Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda pedagogik mahoratning ahamiyati
Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda pedagogik mahoratning ahamiyati REJA : 1. О`qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o`rni 2. Pedagogik mahorat tushunchasi 3. Pedagogik ta’sir vositalari haqida umumiy tushuncha. 4. Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi 5. O’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida
Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O`qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta mas`uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan. Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta`lim tizimining isloh qilinishi, ya`ni ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e`tibor berilmoqda. Mamlakatimizda o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur. Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega. Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei va faol o`rnini o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi lozim. Ikkinchidan, pedagogning e`tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi. Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar Shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o`rganadilar va fanni boshqa fanlardan
ajrata oladilar. Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim. Bular quyidagilar: - Ijtimoiy bilimdonlik Dars mobaynida sinf bilan samarali o`zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til toptirish va sog’lom ma`naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati. - Uslubiy bilimdonlik Barcha bilimlarini, ko`rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta`lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati. - Kasbiy bilimdonlik O`z fanini va predmeti sohasi bo`yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlariga ega bo`la olishi, o`z ustida ishlash qobiliyati. Amaliyotda eng obro`li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo`lishadi va shundaylarni o`quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o`quvchi ko`plab ma`lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talab- takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo`lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o`zini ko`rsatish uchun dars bermasligi, ochko`zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari, g’avg’o ko`tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo`lsa kerak: Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila, Aylamak bo`lmas oning xaqqin ado ming ranj ila. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o`z ishining natijasi bilan mo`jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo`ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste`dodli kishidagina pedagogik mahorat bo`lishi
mumkin. O`qituvchining qobiliyatlari Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste`dod, layoqat va zehn, ya`ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik hususiyat bo`lishi ham zarur. Pedagogik faoliyatning samarali bo`lishi uchun o`qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo`lmog’i lozim: 1. Bilish qobiliyati . - Bunday qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi fanni o`quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, ilmiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. 2. Tushunt ira olish qobiliyat i - o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o`quvchilarda mustaqil ravishda to`g’ri fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyati. O`qituvchi zarur hollarda o`quv materialini o`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o`quvchilarga etkaza olishi lozim. Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularni nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo`yganliklarini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi o`zini o`quvchining o`rniga qo`ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo`lgan narsalarning o`quvchilarga tushunilishi qiyin va mavxum bo`lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning shaklini alohida rejalashtiradi. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati . - o`quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’lik bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik. Bunday o`qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo`lmagan tashqi belgilar asosida o`quvchining ruhiyatidagi ko`z ilg’amas o`zgarishlarni ham faxmlab oladi. O`quvchilar bunday o`qituvchi haqida: «Qaramayotganga o`xshaydiyu, hamma narsani ko`rib turadi!», «O`quvchining xafa bo`lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko`zidan biladi!» - deydilar.
4. Nutq qobiliyati -nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o`z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. O`qituvchining nutqi darsda hamisha o`quvchilarga qaratilgan bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki qoralayotgan bo`lsa ham, uning nutqi hamisha o`zining ichki kuchi, ishonchi, o`zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. O`qituvchining bayoni o`quvchilar fikri va diqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi, savollar qo`yib, ularni asta-sekin to`g’ri javob berishga undaydi, o`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. («Mana bu yerga alohida e`tibor bering!», «o`ylab ko`ring!» kabi). Shuningdek, o`rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o`quvchilar tez o`zlashtiradilar. O`qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuz jihatdan erkin, ifodali, emotsional bo`lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Ayrim o`quvchilar tez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq o`quvchilarning o`zlashtirishlari uchun o`rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shoshqaloqlik materialni o`zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatib qo`yadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo`ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib qo`yadi. O`qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko`p takrorlanadigan bir xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining g’ashini keltiradi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati -birinchidan, o`quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o`z ishini uyushtirishni nazarda tutadi. O`z ishini tashkil etish deganda ishni to`g’ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtni o`ziga xos his etish-ishni vaqtga qarab to`g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish hususiyati hosil bo`ladi. Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari ba`zan uchrab