Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda “ Tarbiya” darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish. Reja: 1.Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik- psixologik shart- sharoitlari, mediata’limni yo‘lga qo‘yish. 2.Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish. 3. Tarbiyaviy texnologiya turlari va ularning mazmuni.
Kalit so’zlar: texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar, tashkiliy,metodik, psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o’qitish. Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishda mediata’limni yo‘lga qo‘yish. Boshlang’ich ta`lim darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil etish- ularda tashkil etiladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang’ich ta`lim o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir: •boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish; •boshlang’ich ta`lim darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfaol metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish; •ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga erishish; •boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglarida ta`lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash; •boshlang’ich ta`lim darslarining o’qituvchilarida texnologik yondashuv asosida tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish; •boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilari tomonidan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish; •boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining texnologik asosda pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish; •boshlang’ich ta`lim darslarining samaradorligini ta`minlash. - boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga amal qilish asosida erishiladi: 1.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.
2.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi. 3.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda mavjud shart-sharoit hamda sub`ektiv yondashuvlarni inobatga olish. 4.Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish. 5.Yangi tajribalarni ommalashtirish. 6.Nazariy va amaliy faoliyat birligi. 7.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: 1.obektiv omillar: •boshlang’ich ta`lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi; •Ta`lim-tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan ta`minlanganligi; •boshlang’ich ta`lim darslarida pedagogik monitoring (ma`lumotlar banki)ning tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi; 2.Subektiv omillar: •Boshlang’ich ta`lim limi darslarining o’qituvchilarida PT mohiyatini o’rganishga nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi. •ularda o’z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror topganligi; •kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o’quv yurti faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish yo’lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi; •boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari; •ularda o’z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining o’z pedagogik faoliyatlarida PT ni qo’llay olish mahoratiga egaliklari; •ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang’ich ta`lim o’quvchilari orasida ko’tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi; •PT asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o’qituvchilarni rag’batlantirib borish va hokazolar. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi ko’rsatgichlarga muvofiq belgilanadi: •Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida boshlang’ich ta`lim o’quvchilari bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi; •pedagogik faoliyat mazmuni, ko’lami, sur`ati hamda samaradorliginining yuqori darajasi. Tadqiqot muammosini nazariy-amaliy asoslarini o’rganish natijasida shu holat aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglari o’rtasida targ’ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan tabiiy fanlar o’qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning nazariy-amaliy asoslarini tez va puxta o’zlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Buning boisi, boshlang’ich ta`lim o’quvchilariining bilim, ko’nikma va malakalari, shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir. Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni,
ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerakonsepsiya Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy- madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada,