logo

OSHQOZON YARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, PARHEZ, OLDINI OLISH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

119.177734375 KB
OSHQOZON  Y ARASI — SABABLARI, ALOMATLARI,
TASHX ISLASH, DAVOLASH, PARHEZ, OLDIN I OLISH
REJA:
1   Oshqozon yarasi	 belgilari	 va	 alomatlari
2   Oshqozon	
 yarasi	 sabablari
o 2.1   Xavf	
 omillari
3   Oshqozon
 yarasining	 asoratlari
4   Oshqozon	
 yarasini	 tashxislash
5   Oshqozon	
 yarasini	 qanday	 davolash	 mumkin?
o 5.1   Antibiotiklar	
 bilan	 davolash
o 5.2   Shilliq	
 qavatining	 himoyasini	 kuchaytiradigan	 vositalar
o 5.3   Antisekretor	
 preparatlar
o 5.4   Boshqa	
 preparatlar
o 5.5   Operatsiya	
 o’tkazishga	 ko’rsatmalar
6   Oshqozon	
 yarasi	 bo’lgan	 bemorlarning	 ovqatlanishi
o 6.1 	
      Oshqozon	 	yarasi	 	bo’lganda	 	nimalarni	 	tanovul	 	qilish 	 
mumkin?
o 6.2   Ratsiondan	
 nimani	 chiqarib	 tashlash	 kerak?
7   Oshqozon	
 yarasini	 oldini	 olish OSHQOZON YARASI	 BELGILARI	 VA	 ALOMATLARI
Rivojlanayotgan   patologik   jarayonning   asosiy   alomatlarini   bilish   yordam
uchun   shifokorga   tezroq   uchrashish   va   natijada   kasallikning   erta
tashxislanishini   ta’minlaydi,   bu   esa   jarrohlik   aralashuvisiz   ham   terapevtik
ta’sirning   muvaffaqiyatli   bo’lishini   kafolatlaydi.   Ammo,   ba’zida   oshqozon
yarasi   o’zini   namoyon   qilmaydi,   bu   esa   muntazam   tekshiruvdan   o’tib   turish
kerakligini   ko’rsatadi.   Odatda,   me’da   yarasining   asimptomatik   kechishi   25-
28% hollarda kuzatiladi va yara bemor o’limidan so’ng aniqlanadi.
Oshqozon
yarasini
quyidagi
alomatlarga
ko’ra	
 	payqash
mumkin:
Qorinning
yuqori
 qismida
joylashgan
og’riq
 	hissi .
Ushbu   alomat
75%   hollarda   namoyon   bo’ladi.   Bemorlarning   yarmi   intensiv   bo’lmagan
og’riq   hissidan   shikoyat   qiladilar,   qolgan   50%   da   alkogolli   ichimliklar   yoki
achchiq   oziq-ovqatlarni   iste’mol   qilish   paytida,   ovqatlanishlar   oralig’i   uzoq
vaqt bo’lganida va jismoniy mashqlar bajarish paytida ko’proq kuchayadigan
og’riq kuzatiladi;
 Jig’ildon	
 qaynashi 	  . Bu hissiyot oshqozonning agressiv muhitga ega bo’lgan
kislotali   sharbati   qizilo’ngachning   bo’shlig’iga   tushib,   uning   devorlarini
qo’zg’atishi   sababli   paydo   bo’ladi.   Ushbu   alomat   tez-tez   kuzatiladi   va
bemorlarning 80 foizida aniqlanadi. Jig’ildon qaynashi odatda ovqatlanishdan
keyin 1-2 soat davomida paydo bo’ladi;
 Ba’zan	
 qayt	 qilish	 bilan	 birga	 kechadigan   ko’ngil	 aynishi   hissi .   Ushbu
belgi oshqozon motorikasining buzilishidan kelib chiqadi. Oshqozon yarasida
qayt   qilish   ovqatdan   keyin   1,5-2   soat   o’tgach   kuzatiladi   va   oshqozon
bo’shatilishi   sayin   yengillik   hissi   kela   boshlaydi.   Shuning   uchun   ko’pincha
bemorlar qusishni ixtiyoriy ravishda chaqirishadi;
 Ishtahaning	
 pasayishi   oshqozon yarasi kasalligida odamning ovqatlanishdan
keyin   og’riqni   boshdan   kechirishidan   xavfsirash   yoki   oshqozon-ichak   tizimi
motorikasi buzilishi sabab kuzatilishi mumkin;  Og’iz bo’shlig’iga	 me’da	 shirasining	 nazoratsiz	 ravishda	 ko’tarilishi
bilan	
 tavsiflanadigan	 kekirish .   Bunday   holda,   bemor   og’zida   achchiq   yoki
nordon ta’mni his qiladi;
 Gaz	
 hosil	 bo’lishining	 oshishi ;
 Ovqat	
 qabul	 qilishdan	 keyin	 kuzatiladigan	 qorindagi	 og’irlik	 hissi ;
 Tezda	
 to’yib	 qolish	 tuyg’usi ;
 Axatning   buzilishi.  Ko’pincha  bemorlar   ich  qotishidan   shikoyat   qilishadi,   ich
ketishi   esa   peptik   yara   uchun   xos   emas.   Defakatsiya   bilan   bog’liq
qiyinchiliklar   bemorlarning   50   foizigacha   qismida   kuzatiladi,   ayniqsa,
oshqozon yarasining kuchayishi davrida.
Oshqozon   yarasining   tashqi   belgilaridan   biri   tilda   kulrang   karash   borligidir,
bu   alomat   deyarli   doimo   oshqozon-ichak   trakti   bilan   bog’liq   muammolar
mavjudligini   ko’rsatib   turadi.   Bemorda   kaftlarning   ortiqcha   terlashi   va
epigastral   hududga   bosib   ko’rilganda   og’riq   hissi   paydo   bo’lishi   ham
kuzatilishi mumkin.
