishlog’ida o’qimishli oilada tug’ilgan. Shu kunga qadar uning
“Ruhim   xaritasi”,   ”Saqlin   xarsanglar   kaftida”,   ”Sevgi   mamlakati”,   ”Asragil”,   ”Mehr
qolur,   muhabbat   qolur”,”Kuydim”,   va   “Vatanni   o’rganish”   kabi   bir   qator   she’riy
to’plamlari   nashr   bo’ldi.   Uning   birinchi   “Orzu”   degan   she’ri   1975-yili   chop   etildi.
Birinchi to’plami “Ruhim xaritasi” nomi bilan 1958-yilda bosilib chiqdi.
O’zbekiston   azal-azaldan   shoirlar   vatani,   O’zbekistonning   o’zi   shoirona   bir
yurt.   She’riy   idrok,   she’riy   nafosat,   poetik   tuyg’u   bolaligidan   xalqimizning   vujud-
vujudiga   singib   ketgan.   SHu   boisdan   ham   qadim   Sharqda   shoir   bo’lish   nihoyatda
sharafli va nihoyatda mas’uliyatli. Bu xalq badiiy so’z dahosi Alisher Navoiy ijodidan
bahramand.   XX   asr   o’zbek   poeziyasi,   uning   mashhur   namoyandalari   ijodi   ana   shu
jasorat dalilidir.
Endilikda badiiy-estetik tafakkurimiz tabiatida jiddiy sifat o’zgarishlari jarayoni
kechmoqda.   Bugungi   kunda   ezgulik,   adolat,   go’zallik   singari   umumbashariy   estetik
mezonlarga   asoslangan   badiiyat   namunalari   ma’naviy   madaniyatimiz   xazinasini
boyitmoqda. Millatning ma’naviyati, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayoti, inson taqdiri
she’riyatimizdagi badiiy tadqiqotchilik mehvariga aylandi. Zero, inson ongi - shuurini,
inson   qalbini   zabt   etish,   anglash   hamda   tushuntirish   uchun   kechgan   va   kechayotgan
kurash   -   badiiy   tadqiqotchilik   hech   qachon   tingan   emas.   Mabodo   ana   shu   kurash
so’ngudek   bo’lsa,   Odam   fikrlashdan,   hissiy   idrokdan   to’xtab   qolardi.   Bu   esa,
jamiyatlarning ma’naviy-intellektual hayotini hamisha yangilab turadi. Davr   va   adabiyot   munosabati   juda   murakkab  muammodir.  Chunki  zamonning
asosiy   belgisi   uning   tinimsiz   harakatdaligi,   o’zgarib   turishi   bo’lsa,   asl   adabiyotning
bosh   xususiyati   uning   o’zi   yaratilgan   zamonga   qaraganda   ko’proq   yashashga
intilishidir.   Sirojiddin   Sayyid   she’riyati   ana   shunday   umrboqiy   yashay   oladigan
she’riyatdir.
Badiiy   tafakkur   tushunchasi   -   serma’no,   serqatlam,   serqirra.   U   san’atkorning
fikrlash   tarzida   zuhur   topgan   falsafiy-axloqiy,   ilmiy,   ijtimoiy-siyosiy   qarashlarning
muayyan hosilasidir. Sirojiddin Sayyid badiiy - estetik tafakkuridagi yetuklik, teranlik
mustaqilli sharofatidandir, hurfikrlilikdandir.
Sirojiddin   Sayyid   iste’dodli   shoir.   Buni   unung   go’zal   va   mazmuni   teran
she’rlari   isbotlaydi.   U   dunyo   van   hayotda,   qishlog’I   va   hovlisida,   zamondoshlari,
do’stu   yorlari   qalbida   kechayotgan   o’zgarishlardan,   yangilanishlardan   boxabar.
Xususan, el-yurt tarixi, qismati, dardini kuylash shoir uchun farz va qarz hisoblanadi.
Yurtim, menga  zar  kerakmas zargaringdan,
Kipriklarim unsalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo’lib keldim, men bir nasim,
Aytib o’tsam deyman ko’hna dardlaringdan.
Menga  dunyo kerakmas, bir  xas yetar,
Yassaviylar yotgan aziz yerlaringdan.
Ayniqsa, shoirning ulug’ Vatanga muhabbati, mehri beqiyosdir.
So’qmog’ingda men bir epkin Yo bir 
nasimman.
Yaproq, sening,  xas  bo’lsam gar Sening 
xasing men.
Jayronlaring ko’zlarida Qolar so’zingman,
Mening borim sen bilandir 7Yo’g’im ham sen bilan.
Katta yo’lga chiqqan ulug’
Karvonim, Vatan.
Xuddi   shu   jihatdan   shoirning   “Vatanni   o’rganish”   (1996)   nomli   to’plamiga
kirgan she’rlar  uning mungli  va go’zal  tuyg’ularini  yanada chuqurlashtirishga xizmat
qiladi. bunda ona-Vatan tushunchasini  anglash, uning mohiyatiga yetish bosh tamoyil
bo’lib   qoladi.Unig   ijodida   moziyga,   ajdodlarimiz   hayoti   va   taqdiriga   qiziqish   teran
yo’nalish   kasb   etgan.   Diniy-madaniy,   tarixiy   merosga   umumbashariy   qadriyatlar
nuqtai   nazaridan   qarash,   o’rganish   va   baholashda   estetik   prinsiplarga   amal   qilgan
holda yondoshdi.
Bugungi   tarixiy   yangilanishlar   ildizini   millatning   erk-ozodlik   uchun   olib
borilgan   kurash   g’oyalarida,   vatanparvarlikdan   xoli   tasavvur   qilsh   mumkin   emas.
Erkparvarlik,   hurfikrlilik   ideali,   iymon   salomatligi,   e’tiqod   butunligi,   Vatan   kamoli,
istiqlol istiqbolini belgilovchi ijtimoiy ideal Sirojiddin Sayyid she’riyatining mag’zini
tashkil qiladi.
Sirojiddin   Sayyid   she’riyatining   o’ziga   xosligi   bu   inson   ruhiyatinig   falsafiy-
psixologik   tahlili   orqali   shaxsni   kamolotga   yetkazishda,   komillik   alomatlarini
ulug’lashda   ham   ko’zga   tashlanadi.   Unig   betakror   she’riyatida   milliylik,   tarixiylik,
go’zallik,   ezgulik,   adolat   singari   bashariy   qadriyatlaryetakchi   mezonlar   bo’lib
bormoqda.
Sirojiddin   Sayyid   she’riyatida   xalq   og’zaki   ijodiga   xos   sodda,   ixcham   ifoda
usuli   mumtoz   adabiyotimiz   ohanglari   bilan   uyg’unlashib   ketadi.   Buning   ustiga   shoir
Sharqning   Firdavsiy,   Hofiz,   Bedillaridan   Navoiygacha,   Yevropaning   Pablo   Neruda,
Aleksandr   Blokkacha,   o’zimizning   Cho’lpon,   Oybekdan   Erkin   Vohidov,   Abdulla
Oripovlargacha   o’rganib,   ulardan   ilhom   olgan.   Sirojiddin   Sayyid   izlanuvchan,
iste’dodli   va   ko’p   qirrali   shoir   sifatida   o’zbek   she’riyati   rivojida   o’z   o’rniga   ega
bo’lmoqda.
