XIRURGIK INFEKSIYANING OLDINI OLISH
XIRURGIK INFEKSIYANI NG OLDINI OLISH Reja : 1. Operasiya jarohatiga infeksiyani kirish yullari. Antiseptika va a septika t o’ g’risida ta’lumot . 2. Xirurgik asboblarni operasiyaga va undan keyin sterilizasiya v a dezinfeksiya qilish usullari va ularni saqlash . 3. Tikuv materiallar i ni xarakteristikasi va sterilizasiya qilish u sullari . 4. K i yi m -kechak , bog’lov materiallar i ni sterilizasiya qilish usullari
1. Infeksiya bu hayvon organizmida unga tushgan mikroorganizmlarga qarshi faol kurash xodisasining yigiindisi. Bu biologik jarayonning eng yuqori darajadagi ifodasi, orgnizmda infeksion kasallikning rivojlanishi. Hayvon organizmining ximoya kuchlarining pasayishi, infeksiyani ng rivojlanish i ga q u lay sharoitlar yaratadi. Infeksiyani ng q o’ zgatuvchilari aerob va anaerob b o’ lishi mumkin, ular organizmga xar xil y o’l lar orqali tushadi, eng asosiysi operasiya jarohati orqali (ekzogen manba). Shuning uchun xirurgik operasiyaning natijasi jarohatga mikroblarni tushishini oldini olish bilan bo g’ li q. Ekzogen manbaga kuyidagilar kiradi: teri, shillik pardalar, xirurgik asboblar, tikuv va bo g’ lam materiallari, kiyim-kechak, xirurgning qo’ llari, h avo. Ular jarohatga kuyidagi yullar orkali o’ tadi : kontakt, h avo, tomchi . Bundan tashkari infeksiya gem a togen va limfogen yullar orkali to’qima va organlardagi mavjud yiringli o’ cho q lardan, begona jismlardan tarkalishi mumkin (endogen manba) , (ekzogen manbalar). Endogen manbalar Operasiya jarohatini infeksiya bilan ifloslanishi asosan ekzogen manba orqali amalga oshiriladi va ular organizmga katta xavf-xatar yetkazadi. Bu muammoni xal etish xirurgiya fanini oldida turgan eng dolzarb bo’lib hisoblanadi Asrlar mobaynida ko’plab bemorlar xirurgik operasiyadan keyin jarohatda yiringli jrayonni rivojlanishi natijasida nobud bo’lardi. Bu xol xirurgiyani rivojlanishida asosiy to’siq bo’lib keldi va bemorlarda xirurgik yul bilan davolanishiga ishonsizlik tug’dirdi. Jarohat tashki muxitga tutashganda yiringli yallig’lanish ro’y berishi kadimdan ma’lum edi. Kuzatishlar natijasida yiringli yallig’lanish sabablari to’qimalarni ichida emas, balki tashqarisida degan fikr tug’ildi. Xavoda
bo’ladigan va yiring xosil qilishda ishtiroq etadigan kandaydir noma’lum moddalar (miazmalar) bor degan taxminni Gippokrat bayon qilgan. Lekin bu taxmin ilm-fanda rivojini topmadi. Vengriyalik vrach I.Zemmelvess (1861) birinchi bo’lib, vrachning ifloslangan qo’llari ayollarda tug’ishidan keyingi davrdagi asoratlarning asosiy sababi deb fikr bildirdi. Shuning uchun ayollarni tekshirishdan oldin qo’lni xlorli ohak eritmasi bilan yuvishini tavsiya etdi. Bu tadbir asoratni miqdorini keskin kamayishiga olib keldi. Ammo yiringli yalliglanish sabablarini ingliz xirurgi Lister (1867) yilda ilmiy jihatdan izoxlab berishga muyassar bo’ldi. Bijg’ish va chirish (sassish) mikroorganizmlarning hayot faoliyatidan kelib chikishini isbot kilgan L.Pasterning ishlari Listerning kashfiyotiga asos bo’lgan edi. Lister bemorning tevarak-atrofidagi buyumlardan, xavodagi, bog’lov materiallardan va boshka manbalardan bakteriyalar tushishi tufayli jarohat yiringlanadi degan xulosaga keldi. Shuning uchun jarohatdagi bakteriyalar o’ldirilsa va jarohat bog’lab qo’yilsa, yiringlanishni oldini olish mumkin degan fikrlarni bildirdi. Shu maqsadda Lister 5% li karbol kislotasi eritmasini tavsiya etdi. O’sha vaktda yiringlanish jarayonni chikish jarayoni bilan bir deb hisoblangan edi, shuning uchun Lister bu usulni chirishga qarshi yoki antiseptika (anti - karshi, sepsis-chirish) usuli deb, bog’lam esa antiseptik bog’lam deb ataldi, ya’ni kimyoviy moddalar yordamida jarohat va uni atrofidagi infeksiyaga qarshi kurashish. Bu usul xirurgiyada 25 yil xukmronlik qildi, lekin tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, karbol kislotasi bakteriyalar bilan birga sog’lom to’qima xujayralariga ta’sir qilib ularni nobud bo’lishiga olib keladi Antiseptikani qo’llash jarohatni batamom sterillash maqsadini tula amalga oshirishi mumkin emasliigi aniqladi. Jarohatdagi bakteriyalarni yo’kotish g’oyasi asta-sekin , jarohatga bakteriyalarni kiritmaslik g’oyasiga
joy bushatib bera boshladi, toza, steril asboblar, toza materiallar ishlatib va yetarlicha tozalangan qo’l bilan qilingan xirurgik operasiyaning natijalari, faqat antiseptik moddalarni, eritmalarni qo’llanishiga nisbatdan ancha yaxshi ekanligi bir qancha olimlar isbot kilib berishdi. Nemis xirurgi Bergman, uning shogirdi Shimmelbush va rus oliy M.Ya.Preobrajenskiy 1891 yilda yukori xarorat va bosim ta’sirida bakteriyalarni yo’kotish osonrok va ishonchliroq ekanligini ko’rsatib berishdi. Bu yangi usulning maqsadi jarrohatga tegadigan xamma narsadagi infeksiyani yo’q qilish bo’lganligi uchun aseptika ( a-inkor etish, sepsis – chirish) deb nomlandi. Shunday qilib, birta xirurgik operasiya va veterinariya ishlarini aseptik va antiseptik usullariga asoslanib o’tkazish yaxshi natija beradi. 2. Xirurgik amaliyotda ko’p asboblar i sh lati ladi. Asboblar qo’llanilishi buyicha ko’ydagilarga bo’linadi: a) to’qimalarni ajratuvchi; b) qon tuxtatuvchi; v) yordamchi; g) maxsus; d) to’qimalarni biri k tiruvchi. Xirurgik asboblarni ishlatishda q u yidagi umumiy qoidalar mavjud: 1) Barcha operasiyalarni bajarishda faqat ishga yaroqlilarini qo’llash; 2) H ar qaysi asbob faqat o’ zini t o’ g’ridan - t o’ g’ri ko’rsatmasi bo’yicha ko’llanilishi kerak. Xirurgik asboblar operasiya o’tkazish vaqtida infeksiya manbai b o’ lishi mumkin. Shuning uchun asboblarni sterilizasiyasi va dezinfnksiyasi xiurgik amaliyotda katta axamiyatga ega. O pe rasiya natijalari yaxshi b o’ lishi uchun asboblarni operasiyadan oldin va utgagach sterilizasiya qilinishi kerak. Amaliyotda asboblarni sterilizasiya va dezinfeksiya asosan ikki xil usul bilan olib b o riladi: issiq va sovuq.
Issiq usul bu yuqori darajali h ar o rat ta’sirida asboblar yuzasidagi mavjud mikroblarni yo’qotish. Bu usul q uyidagilarga bo’linadi: qaynatish, olovda quydirish (flombasiyalash) va issik h avoni qo’llash. Qaynatish veterinariyada keng tarqalgan usul b o’ lib h isoblanadi. Asboblarni qaynatish uchun sterilizator (qaynatgin) yoki biror bir k o pqoqli emallangan i dishdan foydalanish mumkin, qaynatish usul i ni birinchi marta 1888 yilda Davidson va Kumer tomonidan tavsiya etilgan. Ular asboblarni oddiy suvda 5-10 min ut d avomida qaynatgan. Bu usul yaxshi natija bergan b o’ lsa ham, lekin shu davrda keng tarqalmaydi. Chunki filtrdan o’tkazilgan suvdagi mikroblar 30 min ut q aynatishdan keyin nobu d bo’ladi, bundan tashqari bir necha marta qaynatilgan asboblar tez zanglab ishdan chiqadi. Ilm fan n i taraqqiyoti bu usulni tak o millashtirishga yordam beradi. Asboblarni 30-40 min ut d avomida distillangan suvda qaynatish tavsiya qilindi. Iloji b o’ lmagan vaqtda vodoprovod suvidan h am foydalanish mumkin. Lekin Shimmelbush tav s iyasiga ko’ra suvga ishqorlar q o’ shish lozim, ishqorlar suvda g i tuzlarni parchalaydi, bakterisid xususiyatlarga ega, qaynatish xarorati oshadi va muddati k a mayadi. Buning uchun k u yidagi eritmalar tavsiya qilingan: 0,1% natriy ishqori-10 min; 10% natriy bikarbonat-15 min; 3% natriy tetraborat-20 min. Sterilizatorga suv yoki eritma yetarli miqdorda quyiladi , ya’ni asboblar yuzasidan 1-2 sm yuqoriroq. Chunki Xoxryakovni ng ma’lumotlariga ko’ra suvga botmagan asboblarga namlik, kislorod, uglekislota ta’sir etib ularni zanglashi tezlashadi. Suvdagi birikmagan gazlar temirdan yasalgan asboblarga salbiy ta’sir qiladi , shuning uchun 3-5 min ut davomida suvni qaynati b dez infek siya qilish lozim. Quydirish usuli- bu usul tezlik bilan bajariladigan operasiyalarda qo’llanilishi mumkin. Buning uchun asboblar emmallangan idishga solinib