logo

KOLIBAKTERIOZ

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41.736328125 KB
Mavzu: KOLIBAKTERIOZ
Reja:
1. Kolibakteriozga ta’rif, kelib chiqish sabablari, epizootologiyasi. 
2. Patogenezi,   klinik   belgilari.       Patologoanatomik   o’zgarishlari,   tashhisi,
qiyosiy tashxisi.
3. Davolash, oldini olish va unga qarshi kurashish tadbirlari. Kolibakterioz   -   (koliseptisemiya,   koliinfeksiya,   kolienterit,   koliperitonit,
esherixioz)   –   parrandalarning   infeksion   kasalligi   bo’lib,   O   –   antigenli   qatoriga
mansub, (0,1, 0,2, 078, 0111 va boshq.) ichak tayoqchalari keltirib chiqaradi.
Kolibakterioz   kasalligi   bilan   qishloq   xo’jalik   parrandalarining   hamma
yoshdagilari   (tovuqlar,   o’rdaklar,   kurkalar)   va   shu   bilan   bir   qatorda   yovvoyi,
xonaki, hattoki ularning embrionlari ham kasallanadi.
Asosan   1-120   kunlik   tovuqlar   organizmida   kasallik   o’tkir   va   surunkali
ravishda   shu   bilan   birga   toksikoseptik   ko’rinishlarda   kechadi.   Katta   yoshdagi
tovuqlar   organizmida   kasallik   kechishining   xarakterli   tomonlaridan   biri   yashirin
ravishda surunkali o’tishidir.
Dunyoda   birinchi   bo’lib   1885   yil,   yosh   bolalar   kasalliklarining   professori
Gresiyalik   olim   T.Escherih   axlat   tarkibidan   ajratib   olib   aniqlagan.   Keyinchalik
yosh   o’smirlar   hamda   katta   yoshdagi   odamlarning   ichaklar   suyuqligi   tarkibidan
ajratib olishga erishgan va uni Bacterium coli commune deb nomlagan.
Keyinchalik   aniqlanishicha   ichak   tayoqchalari   turlarining   har   xilligi   va
patogenlik   xususiyatlari   bilan   bir-biridan   ajralib   turishi   aniqlangan.   Ichak
tayoqchalarining tabiiy yashash joyi odamlarda, parrandalarda, baliqlarda, bo’g’im
oyoqlilarda va mayda hayvonlarda to’g’ri ichak suyuqligi bo’lib hisoblanadi. Ichak
tayoqchalari   tashqi   muhitga   axlat   bilan   chiqib   yangi   muhitda   va   t u proqda,   suvda
uzoq muddat yashash qobiliyatiga ega. 
A.A.Orlovskiy,   A.G.Rodziyevskiylar   tomonidan   ta’riflashlaricha   patogen
mikroorganizmlar   odamlar   va   hayvonlarda   kasallik   chaqirishi   mumkinligini
isbotlab berganlar. 
M.Lingnieres   ichak   tayoqchalarini   kasal   tovuqlar   organizmidan   ajratib   olib
sog’lom   jo’jalar   organizmiga   kasallik   qo’zg’atuvchilarining   kulturasini   jo’natib
eksperimental ravishda kasallik chaqirishga erishgan.
Ochi   J.   Ta’riflashicha   ichaklarning   patogen   tayoqchalari   parrandalarda
kon’yuktivit va perikarditlarni hosil qilishini izohlab bergan.
Kolibakterioz (ko li septisemiya) parrandachilik rivojlangan mamlakatlarning
hammasida uchraydi. Uy   parrandalari   organizmida   kasallik   chaqiruvchi   agentlar   bo’lib
septisemiya,   peritonit,   salpingit,   sinovit,   koligranulema   kasalliklarning
sababchisidir.
Ayniqsa jo’jalarning 40 dan 90 kunlikgacha bo’lgan davrlarida ko’p o’lim
kolibakterioz   kasalligi   sababli   sodir   bo’ladi.   Bu   vaqtda   ularning   organizmida
fiziologik o’zgarishlar intensiv kechayotgan va davri hisoblanadi.
Tovuqlar   kolibakterioz   kasalligining   xo’jalikga   keltiradigan   iqtisodiy   zarari
quyidagilardan   iborat.   Ko’p   bosh   sonining   nobudgarchiligi,   tirik   vaznning
pasayishi   natijasida   foydalanishdan   chetlanishi,   majburiy   so’yish,   tuxumdorlik
darajasining hamda inkubasiyadan ochib chiqayotgan jo’jalar foyizining pasayishi
va nihoyat davolash va profilaktika ishlari uchun dori darmonlar sarfining oshishi,
veterinariya   chora-tadbirlari   uchun   sarf   h arajatlar   ko’payadi.   Katta   tovuqlar
podasida   kolibakterioz   kasalligi   surunkali   kechganida   2-3   %,   ba’zan   10   %   gacha
nobud   bo’ladi.   Bu   vaqtda   tovuqlarning   tuxumdorligi   8-23   %   gacha   pasayadi   va
nasldor     tovuqlardan   olingan   inkubasion   tuxumlarning   75   %   otalanmagan   bo’lib,
inkubasiyadan jo’jalarning ochib chiqish muddati 12-36 soatga kechikadi. Ulardan
ochib chiqqan jo’jalarning 11 % gachasi kolibakterioz kasaligi bilan kasallanishga
moyildir.
O’zbekistonda   25   ta   tekshirilgan   tovuqchilik   xo’jaliklarida   kolibakterioz
bilan kasallangan tovuqlar  10-30 % larni tashkil etgan. Agar kolibakterioz boshqa
kasalliklar bilan jumladan: eymerioz bilan birga kechganda 80-100 % gacha nobud
bo’ladi D.Ibragimov (2004), R.B.Davlatov (2006).