Oshqozon   yarasida   og’riqning   tabiati   asosan   shikastlanishning
lokalizatsiyasiga   bog’liq.   Bemorlarning   shikoyatlariga   qarab,   shifokor
oshqozonning bu yoki boshqa qismida yara mavjudligiga shubha qila oladi.
OSHQOZON	
 YARASI	 SABABLARI
Hozirgi   vaqtda   oshqozon   yarasi   Helicobacter   pylori   bakteriyasi   bilan
zararlanishdan   kelib   chiqishi   isbotlangan   (75%   hollarda).   Bu   bakteriya
spiralsimon   bo’lib,   oshqozonning   agressiv   muhitiga   moslashgan   va   xlorid
kislotasini   neytrallashtirish   qobiliyatiga   ega.   Ushbu   bakteriyalar   hayotiy
faoliyati   mahsulotlarining   ta’siri   ostida   oshqozon   shilliq   qavatining
hujayralari   nobud   bo’ladi,   bu   esa   oshqozon   yarasining   rivojlanishiga   olib
keladi.
Ushbu   bakteriyani   yuqtirib   olish   qiyin   emas,   manbai   uning   tashuvchisidir,   u
so’lak,   zararlangan   ovqat   va   suv,   dezinfektsiya   qilinmagan   tibbiy   asboblar,
iflos idishlar orqali, shuningdek onadan homilaga yuqadi.
Oshqozon	
 yarasining	 rivojlanishiga	 olib	 keladigan	 boshqa	 sabablar
orasida	
 quyidagilarni	 ajratish	 mumkin:
 Dori	
 vositalarini	 qabul	 qilish .   Birinchidan,   kasallikning   rivojlanishiga
NYQP   (aspirin,   indometatsin,   diklofenak,   butadion,   ketoprofen,   ibuprofen)
ta’sir ko’rsatadi. Bemorning yoshi 65 yoshdan oshganida, shuningdek, me’da- ichak   yo’lidan   qon   ketish   hollari   aniqlangan   bo’lsa,   agar   dorilarni   katta
dozalarda   qabul   qilish   talab   etilsa,   agar   davolash   antikoagulyantlar   yoki
glyukokortikoidlarni qo’llash bilan birga olib borilsa kasallanish xavfi ortadi.
Yaralar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqa dorilar orasida
sitostatiklar, kaliy preparatlari va antigipertenziv dorilar mavjud;
 Boshqa kasalliklar   natijasi,   jumladan   sil ,   qandli   diabet ,   Kron   kasalligi,
giperparatireoz,   o’pka   saratoni,   gepatit,   jigar   sirrozi ,   pankreatit ,   sifilis   va
boshqalar;
 Oshqozon
 jarohatlanishi ,   qonning   infekstiyalanishi,   har   qanday   shok
holatlari, tananing katta yuzalari kuyishi va muzlashi;
 Stress 	
  ,	 yomon	 oziqlanish,	 yomon	 odatlar,	 beqaror	 hissiy	 holat .   Shu
jumladan,   qahvani   suiiste’mol   qilish   oshqozon   yarasi   rivojlanishiga   ta’sir
qiluvchi omillardan biridir;
 Genetik	
 omil ,   xususan,   yaqin   qarindoshlarda   o’xshash   patologik   jarayon
mavjudligi. Bundan tashqari,   birinchi qon guruhi   bo’lgan shaxslarda oshqozon
yarasi hosil bo’lish xavfi yuqoriroq ekanligi aniqlangan (o’rtacha 40%ga).
XAVF	
 OMILLARI
Oshqozon	
 yarasi	 rivojlanishiga	 olib	 keladigan	 omillar	 juda	 ko’p,	 ammo
quyida	
 ulardan	 eng	 keng	 tarqalganlari	 keltiriladi:
 Chekish (nafaqt sigareta, balki sigara va chilim ham);
 Alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilish;
 Tez-tez   va   yuqori   dozalarda   kofein   saqlovchi   gazlangan   va   boshqa
ichimliklarni ichish;
 Tartibsiz ovqatlanish;
 Oshqozon shilliq   qavatiga  zarar  yetkazishi   mumkin   bo’lgan  juda  sovuq yoki
juda issiq ovqatlarni iste’mol qilish;
 Yallig’lanishga qarshi preparatlarni doimiy qabul qilish (masalan, ibuprofen);
 Tez-tez   depressiya   yoki stressli vaziyatlar;
 Bulochka va pirojnoe kabi mahsuotlarni tez-tez va ortiqcha iste’mol qilish.
OSHQOZON	
 YARASINING	 ASORATLARI
Oshqozon yarasi jiddiy asoratlarning rivojlanishi bilan xavfli bo’lib, ularning
aksariyati o’limga olib kelishi mumkin.
Yaraning	
 eng	 xavfli	 oqibatlari	 orasida	 quyidagi	 patologiyalarni	 ajratish
mumkin:  Penetratsiya . Bunday holda oshqozon devorining vayron bo’lishi kuzatiladi,
oshqozon  yarasining  tubi  esa  oshqozon   ostiga   joylashgan   a’zo  bo’lib  qoladi.
Ko’pincha  bundan me’da osti  bezi aziyat chekadi, ammo ba’zida bu jarayon
kichik   charvi,   o’t   pufagi,   ichak   yoki   jigarga   ham   o’z   ta’sirini   o’tkazishi
mumkin.   Oshqozon   tomonidan   ishlab   chiqarilgan   xlorid   kislota   me’da   osti
bezini   parchalay   boshlaydi   va   o’tkir   destruktiv   pankreatitning   rivojlanishiga
olib   keladi.   Bemorda   penetratsiya   mavjudigi   o’rab   oluvchi   tabiatli   o’tkir
og’riqlar, tana haroratining kiritik darajalargacha ko’tarilishi va qondagi alfa-
amilaza darajasining oshishi bilan namoyon bo’ladi. Yallig’lanishning barcha
belgilari kuzatiladi, ovqatlanish yoki mavsumdan qat’iy nazar, oshoqozondagi
og’riqlar   muntazam   ravishda   mavjud   bo’ladi.   Penetratsiya   mavjudligini
aniqlash uchun oshqozonni rentgenologik tekshiruvi va FGS o’tkazish zarur;
 Oshqozonning perforatsiyasi ,   bunda   oshoqozon   devorlari   vayron   bo’lishi
oqibatida   uning   tarkibi   qorin   bo’shlig’iga   tushadi.   Oshqozon   devorining
perforatsiyasiga   turtki   bo’ladigan   omillarga   kuchli   jismoniy   zo’riqishlar,
achchiq   oziq-ovqat   mahsulotlar,   shuningdek,   alkogolli   ichimliklar   qabul
qilishni   ko’paytirilishi   kiradi.   Bunday   holda,   bemor   qorin   bo’shlig’idagi
kuchli   og’riqlardan,   umumiy   zaiflik   hissidan   shikoyat   qiladi,   tananing
zaharlanishi   belgilari   mavjud.   To’satdan   yuzaga   kelgan   teshilish   og’riqli
shokka olib kelishi mumkin, 10 soatdan keyin bemorda peritonit rivojlanadi.
