logo

Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya. Karp baliqlarining bahorgi viremiya kasalligi. Karp baliqlarining chechak kasalligi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.1552734375 KB
Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya.  Karp baliqlarining bahorgi
viremiya kasalligi. Karp baliqlarining chech a k kasalligi.
Reja:
1. Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi.
2. Karp baliqlarning  bahorgi viremiya   kasalligi.
3. Bronxiomikoz.
4. Karp baliqlarning  chechak kasalligi. 1.   «Baliq   va   asalari   kasalliklari»   fanining   xususiy   bo‘limida   baliq   va
asalarilarda   uchraydigan   infeksion,   ichki   yuqumsiz,   invazion   va   etiologiyasi
noma’lum   bo‘lgan   kasalliklar   to‘g‘risida   ma’lumot   beramiz.   Dastlab   baliq   va
asalarilarda   uchraydigan   infeksion   –   yuqumli   kasalliklar   to‘g‘risida   bizlarga
ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni sizlarga etkazamiz.
Baliq   va   asalarilarning   infeksion   –   yuqumli   kasalliklari.   Baliq   va
asalarilarning   yuqumli   kasaliiklariga   shunday   kasalliklar   kiradikim,   bu
kasalliklarning   qo‘zg‘atuvchilari,   cha q iruvchilari   viruslar,   bakteriyalar,
zamb o‘ r u g‘lardir. 
Oxirgi yillarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdakim, baliqlarning juda ko‘p
kuchli   kasallanishi,   ayniqsa   sun’iy   urchitiladigan   suv     havzalarida,   bu   virusli
kasalliklar   hisobiga   to‘g‘ri   keladi.   Biroq,   ayrim   virusli   kasalliklarning
patogenezida   bakteriyalarning   ishtirok   etilishi   tadqiqotlarda   aniqlangan   va
tasdiqlangan.   Virusli   kasalliklarda   bakteriyalarning   ishtirok   etiishi   oqibatida
asoratli   jarayonlarni   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘lib,   ikkilamchi,   sekundar
qo‘zg‘atuvchilari tasdiqlangan.
Virusli   kasalliklar .   Bu   kasallik   qo‘zg‘atuvchilari   juda   ham   mayda
organizmlar   bo‘lib,   ularning   kattaligi   millimikronlarni   tashkil   qiladi   Bu
organizmlar   baliq   tanasidagi   xujayralarning   ichida,   ham   sitoplazmasida   va   ham
o‘zagida,   parazitlik   qiladi.   Ularning   shakli   turli-tuman:   tayoqchasimon,   ipsimon,
urchuqsimon   va   hokazo.   Viruslarning   etilgan   qismi   –   varionlar   ikkita
komponentlardan,   ya’ni   oqsil   va   bitta   nuklein   kislotasi   (yo   DNK   va   yoki   RNK)
dan   iborat   bo‘lib,   boshqa   mikroorganizmlardan   ushbu   xususiyatlari   bilan   keskin
farq   qiladi.   Viruslarning   ko‘payishi   ham   boshqa   mikroorganizmlardan   farq   qilib,
viruslardagi   har   bir   komponentlar   alohida   ravishda   xo‘jayin   organizmining   turli
qismlarida sintezlanadi, so‘ngra esa ular o‘zaro birikishadi va etilgan virusni hosil
qiladi.
Virusli   kasalliklarda   aniq   va   to‘g‘ri   diagnoz   qo‘yish   uchun   virus
qo‘zg‘atuvchini   ajratib   olish   zarurdir.   Buningg   uchun   bir   qancha   usullar   mavjud.
SHulardan   eng   asosiysi   bu   viruslarni   to‘qima   kulturasida   o‘stirish   va   elektron mikroskopda aniqlashdir. Virusologik tekshirishda to‘qima kulturasini ajratib olish
juda   ham   mushkil   ish   bo‘lib,   faqat   maxsus   jihozlangan   laboratoriya   sharoitida
amalga oshirish mumkin. Turli virus turlari uchun turli xil to‘qima kulturasi kerak
bo‘ladi.   Masalan,   ayrim   viruslar   baliqlardan   olingan   aniq   bir   to‘qima   kulturasida
rivojlansa,   boshqalari   esa   bunga   bunchalik   talabni   his   etmaydi,   ya’ni   ushbu
kasallik   bilan   zararlangan   baliqlardan   olinganmi   yoki   sog‘lom   baliqlardan
olinganmi unchalik farq qilmaydi.