Parrandalar   kolibakterioz   kasalligining   kelib   chiqishiga   turli   xil   omillar
sababchidir va eng asosiysi patogen ichak tayoqchalari hisoblanadi.
Ichak tayoqchalari aniqlangan vaqtlarida turli xil nomlar bilan nomlangan.
Epizootologiyasi.
Tovuqlarning   kolibakterioz   kasalligining   epizootologiyasi   bilan   ko’pgina
o’zimizning   va   xorijiy   mamlakatlarning   olimlari   shug’ullangan   va   o’rganilib
kelinmoqda. Kolibakterioz   kasalligining   kelib   chiqishga   tovuqlarni   zoogigiyenik
miyorlarga   javob   bermaydigan   xonalarda   ya’ni   havo   yaxshi   almashmasligi,   ko’p
bosh sonining cheklangan joylarda saqlanishi va boshqalardir.
Tovuqlarni   zoogigiyenik   miyorlariga   to’g’ri   kelmaydigan   xonalarda
saqlangan   vaqtda   kasallik   septik   ko’rinishda   o’tib,   intoksikasiya   holatlari   mavjud
bo’ladi.
Patogenezi.
Parrandalar   kolibakterioz   kasalligi   bilan   aerogen,   alimentar   yoki   tuxum
po’chog’i  orqali  yuqadi. Lekin kasallikning organizmda hosil  bo’lishiga ko’pgina
omillar   sababchidir.   Jumladan:   organizmning   umumiy   rezistentligi   pasayishi
sababli kelib chiqadi.
Jo’jalar   kasallik   qo’zg’atuvchilari   bilan   aerogen   yuqqanlarida   septik
jarayonlar hosil bo’lib o’lim bilan tugaydi. Alimentar holatda yuqqanida ingichka
bo’lim   ichaklarda   qo’zg’atuvchilar   rivojlanib   oldin   toksinlar   ishlab   chiqarishi
hisobiga   enterit,   keyin   shilliq   pardalar   nekrozi   vaqtida   qo’zg’atuvchilar   shilliq
parda  orqali qonga o’tib septisemiyaga olib keladi.
Kolibakterioz   kasalligining   qo’zg’atuvchilari   ishlab   chiqargan   toksinlar   nerv
hujayralariga   salbiy   ta’sir   etib   muskullar   va   bronxlar   tonusini   o’zgartiradi.   Qon
tomirlar   devorining   o’tkazuvchanlik   qobiliyatini   oshiradi,   oqibatda   shilliq   osti,
seroz  osti   qavatlarida  istisqolar   paydo  bo’ladi.  Keyin ingichka  va  yo’g’on bo’lim
ichaklarining   shilliq   pardalarida   yarachalar   hosil   bo’ladi.   Endotoksinlar   qonning
ivishiga   ta’sir   qiladi.   Toksemiya   qonning   fibrinlar   eksudasiyasi   qon   tomirlar
devorida o’tib, cho’kmaga tushadi. Endotoksinlar qon tarkibidagi Sa++ ionlarining
konsentrasiyasini   pasaytiradi,   bu   esa   qonning   ivish   jarayonini   sekinlashtiradi.
Birgalikda   qon   tomirlar   devorining   o’tkazuvchanligining   oshishi   hisobi   ichak
shilliq pardalarida, jigar va taloqda gemorragik holatlari kuzatiladi.
Olimlarning   ta’kidlashicha   qonda   bakteriyalar   hamda   zaharli   moddalarning
to’planishi   hisobiga   qon   tomirlar   devorining   o’tkazuvchanligi   ayniqsa   seroz
qoplamidagi   tomirlarda   yaxshi   kuzatiladi   deb   bayon   qiladi.   Shuning   uchun   keng serozli istiho, qon tarkibidagi shaklli elementlarning chiqishi va yuqori molekulali
fibrin oqsillari kuzatiladi.
V.A.Shubin   va   boshqa   olgan   tajribalaridan   xulosa   qilishlaricha   patomorfologik
tekshiruvlar   natijasiga   asoslanib   koliseptisemiya   organizmda   organlar   va
to’qimalarda   septiko-toksik   jarayonlarning   rivojlanishi   ayniqsa   perikard   va
epikardda,   havo   xaltachalarida,   jigar   kapsulasida,   seroz   qoplamalarda,
markaziy   va   periferik   nerv   sistemasida   va   organlar   parenximasida   distrofik
jarayonlar borligi bilan xarakterlanadi.
A.A.Ibragimov   va   boshqalar   parrandalarning   kolibakterioz   kasalligi
mikoplazmoz   bilan   birga   kechganidagi   kasallik   patogenezini   o’rganganlar.
O’lgan   jo’jalarda   patologoanatomik   tekshiruvlar   o’tkazganlarida   fibrinozli
aerosakulit,   peri   va   epikardit,   perigepatit   va   pnevmoniyalarni   kuzatganlar.
Bu   organlarni   gistologik   tekshirganlarida   o’pkada   giperemiya,   ayrim
joylarida   stazlar,   diapedezli   qon   qo’yilishlar   va   fibrinoidli   qon   tomirlar
devorining   qalinlanish   holatlari   kuzatilgan.   O’zgarish   bo’lgan   qon   tomirlar
tevaragida   tarqalgan   gemorragiya   va   seroz   suyulishning   to’planganligi
kuringan.   Qon   tomirlarning   ko’pchiligida   qon   hujayralarining   obturasion
jarayonlari, ularning o’rtasida kolibakterioz qo’zg’atuvchilari kuzatildi.
