logo

Ayollar zo’ravonligini oldini olish chora -tadbirlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

61.4853515625 KB
             MAVZU:  Ayollar zo’ravonligini oldini olish chora -tadbirlari 
                                            REJA:  
1. 1.   Ayollar zo’ravonligini oldini olish chora-tadbirlar.
2. Ayollarni himoya qilishga oid chora-tadbirlar.
3.Ayollarni jamiyatda faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi 
qonunchilik
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi 
qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish 
to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan 
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda   O‘zbekiston Respublikasining	 2021-yil	 21-apreldagi	 O‘RQ-683-
sonli   Qonuni 	
      tahririda	 —	 Qonunchilik	 ma’lumotlari	 milliy	 bazasi,	 21.04.2021-y.,	 
03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
jinsiy zo‘ravonlik   — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy
xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy 
erkinlikka tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki 
zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan 
shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan 
jinsiy aloqa qilishga majburlash;
jismoniy zo‘ravonlik   — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada 
bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan 
shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa 
huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir 
o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning 
hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari
va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli; zo‘ravonlik   — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki 
iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan 
tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-
qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga
tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);
iqtisodiy zo‘ravonlik   — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida 
va boshqa joylarda amalga oshirilgan zo‘ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal 
yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-
sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish 
hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat
(harakatsizlik);
ish joyi   — o‘zi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mehnat 
majburiyatlarini amalga oshirish yoki xizmat vazifalarini bajarish uchun bo‘lishi 
yoki borishi lozim bo‘lgan, ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat 
qilinadigan joy;
ruhiy zo‘ravonlik   — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, 
tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning 
xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan 
zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va 
zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini 
himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat 
(harakatsizlik);
tazyiq   — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda 
tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat 
(harakatsizlik), shilqimlik;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi   — o‘ziga nisbatan tazyiq va 
zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik 
natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs; tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish   — xotin-qizlarning hayoti, 
sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab 
qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini 
ta’minlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik 
sodir etgan shaxsning takroran g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik 
maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi 
kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar tizimi;
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish   — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq 
va zo‘ravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni 
aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan xoli bo‘lish
huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, 
tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi;
himoya orderi   — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat 
himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga 
nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan 
ushbu Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab 
bo‘ladigan hujjat.
4-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir 
etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda 
tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;
maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy
maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan 
murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda 
xabardor qilish; sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy 
zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi 
to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning 
o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza 
bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish 
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender 
siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish;
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik
muhitini yaratish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq 
va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni 
mustahkamlash;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni 
aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
yaratish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan 
sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish; tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta’minlash.
6-modda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   yagona
davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;
tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchilarni   qo‘llab-quvvatlash,   ularning
xavfsizligini,   jismoniy   va   ruhiy   reabilitatsiyasini   hamda   moslashuvini   ta’minlash
bo‘yicha tuzilmalarni tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.
7-modda.   Mahalliy   davlat   hokimiyati   organlarining   xotin-qizlarni
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini   hamda   strategiyalarni   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirishda   ishtirok
etadi;
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   hududiy
dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasida   davlat
organlari,   fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari,   nodavlat   notijorat tashkilotlari   hamda   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlari   bilan   hamkorlik
qiladi;
xotin-qizlarni   huquqiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   himoya   qilish   kafolatlarini
ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
8-modda.   Ichki   ishlar   organlarining   xotin-qizlarni   tazyiq   va
zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ichki ishlar organlari:
Oldingi   tahrirga   qarang.
