Mutaxasislik Fanlarini kursini O’qitishda Izchillik Kursini qo’llash
Mavzu : Mutaxasislik Fanlarini kursini O’qitishda Izchillik Kursini qo’llash REJA 1. O‘qitish metodlari. 2. O‘qitish metodlarining turlari.
1. Guruhiy ishlash metodi. O‘qitish jarayonida guruh bo‘lib ishlash metodining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarni berishda va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda guruhiy ishlar olib borilishi mumkin. Bu borada barcha ta’lim oluvchilar bir necha kichikroq o‘quv guruhlariga taqsimlanadi va bu guruhlar mustaqil ishlaydilar. Kichik guruhlarning ish natijalari keyinroq butun guruh doirasida muhokama qilinishi mumkin. Guruhiy ishlar maxsus bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar o‘rganilishi kerak bo‘lganda, shuningdek ta’lim oluvchilarda mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Bir nechta ta’lim oluvchilar birgalikda ishlagan paytda, ularning shaxsiy xususiyatlari va xarakterlari orasida o‘zaro hamkorlik vujudga keladi. Shuning uchun guruhiy ish tashkil qilish ko‘ra murakkabroqdir. Guruhli bo‘lib ishlashda ikkita holat farqlanadi: -bir xil mavzuda olib boriladigan guruh ishi; -bir xil mavzuda olib boriladigan guruhishiBir xil mavzuda olib boriladigan gurux ishida bir necha guruhlarga bir xil topshiriqlar beriladi. Topshiriq va mashqlarni yechish sharoitlari ham bir xil bo‘ladi. Shunday qilib har xil yechimlar guruhishi tugaganidan so‘ng bir-biri bilan taqqoslanishi mumkin. Ko‘pincha bunday hollarda raqobat holati yuzaga keladi. Yechim topilishi vaqtida esa raqiblikka o‘xshash olatlar vujudga keladi. Bu yerda muhim narsa shuki, guruhlardagi ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalari imkon qadar bir xil bo‘lishi kerak. Har xil mavzuda olib boriladigan guruhishida beriladigan ish topshirig‘i bir necha qismlarga bo‘linadi. Faqat bu qismlar birlashtirilgandagina topshiriqning mazmuni aniqko‘rinadi. Har bir guruhbu holda qisman topshiriqoladi va mustaqil ravishda uning ustida ishlaydi. Lekin bu holda ishlarning taqsimoti ancha murakkab bo‘ladi, yechimga ta’sir qiluvchi ko‘pincha fark shart-sharoitlar va farqlar hosil bo‘ladi. Bunday yondashuvda bir guruh ta’lim oluvchilari faqat o‘zlariga berilgan topshiriqlarni bilishadi xolos, ya’ni boshqa guruhlar ishlari haqida deyarli xabarlari bo‘lmaydi. Shuning uchun ham natijalar qisman birlashtirilishi zarur. Guruhiy ishda berilgan topshiriqlar puxtalik bilan o‘ylab chiqilgan bo‘lishi kerak, chunki ularda ta’lim oluvchilar orasida muloqot va hamkorlik qobiliyatini rivojlantirish kabi maqsadlar bor. Guruhiy ish uchun quyidagi o‘qitish shakllari mos keladi:
1.Ustaxona shaklidagi guruhiy ish:Ustaxonada bajariladigan amaliy mashg‘ulot doirasidagi vaziyatga o‘xshash kelajak faoliyat bo‘yicha ssenariylar va muammolar ishlab chiqiladi. Buning uchun dolzarbmuammolar o‘rganib chiqilishi kerak. Bu muammolar ta’limoluvchilarning dastlabki bilimlar darajasini inobatga olgan holda va ijodiy fikrlash bilan bog‘liqholda ta’lim oluvchilarni yechimlarga undashlari kerak. 2.«Reja o‘yini» shaklidagi guruhiy ish metodi « Reja o‘yinlari» belgilangan vaziyatda turli xil yechimlarni sinab ko‘rish imkonini beradi. Ta’lim oluvchilar bunda muammoga bo‘lgan har xil ta’sirlar natijaga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Buning uchun sabab va oqibat bir- biri bilan bog‘liq ravishda ko‘rilishi kerak. Masalan har xil kompyuter dasturlari orqali korxona va firmalar faoliyati sohasidagi masalalarni « o‘yin orqali» sinab ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim oluvchilar o‘yin jarayonida o‘zaro raqobat munosabatida bo‘ladilar. 3.Loyiha shaklidagi guruhiy ish: Loyihaviy ish bir loyihani anikbelgilangan chegara doirasida ishlab chiqishni talab qiladi. Loyiha shaklidagi guruhiy ish juda ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda vazifalar topshiriqlar majmuasi bo‘yicha aniq taqsimlanishi kerak bo‘ladi. 3.Munozara metodi jarayonida yuzaga keladigan bahslashish fikrlashning ifodasi bo‘libgina qolmay, shakllanib kelayotgan shaxs o‘zining biror narsani hal etish, mustaqillikda kattalar Bilan teng xuquqli ekanligini yoqlash ehtiyojidir. Dars jarayonidagi bahs chog‘ida o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilan baravar haqiqat izlovchisi bo‘lib harakat qiladi. Ana shu bahsda u o‘z bilimini namoyish etadi, keng fikrlaydi, fikrlarni dalillar bilan asoslaydi, bu fazilatlar esa ta’lim oluvchilar o‘rtasida o‘zaro katta hurmat uyg‘otadi. Bahs jarayonida har bir ta’lim oluvchining «shaxsiy fikri», o‘zmavqyeini ifodalash va asoslash malakasi yuksak qadrlanadi. 4. Mashq metodi. Mashq -maqsadida, rejali tashkil etilgan amallarni ko‘p marotaba bajarishdir. Ushbu metodning afzalligi shundan iboratki, u, ko‘nikma va malakalarni samarali shakllanishini ta’minlaydi Mashq-ko‘nikma va maxoratlarning tashkil etuvchilari bo‘lganligi kabi ishlab chiqarish ta’limining ham asosiy metodi bo‘lib xisoblangan mashqlar bilan shakllanadi. Mashq deganda ongli ravishda ma’lum bir faoliyat metodi bo‘yicha amaliy xarakatlarni ko‘p martalab takrorlash tushuniladi.