O’pkaning   bronxlari   va   parabronxlari   serozli,   fibrinozli   eksudat   bilan   to’lganligi
kuzatildi.
Jo’jalarni kasallik qo’zg’atuvchilari bilan yuqtirgandan 7 va 10-chi kunlari o’lgan
hamda   so’yilganlarining   o’pkasida,   havo   xaltachalarida,   peri   va   epikrdida
nekrozning   demarkasion   zonasi   ko’ringan.   Ular   bir   qavatli   ko’p   yadroli   gigant
hujayralar bilan o’rganilganligi isbotlangan.
Kolibakterioz   kasalligining   umumiy   klinik   alomatlaridan   biri   jo’jalarning
nimjonligi,   sust   harakatchanligi,   tashqi   muhit   ta’surotlarini   sezgirligi   darajasining
pasayishi, ishtaxaning kamayishi va chanqoqlik kabilar kuzatiladi. Keyin ich ketish
va   asab   tizimining   buzilishi   simtomlari   paydo   bo’ladi.   Badan   harorati   1-1,5 o
  S
oshadi. Kasallikning   respirator   turi   ko’zlaridan   yosh   oqishi,   tushkurish,   nafas
olishning qiyinlashishi kabilar kuzatiladi. Kasallik o’tkir kechganida jo’jalar o’limi
2-3   kundan   keyin   sodir   bo’lib   birinchi     klinik   alomatlari   paydo   bo’ladi.   O’tkir
kechishida   asab   sistemasining   buzulishi,   mushaklarning   qotishi,   parezlar,   oyoqlar
falaji,   bo’yinning   qiyshayishi,   boshini   orqaga   tashlash   kabi   alomatlar   paydo
bo’ladi. Yosh parrandalar ya’ni 80 kunlikdan yuqorida kasallikning yuqorida qayd
etilgan alomatlari yo’qolib nimjonlik, shilliq pardalar anemiyasi, ich ketish, ariqlik
va asab tizimining buzilish alomatlari bilan xarakterlanadi. O’lim kasallikning 7-10
kunlari sodir bo’ladi va 70%-gacha tashkil etadi.
Jo’jalarni   kasallik   qo’zg’atuvchilari   bilan   eksperimental   yuqtirganda
umumiy ahvolining yomonlashuvi, chanqoqlik, ishtahaning yo’qolishi, qiyin nafas
olish, ich ketish, tana haroratining ko’tarilishi kabi klinik alomatlar paydo bo’ladi.
Bu   vaqtda   kasallikning   inkubasion   davri   bir   necha   soatdan   12   kungacha   davom
qiladi. Inkubasion davrning cho’zilishi ayniqsa jo’jalarni kasallik qo’zg’atuvchilari
bilan   peros   usulida yuqtirilganda kuzatiladi.
Xo’jalik   sharoitida   kolibakterioz   kasalligining   kechishi,   klinik   alomatlari   va
inkubasion davri ko’pgina sabablarga bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Jumladan:   yashash   va  asrash,   oziqlantirish,   yil   fasli,   yuqumli   kasalliklarga   qarshi
virus   vaksinalar   bilan   emlash,   turli   xil   stres-faktorlar   sababchi   bo’ladi.   Hattoki,
inkubasiyadan   bir   kunda   ochib   chiqqan   jo’jalar   2   xil   sharoitda   ya’ni   yarimi
to’shamalar ustida, qolganlari simli katakchalarda o’stirilganda kasallikning klinik
alomatlari,   inkubasion   davrlari   har   xil   vaqtni   egallaydi.   Jo’jaxonalarda   havo
almashinuvining   buzilishi,   sanitariya-gigiyenik   ko’rsatkichlarning   to’g’ri
kelmasligi   vaqtlarida   kasallik   o’tkir   va   ko’p   o’lchamda   sodir   bo’lishi   bilan
xarakterlansa, yaxshi oziqalantirilganda va saqlash, qarash yaxshi yo’lga qo’yilgan
jo’jaxonalarda kasallik yengil o’tadi.
Klinik belgilari.
Tovuqlarning   kolibakterioz   kasalligi   yuqori   nafas   yo’llarining   klinik
alomatlariga   o’xshagan   nuqsonlar   bilan   namoyon   bo’lmaydi.   Kasallikning inkubasion davri 1-10 kunni tashkil etadi. Uning muddati parranda organizmining
rezistentligiga,   qo’zg’atuvchilar   bilan   yuqish   turiga,   miqdoriga,   virulentligiga
bog’liq bo’ladi.
Tovuqlarda   kolibakterioz   kasalligining   eng   xarakterli     klinik   alomatlaridan
ularning   umumiy   nimjonligi,   harakatining   susayishi,   tashqi   muhit   ta’sirotlariga
sezgirligining   pasayishi,   uyqu   bosishi,   ishtahaning   pasayishi   va   tez-tez   chanqashi
kabilar   bilan   namoyon   bo’ladi.   Keyin   ich   ketishi   va   asabning   buzilishi   bilan
bog’liqdir.   Tana   harorati   1-1,5 o
  S   ga   me’yordan   oshib,   kasallikning   respirator
ko’rinishida ko’zdan yosh oqishi, tushkurish va qiyin nafas olish alomatlari yaqqol
namoyon bo’ladi. Kasallik o’tkir kechganida birinchi kasallikning klinik alomatlari
paydo   bo’lganidan   keyin   2-3   kun   o’tgach   jo’jalar   orasida   o’lim   paydo   bo’ladi.
