logo

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR DAVRI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

42.2275390625 KB
BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR DAVRI
Reja:
1.   Buyuk   geografik   kashfiyotlarning   boshlanish   sabablari   va   dengiz   yo‘llarining
ochilishi 
2. Xristofor Kolumb sayohati va Amerikaning kashf etilishi 
3. Vasko da Gamaning sayohati va Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi
4.Fernando   Magellan   sayohati:   Erning   sharsimonligi   va   Dunyo   okeanining   bir
butunligi 
5.Rus sayyohlarining geografik kashfiyotlari
6.   Ingliz va golland sayyohlarining geografik kashfiyotlari 1.  Buyuk geografik kashfiyotlarning  tabiiy geografik  tasavvurlarning
kengayishi va chuqurlashishidagi ahamiyati
Buyuk   g e ografik   kashfiyotlar   uchta   asosiy   yo‘nalishda   bordi:   1)   Afrikani
aylanib   o‘tuvchi   janubiy   yo‘nalish,   2)   Atlantika       ok e ani   orqali   o‘tgan   g‘arbiy
yo‘nalish,   3)       E vrosiyoning   qutbiy   ch e kkalarini   aylanib   o‘tuvchi   shimoliy
yo‘nalish.
Buyuk   g e ografik   kashfiyotlarni   Portugaliya   boshlab   b e rdi.   Portugallarning
Afrikaning   g‘arbiy   qirg‘oqlari   bo‘ylab   suzishi   hara-katlantiruvchi   kuchi
xarakteriga ko‘pa bir-biridan farq qiluvchi bir necha bosqich bo‘yicha bordi.
Birinchi bosqich (1415—1434) mavrlarga qarshi kurash bilan bog‘langan. Bu
vaqtda Mad e yra oroli, Azor orollari topildi va Nun burnidan o‘tildi.
Ikkinchi bosqichda (1434—1487) harakatlantiruvchi kuch qul savdosi d a oltin
undirish bo‘ldi. 
Uchinchi   bosqichda   (1487—1498)   YAxshi   Umid   burni   kashf   etilgandan
k e yin   portugaliyaliklar   Hind   ok e ani   b e rk   havzadir,   d e gan   tasavvurning   noto‘g‘ri
ekanligini tushunishdi. Ularda Hindistonga borish umidi paydo bo‘ldi. 1497—1498
yillarda Vasko da Gama o‘z ekspeditsiyasini Zanzibardan Hindistongacha boshlab
borgan   arab   darg‘asi   (losmani)   Ibn-Majid   yordamida   Hindistonga   borish   umidini
ro‘yobga   chiqardi.   1500   yilda   Kabral   qo‘mondonligida   Hindistonga   yuborilgan
ikkinchi   portugal   ekspeditsiyasi   Braziliya   qirg‘oqlariga   etib   bordi.   Braziliya
dastlab   orol   d e b   hisoblanib,   unga   V e ra   Kruts   d e b   nom   b e rilgan   e di.   Gama   va
Kabral   e ksp e ditsiyalaridan   k e yin   Janubiy   Osiyo   va   Braziliyada   Portugaliya
e ksp edit siyasi   boshlandi.
2. Xristofor Kolumb va Amerigo Vespuchchi sayohati hamda
Amerikaning kashf etilishi
E vropadan   g‘arbga   tomon   Atlantika   ok e ani   orqali   SHarqiy   Osiyoga   borish
yo‘lidagi   barcha   g e ografik   kashfiyotlar   ichida   e ng   buyuk   kashfiyot   K olumbning
Am e rikani  kashf   e tishi  bo‘ldi.  Bu   kashfiyot   yuqorida   ko‘pganimizdek,  normanlar
kashfiyotidan   keyingi   ikkinchi   kashfiyot   edi.   YAngierlarni   ochish   g‘oyasiga Pifagor va Aristotelning Erning sharsimonligi haqidagi ta’limotida, Ptolomeyning
Evrosiyo   sharqqa   cho‘zilgan,   degan   fikrida   va   Beruniy   asarlarida,   shuningdek,
Marko   Poloning   Xitoy   geografiyasi   to‘g‘risidagi   ta’limotida   asos   solingan.