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini,   hududiy   dasturlarni   hamda   qonunchilik   hujjatlarini   ishlab   chiqish   va
amalga oshirishda ishtirok etadi;
(8-modda 	birinchi	 	qismining	 	ikkinchi	 	xatboshisi   O‘zbekiston
Respublikasining	
 2021-yil	 21-apreldagi	 O‘RQ-683-sonli   Qonuni 	      tahririda	 —
Qonunchilik	
 ma’lumotlari	 milliy	 bazasi,	 21.04.2021-y.,	 03/21/683/0375-son)
tazyiq   va   zo‘ravonlikning   oldini   olish,   shu   jumladan   ularning   sabablarini
hamda   shart-sharoitlarini   aniqlash   va   bartaraf   etish   choralarini   ko‘radi,   xotin-
qizlarga  tazyiq   o‘tkazayotgan   va   ularga  nisbatan   zo‘ravonlik  sodir   etgan   shaxslar
bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   va   zo‘ravonlik   sodir   etilganligi   yoki   sodir
etilishi tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
tazyiq   yoki   zo‘ravonlik   sodir   etishga   moyil   bo‘lgan   shaxsga   rasmiy
ogohlantirish beradi;
himoya orderini beradi;
zo‘ravonlik   sodir   etgan   shaxslarni   javobgarlikka   tortish   yuzasidan   o‘z
vakolatlari doirasida choralar ko‘radi; xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
9-modda.   Mehnat   organlarining   xotin-qizlarni   tazyiq   va
zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Mehnat organlari:
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini,   hududiy   dasturlarni   hamda   qonunchilik   hujjatlarini   ishlab   chiqish   va
amalga oshirishda ishtirok etadi;
(9-modda 	birinchi	 	qismining	 	ikkinchi	 	xatboshisi   O‘zbekiston
Respublikasining	
 2021-yil	 21-apreldagi	 O‘RQ-683-sonli   Qonuni 	      tahririda	 —
Qonunchilik	
 ma’lumotlari	 milliy	 bazasi,	 21.04.2021-y.,	 03/21/683/0375-son)
ishga   joylashtirilmagan   xotin-qizlarni   hisobga   olish,   ularning   bandligini
ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
oshiradi;
xotin-qizlarga   nisbatan   ish   joylaridagi   tazyiq   va   zo‘ravonlik   hollarining
oldini   olish   hamda   xotin-qizlar   bilan   o‘zaro   munosabatlar   madaniyatini
yuksaltirish   bo‘yicha   mulk   shakllaridan   qat’i   nazar   tashkilotlarda   profilaktika
tadbirlarini o‘tkazadi.
ish   qidirayotgan   va   og‘ir   ijtimoiy   ahvolda   qolgan,   shu   jumladan   oilaviy
muammolarga   va   zo‘rlik   ishlatilishiga   duch   kelgan   xotin-qizlar   bandligini
ta’minlash va kasbga yo‘naltirishga ko‘maklashish choralarini ko‘radi;
(9-modda	
 O‘zbekiston	 Respublikasining	 2021-yil	 9-dekabrdagi	 O‘RQ-736-
sonli   Qonuniga   asosan	
 beshinchi	 xatboshi	 bilan	 to‘ldirilgan	 —	 Qonunchilik
ma’lumotlari	
 milliy	 bazasi,	 10.12.2021-y.,	 03/21/736/1144-son)
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 10-modda.   Ta’limni   davlat   tomonidan   boshqarish   organlarining
hamda   ta’lim   muassasalarining   xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan
himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini,   hududiy   dasturlar   hamda   qonunchilik   hujjatlarini   ishlab   chiqish   va
amalga oshirishda ishtirok etadi;
(10-modda 	birinchi	 	qismining	 	ikkinchi	 	xatboshisi   O‘zbekiston
Respublikasining	
 2021-yil	 21-apreldagi	 O‘RQ-683-sonli   Qonuni 	      tahririda	 —
Qonunchilik	
 ma’lumotlari	 milliy	 bazasi,	 21.04.2021-y.,	 03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish
hollari   aniqlanganligiga   doir   faktlar   to‘g‘risida   huquqni   muhofaza   qiluvchi
organlarga xabar qiladi;
ta’lim   muassasalarida   tahsil   oluvchilar   orasidan   xotin-qizlarga   nisbatan
tazyiq   o‘tkazish   va   zo‘ravonlik   sodir   etishga   moyil   shaxslarni   aniqlaydi   hamda
ularning   xulq-atvorini   tuzatish,   shuningdek   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan
jabrlanganlarni   ijtimoiy   reabilitatsiya   qilish   hamda   moslashtirish   bo‘yicha   chora-
tadbirlarni amalga oshiradi;
ta’lim   muassasalarida   bo‘sh   vaqtni   mazmunli   o‘tkazishni   ta’minlash
maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
11-modda.   Davlat   sog‘liqni   saqlash   tizimini   boshqarish   organlarining
hamda   sog‘liqni   saqlash   muassasalarining   xotin-qizlarni   tazyiq   va
zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash
muassasalari:
Oldingi   tahrirga   qarang.