Bunday holatda FGS taqiqlanadi, oshqozonni rentgen qilish kerak;
 Oshqozondan	
 qon	 ketishi . Aynan ushbu asorat ko’pincha o’limga olib keladi
va   oshqozon   yarasi   holatlarining   20   foizi ga   to’g’ri   keladi.   Ko’pincha
penetratsiya   bilan   birga   kuzatiladi.   Bunday   holatda,   bemor   qayt   qiladi,   qayt
massasi   qahva   quyqasiga   o’xshash   bo’ladi,   qon   yo’qotishning   umumiy
belgilari   mavjud.   Axlat   qora   va   qatronsimon   bo’lib   qoladi.   Qon   bosimi
tushadi,   nafas   qisilishi,   taxikardiya ,   terlash   paydo   bo’ladi.   Qon   ketishini   o’z
vaqtida to’xtatish kerak, aks holda bu o’limga olib keladi.
 Malignizatsiya ,   bunda   yara   oshqozon   saratoniga   aylanadi,   ammo   bu   juda
kam   uchraydi   va   bemorlarning   3   foizida   qayd   qilinadi.   O’n   ikki   barmoqli
ichakning yaralari deyarli hech qachon saraton o’smalariga aylanmaydi. Agar
oshqozon   yarasining   transformatsiyasi   sodir   bo’lsa,   bemor   tezda   vazn
yo’qotadi,   oziq-ovqat,   ayniqsa   go’shtli   taomlar   qabul   qilishdan   bosh   tortadi.
O’sma jarayoni rivojlanishi bilan bemor isitmadan aziyat chekadi, qayt qiladi,
ko’pincha qon bilan. Tibbiy yordamga murojaat qilinmasa, organizm o’limga
olib   kelishi   mumkin   bo’lgan   to’liq   holdan   toyganlik   holiga   keladi.   Agar
oshqozon yarasining saratonga  aylanganligiga  shubha qilinadigan  bo’lsa, o’z
vaqtida FGS va uch nuqtali  biopsiya  (materiallar  yaraning  devorlaridan,  tubi
va chetlaridan olinadi) bajarilishi kerak;  Me’da chiqish	 qismining	 stenozi   —   a’zoning   pilorik   qismida,   ya’ni
oshqozonning   eng   tor   qismida   joylashgan   oshqozon   yarasining   xavfli
asoratidir. Oshqozon yarasi qanchalik ko’p retsidivlansa, bu asorat rivojlanishi
xavfi   shunchalik   yuqori   bo’ladi.   Pilorik   bo’limning   torayishi   ovqatning
ichakka o’tishi bilan bog’liq qiyinchiliklar tufayli oziq-ovqatning oshqozonda
ushlanib qolishiga olib keladi.
Jiddiyligidan	
 kelib	 chiqqan	 holda,	 bir	 necha	 darajali	 stenozni	 ajratish
qabul	
 qilingan:
1. Kompensatsiyalangan	
 bosqich ,   uning   davomida   nordon   ta’mli   kekirish,
oshqozonda   og’irlik   va   to’lib   ketish   hissi   kuzatiladi.   Ammo   bemor   o’zini
qoniqarli his qiladi;
2. Subkompanatsiyalangan
 bosqichda   hatto   kichik   hajmdagi   taomlar   tanovul
qilganda bemor to’yib ketish va oshqozonda og’irlikni  his qila boshlaydi, bu
hol   bemorning   qayt   qilishdan   so’ng   yengillashadi.   Bemir   ovqatlanishdan
qo’rqishni  boshlaydi va shuning uchun undan bosh tortadi,  natijada  tez vazn
yo’qotadi;
3. Stenozning	
 dekompensatsiyalangan	 bosqichi   haqida   quyidagi   alomatlar
dalolat   berishi   mumkin:   ovqatlanishdan   so’ng   darhol   ko’p   miqdorda   qayt
qilish, suvsizlanish va vazn yo’qotish, mushaklar tortishishi. Shu bilan birga,
oshqozonga   kiradigan   oziq-ovqat   endi   ichakka   o’ta   olmaydi,   chunki
oshqozonning chiqish qismi nihoyatda toraygan bo’ladi.
OSHQOZON	
 YARASINI	 TASHXISLASH
Oshqozon   yarasini   aniqlash   maqsadida   bemorni   tashxisga   jo’natish   sababi
ovqatlanish   jarayoni   bilan   bog’liq   og’riqlardan   shikoyat   hisoblanadi.   Og’riq
qusish   yoki   ko’ngil   aynish   bilan   birga   kechsa,   shifokorga   murojaatni
kechiktirmaslik kerak.