Xristofor   Kolumb   tarixiy   qahramonlik   qildi   —   materik   kashf   etdi.   1492   yil   3
avgustda   uning   90   kishi   va   uchta   kemadan   iborat   floti   Ispaniyadan   chiqib,   o‘sha
yili   oktyabrning   11   kunidan   12   kuniga   o‘tar   kechasi   Bagama   orollaridan   biri
yaqiniga   etib   keldi.   So‘ngra   Kuba,   Gaiti   va   boshqa   orollar   topildi.   Bularni
Osiyoning   sharqidagi   orollar   d e b   o‘ylashgan.   Kolumb   bundan   keyingi   hamma
ekspeditsiyasida (hammasi bo‘lib to‘rtta ekspeditsiya bo‘lgan) bu topilgan orollarni
janub   tomondan   aylanib   o‘tib,   haqiqiy   boy   Hindistonga   chiqishga   intilgan.   U
oxirgi ekspeditsiyasida (1502—1504) Amerika materigiga etib keldi.
Kolumbning ketidan u kashf qilgan erlarga ispan bosqinchilari konkistadorlar
tezlik   bilan   kela   boshladilar.   «Ispanlarni   Atlantika   okeani   orqali   Amerikaga
niqtagan sehrli  so‘z  oltin edi;   oq tanli  odamning  yangi   topilgan  qirg‘oqqa  qadam
qo‘yishi   bilan   qiladigan   birinchi   talabi   oltin   bo‘lgan.   Mustamlakachilar   atsteklar,
mayya va yanklarning yuqori madaniyatli davlatlarini yakson qildilar, indeetslarni
(mahalliy   aholini)   deyarli   butunlay   qirib   tashladilar.   1513   yilda   Balboa   Panama
bo‘ynini   k e sib   o‘tdi,   1519—1521   yillarda   Kort e s   M e ksikani   bosib   oldi.   1531—
1534 yillarda esa Pizarro And tog‘laridagi inklar davlatini bo‘ysundirdi.
Amerikaning kashf etilishi deganda, tabiiyki, ko`z oldimizga beixtiyor buyuk
sayyoh  Xristofor   Kolumb keladi,  albatta. Ammo  X.Kolumb Yevropadan  G`arbda
kashf etgan yerlarni Hindiston deb o`ylab, ularni biror bir asarida «Yangi dunyo»
deb   atamagan.   Ammo   bu   vazifani   X.Kolumbning   zamondoshi,   florensiyalik
sayyoh   Amerigo   Vespuchchi   amalga   oshirgan   va   yangi   dunyo   uning   nomi   bilan
«Amerika», deb atalgan.
Amerigo Vespuchchi  1454-yilning 9-martida Italiyaning F lo rensiya shahrida
notarius   oilasida   dunyoga   kelgan.   Yoshligidanoq   turli   fanlardan   yaxshi   xabardor
bo`lgan   olim   amakisi   Jorjio   Antonio   Vespuchchi   qo`lida   tarbiya   olib,   lotin   tili,
fizika, matematika, astronomiya va geografiya fanlarini chuqur o`zlashtirdi. 1478-
1480-yillarda   Florensiyaning   Parijdagi   elchisi   bo`lgan   boshqa   amakisi   Gvido Antonio Vespuchchi bilan birga elchixonada ham faoliyat olib borgan. Fransiyaga
turli   mamlakatlardan   kelgan   elchilar   bilan   muloqotlar   yosh   Amerigoda   uzoq
o`lkalarga   sayohat   qilish   orzusini   o`ygotgan.   1483-yilda   A.Vespuchchi   savdogar
sifatida Ispaniyaning Sevilya shahrida joylashgan florensiyalik J.Berardining savdo
uyiga   xizmatga   kirdi.   Ushbu   savdo   uyi   X.Kolumbning   1493-yilgi   ikkinchi
ekspeditsiyasini   mablag`   bilan   ta’minlaganini   hisobga   olsak,   A.Vespuchchi   X.
Kolumb bilan shu vaqtdan buyon tanish bo`lgan, deyish mumkin.
A.Vespuchchi   Markaybo   qo`ltig`ini   o`rganayotib,   suvda,   yogoch   ustunlar
ustiga   ko`rilgan   qishloqlarni   uchratdi   va   bu   joyni   Kichik   Venetsiya,   ya’ni
Venesuela   deb   atadi.   Shundan   so`ng   sayyoh,   Pariya   burnidan   200   mil   g`arbga
suzib, Vest-Indiya orollariga kirib, 1500-yilda Kadisga qaytdi.
1500-yilning   oxirida   Portugaliya   qiroli   Manuel   I   taklifiga   binoan   ushbu
davlatga   yo`l   oldi   va   ushbu   mamlakat   kemalarida   Lissabon   qirg`oqlaridan   yangi
dunyoga   yana   ikki   bor   uyushtirilgan   sayohatlarda   ishtirok   etdi.   Ushbu
sayohatlarning birinchisi, 1501-yil maydan 1502-yil sentyabrgacha, ikkinchisi esa,
1503-yil maydan 1504-yil iyungacha davom etgan.  
A.Vespuchchi   o`z   sayohatlarida   ekspeditsiya   boshlig`i   bo`lib   emas,   balki
ko`proq   kosmograf,   kartograf   va   kema   boshqaruvchisi   sifatida   ishtirok   etgan.
Faqatgina,  Braziliya  qirg`oqlarining  katta  qismi  o`rganilgan   ikkinchi  ekspeditsiya
vaqtida u kichikrok kemaga qumondonlik qilgan.
X.Kolumb tomonidan dengiz ishlari buyicha Portugaliya qiroli Manuel I ning
eng ashaddiy raqibi hisoblangan ispan qiroli Ferdinand II ga A.Vespuchchi tavsiya
etilgach,   1505-yilda   yana   Ispaniya   qirolligining   dengiz   xizmatiga   qaytgan.   1508-
yil   martda   esa   Hindistonga   tashkil   etiladigan   sayohatlarda   bosh   kema
boshqaruvchisi   etib   tayinlandi.   A.Vespuchchi   1512-yilning   22-fevralida   58
yoshida Sevilyada vafot etgan.
3.Vasko da Gamaning sayohati va Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi
Vasko   da   Gama   1469-yilda   Portugaliyaning   Sinish   shahrida   tug`ilgan   va
Evore   shahrida   ta’lim   olib,   boshqa   fanlarga   qaraganda   ko`proq   dengiz
navigatsiyasi, kartografiya va geografiyani chuqur o`rgandi. XV asrda Portugaliya mustamlakasi   bo`lgan   Afrikaning   Gvi neya   qo`ltig`i   atroflarida   portugal   floti
tarkibida xizmat qilgan.
XV   asrning   90-yillariga   kelib,   Afrikani   dengiz   bo`ylab   aylanib   suzib   o`tish
mumkinligi va Sharqiy Afrikadagi hududlarning suv yo`llari orqali Hindiston bilan
savdo aloqalari olib borishi ma’lum bo`ldi. Shuning uchun 1497-yilda Portugaliya
qiroli   Manuel   I   Vasko   da   Gamaga   Afrikani   aylanib   o`tib,   Hindistonga   dengiz
sayohati uyushtirish va yo`lni xaritaga tushirishga farmon bergan. 1497-yilning 8-
iyulida   sayyoh   168   kishilik   ekipajdan   iborat   to`rtta   kemada   Hindiston   sayohatiga
yo`l   oldi.   Xuddi   Kolumbniki   kabi   Vasko   da   Gama   ekspeditsiyasi   ham   dastlab,
Lissabondan g`arbga yo`l olgan, ammo keyin Sharqqa burilgan. Atlantika okeanida
yoysimon   yo`nalishda   suzib,   1497-yil   20-noyabrda   Afrikaning   eng   janubiy
nuqtasidan   o`tdilar.   Afrikani   aylanib   o`tish   joyining   topilgani   ekspeditsiya
a’zolarida   Hindistonga   borish   yo`lini   topishga   bo`lgan   umidni   kuchaytirgan,
albatta.   Dengiz   sayyohlari   Afrikaning   eng   janubiy   nuqtasi   bo`lgan   burunni
«Yaxshi umid» nomi bilan atadilar.
Vasko   da   Gama   1497-yil   dekabrda   hozirgi   Janubiy   Afrika   Respublikasining
Sharqiy qirg`oqlarini kashf qildi. 1498-yilning yanvar oyida Zambezi daryosining
quyilish joyidan o`tib, Sharqiy qirg`oqlar bo`ylab shimoli-sharqqa suzishda davom
etdi   va   o`sha   yilning   mart   oyida   Mozambikka   yetib  bordi.  Malindi   shahrida   arab
yo`l   ko`rsatuvchisini   yo`llagan   sayyoh   uning   yordamida   1498-yil   20-mayda
Hindistonning   janubi-g`arbiy   qirg`oqlaridagi   yirik   savdo   markazi   hisoblangan
Kalikut (hozirgi Kojikode) shahriga yetib keldi.