Baliqlarning   viruslari   haqidagi   to‘plangan   barcha   materiallar   ularni   issiq
qonli   hayvonlardagi   viruslardan   farqlarini   va   ularni   klassifikatsiyasini   aniqlashda
imkon   yaratadi.   Baliq   viruslarining   issiqqonli   hayvonlar   virusidan   asosiy   farqi
shundan   iboratki,   baliq   viruslari   turli,   keng   qamrovli   harorat   chegarasida   yashay
olishi   va   ko‘payish   xususiyatiga   ega.   Bunda   pastki   harorat   chegarasi   issiq   qonli
hayvonlarga   nisbatan   ancha   past   va   baliqlarning   yashashi   uchun   kerakli   harorat
bilan tengdir.
Baliqlarning   virusli   kasalliklari   kontakt   yo‘li   bilan   yoki   yashash   muhiti
orqali   tarqaladi.   Ayrim   kasalliklarda   esa   ularning   tarqalishi   tashuvchilar   orqali,
masalan,   umurtqasiz   qon   so‘ruvchilar   orqali   (zuluk,   qisqichbaqa   orqali)   amalga
oshadi.
  Virusli   gemorragik   septitsemiya   kasalligi   (yirik   baliqlarda).   Bu
k ontagioz   yuqumli   kasallik   bo‘lib,   kasallik   (virusomik)   jarayonlar,   terining
qorayishi, qorin bo‘shlig‘ining shishishi, suz g‘ ich apparatining izdan chiqishi, nerv
sistemasi   faoliyatining   b u zilishi,   jabrada   qon   qo‘yilishlar   hamda   ko‘zning
biriktiruvchi   to‘qimasida,   skelet   muskulaturasida,   perivisseral   yog‘   to‘qimasi   va
suz g‘ ich   pufagida   qon   qo‘yilishi   bilan   xarakterlanadi   (pucheglazie).   Ayrim
organlarning hamda butun organizmning f u nksiyalari butunlay izdan chiqadi.
Etiologiyasi.   Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi   –   bu   RNK   virusli   qo‘zg‘atuvchilar.
Jensen (1965) yilda birinchi bo‘lib ushbu virusni ajratib olgan va uni sun’iy k u ltura
to‘qimasida   ( o ziqaviy   muhitda )   o‘stirishga   erishgan   va   ushbu   virusni   Daniyaning
egtved shaxri sharafiga egtved-virus  deb nomlangan. Ushbu   shahar   yaqinida   forel   turdagi   baliqlarni   o‘stiruvchi   ferma   mavjud
bo‘lib,   bu   ferma   virusli   gemorragik   septitsemiya   kasalligi   uchun   nosog‘lom
hisoblangan.   Virusli   gemorragik   septitsemiya   virusi   barmo q simon,   uzunligi   180-
240 millimikron, eni esa 60-75 nm. Uning apikal qismi yumaloq, dist a l qismi esa
yassi   bo‘lib   dumsimon   o‘simta   b ilan   q urollangan .   Virusning   ichida   o‘zagi
(yadrosi)   bo‘lib   kattaligi   2nm   bo‘lib   juda   murakkab   tuzilishga   ega   bo‘lgan
qoburg‘asimon   qobiq   (parda)   b ilan   o‘ralgan   bo‘lib,   ustidan   silli q   parda   bilan
qoplangan.   Virus   xazmlanuvchi   to‘qima   k u lturasida   yaxshi   o‘sadi   (RTQ-2),
qaysikim   forel   turdagi   baliqlarning   tuxumdonidagi   fibroblastlardan   olingan   virus
efirda, xloroformda, glitserinda hamda rn- 3,5 gacha bo‘lganida ancha sezuvchang.
Virus 44 grad-da butun lay inaktivlanadi, 15 minut davomida, 30 gradsda o‘zining
patogenlik   xususiyatini   50%-ga   yo‘qotadi.   50%-li   glitserinda,   agarda   harorat   14
grad   bo‘lganida   virus   o‘zining   infeksion   xususiyatini   q ariyb   6   kun   dan   so‘ng
yo‘qotadi.   Virus   14   grad-dagi   distillangan   suvda   bir   so‘tka   ichida   saqlansa,
o‘zining   aktivligini   50%   ga,   suv     havzalarida   saqlansa   qariyb   90%ga   yo‘qotadi.
Virusga   ultrabinafsha   nurlari   10   minut   davomida   o‘ldiruvchi   ta’sir   qiladi.
Dezinfeksiyalovchi   moddalardan 2%-li   natriy  ish q ori   va 3%li  formalin  virusni  5-
10   minut   davomida   o‘ ldiradi.   Aktiv   xlor,   qaysikim   ixtiopatologiyada   keng
q o‘llaniladi,   k onsentratsiyasiga   qarab   virusni   2-20   minut   ichida   o‘ ldirish
qobiliyatiga ega.