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini,   hududiy   dasturlarni   va   qonunchilik   hujjatlarini   ishlab   chiqish   hamda
amalga oshirishda ishtirok etadi;
(11-modda 	birinchi	 	qismining	 	ikkinchi	 	xatboshisi   O‘zbekiston
Respublikasining	
 2021-yil	 21-apreldagi	 O‘RQ-683-sonli   Qonuni 	      tahririda	 —
Qonunchilik	
 ma’lumotlari	 milliy	 bazasi,	 21.04.2021-y.,	 03/21/683/0375-son)
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu
jumladan   ayollarni   reabilitatsiya   qilish   va   moslashtirish   markazlariga   keltirilgan
tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchilarga   hamda   ularning   bolalariga   birlamchi
tibbiy   yordam   ko‘rsatish,   ularni   tibbiy   ko‘rikdan   o‘tkazish,   shuningdek   tazyiq   va
zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchilarni   bepul   davolash   chora-tadbirlarini   amalga
oshiradi;
(11-moddaning	
 uchinchi	 xatboshisi	 O‘zbekiston	 Respublikasining	 2021-yil
9-dekabrdagi	
 O‘RQ-736-sonli   Qonuni   tahririda	 —	 Qonunchilik	 ma’lumotlari
milliy	
 bazasi,	 10.12.2021-y.,	 03/21/736/1144-son)
tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchilarga   tibbiy   va   ruhiy   yordam
ko‘rsatish   yuzasidan   uslubiy   tavsiyalar   ishlab   chiqadi   hamda   ularni   sog‘liqni
saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlarni   xotin-qizlarning   hayotiga   yoki
sog‘lig‘iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to‘g‘risida xabardor qiladi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 12-modda.   O‘zbekiston   Xotin-qizlar   qo‘mitasining   xotin-qizlarni
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi:
Oldingi   tahrirga   qarang.
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini,   hududiy   dasturlarni   va   qonunchilik   hujjatlarini   ishlab   chiqish   hamda
amalga oshirishda ishtirok etadi;
(12-modda 	birinchi	 	qismining	 	ikkinchi	 	xatboshisi   O‘zbekiston
Respublikasining	
 2021-yil	 21-apreldagi	 O‘RQ-683-sonli   Qonuni 	      tahririda	 —
Qonunchilik	
 ma’lumotlari	 milliy	 bazasi,	 21.04.2021-y.,	 03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   va   zo‘ravonlik   holatlariga   olib   keladigan
sabablar   hamda   shart-sharoitlarni   aniqlash   bo‘yicha   tadbirlarda   ishtirok   etadi   va
bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;
zo‘ravonlikdan   jabrlanganlarni   reabilitatsiya   qilish   va   moslashtirish
markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o‘z joniga qasd etishning oldini
olishga doir tadbirlar o‘tkazadi;
xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   o‘tkazganligi   va   zo‘ravonlik   sodir   etganligi
uchun   profilaktik   hisobda   turadigan   shaxslar   bilan   yakka   tartibdagi   profilaktika
tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
nizoli   vaziyatlarni   profilaktika   qilishga,   tazyiq   va   zo‘ravonlikning   oldini
olishga   doir   dasturlar   hamda   uslubiy   tavsiyalarni   ishlab   chiqadi   va   amalga
oshiradi.
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 13-modda.   Fuqarolar   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlarining,   nodavlat
notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi
Fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari,   nodavlat   notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   sohasidagi   davlat
dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda
ishtirok etishi;
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilishga   doir   tadbirlarni
amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashishi;
Oldingi   tahrirga   qarang.
