Badiiy matn bilan ishlash bosqichlari
![Mavzu: Badiiy matn bilan ishlash bosqichlari
Reja
1. Badiiy asar matni ustida ishlash bosqichlari.
2. She’r va g‘azallarni badiiy tahlil qilish.
3. Masalni badiiy o‘qish metodikasi](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_1.png)
![Badiiy asar matni ustida ishlash bosqichlari
Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o‘rgatish vazifasi
o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga amalga
oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro
bog‘liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil
qilishning asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning
rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli
xususiyatlarini, asarning g‘oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning
tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida
asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda
amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy
yo‘nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar
bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan
savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.
Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan
foydalaniladi:
1. Tanlab o‘qish . Bunda o‘quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini
o‘qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog‘lanishini
belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o‘qilgan matnga o‘z shaxsiy munosabatini
ifodalashdan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan
“Tabiatdagi o‘zgarishlar berilgan qismlarni topib o‘qing”, “Baqa va taqa”
ertagidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topish o‘qing” kabi topshiriqlar
berilishi mumkin.
2. O‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan
javob berishi . Mashqning bu turi o‘quvchilarda o‘qilganlar yuzasidan muhokama
yuritish ko‘nikmasini o‘stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga,](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_2.png)
![muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g‘oyasi o‘rtasidagi bog‘lanishni
aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga
yo‘naltirilgan va muayyan izchillikda bo‘lishi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga
undashi lozim.
3. O‘quvchilarni savol berishga o‘rgatish . O‘quvchilarni savol berishga
o‘rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha,
to‘g‘ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo‘ladi. O‘ quvchilar matnni ongli
o‘zlashtira olsalargina , matn yuzasidan savol bera oladilar. O‘quvchilarga savol
berishni o‘rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o‘rgatish uchun o‘qituvchi
matnga o‘zi tuzgan yoki «O‘qish kitobi»da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil
uchun “Nega u yoki bu savol qo‘yilgan?”, “Unda kim yoki nima haqida gap
boradi?”, “Savol ko‘proq qaysi so‘zlar bilan boshlanadi?” kabi savollarni
ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o‘rgatadi.
4. Matnni tasvirlash . Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan
to‘g‘ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni
o‘quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki
xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.
So‘z bilan tasvirlash o‘ziga xos murakkab ish turi bo‘lib, unda manzarani
so‘z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So‘z bilan tasvirlash, shuningdek,
grafik tasvirlash uchun ham o‘quvchi matnni, undagi voqea sodir bo‘lgan
vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi
bilishi zarur. So‘z bilan tasvirlashda so‘zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa
o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.
Tasvirlashdan o‘qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos
sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda
foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o‘qituvchi
matnning ma’lum qismidan o‘quvchilarga juda ma’qul bo‘lgan manzarani so‘z
bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so‘zini tanlashni hamda turli tabiat](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_3.png)
![manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko‘rinishini, voqea sodir bo‘lgan
joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin.
Grafik tasvirlash ko‘proq uyda bajariladi. Buning uchun o‘quvchilar
tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o‘qib chiqadilar,
mazmunini o‘zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o‘quvchilar bilan
qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma’nolar bo‘yicha suhbat
o‘tkaziladi. Rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o‘zi chizgan
rang tasvirini izohlab beradi. Kompьyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash
sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning ijodiy yondashuvlariga
imkon beriladi.
O‘quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan
izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan
muhim fikrlarni yozib qo‘yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to‘liq qayta
hikoyalash, shuningdek, o‘qilgan hikoya,maqolaning rejasini tuzish, matn
mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.
5. Asar rejasini tuzish . Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda,
asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining
o‘zaro bog‘lanishini tushunishda o‘quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash
o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan
qismlarga bo‘lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq
sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o‘rganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi.
Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn
mazmuniga mosini topib qo‘yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o‘rgatishda
o‘qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani
tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o‘qituvchi rahbarligida tanlab
o‘qish hisoblanadi, bolalar matndan o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan
o‘rinni topib o‘qiydilar.](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_4.png)
![Kartonga ko‘chma ma’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning ma’nosini
izohlash bo‘yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:
− Birikmalarni o‘qing. Tagiga chizilgan so‘zlarning ma’nosiga diqqat qiling.