Tashxis	
 bir	 necha	 bosqichdan	 iborat:
 Avvalo,   bemor   umumiy   tahlil   uchun   qon,   siydik   va   axlat   (jumladan   yashirin
qon   uchun   ham)   namunasini   topshirishi   kerak.   Umumiy   qon
tahlili   kamqonlik   mavjudligini,   ECHT`ning   o’sishi   fonida   qizil   qon
hujayralari   sonining   kamayishini   ko’rsatadigan   bo’lsa,   bu   yallig’lanish
jarayonining mavjudligidan dalolat beradi;  FEGDS, bunda shifokor oxirida kamerasi bo’lgan maxsus naycha yordamida
oshqozon  shilliq   qavatini  yaxshilab  tekshiradi.   Shu  bilan   bir  vaqtning  o’zida
biopsiya uchun namuna olishi ham mumkin;
 Oshqozon-ichak   traktini   UT   tekshirish   (oshqozon,   o’t   pufagi,   jigar   va
oshqozon osti bezi);
 Kun davomida me’da shirasining pH qiymati monitoringi va pH-metriya. Bu
juda   og’riqlidir,   chunki   u   invaziv   usulni   nazarda   tutadi.   Ushbu   tahlil   me’da
shirasining   oshqozon   qavatining   shilliq   qavatiga   bo’lgan   agressivligini
baholash imkonini beradi.
Inson tanasida	 Helicobacter	 pylori	 mavjudligini	 aniqlash	 uchun	 maxsus
testlar	
 o’tkazilishi	 kerak.	  Buning	 uchun:
 Qonda ularga antitanalarni aniqlash (serologik usul);
 Axlat   tekshiruvini   o’tkazish   (bemorning   axlatida   Helicobacter
pylori   antitanalarini aniqlash);
 Respiratorli radionuklidli ureazli sinov (bakteriyalar tomonidan chiqariladigan
mochevinani bemor chiqaradigan nafasda aniqlash);
 Tezkor ureazali test (FEGDS`dan keyin oshqozon shilliq qavati sinovlari).
Ko’rsatmalar   mavjud   bo’lganda,   bemor   oshqozonni   rentgenologik   tekshiruv,
KT,   endoskopik   ultrasonografiya   va   boshqalarga   yuboriladi.   Eng   muhimi,
asoratlarni, ayniqsa, qon ketishini imkoni boricha tezroq oldini olishdir.
OSHQOZON	
 YARASINI	 QANDAY	 DAVOLASH	 MUMKIN?
Ushbu   kasallikni   faqat   bitta   muyyan   dori   yordamida   davolab   bo’lmaydi.
Yondashuv   kompleksli   bo’lishi   va   birinchi   navbatda   Helicobacter   pylori ni
neytrallashtirish   kerak.   Shundan   so’ng   me’da   shirasining   kislotaliligini
kamaytirish   kerak,   bu   juda   ko’p   yoqimsiz   alomatlarni   (ayniqsa,   jig’ildon
qaynashi,   kekirish   va   ko’ngil   aynishi)   bartaraf   qiladi   va   asoratlarni
rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Ilgari   bakteriyalar   aniqlansa,   ularni   organizmdan   butunlay   bartaraf   etish
kerak, deb hisoblangan, buning uchun antibakterial terapiya ishlatilgan.
Ammo   keyinchalik   Helicobacter   pylori   bakteriyasini   organizmdan   butunlay
yo’qotib   bo’lmasligi   aniqlandi,   bu   mikrobning   ayrim   turlari   pastga,   ichaklar
tomon   ko’chishga   qodir,   bu   esa   disbakterioz   va   yallig’lanish   jarayoni
rivojlanishiga   sababchi   bo’ladi.   Bundan   tashqari,   mikroorganizmni   bir kishidan   boshqasiga   yuqishi   osonligi   hisobga   olinganda,   qayta
infektsiyalanish xavfi yuqoridir.
ANTIBIOTIKLAR BILAN	 DAVOLASH
Bugungi   kunda   oshqozon   yarasi   bo’lgan   bemorga   maksimum   ikkita
antibakterial terapiya kursi buyuriladi.
Ular	
 quyidagilarni	 o’z	 ichiga	 olishi	 mumkin:
 Penitsillinlar, asosan, Amoksitsillin;
 Tetratsiklin;
 Makrolidlar, xususan Klaritromitsin;
 Nitromidazol unumlari.
SHILLIQ	
 	QAVATINING	 	HIMOYASINI	 	KUCHAYTIRADIGAN
VOSITALAR
Oshqozon   yarasi   bilan   og’rigan   bemorlarda   oshqozonni   qoplab   turuvchi
shilliq qavat himoya qilinishi kerak.
Buning	
 uchun	 shifokorlar	 quyidagi	 preparatlarni	 buyurishadi:
 Yaraning tubida himoya qoplamini hosil qilish uchun Sukralfat;
 Oshqozon shilliq  qavatining qayta tiklanishi  jarayonlarini  tezlashtirish  uchun
natriy karbenoksolon, xususan, Kaved-s, Biogastron, Ventroksol;
 Oshqozon   devorida   qobiq   hosil   qilish,   shuningdek   Helicobakteriyalarni   yo’q
qilish   uchun   vismutning   kolloid   subsitrati   ishatiladi,   masalan   De-nol
preparati;
 Shikastlangan   hujayralarda   tiklanish   jarayonlarini   rag’batlantirish   va   shilliq
ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun Enprostil buyuriladi.
ANTISEKRETOR	
 PREPARATLAR
Yallig’lanishni   kompleks   davolashda   antisekretor   preparatlardan
foydalanmasdan bo’lmaydi.
Bunga	
 quyidagilar	 kiradi:
 Antatsidlar   —   yallig’lanishga   qarshi   ta’sir   bilan   birgalikda   oshqozonni
qoplab oluvchi xususiyatga ega va xlorid kislotaning korroziv xususiyatlarini neytrallashtirishga   yordam   beradi.   Antasidlarga   Maaloks,   Almagel,   Keal,
Sukralfat, Antareyt preparatlari kiradi.
 Bemor   protonli pompa	 blokatorlari   qabul qilishi  kerak (Omez, Omeprazol,
Rabelok, Rabeprazol, Neksium va boshqalar). Ular oshqozonda xlorid kislota
hosil   bo’lishining   ko’payishiga   to’sqinlik   qiladi   va   protonli   nasosni   blokada
qiladi;
 H2-gistamin	
 retseptorlari	 blokatorlari   —   (Kvamatel,   Famotidin,   Erinit,
Ranitidin).   Ushbu  dorilar   gistaminning   birlashishini   bartaraf   qiladi   va  me’da
shirasining   ishlab   chiqarilishini   oshiradi.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,   so’nggi
yillarda   H2-gistamin   retseptorlarining   blokatorlari   buyurilmay   qo’yilgan.
Buning   sababi   shundaki,   ularni   qabul   qilish   to’xtatilganidan   keyin   oshqozon
yarasining alomatlari to’liq qaytalanadi;
 M-xolinoretseptorlarning	
 blokatorlari , xususan, Pirenzepin va Gastrosepin.
Ushbu   preparatlar   xlorid   kislota   ishlab   chiqarishni   kamaytirishga   qaratilgan
bo’lib,   shuningdek   og’riq   va   og’izda   quruqlikni   bartaraf   etishga   yordam
beradi;
 Prostaglandin	
 E1`ning	 sintetik	 analoglari ,   xususan   Mizoprostol   va
Saytotek.   Ushbu   preparatlar   shilliq   va   bikarbonatlar   ishlab   chiqarilishni
oshiradi, shuningdek, xlorid kislota hosil bo’lishini kamaytiradi.
BOSHQA	
 PREPARATLAR
Oshqozonning	
 yarasi	 bilan	 og’rigan	 bemorlarga	 qo’shimcha	 dori-
darmonlar	
 kerak	 bo’lishi	 mumkin,	 masalan:
 Og’riqni   va   oshqozon   devorlarining   spazmini   bartaraf   etishga   yordam
beruvchi   spazmolitiklar   (No-shpa, Drotaverin, Mebeverin);
 Ovqat   hazm   qilish   tizimining   motor   funktsiyalarini   yaxshilaydigan   va   oziq-
ovqatlarni oshqozonda juda uzoq vaqt davomida ushlanib qolishiga to’sqinlik
qiluvchi   prokinetiklar   (Motilium, Itoprid, Domperidon va boshqalar);
 Antibakterial   moddalar   qabul   qilingan   hollarda   probiotiklar   (Bifiform,
Lineks va boshqalar);
 Tenoten va valerian kabi   tinchlantiruvchi	
 preparatlar ;
 Antidepressantlar   — Amitriptilin va trankvilizatorlar, jumladan Tazepam va
Elenium.
Patologik   jarayonning   og’irlik   darajasi   va   mavjud   nuqsonning   o’lchamiga
qarab oshqozon yarasini davolash 2 haftadan 1,5 oygacha davom etadi. Hozirgi   vaqtda   olimlar   Helicobacter   pylori   infektsiyasidan   odamni   himoya
qilishga yordam beradigan yangi vaktsinani sinovdan o’tkazmoqdalar.
OPERATSIYA O’TKAZISHGA	 KO’RSATMALAR
Ba’zida   oshqozon   yarasini   faqat   konservativ   davo   bilan   bartaraf   etib
bo’lmaydi.   Bunday   holatda   bemorga   operatsiya   ko’rsatiladi.   Jarrohlik
aralashuvi   faqat   aniq   ko’rsatmalar   mavjud   bo’lganda   amalga   oshirilishi
mumkin.   Xususan,   agar   dori-darmonlar   kerakli   natijalarga   olib   kelmasa,
shuningdek dori-darmonlarni qabul qilishda asoratlar xavfi yuqori bo’lsa.
Mutlaq	
 ko’rsatmalar	 orasida	 quyidagilar	 mavjud	 bo’lishi	 mumkin:
 Oshqozon yarasining perforatsiyasi;
 Qon ketishi rivojlanishi;
 Uchinchi darajadagi stenoz;
 Yara jarayonining saratonga aylanishi.
Nisbiy	
 ko’rsatmalarga:
 Penetratsiya jarayoni;
 Shakllangan chandiqlar bilan oshqozonning deformatsiyasi;
 Kasallikning qaytalanishi hollari ko’payishi;
 Stenozning ikkinchi darajasi;
 Kallyoz yara;
 Uzoq vaqt davomida yarani tuzalmasligi.
Jarrohlik   aralashuvi   uchun   ko’rsatmalar   mavjud   bo’lsa,   uni   oldini   olish   yoki
kechiktirish   kerak   emas.   Har   qanday   favqulodda   o’tkazilgan   operatsiya
rejalashtirilgan   operatsiyadan   ko’ra   ko’proq   xavfga   ega   ekanligini   hisobga
oling. Bundan tashqari, favqulodda aralashuv har doim ham samarali emas va
ehtimolli   bo’lgan   asoratlar   bemorning   hayoti   va   sog’lig’iga   xavf   tug’diradi.
Shuning uchun, agar shifokor jarrohlik aralashuvi haqida gapirsa, konservativ
vositalar bilan davolanishni davom ettirish tavsiya etilmaydi.
OSHQOZON	
 	YARASI	 	BO’LGAN	 	BEMORLARNING
OVQATLANISHI
OSHQOZON	
 	YARASI	 	BO’LGANDA	 	NIMALARNI	 	TANOVUL
QILISH	
 MUMKIN? Oshqozon   yarasi   bo’lgan   bemorlar   o’ziga   xos   ovqatlanishlari   kerak.
Birinchidan,   parhezga   ikkita   asosiy   talab   qo’yiladi:   mahsulotlar   oshqozon
shilliq   qavatini   ta’sirlantirmasligi,   lekin   ayni   paytda   ular   organizmning
ehtiyojlarini  to’liq  ta’minlashi  kerak.  Kuniga  kamida   besh marta  ovqatlanish
kerak,   lekin   bemor   a’zoni   kengaytirib   yubormaslik   uchun   ovqatni   qismlar
bilan iste’mol qilish kerak.
Tayyorlangan   ovqat   juda   sovuq   yoki   issiq   bo’lmasligi   kerak,   taomlarni
qovurish tavsiya etilmaydi.  Tayyorlashning eng afzal usuli — bug’da.
