logo

YOZUV. YOZUV TARIXIDAN.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.58203125 KB
MAVZU:  YOZUV. YOZUV TARIXIDAN.  
Reja:
1.  Yozuvning  paydo bo‘lishi va tarixiy ahamiyati.  
2. Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari.
3.O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari. 1. Yozuvning  paydo bo‘lishi va tarixiy ahamiyati.  
Yozuvning paydo bo‘lishi til qadar uzoq tarixga ega emas. Hozir bizga
ma’lum   bo‘lgan   tillarning   yozuv   tarixi   o‘n-o‘n   besh   ming   yildan   oshmaydi.
Ba’zi   tillarda   hozirgacha   yozuv   yo‘q.   Mas.,   Amerika   qit’asidagi   ayrim
mahalliy aholi.
  Yozuv   ehtiyoj   tufayli   paydo   bo‘ldi.   Boshlang‘ich   davrlarda   xotirada
saqlab   qolish   vositasi   tabiat   predmetlari   bo‘lgan.   Predmetlar   simvolikasi
shunday   vazifani   bajargan.   Mas.,   qarama-qarshi   qabila   vakillarining
navbatma-navbat trubka chekishi tinchlik simvoli bo‘lgan. 
Yozuv   jamiyatning   eng   buyuk   kashfiyotlaridan   biridir.   Agar   yozuv
bo‘lmaganida,   ajdodlarimiz   tomonidan   yaratilgan   yuksak   madaniyat
namunalari bizgacha etib kelmagan bo‘lar edi. 
Tildagi   uzoq   yillar   mobaynida   yuz   bergan   fonetik,   grammatik
yaruslardagi   o‘zgarishlardan   faqat   yozuv   tufayligina   xabardormiz.   Faqat
yozuvgini   til   evolyusiyasi   to‘g‘risidagi   tasavvurimizni   jonlantira   olishi
mumkin.
Agar   yozuv   bo‘lmaganda,   buyuk   siymolarning   donishmandona
fikrlaridan bahramand bo‘la olmas edik.
Yozuvning   yutug‘i:   tilda   bo‘lmagan   imkoniyatlar   yozuvda   yuzaga
chiqadi. Ammo u tilning to‘liq aksi emas, balki shartli va sun’iy aksidir.
Jamiyatning   kelgusi   taraqqiyotida   radio   va   televizion,   internet   aloqa
vositalari kabi yozuvdan ustunroq bo‘lgan yangi vositalar ham yuzaga kelishi
mumkin.
Yozuvning o‘ziga xos xarakterli belgilari bor:
1.   Yozuv   mustaqil   va   asosiy   aloqa   vositasi   bo‘lolmaydi,   yordamchi
vosita hisoblanadi.
  2.   Nutqni   uzoq   masofaga   etkazish   va   keyingi   davrlarga   qoldirish
uchun xizmat qiladi. Grafik belgilar yozuvning asosiy qurolidir.   Demak,   yozuv   ko‘z   bilan   ko‘radigan   va   kishilar   o‘rtasida   o‘ziga   xos
aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi bo‘lib, uning
jamiyatda   o‘ziga   xos   katta   o‘rni   va   xizmati   bor,   ya’ni   yozuv   ma’lum   bir
masofa   bilan   ajralgan   odamlar   orasidagi   aloqalarni   yaxshilashda,   yozma
adabiyotlarni   va   yozma   adabiy   tilni   yuzaga   keltirishda,   ma’lum   bir   davrda
yaratilgan   madaniy-adabiy   yodgorlikni   keyingi   davrlarga   etkazib   berishda
nihoyat darajada muhim rol o‘ynaydi .
Olimlar   yozuvning   paydo   bo‘lishi   va   ahamiyati   to‘g‘risida   maxsus
asarlar   yozishgan.   Masalan,   Forobiy ning   Aristotel   «Ritorika»siga   yozgan
sharhida   yozuv   tizimi,   uslubiyat   haqidagi   fikrlari   o‘z   ifodasini   topgan.   U
tilshunoslikning   mundarijasini   olti   bo‘limdan   iborat   deb   belgilaydi   va
beshinchisi « yozuv qonunlari va to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) haqidagi fan »
ekanligini   ta’kidladi.   Olim     «Kitob   fi   sanoat   al-kitoba»   («YOzuv   san’ati
haqida kitob») nomli asar ham yozgan.