Ta’lim oluvchilarning mustaqil kuzatuvi metodi . Bu metod asosan murakkab tuzilishdagi jixozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq kasbni egallamokchi bo‘lgan ta’lim oluvchilarning ishlab chiqarish ta’limida qo‘llaniladi.Kuzatuv ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil ravishda, ishlab chikarish ta’limi ustasining nazorati va uning ko‘rsatmalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Topshiriqda odatda mustaqil kuzatuvlar maqsadi qo‘yiladi, ularni o‘tkazish tartibi ko‘rsatiladi va kuzatuvlar natijalarini qayd qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi . Mashqlarni quyidagi turlaridan foydalaniladi. 4.1 . Sharhlangan mashqlaro‘quv jarayonini faollashtirishga, vazifalarini ongli ravishda bajarilishiga xizmat qiladi. Ushbu mashqlarning mohiyati shundan iboratki, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar bajarilayotgan ishlarni sharhlaydilar, natijada ular o‘zlashtiriladi va tushunib yetiladi. Avval bunga eng yaxshi ta’lim oluvchilar jalb etiladi, keyin esa o‘quv materialini tushuntirishda butun guruh ishtirok etadi. Sharhlangan mashqlar metodi o‘quv mashg‘ulotining yuqori sur’atini ta’minlaydi, materialni barcha ta’lim oluvchilar tomonidan ongli va mustaqil ravishda, mustahkam o‘zlashtirilishiga yordam beradi. 4.2. Og‘zaki mashqlarta’lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy tafakkurini taraqqiy ettirish,ijodiy qobiliyatlarin rivojlantirish ularning bilish imkoniyatlari bilan bog‘liq. 4.3. Yozma mashqlarning asosiy vazifasi –kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashdan iborat. 4.4. Grafik mashqlaishlab chiqarish jarayonlari bosqichlarini o‘rganish jarayonida ishlatiladi. 4.5. Laboratoriya-amaliy mashqlarmehnat asboblari, laboratoriya uskunalaridan (jihozlar, o‘lchov apparatlari) foydalanish malakalarini egallashga imkon beradi, konstruktorlik-texnik mahoratni rivojlantiradi. 4.6. Ishlab chiqarish -mehnat mashqlario‘quv va ishlab chiqarish xarakteridagi alohida ishlab chiqilgan tarmoqni tashkil etadi. Ular oddiy va murakkab bo‘ladi: birinchisi –alohida mehnat metodlarini bajarish mashqlari, ikkinchisi –ishlab chiqarish –mehnat ishlarini butunligicha yoki ularning talay qismini (stanoklarni sozlash, detal qismlarini tayyorlash va h.k.) ko‘zda tutilgan. 5.Ishbilarmonlik yoki rolli (vaziyatli) o‘yin
Ishbilarmonlik yoki rolli vaziyatli o‘yinlar –muammoli vazifaning bir turi bo‘lib faqatgina matnli o‘quv materiali o‘rniga ta’lim oluvchilar tomonidan rollar o‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Ishbilarmonlik va rolli vaziyatli o‘yinlar ta’lim metodi sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: o‘rgatuvchi: umumta’lim mahoratni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni o‘stirish; shu jumladan: yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish; rivojlantiruvchi: mantiqiy tafakkurni, nutqni, atrof-muhit sharoitiga o‘rganish qobiliyatini o‘stirish; motivasion: ta’lim oluvchilarni o‘quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishishga rag‘batlantirmoq; tarbiyaviy: ma’suliyatni, mustaqillikni shakllantirish. Muammoli vazifalar metodi Muammoli vazifalar metodi –ta’lim oluvchilarga muammoli vaziyatlarni va ularning faol bilish faoliyatini tashkil etishga asoslangan metoddir. U, aniq vaziyatlarni tahlil qilish, baholash va keyinchalik qaror qabul qilishdan iborat. Bu metodning yetakchi funksiyalariga quyidagilar kiradi: o‘rgatuvchi: bilimlarni dolzarblashtirishga asoslangan; rivojlantiruvchita’lim oluvchilarda tahliliy tafakkurni, alohida dalillarorqasidagi hodisa va qonuniylikni ko‘ra bilishni shakllantirish; tarbiyalovchi: kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish. Muammoli vazifalar metodi ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini murakkablashtirishga, asoslangan: ilmiy tushunchalarni, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish asosida yotgan u yoki boshqa materialni chuqur mantiqiy tahlil qilishga asoslangan.Muammoli vazifa hayotdan olingan dalillarni, ma’ruza va vaziyatni o‘rganishdan, alohida insonlar yoki ishlab chiqarish korxonalarining manfaatlarini ko‘zlashdan iborat bo‘lishi mumkin.