Bemorga quyidagilar	 ruxsat	 etiladi:
 Yorma, manka, guruch va sulidan suyuq sho’rvalar;
 Yog’i kam navlardagi go’sht (tovuq, kurka yoki buzoq);
 Suyuq pyuresimon kashalar;
 Omlet shaklida yoki yumshoq qaynatilgan tuxum;
 Kisel, kompotlar;
 Desert sifatida asaldan foydalanish mumkin;
 Sut   mahsulotlaridan   tvorog   va   qaymoqqa   afzallik   berish   kerak,   ammo
ularning yog’ miqdori past bo’lishi talab etiladi.
RATSIONDAN	
 NIMANI	 CHIQARIB	 TASHLASH	 KERAK?
 Alkogol;
 Barcha qovurilgan, dudlangan va yog’li mahsulotlar;
 Un (non va non mahsulotlari);
 Cheklovlar ostida meva va sabzavotlar ham qoladi, lekin barchasi emas, balki
oshqozoni   ta’sirlantiradiganlari.   Ular   pomidor,   dukkaklilar,   karam,   turp,
xurmo, sitrus mevalari;
 Souslar, konservalar, achchiq ziravorlardan bosh tortish kerak;
 Qahva, kakao, kuchli go’shtli bulyon tavsiya etilmaydi.
OSHQOZON	
 YARASINI	 OLDINI	 OLISH
Kasallik	
 rivojlanishining	 oldini	 olishga	 qaratilgan	 profilaktik	 chora-
tadbirlar	
 quyidagilardan	 iborat:
 Helicobacter   pylori   bakteriyalari   bilan   zararlanishdan   himoyalanish.   Buning
uchun   shaxsiy   gigiena   qoidalariga   rioya   qilish,   shuningdek,   shaxsiy   jihozlar
va   idishlarni   ishlatish   va   yaqin   jismoniy   kontaktlarni   cheklash   talab   etiladi. Ayniqsa,   bu   qoidalar   yaqin   atrofda   oshqozon   yarasi   bilan   og’rigan   odam
bo’lsa muhim bo’ladi;
 O’z sog’lig’ingizni kuzatib borish va oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin
bo’lgan kasalliklarni tezda bartaraf etish muhimdir;
 Yomon odatlardan  voz kechish  va immunitetning  pasayishiga  olib  keladigan
barcha odatlarni tashlash;
 To’g’ri   ovqatlanish   muhim   profilaktik   chora   hisoblanadi.   Termik   ishlov
berilgan   oziq-ovqatlarni   iste’mol   qilish,   tez-tez   va   kichik   qismlarda
ovqatlanish, achchiq va qovurilgan taomlarni minimallashtirish kerak;
 Barcha   dori-darmonlarni,   ayniqsa,   oshqozon   yarasining   rivojlanishiga   hissa
qo’shadigan vositalar, shifokor nazorati ostida va dozaga qat’iy rioya qilingan
holda qabul qilinishi kerak;
 O’zingizni   stressli   vaziyatlarga   tushib   qolishdan   himoya   qilishingiz   kerak.
Agar   buning   iloji   bo’lmasa,   shifokor   bilan   maslahatlashgandan   keyin
tinchlantiruvchi vositlarni qabul qiling;
 Minimal   jismoniy   mashqlarni   unutmang.   Organizmni   ortiqcha   yuklamaslik,
to’laqonli   dam   olish   va   jismoniy   tayyorgarlikka   mos   keladigan   mashqlarni
bajarish muhimdir;
 Kunning tartibiga  to’liq rioya qilish va kamida 8 soat uyquga ega bo’lish —
bu ko’pchilik kasalliklarning,  jumladan oshqozon yarasini  oldini olish uchun
asosdir.
Bundan   tashqari,   kasallik   aniqlanib   bo’lgan   bo’lsa,   ikkinchi   darajali
profilaktika   choralari   ham   mavjud.   Ular   kasallikning   takrorlanish   holatlarini
oldini   olish   va   uning   asoratlanishiga   yo’l   qo’ymaslikka   qaratilgan.   Buning
uchun davolovchi shifokor bilan muntazam ravishda uchrashib turish va uning
tavsiyalariga amal qilish muhimdir. Kasallikning kuchayishida, ayniqsa bahor
va kuzda terapevtik kurslarni o’tash kerak.
Bemor   parhezga   amal   qilish   va   taqiqlangan   ovqatlarni   iste’mol   qilmasligi
muhim   ahamiyatga   ega.   Ochiq   havoda   uzoq   sayr   qilish,   sanatoriylarda
davolanish   ham   foydali.   Shifokorning   tavsiyasiga   ko’ra,   antisekretor   dori-
darmonlarning davomli kursi belgilanishi mumkin.
Agar   oshqozon   yarasining   uch   yil   yoki   undan   ortiq   vaqt   davomida   hech
qanday   kuchayishlari   kuzatilmasa,   kasallikning   to’liq   remissiyasi   haqida
gapirish mumkin. Tuzalib ketish prognoziga kelsak, bu kasallik o’z vaqtida aniqlanganida ijobiy
bo’ladi. Shunigndek adekvat terapiya va kerak bo’lganda bemorning jarrohlik
aralashuviga   roziligi   ham   muhim   o’rin   tutadi.   Kasallik   asoratlarni   keltirib
chiqarganda prognoz salbiy bo’ladi.