Beruniy : « Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol kabi
yoyiluvchi   bo‘lmaganda   edi   va   zamonlardan   zamonlarga   nafaslar   singari
o‘tuvchi xat yozish san’atini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonning
xabarini,   ayniqsa,   uzoq   zamonlar   o‘tganda   hozirgi   zamon   tillariga   qanday
ko‘chirib bo‘lar edi? » 
V.Gumboldt   «Harf   yozuvi   va   uning   til   qurilishi   bilan   aloqasi   haqida»
(1824) kabi asarlar yozgan.
2. Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari.  
Yozuv   o‘zining   taraqqiyotida   turli   bosqichni   bosib   o‘tgan.   Dastlab
buyumlardan   mnemonika   yoki   «eslatuvchi»   vositalar   sifatida   foydalanish
zamonaviy yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam
bo‘ldi. 
Ammo   bu   vositalar   fikrni   uzatmas,   balki   uni   faqat   eslatardi.   Masalan,
arqon,   chilvir,   ip,   kanoplarni   xilma-xil   rangga   bo‘yash,   ularga   turli tugunchalar   qilish   bilan   ayrim   voqeani,   fikr-istaklarni   o‘zlaridan   uzoqda
turuvchilarga   nutqsiz   etkazganlar.   So‘ngra   buyumlarga   aniq   ma’no   berila
boshlagan. Buyumga ma’no birkitib qo‘yishning bu usuli   buyumli yozuv   deb
atalgan. 
O‘tmishda,   hozirgi   zamon   yozuvlari   bo‘lmagan   davrlarda,   odamlar
ba’zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda
(vaqtda)   abadiylashtirish   maqsadlarini   jonli   va   jonsiz   narsalarning   rasmini
chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv   piktografik   yozuv   deb nom
olgan.
Piktografik yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan,
besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning
mazmuni quyidagicha:   Qabila boshlig‘i otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50
kishi   va   qabila   boshlig‘ining   Baliqchi   ismli   safdoshi   bor.   Ko‘lda   uch   kun
suzib, quruqlikka chiqqanlar. 
Piktografik   yozuv   asta-sekin   takomillashib,   ideografik   (idea   –
tushuncha,   grafo   -   yozaman)   yozuv   paydo   bo‘ldi.   Uni   logografik   (logos   –
so‘z)  yozuv  deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega
bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali
izohlashgan.   Logografik   yozuvning   bir   ko‘rinishi   mixxat dir .   Bu   yozuv
qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan.
Logogrammaning   piktogrammadan   farqi   shundaki,   piktogramma
bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma’nosini izohlaydi. 
Logografik   (so‘z   yozaman)   yozuvning   mukammallashgan   shakli
ieroglifik   yozuvdir   (muqaddas   yozuv).   Bu   yozuv   qadimgi   Arabistonga,
hozirgi   Xitoyga   xosdir.   Xitoy   tilining   to‘liq   lug‘atlarida   qirq   mingga   yaqin
ierogliflar   qayd   qilingan.   Hozirgi   zamon   matnlarida   esa   2-5   ming   atrofida
ierogliflar qo‘llanadi. Yozuvning   ommaviylashuvi   uchun   uni,   albatta,   osonlashtirish,
soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. YOzuvni soddalashtirishning eng
unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o‘tish bo‘ldi.
Fonografik   yozuv .   Ayrim   yozuvlar,   masalan,   piktogramma ,
sillabogramma   ( bo‘g‘in   yozuv )   va   ideogrammalar   (shartli   belgi,   simvol)
evolyusiyasi   natijasida   harflar   paydo   bo‘ldi   yozuv   taraqqiyotida   harf-yozuv
davri   boshlandi .   Hozirgi   vaqtda   jahon   aholisining   taxminan   to‘rtdan   uch
qismi   mana   shu   yozuvdan   foydalanadi.   Harf   tovush   yozuvi   hozirgi   vaqtda,
asosan,   yirik   to‘rt   xil   yozuv   sistemasidan   iborat.   Lotin   yozuvi   asosidagi
yozuvdan   jahon   aholisining   30%,   slaviyan-krillitsa   yozuvidan   10%,   arab
yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.