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   to‘g‘risidagi
qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   to‘g‘risidagi
qonunchilikni   hamda   mazkur   sohada   huquqni   qo‘llash   amaliyotini
takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
(13-modda 	birinchi	 	qismining	 	to‘rtinchi	 	va	 	beshinchi
xatboshilari   O‘zbekiston	
 Respublikasining	 2021-yil	 21-apreldagi	 O‘RQ-683-
sonli   Qonuni 	
      tahririda	 —	 Qonunchilik	 ma’lumotlari	 milliy	 bazasi,	 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   xotin-qizlarning   huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi,
oilada   ma’naviy-axloqiy   muhitni   shakllantirishdagi,   yosh   avlodni   tarbiyalashdagi
rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi. 14-modda.   Xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilishni
amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi
Vakolatli   organlar   va   tashkilotlar   xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan
himoya   qilish   sohasidagi   tadbirlarni   amalga   oshirishda   quyidagi   yo‘nalishlarda
hamkorlik qiladi:
aniqlangan   tazyiq   va   zo‘ravonlik   faktlari   to‘g‘risida   o‘zaro   bir-birini
xabardor qilish;
tazyiq  va   zo‘ravonlik   holatlariga  munosabat   bildirish   choralarini   kelishish
hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish;
tazyiq   va   zo‘ravonlikni   bartaraf   etish   hamda   ularga   qarshi   kurashish   va
tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;
tazyiq   va   zo‘ravonlikni   bartaraf   etish   hamda   ularga   qarshi   kurashish
sohasidagi   tadbirlarni   amalga   oshiradigan   mutaxassislarni   tayyorlash   va   ularning
malakasini oshirish;
Oldingi   tahrirga   qarang.
xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   himoya   qilish   to‘g‘risidagi
qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni
va   ularning   qo‘llanilish   amaliyotini   takomillashtirish   bo‘yicha   takliflar   ishlab
chiqish.
(14-moddaning oltinchi	 xatboshisi   O‘zbekiston	 Respublikasining	 2021-yil
21-apreldagi	
 O‘RQ-683-sonli   Qonuni 	      tahririda	 —	 Qonunchilik	 ma’lumotlari
milliy	
 bazasi,	 21.04.2021-y.,	 03/21/683/0375-son)
15-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining
oldini   olish,   ularni   aniqlash   hamda   ularga   chek   qo‘yishning   umumiy   chora-
tadbirlari Xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   va   zo‘ravonlik   holatlarining   oldini   olish,
ularni   aniqlash   hamda   ularga   chek   qo‘yishning   umumiy   chora-tadbirlari
quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   va   zo‘ravonlikning   oldini   olish   sohasidagi
davlat   dasturlarini,   hududiy   va   boshqa   dasturlarni   ishlab   chiqish   hamda   amalga
oshirish;
tazyiq   va   zo‘ravonlikning   sabablari   hamda   shart-sharoitlari   bo‘lgan
omillarni tahlil qilish, o‘rganish va baholash;
aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot olib borish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va
hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;
fuqarolarni,   ayniqsa   xotin-qizlarni   o‘z   huquqlari,   erkinliklari   va
majburiyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot
bilan ta’minlash maqsadida axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   va   zo‘ravonlik   holatlarini   aniqlashning
samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
tazyiq   va   zo‘ravonlik   sodir   etish   xavfi   bo‘lgan   guruhlarga   mansub
shaxslarga   yoki   ularni   sodir   etgan   shaxslarga   nisbatan   oldini   olish   choralarini
amalga oshirish;
tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchilarga   yordam   ko‘rsatishga   va   ularni
himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga
moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;
aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish. 16-modda.   Xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   va   zo‘ravonlik   hollarining
statistik hisobi va hisoboti
Tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchilar,   shuningdek   zo‘ravonlik   sodir
etgan yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar  haqidagi ma’lumotlar
vakolatli   organlar   va   tashkilotlar   tomonidan   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat
statistika qo‘mitasining yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
17-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini xabardor qilish
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi
vakolatli   organlar   hamda   tashkilotlar   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchini
ijtimoiy   hamda   huquqiy   himoya   qilish   mexanizmlari,   tazyiq   va   zo‘ravonlikdan
jabrlanganga ko‘rsatiladigan yordam turlari va xizmatlar to‘g‘risidagi axborot bilan
tanishtiradi.
Zarur bo‘lgan taqdirda vakolatli organlar va tashkilotlar sodir etilgan tazyiq
va zo‘ravonlik fakti munosabati bilan ariza berishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Jazoni   ijro  etish  muassasalari   tazyiq  va  zo‘ravonlikdan  jabrlanganga   unga
nisbatan   zo‘ravonlik   sodir   etgan   shaxs   jazoni   ijro   etish   joyidan   ozod   etilganligi,
ozodlikdan mahrum qilish joyidan tashqariga qisqa muddatga chiqarilganligi yoki
qochib ketganligi haqida zudlik bilan xabar beradi.