OSHQOZON Y ARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, TASHX ISLASH, DAVOLASH, PARHEZ, OLDIN I OLISH REJA: 1   Oshqozon yarasi  belgilari  va  alomatlari 2   Oshqozon  yarasi  sabablari o 2.1   Xavf  omillari 3   Oshqozon  yarasining  asoratlari 4   Oshqozon  yarasini  tashxislash 5   Oshqozon  yarasini  qanday  davolash  mumkin? o 5.1   Antibiotiklar  bilan  davolash o 5.2   Shilliq  qavatining  himoyasini  kuchaytiradigan  vositalar o 5.3   Antisekretor  preparatlar o 5.4   Boshqa  preparatlar o 5.5   Operatsiya  o’tkazishga  ko’rsatmalar 6   Oshqozon  yarasi  bo’lgan  bemorlarning  ovqatlanishi o 6.1        Oshqozon   yarasi   bo’lganda   nimalarni   tanovul   qilish    mumkin? o 6.2   Ratsiondan  nimani  chiqarib  tashlash  kerak? 7   Oshqozon  yarasini  oldini  olish

OSHQOZON YARASI  BELGILARI  VA  ALOMATLARI Rivojlanayotgan patologik jarayonning asosiy alomatlarini bilish yordam uchun shifokorga tezroq uchrashish va natijada kasallikning erta tashxislanishini ta’minlaydi, bu esa jarrohlik aralashuvisiz ham terapevtik ta’sirning muvaffaqiyatli bo’lishini kafolatlaydi. Ammo, ba’zida oshqozon yarasi o’zini namoyon qilmaydi, bu esa muntazam tekshiruvdan o’tib turish kerakligini ko’rsatadi. Odatda, me’da yarasining asimptomatik kechishi 25- 28% hollarda kuzatiladi va yara bemor o’limidan so’ng aniqlanadi. Oshqozon yarasini quyidagi alomatlarga ko’ra   payqash mumkin: Qorinning yuqori  qismida joylashgan og’riq   hissi . Ushbu alomat 75% hollarda namoyon bo’ladi. Bemorlarning yarmi intensiv bo’lmagan og’riq hissidan shikoyat qiladilar, qolgan 50% da alkogolli ichimliklar yoki achchiq oziq-ovqatlarni iste’mol qilish paytida, ovqatlanishlar oralig’i uzoq vaqt bo’lganida va jismoniy mashqlar bajarish paytida ko’proq kuchayadigan og’riq kuzatiladi;  Jig’ildon  qaynashi    . Bu hissiyot oshqozonning agressiv muhitga ega bo’lgan kislotali sharbati qizilo’ngachning bo’shlig’iga tushib, uning devorlarini qo’zg’atishi sababli paydo bo’ladi. Ushbu alomat tez-tez kuzatiladi va bemorlarning 80 foizida aniqlanadi. Jig’ildon qaynashi odatda ovqatlanishdan keyin 1-2 soat davomida paydo bo’ladi;  Ba’zan  qayt  qilish  bilan  birga  kechadigan   ko’ngil  aynishi   hissi . Ushbu belgi oshqozon motorikasining buzilishidan kelib chiqadi. Oshqozon yarasida qayt qilish ovqatdan keyin 1,5-2 soat o’tgach kuzatiladi va oshqozon bo’shatilishi sayin yengillik hissi kela boshlaydi. Shuning uchun ko’pincha bemorlar qusishni ixtiyoriy ravishda chaqirishadi;  Ishtahaning  pasayishi oshqozon yarasi kasalligida odamning ovqatlanishdan keyin og’riqni boshdan kechirishidan xavfsirash yoki oshqozon-ichak tizimi motorikasi buzilishi sabab kuzatilishi mumkin;

 Og’iz bo’shlig’iga  me’da  shirasining  nazoratsiz  ravishda  ko’tarilishi bilan  tavsiflanadigan  kekirish . Bunday holda, bemor og’zida achchiq yoki nordon ta’mni his qiladi;  Gaz  hosil  bo’lishining  oshishi ;  Ovqat  qabul  qilishdan  keyin  kuzatiladigan  qorindagi  og’irlik  hissi ;  Tezda  to’yib  qolish  tuyg’usi ;  Axatning buzilishi. Ko’pincha bemorlar ich qotishidan shikoyat qilishadi, ich ketishi esa peptik yara uchun xos emas. Defakatsiya bilan bog’liq qiyinchiliklar bemorlarning 50 foizigacha qismida kuzatiladi, ayniqsa, oshqozon yarasining kuchayishi davrida. Oshqozon yarasining tashqi belgilaridan biri tilda kulrang karash borligidir, bu alomat deyarli doimo oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq muammolar mavjudligini ko’rsatib turadi. Bemorda kaftlarning ortiqcha terlashi va epigastral hududga bosib ko’rilganda og’riq hissi paydo bo’lishi ham kuzatilishi mumkin. Oshqozon yarasida og’riqning tabiati asosan shikastlanishning lokalizatsiyasiga bog’liq. Bemorlarning shikoyatlariga qarab, shifokor oshqozonning bu yoki boshqa qismida yara mavjudligiga shubha qila oladi. OSHQOZON  YARASI  SABABLARI Hozirgi vaqtda oshqozon yarasi Helicobacter pylori bakteriyasi bilan zararlanishdan kelib chiqishi isbotlangan (75% hollarda). Bu bakteriya spiralsimon bo’lib, oshqozonning agressiv muhitiga moslashgan va xlorid kislotasini neytrallashtirish qobiliyatiga ega. Ushbu bakteriyalar hayotiy faoliyati mahsulotlarining ta’siri ostida oshqozon shilliq qavatining hujayralari nobud bo’ladi, bu esa oshqozon yarasining rivojlanishiga olib keladi. Ushbu bakteriyani yuqtirib olish qiyin emas, manbai uning tashuvchisidir, u so’lak, zararlangan ovqat va suv, dezinfektsiya qilinmagan tibbiy asboblar, iflos idishlar orqali, shuningdek onadan homilaga yuqadi. Oshqozon  yarasining  rivojlanishiga  olib  keladigan  boshqa  sabablar orasida  quyidagilarni  ajratish  mumkin:  Dori  vositalarini  qabul  qilish . Birinchidan, kasallikning rivojlanishiga NYQP (aspirin, indometatsin, diklofenak, butadion, ketoprofen, ibuprofen) ta’sir ko’rsatadi. Bemorning yoshi 65 yoshdan oshganida, shuningdek, me’da-

ichak yo’lidan qon ketish hollari aniqlangan bo’lsa, agar dorilarni katta dozalarda qabul qilish talab etilsa, agar davolash antikoagulyantlar yoki glyukokortikoidlarni qo’llash bilan birga olib borilsa kasallanish xavfi ortadi. Yaralar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqa dorilar orasida sitostatiklar, kaliy preparatlari va antigipertenziv dorilar mavjud;  Boshqa kasalliklar natijasi, jumladan sil , qandli diabet , Kron kasalligi, giperparatireoz, o’pka saratoni, gepatit, jigar sirrozi , pankreatit , sifilis va boshqalar;  Oshqozon  jarohatlanishi , qonning infekstiyalanishi, har qanday shok holatlari, tananing katta yuzalari kuyishi va muzlashi;  Stress    ,  yomon  oziqlanish,  yomon  odatlar,  beqaror  hissiy  holat . Shu jumladan, qahvani suiiste’mol qilish oshqozon yarasi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir;  Genetik  omil , xususan, yaqin qarindoshlarda o’xshash patologik jarayon mavjudligi. Bundan tashqari, birinchi qon guruhi bo’lgan shaxslarda oshqozon yarasi hosil bo’lish xavfi yuqoriroq ekanligi aniqlangan (o’rtacha 40%ga). XAVF  OMILLARI Oshqozon  yarasi  rivojlanishiga  olib  keladigan  omillar  juda  ko’p,  ammo quyida  ulardan  eng  keng  tarqalganlari  keltiriladi:  Chekish (nafaqt sigareta, balki sigara va chilim ham);  Alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilish;  Tez-tez va yuqori dozalarda kofein saqlovchi gazlangan va boshqa ichimliklarni ichish;  Tartibsiz ovqatlanish;  Oshqozon shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilish;  Yallig’lanishga qarshi preparatlarni doimiy qabul qilish (masalan, ibuprofen);  Tez-tez depressiya yoki stressli vaziyatlar;  Bulochka va pirojnoe kabi mahsuotlarni tez-tez va ortiqcha iste’mol qilish. OSHQOZON  YARASINING  ASORATLARI Oshqozon yarasi jiddiy asoratlarning rivojlanishi bilan xavfli bo’lib, ularning aksariyati o’limga olib kelishi mumkin. Yaraning  eng  xavfli  oqibatlari  orasida  quyidagi  patologiyalarni  ajratish mumkin:

 Penetratsiya . Bunday holda oshqozon devorining vayron bo’lishi kuzatiladi, oshqozon yarasining tubi esa oshqozon ostiga joylashgan a’zo bo’lib qoladi. Ko’pincha bundan me’da osti bezi aziyat chekadi, ammo ba’zida bu jarayon kichik charvi, o’t pufagi, ichak yoki jigarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Oshqozon tomonidan ishlab chiqarilgan xlorid kislota me’da osti bezini parchalay boshlaydi va o’tkir destruktiv pankreatitning rivojlanishiga olib keladi. Bemorda penetratsiya mavjudigi o’rab oluvchi tabiatli o’tkir og’riqlar, tana haroratining kiritik darajalargacha ko’tarilishi va qondagi alfa- amilaza darajasining oshishi bilan namoyon bo’ladi. Yallig’lanishning barcha belgilari kuzatiladi, ovqatlanish yoki mavsumdan qat’iy nazar, oshoqozondagi og’riqlar muntazam ravishda mavjud bo’ladi. Penetratsiya mavjudligini aniqlash uchun oshqozonni rentgenologik tekshiruvi va FGS o’tkazish zarur;  Oshqozonning perforatsiyasi , bunda oshoqozon devorlari vayron bo’lishi oqibatida uning tarkibi qorin bo’shlig’iga tushadi. Oshqozon devorining perforatsiyasiga turtki bo’ladigan omillarga kuchli jismoniy zo’riqishlar, achchiq oziq-ovqat mahsulotlar, shuningdek, alkogolli ichimliklar qabul qilishni ko’paytirilishi kiradi. Bunday holda, bemor qorin bo’shlig’idagi kuchli og’riqlardan, umumiy zaiflik hissidan shikoyat qiladi, tananing zaharlanishi belgilari mavjud. To’satdan yuzaga kelgan teshilish og’riqli shokka olib kelishi mumkin, 10 soatdan keyin bemorda peritonit rivojlanadi. Bunday holatda FGS taqiqlanadi, oshqozonni rentgen qilish kerak;  Oshqozondan  qon  ketishi . Aynan ushbu asorat ko’pincha o’limga olib keladi va oshqozon yarasi holatlarining 20 foizi ga to’g’ri keladi. Ko’pincha penetratsiya bilan birga kuzatiladi. Bunday holatda, bemor qayt qiladi, qayt massasi qahva quyqasiga o’xshash bo’ladi, qon yo’qotishning umumiy belgilari mavjud. Axlat qora va qatronsimon bo’lib qoladi. Qon bosimi tushadi, nafas qisilishi, taxikardiya , terlash paydo bo’ladi. Qon ketishini o’z vaqtida to’xtatish kerak, aks holda bu o’limga olib keladi.  Malignizatsiya , bunda yara oshqozon saratoniga aylanadi, ammo bu juda kam uchraydi va bemorlarning 3 foizida qayd qilinadi. O’n ikki barmoqli ichakning yaralari deyarli hech qachon saraton o’smalariga aylanmaydi. Agar oshqozon yarasining transformatsiyasi sodir bo’lsa, bemor tezda vazn yo’qotadi, oziq-ovqat, ayniqsa go’shtli taomlar qabul qilishdan bosh tortadi. O’sma jarayoni rivojlanishi bilan bemor isitmadan aziyat chekadi, qayt qiladi, ko’pincha qon bilan. Tibbiy yordamga murojaat qilinmasa, organizm o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan to’liq holdan toyganlik holiga keladi. Agar oshqozon yarasining saratonga aylanganligiga shubha qilinadigan bo’lsa, o’z vaqtida FGS va uch nuqtali biopsiya (materiallar yaraning devorlaridan, tubi va chetlaridan olinadi) bajarilishi kerak;