logo

BUXGALTERIYA SCHYOTLARI VA IKKI YOQLAMA YOZUV

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

45.8046875 KB
BUXGALTERIYA SCHYOTLAR I  VA IKKI YOQLAMA YOZUV
Reja:
1.  Buxgalteriya hisobi ning  schyotlar i   va ularning tuzilishi
2. Ikkiyoqlama yozuv va uning mohiyati.
3.  Buxgalteriya hisobi  schyotlar rejasi 1.  Buxgalteriya hisobi ning  schyotlar i   va ularning tuzilishi
Ma’lum   bo‘ldiki,   balans   xo‘jalik   mablag‘lari   va   ularning   tashkil   topish
manbalarini ma’lum sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar
ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda
shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi
va   harakati,har   bir   korxona   bilan   hisob-kitoblar   ahvoli,   ayrim   mablag‘
manbalarining   o‘zgarishi   va   boshqalar   to‘g‘risida   kundalik   ma’lumotlar   kerak.
Shuningdek,   faqat   natijalarnigina   emas,   balki   xo‘jalik   jarayonlarini   ham
tavsiflaydigan   ma’lumotlar   zarur.   Bunday   ma’lumotlarga   xo‘jalik   muomalalarini,
ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib borish yo‘li bilan ega
bo‘lish   mumkin.   Xo‘jalik   muomalalarini   joriy   tartibda   aks   ettirish   va   guruhlash
uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining schotlari  – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning
manbalari   va   xo‘jalik   jarayonlarini   nazorat   qilish   va   boshqarish   uchun zarur
axborotlarga  ega  bo‘lish  maqsadida,  ularni  dastlabki  hujjatlar ma’lumot ‐ lariga
asosan  joriy  tartibda  hisobga  olish,  guruhlash  va  bir tizimga keltirish usulidir.
Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar
manbalari va xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot ochish bilan ta’minlanadi. 
Schot   buxgalteriya   hisobi   obyektlarini   identifikatsiyalashga   imkon
yaratadigan   maxsus   belgi   hisoblanadi.   Shuning   uchun   har   bir   schotga,   unda
hisobga   olinadigan   obyektga   mos   keladigan   nom   va   xos   raqam   (kod)   belgisi
beriladi.   Schotlar   xo‘jalik   mablag‘lari,   ularning   vujudga   kelish   manbalari   va
xo‘jalik   jarayonlarining   har   bir   turi   uchun   buxgalteriya   hisobi   obyektlarining
turkumlanishiga   muvofiq   ochiladi.   Masalan,   «Bino,   inshootlar   va   uzatgich
moslamalar»,   «Mashina   va   uskunalar»,   «Xom-ashyo   va   Materiallar»,   «Patentlar,
litsenziyalar va nou-xou», «Asosiy ishlab chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k. 
Buxgalteriya   hisobining   schotlari   ikki   tomonli   jadval   shakliga   ega   bo‘lib,
chap  tomoni   – «debet»,  o‘ng tomoni  –  «kredit» deb  ataladi. «Debet»  va  «kredit»
atamalari   lotincha   bo‘lib,   aynan   tarjimasi   debet   –   «u   qarzdor»   va   credit   –   «u
ishonadi» degan ma’noni bildiradi.  Mablag‘larning   iqtisodiy   mazmuniga   ko‘ra   ikki   guruhga:   1)   Tarkibi,
joylanishi   va   ishlatilishi   bo‘yicha;   2)   Tashkil   topish   manbalari   va   maqsadli
tayinlanishi   bo‘yicha   bo‘linishidan   kelibchiqqan   holda   schotlar   ham,   aktiv   va
passiv schotlarga bo‘linadi. 
Aktiv schotlarda xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi,
kamayishi) aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi. 
Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi:
Aktiv schyot shakli
Dt                                                                            Kt
Boshlang’ich qoldiq
      
Kamayishi–
Ko’payish +
Oborot Oborot
Oxirgi qoldiq
Oxirgi qoldiq  =  Boshlang’ich qoldiq  +  debet  Oborot  -  kredit  Oborot
Passiv schotlarda esa xo‘jalik mablag‘lari manbalarining mavjudligi va 
harakati hisobga olinadi. Passiv schotlarning qoldiqlari schotning kreditida aks 
ettiriladi. Passiv schotlar joriy hisobda balansning passiv moddalariga asosan 
ochiladi:
Passiv schyot shakli
Dt                                                                                                Kt
Boshlang’ich qoldiq      
Kamayishi + Ko’payish –
Oborot Oborot
Oxirgi qoldiq
Oxirgi qoldiq = Boshlang’ich qoldiq + kredit  oborot  - debet  oborot
Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit (schotning
o‘ng tomoni) tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni bajaradi.  Aktiv  schotlarning   debetida   mablag‘larning   qoldig‘i   va   ko‘payishi,   kreditida
esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mablag‘lar tashkil topish
manbalarining   qoldig‘i   va   ko‘payishi   kreditida,   kamayishi   esa   debetida   aks
ettiriladi. 
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga ko‘pincha «saldo»
so‘zi   ishlatiladi.   «Saldo»   italyancha   so‘z   bo‘lib,   aynan   tarjimasi   «hisob-kitob»
degan ma’noni bildiradi. 
Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq  boshlang‘ich saldo
deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq   oxirgi saldo
deb   ataladi.   Agar   schotning   debeti   bo‘yicha   oborotlar   jami   mazkur   schotning
krediti   bo‘yicha   oborotlar   jamidan   ko‘p   bo‘lsa,   u   holda   debet   qoldiq   qoladi.   U
schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi. 
Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birini sanasiga hisoblab chiqariladi.
Schotda   boshlang‘ich   qoldiq   bo‘lgan   hollarda   yangi   (oxirgi)   qoldiq   schotning
boshlang‘ich qoldig‘i ko‘rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga
olgan   holda   mazkur   schotning   qarama-qarshi   tomonidagi   oborotlar   jami   chegirib
tashlab   aniqlanadi.   Oxirgi   qoldiq  bo‘lmagan,   ya’ni   u   nolga   teng  bo‘lgan  hollarda
schot yopilgan  hisoblanadi. 
Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: 
-     alohida   faoliyat   turlarining   moliyaviy   natijasini   har   bir   hisobot   davri
bo‘yicha   hisoblab   chiqarish   zaruratidan   kelib   chiqqan   holda   ularning   qoldiqlarini
boshqa   schotga   o‘tkazish.   Masalan,   9000-«Asosiy   (operatsion)   faoliyat
daromadlarini   hisobga   oluvchi     schotlar»   (9010,   9020,   9030)   qoldiqlari   har   oy
oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkazish bilan yopilishi lozim; 
-  hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan, korxonada
yangi   turdagi   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   o‘zlashtirish   bilan   bog‘liq
xarajatlaramalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy oyda amalga oshirilgan
xarajatlar,   hali   mahsulot   ishlab   chiqarilmaganligi   sababli,   ma’lum   bir   mahsulot
tannarxiga   qo‘shilishi   mumkin   emas.   Shuning   uchun   bunday   xarajatlar
3100-«Kelgusi   davr   xarajatlarini   hisobga   oluvchi   schotlar»   schotining   debetida to‘plab boriladi. Ishlab chiqarish yo‘lga quyilganidan va mahsulot ishlab chiqarish
boshlanganidan   so‘ng   mazkur   schotlardato‘plangan   xarajatlar   har   bir   hisobot   oyi
bo‘yicha   teng   ulushlarda   mahsulotlar   turlarining   tannarxiga   taqsimlanadi.
Xarajatlar hisobdan chiqarilgandan so‘ng 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga
oluvchi schotlar» yopiladi; 
-     ayrim   turdagi   xarajatlarni,   avvalo,   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish   va
boshqarish   xarajatlarini   hisobga   olishga   oid   amaldagi   me’yoriy   hujjatlar   bilan
bog‘liq. Masalan, 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan
xarajatlarni   har   oyda   kalkulyatsiya   obyektlariga   taqsimlash   va   hisobdan   o‘chirish
yo‘li bilan yopiladi. 