18-modda.   Tazyiq   va   zo‘ravonlikdan   jabrlanuvchilar   uchun   ishonch
telefoni
O‘zbekiston   Xotin-qizlar   qo‘mitasi   yordam   ko‘rsatish,   maslahat   berish
mexanizmi   hamda   chora-tadbirlari,   xotin-qizlarga   nisbatan   tazyiq   va   zo‘ravonlik
holatlarining   oldini   olish   to‘g‘risida   axborot   olishni   ta’minlash   maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon
liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta’minlaydi.   O zbekiston   Barqaror   rivojlanishning   Beshinchi   maqsadini   amalga   oshirishʻ
doirasida   “Gender   tenglikni   ta minlash   hamda   barcha   xotin-qizlarning   huquq   va	
ʼ
imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to qqizta vazifani ishlab chiqdi.	
ʻ
Beshinchi   maqsadning   vazifalariga   (Gender   tenglik)   muvofiq,   2030-yilga   kelib
barcha   xotin-qizlarga   nisbatan   kamsitishlarning   har   qanday   shakliga   barham
berish,   siyosiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   hayotda   qarorlar   qabul   qilishning   barcha
darajalarida   ayollarning   to liq   va   samarali   ishtirokini   va   yetakchilik   qilish   uchun	
ʻ
teng   imkoniyatlarni   ta minlash   zarur.   Bundan   tashqari,   ushbu   maqsad   davlatning	
ʼ
turli   darajalarida   Davlat   dasturlarini   qabul   qilish   jarayonida   gender   tenglik
tamoyillarini joriy qilishni o z ichiga oladi.	
ʻ
So nggi   yillarda   gender   tenglikni   ta minlash,   ayollarning   ijtimoiy   va   siyosiy	
ʻ ʼ
hayotdagi rolini oshirish bo yicha ishlar bir necha yo nalishlarda olib borilmoqda:	
ʻ ʻ
• ayollar huquqlari to g risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;	
ʻ ʻ
• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;
• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to g risida xabardorligini oshirish;	
ʻ ʻ
•   huquqni   qo llash   amaliyotida   ularga   rioya   etilishini   ta minlash   uchun   mas ul	
ʻ ʼ ʼ
mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me yorlar asosida o qitish.	
ʼ ʻ
O zbekistonda   bir   qator   qonun   hujjatlari,   jumladan,   Prezidentning   xotin-qizlar	
ʻ
huquqlarini   ta minlash,   xususan,   gender   tengligi   va   ayollarni   zo ravonlik   va	
ʼ ʻ
zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish
to g risidagi farmon va qarorlari qabul qilingan.	
ʻ ʻ 1
1
  O‘zbek ist on Respublik asining Prezident i Sh. MI RZI YOY EV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-sentabr,
O‘RQ-561-son Gender   tengligini   joriy   qilish   nuqtayi   nazaridan   ta limdagi   ijobiy   siljishlarniʼ
alohida   ta kidlash   kerak.   Ya ni,   2017-yildan   boshlab   aksariyat   oliy   o quv	
ʼ ʼ ʻ
yurtlarida   turli   mutaxassisliklar   bo yicha   sirtqi   bo limlar   faoliyati   tiklandi.	
ʻ ʻ
Ta limning   ushbu   shakli   yosh   ayollarga   bolalarni   parvarish   qilish   va   boshqa	
ʼ
oilaviy   majburiyatlarni   bajarishga   xalal   qilmasdan   oliy   ma lumot   olish	
ʼ
imkoniyatini beradi.
Fursatdan foydalanib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyida Oliy
Majlis Senatidagi nutqidan iqtibos keltirishni o rinli deb bilaman:	
ʻ
“Meni   kishilarimizning   ongida   paydo   bo lgan   stereotip   ko p   o ylantiradi.   Odatda	
ʻ ʻ ʻ
biz ayolni avvalambor ona, oila qo rg onining qo riqchisi sifatida hurmat qilamiz.	