Forel   baliqlarning   o‘ ligida,   qaysikim   VGS   oqibatida   o‘lgan,   agarda   jasad
m u zda   saqlanayotgan   bo‘lsa,   virus   o‘zining   hayotchanligini   24   soat   davomida
sa q lay  oladi,   -   20  grad us   haroratda  va   undan   pastki   temperaturada   virus   o‘zining
infeksion   qobilyatini   2   yil   ichida   sa q lay   oladi,   biroq   bunda   titri   2   marotaba
pasayadi.
VGS   virusining   bir   qancha   tiplari   aniqlangan.   Masalan,   N   (jigar),   R
(buyrak), V visseral va P (umumiy ta’sirlovchi), hamda N (neyrotrop).
Epizootologik   ma’lumotlar.   Kasallik   evropaning   ko‘pchilik   davlatlarida
qayd   etilgan.   1968   yilda   esa   virus   Daniyadan   CHexiya   respublikasida   otalangan ikralar orqali kiritilgan. Sobiq ittifoqda ham   ushbu kasallik otalangan ikralar orqali
etib kelganligi aniqlangan.
VGS   kasalligi   bilan   asosan   forel   (radujnaya)   turdagi   baliqlar   kasallanadi.
Tabiiy   sharoitda   forel   ( d ar yo   foreli),   kitlar,   xarius   hamda   pali   turdagi   baliqlar
kasallanadi. Kasallik epizootiya ko‘rinishda kechganida o‘lim 9-78% tashkil qiladi.
Issiq paytlarda kasallik latent ko‘rinishda kechadi, biroq baliqlarning oziqlanishi va
saqlash   sharoiti   zoogigienik   talablarga   javob   bermagan   ta q dirda   kasallik   yozda
ham avj olib klinik belgilar  b ilan kechadi. VGS bir yoshgacha bo‘lgan kattaligi 5-7
sm   bo‘lgan   forellar   zararlanadi.   Malki   va   segoletkalar   hamda   katta   yoshdagi
baliqlar kasallikka ancha chidamli.
Kasallik manbai – bu kasal baliqlar, uning   chi q indilari va  o‘ liklari. Sog‘lom
baliq   suv     havzalarning   suvlari,   loyqalari   orqali   ham   kasallikka   chalinishlari
mumkin.   Kasallikning   yashirin   davri   tashqi   muhit   haroratiga,   virusning
virulentligiga   hamda   baliq   organizmning   rezistentligiga   bog‘liqdir.   Tabiiy
sharoitda,   suvning   harorati   15-16   grad   bo‘lganida   inkubatsion   davr   7-15   kun   ga
teng,   ba’zan   bu   muddat   biroz   cho‘zilib   25   kun   ni   tashkil   qilishi   mumkin.
Eksperimental sharoitda esa kasallikning yashirin davri 2   h aftani, qo‘zg‘atuvchini
inok u lyasiya   qilinganda   4   kun   va   sog‘lom   baliq   bilan   kasal   baliqlarning   k on-
taktida   bu   muddat   yana   ham   qisqarishi   mumkin.   Virusni   in   vitro   usulida
o‘stirilganda, u 10-15 kunda kasallikni chaqirishi mumkin. VGS bilan kasallangan
forellarda kuchli immunitet hosil bo‘ladi.
Patogenez .   Virus   baliq   orgnizmida   jabrasi   orqali   kirib   oladi.   Jabrasida   va
butun   qon   tomirning   endotelial   xujayrasida   rivojlanib   ko‘payadi,   so‘ngra   butun
ichki   organ   va   to‘qimalarga   tarqaladi   va   chuqur   patologik   jarayonni   keltirib
chiqaradi.   Nerv   sistemasining   zararlanishi   oqibatida   kasallikning   nerv   formasi
namoyon   bo‘ladi.   Qon   tomirlarning   epiteliyasining   zararlanishida,   ularning
o‘tkazuvchanligi   oshadi,   qon   qo‘yilishlar   kuzatiladi,   devori   shikastlanadi   va
gemorragik   holatni   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   Surunkali   oqimda   toksikoz
oqibatida shishlar hosil bo‘ladi, osmoregulyasiya jarayoni buziladi. Nerv sistemasi
zararlanganda   harakat   koordinatsiyasi   buziladi.   Giper g likemiya,   lipidlar   mikdori kamaygan,   elektrolitlarning   k on s entratsiyasi   o‘zgaruvchan,   qon   zardobida   oqsil
mikdori, ayniqsa albuminlar kamaygan, biroq alfa va betta globulinlar oshgan.