Sirojiddin Sayyidning o’zbek she’riyati taraqqiyotida tutgan o’rni beqiyosdir. 2.Sirojiddin Sayyid she riyati mavzu ko’lamiʼ
Sirojiddin   Sayyid   ham   dunyodagi   barcha   shoirlar   singari   insonni   qiziqtirgan,
inson   qalbini   to’lqinlantirgan   abadiy   va   azaliy   mavzularda   qalam   tebratdi.   Uning
lirikasida   xalqimiz   o’tmish   madaniyati   va   tarixini   ulug’lash,   buyuk   ajdodlarimizdan
faxrlanish,   ma’naviy-axloqiy   muammolar,   insoniy   dardlar,   armonlar,   ishq-muhabbat
kabi mavzular keng o’rin olgan.
Shirojiddin   Sayyidning   “Salqin   xarsanglar   kaftida”,   “Sevgi   mamlakati”,
“Asragil”,   “Mehr   qolur,   muhabbat   qolur”,   “Kuydim”,   “Vatanni   o’rganish”,   “Ko’ngil
sohili”,   “Ko’ksimdagi   sohillarim”,   “Qaldirg’ochlarga   ber   ayvoningni”,   “So’z   yo’li”
kabi   o’n   beshga   yaqin   she’riy   to’plamlari   chop   etilgan.   Eng   muhimi,   uning   ijodi
to’plamdan   to’plamga,   kitobdan   kitobga   sayqallanib   bordi.   Mohiyatan   teran,   badiiy
jihatdan barkamol she’rlari o’quvchi qalbini zabt etdi.
Shoirlik   har   kimga   ham   nasib   etavermaydi,   yoki   hamma   ham   shoir
bo’lavermaydi.   Mumtoz   adabiyotimizning   mashhur   namoyandasi   Muhammad   Rizo
Ogahiy aytganidek, Tangri taolo “...alar roadside ba’zisining tilin fasohat va balog’at
bobida  nodir  va   so’z  rishtasiga  maoniy  javohirin  nazm  etarga  qodir   qilib,  ma’ni  ahli
orasida   quyosh   yanglig’   ravshan   va   sarafroz   etti”.   Shu   bois,   chinakam   shoirlik
maqomiga   shoirman   deb   yurganlarning   hammasi   ham   erishavermaydi,   mashhur
bo’lavermaydi.
Shirojiddin   Sayyidning   milliy   she’riyatimizda   o’z   o’rniga   ega   ijodkor.
Dastlabki   to’plamlaridan   keyingi   “Kuydim”,   “Vatanni   o’rganish”,   “Ko’ksimdagi
zangorlarim”,   “Ko’ngil   sohili”   kabi   itoblarigacha,   ulardan   “Qaldirg’ochlarga   ebr
ayvonlaringni”   nomli   saylanmasiyu   “Dil   fasli”gacha   shoir   ijodi   tobora   yuksala   bordi
desak, aslo mubolag’a bo’lmas.
“Iloyo,   har   kimga   iftixor   nasib   etsin.   Iftixorning   go’zal   shaklu   shamoyillari
ko’p. Ularning eng avvali, albatta  xalqu Vataningdir!  Undan so’ngra, balkim, ustozu
shogirdlar. Shu ma’noda, jumladan men o’zimni nihoyatda baxtli insonlardan biri deb
hisoblayman. Ulug’ xalqim, buyuk 9ustozlarim,   ko’z-ko’z   qilishga   arzigulik   sofdil   shogird   ukalarim   bor.   Shoyon
she’riyatimizda   esa,   ana   shunday   iftixorlarimizdan   biri,   shubhasiz,   Sirojiddin
Sayyidning shoir sifatidagi salohiyati havas qilarli ekanini ko’rsatadi.
Vatan   haqida   yozmagan   birorta   ham   shoir   bo’lmasa   kerak.   Lekin   Sirojiddin
Sayyidning bu mavzudagi bitiklari, salaflari va zamondoshlari nazmini takrorlamaydi.
Mana bu misralar ham fikrimizni tasdiqlaydi:
Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,
Kipriklarim o’psalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo’lib keldim, men bir nasim,
Aytib o’tsam deyman ko’hna dardlaringdan.
Sirojiddin   Sayyid   -   dardli   shoir.   Zero,   chinakam   she’riyat   darddan,   iztirobdan
tug’iladi.   Shoirning   zohiran   quvonchli   holatning   go’zal   poetik   ifodasi   berilgandek
ko’ringaan   misralari   zamirida   ham   elning,   yurtning   g’amida   yashayotgan   ko’ngil
iztiroblari siqib turadi. “Ayvonlari nurga talosh, kayvonisi oyu quyosh” bo’lgan Vatan
haqida “ko’z yosh, yuzida yosh” bilan yozishining sababu shunda.
Qaldirg’ochlarga ber ayvonlaringni...
Benihoya   jozibali   misra.   Binobarin,   uyning   ayvoniga   qaldirg’och   qo’nishi   -
baxt   timsoli.   Harholda,   xalqimiz   uyga   qaldirg’ochlarning   in   qurishini   saodat
darakchisi   sifatida   qabul   qilib   kelgan.   Shoirning   she’rlarida   ana   shunday   xalqchil,
ko’ngilga yaqin, qalbning  nozik  torlarini-da chertib yuboradigan misralar ko’p.  Mana,
yana bir misol:
Kim Vatanni  zar  to’niga eng etmishdir,
Kim bag’rini osmonlarday keng etmishdir.
Yaratganning o’zi bugun teng etmishdir 
Asrlarga onlarini, onlarini.
To’g’ri,   bu   iqtibos   G’afur   G’ulomning   “Asrlar   taqdiri   lahzalarda   hal”,   degan
misrasiga bir qadar uyg’un. Lekin Sirojiddin Sayyidning yutug’i shundaki, u ijodning
mutlaqo o’ziga xos, ohorli usulini topa bilgan. “Vatanni  zar  to’niga eng etmishdir” - yurakka   yaqin,   yorqin   va   obrazli   talqin.   Umuman,   boshqa   ko’p   she’rlari   qatori
shoiming   bu   misralarida   ham   teran   mazmun,   go’zal   tashbih   va   betakror   badiiyat
mutanosibligi kuzatiladi.
Oz   so’zga   ko’p   ma’no   yuklay   olish   shoirdan   juda   katta   iqtidorni   talab   etadi.
Sirojiddin   Sayyid   she’rlarida   bu   fazilat   bo’rtib   ko’rinadi.   “Vatan   abadiy”   she’ridan
olingan quyidagi iqtibos ham ushbu fikrni tasdiqlaydi:
Har tepa, har do’nglik turbat emasdir,
Har qanday ayriliq g’urbat emasdir.
Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdir,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
“Har qanday ayriliq g’urbat emasdir”- ohorli va teran xulosa! Zero, “g’urbat”-
mohiyat   e’tibori   bilan   qamrovli   tushuncha.   “Farangi   istilohoti   va   ta’biroti   irfoniyd   a
keltirilishicha,   “g’urbat”   so’zi   uch   xil   ma’noni   ifodalaydi:   1.   Vatandan   judolik
g’urbati.   2.   Johil   va   fosiq   qavm   orasida   majburan,   ya’ni   g’ayriixtioyoriy   ravishda
o’tirgan odam g’urbati. 3. Haq talabidagi orifning g’urbati. Shoir Furqatning g’urbati
ana   shu   ma’nolarning   barchasini   o’zida   mujassam   etgani   tadqiqotlardan   ma’lum.
“Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdur" degan misrada o’nlab sahifarda bayon etish
munmkin   bo’lgan   ana   shunday   chuqur   mohiyat   ifodalangan.   Banddagi   har   bir   misra
fikrning   izchil,   tugal   bo’lishiga,   “Vatan   qolar   ekan,   Vatan   abadiy”   degan   barhayot
haqiqatni anglatishga xizmat qilganini ta’kidlash kerak.
Ifodaning   ixchamligi   van   poetik   jozibasi,   hech   bir   zamonda
eskirmaydigan mavzularning ohorli talqini, kutilmagan go’zal tashbehlar qo’llay olish
-   Sirojiddin   Sayyid   she’riyatining   xos   xususiyatidir.   Uning   uchun   she’riyat   “Vositai
joh”  emas.   Shoirning  o’z   e’tiroficha,   “Olamda   eng   og’ir   -   So’z  yo’lidir”   Bu   yo’ldan
yurish oson emas. “G’afur G’ulom siyohdoniga” she’rida betakror ifodalanganidek:
Ulug’ shoirlarning qalbi siyohdon bo’lgan,
Yozsa yurak qoni bilan yozgan, siyoh qon bo’lgan. 11Sirojiddin  Sayyid  ana  shu   sermashaqqa,   “No’shi  bir   bo’lsa,   nishi  ming,  rohati
bir   bo’lsa,   tashvishi   ming”(   Ogahiy)   yo’lning   sabrli   yo’lchilaridir.   Chinakam
she’riyatga tashna qalblar malhami bo’lgan she’rlari shoirdan mudom Benazir asarlar
kutishga   umid   uyg’otadi.   O’quvchi   bilan   ilk   muloqotni   “Ruhim   xaritasi”   to’plami
bilan  boshlagan shoir “Dil fasli”ga bir bir olam yutuqlar   bilan  qadam qo’ygani esa bu
umidni yanada kuchaytiradi.
Ta’kidlanganidek,   Vatan   va   millatga   muhabbat   tuyg’usi   Sirojiddin   Sayyid
she’rlarining asl mohiyatini, mag’zini beldilaydi. Shoir “rizq-ro’zi halol, mangu xalq”
farzandi ekanidan iftixor hissini tuyadi. “Azal bulbullarga oshiyon” bo’lgan ona zamin
“bog’larini   bosgan   qarg’alar   ketgani”dan,   yurtga   sohiblik   asl   egalariga   muyassar
bo’lganidan quvonadi.  Mana bu misralar ana shu quvonch izhori o’laroq yaralgan:
Amir Temurlardan qolgan nomus - or Bir 
siniq g’ishti ham sharaf - shon, yurtim.
Sen - o’lmas g’urursan, so’nmas iftixor,
Suvi ham, qumi ham zarafshon yurtim...
Adabiyotimizning   ming   yillik   tarixi   guvohlik   berishicha,   chin   do’st,   chin   yor
topish   shuaro   uchun   ushalmas   armon   bo’lib   kelgan.   Hazrat   Navoiy   “Mehr   ko’p
ko’rgizib   mehribone   topmagan”,   Furqat   “Ohkim,   yo’qtur   mani   ta’bimga   loyiq
ulfatim”,   deya   iztirob   chekkani   buning   dalilidir.   Ustoz   Abdulla   Orif:   “Baxtiyor   har
dilga   oshno   topilgay,   G’ussali   dilga-chi   lekin   yo’q   hamdam”   deganda,   ayni   shu
tuyg’uni nazarga tutgan. Sirojiddin Sayyidning
Qismat qattiq, alam bisyor, el g’ofil,
Bu dunyoda bormi bir dilxoh, Bobur? - 
deyish sababi ham shunda.
Sirojiddin   Sayyid   so’zga   zug’um   o’tkazmaydi.   Sherlarining   ohangi   tabiiy,
misralarining   aksariyati   quyma.   Ayniqsa,   g’azallarida   fikr   tsirchan,   tasvir   ohorli.
Ularni go’zal tashbihlar ziynatlab turadi. Ming yillardan buyon kuylanib kelayotgan Vatan   mavzui   uning   qalamida   o’zgacha   inkishof   topayotganini   ham   shuning   bilan
izohlash mumkin. Shu  bois  tuyg’ularning samimiyligi o’quvchiga yuqadi:
Bu diyorda tog’u tosh shoir bo’lib,
Yerga  tushgaydir quyosh shoir bo’lib.
O’rgatar kuylashni bulbul suvlari,
Maysa ham mebraydi bosh shoir bo’lib.
Bulbul   kuyini   suvga   sharqirashiga   mengzash   she’ridagi   o’ziga   xoslikdan
dalolat. Faqat bu tashbihni yaqqolroq anglash, his etish uchun “bulbul” so’zidan keyin
“tire” alomati quyilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu misralar yuqoridagi tariflarga
nechog’lik mos ekanini ta’kidlashga ehtiyoj yo’q.
Sirojiddin   Sayyid   so’z   isrofidan   parhez   qiladi.   So’zni   tejab   ishlatadi,   so’zga
zalvorli   mazmun   yuklay   biladi.   “She’r   aro   polvon   bo’lish   oson   emas”   degan   birgina
tarif  orqali ustoz Abdulla Orifning milliy adabiyotimizda tutgan o’rniga munosib baho
bergani buning isbotidir. “450000 lola” ikkinchi jahon urushining butun fojiasi lo’nda,
ta’sirchan, betakror ifodalangani ham fikrimizni tasdiqlaydi:
Ko’z oldingga keltirsang Buylariyu 
ko’z - qoshin.
Tort yuz ellik ming lola - ko’gragida 
qo’rg’oshin.
Har ko’klam ko’kka  yetar  To’rt yuz 
ellik ming nolam.
Yot ellarga yotibdi To’rt yuz ellik 
ming bolam.
Sirojiddin Sayyid “Shoir  kimdir?” deya savol  qo’yadi  (“Nuqtai nazar” she’ri )
va   “Mir   Alisher   boboning   birinchi   va   mangu   muovinidir”   degan   xulosaga   keladi.
Adabiyotda bunday yuksakdan qarash ijodkorga muayyan mas’uliyat hissini yuklaydi. 13Cho’lpon   adabiyotni   “o’tkir   yurak   qirralarini   yuvadirg’on   toza   ma’rifat   suvi”
deya tariflagan edi. Sirojiddin Sayyid shunga uyg’un fikrni o’ziga xos tarzda, betakror
ifodalaydi.   Uningcha:   “She’r   garchi   shoirning   ko’ksida   yongan,   Bo’g’zini   kuydirgan
olov unidir. She’riyat - gul emas,  chechakmas,  asli Ruh  va  ko’ngillarning  kir  sovunidir
”.   Binobarin,   inson   ruhi   va   ko’nglini   adabiyotchalik   poklaydigan   boshqa   bir   hodisa
mavjud   emas.   Muhimi,   shoir   ko’hna   bu   haqiqatni   poeyik   jihatdan   yangicha
ifodalaganidir.