Aktiv   va   passiv   schotlar   balansning   aktiv   va   passiv   moddalariga   mos
kelganligi   sababli   balans   schotlari   deb   ham   ataladi.   Bu   esa   balans   va   schotlar
o‘rtasida hisob obyektlarini turkumlashning yagona iqtisodiy tasnifiga asoslangan
o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilishga asos bo‘ladi.
2. Ikkiyoqlama yozuv va uning mohiyati.
Buxgalteriya hisobi schotlarida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalari, shuningdek xo‘jalik jarayonlarining to‘g‘ri hisobga olib borilishini o‘z
vaqtida   nazorat qilish uchun, ularning o‘zgarishini aks ettiradigan har bir xo‘jalik
muomalasi bir vaqtda ikkita schotning qarama - qarshi tomoniga yoziladi. 
Buxgalteriya   hisobida   ikki   yoqlama   yozuvning   mohiyati   shundaki,   har   bir
xo‘jalik   muomalasi,   u   qanday   turdagi   balans   o‘zgarishiga   olib   kelishidan   qat’iy
nazar,   bir   vaqtda   va   o‘zaro   aloqador   holda,   bir   xil   summada   bir   schotning   debet
tomonidava ikkinchi schotning kredit tomonida aks ettiriladi. 
Xo’jalik   operatsiyalarini   ikkiyoqlamali   yozuv   tizimini   tarixda   birinchi   kashf
etgan   olim   italiyalik   matematik   Luka   Pacholi   1494   yili   «Schyotlar   va   yozuvlar
to’g’risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi.
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirishda qiymat miqdori
o‘zgarmaganligi   sababli   o‘zaro   bog‘lanadigan   schotlarning   debet   va   kreditiga
tegishli   summalar   bir-biriga   teng   bo‘ladilar.   Masalan,   asosiy   ishlab   chiqarishga Material   sarflanishi   natijasida   ombordagi   materiallar   kamayadi   va   asosiy   ishlab
chiqarish   xarajatlari   ko‘payadi.   Bu   xo‘jalik   muomalasi   hisobning   ikki   obyektida
aks   etayotgani   uchun   u   ikkita,   ya’ni   «Xom-ashyo   va   Materiallar»   schoti   va
«Asosiy ishlab chiqarish» schotiga yozilishi kerak. 
Xo‘jalik   muomalalarini   schotlarda   ikki   yoqlama   aks   ettirish   ulkan   nazorat
ahamiyatiga   ega,   chunki   barcha   schotlarning   debetidagi   yozuvlar   barcha
schotlarning   kreditidagi   yozuvlar   yig‘indisiga   teng   bo‘ladi.   Bunday   tenglikning
bo‘lmasligi   ikki   yoqlama   yozuvda   xatoga   yo‘l   quyilganligini,   ya’ni   schotlardagi
yozuvlarda xato borligini bildiradi. Bunday xatolarni o‘z vaqtida topish va tuzatish
kerak. 
Xo‘jalik   muomalalarini   schotlarda   aks   ettirish   natijasida   schotlar   o‘rtasida
o‘zaro   aloqa   yuzaga   keladi.   Bunday   o‘zaro   aloqa   schotlar   korrespondensiyasi
deyiladi.   Shunday   qilib,   schotlar   korrespondensiyasi   deganda,   ularda   xo‘jalik
muomalalari   natijasida   sodir   bo‘lgan   hodisalarni   aks   ettirishda   schotlar   orasidagi
o‘zaro aloqani ifodalash tushuniladi. 
Xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozish uchun hujjatlarda debetlanuvchi va
kreditlanuvchi   schotlar   ko‘rsatiladi,   ya’ni   buxgalteriya   yozuvi   (schot   formulasi)
tuziladi. 
Demak,   debetlanuvchi   va   kreditlanuvchi   schot   va   aks   ettiriladigan   xo‘jalik
muomalasining   summasini   ko‘rsatishga   buxgalteriya   yozuvi(provodkasi)
deyiladi.
Hisob-k it ob schy ot i
Dt                                   Kt
B.Q -1000000
                               1) 
200000
                               2) 
400000 
                                
600000
 O.Q - 400000 Kassa schy ot i
Dt                                   Kt
B.Q -50000
 1) 200000
2) 400000 
      600000
 O.Q - 650000 Buxgalteriya  yozuvini  tuzish uchun nafaqat ma’lum bilimlar yig‘indisiga ega
bo‘lish,   balki   uni   rasmiylashtirish   ketma-ketligini   ham   bilish   zarur.   Eng   avvalo,
muayyan xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyatini aniq tushunish kerak. Faqat
shunday     tushuncha   asosida   mazkur   muomala   qaysi   ikkita
korrespondensiyalanuvchi schotlarda aks ettirilishini aniqlash mumkin.
Biz   ko‘rib  chiqqan   oldingi   misolda   xo‘jalik  muomalasi   ikkita   schotda,   ya’ni
bir schotning debetida ikkinchi schotning kreditida aks ettirilgan edi. Buxgalteriya
hisobida   xo‘jalik   muomalasini   schotlarga   bunday   aks   ettirishga   oddiy   yozuv
deyiladi. Ayrim xo‘jalik muomalalari xususiyatiga ko‘ra bir schotning debetida va
bir   necha   schotning   kreditida   yoki   aksincha   aks   ettiriladi.   Bunday   buxgalteriya
yozuvini buxgalteriya hisobida  murakkab yozuv  deyiladi.
Schotda   yangi   qoldiq   chiqarish   uchun   avvalo   uning   debeti   va   kreditidagi
summalarni jamlash zarur. Debet bo‘yicha jami summa (boshlang‘ich qoldig‘isiz)
schotning     debet   oboroti ,   kreditning   jami   summasi   (boshlang‘ich   qoldig‘isiz)
kredit oboroti  deyiladi.
Buxgalteriya   hisobida   xo‘jalik   muomalalarini   qayd   qilish     xronologik   va
sistematik tartibda amalga oshiriladi. 
Xronologik   yozuv   deb,   xo‘jalik   muomalalarining   sodir   bo‘lish   ketma-
ketligiga ko‘ra qayd qilishga aytiladi. 
Sistematik   yozuv   deb,   sodir   bo‘lgan   xo‘jalik   muomalalarini   schotlar   tizimi
bo‘yicha belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga aytiladi. 
Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara beradi. Hisob
registrida bunday kombinatsiyadagi yozuv  sinxronistik yozuv  deyiladi.
3.  Buxgalteriya hisobi  schyotlar rejasi
Schyotlar   rejasi   buxgalteriya   hisobi   tizimidagi   axborotning   umumiy
tuzilishini,   uning   xo’jalik   mexanizmiga   muvofiq   holda   iqtisodiy   tavsifini   aniqlab
beradi.   Buxgalteriya   hisobi   schyotlarni   ma’lim   bir   tizimga   solinishi   schyotlar
rejasi  deyiladi. Iqtisodiyotni   erkinlashtirish   sharoitida   har   xil   mulkchilik   shaklidagi   xo’jalik
yurituvchi   subyektlarni   paydo   bo’lishi,   xo’jaliklarning   rivojlanishi,   xalqaro
andozalarga   mos   bo’lgan   hisob   tizimi   va   schyotlar   rejasini   ishlab   chiqishni   talab
qildi.   Shu   munosabat   bilan,   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligining   2002
yil 9-sentyabrdagi 103-sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya
hisobining   Milliy   (BHMA)   (21-BHMA)   «Xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning
moliyaviy-xo’jalik   faoliyati   buxgalteriya   hisobi   schyotlar   rejasi   va   uni   qo’llash
bo’yicha yo’riqnoma»ni tasdiqladi va u O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2002 yil 23-oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu   andoza,   byudjet   muassasalari   va   banklardan   tashqari,   mulk
shakllaridan qati nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 1
yanvardan boshlab qo’llanila boshlandi.
Yangi schyotlar rejasi jami bo’lib 249 ta balansli va 16 ta balansdan tashqari
schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib,
ular quyidagilardan iborat:
I.Uzoq muddatli aktivlar;
II.Joriy aktivlar;
III.Majburiyatlar;
IV.Xususiy kapital;
V.Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
VI.Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi   to’rt   qism   schyotlarining   ma’lumotlariga   asosan   moliyaviy
h isobotning   I-shakli   «Buxgalteriya   balans i»   tuziladi.   Beshinchi   qism   «Moliyaviy
natijalarning   shakllanishi   va   ishlatilishi»   schyotlarning   ma’lumotlariga   asosan
moliyaviy natijalar to’g’risidagi  h isobot (2-shakl) tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo’limda tizimga keltirilib ko’rsatilgan:
1 - bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2 - bo’lim. Tovar-moddiy zahiralar; 3 -   bo’lim.   Kelgusi   davr   xarajatlari   va   muddati   uzaytirilgan   xarajatlar   -joriy
qismi;
4 - bo’lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi;
5 -   bo’lim.   Pul   mablag’lari,   qisqa   muddatli   investisiyalar   va   boshqa   joriy
aktivlar;
6 - bo’lim. Joriy majburiyatlar;
7 - bo’lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8 - bo’lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar;
9 - bo’lim. Daromadlar va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo’limgacha bo’lgan schyotlar balans tuzilishiga mos
kelsa, 9-bo’lim schyotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tuzilishiga mos
keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1-bo’lim) ikkinchi qismi to’rt (2, 3, 4
va   5)lardan,   uchinchi   qismi   ikki   (6   va   7),   to’rtinchi   qism   bir   (8-bo’lim)   va
beshinchi qism bir (9-bo’lim) bo’limlardan iborat.
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guru h ga bo’lib ko’rsatilgan.
Aktiv schyotlar (A)   –  korxona aktivlarini aks ettiradigan va ularning hisobot
davridagi   ko’payishini   debet   tomonida   va   shu   davrdagi   kamayishini   kredit
tomonida aks ettiradigan schyotlardir.
Passiv   schyotlar   (P)   –   korxonaning   majburiyatlari   va   kapitalini   aks   ettirish
uchun   tayinlangan,   hisobot   davri   boshidagi   qoldiqni,   hisobot   davri   mobaynidagi
majburiyatlarni   va   kapitalni   o’sishi-ni   kredit   tomonida   va   shu   davrdagi
majburiyatlar   hamda   kapitalning   kamayishini   debet   tomonida   aks   ettiradigan
schyotlardir.
Kontr - aktiv   schyot   (KA)   –   bu   shunday   schyotki,   moliyaviy   hisobotda
aktivning   sof   qiymatini   aks   ettirish   uchun   uning   qoldig’i   u   bilan   bog’liq   bo’lgan
aktiv schyotning qoldig’idan chegirib tashlanadi. Bunday schyot passiv schyotlarga
mansub bo’lib ko’payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi.
Kontr-passiv   schyot   (KP)   –   bu   shunday   schyotki,   moliyaviy   hisobotda
majburiyat   yoki   sof   qiymatni   aks   ettirish   uchun   uning   qoldig’i   u   bilan   bog’liq bo’lgan   passiv   schyotning   qoldig’idan   chegirib   tashlanadi.   Bunday   schyot   aktiv
schyotlarga mansub bo’lib ko’payishi debetida, kamayishi kreditida aks ettiriladi.
Tranzit   (o’tkazuvchi)   schyotlar   (T)   –   hisobot   davrida   foydalaniladigan,
lekin   yopilib   ketadigan   va   hisobot   davri   oxiriga   qoldig’i   bo’lmaydigan   daromad
hamda   xarajatlarning   vaqtinchalik   schyotlaridir.   Bu   schyotlarning   ma’lumotlari
moliyaviy   natijalar   to’g’risidagi   hisobotda   aks   ettiriladi.   Xarajatlarni   hisobga
oladigan   tranzit   schyotlar   aktiv   schyotlarga   mansub   bo’lib ,   ko’payishi   debetida,
kamayishi esa kreditida aks ettiriladi.
Aktiv schyot shakli
          Kassa   Debitorlar
Dt                           Kt Dt                            Kt
Boshlang’ich
qoldiq        Boshlang’ic
h qoldiq        –
Ko’payish + Kamayishi
– Ko’payish + Kamayishi–
Oborot Oborot Oborot Oborot
Oxirgi qoldiq Oxirgi qoldiq
Oxirgi qoldiq  =  Boshlang’ich qoldiq  +  debet   Oborot  -  kredit   Oborot
                                   
Passiv schyot shakli
Ish haqi bo’yicha
Dt                            Kt   Bank krediti
Dt                           Kt
Boshlang’ic
h qoldiq       Boshlang’ich
qoldiq      
Kamayishi + Ko’payish – Kamayishi + Ko’payish –
Oborot Oborot Oborot Oborot
Oxirgi qoldiq  Oxirgi qoldiq
Oxirgi qoldiq   = Boshlang’ich qoldiq +   kredit  oborot  -  debet  oborot Kontr-Aktiv schyot  Kontr-Passiv  schyot  Tranzit   schyot
Dt                               Kt Dt                           Kt Dt                       Kt
Boshlang’ic
h qoldiq       Boshlang’ic
h qoldiq        S – 0 S – 0
Kamayishi + Ko’payish – Ko’payish + Kamayishi–
xaraja
t daromad
Oborot Oborot Oborot Oborot
Oxirgi qoldiq Oxirgi qoldiq
Schyotlar   korrespondensiyasi   faqat   tizimli   hisob   mo h iyatini   ochib   beradi.
Ko’plab   schyotlar   balansli   schyotlar   bo’lib,   ular   tizimlidir.   Balansli   schyotlar
korrespondensiyalanadi.   Lekin   balansdan   tashqari   deb   nomlanadigan   tizimsiz,
korrespondensiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari schyotlar
bo’yicha   yozuvlar   ikkinchi   korrespondensiyalanadigan   schyotlarsiz   amalga
oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati  shundaki, ular tizimsiz,
oz   miqdorda   va   keng   tarqalmagan.   Diqqatga   sazovor   joyi   shundaki,   ular   aktivlar
bo’lib   hisoblanadi,   lekin   balansdan   tashqari   schyotlarda   hisobga   olinadigan
obyektlarni   aktiv   va   passivga   bo’lish   ma’lum   bir   ma’noga   ega   emas.   Balansdan
tashqari schyotlarning ko’payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi. Adabiyotlar :
1.  А. Kаrimov vа boshqаlаr. «Buхgаlteriya hisobi».  T .: « Sh а rq »  NM А K , 2004  yil .
591  bet . 
2.  O .  Bobojonov  « Moliyaviy   hisob ». –  T .: « Sh а rq »  NM А K , 2000  yil . 476  bet . 
3. А. А bdull а ev  « Moliyaviy   hisob ».–  T .: « F а n   v а  te х n а logiya », 2005  yil . 286  bet . 
4.  I. Ochilov «Moliyaviy hisob». – T.: «Iqtisod v а  moliya», 2006 yil. 396 bet.
5. M а hsulot (ish,  х izm а tl а r) ni ishl а b chiq а rish v а  sotish  ха r а j а tl а ri t а rkibi h а md а  
moliyaviy n а tij а l а rini sh а kll а nish t а rtibi to’g’risid а gi Nizomini t а sdiql а sh 
to’g’risid а gi O’zbekiston respublik а si V а zirl а r M а hk а m а sining 1999 yil 5 
fevr а ld а gi 54-sonli Q а rori. 
6. Bu х g а lteriya hisobining milliy st а nd а rtl а ri. №0-23. T.: - 1998- 2002 yil.
7. O’zbekiston Respublik а si Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston», 2002 yil. 71 
8. O’zbekiston Respublik а si «Bu х g а lteriya hisobi to’g’risid а » gi Qonuni. 1996 yil 
30  а prel. 
9. O’zbekiston Respublik а si Prezidentining “Qishloq  х o’j а ligid а  islohotl а rni 
chuqurl а shtirishning eng muhim yo’n а lishl а ri to’g’risid а ”gi F а rmoni. – T. “ Ха lq 
so’zi” g а zet а si. 2003 yil, 25 m а rt;

BUXGALTERIYA SCHYOTLAR I VA IKKI YOQLAMA YOZUV Reja: 1. Buxgalteriya hisobi ning schyotlar i va ularning tuzilishi 2. Ikkiyoqlama yozuv va uning mohiyati. 3. Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi

1. Buxgalteriya hisobi ning schyotlar i va ularning tuzilishi Ma’lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini ma’lum sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi va harakati,har bir korxona bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ manbalarining o‘zgarishi va boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kerak. Shuningdek, faqat natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini, ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib borish yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda aks ettirish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumot ‐ lariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usulidir. Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot ochish bilan ta’minlanadi. Schot buxgalteriya hisobi obyektlarini identifikatsiyalashga imkon yaratadigan maxsus belgi hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga, unda hisobga olinadigan obyektga mos keladigan nom va xos raqam (kod) belgisi beriladi. Schotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi uchun buxgalteriya hisobi obyektlarining turkumlanishiga muvofiq ochiladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», «Mashina va uskunalar», «Xom-ashyo va Materiallar», «Patentlar, litsenziyalar va nou-xou», «Asosiy ishlab chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k. Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo‘lib, chap tomoni – «debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet – «u qarzdor» va credit – «u ishonadi» degan ma’noni bildiradi.

Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1) Tarkibi, joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2) Tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelibchiqqan holda schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi) aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi. Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi: Aktiv schyot shakli Dt Kt Boshlang’ich qoldiq Kamayishi– Ko’payish + Oborot Oborot Oxirgi qoldiq Oxirgi qoldiq = Boshlang’ich qoldiq + debet Oborot - kredit Oborot Passiv schotlarda esa xo‘jalik mablag‘lari manbalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Passiv schotlarning qoldiqlari schotning kreditida aks ettiriladi. Passiv schotlar joriy hisobda balansning passiv moddalariga asosan ochiladi: Passiv schyot shakli Dt Kt Boshlang’ich qoldiq Kamayishi + Ko’payish – Oborot Oborot Oxirgi qoldiq Oxirgi qoldiq = Boshlang’ich qoldiq + kredit oborot - debet oborot Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit (schotning o‘ng tomoni) tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni bajaradi.

Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi. Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq boshlang‘ich saldo deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi. Agar schotning debeti bo‘yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p bo‘lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi. Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birini sanasiga hisoblab chiqariladi. Schotda boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi) qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i ko‘rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi qoldiq bo‘lmagan, ya’ni u nolga teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan hisoblanadi. Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: - alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot davri bo‘yicha hisoblab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-«Asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010, 9020, 9030) qoldiqlari har oy oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkazish bilan yopilishi lozim; - hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan, korxonada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq xarajatlaramalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi sababli, ma’lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi mumkin emas. Shuning uchun bunday xarajatlar 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» schotining debetida

to‘plab boriladi. Ishlab chiqarish yo‘lga quyilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng mazkur schotlardato‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha teng ulushlarda mahsulotlar turlarining tannarxiga taqsimlanadi. Xarajatlar hisobdan chiqarilgandan so‘ng 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi; - ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarini hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulyatsiya obyektlariga taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi. Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga mos kelganligi sababli balans schotlari deb ham ataladi. Bu esa balans va schotlar o‘rtasida hisob obyektlarini turkumlashning yagona iqtisodiy tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilishga asos bo‘ladi. 2. Ikkiyoqlama yozuv va uning mohiyati. Buxgalteriya hisobi schotlarida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari, shuningdek xo‘jalik jarayonlarining to‘g‘ri hisobga olib borilishini o‘z vaqtida nazorat qilish uchun, ularning o‘zgarishini aks ettiradigan har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda ikkita schotning qarama - qarshi tomoniga yoziladi. Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvning mohiyati shundaki, har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil summada bir schotning debet tomonidava ikkinchi schotning kredit tomonida aks ettiriladi. Xo’jalik operatsiyalarini ikkiyoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to’g’risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi. Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirishda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli o‘zaro bog‘lanadigan schotlarning debet va kreditiga tegishli summalar bir-biriga teng bo‘ladilar. Masalan, asosiy ishlab chiqarishga