Keyin muskullarning qaltirashi, parezlar va falajlar hosil bo’ladi. Bulardan tashqari
bo’yinning   qiyshayishi   va   boshni   orqaga   tashlash   kabi   alomatlar   paydo   bo’ladi.
Yosh   tovuqlarning   80   kundan   kattalarida   kasallik   klinik   alomatlari   kamayib,
umumiy   nimjonlik,   shilliq   pardalarning   qonsizlanishi,   ich   ketish,   ariqlash,   ko’z
tagida   sinusitlar   va   asab   tizimining   buzilishi   kabi   alomatlar   hosil   bo’ladi.
Kasallikning   7-10-chi   kunlari   to   70%-gachasi     nobud   bo’ladi.   Tovuqlarning   150
kundan kattalari orasida kolibakterioz o’tkir va surunkali ravishda o’tadi. Ularning
tuxum tug’ishi kamayadi yoki umuman tuxtaydi shu bilan birga ovarit, salpingit va
sariq peritonit hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.
Patologoanatomik o’zgarishlar.
Tovuqlarning   kolibakteriozida   ichki   organlardagi   patologoanatomik
o’zgarishlar     bo’yicha   ko’pgina   olimlar   ilmiy-tadqiqot   ishlarini   olib   borganlar
jumladan: Ibodullayev F.I. Burxanova H.Q., Larin S.A., Yarova P.F va boshqalar.
Olimlarning   ta’riflashicha,   kolibakterioz   kasalligidan   o’lgan   parrandalarni
patologoanatomik   tekshiruvlardan   o’tkazganda   septik   jarayonlar,   qon   tomirlar
qonga to’lganligi ayniqsa yurakda, jigarda nuqtali qon quyilishlar, biroz jigarning
va   taloqning   kattalashuvi,   ichak   tizimi   shilliq   pardalarida   kataral   yallig’lanishlar,
shilliq   tagida   mayda   qon   quyilishlar   hamda   ichak   charvilaridagi   mayda   qon
tomirlar qon bilan to’lganligi kuzatiladi. Jo’jalarning   20   kunligidan   kattalarida   ko’krak   qafasining   terisi   ostida
ekssudatli   yallig’lanishlar   paydo   bo’ladi.   Yurak   kattalashadi   va   kuynakchasida
fibrinli   suyuqlik,   endokardda     qon   quyilishlar   hosil   bo’ladi.   Ingichka   va   yo’g’on
bo’lim   ichaklarning   shilliq   pardalarining   hammasi   shishgan,   qizargan   va   serroz
suyuqlik   bilan   to’yingan   bo’ladi.   O’pkada   istisqolar   bo’lib   och   qizg’ish   ranga
bo’yaladi.   Qorin   bo’shlig’i   to’lig’icha   oq   plyonka   parda   bilan   qoplangan.   Katta
yoshdagi   tovuqlarning   ko’payish   organlarining   patologiyasi   ya’ni   sariq   peritonit
yoki   kataral-fibrinozli   salpingit,   tuxum   yo’llarining   ichida   fibrinli   moddalar,
follikulalar deformasiyaga uchragan bo’ladi.
Tashxis qo’yish.
Parrandachilik  xo’jaliklarida kolibakterioz  kasalligiga  tashxis  epizootologik
ma’lumotlarga,   kasallikning   klinik   alomatlariga,   patologo-anatomik
o’zgarishlariga   va   o’lgan   tovuqlardan   olingan   patmateriallarni   bakteriologik
tekshiruvlari   o’tkazilishi   natijalariga   qarab   tashxis   qo’yiladi.   Epizootologik
tekshiruvlarda   kasallik   qaysi   yoshdagi   tovuqlar   orasida   tarqalganligini,
stasionarligi,   fasli,   infeksion   jarayonlarning   rivojlanishi   hamda   xo’jalikda   boshqa
infeksion va parazitar kasalliklarining bor yo’qligi hisobga olinadi. Sanoat asosida
parrandachilik rivojlanayotgan xo’jaliklarda kolibakterioz kasalligi ko’proq boshqa
kasalliklar   bilan   assosiativ   ravishda   kechadi   jumladan:   nyukasla,   infeksion
laringotraxeit, bronxit, chechak va h-lar, qachonki, organizm rezistentligi pasaygan
vaqtda,   avitaminozlarda   yoki   saqlash,   asrash   yetarlicha   bo’lmagan   vaqtda   paydo
bo’ladi.   Kasallikga   tashxis   qo’yishda   patologoanatomik   tekshiruvlar   bilan   ichki
organlardagi   o’zgarishlar   aniqlaniladi.   Ayniqsa   yurakda,   havo   xaltachalarida,
jigarda   va   epikardit,   aerosakkulit,   perigepatitlar   kuzatiladi.   Bakteriologik
tekshiruvlari   uchun   laboratoriyaga   bir   necha   yangi   o’lgan   parrandalar   jo’natiladi.
Bulardan   tashqari   embrion,   oziqadan,   ichimlik   suvdan,   qo’llaniladigan   asbob
uskunalar   yuvilgan   suvdan   namunalar   yuboriladi.   Go’sht   pepton   buloniga   hamda
go’sht   pepton   agariga,   differensial   diagnostika   maqsadida   Endo   va   Levina
muhitiga   yurakdan   qon,   jigar   hamda   suyak   iligi   ekiladi.   Embrionlarni   tekshirgan
vaqtda bu tekshiruvlar uchun yuragining hamda sariq xaltachasining yuvilgan suvi, katta   yoshdagi   tovuqlardan   tuxumdon   follikulalarining   ichidagi   suyuqligidan
namuna olinadi. Mikroblar muhitlariga ekilgandan keyin 18-24 soat o’tgach muhit
37-38 o
  S.da   termostatga   o’tkaziladi   keyin   natijasi   aniqlaniladi.   Agar   Endo   va
Levina muhitida o’smay Go’sht pepton bulonida loyqa hosil bo’lsa undan preparat
tayyorlab   mikroskop   ostida   qaraladi.   Gramm   manfiy   mikroorganizmlar   mavjud
bo’lsa   petri   kosachasiga   Endo   va  Levina   muhitiga   qayta   ekiladi.  Bir   kun  o’tgach
mikroblarning o’sish xarakteri aniqlaniladi. 