Fonografik yozuv ko‘p ko‘rinishlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: 
1.   Sillabik   yoki   bo‘g‘in   yozuvi .   Bu   yozuv   qo‘shma   so‘zlarni   mayda
qismlarga   bo‘lish   usuli   bilan   paydo   bo‘ldi.   Mayda   qismlar   bo‘g‘inlarga
to‘g‘ri keladi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, ana shu bo‘g‘inlarni bir-
biriga   qo‘shish   usuli   bilan   tuzishar   edi.   Bu   yozuvga   qadimgi   hind   yozuvi
devanagari  yaxshi misol bo‘la oladi. Bo‘g‘inlarning soni turli tillarda turlicha
bo‘lgan.   Masalan,   Kipr   orolidagi   qadimgi   grek   tilida   65ta   bo‘g‘in   birligi,
Gvineya orolidagi vaylar tilida 226ta bo‘g‘in birligi bo‘lgan. 
2.   So‘z   shakllarini   fonetik   birliklar   –   tovushlar   orqali   ifodalash .
Dastlabki   alifbeli   yozuv   Nil   daryosi   vodiysiga   bostirib   kelgan   giksoslar
tarafidan   yaratilgan.   Alifbe   so‘zi   giksoscha   alif   –   ho‘kiz,   be   <   bet   –   uy
demakdir. 
Eramizdan   bir   yarim   ming   yil   ilgari   giksoslar   alifbesini   finikilar
o‘zgartirib,   o‘z   tilining   tovushlariga   moslashtirib   olganlar.   Dunyodagi   ko‘p
tillarning   fonetik   yozuvlari   finikilarning   yozuvi   asosida   vujudga   kelgan.
Keyinchalik   finikilarning   bu   alifbosi   uch   tarmoqqa   bo‘linib   rivojlandi:   1.
Oromiy  – suriya tarmog‘i, u Sharqqa qarab tarqalgan. 2.  Janubiy   Arabiston tarmog‘i, u Janubga tomon tarqalgan. 3.   Yunon-evropa   tarmog‘i, u G‘arbga
qarab tarqalgan.
Markaziy   Osiyo   xalqlari   tarixiga   nazar   tashlar   ekanmiz,   ularning
bevosita   qadim   oromiy   yozuvi   ta’sirida   shakllanib,   rivoj   topganligining
guvohi bo‘lamiz . 
Yozuv   madaniyati   tarixiga   nazar   tashlansa,   Markaziy   Osiyoda
yashagan xalqlar orasida yagona alifbe bilan cheklanib qolgan ulusning o‘zi
yo‘q. Chunonchi, sug‘d tili o‘z tarixi mobaynida oromiy, milliy sug‘d, moniy,
suryoniy   yozuvlaridan   foydalanganlar.   Qadimgi   xorazmiy   adabiy   tili   uchun
xorazmiy,   arab   alifbelari   amalda   bo‘lgan.   Bular   ba’zi   ishlarda   «Avesto»   tili
va yozuvi, xorazm tili va yozuvi, baqtriya tili va yozuvi, sug‘d tili va yozuvi,
sak tili va yozuvi degan nomlar bilan ataladi.
Turkiy xalqlarning ota-bobolari 22 harfli oromiy yozuvidan foydalanib,
o‘zlarining 26 harfli turk-run (sak tili va yozuvi)ni kashf etganlar.
Chunki 1970 yilgacha turkiy yozuv eramizning VI-VII asrlarida paydo
bo‘lgan,   degan   fikr   etakchi   edi.   Unga   nisbatan   Urxun-Enasoy   atamasini
ishlatganlar.   1970   yili   Olmoti   yaqinida-   gi   Issiq   qo‘rg‘onini   tekshirganda
undan miloddan oldingi ko‘plab buyumlar qatori kumush kosa topildi. Uning
sirtida qadimgi sak (turkiy) yozuvi bor edi. 
Issiq   yozuvi   nomi   bilan   mashhur   bo‘lgan   bu   yozuv   (26   harfli)ni
A.S.Omonjo‘lov   o‘qib   talqin   etgan.   Olim   bu   qadimgi   turkiy   yozuvning
ildizlarini ikki yarim ming yillik o‘tmishdan izlamoq kerakligini ta’kidlaydi.
Xuddi   Issiq   yozuviga   o‘xshash   yozuv   Farg‘ona   vodiysining   Isfara,   Quva,
Qal’ai   bolo,     Surxondaryoning   Dalvarzintepa,   Xolchayon,   Fayoztepa,
Afg‘onistonning Dashti Novur kabi joylaridan ham topildi. 