Ularning qaysi ma’noda qo‘llanganini izohlashga harakat qiling.
olovning qip-qizil tillari − gurullab yonayotgan olovning yuqoriga bo‘ralab-
bo‘ralab ko‘tarilishi;
olovning ... tillari osmonni yalar − baland ko‘tarilar;
o‘zini o‘tga urmo q chi − olovning ichiga kirmo q chi .
O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab,
taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:
olovning tili − odamning tili;
odam tili bilan yalaydi − olov tili bilan osmonni yalaydi;
o‘tga urmo q chi − bolani urmo q chi.
Q aysi birikmada “ til ” , “ yalaydi ” , “ uradi ” so‘zlari o‘z ma’nosida , q aysi
birikmada ko‘chma ma’noda qo‘ llanganligi aniqlanadi.
O‘xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga
yoki kartonga yozib qo‘yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi:
− Gapni o‘qing. Alanga nimaga o‘xshatilyapti?
... yong‘in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan
alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi.
− Parchani o‘qing. Suv alangaga qanday ta’sir qildi? Nima uchun?
...CHelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta’sir
qilayotgandek edi.
− Quyidagi parchada Ibn Sinoning h olati nimaga o‘xshatilyapti?
...Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko‘rib, qabristondan qaytgan kishidek
boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo‘ltiqlagan holda uyiga
jo‘nadi...
So‘ngra iboralar ustida ishlanadi . Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi:](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_5.png)
![− Berilgan gaplarni o‘qing, tagiga chizilgan iboralarning ma’nosiga diqqat
qiling. Ularni bir so‘z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma’nosini
boshqa so‘z bilan ifodalash mumkinmi?
Hozir maktab tajribasida izohli o‘qish, ijodiy o‘qish, adabiy o‘qish usulidan,
muammoli o‘qitish metodlaridan, ilg‘or pedagogik texnologiya metodlaridan ham
keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning «C h in do‘st» hikoyasini
o‘rganishda izohli o‘qish metodidan foydalanish mumkin. C h unki bu asar matnida
o‘quvchilarga lug‘aviy ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar uchraydi. Masalan,
hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g‘arq, holda, mahdum,
marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g‘urbat kabi so‘zlar izoh talab etadi.
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy
asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o‘rganish, obrazlar vositasida o‘rganish,
mavzuli-muammoli o‘rganish alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi, ya’ni,
o‘qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o‘zgartirmagan holda
undagi ma’noni, jozibani o‘quvchilarga yetkazib beradi.
Boshlang‘ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin.
Masalan, «Bobur va Humoyun» hikoyasini o‘rganishda o‘quvchilarga «Boburning
aytgan gaplari o‘rinlimi?», «Hikoyadagiday holat sodir bo‘lishi mumkinmi?» kabi
muammoli savollar berish o‘rinli bo‘ladi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda,
umuman, badiiy asarlarni o‘rganishda o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi,
ularning saviyasiga mos, bilimlarning o‘zlashtirilishini ta’minlovchi metod va
usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_6.png)
![Masalni o‘qish metodikasi
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks
ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos
xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar
dunyosiga ko‘chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‘lishidan tashqari,
kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‘pincha
masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa
chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda
turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va
yechimi bo‘lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli
tasvirlashda ajoyib namuna bo‘la oladi.
«Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo‘lgan. O‘z ma’nosidan
ko‘chirilgan (majoziy) so‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha”
tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir
joriy qilingan» 1
.
Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch
kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o‘zining satirik
asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo‘lgan. Feodal istibdodi
sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli
o‘zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri
Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha
epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni
tarbiyalashda katta rolь o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham
Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko‘pgina masallar yozganlar.
1
Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати.Т.: Ўқитувчи, 1979. 104 бет.](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_7.png)
![Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar
qiziqib o‘qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot”
(“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va
tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o‘qish va tarbiyasida
katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham
kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun
bilan Najjor” masallari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos keladi.
Ularda do‘stlik, rostgo‘ylik, qo‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar
ilgari suriladi.
Ma’lumki, tarbiya ko‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga
maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg‘usi shakllantiriladi.
Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo‘ladi va bu orqali o‘kuvchilar
ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas,
mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat,
fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar
paydo bo‘ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo‘pollik, qo‘rslik,
yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Lekin amaldagi boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam
o‘rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o‘rni beqiyosdir. Masaldagi
qissadan hissa o‘quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o‘qib o‘tib
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o‘rinni, bo‘shliqni to‘ldiradi.