Karpning   baxorgi   viremiyasi   (kvp,   qizilcha,   gemmorogik   septisemiya)   –
baliqlarning virusli kasalligi, harakatlanishning buzilishi bilan sifatlanadi, tananing
turli   qismlarida   shish   pvydo   bo‘ladi,   tangachalarning   teshilib   qolishi   ro‘y   beradi,
ko‘krak   xamda   qorin   suzgichlarining   asosidagi   teri   qoplamlarida   gemmorogik
to‘plamlar paydo bo‘ladi.
Etiologiyasi.   Kasallik   qo‘zg‘atuvchi   –   rnk   genomli   virus   Rabdoviridae
oilasi,   o‘qsimon   shaklga   ega,   kattaligi   25   –   85   nm   (70   –   125   nm).   Harorati   19 o
s
bo‘lgan   karp   terisidagi   toshmalarda   va   birlamchi   –   tripsinli   muxitdagi   karpning
gonad   hujayralarida   yaxshi   rivojlanadi.   Virusning   rivojlanishi   2   kun   sitopatogen
yo‘l bilan ko‘pqavatli to‘liq distruksiya bo‘lish bilan yaqqol seziladi. Virus efirga
va xloroformga ta’sirchandir, ph 3,0 ga teng bo‘lib muxit kislotali bo‘lsa virusning
chidamliligi   oshadi.   Harorat   60 o
s   bo‘lgandan   virus   30   daqiqa   ichida   faollashadi,
+4 o
s  haroratda virus o‘zining ko‘payish xususiyatini to‘xtatadi, lekin yil davomida
o‘zining patogenlik xususiyatini baliq tanasida saqlab qoladi.
Epizootologik ma’lumotlar.   Baxorgi viremiya bilan 1 -2 yoshli karplar, oq
amur, oq va qumsimon xumbosh kasallanadi. Sazan, karas va baliqlarning boshqa
turlari bu kasallikga ancha chidamli. 
Kasallangan   baliqlar,   virus   tashuvchi   tanalar   kasallikning   manbai
xisoblanadi.   Virus   organizmdan   siydik,   axlat,   epidermali   –   shilliqlikdan,   ba’zan
ikra va lichinkalar bilan chiqib ketadi. 
Kasallikning   yuqishi   jabralar,   jaroxatlangan   teri   va   ovqat   xazm   qilish
traktlari   orqali   ro‘y   beradi.     Kasallikning   paydo   bo‘lishiga   stress,   mayda
baliqchalarning   ko‘chirib   o‘tkazilayotganda   olgan   jaroxatlari   baliqlarning   zich
joylashganligi sabab bo‘lishi mumkin.
Haroratning   +10 o
s   gacha   ko‘tarilishi   natijasida   viruslar   ko‘payishni
boshlaydi.   +18 o
s     ga   etganda   esa   rivojlanish   susayadi   yoki   xavo   almashishi
buziladi. Baliqlarning kasallanishi 40 % ga, halok bo‘lishi – 70 %. Patogenez.   KBV   virusi   organizmga   tushgach,   qon   orqali   butun
organizmning   organlari   va   to‘qimalariga   tarqaladi,   qaytmas   morfologik
o‘zgarishlar   ro‘y   beradi,   hujayrada   shilliq   suyuqlik   ajralishni   boshlaydi.
Tomirlarning poralari  kengayishi natijasida qon to‘planishi xosil bo‘ladi va assitga
olib   keladi,   gemoglobin   va   eritrotsitlar   miqdori   pasayib   ketadi.   Markaziy   nerv
sistemasi   jaroxatlanadi   va   baliqlarning   o‘zini   tutishi   o‘zgaradi,   trofik   jarayon
buziladi, bu buzilish terining qorayishiga va xolsizlanishiga olib keladi. Ikkilamchi
mikrofloraning rivojlanishi uchun qulay sharoit xosil qiladi.
Patologoanotom o‘zgarishlar.  KVB dan nobud bo‘lgan baliqlarda quyidagi
o‘zgarishlar   bo‘ladi:   jigarning   kattalashishi     va   ishdan   chiqishi,   kapsula   tagida
oqish   donachalar   xosil   bo‘ladi,   buyraklarning   dog‘simon   qon   quyulishi   bilan
ishdan   chiqishi,   taloqning   sepsis   bo‘lishi   yoki   uning   kattalashishi,   shilliq
qobiqning   qon   ketishi   bilan   ro‘y   beradigan   kataral   enterit   (qorin   bo‘shlig‘ida
qonsimon – sariq yiring to‘planib qoladi), assit sodir bo‘ladi.
Tashxis.   Tashxis   qo‘yishda   quyidagilar   xisobga   olinadi:   fasl,   baliqning
yoshi, klinik va patologoanotom o‘zgarishlar.
Virusli kuzatuv va biologik sinov orqali tashxis tasdiqlanadi.