Har   qanday   shoirning   ijodiy   kamolotini   ko’rsatadigan   bosh   omil   -   she’rlarida
teran hikmatlarining go’zal badiiat  bilan  aks etishidir. Ijodning yuksalish pallasida fikr
teranlashadi,   “qaymoq   bog’laydi”,   ifoda   sayqallanadi,   o’ziga   hoslik   yaqqolroq
namoyon   bo’ladi.   Sirojiddin   Sayyid   she’rlarida   ana   shu   kamolot   alomatlari   bo’y
ko’rsatayotgani   alohida   tahsinga   loyiqdir.   Mana   bu   misralar   ham   fikrimizni
quvvatlaydi:
Ketar j isming muvaqqatdir,
Vatan - mangu muhabbatdir.
Agar kimda muhabbat yo’q,
jahonda nomurod bo’lgay.
“Dil   fasli”   kitobi   -   shoir   ijodining,   ta’kidlanganidek,   kamolot   bosqichiga
mansub.   Kitobning   “Boybuva   duo   aylang...”   (“Bozor   ijodiyoti”dan)   deb   nomlandan
aloxida   bo’limida   shoir   kosa   tagida   nimkosa   tarzida   miliy   ma’naviyatimiz   rivojiga
salbiy   ta’sir   ko’rsatayotgan   hodisalarni   qoralaydi.   “Bosh   qolib   qorin   bilan
o’ylaydigan”lar   hech   qachon   yurtning   koriga   yarashi   mumkun   emasligini   ta’sirchan
ifodalaydi.   “Ichi   to’la   riyo,   ko’ngli   qaro”   kimsalarning   “kiyib   yurgan   choponlari   zar
rang” ekaniga taajjub izhor etadi. Ularning surati van siyrati mutanosib emasligini hajv
qiladi.
Muborak   hodisalardan   birida   “Kishi   biror   gunoh   amalga   qo’l   ursa,   uning
qalbida   bir   qora   nuqta   paydo   bo’ladi.   Tavba   qilmay,   gunohlarda   davom   etsa,   qora
nuqtalar soni ham ko’payib boradi”, deyiladi. Shoirning  mana bu  misralarida ana shu hadis mazmuni go’zal poetik ifodasini topgan. Sirojiddin Sayyid she’riyatida muborak
sarchashmalardan bahramandlik ta’siri kuchayotgani isbotidir:
Men bu chaman sahnasida
oshiq bo’lib kelgan edim,
Gul rangiga tushundimu
dil zangiga tushunmadim.
Shoir riyokorlik, ko’ngli qarolik dilni zang bosishiga sabab bo’lishini obrazlar ,
timsollar vositasida tasvirlaydi.
“Axtarayluk” g’azalida millat  turmush  tarziga  kirib kelayotgan nobop a’mollar
hajv   tig’iga   olingan.   Buyuk   Xorazmiy   mashhur   “Muhabbatnoma”   da   “Aning   kim,   ol
yuzinda   meng   yaratti,   Bo’yi   birla   sochini   meng   yaratti”   deya   sochining   bo’yi   bilan
tengligini   yor   go’zalligiga   dalil   o’laroq   madh   etgan   edi.   Taassufki,   zamonamiz
shoirlari  endi  bunday misralarni  ijod qilish imkoniyatidan mahrumdirlar. Ijod qilsalar
ham yor  sochining bo’yi  bilan emas,  bo’yni bilan tengligi haqida yozishlari mumkin,
xolos.   Sirojiddin   Sayyidning   kesilgan   zulflarga   oid   mana   bu   bayti   ham   fikrimizni
tasdiqlaydi:
Bo ’yinlar osilur zulflar kesilmish,
Biz endi o’zga bir dor axtarayluk.
Millatparvar   Cho’lpon   “Sadoi   Farg’ona”   gazetasida   1914-   yili   bosilgan   bir
maqolasida   mana   bunday yozgan edi:  “Ey qarindoshlar... katta iltimosimiz shuldurki,
ovro’poning   mo’dosidan,   shishasidan   va   buzuq   axloqidan   namuna   olmasdan   va
bunlarg’a   bul   jihatdan   taqlid   qilmasdan,   balki   ilm,   fan,   hunar,   sanoatg’a   o’xshashlik
madaniyatlaridan namuna olib,  bul  jihatdan taqlid qilmoqimiz lozimdur. Ovro ’poning
mo’dosi,   shishasi   va   buzuq   axloqi   sizlarni   xonavayron,   bevatan,   asir,   qul   qiladur.
Bundan saqlaningiz!
Ovro’poning   maktab,   madrasa,   ilm   -   fan,   sanoat,   hunarg’a   o’xshash
madaniyatlari   sizlarni   obod,   ma’mur,   olim   qilub,   johillikdan,   asorat   qulligidan
qutultirodur. Birodarlar, ko’zlaringizni ochib, yaxshi o’ylanglar!” 15Taassufki,   Cho’lpon   qo’rqqan   hodisa   ro’y   berdi.   Har   uchala   voqelik   -
Ovro’poning mo’dosi, shishasi  va  buzuq axloqi millatning turmush tarziga turli yo’llar
bilan   kirib   keldi.   Eng   yomoni,   vujudni   ko’z   -   ko’z   qilishga,   yalang’ochlikka   ruju
qo’yilayotganidir. Milliy axloqqa qaratilgan bu tahdid o’tgan asr  boshida Cho’lponni
nechog’lik   o’ylantirgan   bo’lsa,   uning   voqelikka   aylangani   yangi   yuzyillik   avvalida
Sirojiddin Sayyidni shunchalik iztirobga soladi.  Mana bu  misralardagi achchiq istehzo
sababi shu:
Ko'rib kindiklarini halqa taqqan,
Qochaylik, bir chuqur g'or axtarayluk.
Milliy   axloq,   uni   asrash   haqida   qayg’urish   millat   ziyolilarining   zimmasidagi
mas’uliyatdir. Shoirning bu kabi   she’rlari   ana   shu mas’uliyatni  his  etish, ertangi  kun
uchun kuyinish samarasidir.
Sirojiddin   Sayyid   zamonaviy   milliy   adabiyotimizda   o’z   o’rniga   ega,   e’tirofga
sazovor   shoirlarimizdan.   “Ruhim   xaritasi”dan   “Dil   fasli”gacha   har   bir   kitobi,  har   bir
she’ri shoir ijodining yangi, yanada baland miqyoslarga ko’tarilishi uchun asos bo’lib
kelayotgani ham buning isbotidir.
Xulosa   qilb   aytganda,   shoirning   barcha   mavzularda   yozgan   she’rlari   go’zal,
ma’noli  va  yodda qolarli tarzda ifodalangan. 3.Sirojiddin Sayyid ijodida tarixiylik
XX asming 70-yiïlaridan boshlab xalqimizning olis o’tmishiga, tarixiy shaxslar
hayoti   va   taqdiriga   qiziqish   nihoyatda   kuchaydi.   Ushbu   tamoyil   adabiyotimizda
kutilmagan bir hodisa emas. Ustoz Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Oybek, Maqsud
Shayxzoda qutlug’ an’anasining, Mirkarim Osim, Odil Yoqubov, P.Qodirov va boshqa
adiblarimiz izlanishining yangi to’lqini, yangi sifat ko’rinishi, aslida. Bu narsa, albatta,
yangi badiiy talqinlarda, yangi nuqtai nazarlarda namoyon bo’ldi.
Tarix   va   badiiy   adabiyot   masalasi   g’oyat   serqirra,   serko’lam   va   teran.
Yozuvchilarimizning   tarix   mavzusidagi   asarlarida   uning   barcha   qirralarini   qamrab
olish   qiyin.   Shuning   uchun   so’nggi   yillar   adabiyotida   tarixning   badiiy   o’zlashtirilishi
masalasi   muhimdir.   Adabiyotimizda   ushbu   yo’nalishda   bir   necha   avlod   ijodkorlari
faollik ko’rsatmoqdalar. O’nlab asarlar muallifî bilan bir qatorda kechagina ilk kitobini
e’lon   qilgan   yosh   yozuvchilargacha   xalqimiz   o’tmishiga,   fîdoyi   farzandlari   hayotiga
ko’plab murojaat etishmoqda.
Ushbu   ma’naviy   ehtiyojning,   ijtimoiy   zaruratning   ildizlari   nimada   ko’rinadi?
O’tmish   bilan   bugunni   bog’lab   turgan   qanday   robitalar   boru   yana   qaysilarini   tiklash
zarur?
XX asr adabiyotimiz xalq tarixini o’rganishda og’ir vaziyatga tushib qolgan edi,
uning   holati   iskanjadagi   kishi   darajasida   edi.   Yuzlab   ijodkorlar   ozodlik   va   adolat
yo’lida qurbon bo’ldi.
XX   asr   badiiy   tafakkurida   realizm   san’atining   estetik   imkoniyatlari   naqadar
keng   va   boy   ekanligi   o’z   aksini   topgan.   Adabiyotimiz   zamonni,   voqelikni,
mustamlakadagi   zamondoshlar   turmushini   badiiy   o’rganishda   hayot   haqiqatidan
ma’lum   darajada   chekingan   bo’lsa,   olis   o’tmishni,   tarixiy   shaxslar   hayotini   badiiy   -
falsafiy   tadqiq   etishda   dadil   odim   otdi.   Eng   muhimi,   adiblarimiz   o’tmish   manbalari
asosida   yozar   ekanlar,   tarixiy   voqelikka   suyangan   holda   bugungi   kunning   ijtimoiy,
ma’naviy-axloqiy masalalari xususida muhokama yuritishdi. Tarix falsafasi, 17ma’naviy-axloqiy   madaniyat   asoslari,   vatanparvarlik,   qahramonlik   psixologiyasining
ildizlarini   izlash   va   ko’rsatish   orqali   zamondoshlarimizning   ongini   o’zgartirishga
intilishdi.   O’z   ajdodlaridan   g’ururlanish,   iftixor   tuyg’ularini   tarbiyalash   tarixiy
mavzudagi asarlarda ustuvor tendensiya bo’lib qoldi.
Bugun komil insonni shakllantirishda klassik adabiyotimizdagi an’analarga boy
hayotbaxsh   didaktikaning   o’rni   va   roli   g’oyat   kuchaydi,   ahamiyati   ortdi.   Bularning
hammasi   badiiy   so’zning   qadrini   oshirishga   xizmat   qilmoqda.   Adabiyotimizda
xalqona   falsafiy-ruh   -sodda   ifodalarga   singib   ketgan   donolik,   hissiy   kechinmalarga
yo’g’rilgan   hikmatli   ma’nodorlik   tilning   ifoda   imkoniyatlari   naqadar   kengligini
tasdiqlayapti.   Bularning   hammasi   badiiy   tafakkur   madaniyati   yangi   bosqichga
kirganidan dalolat beradi.
Tarixdan   o’zi   haqli   bo’lgan   o’rinni   topish   har   bir   millatning   millatligini
ko’rsatganidek,   o’z   haqqini   talab   etish   va   uni   ajratib   ola   bilish   har   bir   odamning
odamligini   ko’rsatadigan   belgidir.   Chinakam   ziyoli,   asl   ijodkor   oydin   butun
is’tedodini   millatning   haqini   ajratib   olishga   yo’naltiradi.   Shu   holat   uning   ijodiga
ijtimoiy salmoq beradi.
Har   bir   avlodning   o’zi   suygan,   ma’naviy,   falsafiy   kuch   -   quvvat   oluvchi,
hamisha   topinib,   talpinib,   tayanib   yurguvchi   ona   tarixi   bor.   Qaysi   bir   avlod   uning
ostonasiga   bosh   urib   borsa,   peshonasida   oftob   charaqlaydi.   Tolei   yorug’likka
chulg’anadi.   Qalbiga,   shuuriga,   tafakkuriga   nur   yog’iladi.   Bu   olamni,   odamni
qaytadan   yangicha   idrok   etishga   yo’naltirilgan   ma’naviyat   nuri.   Dunyoqarashlarda
yangi sahifalar ochguvchi tafakkur yorug’ligi.
Cho’qqilar   tog’larning   yelkasiga   tayanib   bosh   ko’targani   uchun   ham   qavat-
qavat osmonlar  bilan  yuz ko’rishadi. Cho’qqiga chiqishdan maqsad, bir hovuch qorga
yuzini   yuvib   tushish   yoki   billurday   muzdan   yalab   qaytisg   emas.   Aksincha,
cho’qqilarning  yelkasi   osha  ona  zamin qudratini  dil   -dildan  his  etish,  zangori   osmon
sarhadlaridan ko’zga  nur,  qalbga qo’r, shuurga quvvat olish demakdir. Cho’qqilar yetishgan   yuksaklikdan   turib   tevarak   -   atrofiga,   o’ziga,   olamga   qaytadan   nigoh
tashlash, o’rganish, idrok etishdan iboratdir.
Sirtdan   qaraganda   har   ikkalasi   ikki   hodisa   hodisadek   tuyuladi.   Shaharlar,
mamlakatlar,   qavmlar   tarixi,   ayrim   shaxslar   tarixi.   Bular   bir-biridan   ayri   namoyon
bo’lishi   mumkin   emas.   Ya’ni,   jamiyatlar   tarixi   odamlar   tarixi   bilan   chambarchas
bog’liq.  Endi,  farqli   tomoni   ham   bor.  Bu   ana  shu  tarixga  munosabatdda,  yondoshish
usulida   ko’rinadi.   Aslida,   qaysi   davrda   bo’lmasin,   tarixga   yondoshgan   odamlarning
bilimi,   saviyasi,   dunyoqarashi   hal   qiluvchi   omil   sanalgan.   Xususan,   sho’ro   davri
ijodkorlari-yu,  olimlarini   aytadigan  bo’lsak,  boshida   mafkura  qilichi   osilib  turganligi
boismi,   hukmron   nazoratchi   sababmi,   tarixga   munosabatda   ehtiyotkorlik,
cheklanganlik ko’p bo’ldi. Buning ta’siridan deyarli hech bir kimsa chetda qolmadi.