ʻ ʻ ʻ
Bu,   shubhasiz,   to g ri.   Ammo   bugun   har   bir   ayol   oddiy   kuzatuvchi   emas,   balki	
ʻ ʻ
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   demokratik   o zgarishlarning   faol   va	
ʻ
tashabbuskor ishtirokchisi ham bo lishi kerak”.	
ʻ
Shu kuni Prezidentning taklifiga binoan, mamlakat tarixida ilk bor Senat raisligiga
ayol   kishi   –   Tanzila   Norboyeva   saylandi.   Ma lumki,   Norboyeva   xonim	
ʼ
O zbekiston   Respublikasi   Bosh   vazirining   o rinbosari,   O zbekiston   Xotin-qizlar	
ʻ ʻ ʻ
qo mitasi raisi bo lib ishlagan.
ʻ ʻ
Mazkur   sohadagi   qonunchilik   choralariga   to xtaladigan   bo lsak,   O zbekistonda	
ʻ ʻ ʻ
xotin-qizlar huquqlarini ta minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada	
ʼ
takomillashtirish   maqsadida   2019-yil   sentyabr   oyida   “Xotin-qizlar   va   erkaklar
uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlar   kafolatlari   to g risida”gi   hamda   “Xotin-	
ʻ ʻ
qizlarni   tazyiq   va   zo ravonlikdan   himoya   qilish   to g risida”gi   Qonunlar   qabul	
ʻ ʻ ʻ
qilindi.   BMTning   deyarli   barcha   agentliklari,   jumladan  BMT   Taraqqiyot   Dasturi,
BMT   Aholishunoslik   jamg armasi   (YUNFPA),   BMT   Bolalar   jamg armasi	
ʻ ʻ
(YUNISEF),   BMT   Inson   huquqlari   bo yicha   Oliy   komissari   boshqarmasi,	
ʻ
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019-y., 03/19/561/3680-
son;   Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son,
10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son) BMTning   Narkotik   moddalar   va   jinoyat   boshqarmasi,   Xalqaro   migratsiya
tashkiloti ushbu ikki qonun bo yicha o z izoh va takliflarini berishdi.ʻ ʻ
Gender tenglik bo yicha institutsional  choralarga kelsak, ayni paytda O zbekiston	
ʻ ʻ
Respublikasi   Oliy   Majlisining   Senati   tarkibida   ayollar   huquqlarini   ta minlash   va	
ʼ
kamsitishning   har   qanday   shakliga   barham   berish   bo yicha   milliy   qonunchilikda	
ʻ
xalqaro standartlarni  uyg unlashtirish bilan shug ullanuvchi  yangi Xotin-qizlar va	
ʻ ʻ
gender   tenglik   masalalari   qo mitasi   tashkil   qilingan.   Bundan   tashqari,   mehnatga	
ʻ
oid   huquqlarning   kafolatlari   va   qo llab-quvvatlashni   yanada   kuchaytirish,   uydagi	
ʻ
zo ravonlik   qurbonlariga   yordam   berish   maqsadida   Zo rlik   ishlatishdan   jabr	
ʻ ʻ
ko rgan   shaxslarni   reabilitatsiya   qilish   va   moslashtirish   hamda   o z   joniga   qasd
ʻ ʻ
qilishning   oldini   olish   respublika   markazi   va   Xotin-qizlar   tadbirkorligi   markazi,
Hukumat   huzuridagi   “Oila”   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazi   kabi   yangi   tuzilmalar
tashkil topdi.
Mazkur yangi tashkil etilgan barcha institutsional mexanizmlar O zbekiston Xotin-	
ʻ
qizlar qo mitasi bilan birgalikda BMT Konvensiyasiga muvofiq ayollar huquqlari,	
ʻ
gender   tengligi   va   xotin-qizlarga   nisbatan   kamsitishlarga   barham   berishning
yagona yaxlit mexanizmiga aylanishi masalaning muhim tomonidir.
Ta kidlash   joiz,   qabul   qilingan   normativ-me yoriy   hujjatlar   va   amaliy   chora-	
ʼ ʼ
tadbirlar   O zbekistonning   gender   siyosati   sohasidagi   muhim   qadamidir   va   u	
ʻ
qonunchilik   hamda   amaliyotning   xalqaro   me yor   va   standartlariga   to liq   mos	
ʼ ʻ
keladi,   shu   bilan   birga,   ularning   bir   qismi   BMTning   inson   huquqlari   bo yicha	
ʻ
idoralari tavsiyalariga asoslangan.