3-sinf “O‘qish kitobi”dan o‘rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O.
Qo‘chqorbekov) masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib, yomon yo‘llarga
kirib qolgan, oqibatda ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda
katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan
qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan
“Bo‘linganni bo‘ri yer” hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol
tusini olgan. S h oir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_8.png)
![“CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo‘lib, unda
CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o‘rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki
kichik bo‘lishidan qat’iy nazar, so‘rab olishga, egasining ruxsati bilan
foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o‘qishda bolalar Tipratikan timsoliga
tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o‘zining hayotida biron-bir shunday holat-
voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o‘rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‘ndaligi, soddaligi,
o‘tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o‘quvchilar
nutqini o‘stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining
xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o‘ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini
o‘ziga jalb qiladi.
3-sinf “O‘qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov), “CHumoli
va Tipratikan”, “O‘jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so‘radilar” kabi
masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha,
chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham
yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar
arqondan bo‘shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar
buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya’ni ko‘ngilsiz voqea yuz
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda
turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masalning allegorik mazmuniga to‘xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini
tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka
o‘xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi
hayvonlarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham
uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko‘proq she’riy tarzda
bo‘lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola
boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o‘tkir kinoya, voqealarning tez-tez o‘rin almashinib
turishi uni bir maromda o‘qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o‘qishga](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_9.png)
![yetarli malaka hosil qilmagan o‘quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib
chiqishi lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni
aniq idrok etishda o‘quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim
epizodlarni so‘z bilan tasvirlash, ba’zilariga o‘qituvchi yordamida tavsif berish,
ishning oxirgi bosqichida rollarga bo‘lib o‘qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga
muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning
o‘ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o‘qishga
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish
zarur.
4-sinf “O‘qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq)
masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o‘ziga mos bo‘lmagan, o‘ziga to‘g‘ri
kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning
maslahati, nasihatiga quloq solmay, o‘z aytganidan qaytmaydigan, o‘jar kishilarni
tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda
yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o‘zining borligini bildirib yashashni
istaydi. U taqachining “Taqani o‘ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam,
sakrashdan mahrum bo‘lasan ... Sen taqa bilan yo‘rg‘alay olmaysan.
Yo‘rg‘alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi
bo‘lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o‘jarlik uning boshiga
kulfat keltiradi : suv tagiga cho‘kib ketadi. Yonidagi baqalar bo‘lmaganda halok
bo‘lishi ham tayin edi. Kech bo‘lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida
xijolat chekadi. Bu holatlar o‘quvchini o‘z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar
tashlashga undaydi. Ular o‘z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_10.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Ҳомидий Ҳ . ва бошқ . Адабиётшунослик терминлари луғати . –
Тошкент : Ўқитувчи , 1967. – Б .274.
2. Неъматов Ҳ ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент: Ўқитувчи , 193 . 274
бет.
3. Z . Mirzayeva, K . Jalilov. Adabiyot о‘qitish metodikasi. (An’anaviylikdan
zamonaviylikka) uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2010. 171 b.
4. O‘qish kitobi 4-sinf: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun
darslik / S. Matchonov [va boshq.]. - Qayta ishlangan va to‘ldirilgan oltinchi
nashr. - Toshkent.: «Yangiyo‘l poligraf servis», 2017. - 216 b.
5. G‘afforova T. va boshq. O‘qish kitobi: 2-sinf uchun darslik/T. G‘afforova,
Sh. Nurullayeva, Z. Mirzahakimova. Mas’ul muharrir N. Mahmudov – T.:
«Sharq», 2016. – 176 b.
6. O‘qish kitobi [Matn] : 3- sinf uchun darslik / M. Umarova, X. Hamroqulova,
R. Tojiboyeva; mas’ul muharrir N. Karimov. – 3-nashri. – Toshkent :
„O‘qituvchi“ NMIU, 2016. – 216 b.