Bu   narsa   olis   tarix   qa’rida,   aytaylik,   arab   istilosi   davrida   ham   arab   istilosi
davrida ham arab mafkurasining hukmronligini olimlarimiz, adiblarimiz faoliyatidan,
ularni  nechog’lik  o’z  domiga  tushirganidan  anglashimiz   mumkin.  Amir   Temur  davri
ijodkorlarini oladigan bo’lsak, ular o’tmishga turkiy ulus, millat ravnaqi bilan bog’liq
ravishda   munosabat   ko’rsatishgan.   Alisher   Navoiy   odil   podshoh   idealini   yaratishda
butkul  ijodini  bag’ishlagan.  “Saddi  Iskandariy” misolida shu  narsani  ko’ramiz. Shoir
unda komil inson obrazini yaratgan. “Saddi Iskandariy”da davlat boshqarishidan tortib
xo’jalik   yuritishgacha,   muomala   madaniyatidan   to   o’zini   tuta   bilishgacha,   qator
xislatlar   shohlarga   munosib   ekanligi   betimsol   mahorat   ila   chizilgan.   Mana   shunday
o’rinlarda   Husayn   Boyqaro   siymosi   Navoiy   hazratlarining   yonlarida,   doimo
ko’zlarining oldida turadi.
Moziyga   yondoshishda   ijodkorda   sovuqqonlik,   aniqlik   bo’lishi   zarur.  Ana   shu
xislatlar bir   yerga   jamlansa, bir ijodkor  shaxsida  mujassamlashsa,  juda yaxshi. Adib,
shoir o’z xalqining tarixchisi emas, aksincha, u xalqining kuychisi. U tarixiy faktlarga,
voqealarga romantik bir qanot, kayfiyat bag’ishlaydi. Shu tariqa odamlarning nazarini
shu yo’nalishga qaratishi mumkin.  194.Shoir she’riyatida Bobur obrazi talqini
O’zbek   xalqi   o’tmishda   o’tgan   ko’plab   buyuk   daholari   bilan   haqli   ravishda
faxrlansa   arziydi.   Ularning   ko’plari   nafaqat,   o’z   diyorida,   balki   dunyoning   ko’plab
mamlakatlarida   ma   lum   va   mashhurdirlar.   Ana   shunday   mo’   tabar   zotlardan   biri
Zahiriddin Muhammad Boburdir. Sirojidin Sayyid ijodida Bobur obrazi talqini alohida
sahifalarni   tashkil   qiladi.   Uning   ”Yuz   oh,   Zahiriddin   Muhammad   Bobur”   nomli
kitobida Bobur haqidagi she’rlari jamlangan.
Sirojiddin   Sayyid   Bobur   haqida   yozar   ekan,   shunday   daho   zotni   qadrlamagan
beqadr odamlardan nafratlanadi:
Buncha uzun oh tortdingiz, oh Bobur,
Muttahamlar dunyosida shoh Bobur.
Andijonu Hindu - yetti iqlimda 
Topilmadi Sizga bir dodxoh, Bobur.
Ollohimning dargohlari keng, lekin 
Sig’dirmadi Sizni bu dargoh Bobur.
Kecha uzun, manzil olis, yo’l uzoq,
Sizga faqat yolg’iz oy hamroh, Bobur.
Nonko’r beklar, beoqibat mirzolar,
Kimlar Sizga qazmadilar choh, Bobur!
She’rni ko’zdan kechorganimizda, unda shoirning kuyunchak qalbini ko’ramiz.
Shunday   buyul   zotni   qadrlamagan   kimsalarni   ayovsiz   fosh   etadi,   ularga   nafratini
oshkor   izhor   qiladi.   Bobur   yashagan   muhitni   “muttahamlar   dunyosi”,   atrofidagi
beklarni   “nonko’r,   beoqibat”   deya   ta’riflaydi.   Tarix   bizga   ato   etga   buyuk   ne’matni
ham asray olmaganimizda shoirning qalbi ahduhlarga to’lib ketadi.
Qatag’on   yillarida   ham   millatning   asl   farzandlari   tazyiqu   ta’qibga   uchradilar.
Ularni   sotqin   shoirlar   sotdilar   va   shu   yo’l   bilan   o’zlarinig   jirkanch   basharalarini
ochdilar, iflos jonlarini asradilar, lekin avlodlar oldida sotqin degan nomga ega bo’ldilar.Haqiqat egiladi, lekin sinmaydi. Yurtning asl farzandlari yana yurtga qaytdi,
lekin nomard va sotqinlar xalq qalbida salbiy xotira sifatida yashaydilar.
Bobur xalqimizga, butun dunyoda qo’rquv bilmas sarkarda, tadbirkor podshoh,
mohir   davlat   arbobi,   ayni   paytda   iste'dodli   shoir,   adib,   donishmand,   tarixchi,   zukko
olim va tarjimondir.
Bobur   tarixda   umri   kurashlar,   urushu   g’alayonlar,   notinchliklar   bilan   kechgan
shaxs sifatida ham taniqli. U temuriylar saltanatini saqlab qolish uchun harakat qildi.
Umri   chet   ellarda  kechdi.  Hayoti  Afg’oniston,  Hindiston  kabi   davlatlar  bilan  bog’liq
bo’ldi.   Bobur   yirik   madaniyat   arbobi   sifatida   ma'lum.   U   yoshligidan   ilm   bilan
shug’ullangani,   fors,   arab   tillarini   o’rganishi,   adabiyot,   tarix,   tilshunoslik,
adabiyotshunoslik, musiqa va boshqa sohalar bilan shug’ullangani bois ham ma'rifatni
anglaydigan, madaniyatli kishi  bo’lib etishdi. U fanning turli sohalariga doir ko’plab
asarlar yozdi. Boburning lirik devonlari, «Boburnoma», «Mufassal», «Xatti Boburiy»,
«Harb   ishi»,   «Musiqiy   ilmi»   islom   dini   asoslarining   bayoni   bo’lgan   «Mubayyin»,
«Volidiya» tarjimasi va boshqa asarlari uning shuhratini yanada oshirdi.
Insonga   boylik   baxt   bera   olganida,   hech   shubhasiz,   Bobur   baxtli   bo„lar   edi.
Darhaqiqat,   Bobur   umri   mobaynida   shunchalik   ko„p   boyliklarni   qo„lga   kiritdi-yu,
ammo   o„zini   baxtli   his   qilmadi.   Sabab   shundaki,   u   baxt   tushunchasini   oliy   darajada
idrok etadi. Ochko„z odamlar nazdidagi boylik tushunchasini g„arib, bir pulga qimmat
narsaga   aylantirdi.   0„zi   hukmronlik   qilgan   mamlakatlarning   boyliklariga   sira   ko„z
olaytirmadi.   Aksincha,   qaysi   yurtga   qadami   tegsa,   uni   obod   va   ma’mur   qilishga
harakat   qildi.   Bobur   tasavvuridagi   baxt   oliy   maqomda   turadi.   Odamlarga   yaxshilik
qilishni, bunyodkorlikni, yaratuvchanlikni, ezgulikni baxt deb bildi.
Boburning umri Vatan hajrida o„rtangan umrdir. Vatan tuprog„ida o„sgan «Mir
Temuriy»   qovunlarning   hidlari,   asal   kabi   husayni   uzumlar,   yurtining   zahmatkash
odamlarining  sog„inchlaridir.  Sirojiddin  Sayyidning  ”Kobulda  bahor”  nomli  she’rida
Boburning iztiroblariga sheriklik hissi bo’rtib ko’rinadi:
Kobulda bahoru g’amim ortadi, 21Hasrat umrim aro cherik tortadi.
Musofir savdolar meni o’rtadi,
Bu gulshan ichra men bir tirik mozor,
Kobulda bahordir, Kobulda bahor.