Ayniqsa,   “Xotin-qizlarni   tazyiq   va   zo ravonlikdan   himoya   qilish   to g risida”gi	
ʻ ʻ ʻ
Qonunning   qabul   qilinishi   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Ushbu   Qonun   ko p   yillik	
ʻ
muhokamalardan   so ng   qabul   qilindi.   Qonun   oiladagi   zo ravonlik   qurbonlariga	
ʻ ʻ
yordam berish, ularga boshpanalar ajratish, ishonch telefonlari va nafaqat jismoniy
zo ravonlik,   balki   psixologik   yoki   iqtisodiy   jinoyatlar   bo yicha   majburiy	
ʻ ʻ
javobgarlikka   tortish   orqali   ayollarni   himoya   qilish   uchun   asosdir.   Bunday choralar,   xususan,   BMTning   inson   huquqlari   bo yicha   idoralari   tomonidan   uzoqʻ
vaqt davomida tavsiya qilib kelingan.
Gender   siyosatining   monitoringi   va   samaradorligini   baholash
sohasida   www.gender.stat.uz   saytida   qo shimcha   54   ta   gender   ko rsatkichlarini	
ʻ ʻ
kiritish orqali muhim o zgarishlar ro y berdi.	
ʻ ʻ
Shu   bilan   birga,   ushbu   yo nalishda   davomiy   izchil   ishlarni   amalga   oshirish   talab	
ʻ
etiladi.   Bu   yerda   nafaqat   qabul   qilingan   ko rsatmalar,   balki   ularning   xalqaro	
ʻ
majburiyat   va   standartlarga   muvofiqligi,   joylarda   o z   vaqtida   va   aniq   bajarilishi	
ʻ
ham muhim axamiyatga ega.
Shu   ma noda,   siyosiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   hayotda   qarorlar   qabul   qilishning	
ʼ
barcha   darajalarida   ayollarning   to liq   va   samarali   ishtirok   etishini   ta minlash	
ʻ ʼ
bo yicha ishlarni izchil davom ettirish zarur.	
ʻ
Binobarin,   “Xotin-qizlar   va   erkaklar   uchun   teng   huquq   hamda   imkoniyatlar
kafolatlari to g risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo ravonlikdan himoya qilish	
ʻ ʻ ʻ
to g risida”gi   Qonunlarning   bajarilishini   ta minlash   uchun   “Yo l   xaritalari”ni	
ʻ ʻ ʼ ʻ
qabul   qilish   rejalashtirilgan.   Bundan   tashqari,   Gender   tengligi   bo yicha   milliy	
ʻ
strategiyani   qabul   qilish   rejasi   ham   mavjud.   BMT   agentliklari   gender   tenglik   va
kamsitmaslik   masalalarida,   shu   jumladan   maxsus   hujjatlarni   rejalashtirish,   ishlab
chiqish   va   amalga   oshirish,   yangi   kodekslarning   maxsus   qoidalarini   –   jinoiy,
protsessual va ijro etuvchi bosqichlarni ishlab chiqishda bundan keyin ham ko mak	
ʻ
berishga tayyor.
Shuningdek,   qabul   qilinayotgan   u   yoki   bu   darajadagi   hujjatlarning   ayollar   va
erkaklar   uchun   bir   me yorda   bo lishiga   erishish   uchun   qonunchilikning   gender	
ʼ ʻ
ekspertizasini o tkazish majburiyligini ta minlash muhimdir.	