Internet nashrlari
1. https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/allomalar/zahiriddin-muhammad-bobur-
1483-1530/attachment/bobur-va-humoyun/?lng=lat
2. https://tafakkur.net/chin-dost/abdulla-avloniy.uz](/data/documents/41c69f47-7d94-4e05-a5df-a95b94b4c2fb/page_11.png)
Mavzu: Badiiy matn bilan ishlash bosqichlari Reja 1. Badiiy asar matni ustida ishlash bosqichlari. 2. She’r va g‘azallarni badiiy tahlil qilish. 3. Masalni badiiy o‘qish metodikasi
Badiiy asar matni ustida ishlash bosqichlari Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o‘rgatish vazifasi o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro bog‘liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g‘oyasini aniqlash hisoblanadi. Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo‘nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Tanlab o‘qish . Bunda o‘quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o‘qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog‘lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o‘qilgan matnga o‘z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan “Tabiatdagi o‘zgarishlar berilgan qismlarni topib o‘qing”, “Baqa va taqa” ertagidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topish o‘qing” kabi topshiriqlar berilishi mumkin. 2. O‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi . Mashqning bu turi o‘quvchilarda o‘qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko‘nikmasini o‘stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga,
muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g‘oyasi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan va muayyan izchillikda bo‘lishi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. 3. O‘quvchilarni savol berishga o‘rgatish . O‘quvchilarni savol berishga o‘rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to‘g‘ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo‘ladi. O‘ quvchilar matnni ongli o‘zlashtira olsalargina , matn yuzasidan savol bera oladilar. O‘quvchilarga savol berishni o‘rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o‘rgatish uchun o‘qituvchi matnga o‘zi tuzgan yoki «O‘qish kitobi»da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun “Nega u yoki bu savol qo‘yilgan?”, “Unda kim yoki nima haqida gap boradi?”, “Savol ko‘proq qaysi so‘zlar bilan boshlanadi?” kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o‘rgatadi. 4. Matnni tasvirlash . Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to‘g‘ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o‘quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. So‘z bilan tasvirlash o‘ziga xos murakkab ish turi bo‘lib, unda manzarani so‘z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So‘z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o‘quvchi matnni, undagi voqea sodir bo‘lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So‘z bilan tasvirlashda so‘zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Tasvirlashdan o‘qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o‘qituvchi matnning ma’lum qismidan o‘quvchilarga juda ma’qul bo‘lgan manzarani so‘z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so‘zini tanlashni hamda turli tabiat
manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko‘rinishini, voqea sodir bo‘lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. Grafik tasvirlash ko‘proq uyda bajariladi. Buning uchun o‘quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o‘qib chiqadilar, mazmunini o‘zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o‘quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma’nolar bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o‘zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompьyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi. O‘quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo‘yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to‘liq qayta hikoyalash, shuningdek, o‘qilgan hikoya,maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi. 5. Asar rejasini tuzish . Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o‘zaro bog‘lanishini tushunishda o‘quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo‘lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o‘rganadilar. Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo‘yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o‘rgatishda o‘qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o‘qituvchi rahbarligida tanlab o‘qish hisoblanadi, bolalar matndan o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan o‘rinni topib o‘qiydilar.
Kartonga ko‘chma ma’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning ma’nosini izohlash bo‘yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi: − Birikmalarni o‘qing. Tagiga chizilgan so‘zlarning ma’nosiga diqqat qiling. Ularning qaysi ma’noda qo‘llanganini izohlashga harakat qiling. olovning qip-qizil tillari − gurullab yonayotgan olovning yuqoriga bo‘ralab- bo‘ralab ko‘tarilishi; olovning ... tillari osmonni yalar − baland ko‘tarilar; o‘zini o‘tga urmo q chi − olovning ichiga kirmo q chi . O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: olovning tili − odamning tili; odam tili bilan yalaydi − olov tili bilan osmonni yalaydi; o‘tga urmo q chi − bolani urmo q chi. Q aysi birikmada “ til ” , “ yalaydi ” , “ uradi ” so‘zlari o‘z ma’nosida , q aysi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘ llanganligi aniqlanadi. O‘xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo‘yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi: − Gapni o‘qing. Alanga nimaga o‘xshatilyapti? ... yong‘in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi. − Parchani o‘qing. Suv alangaga qanday ta’sir qildi? Nima uchun? ...CHelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta’sir qilayotgandek edi. − Quyidagi parchada Ibn Sinoning h olati nimaga o‘xshatilyapti? ...Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko‘rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo‘ltiqlagan holda uyiga jo‘nadi... So‘ngra iboralar ustida ishlanadi . Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi: