logo

PARRANDALARNING GAMBORO KASALLIGI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.0478515625 KB
Mavzu: PARRANDALARNING GAMBORO KASALLIGI
Reja:
1. Parrandalarni  gamboro kasalligiga ta’rif , qo’zg’atuvchisi, 
epizootologiyasi. 
2. Klinik belgilari.  
3. Patologoanatomik   o’zgarishlar,   tashxisi,   qiyosiy   tashxisi,   oldini   olish
chora – tadbirlari. Gamboro   kasalligi- Morbus   Gamboro   -   (yuqumli   bursit,   yuqumli
nekroz)   o’tkir   kechadigan   kontagioz   kasallik   bo’lib,   2-15   kunlik   jo’jalarda
uchraydi.  Ichaklar  faoliyatining  buzilishi,  buyrak  va  fabrisa  xaltachalarining
yallig’lanishi hamda kengayishi bilan kechadi.
Kasallik   asosan   sanoatlashgan   parrandachilik   xo’jaliklarida,   ayniqsa
broyler   xo’jaliklarida   tarqalishi   aniqlangan.   Uning   kelib   chiqish   sabablarini
mutaxassislar chet eldan olib kelingan parrandalar deb hisoblashadi.
Qo’zg’atuvchisi.   Filtrlanuvchi   virus   bo’lib,   reoviruslar   guruhiga
mansub.   Virion   kattaligi   50-70   mm,   ekosaedrik   simmetriyaga   ega   va   90%
oqsil, 10% ribonuklein kislota saqlaydi. Virusning ikkita serotipi aniqlangan:
Si-1 jo’jalardan, 23/82 esa kurkalardan ajratilgan.
Virus efir va xloroformga chidamli. Bino ichidagi yog’och va metallar
ustki   qismida   virus   o’zining   faolligini   122   kungacha   saqlaydi.   Suv,   yem   va
tezakda 52 kun yashaydi. U rN 7,0-7,5 da nisbiy chidamli va ishqorli rN ga
seziluvchandir.   Virus   60   °S   da   qizdirilganda   90   minut,   25   °S   da   -   21   kun,
minus 20 °S da saqlanganda uch yil faolligini saqlaydi.
Muzlatish  va  eritish   virusga   ta’sir  qilmaydi.  20%   li   efir  eritmasi   bilan
ishlov   berilganda   18   soat,   20%   li   xloroform   eritmasida   10   minutgacha
o’lmaydi. Odatdagi dezinfeksion vositalar (1% li fenol, krezol, formalin) da 1
soat ichida o’ladi. Penisillin va streptomisinga chidamli.
Gamboro   kasalligi   virusi   tovuq   embrionining   allantois   bo’shlig’iga
yoki   xorioallantois   pardasiga   yuqtirilganda   yaxshi   o’sadi.   U   faolligini
ekishda   namoyon   qilib,   embrionlarni   3-7   kunda   o’ldiradi.   Virusni   20-25
kunlik jo’jalarda o’stirish mumkin.
Iqtisodiy zarar.  Kasallik qayd qilingan parrandachilik xo’jaliklari katta
iqtisodiy   zarar   ko’radi,   chunki   bunday   xo’jaliklarni   sog’lomlashtirish   qiyin
bo’lib,   uzoq   muddatga   cho’zilib   ketadi.   Jo’jalar   orasida   o’lim   5-30   foiz
atrofida kuzatiladi. Epizootologiyasi.   Virus   jo’jalar   kasallangan   vaqtdan   boshlab   ikki
haftagacha   go’ng   bilan   ajralib   turadi,   bunda   to’shama,   katakcha,   asbob-
uskuna   va   yem   ifloslanadi.   Parrandalar   og’iz   hamda   ko’z   va   burun   shilliq
pardalari orqali zararlanadi. Virusning bir tovuqxonadan boshqasiga parranda
boqarlarning   kiyim-kechaklari,   poyafzallari   hamda   asbob-uskunalar   orqali
o’tishi aniqlangan.
Virus uzoq masofalarga yovvoyi parrandalar orqali tarqaladi. U tuxum
orqali va aerogen yul bilan ham o’tishi mumkin.
Gamboro   kasalligi   bo’yicha   epizootik   holatni   aniqlash   uchun
O’zbekiston Respublikasining har xil geografik zonalarida joylashgan go’sht
va   tuxum   yetishtiriladigan   bir   nechta   parrandachilik   xo’jaliklari
tekshirilganda ularning hammasida kasallik borligi ma’lum bo’ldi.
Kasallik   yilning   hamma   faslida   uchraydi,   ayrim   hollarda   u   yashirin
kechadi.   Nosog’lom   xo’jaliklar   Gamboro   kasalligi   kolibakterioz   va
pullorozterlama kasalligi bilan birga kechishi aniqlandi.
Klinik belgilari.   Kasallikning birinchi klinik belgilari moyil jo’jalarda
2-3-kuni   namoyon   bo’lib,   u   odatda   7   kun   davom   etadi.   O’lgan   parrandalar
bo’yni   va   oyoqlarini   tekis   uzatib   yotganligi   ko’rinadi.   Kasallikning   birinchi
belgisi   oq-sarg’ish   suvdek   suyuq   ich   ketishidir.   Birdan   ishtaha   yuqoladi,
patlar   hurpayadi,   depressiya   ro’y   beradi,   bosh   va   bo’yin   qaltirab,   kasal
parranda birdan o’lib qoladi. Respirator belgilar bo’lmaydi. Kasallikning 2-3-
kunlari   ko’p   jo’ja   nobud   bo’ladi.   Gamboro   kasalligi   o’tkir   kechadigan
parrandachilik   xo’jaliklarida   kasallikning   klinik   belgilari   25   kunlik   yoshga
to’g’ri  keladi.  Odatda  kasallikning  bunday  kechishi  sporadik  xarakterga  ega
bo’lib,   asosan   yangi   olib   kelingan   va   emlangan   parrandalarda   kuzatiladi.
Kasallanib   tuzalgan   jo’jalar   kamqon,   oriq,   raxit,   o’sishdan   qolgan   bo’lib,
ozuqani yomon hazm qiladi. Patologoanatomik   o’zgarishlar.   Kasal,   o’ldirilgan   va   o’lgan
parrandalarni   yorib   ko’rilganda   fabrisa   xaltachasi   2-3   marta   kattalashgan,
shilliq   pardalari   shishgan   va   qonga   to’lgan   bo’lib,   og’ir   hollarda   bursa
bo’shlig’ida fibrin qatlami ko’rinadi. Muskullar suvsiz va oqargan. Ko’krak,
qomat,   son   muskullarida   va   oshqozonning   shilliq   pardasiga   qon   quyilgan.
Buyrak   kattalashgan,   to’q   jigar   rangda,   kanalchalarda   esa   siydik   kislotasi
to’plangan.
Tashhis.   Gamboro   kasalligi   boshqa   kasalliklarga   o’xshash,   tipik
kechganda   klinik   belgilari   va   patologoanatomik   o’zgarishlar   bo’yicha
diagnoz   qo’yish   osonroq.   Kasallikning   boshlanish   davrida   yoki   atipik
kechganda   laboratoriya   tekshirishlari   (virusni   tovuq   embrionidan   ajratib
olish,   biosinama   qo’yish,   serologik   reaksiya)   bilan   aniqlash   mumkin.   Virus
odatda zararlangan buyrak, ichak, fabrisa xaltachasidan ajraladi.
Laboratoriyaga   tekshirish   uchun   o’lgan   parrandalardan   kloaka
xaltachasi,   buyrak,   jigar,   taloq   yuboriladi.   Parrandalardan   namunalar
kasallikning birinchi klinik belgisi paydo bo’lganda olinadi.
Patologoanatomik   namunani   xovonchada   yanchiladi   va   fiziologik
eritma   (1:10)   qo’shiladi.   Olingan   10%   li   suspenziyani   minutiga   3000   marta
aylanadigan   sentrifugada   15   minut   sentrifuga   qilinadi.   Ustidagi   suyuqlikka
100   TB-ml   penisillin   va   100   lekg-ml   streptomisin   qo’shiladi,   sovutgichda
(4°)   6-12   soat   saqlanadi   va   moyil   parrandalarning   embrionlarini   zararlash
uchun ishlatiladi.
Zararlash   uchun   Gamboro   kasalligi   va   boshqa   yuqumli   kasalliklar
bo’yicha   sog’lom   bo’lgan   xo’jaliklardan   olingan   9   kunlik   tovuq   embrioni
ishlatiladi.   Tuxum   po’chog’ini   teshib,   2-3   mm   chuqurlikda   tekshiriladigan
namuna   0,2   ml   hajmda   yuboriladi.   Po’choqdagi   teshikka   parafin   qo’yiladi.
Embrionlar   termostatga   joylashtiriladi   va   10   kun   37°S   da   inkubasiyaga
qo’yiladi.   Inkubasiya   jarayonida   sutkada   bir   marta   ovoskopiya   o’tkaziladi. O’lgan   embrionlarni   oldin   2-3   soat   4°S   gacha   sovutilib,   shu   kuni   ochish
kerak. Tirik embrionlar ham inkubasiyaning 10-kuni 4°S gacha sovutiladi va
ochiladi.   Embrionlar   zararlangandan   keyin   3-7-kuni   o’lsa,   spesifik
hisoblanadi.
O’lgan  va o’sishdan qolgan embrionlardan steril probirkalarga (har bir
embriondan   alohida)   allantois   suyuqligi   olinadi   va   GPA,   GPB   da   0,2   mm
ekib tozalikka tekshiriladi. Ekmalar termostatda 37°S da 5 kun saqlanadi.
Virusni   ajratib   olish,   uning   patogenligini   o’rganish   hamda   kasallikni
eksperimental   keltirib   chiqarish   uchun   jo’jalardan   biosinama   olinadi.
Zararlashda   20-25   kunlik   jo’jalardan   foydalaniladi.   Tekshiriladigan   namuna
10-15   kunlik   jo’jalarning   burniga   0,5   ml   miqdorda   yuboriladi   va   15   kun
kuzatiladi.   Biosinama   natijalari   kasallikning   klinik   namoyon   bo’lishi   va
patologoanatomik   o’zgarishlar,   kechikkan   vaqtda   qon   zardobida   maxsus
antitelolarning   topilishiga   qarab   baholanadi.   Diagnozni   serologak   tasdiqlash
uchun   RDP   reaksiyasi   qo’llaniladi.   Angigen   sifatida   tovuq   embrioni
xorioallantois pardasidan tayyorlangan maxsus antigen ishlatiladi.
Respublika   ilmiy-ishlab   chiqarish   parrandachilik   veterinariya
laboratoriyasining   ma’lumoti   bo’yicha,   ko’pchilik   xo’jaliklarda   jo’jalar   qon
zardobida yuqori titrda antitelolar borligi aniqlangan.
Qiyosiy   tashhis.   Gamboro   kasalligini   infeksion   bronxit,   N’yukasla
kasalligi,   Marek   kasalligi,   limfoidli   leykoz,   Raus   sarkomasi,   koksidioz,
prostoginimoz,   nefrozonefrit,   adenovirusli   aplastik   anemiya,   jigar   va
buyrakni yog’ bosishi sindromi, avitaminoz «A», har xil zaharlanishdan farq
qila bilish kerak.
Keyingi   yillarda   Gamboro   kasalligiga   qarshi   emlangan   parrandalarda
antitelo   darajasini   aniqlash   uchun   kenetik   immunofermentli   usul   tavsiya
etilgan. Oldini   olish.   Umumiy   veterinariya-sanitariya   tadbirlari   parrandachilik
xo’jaliklarini   Gamboro   kasalligadan   to’liq   sog’lomlashtirishni   ta’minlaydi.
Shuning uchun bu kasallikning oldini olish va yo’qotish bo’yicha kompleks
tadbirlardan   biri   maxsus   profilaktika-vaksinasiya   hisoblanadi.   Bu   maqsadda
tirik   va   inaktivasiyalangan   vaksinalar   qo’llaniladi.   AQShda   Gamboro
kasalligining   oldini   olish   uchun   yaratilgan   tirik   vaksina   Burgine   14   kunlik
jo’jalarga   ichadigan   suviga   qo’shib   beriladi.   Ikkinchi   marta   35   kunligida
emlanadi.   Uchinchi   emlash   17   haftada   moyli   adsorbbatvaksina   bilan
o’tkaziladi. Bu tirik vaksinaga nisbatan ona tovuqlarni uzoq himoya qiladi va
yuqori titrda saqlanadi.
1978 yili Gollandiya firmasi olimlari tirik vaksina-Nobilis (shtamm D-
78) ni yaratdilar, u parrandalarda past antiteloda ham immunsupressiya paydo
qilmaydi.   Tuxum   qiladigan   jo’jalar   Novi   vae.   Sumboro   vaksinasi   bilan
emlangan   ona   tovuqlardan   olingan   bo’lsa,   21-28   kunligida   bu   vaksinani
ichirib emlanadi. Emlangan ona tovuqlardan olingan bo’lsa, 14-24 kunligida
emlanadi.   Ikkinchi   emlash   inaktivasiyalangan   Nobilis   (shtamm   228-1)
vaksinasi   bilan   tuxum   qilishidan   uch   hafta   oldin   muskuli   orasiga   0,5   ml
dozada emlanadi.
Agar   ona   tovuqlar   inaktivasiyalangan   Novi   vae.   Sumboro   vaksinasi
bilan   emlangan   bo’lsa,   go’shtga   topshiriladigan   jo’jalar   17-23   kunligida,
emlanmagan bo’lsa, 7-14 kunligida emlanadi.
Italiya   va   sobiq   Yugoslaviyada   ona   tovuqlarga   qo’llaniladigan
emulsinvaksina organizmda yuqori darajada presipitasiyalovchi antitelo hosil
qiladi.   Bunday   ona   tovuqlardan   olingan   jo’jalarda   ham   gumoral   antitelo
ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi.
Fransuz   firmasi   Rhone   Meriaex   kasallikning   oldini   olish   uchun   tirik
quritilgan   Sumborae   CT   vaksina   tavsiya   etgan.   Birinchi   emlash   7   kunlik,
ikkinchi   emlash   21   kunlik   jo’jalarda   o’tkaziladi.   Keyinchalik   tuxum   qila boshlashidai 2-4 hafta oldin muskuli orasiga yoki terisi ostiga 0,3 ml dozada
inaktivasiyalangan moyil ad’yuvantli Sumboritla vaksinasi yuboriladi.
Butun   ittifoq   parrandachilik   ilmiy   tekshirish   veterinariya   institutida
(Sankt-Peterburg)   tirik   quruq   virus   vaksina   yaratilgan,   u   flakonlarda   1500-
4000 dozada (virusning konsentrasiyasiga qarab) chiqariladi.
Nosog’lom   yoki   xavfli   xo’jaliklarda   jo’jalar   7-10   kunligida   ichirish
yo’li   bilan   ikki   marta   10-14   kun   oralatib   emlanadi.   Immunitet   21   kundan
keyin boshlanib, 2 oy davom etadi.
Shunday   qilib,   epizootologik   tekshirishlar,   klinik   kuzatishlar,
patologoanatomik yorib ko’rish va laboratoriya tekshirish natijalari Gamboro
kasalligining O’zbekiston Respublikasining yirik parandachilik xo’jaliklarida
tarqalganligini   ko’rsatadi.   Bu   -   kasallikning   bundan   keyin   tarqalishiga   yo’l
qo’ymaslik va zarur profilaktik chora-tadbirlar ko’rishni taqozo etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1.Salimov X.S., Qambarov A. “Epizootologiya” darslik Toshkent-2016y.
2.Bakulin V.A. “Bolezni ptis”, darslik, Sankt-Peterburg. VNIVIP 2006g.
3.Bessarobov   i   dr.   “Bolezni   ptis”,   uchebnoye   posobiye   dlya   VUZ   ov.
Moskva, izdatelstvo “Lan” 2007 g.
Xorijiy adabiyotlar
1 .David E. Swayne, John R. Glisson, Larry R. McDougald, Lisa K. Nolan,
David   L.   Suarez,   Venugopal   L.   Nair,   «Diseases   of   Poultry»,   Wiley-
Blackwell; 13 edition, USA, 2013.
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Bessarobov   B.F.,   Baydevlatov   A.B.   “Resepturnыy   spravochnik   po
boleznyam ptis”, uchebnoye posobiye, MKIPP “Mariya” 1992 g.
2.Korovin   R.N.   “Spravochnik   veterinarnogo   vracha   ptisevodcheskogo
predpriyatiya” tom-1,2. Sankt-Peterburg. 1995 g.
Internet  sayt lari :
1. www. Ziyo.net.uz.
2. email: zooveterinarya@ mail.ru
           3. email:  sea@mail.net21.ru
           4. email:  veterinary@actavis.ru
5. email:  fvat@academy.uzsci.net
       6. Zooveterinariya  jurnal i .  Toshkent,  200 8
1.  http: //www//infect/ru

Mavzu: PARRANDALARNING GAMBORO KASALLIGI Reja: 1. Parrandalarni gamboro kasalligiga ta’rif , qo’zg’atuvchisi, epizootologiyasi. 2. Klinik belgilari. 3. Patologoanatomik o’zgarishlar, tashxisi, qiyosiy tashxisi, oldini olish chora – tadbirlari.

Gamboro kasalligi- Morbus Gamboro - (yuqumli bursit, yuqumli nekroz) o’tkir kechadigan kontagioz kasallik bo’lib, 2-15 kunlik jo’jalarda uchraydi. Ichaklar faoliyatining buzilishi, buyrak va fabrisa xaltachalarining yallig’lanishi hamda kengayishi bilan kechadi. Kasallik asosan sanoatlashgan parrandachilik xo’jaliklarida, ayniqsa broyler xo’jaliklarida tarqalishi aniqlangan. Uning kelib chiqish sabablarini mutaxassislar chet eldan olib kelingan parrandalar deb hisoblashadi. Qo’zg’atuvchisi. Filtrlanuvchi virus bo’lib, reoviruslar guruhiga mansub. Virion kattaligi 50-70 mm, ekosaedrik simmetriyaga ega va 90% oqsil, 10% ribonuklein kislota saqlaydi. Virusning ikkita serotipi aniqlangan: Si-1 jo’jalardan, 23/82 esa kurkalardan ajratilgan. Virus efir va xloroformga chidamli. Bino ichidagi yog’och va metallar ustki qismida virus o’zining faolligini 122 kungacha saqlaydi. Suv, yem va tezakda 52 kun yashaydi. U rN 7,0-7,5 da nisbiy chidamli va ishqorli rN ga seziluvchandir. Virus 60 °S da qizdirilganda 90 minut, 25 °S da - 21 kun, minus 20 °S da saqlanganda uch yil faolligini saqlaydi. Muzlatish va eritish virusga ta’sir qilmaydi. 20% li efir eritmasi bilan ishlov berilganda 18 soat, 20% li xloroform eritmasida 10 minutgacha o’lmaydi. Odatdagi dezinfeksion vositalar (1% li fenol, krezol, formalin) da 1 soat ichida o’ladi. Penisillin va streptomisinga chidamli. Gamboro kasalligi virusi tovuq embrionining allantois bo’shlig’iga yoki xorioallantois pardasiga yuqtirilganda yaxshi o’sadi. U faolligini ekishda namoyon qilib, embrionlarni 3-7 kunda o’ldiradi. Virusni 20-25 kunlik jo’jalarda o’stirish mumkin. Iqtisodiy zarar. Kasallik qayd qilingan parrandachilik xo’jaliklari katta iqtisodiy zarar ko’radi, chunki bunday xo’jaliklarni sog’lomlashtirish qiyin bo’lib, uzoq muddatga cho’zilib ketadi. Jo’jalar orasida o’lim 5-30 foiz atrofida kuzatiladi.

Epizootologiyasi. Virus jo’jalar kasallangan vaqtdan boshlab ikki haftagacha go’ng bilan ajralib turadi, bunda to’shama, katakcha, asbob- uskuna va yem ifloslanadi. Parrandalar og’iz hamda ko’z va burun shilliq pardalari orqali zararlanadi. Virusning bir tovuqxonadan boshqasiga parranda boqarlarning kiyim-kechaklari, poyafzallari hamda asbob-uskunalar orqali o’tishi aniqlangan. Virus uzoq masofalarga yovvoyi parrandalar orqali tarqaladi. U tuxum orqali va aerogen yul bilan ham o’tishi mumkin. Gamboro kasalligi bo’yicha epizootik holatni aniqlash uchun O’zbekiston Respublikasining har xil geografik zonalarida joylashgan go’sht va tuxum yetishtiriladigan bir nechta parrandachilik xo’jaliklari tekshirilganda ularning hammasida kasallik borligi ma’lum bo’ldi. Kasallik yilning hamma faslida uchraydi, ayrim hollarda u yashirin kechadi. Nosog’lom xo’jaliklar Gamboro kasalligi kolibakterioz va pullorozterlama kasalligi bilan birga kechishi aniqlandi. Klinik belgilari. Kasallikning birinchi klinik belgilari moyil jo’jalarda 2-3-kuni namoyon bo’lib, u odatda 7 kun davom etadi. O’lgan parrandalar bo’yni va oyoqlarini tekis uzatib yotganligi ko’rinadi. Kasallikning birinchi belgisi oq-sarg’ish suvdek suyuq ich ketishidir. Birdan ishtaha yuqoladi, patlar hurpayadi, depressiya ro’y beradi, bosh va bo’yin qaltirab, kasal parranda birdan o’lib qoladi. Respirator belgilar bo’lmaydi. Kasallikning 2-3- kunlari ko’p jo’ja nobud bo’ladi. Gamboro kasalligi o’tkir kechadigan parrandachilik xo’jaliklarida kasallikning klinik belgilari 25 kunlik yoshga to’g’ri keladi. Odatda kasallikning bunday kechishi sporadik xarakterga ega bo’lib, asosan yangi olib kelingan va emlangan parrandalarda kuzatiladi. Kasallanib tuzalgan jo’jalar kamqon, oriq, raxit, o’sishdan qolgan bo’lib, ozuqani yomon hazm qiladi.

Patologoanatomik o’zgarishlar. Kasal, o’ldirilgan va o’lgan parrandalarni yorib ko’rilganda fabrisa xaltachasi 2-3 marta kattalashgan, shilliq pardalari shishgan va qonga to’lgan bo’lib, og’ir hollarda bursa bo’shlig’ida fibrin qatlami ko’rinadi. Muskullar suvsiz va oqargan. Ko’krak, qomat, son muskullarida va oshqozonning shilliq pardasiga qon quyilgan. Buyrak kattalashgan, to’q jigar rangda, kanalchalarda esa siydik kislotasi to’plangan. Tashhis. Gamboro kasalligi boshqa kasalliklarga o’xshash, tipik kechganda klinik belgilari va patologoanatomik o’zgarishlar bo’yicha diagnoz qo’yish osonroq. Kasallikning boshlanish davrida yoki atipik kechganda laboratoriya tekshirishlari (virusni tovuq embrionidan ajratib olish, biosinama qo’yish, serologik reaksiya) bilan aniqlash mumkin. Virus odatda zararlangan buyrak, ichak, fabrisa xaltachasidan ajraladi. Laboratoriyaga tekshirish uchun o’lgan parrandalardan kloaka xaltachasi, buyrak, jigar, taloq yuboriladi. Parrandalardan namunalar kasallikning birinchi klinik belgisi paydo bo’lganda olinadi. Patologoanatomik namunani xovonchada yanchiladi va fiziologik eritma (1:10) qo’shiladi. Olingan 10% li suspenziyani minutiga 3000 marta aylanadigan sentrifugada 15 minut sentrifuga qilinadi. Ustidagi suyuqlikka 100 TB-ml penisillin va 100 lekg-ml streptomisin qo’shiladi, sovutgichda (4°) 6-12 soat saqlanadi va moyil parrandalarning embrionlarini zararlash uchun ishlatiladi. Zararlash uchun Gamboro kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklar bo’yicha sog’lom bo’lgan xo’jaliklardan olingan 9 kunlik tovuq embrioni ishlatiladi. Tuxum po’chog’ini teshib, 2-3 mm chuqurlikda tekshiriladigan namuna 0,2 ml hajmda yuboriladi. Po’choqdagi teshikka parafin qo’yiladi. Embrionlar termostatga joylashtiriladi va 10 kun 37°S da inkubasiyaga qo’yiladi. Inkubasiya jarayonida sutkada bir marta ovoskopiya o’tkaziladi.

O’lgan embrionlarni oldin 2-3 soat 4°S gacha sovutilib, shu kuni ochish kerak. Tirik embrionlar ham inkubasiyaning 10-kuni 4°S gacha sovutiladi va ochiladi. Embrionlar zararlangandan keyin 3-7-kuni o’lsa, spesifik hisoblanadi. O’lgan va o’sishdan qolgan embrionlardan steril probirkalarga (har bir embriondan alohida) allantois suyuqligi olinadi va GPA, GPB da 0,2 mm ekib tozalikka tekshiriladi. Ekmalar termostatda 37°S da 5 kun saqlanadi. Virusni ajratib olish, uning patogenligini o’rganish hamda kasallikni eksperimental keltirib chiqarish uchun jo’jalardan biosinama olinadi. Zararlashda 20-25 kunlik jo’jalardan foydalaniladi. Tekshiriladigan namuna 10-15 kunlik jo’jalarning burniga 0,5 ml miqdorda yuboriladi va 15 kun kuzatiladi. Biosinama natijalari kasallikning klinik namoyon bo’lishi va patologoanatomik o’zgarishlar, kechikkan vaqtda qon zardobida maxsus antitelolarning topilishiga qarab baholanadi. Diagnozni serologak tasdiqlash uchun RDP reaksiyasi qo’llaniladi. Angigen sifatida tovuq embrioni xorioallantois pardasidan tayyorlangan maxsus antigen ishlatiladi. Respublika ilmiy-ishlab chiqarish parrandachilik veterinariya laboratoriyasining ma’lumoti bo’yicha, ko’pchilik xo’jaliklarda jo’jalar qon zardobida yuqori titrda antitelolar borligi aniqlangan. Qiyosiy tashhis. Gamboro kasalligini infeksion bronxit, N’yukasla kasalligi, Marek kasalligi, limfoidli leykoz, Raus sarkomasi, koksidioz, prostoginimoz, nefrozonefrit, adenovirusli aplastik anemiya, jigar va buyrakni yog’ bosishi sindromi, avitaminoz «A», har xil zaharlanishdan farq qila bilish kerak. Keyingi yillarda Gamboro kasalligiga qarshi emlangan parrandalarda antitelo darajasini aniqlash uchun kenetik immunofermentli usul tavsiya etilgan.