3. O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari.  
O‘zbek   xalqi   qadimda   turli   yozuvlardan   foydalanib   kelgan.   Asosiy
yozuv   tizimini   fonografik,   ya’ni   tovush   yozuvi,   harfiy   yozuv   yoki   alfavit tashkil   etgan.   O‘zbek   xalqi   oromiy,   yunon,   sug‘d,   xorazm,   ko‘shon,
eftalit,   pahlaviy,   suriya,   hind,   urxun   (runik),   uyg‘ur,   arab,   lotin,   rus
grafikasi ga  asoslangan yozuvdan foydalangan .
Eramizdan oldingi UI-IU - klinopis, mix yozuv, oromiy yozuvi.
III-I yunon, karoshta.
Eramizning I asridan sug‘d 
II-III xorazm
V-VIII   urxun-runik   (rus   xizm.Remezov   -XVIII,   shved   Iogann
Stralenberg, XIX asr Grigoryan Spasskiy, 1891 akad. V.V. Radlov, daniyalik
Vilgilm Tomsen, keyinchalik P.M.Melioranskiy, S. E. Malov).
VI-VIII asrlar uyg‘ur, VII-VIII arab, 1929 lotin, 1940 rus, 1993
02.09. lotin  (26 harf, 3 harf birikmasi va 1 tutuq belgi).
Rus   grafikasi   asosidagi   o‘zbek   alfavitida   33   ta   harf   va   ikkita   maxsus
belgi bor. Ularning yutuq va kamchiliklari. Unlilar sistemasi. Singormanizm.
YAngi alfavit. Uning siyosiy ahamiyati.
* * *
Sunnatulla Jumaqulov
«Dulbarchin talqinlari» / «Zarafshon», 2011-yil 11-yanvar
-o‘z qadrini bilgan so‘z qardini biladi.
-qadimgi   turkiy   (urxun-enasoy)   yozuvining   istifodadan   chiqib   ketishi
tarixi   tarixiy   zaruratga   bog‘liqmi,   uning   yo‘qolib   ketishiga   nima   sabab
bo‘lgan?
-akad.Bartold:   turk   tili   tabiatiga   xos,   ayniqsa,   singarmonizm   qonuniga
moslashtirilgan bu yozuv, uning o‘rnini egallagan uyg‘ur va arab yozuvlariga
nisbatan ancha mukammal edi.
-bu   yozuvni   dastlab   XVII   asrda   Evropa   olimlari   ko‘rishgan   va   «run
yozuvi» - sirli yozuv deb atashgan. -eramizning   VI   asrida   Ettisuv   va   Sharqiy   Turkistondagi   turkiylarni
birlashtirgan Istami hoqon Vizantiya imperatori Uostin II ga ana shu yozuvda
xat yozgan. Demak, u davlat miqyosida qo‘llangan.
-ibn   Arabshoh   «Ajoyib   ul-maqdur   finavoyibi   Taymur   (Temur
falokatlarida qismat o‘yinlari)» asarida «Xitoyda turklarning «dulbarjin» deb
atalgan   yozuvini   ko‘rdim,   harfi   –   qirq   bitta»,   deb   fikr   bildirgan
(G‘A.AR.Qadimgi turkiy til).
-Klosan   J.:   Davlat   ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   bitiklarning   ijrochilari
Yuoik-tegin va boshqalar maxsus maktabda o‘qitilgan. Bu maktabning asosiy
vazifasi   saltanat   idorasi   uchun   –   oddiy   yozuvdan   farqli   o‘laroq   chiroyli   va
qulay alfavit yaratish edi.
-«dulbarchin»   yozuvining   topilishi   ham   antiqa.   Bu   haqda   dastlab
(1962)   amsterdamlik   olim   N.Vidzen   xabar   bergan.   1772   yilda
D.Messershmidt   buni   kelt   yozuvi,   P.Pallas   uni   Enasoy   dashtlaridagi
ko‘chmanchi qadimiy got qabilalariniki, deydi.