Parrandalardan   ajratib   olingan   esherixiy   kulturasining   virulentlik   darajasini
va   kasallikga   tashxis   qo’yish   maqsadida   4-5   haftalik   jo’jalarni   yuqtirib
aniqlaniladi.   Buning   uchun   agarda   1   kunlik   o’sgan   mikroblar   koloniyasidan
suspenziya tayyorlanib (1 mlrd mikrob tanachalari) ozi bilan 3 bosh jo’janing qorin
bo’shlig’iga   inyeksiya   qilish     bilan   jo’natiladi.   Kulturaning   patogenlik   darajasi
yuqtirgandan keyin 4 sutkada 1 yoki 2 bosh jo’jani o’ldirishicha aniqlaniladi. 
  Davolash.   Davolash   uchun   ishlatiladigan   preparatlardan   quyidagilar
ishlatiladi.   Kolifloks,   tilozin,   peksin   20   %,   norfloks,   enrofloksan   10   %,
enrofloksasin – 10% laridan antibiotikoterapiyalar o’tkaziladi.
Parrandalarda   o’tkazilgan   tajriba   natijalariga   nazar   solinganda   antibiotiklar
nafaqat   o’sib   va   rivojlanishni   tezlashtiribgina   qolmasdan   ichki   organlarning
salmog’ini   oshiradi   va   shu   bilan   birga   ichki   sekresiya   bezlari   faoliyatini
kuchaytiradi.   Natijada   oshqozon   ichak   bezlari   ajratadigan   suyuqliklarni
me’yorlashtiradi, enterokinaza, lipaza va boshqa fermentlar aktivligini oshiradi.
Organizmga   kiritilayotgan   antibiotiklarga   javob   reaksiyalari   ularning
turlariga   bog’liq.   Agar   yuqori   dozada   organizmga   kiritilgan   vaqtda   uning   salbiy
oqibatlari  namoyon bo’lib boshlaydi. Bu esa  organlar  funksiyasining  buzilishidan
(shilliq pardalar giperemiyasi, atoniya, ishtahaning pasayishi yoki yo’qolishi va ich
ketish)   salbiy   oqibatlar   kuzatiladi.   Antibiotiklar   ma’lum   dozasida   organizmga
ijobiy   ta’sir   qiladi.   O’sish   va   rivojlanishni   bu   turdagi   preparatlar   tezlashtirgani
bilan   organizmning   himoya   vositalarining   funksiyalarini   pasaytiradi.   Ularni
qo’llashning   umumiy   qonuniyatlaridan   tashqari   shaxsiy   reaksiyalar   tananing
o’sishida muhim ahamiyatga ega.  Parrandalardan jo’jalar, ko’rkachalar, o’rdak va g’oz bolalari antibiotikli preparatlarga organizmining sezgirlik darajasi yuqori. Bu
preparatlar   organizmga   oz   miqdorda   kiritilganda   ham   sezilarli   darajada
tovuqlarning   umumiy   ahvolini   yaxshilaydi,   o’sishni   tezlashtirib   ayniqsa   ichki
organlarning   rivojlanishini   oshiradi.   Bunday   holat   kelajakda   ularning   bosh
sonlarini   saqlab   qolib   umumiy   sog’lom   tovuqlar   podasini   ko’paytiradi   va
mahsuldorligini oshiradi. 
Kolibakterioz   kasalligining   oldini   olish   va   qarshi   kurashish   chora-
tadbirlari.
Kolibakterioz   kasalligi   namoyon   bo’lgan   parrandachilik   xo’jaliklarida
qat’iyan   veterinariya-sanitariya   qoidalariga   rioya   qilishlari   shart.   Bu   vaqtda
tovuqxonadagi zoogigiyenik talablarga rioya qilgan holda tovuqlarni asrash, to’liq
rasionli   oziqalar   bilan   taminlash,   bir   xil   yoshdagi   tovuqlar   podasini   saqlash   talab
qilinadi.
Eng   asosiy   vazifalardan   biri   har   xil   yoshdagi   tovuqlar   orasidagi   karantin
zonalarni   tashkil   qilish   kerak.   Bu   vaqtda   tovuqxonalar   hamda   butun   territoriya
sanasiya   qilinadi.   Oldin   mexanik   tozalanadi,   ishlatiladigan   asbob   uskunalar
tozalanib   yuviladi,   dezinfeksiya,   dezinseksiya,   deratizasiya   chora-tadbirlari
o’tkaziladi.
Nam   dezinfeksiya   qilish   maqsadida   3   %   li   o’yuvchi   natriyning   45-50 o
S   li
eritmasi, ksilonaftning suvli eritmalari, 2% li ohak, 5% li xloramin eritmasi, 20 %
li   yangi   so’ndirilgan   ohak   bilan   2   marta   ohaklash   oralig’i   1   soatdan   va   4   %   li
naftazolning 50 o
S li issiq eritmalari ishlatiladi.
Bu   eritmalar   1l/m 2
-ga   ekspozisiyasi   2-3   kun,   jo’jalar   kiritilgancha   aerozol   holida
15-20 ml 1m 3
-ga sepiladi, ekspozisiyasi 6 soat.