Ixtisoslashgan   tahlil.   Baxorgi   viremiyani   karplarning   eritrodermatitidan,
aeromonozidan va psevdomonozidan  ajrata olish kerak.
- karplarning eritrodermatitni Aeromonas salmonicida qo‘zg‘atadi.
- aeromonoz kasalligi bilan karp, sazan va ularning gibridlari lichinkalik vaqtidan
(ko‘pincha   ikki   yoshli)   baxor   oyidan   boshlab   kuz   oylarigacha   kasallanadi.   Bu
kasallikda to‘da bo‘lib kasallanish, teri va suzgichlari yarv bilan qoplanishi, suyak
muskullarining   mumsimon   nekrozga   uchrashi   kuzatiladi.   Kasallikni   quyidagi
bakteriyalar qo‘zg‘atadi: Aeromonas punctata? Aeromonas hydrophila, Aeromonas
sobria.
- psevdomonaz bilan ko‘pchilik karplar, ayniqsa bir yoshlilar yoki qishdan chiqqan
2   yilliklari   yanvardan   boshlab   martga   qadar   kasallanadi.   Tashqi   ko‘rinishida
tangachalar   teshilib   qolganini     va   teri   rangi   to‘q   yashil,   botqoq   rangiga   qadar o‘zgarganini   kuzatish   mumkin.   Mikrobiologik   kuzatish   natijasida   bu   kasallikning
qo‘zg‘atuvchisi Pseudomonas sp.ekanligi aniqlangan.
Kasallikga   barxam   berish   chora   –   tadbirlari.   KVB   baliq   xo‘jaliklaridan
topilganda   karantin   e’lon   qilinadi   va   davolash   ishlari   olib   boriladi.   Noqulay
sharoitdagi   baliqlar   tekshiriladi   va   zararsiz   deb   topilganlari   sotuvga   chiqariladi.
Zararlangan xovuz tarqatib yuboriladi. Xovuz tuprog‘i so‘ndirilgan (25 – 30 s/ga)
yoki  xlorli  (3-5 s/ga)  yordamida tozalanadi,  xaydab chiqiladi  va o‘tlarning urug‘i
ekib chiqiladi.
Karantin   1   yildan   so‘ng   baliqlarda   virusologik   tekshiruvlar   o‘tkazilgach
manfiy tashxis qo‘yilib, klinik xulosa berilgach  olib tashlanadi.
Karp turdagi baliqlarning ospa (chechak) kasalligi  – bu terining epitelial
to‘qimasining o‘sishi va tanada xiraroq och ko‘rimsiz rang (zangori) epiteliyaning
hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 
Kasallik  Evropa  va  bizning  mamlakatimizning  ham   tabiiy  suv    havzalarida
va ham sun’iy suv  havzalarida qayd etilgan.
Etiologiyasi   –   aniqlanmagan.   Kasallikni   yuqumli   ekanligi   taxmin
qilinmoqda. Kasallik bir suv  havzasidan ikkinchisiga tashalayotgan baliqlar orqali
o‘tish xollari ma’lum.
Epizootologik ma’lumotlar -   Kasalikka asosan  hovuzlarda urchitilayotgan
karp, sazan va ularning gibridlari moyil. Juda ham kam holatlarda (yakka tartibda)
kasallik   yazv,   lesha,   koryushka,   plotva   karas   va   boshqa   turdagi   baliqlar   orasida
qayd   etilgan.   Kasallik   mamlakatimizning   barcha   mintakalarida   (klimatik
sharoitdan kat’iy nazar) uchraydi.
Kasalikka ko‘proq 2 yoshdagi baliqlar moyil.   YOsh va bir yoshdagilari esa
odatda kasallanmaydi. Kasallik yoz va ko‘zda namoyon bo‘ladi. K u zda – baliqlarni
ovlash   mavsumida   kasal   baliqlar   soni   ortadi,   qishda   esa   bu   ko‘r-   satkich   bir   xil
holatda   (darajada)   saqlanib   qoladi,   bahorga   kelib   esa   nosog‘lom   xo‘jaliklardagi
sog‘lom baliqlar orasida kasal baliqlar ortib boradi, baliqlarni ulishi kamdan – kam
holatlarda kuzatiladi. Kasallikni tabiiy kechishi, agarda   h ech   q anday zaruriy chora
ko‘ rilmasa,   yildan   –   yilga   og‘irlashib   boradi.   Bunda   suv     havzalarining antisanitariya   holati   (ifloslanishi,   begona   o‘tlarni   ko‘payib   ketishi,   gullashi),
suvning   oqishining   pasayishi,   seleksiya   ishlarini   etarli   darajada   olib   bormaslik,
naslli   baliqlarni   tanlash,   o ziqaning   etarli   mikdorda   va   balanslanmaganligi   kabi
omillarga hambog‘liqdir.