-oradan   bir   asr   o‘tgach,   farang   olimi   J.Abel-Remyuzi   Xitoy
yilnomasidagi   bir   jumlaga   asoslanib,   bu   yozuvlar   turkiylarga   xos,   u   Enasoy
qirg‘izlariga   aloqador,   deydi.   J.Abel-Remyuzining   to‘g‘ri   taxmini   XIX   asr
o‘rtalariga kelib tamoman rad etildi.
-rus   xitoyshunosi   V.Vasilev   munozaraga   yakun   yasadi.   Sibir
yozuvlarining     turkiyligi   ayon   bo‘ldi.   Mug‘uliston   dan   topilgan   yozuvlarni
V.Tomsen o‘qidi va tarjima qildi.
-   J.Abel-Remyuzining   fikri   nima   uchun   inobatga   olinmadi?   Chunki
arab yozuvining mavqei baland edi. Arab istilochilari M.Osiyoga o‘zlari bilan
madaniyat,   ilmu   urfon   emas,   balki   mo‘g‘ullar   kabi   dahshat,   yong‘in,   g‘orat
olib   keldi,   kutubxonalarga   o‘t   qo‘yishdi.   Eng   tubanligi   toshga   bitilgan
yozuvlarni   «begona   yozuv»   deb   ularni   muttasil   yo‘qotib   yuborishdi. Boburning  arab  yozuvini  isloh  qilish,  uni  turkiylashtirishga  bo‘lgan  orzulari
sarobga aylandi.
-«dulbarchin» yozuvi sharqu g‘arbda hamon o‘rganilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Mirziyoev Sh.   Buyuk kelajagimizni   m ard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz.   – T oshkent : O‘zbekiston .  2017.
2.Mirziyoev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017.
 
3. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
4. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.
5. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. - Т oshkent, 2013.
6. Тилшунослик   назарияси   ва   методологияси.   Тузувчи:   Ҳ.
Дадабоев. –Тошкент, 2004.
7. Х olmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

MAVZU: YOZUV. YOZUV TARIXIDAN. Reja: 1. Yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy ahamiyati. 2. Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari. 3.O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari.

1. Yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy ahamiyati. Yozuvning paydo bo‘lishi til qadar uzoq tarixga ega emas. Hozir bizga ma’lum bo‘lgan tillarning yozuv tarixi o‘n-o‘n besh ming yildan oshmaydi. Ba’zi tillarda hozirgacha yozuv yo‘q. Mas., Amerika qit’asidagi ayrim mahalliy aholi. Yozuv ehtiyoj tufayli paydo bo‘ldi. Boshlang‘ich davrlarda xotirada saqlab qolish vositasi tabiat predmetlari bo‘lgan. Predmetlar simvolikasi shunday vazifani bajargan. Mas., qarama-qarshi qabila vakillarining navbatma-navbat trubka chekishi tinchlik simvoli bo‘lgan. Yozuv jamiyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biridir. Agar yozuv bo‘lmaganida, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat namunalari bizgacha etib kelmagan bo‘lar edi. Tildagi uzoq yillar mobaynida yuz bergan fonetik, grammatik yaruslardagi o‘zgarishlardan faqat yozuv tufayligina xabardormiz. Faqat yozuvgini til evolyusiyasi to‘g‘risidagi tasavvurimizni jonlantira olishi mumkin. Agar yozuv bo‘lmaganda, buyuk siymolarning donishmandona fikrlaridan bahramand bo‘la olmas edik. Yozuvning yutug‘i: tilda bo‘lmagan imkoniyatlar yozuvda yuzaga chiqadi. Ammo u tilning to‘liq aksi emas, balki shartli va sun’iy aksidir. Jamiyatning kelgusi taraqqiyotida radio va televizion, internet aloqa vositalari kabi yozuvdan ustunroq bo‘lgan yangi vositalar ham yuzaga kelishi mumkin. Yozuvning o‘ziga xos xarakterli belgilari bor: 1. Yozuv mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‘lolmaydi, yordamchi vosita hisoblanadi. 2. Nutqni uzoq masofaga etkazish va keyingi davrlarga qoldirish uchun xizmat qiladi. Grafik belgilar yozuvning asosiy qurolidir.