Formalin   bilan   ohakning   ishlatilishidan   oldin  aktivligi   tekshiriladi.   Aerozol
qilinishidan oldin xonalar germeti ravishda bekitiladi. Formalinning aerozol qilish
paytidagi   harorati   15 o
S   dan   kam   bo’lmasligi   kerak,   namlik   60   %.   Agar   namlik
darajasi   past   bo’lgan   vaqtda   qayta   1m 3
  havoga   15-20   ml   suvni   aerozol   qilish
tavsiya etiladi.   Ishlatilgan taralar yaxshilab yuviladi keyin 3%-li o’yuvchi natriy va
formalin   bilan   dezinfeksiya   qilinadi.   Dezinfeksiya   qilinganidan   keyin   albatta bakteriologik   tekshiruvlar   orqali   ichak   tayoqchalarining   bor   yo’qligi   muhitlarga
ekilib   aniqlaniladi.   Kolibakterioz   kasalligini   profilaktika   qilishning   eng   asosiy
usullaridan biri tuxumlarni dezinfeksiya qilishdir.
Inkubasiyaga qo’yiladigan tuxumlar kuniga 3-4 marta terib olinadi. Birinchi marta
terib   olinganidan   keyin   2   soat   ichida   40%-li   formalindan   30   ml   olib   unga   20   g
kaliy permanganat, 15 ml suvlarni aralashtirib 1m 3
  kamerada yoki joda parida 20
m   saqlaniladi.   Ikkinchi   dezinfeksiya   inkubatoriyaga   olib   chiqimdan   oldin   va
uchinchisi   tuxumlar   sortlariga   ajratib   bo’linganidan   keyin   inkubator   omborida,
to’rtinchisi   inkubasion   shkafga   qo’yilganidan   6   kun   o’tgach,   beshinchisi
inkubasiyaga   qo’yishdan   6   kun   o’tgach   embrionlarning   hayotchanligi   tekshirilib
bo’lganidan keyin, oltinchisi inkubasiyaning 18-19 –chi kunlari ya’ni jo’ja ochish
shkafiga o’tkazishdan oldin qilinadi.
Kasallik bo’lmagan xo’jaliklarda tuxumlar geksaxlorofen bilan aerozol qilib
dezinfeksiya   qilinadi.   Buning   uchun   5%-li   geksaxlorofen   tayyorlanib   (50g
geksaxlorofen 1l 70-80 o
S qizdirilgan suvga aralashtiriladi keyin filtrlaniladi) 1m 3
-
ga   15   ml   hisobida   20m   ekspozisiyada   aerozol   qilinadi.   Aerozol   qilish   maqsadida
SAG-1,   aerozol   qurilmalari   TAN   yoki   PVAN   asboblaridan   foydalaniladi.   Bu
tadbirlar  bajarilish vaqtida ventilyatorlar  to’xtatiladi. Parrandachilik xo’jaliklarida
kolibakterioz   kasalligi   paydo   bo’lib   unga   tashhyez   qo’yilganidan   keyin   bir
tovuqxonadan ikkinchisiga tovuqlarni ko’chirish, tovuq va uning mahsulotlarining
chetga chiqishi, inkubasiyaga tuxum qo’yish qat’iyan man etiladi. Kasallik chiqan
tovuqxonalardagi   parrandalar   ichida   nimjonlari   so’yiladi   va   go’shtidan   go’sht-
suyakni   uni   tayyorlaniladi.   Qolgan   tovuqlarga   dori-darmonlar   ichak
tayoqchalarining   sezgirlik   darajasi   laboratoriya   sharoitida   aniqlanilib   beriladi.
Antibiotikoterapiya   -     tovuqlar   so’yilish   muddatiga   6   kun   qolganida   to’xtatiladi.
Kasallikdan   sog’lom   bo’lmagan   parrandaxona   tovuqlaridan   foydalanilib
bo’lingandan   keyin   ular   go’shtga   topshiriladi.   Go’shtlari   veterinariya-sanitariya
ko’rigidan   o’tkazilib,   agar   ichki   organlarida   ya’ni   kasallikga   xarakterni
o’zgarishlar   bo’lganida   go’sht   to’lig’icha   foydalanishdan   chetlatiladi.   Kelajakda tovuqlar  podasini  yangidan tashkil  qilish  maqsadida  sog’lom  nasldor  xo’jaligidan
inkubasion tuxum olinib jo’jalar chiqarilib boqiladi.
Fermalarning   sanitariya   hola ti   va   joriy   dezinfeksiya   o’tkazib   turish   yosh
hayvonlar   oshqozon-ichak   kasalliklarining   oldini   olishda   asosiy   omillardan
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Salimov X.S., Qambarov A. “Epizootologiya” darslik Toshkent-2016y.
2. Bakulin V.A. “Bolezni ptis”, darslik, Sankt-Peterburg. VNIVIP 2006g.
3. Bessarobov i dr. “Bolezni ptis”, uchebnoye posobiye dlya VUZ ov. Moskva,
izdatelstvo “Lan” 2007 g.
Xorijiy adabiyotlar
1. David E. Swayne, John R. Glisson, Larry R. McDougald, Lisa K. Nolan,
David   L.   Suarez,   Venugopal   L.   Nair,   «Diseases   of   Poultry»,   Wiley-
Blackwell; 13 edition, USA, 2013.
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Davlatov   R.B.,   Eshbo’riyev   B.M.   “Parrandalarni   asrash,   oziqlantirish   va
ularning   kasalliklarini   oldini   olish   hamda   davolash   bo’yicha”   tavsiyalar,
Toshkent 2016 y.
2. Bessarobov   B.F.,   Baydevlatov   A.B.   “Resepturnыy   spravochnik   po
boleznyam ptis”, uchebnoye posobiye, MKIPP “Mariya” 1992 g.
3. Salimov   X.   va   boshq.   “Tovuq   eymeriozi   va   enterobakteriozlarini   oldini
olish,   davolash   hamda   ularga   qarshi   kurashishning   kompleks   chora-
tadbirlari bo’yicha” tavsiyalar, “Optima print” nashriyoti. Toshkent-2014

Mavzu: KOLIBAKTERIOZ Reja: 1. Kolibakteriozga ta’rif, kelib chiqish sabablari, epizootologiyasi. 2. Patogenezi, klinik belgilari. Patologoanatomik o’zgarishlari, tashhisi, qiyosiy tashxisi. 3. Davolash, oldini olish va unga qarshi kurashish tadbirlari.

Kolibakterioz - (koliseptisemiya, koliinfeksiya, kolienterit, koliperitonit, esherixioz) – parrandalarning infeksion kasalligi bo’lib, O – antigenli qatoriga mansub, (0,1, 0,2, 078, 0111 va boshq.) ichak tayoqchalari keltirib chiqaradi. Kolibakterioz kasalligi bilan qishloq xo’jalik parrandalarining hamma yoshdagilari (tovuqlar, o’rdaklar, kurkalar) va shu bilan bir qatorda yovvoyi, xonaki, hattoki ularning embrionlari ham kasallanadi. Asosan 1-120 kunlik tovuqlar organizmida kasallik o’tkir va surunkali ravishda shu bilan birga toksikoseptik ko’rinishlarda kechadi. Katta yoshdagi tovuqlar organizmida kasallik kechishining xarakterli tomonlaridan biri yashirin ravishda surunkali o’tishidir. Dunyoda birinchi bo’lib 1885 yil, yosh bolalar kasalliklarining professori Gresiyalik olim T.Escherih axlat tarkibidan ajratib olib aniqlagan. Keyinchalik yosh o’smirlar hamda katta yoshdagi odamlarning ichaklar suyuqligi tarkibidan ajratib olishga erishgan va uni Bacterium coli commune deb nomlagan. Keyinchalik aniqlanishicha ichak tayoqchalari turlarining har xilligi va patogenlik xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turishi aniqlangan. Ichak tayoqchalarining tabiiy yashash joyi odamlarda, parrandalarda, baliqlarda, bo’g’im oyoqlilarda va mayda hayvonlarda to’g’ri ichak suyuqligi bo’lib hisoblanadi. Ichak tayoqchalari tashqi muhitga axlat bilan chiqib yangi muhitda va t u proqda, suvda uzoq muddat yashash qobiliyatiga ega. A.A.Orlovskiy, A.G.Rodziyevskiylar tomonidan ta’riflashlaricha patogen mikroorganizmlar odamlar va hayvonlarda kasallik chaqirishi mumkinligini isbotlab berganlar. M.Lingnieres ichak tayoqchalarini kasal tovuqlar organizmidan ajratib olib sog’lom jo’jalar organizmiga kasallik qo’zg’atuvchilarining kulturasini jo’natib eksperimental ravishda kasallik chaqirishga erishgan. Ochi J. Ta’riflashicha ichaklarning patogen tayoqchalari parrandalarda kon’yuktivit va perikarditlarni hosil qilishini izohlab bergan. Kolibakterioz (ko li septisemiya) parrandachilik rivojlangan mamlakatlarning hammasida uchraydi.

Uy parrandalari organizmida kasallik chaqiruvchi agentlar bo’lib septisemiya, peritonit, salpingit, sinovit, koligranulema kasalliklarning sababchisidir. Ayniqsa jo’jalarning 40 dan 90 kunlikgacha bo’lgan davrlarida ko’p o’lim kolibakterioz kasalligi sababli sodir bo’ladi. Bu vaqtda ularning organizmida fiziologik o’zgarishlar intensiv kechayotgan va davri hisoblanadi. Tovuqlar kolibakterioz kasalligining xo’jalikga keltiradigan iqtisodiy zarari quyidagilardan iborat. Ko’p bosh sonining nobudgarchiligi, tirik vaznning pasayishi natijasida foydalanishdan chetlanishi, majburiy so’yish, tuxumdorlik darajasining hamda inkubasiyadan ochib chiqayotgan jo’jalar foyizining pasayishi va nihoyat davolash va profilaktika ishlari uchun dori darmonlar sarfining oshishi, veterinariya chora-tadbirlari uchun sarf h arajatlar ko’payadi. Katta tovuqlar podasida kolibakterioz kasalligi surunkali kechganida 2-3 %, ba’zan 10 % gacha nobud bo’ladi. Bu vaqtda tovuqlarning tuxumdorligi 8-23 % gacha pasayadi va nasldor tovuqlardan olingan inkubasion tuxumlarning 75 % otalanmagan bo’lib, inkubasiyadan jo’jalarning ochib chiqish muddati 12-36 soatga kechikadi. Ulardan ochib chiqqan jo’jalarning 11 % gachasi kolibakterioz kasaligi bilan kasallanishga moyildir. O’zbekistonda 25 ta tekshirilgan tovuqchilik xo’jaliklarida kolibakterioz bilan kasallangan tovuqlar 10-30 % larni tashkil etgan. Agar kolibakterioz boshqa kasalliklar bilan jumladan: eymerioz bilan birga kechganda 80-100 % gacha nobud bo’ladi D.Ibragimov (2004), R.B.Davlatov (2006). Parrandalar kolibakterioz kasalligining kelib chiqishiga turli xil omillar sababchidir va eng asosiysi patogen ichak tayoqchalari hisoblanadi. Ichak tayoqchalari aniqlangan vaqtlarida turli xil nomlar bilan nomlangan. Epizootologiyasi. Tovuqlarning kolibakterioz kasalligining epizootologiyasi bilan ko’pgina o’zimizning va xorijiy mamlakatlarning olimlari shug’ullangan va o’rganilib kelinmoqda.

Kolibakterioz kasalligining kelib chiqishga tovuqlarni zoogigiyenik miyorlarga javob bermaydigan xonalarda ya’ni havo yaxshi almashmasligi, ko’p bosh sonining cheklangan joylarda saqlanishi va boshqalardir. Tovuqlarni zoogigiyenik miyorlariga to’g’ri kelmaydigan xonalarda saqlangan vaqtda kasallik septik ko’rinishda o’tib, intoksikasiya holatlari mavjud bo’ladi. Patogenezi. Parrandalar kolibakterioz kasalligi bilan aerogen, alimentar yoki tuxum po’chog’i orqali yuqadi. Lekin kasallikning organizmda hosil bo’lishiga ko’pgina omillar sababchidir. Jumladan: organizmning umumiy rezistentligi pasayishi sababli kelib chiqadi. Jo’jalar kasallik qo’zg’atuvchilari bilan aerogen yuqqanlarida septik jarayonlar hosil bo’lib o’lim bilan tugaydi. Alimentar holatda yuqqanida ingichka bo’lim ichaklarda qo’zg’atuvchilar rivojlanib oldin toksinlar ishlab chiqarishi hisobiga enterit, keyin shilliq pardalar nekrozi vaqtida qo’zg’atuvchilar shilliq parda orqali qonga o’tib septisemiyaga olib keladi. Kolibakterioz kasalligining qo’zg’atuvchilari ishlab chiqargan toksinlar nerv hujayralariga salbiy ta’sir etib muskullar va bronxlar tonusini o’zgartiradi. Qon tomirlar devorining o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi, oqibatda shilliq osti, seroz osti qavatlarida istisqolar paydo bo’ladi. Keyin ingichka va yo’g’on bo’lim ichaklarining shilliq pardalarida yarachalar hosil bo’ladi. Endotoksinlar qonning ivishiga ta’sir qiladi. Toksemiya qonning fibrinlar eksudasiyasi qon tomirlar devorida o’tib, cho’kmaga tushadi. Endotoksinlar qon tarkibidagi Sa++ ionlarining konsentrasiyasini pasaytiradi, bu esa qonning ivish jarayonini sekinlashtiradi. Birgalikda qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligining oshishi hisobi ichak shilliq pardalarida, jigar va taloqda gemorragik holatlari kuzatiladi. Olimlarning ta’kidlashicha qonda bakteriyalar hamda zaharli moddalarning to’planishi hisobiga qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligi ayniqsa seroz qoplamidagi tomirlarda yaxshi kuzatiladi deb bayon qiladi. Shuning uchun keng

serozli istiho, qon tarkibidagi shaklli elementlarning chiqishi va yuqori molekulali fibrin oqsillari kuzatiladi. V.A.Shubin va boshqa olgan tajribalaridan xulosa qilishlaricha patomorfologik tekshiruvlar natijasiga asoslanib koliseptisemiya organizmda organlar va to’qimalarda septiko-toksik jarayonlarning rivojlanishi ayniqsa perikard va epikardda, havo xaltachalarida, jigar kapsulasida, seroz qoplamalarda, markaziy va periferik nerv sistemasida va organlar parenximasida distrofik jarayonlar borligi bilan xarakterlanadi. A.A.Ibragimov va boshqalar parrandalarning kolibakterioz kasalligi mikoplazmoz bilan birga kechganidagi kasallik patogenezini o’rganganlar. O’lgan jo’jalarda patologoanatomik tekshiruvlar o’tkazganlarida fibrinozli aerosakulit, peri va epikardit, perigepatit va pnevmoniyalarni kuzatganlar. Bu organlarni gistologik tekshirganlarida o’pkada giperemiya, ayrim joylarida stazlar, diapedezli qon qo’yilishlar va fibrinoidli qon tomirlar devorining qalinlanish holatlari kuzatilgan. O’zgarish bo’lgan qon tomirlar tevaragida tarqalgan gemorragiya va seroz suyulishning to’planganligi kuringan. Qon tomirlarning ko’pchiligida qon hujayralarining obturasion jarayonlari, ularning o’rtasida kolibakterioz qo’zg’atuvchilari kuzatildi. O’pkaning bronxlari va parabronxlari serozli, fibrinozli eksudat bilan to’lganligi kuzatildi. Jo’jalarni kasallik qo’zg’atuvchilari bilan yuqtirgandan 7 va 10-chi kunlari o’lgan hamda so’yilganlarining o’pkasida, havo xaltachalarida, peri va epikrdida nekrozning demarkasion zonasi ko’ringan. Ular bir qavatli ko’p yadroli gigant hujayralar bilan o’rganilganligi isbotlangan. Kolibakterioz kasalligining umumiy klinik alomatlaridan biri jo’jalarning nimjonligi, sust harakatchanligi, tashqi muhit ta’surotlarini sezgirligi darajasining pasayishi, ishtaxaning kamayishi va chanqoqlik kabilar kuzatiladi. Keyin ich ketish va asab tizimining buzilishi simtomlari paydo bo’ladi. Badan harorati 1-1,5 o S oshadi.