Bobur   keng   dunyoqarashi,   mukammal   aql-zakovati,   bilimi   bilan   Hindistonda
Boburiylar   sulolasiga   asos   soldi.   Bu   sulola   Hindistonda   332   yil   hukmdorlik   qildi.
Bobur   avlodidan   olti   shaxs   Bobur,   Humoyun,   Akbar,   Jahongir,   Shoh   Jahon,
Avrangzeblar bu yerda uzoq davr podshohlik qildilar.
1494   yilda   Umarshayx   Mirzoga   qarshi   uning   akasi   Samarqand   hokimi   Sulton
Ahmad   Mirzo   va   Toshkent   hokimi   Mahmudxon   qo’shin   tortadi.   Falokat   ro’y   berib,
1494   yil   7   iyunda   Umarshayx   vafot   etadi.   11   yoshli   /ba'zan   12   yosh   ko’rsatiladi/
Bobur Farg’ona viloyatining hokimi bo’ladi. Goh g’alaba, goh mag’lubiyatga uchrab
turgan   Bobur   Farg’ona   va   Samarqand   mulkini   qo’l   ostiga   birlashtirib   tura   olmadi.
Katta   kuchga   ega   bo’lgan   Shayboniyxon   Saripul   va   Axsida   Boburga   zarba   berib,   u
yerlarni   ishg’ol   qiladi.   Bobur   quvg’in   va   sargardon   bo’lib,   chet   ellarda   faoliyat
ko’rsatadi.   Shayboniyxon   tazyiqi   ostida   1504   yili   Bobur   ozgina   askar   va   a'yonlari
bilan   Qobulga   borib   o’rnashadi.   Bobur   o’z   yurtidan,   toju   taxtdan   voz   kechib
ketolmaydi. Bir necha marta Samarqandni qayta yegallashga harakat qiladi. 1512 yilda
shoh Ismoildan Yordam olib, Samarqandga yurish qiladi. Samarqandni uchinchi marta
egallab oladi. Ubaydulla Sulton va Muhammad Temur Sulton 1513 yilning boshlarida
katta qo’shin bilan Boburga qarshi yurish boshlaydilar. Bobur engiladi. Ismoil madad
uchun   Najmi   soniy   boshliq   qo’shin   yuboradi.   U   ham   yengiladi.   Boburning   o’z
saltanatini   egallash   orzulari   barbod   bo’ladi.   U   Afg’onistonda   o’z   hokimiyatini
mustahkamlab   oladi.   Bobur   Hindistonga   yurish   rejalarini   tuzadi.   Birinchi   navbatda
Panjob viloyatini  ishg’ol  qilishni  mo’ljallaydi. U Hindistonga yurish faoliyatini  1519
yildan amalga oshira boshlaydi, 1526 yilgacha besh marta harbiy yurish qiladi. 1526
yil noyabrdan harakati Sind, Panjob viloyatlari orqali Dehliga qaratilgan edi.  XULOSA
Badiiy   tafakkurga   yangilik   olib   kirish,   har   bir   she’rda   fikr   va   tuyg’ular
yangiligiga   erishish,   xalqona   va   soddalik,   yumorga   moyillik,   ma’no   jihatdan
shaffofligini ta’minlash Sirojiddin Sayyid she’riyatining asosiy xususiyatidir.
1. Sirojiddin Sayyid adabiyotimiz xazinasini  boyituvchi, komil  shaxs  tarbiyasi
uchun xizmat qiluvchi iste’dodli asarlari bilan badiiy madaniyatimiz tarixidan nufuzli
o’rin egalladi.
2. Davr   o’z   ijodkorlari   oldiga   hamisha   muhim   muammolarni   ko’ndalang
qo’yadi.   Shular   orasida   ma’naviyat   ekologiyasi   eng   muhim,   kechiktirib   bo’lamas
vazifalardan biridir. Bu, ruhan va fikran komil shaxsni kamol toptirish, shakllantirish
masalasidir.   Shoirning   lirik   qahramoni   mana   shu   mas’uliyatni   ado   etish   uchun   bor
imkoniyatlarini sarflaydi.
3. Sirojiddin   Sayyidning   poetik   obrazlari   fikrni   timsol   darajasiga   ko’taradi.
Bunda hayotiy faktlar falsafiy mushohadalar yuritish uchun keng imkoniyat beradi.
Shoir  she’riyatida  ilgari   surilgan   bosh  ma’noga  ko’ra  jamiyat  ham,  inson   ham
komillik   maqomiga   yetishi   kerak.   Lirik   qahramon   zamondoshlari   ma’naviyatidan
mana shu komillik belgilarini axtaradi. Jamiyat oldidagi mas’uliyatini yuksak darajada
bajara   olmayotgandek   o’z-o’zidan   qoniqmaslik   tuyg’ulariga,   mulohazalariga   berilib,
mutafakkirona badiiy tadqiqot olib boradi. Uning “Ruhim xaritasi”, ”Saqlin xarsanglar
kaftida”, ”Sevgi mamlakati”, ”Asragil”, ”Mehr qolur, muhabbat qolur”,”Kuydim”, va
“Vatanni   o’rganish”   va   “So’z   yo’li”   turkumlari   ana   shunday   o’ziga   xos   izlanishlar
samarasidir.
4. Sirojiddin   Sayyidning   o’ziga   xos   uslubi,   ijodiy   manerasi   uni   boshqa
shoirlardan   ajratib   turadi.   Unig   she’riyatida   milliy   o’ziga   xoslik,   xalqchillik   bo’rtib
turadi.
5. Sirojiddin   Sayyid   ijodi   xalqimizning   milliy   uyg’onishiga   xizmat   qiladi.
Shoirning badiiy iste’dodi uning ruhiy olamidagi qudratli kuchlar - xalqchillik, 23insonparvarlik, adolat   va   haqiqatga xizmat qilish istagi, vatanparvarlik, millatsevarlik
ideallariga  sadoqati va  fidoyiligida yaqqol ko’rinadi.
6. Sirojiddin tarixni yuksak darajada baddiy idrok etgan shoir.
7. Sirojiddin Sayyid xalqni, o’tmish ajdodlarini chin qalbdan sevadi, 
e’zozlaydi, she’riyatida tarixiy  shaxslar  obrazini to’laqonli  va  mukammal tasvirlagan.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Adabiyotimizning yarim asri. 1-kitob. Adabiy-tanqidiy maqolalar. - T.: Badiiy 
adabiyot, 1967.
2. Adabiyotimizning yarim asri. 2-kitob. Adabiy-tanqidiy maqolalar. - T.: Badiiy 
adabiyot, 1975.
3. SHarafiddinov O. Ijodning katta yo’lida / Iste'dod jilolari. - T., 1976.
4. G’afurov I. YAm-yashil daraxt. Adabiy-tanqidiy maqolalar. - T.: Adabiyot  va 
san'at, 1976.
5. G’afurov I. Lirikaning yuragi. Adabiy o’ylar. - Toshkent, 1982.
6. G’afurov I. YUrak - alanga: (Adabiy-tanqidiy maqolalar.) - T.: YOsh gvardiya, 
1980.
7. G’afurov I. SHe'riyat - izlanish demak. Adabiy-tanqidiy ocherk. - T.: Adabiyot  va 
san'at, 1984.
8. Xudoyberdiyeva H. Bu kunlarga yetganlar bor. T.,1993.  25

1

MAVZU: SIROJIDDIN SAYYID SHE RIYATIDA TALQIN VA VATANʼ TUSHUNCHASI I. KIRISH. Mavzuning maqsadi va vazifalari II. ASOSIY QISM 1. Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi 2. Sirojiddin Sayyid she riyati mavzu ko’lami ʼ 3. Sirojiddin Sayyid ijodida tarixiylik 4. Shoir she riyatida bobur obrazi talqini ʼ III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI ʻ

3KIRISH Insoniyat qalbida hamisha ruhiy ozuqaga ehtiyoj seziladi. U o’z qalbini tiklash, tafakkurini kamolotga yetkazish uchun kuch-quvvat manbalarini izlaydi. Tarix, xotira ana shunday qudratli manba sarchashmasi hisoblanadi. Kishi faqat ma’lumot olish uchungina tarixni o’qimaydi. Bu unga o’tmish haqida tasavvurga ega bo’lish va xulosalar chiqarish uchun ham zarurdir. Istiqlol tufayli Vatan, xalq, ajdolar, o’tmihs, qadriyat va meros haqida baralla so’zlash imkoniyati tug’ildi. Adabiyot tarixga katta umr beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu tinch jamiyatda tarixga qiziqish uyg’otish, xalqni o’zligini anglashga urinish mas’uliyatini ham adabiyot birinchilardan bo’lib o’z zimmasiga oladi. She’riyatga tarixiy shaxslar kirib kelib, kitobxon ko’z o’ngida buyuk ajdodlarimizning qiyofasi gavdalandi. Shu o’rinda aytish kerakki, istiqlol davri shoirlari ijodida tarixiy mavzuni o’rganish, tadqiq etish va baholash bugungi adabiyothsunoslik ilmi zimmasidagi dolzarb vazifalardan sanaladi. Millatning yashash tarzi, olamni badiiy idrok etish yo’sinida ulkan o’zgarishlar yasagan XX asr o’zbek adabiyotiga xos xususiyatlarni kuzatish, ulardan muayyan ilmiy xulosalar chiqarish mutaxassislardan ulkan mas’uliyat talab qiladi. Bu asrda dunyoning eng qadimiy xalqlaridan bo’lgan o’zbeklarning olam hodisalarini qabul qilish va unga yondoshish tarzi avvalgi o’nlab asrlardagiga nisbatan jiddiy o’zgardi va bu adabiyot xalqimizning ma'naviy hayotida, badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotida alohida bosqich bo’lib qoldi. CHo’lpon, Fitrat, Abdulla Avloniydan boshlab SHavkat Rahmon, Muhammad Yusuf, Abdulla SHer, Halima Xudoyberdiyeva, Usmon Azimgacha bir necha avlod ijodkorlari millat manaviy- intellektual hayoti rivojini belgilovchi badiiy barkamol asarlar yaratishdi. Ushbu sirada Sirojiddin Sayyidning ham alohida o’z o’rni bor. Bu avlod namoyandalari yaratgan asarlarsiz millat ma'naviy-madaniy hayotini tasavvur qilish qiyin. Zero, jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish har doim ham badiiy so’z san'atining zimmasida bo’lgan. SHu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi gaplarini eslash

o’rinlidir: “Mamviyat hаqidа gаp kеtаг ekon, men аvvаlо, insonni ruhiy poktenish vа yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon iгodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg , otadigan qudгatli botiniy kuchni tasavvuг qilaman” J . SHu ma'noda, Sirojiddin Sayyid badiiy merosini o , гganish tadqiqotning dolzerbligini belgilaydi. Ishdan ko , zlangan asosiy maqsad Sirojiddin Sayyid she’riyatida tarixiy mavzuning qaydarajada ishlanganini, tarixiy siymolar qaydarajada talqin etilganiligini, she’riyatining poetik xususiyatlarini, uning badiiy san’atlardan foydalanish mahoratini, so’z qo’llashdagi zukkoligini, she’riyatining yetakchi mazmun mohiyatini ochib berish; - Sirojiddin Sayyid liгikasining ХХ asгning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari o’zbek she'riyati taгaqqiyotida tutgan o’rni va ahamiyatini ko’гsatish; - Sirojidin Sayyid she’riyatida tasvirlangan tarixiy obrazlar talqinini o’rganish; - Shoir she’rlarida qo’llangan badiiy-tasviriy vositalarni o’rganish va tahlil qilish; - Sirojiddin Sayyidning badiiy mahoratini o’rganish; - Sirojiddin Sayyid ijodining ХХ asming ikkinchi yarmi va XXI asr boshlari o’zbek poeziyasi rivojknish tendensiyakrini belgikb beгishdagi salohiyatini o’гganishdan iboгatdiг.

5II ASOSIY QISM Sirojiddin Sayyid hayoti va ijodi Sirojiddin Sayyidning hayoti va ijodi. Sirojiddin Sayyid - iste’dodli va izlanuvchi shoir. Uni tushunish ham ancha qiyin va murakkab. Boisi shoir tafakkurining teranligida. Ko’proq ruhiyat shoiri ekanligidadir. Sirojiddin Sayyid 1958- yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Kundajuvoz qishlog’ida o’qimishli oilada tug’ilgan. Shu kunga qadar uning “Ruhim xaritasi”, ”Saqlin xarsanglar kaftida”, ”Sevgi mamlakati”, ”Asragil”, ”Mehr qolur, muhabbat qolur”,”Kuydim”, va “Vatanni o’rganish” kabi bir qator she’riy to’plamlari nashr bo’ldi. Uning birinchi “Orzu” degan she’ri 1975-yili chop etildi. Birinchi to’plami “Ruhim xaritasi” nomi bilan 1958-yilda bosilib chiqdi. O’zbekiston azal-azaldan shoirlar vatani, O’zbekistonning o’zi shoirona bir yurt. She’riy idrok, she’riy nafosat, poetik tuyg’u bolaligidan xalqimizning vujud- vujudiga singib ketgan. SHu boisdan ham qadim Sharqda shoir bo’lish nihoyatda sharafli va nihoyatda mas’uliyatli. Bu xalq badiiy so’z dahosi Alisher Navoiy ijodidan bahramand. XX asr o’zbek poeziyasi, uning mashhur namoyandalari ijodi ana shu jasorat dalilidir. Endilikda badiiy-estetik tafakkurimiz tabiatida jiddiy sifat o’zgarishlari jarayoni kechmoqda. Bugungi kunda ezgulik, adolat, go’zallik singari umumbashariy estetik mezonlarga asoslangan badiiyat namunalari ma’naviy madaniyatimiz xazinasini boyitmoqda. Millatning ma’naviyati, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayoti, inson taqdiri she’riyatimizdagi badiiy tadqiqotchilik mehvariga aylandi. Zero, inson ongi - shuurini, inson qalbini zabt etish, anglash hamda tushuntirish uchun kechgan va kechayotgan kurash - badiiy tadqiqotchilik hech qachon tingan emas. Mabodo ana shu kurash so’ngudek bo’lsa, Odam fikrlashdan, hissiy idrokdan to’xtab qolardi. Bu esa, jamiyatlarning ma’naviy-intellektual hayotini hamisha yangilab turadi.