Demak, yozuv ko‘z bilan ko‘radigan va kishilar o‘rtasida o‘ziga xos aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi bo‘lib, uning jamiyatda o‘ziga xos katta o‘rni va xizmati bor, ya’ni yozuv ma’lum bir masofa bilan ajralgan odamlar orasidagi aloqalarni yaxshilashda, yozma adabiyotlarni va yozma adabiy tilni yuzaga keltirishda, ma’lum bir davrda yaratilgan madaniy-adabiy yodgorlikni keyingi davrlarga etkazib berishda nihoyat darajada muhim rol o‘ynaydi . Olimlar yozuvning paydo bo‘lishi va ahamiyati to‘g‘risida maxsus asarlar yozishgan. Masalan, Forobiy ning Aristotel «Ritorika»siga yozgan sharhida yozuv tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlari o‘z ifodasini topgan. U tilshunoslikning mundarijasini olti bo‘limdan iborat deb belgilaydi va beshinchisi « yozuv qonunlari va to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) haqidagi fan » ekanligini ta’kidladi. Olim «Kitob fi sanoat al-kitoba» («YOzuv san’ati haqida kitob») nomli asar ham yozgan. Beruniy : « Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol kabi yoyiluvchi bo‘lmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafaslar singari o‘tuvchi xat yozish san’atini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonning xabarini, ayniqsa, uzoq zamonlar o‘tganda hozirgi zamon tillariga qanday ko‘chirib bo‘lar edi? » V.Gumboldt «Harf yozuvi va uning til qurilishi bilan aloqasi haqida» (1824) kabi asarlar yozgan. 2. Yozuv va uning taraqqiyot bosqichlari. Yozuv o‘zining taraqqiyotida turli bosqichni bosib o‘tgan. Dastlab buyumlardan mnemonika yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Ammo bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Masalan, arqon, chilvir, ip, kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli

tugunchalar qilish bilan ayrim voqeani, fikr-istaklarni o‘zlaridan uzoqda turuvchilarga nutqsiz etkazganlar. So‘ngra buyumlarga aniq ma’no berila boshlagan. Buyumga ma’no birkitib qo‘yishning bu usuli buyumli yozuv deb atalgan. O‘tmishda, hozirgi zamon yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba’zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan. Piktografik yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshlig‘i otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshlig‘ining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar. Piktografik yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik yozuvning bir ko‘rinishi mixxat dir . Bu yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan. Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma’nosini izohlaydi. Logografik (so‘z yozaman) yozuvning mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir (muqaddas yozuv). Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq lug‘atlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi.

Yozuvning ommaviylashuvi uchun uni, albatta, osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. YOzuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o‘tish bo‘ldi. Fonografik yozuv . Ayrim yozuvlar, masalan, piktogramma , sillabogramma ( bo‘g‘in yozuv ) va ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyusiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi yozuv taraqqiyotida harf-yozuv davri boshlandi . Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi mana shu yozuvdan foydalanadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil yozuv sistemasidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30%, slaviyan-krillitsa yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi. Fonografik yozuv ko‘p ko‘rinishlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: 1. Sillabik yoki bo‘g‘in yozuvi . Bu yozuv qo‘shma so‘zlarni mayda qismlarga bo‘lish usuli bilan paydo bo‘ldi. Mayda qismlar bo‘g‘inlarga to‘g‘ri keladi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, ana shu bo‘g‘inlarni bir- biriga qo‘shish usuli bilan tuzishar edi. Bu yozuvga qadimgi hind yozuvi devanagari yaxshi misol bo‘la oladi. Bo‘g‘inlarning soni turli tillarda turlicha bo‘lgan. Masalan, Kipr orolidagi qadimgi grek tilida 65ta bo‘g‘in birligi, Gvineya orolidagi vaylar tilida 226ta bo‘g‘in birligi bo‘lgan. 2. So‘z shakllarini fonetik birliklar – tovushlar orqali ifodalash . Dastlabki alifbeli yozuv Nil daryosi vodiysiga bostirib kelgan giksoslar tarafidan yaratilgan. Alifbe so‘zi giksoscha alif – ho‘kiz, be < bet – uy demakdir. Eramizdan bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbesini finikilar o‘zgartirib, o‘z tilining tovushlariga moslashtirib olganlar. Dunyodagi ko‘p tillarning fonetik yozuvlari finikilarning yozuvi asosida vujudga kelgan. Keyinchalik finikilarning bu alifbosi uch tarmoqqa bo‘linib rivojlandi: 1. Oromiy – suriya tarmog‘i, u Sharqqa qarab tarqalgan. 2. Janubiy Arabiston