Atrof-muhit zararlanishini oldini olish
MAVZU: Atrof-muhit zararlanishini oldini olish. Reja: 1. Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari. 2. Kimyo va ekologiya. 3. Ozon qatlamini saqlash bo’yicha xalqaro hamkorlik.
1.Kimyoviy ishlab chiqarish istiqbollari. Zamonaviy sanoatda turli xususiyat va sifatga ega: yuqori mustahkamlik, termobarqaror, termoplastik, agressiv kimyoviy muhitga chidamli bo‘lgan materiallar ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Tabiiy va uni qayta ishlab olinadigan materiallar bu talablarga to‘la javob bermaydi va ehtiyojni qondira olmaydi. Bundan tashqari, insoniyat uzoq bo‘lmagan kelajakda xomashyo, energiya, suv, oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy manbalari kamayib ketishi muammosi bilan yuzma- yuz turibdi. Bunday sharoitlarda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida kimyo, kimyoviy mahsulotlar, kimyoviy uslublar roli ortib boradi. Kimyo va kimyo sanoati oldida turgan bosh vazifa atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish; belgilangan xossalarga ega bo‘lgan yangi moddalar va materiallar yaratish; tabiiy, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi xomashyolarni kompleks qayta ishlash; chiqindilardan foydali komponentlarni to‘laroq ajratib olish; energiya va xomashyolarni tejash maqsadida chiqindilar utilizatsiyasini tashkil qilish; chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilardan iborat. Kimyo sanoati ilmiy-texnika taraqqiyotiga asoslanib, belgilangan xossalarga ega bo‘lgan yangi, tabiatda mavjud bo‘lmagan materiallar: polimerlar (plastmassalar, sintetik tolalar, sintetik kauchuklar), keramika, kompozitlar, lok- bo‘yoq mahsulotlari, sintetik yuvish vositalari va boshqalar ishlab chiqarmoqda. Polimerlarning alohida turlari qimmatbaho, yuqori sifatli, zanglamaydigan po‘latlar bilan raqobatlashmoqda. Bunday polimerlarning 1 tonnasi 6 tonna metall o‘rnini bosa oladi. Polimerlar mashinasozlikda, atom sanoatida, radiotexnikada, mikroelektronikada, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy hayotda va shu kabi boshqa sohalarda tobora keng qo‘llanib kelmoqda. Keramika metallar va plastmassalardan keyingi uchinchi o‘rindagi sanoat materiali deb e’tirof etilmoqda. Keramikadan mashinasozlikda, konstruksiyali materiallar tayyorlashda, elektronika va elektrotexnika sanoatida foydalanish darajasi ortib borayotgani hammaga ma’lum.
Kompozitlar asos (matritsa) va to‘ldirgichdan iborat bo‘lib, zamonaviy materiallar orasida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularda asos sifatida metallar, qotishmalar, polimerlar, keramika ishlatiladi. To‘ldirgichlar sifatida esa metall va uglerod tolalari, qiyqimlari, kukunlari ishlatiladi. Yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lgan kompozit materiallar odatdagi materiallardan besh barobar pishiq bo‘lib, aviatsiya va kosmik texnologiyalarda qo‘llanilmoqda. Ona sayyora aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak bilan ta’minlash muammosi yil sayin jiddiylashib bormoqda. Chunki sayyoramiz aholisi ko‘payib borishi bilan turli mahsulotlarga bo‘lgan inson ehtiyojlari soni ham ortib boradi. Yuqori sifatli iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni esa qishloq xo‘jaligini intensifikatsiyalashtirishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligini intensifikatsiyalashtirish yo‘llaridan biri unga kimyo yutuqlarini tatbiq etishdir. Qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish mineral o‘g‘itlardan foydalanish, o‘simlik va tuproqni kimyoviy himoyalash vositalarini qo‘llash, tuproq strukturasini yaxshilash uchun melioratsiya, issiqxonalar uchun sintetik materiallardan foydalanish, kimyoviy preparatlardan chorva yemiga qo‘shimcha va konservant sifatida foydalanish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi chiqindilarini kimyoviy qayta ishlash, suv havzalarini kimyoviy usullarda tozalash, yog‘och qurilmalarni va tuzilmalarni (strukturalarni, konstruksiyalarni) antiseptik himoyalash, tuproq, yem, mahsulotlarni kimyoviy tahlil qilish kabilarni o‘z ichiga oladi. Kimyo sanoatining oldida turgan muhim vazifalardan biri texnik maqsadlar uchun qo‘llanayotgan tabiiy materiallar va oziq mahsulotlari o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Kiyim-kechak, mebel, uy-ro‘zg‘or jihozlari tayyorlashda kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Tabiiy va sun’iy charm o‘rnini bosuvchi kimyoviy tola, kompozitsiyali materiallar, bo‘yoqlar, to‘qimachilik sanoati yordamchi ishlov vositalari, plastmassalar, lok-bo‘yoq mahsulotlaridan har kuni foydalaniladi.
Kimyoning tibbiyotdagi o‘rni faqat yangi dorilar sintez qilish bilangina chegaralanmaydi. Tibbiy anjomlar kimyo sanoati yordamida tayyorlanadi. Kimyoviy usullar inson organizmida kechadigan jarayonlarni hujayra va molekula darajasida tadqiq qilishga sharoit yaratadi. Bu jarayonlarni va ularni boshqarish uslublarini o‘rganish esa inson kasalliklari sababini bilish va ularning oldini olish, davolash usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Katalitik kimyoning yangi sohasi — fermentativ katalizning rivojlanishi natijasida kimyoviy va muhandislik enzimologiyasi vujudga keldi. Bu soha yangi, yuqori faollik va selektivlikka ega bo‘lgan fermentlar — oqsil tabiatli katalizatorlarni ko‘p miqdorda ishlab chiqarish imkonini yaratdi. Ushbu fermentlar dori sifatida ham, boshqa dorilar olishda ham ishlatib kelinmoqda. Kundalik turmushda maishiy kimyo preparatlari — sintetik yuvish vositalari, tozalovchi, yelimlovchi preparatlar keng qo‘llanmoqda. Tabiiy resurslarning kamayib borayotganligi insoniyat oldiga ishlab chiqarishning industrial usulini texnologik usullar bilan almashtirish muammosini ko‘ndalang qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Kimyo texnologiyaning roli ortishida alohida o‘rin tutadi. Ishlab chiqarishni texnologik qayta qurish, xomashyoni kompleks qayta ishlash, yuqori unumli, tejamkor, kam bosqichli, yangi avlod selektiv katalizatorlaridan foydalanuvchi, atrof-muhitni chiqindilardan saqlovchi texnologiyalardan foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi Kimyo fani va sanoati oldida yangilashning iloji bo‘lmagan tabiiy resurslar: rangli va qora metall rudalari, neft, gaz, ko‘mir, tog‘-kimyoviy xomashyolaridan maksimal to‘la foydalanish vazifasi turibdi. Masalan, 40 % gacha vodorod sulfid tutgan tabiiy gazdan faqat propan va butangina emas, balki yuqori sifatli elementlar: oltingugurt, geliy va etan olish ham yo‘lga qo‘yilgan. Tabiiy gazni bunday qayta ishlash iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali bo‘lib, atmosferani vodorod sulfid yonishidan hosil bo‘lgan zaharli oltingugurt oksidlari bilan ifloslanishining oldini oladi. Kimyo texnologiyasi va atom energetikasi integratsiyasi iqtisodiy va ekologik jihatdan kelajagi porloq jarayondir. Ertangi kelajak kimyo kombinatlarini
materiallarni modifikatsiyalash va radiatsion-kimyoviy jarayonlarni nur, elektr energiyasi va issiqlik bilan ta’minlovchi yadro reaktorlari bo‘lgan holda tasavvur qilinmoqda. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ilmiy-texnika rivojlanib borishida kimyo fani va sanoatining ahamiyati beqiyosdir. Kimyo fani zamonaviy texnologiya, fizika va biologiyaning rivojlanishida, kimyo sanoati esa agrosanoat va yoqilg‘i-energiya komplekslari ta’minoti, mashinasozlik va metallurgiya, transport va qurilish, kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq xalq xo‘jaligi muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.Kimyo butun xalq xo‘jaligining ilmiy-texnik taraqqiyotiga inqilobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2.Kimyo va ekologiya. Ilgаrigi darsdа mоddаning fizik vа kimyoviy хоssаlаrini izоhlоvchi qоnunlаr bilаn tаnishdik. Аtrоf-muhitni yaхshirоq o’rgаnish mаqsаdidа аnа shu qоnun vа qоnuniyatlаrni аmаldа qo’llаsh kеrаk bo’lаdi. Nimа sаbаbdаn аtrоf-muhit iflоslаnаdi, uni qаndаy qilib tоzа tutishimiz vа kеlаjаk аvlоdlаrgа musаffо hоldа еtkаzishimiz uchun nimаlаr qilishimiz kеrаk, dеgаn muаmmо kеlib chiqаyapti. Аtmоsfеrа vа аtrоf-muhitgа tаrqаlаyotgаn mоddаlаr аvvаligа оddiy bo’lib ko’rinsаdа, аslidа ulаr bir-birigа qo’shilib, quyosh nuri, bоsim, tеmpеrаturа, suv vа shu kаbi bоshqа fаktоrlаr tа’siridа kаttа o’zgаrishlаrgа sаbаb bo’lаyotgаni mа’lum. Kоrхоnаlаrdаn аjrаlib, suvgа yoki tuprоqqа qo’shilib аtrоf-muhitni turli chiqindilаr bilаn "bоyitаyotgаn" mаhsulоtlаr endilikdа аtmоsfеrаni iflоslаntirib bоrmоqdа. Buning оldini оlish tеz оrаdа hаl etilishi lоzim bo’lgаn muhim mаsаlаlаrdаn bo’lib qоldi. Ushbu darsimizdа аnа shulаr hаqidа fikr yuritilаdi. Аtmоsfеrа murаkkаb sistеmа bo’lib, dеngiz sаthidа hаvоning 99% аzоt bilаn kislоrоdgа to’g’ri kеlаdi (qоlgаnlаri CO 2 bilаn аsl gаzlаrgа to’g’ri kеlаdi). Аtmоsfеrаning tаrkibiy nisbiy mоlеkulyar mаssаsi 90 km bаlаndlikkаchа o’zgаrmаy qоlаdi, undаn yuqоridа esа tеz o’zgаrаdi. Mаsаlаn, dеngiz sаthidа miqdоri judа kаm bo’lgаn gеliy 500-1000 km bаlаndlikdа аtmоsfеrаning аsоsiy kоmpоnеntigа аylаnаdi. Аtmоsfеrа tаrkibining bаlаndlik bo’yichа o’zgаrishi