ʻ ʼ
O z   navbatida,   biznes   inkubatorlari   bilan   bir   qatorda,   ayollarni   ta lim   va   fan	
ʻ ʼ
sohasida   rag batlantirish,   shuningdek,   STEM   (Fan,   texnologiya,   muhandislik,	
ʻ
matematika)  laboratoriyalar   yaratish  orqali   ularni   tabiiy va  texnik fanlar  sohasiga jalb   qilish   choralarini   ko rish   zarur.   Bu,   o z   navbatida,   ayollarning   bandligini,ʻ ʻ
zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
Qabul   qilinayotgan   chora-tadbirlar   mamlakatning   barcha   hududlari   va   xotin-
qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak. Xususan, 2030-yilgacha bo lgan	
ʻ
davrda   BMT   Global   kun   tartibining   Barqaror   rivojlanish   maqsadlarini   izchil
amalga   oshirish   kun   tartibidagi   tamoyillarni,   ayniqsa,   “hech   kimni   ortda
qoldirmaslik” tamoyilini  hisobga  olgan holda, har xil kamsitish shakllariga moyil
bo lgan   xotin-qizlarning   holatiga   alohida   e tibor   qaratish   dolzarb   masaladir.   Bu	
ʻ ʼ
yerda   mamlakatning   chekka   hududlaridagi   qishloqlardagi   xotin-qizlarga,   etnik
ozchilik guruhlari, nogironlar, OIV/OITSga chalingan ayollar, ozodlikdan mahrum
qilish   va   cheklash   joylaridagi   xotin-qizlarga   (shu   jumladan   qamoqxonalar,
pansionatlar,   qariyalar   uylari   va   ruhiy   kasalliklar   shifoxonalari),   inson   huquqlari
himoyachilari,   fuqaroligi   bo lmagan   shaxslar   va   qochqinlarga   asosiy   e tibor	
ʻ ʼ
qaratiladi.
Ayni   paytda   BMTning   O zbekistondagi   agentliklari   o rtasidagi   hamkorlik
ʻ ʻ
doirasida   gender   masalalari   bo yicha   maxsus   guruh   faoliyati   yo lga   qo yilgan	
ʻ ʻ ʻ
bo lib,   uning   tarkibiga   BMTning   deyarli   barcha   agentliklari   vakillari   kiritilgan.	
ʻ
Masalan, yuqorida qayd etilgan Qonunlarga berilgan tavsiyalar hali loyiha paytida
guruh   ishining   bir   qismi   edi.   Ushbu   guruh   faoliyati   misolida   BMT   agentliklari
boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqishda yordam berishga doim tayyor.
Bundan   tashqari,   konferensiya,   videorolik,   O zbekiston   Xotin-qizlar   qo mitasi	
ʻ ʻ
qoshidagi   yuridik   klinika,   ijtimoiy   tarmoqlar   kabi   turli   formatlarda   ayollar
muammolari   to g risida   xabardorlikni   oshirish   bo yicha   ko plab   tadbirlar   kun	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tartibidan   joy   olgan.   Bu   borada   “Taraqqiyot   strategiyasi   markazi   va   boshqa
nodavlat tashkilotlar bilan ham faol hamkorlikda ish olib borilmoqda.
O z   navbatida,   O zbekistondagi   BMTning   jamoasi   ayni   paytda   barcha   milliy	
ʻ ʻ
hamkorlar   va   boshqa   manfaatdor   tomonlarning   keng   maslahatlashuvlari   bilan
ishlab   chiqilayotgan   “2021-2025-yillarga   mo ljallangan   Barqaror   rivojlanish	
ʻ hamkorlik   dasturi”   doirasida   gender   tenglikni   ta minlash   uchun   mamlakatga   harʼ
tomonlama yordam berishda davom etadi. i
  i
  Xelena FREYZER,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O zbekistondagi doimiy vakiliʻ

MAVZU: Ayollar zo’ravonligini oldini olish chora -tadbirlari REJA: 1. 1. Ayollar zo’ravonligini oldini olish chora-tadbirlar. 2. Ayollarni himoya qilishga oid chora-tadbirlar. 3.Ayollarni jamiyatda faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda   O‘zbekiston Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683- sonli   Qonuni        tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,   03/21/683/0375-son) 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: jinsiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash; jismoniy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli;

zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr- qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik); iqtisodiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zo‘ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart- sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik); ish joyi — o‘zi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mehnat majburiyatlarini amalga oshirish yoki xizmat vazifalarini bajarish uchun bo‘lishi yoki borishi lozim bo‘lgan, ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy; ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik); tazyiq — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik; tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi — o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs;

tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning takroran g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar tizimi; tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan xoli bo‘lish huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi; himoya orderi — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat. 4-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish; maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish; ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;

sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi. 5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish; xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;