Kasallik   manbai     -   bu     kasal   baliqlar   hisoblanadi.   Kasallik   nosog‘lom
xo‘jaliklardan sog‘lom xo‘jaliklarda baliqlarni tashish jarayonida tarqaladi.
Kasallikning   boshlang‘ich   davrida   ekt o parazitar   kasalliklardan   (trixodinoz,
xilodonellez, ixtioftririoz) farqlash lozim. Bu kasalliklarda ham   teri qatlamida och
–   ko‘kimtir   qatlamlar   hosil   bo‘ladi.   Biroq,   ospali   shishlardan   farqi   shundan
iboratkim shishlar manbali bo‘lmasdan balkim kuyuvchan, toshuvchan xarakterga
ega bo‘lib, kariyib butun  tanani  o‘ rab oladi.
Teridan     olingan   q irindilarni   mikroskop   ostida   tekshirilganida   esa   ko‘plab
qo‘zg‘atuvchilarni topish mumkin. Asosiy adabiyotlar:
1.   Gerasimchik   V,A.,   E.F.   Sadovnikova   ”Bolezni   r i b   i   pchel”   uchebnoe   posobie,
Minsk, 2017 god
2.   Osetrov   V.S.   (pod   redaksiey)   «Bolezni   rib».   Spravochnik,   Moskva   VO
Agropromizdat, 1989.
3 .    Poltev I., Neshataeva E .V.// Bolezni vrediteli pchel. Moskva, Kolos, 1977 god
4.  Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va   yuqumsiz
kasalliklari». O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010 yil.
5.  Haqberdiev P.S.  va boshqalar/   «Baliqchilik  va baliq  kasalliklari»,   Samarkand,
2008.
6.  Haqberdiev   P.S.,   Qurbonov   F.I.,   Qarshiyeva   V.SH.   «Baliq   va   asalari
kasalliklari» O‘quv qullanma. Toshkent, 2016 y. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «YUksak ma’naviyat engilmas kuch».Ma’naviyat T, 2008.
2.   Mirziyoev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
3.   Mirziyoev   SH.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   Toshkent,   “O‘zbekiston”   NMIU,
2017. – 47 b.
4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
5. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2017 yil  7 fevraldagi  “O‘zbekiston
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasi
to‘g‘risida”gi   PF-4947-sonli   Farmoni.   Toshkent,   O‘zbekiston   Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 
6.   Haqberdiev   P.S.,   Tursunqulov   A.R.   «Baliqlarning   yuqumli   va   yuqumsiz
kasalliklari».O‘quv qo‘llanma., Samarqand, 2010.
7.   Haqberdiev   P.S.,   Tayloqov   T.I.   «Baliqlarning   parazitar   kasalliklari».   O‘quv
qo‘llanma., Samarqand, 2009 yil.

Baliqlarning virusli gemorragik septitsemiya. Karp baliqlarining bahorgi viremiya kasalligi. Karp baliqlarining chech a k kasalligi. Reja: 1. Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi. 2. Karp baliqlarning bahorgi viremiya kasalligi. 3. Bronxiomikoz. 4. Karp baliqlarning chechak kasalligi.

1. «Baliq va asalari kasalliklari» fanining xususiy bo‘limida baliq va asalarilarda uchraydigan infeksion, ichki yuqumsiz, invazion va etiologiyasi noma’lum bo‘lgan kasalliklar to‘g‘risida ma’lumot beramiz. Dastlab baliq va asalarilarda uchraydigan infeksion – yuqumli kasalliklar to‘g‘risida bizlarga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni sizlarga etkazamiz. Baliq va asalarilarning infeksion – yuqumli kasalliklari. Baliq va asalarilarning yuqumli kasaliiklariga shunday kasalliklar kiradikim, bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari, cha q iruvchilari viruslar, bakteriyalar, zamb o‘ r u g‘lardir. Oxirgi yillarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdakim, baliqlarning juda ko‘p kuchli kasallanishi, ayniqsa sun’iy urchitiladigan suv havzalarida, bu virusli kasalliklar hisobiga to‘g‘ri keladi. Biroq, ayrim virusli kasalliklarning patogenezida bakteriyalarning ishtirok etilishi tadqiqotlarda aniqlangan va tasdiqlangan. Virusli kasalliklarda bakteriyalarning ishtirok etiishi oqibatida asoratli jarayonlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lib, ikkilamchi, sekundar qo‘zg‘atuvchilari tasdiqlangan. Virusli kasalliklar . Bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari juda ham mayda organizmlar bo‘lib, ularning kattaligi millimikronlarni tashkil qiladi Bu organizmlar baliq tanasidagi xujayralarning ichida, ham sitoplazmasida va ham o‘zagida, parazitlik qiladi. Ularning shakli turli-tuman: tayoqchasimon, ipsimon, urchuqsimon va hokazo. Viruslarning etilgan qismi – varionlar ikkita komponentlardan, ya’ni oqsil va bitta nuklein kislotasi (yo DNK va yoki RNK) dan iborat bo‘lib, boshqa mikroorganizmlardan ushbu xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Viruslarning ko‘payishi ham boshqa mikroorganizmlardan farq qilib, viruslardagi har bir komponentlar alohida ravishda xo‘jayin organizmining turli qismlarida sintezlanadi, so‘ngra esa ular o‘zaro birikishadi va etilgan virusni hosil qiladi. Virusli kasalliklarda aniq va to‘g‘ri diagnoz qo‘yish uchun virus qo‘zg‘atuvchini ajratib olish zarurdir. Buningg uchun bir qancha usullar mavjud. SHulardan eng asosiysi bu viruslarni to‘qima kulturasida o‘stirish va elektron

mikroskopda aniqlashdir. Virusologik tekshirishda to‘qima kulturasini ajratib olish juda ham mushkil ish bo‘lib, faqat maxsus jihozlangan laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Turli virus turlari uchun turli xil to‘qima kulturasi kerak bo‘ladi. Masalan, ayrim viruslar baliqlardan olingan aniq bir to‘qima kulturasida rivojlansa, boshqalari esa bunga bunchalik talabni his etmaydi, ya’ni ushbu kasallik bilan zararlangan baliqlardan olinganmi yoki sog‘lom baliqlardan olinganmi unchalik farq qilmaydi. Baliqlarning viruslari haqidagi to‘plangan barcha materiallar ularni issiq qonli hayvonlardagi viruslardan farqlarini va ularni klassifikatsiyasini aniqlashda imkon yaratadi. Baliq viruslarining issiqqonli hayvonlar virusidan asosiy farqi shundan iboratki, baliq viruslari turli, keng qamrovli harorat chegarasida yashay olishi va ko‘payish xususiyatiga ega. Bunda pastki harorat chegarasi issiq qonli hayvonlarga nisbatan ancha past va baliqlarning yashashi uchun kerakli harorat bilan tengdir. Baliqlarning virusli kasalliklari kontakt yo‘li bilan yoki yashash muhiti orqali tarqaladi. Ayrim kasalliklarda esa ularning tarqalishi tashuvchilar orqali, masalan, umurtqasiz qon so‘ruvchilar orqali (zuluk, qisqichbaqa orqali) amalga oshadi. Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi (yirik baliqlarda). Bu k ontagioz yuqumli kasallik bo‘lib, kasallik (virusomik) jarayonlar, terining qorayishi, qorin bo‘shlig‘ining shishishi, suz g‘ ich apparatining izdan chiqishi, nerv sistemasi faoliyatining b u zilishi, jabrada qon qo‘yilishlar hamda ko‘zning biriktiruvchi to‘qimasida, skelet muskulaturasida, perivisseral yog‘ to‘qimasi va suz g‘ ich pufagida qon qo‘yilishi bilan xarakterlanadi (pucheglazie). Ayrim organlarning hamda butun organizmning f u nksiyalari butunlay izdan chiqadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – bu RNK virusli qo‘zg‘atuvchilar. Jensen (1965) yilda birinchi bo‘lib ushbu virusni ajratib olgan va uni sun’iy k u ltura to‘qimasida ( o ziqaviy muhitda ) o‘stirishga erishgan va ushbu virusni Daniyaning egtved shaxri sharafiga egtved-virus deb nomlangan.

Ushbu shahar yaqinida forel turdagi baliqlarni o‘stiruvchi ferma mavjud bo‘lib, bu ferma virusli gemorragik septitsemiya kasalligi uchun nosog‘lom hisoblangan. Virusli gemorragik septitsemiya virusi barmo q simon, uzunligi 180- 240 millimikron, eni esa 60-75 nm. Uning apikal qismi yumaloq, dist a l qismi esa yassi bo‘lib dumsimon o‘simta b ilan q urollangan . Virusning ichida o‘zagi (yadrosi) bo‘lib kattaligi 2nm bo‘lib juda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qoburg‘asimon qobiq (parda) b ilan o‘ralgan bo‘lib, ustidan silli q parda bilan qoplangan. Virus xazmlanuvchi to‘qima k u lturasida yaxshi o‘sadi (RTQ-2), qaysikim forel turdagi baliqlarning tuxumdonidagi fibroblastlardan olingan virus efirda, xloroformda, glitserinda hamda rn- 3,5 gacha bo‘lganida ancha sezuvchang. Virus 44 grad-da butun lay inaktivlanadi, 15 minut davomida, 30 gradsda o‘zining patogenlik xususiyatini 50%-ga yo‘qotadi. 50%-li glitserinda, agarda harorat 14 grad bo‘lganida virus o‘zining infeksion xususiyatini q ariyb 6 kun dan so‘ng yo‘qotadi. Virus 14 grad-dagi distillangan suvda bir so‘tka ichida saqlansa, o‘zining aktivligini 50% ga, suv havzalarida saqlansa qariyb 90%ga yo‘qotadi. Virusga ultrabinafsha nurlari 10 minut davomida o‘ldiruvchi ta’sir qiladi. Dezinfeksiyalovchi moddalardan 2%-li natriy ish q ori va 3%li formalin virusni 5- 10 minut davomida o‘ ldiradi. Aktiv xlor, qaysikim ixtiopatologiyada keng q o‘llaniladi, k onsentratsiyasiga qarab virusni 2-20 minut ichida o‘ ldirish qobiliyatiga ega. Forel baliqlarning o‘ ligida, qaysikim VGS oqibatida o‘lgan, agarda jasad m u zda saqlanayotgan bo‘lsa, virus o‘zining hayotchanligini 24 soat davomida sa q lay oladi, - 20 grad us haroratda va undan pastki temperaturada virus o‘zining infeksion qobilyatini 2 yil ichida sa q lay oladi, biroq bunda titri 2 marotaba pasayadi. VGS virusining bir qancha tiplari aniqlangan. Masalan, N (jigar), R (buyrak), V visseral va P (umumiy ta’sirlovchi), hamda N (neyrotrop). Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik evropaning ko‘pchilik davlatlarida qayd etilgan. 1968 yilda esa virus Daniyadan CHexiya respublikasida otalangan

ikralar orqali kiritilgan. Sobiq ittifoqda ham ushbu kasallik otalangan ikralar orqali etib kelganligi aniqlangan. VGS kasalligi bilan asosan forel (radujnaya) turdagi baliqlar kasallanadi. Tabiiy sharoitda forel ( d ar yo foreli), kitlar, xarius hamda pali turdagi baliqlar kasallanadi. Kasallik epizootiya ko‘rinishda kechganida o‘lim 9-78% tashkil qiladi. Issiq paytlarda kasallik latent ko‘rinishda kechadi, biroq baliqlarning oziqlanishi va saqlash sharoiti zoogigienik talablarga javob bermagan ta q dirda kasallik yozda ham avj olib klinik belgilar b ilan kechadi. VGS bir yoshgacha bo‘lgan kattaligi 5-7 sm bo‘lgan forellar zararlanadi. Malki va segoletkalar hamda katta yoshdagi baliqlar kasallikka ancha chidamli. Kasallik manbai – bu kasal baliqlar, uning chi q indilari va o‘ liklari. Sog‘lom baliq suv havzalarning suvlari, loyqalari orqali ham kasallikka chalinishlari mumkin. Kasallikning yashirin davri tashqi muhit haroratiga, virusning virulentligiga hamda baliq organizmning rezistentligiga bog‘liqdir. Tabiiy sharoitda, suvning harorati 15-16 grad bo‘lganida inkubatsion davr 7-15 kun ga teng, ba’zan bu muddat biroz cho‘zilib 25 kun ni tashkil qilishi mumkin. Eksperimental sharoitda esa kasallikning yashirin davri 2 h aftani, qo‘zg‘atuvchini inok u lyasiya qilinganda 4 kun va sog‘lom baliq bilan kasal baliqlarning k on- taktida bu muddat yana ham qisqarishi mumkin. Virusni in vitro usulida o‘stirilganda, u 10-15 kunda kasallikni chaqirishi mumkin. VGS bilan kasallangan forellarda kuchli immunitet hosil bo‘ladi. Patogenez . Virus baliq orgnizmida jabrasi orqali kirib oladi. Jabrasida va butun qon tomirning endotelial xujayrasida rivojlanib ko‘payadi, so‘ngra butun ichki organ va to‘qimalarga tarqaladi va chuqur patologik jarayonni keltirib chiqaradi. Nerv sistemasining zararlanishi oqibatida kasallikning nerv formasi namoyon bo‘ladi. Qon tomirlarning epiteliyasining zararlanishida, ularning o‘tkazuvchanligi oshadi, qon qo‘yilishlar kuzatiladi, devori shikastlanadi va gemorragik holatni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Surunkali oqimda toksikoz oqibatida shishlar hosil bo‘ladi, osmoregulyasiya jarayoni buziladi. Nerv sistemasi zararlanganda harakat koordinatsiyasi buziladi. Giper g likemiya, lipidlar mikdori