Kalikut rojasi tomonidan yaxshi ko`tib olingan Vasko da Gama, Hindistonda
bir muddat turib, 1498-yil oktyabrda yana Portugaliya tomon yo`lga chiqdi. Ammo
1499-yilning   sentyabridagina   Lissabonga   yetib   oldi.   Ekspeditsiya   davomida   turli
xavf-xatarlar,   fojiali   holatlar   sababli   safarga   chiqqan   168   dengizchidan   faqat   55
kishigina eson-omon Portugaliyaga qaytishga muvaffaq bo`lgan. Ammo anchayin
katta qurbonlar berib bo`lsa-da, Vasko da Gamaning Portugaliya qiroli topshirigiga
ko`ra, Yevropadan Hindistongacha bo`lgan dengiz yo`lini kashf etishga erishganini
ta’kidlash joiz. Portugaliyada   Vasko   da   Gamani   katta   tantana   bilan   ko`tib   olishdi.   Unga
dvoryan martabasi va 1500-yilda «Hind okeani admirali» unvoni berilgan. Sayyoh
1500-1520-yillar davomida Hindistonga bir necha bor ekspeditsiya uyushtirgan va
1524   yilda   Hindistondagi   Portugaliya   koloniyalarining   beshinchi   gubernatori   va
vitse-qiroli etib tayinlangan. Ammo sayyoh bu vazifada unchalik uzoq ishlamadi.
Umrining asosiy qismini Hindistonga boradigan dengiz yo`lini kashf etish va
uni   o`rganishga   bag`ishlagan   Vasko   da   Gama   1524-yilning   24-dekabrida
Kalikutdan   janubdagi   Kochine   shaharchasida   vafot   etdi.   1998-yilda   Vasko   da
Gamaning   Hindistonga   qilgan   birinchi   sayohatining   500   yilligi   Yevropada   keng
nishonlandi. Shu yili Lissabondagi Teju daryosining quyilish joyida qisqa mudsat -
10   oy   ichida   Yevropadagi   eng   uzun   17185   metrli   ko`prik   qurilib,   sayyoh,   nomi
bilan   ataldi.   Shuningdek,   Braziliyaning   Rio   de-Janeyro   shahri   futbol   klubi   va
Hindistonning Goa shtatidagi shaharga ham Vasko da Gama nomi berilgan.
4.Fernando Magellan sayohati: Yerning sharsimonligi va Dunyo
okeanining bir butunligi
Kolumbning   YAngi   dunyoni   kashf   qilgani   bilan   bir   qatorda   Magellanning
1519—1521   yillardagi   dunyo   aylana   suzishi   ham   insoniyatning   buyuk
qahramonliklaridan   biridir.   Magellan   ekspeditsiyasining   Amerika   qirg‘oqlariga
kim   qachon   va   qaysi   joyga   birinchi   bo‘lib   kelganligi   aniq   emas   hamda   turlicha
talqin   qilinadi.   YAngi   dunyo   jahon     ijtimoiy   hayotiga   Kolumb   ekspeditsiyasidan
keyin   jalb   qilindi.   Bu   ham,   ekspeditsiyaning   o‘zi   kabi,   jamiyat   taraqqiyotining
ma’lum darajaga etganligi natijasidir.
Birinchi dunyo aylana ekspeditsiyasining natijalari uning o‘z oldiga qo‘ygan
xususiy   iqtisodiy   vazifasidan   benihoya   katta   bo‘ldi.   Bu   ekspeditsiyadan   keyin
insoniyat   Yerning   qanchalik   katta   ekanini   bilib   oldi,   A.Vespuchchining,   Kolumb
Yerlari,  hech   bo‘lmaganda  bu  Yerlarning  ekvatordan  janubdagi  qismi,  Osiyoning
bir   chekkasi   emas,   u   Yangi   dunyo,   degan   taxmini   tasdiqlandi,   Yerda   quruqlik
emas,   balki   suvlik   maydoni   katta   ekanligi,   ilgari   noma’lum   bo‘lgan   juda   katta
Buyuk, ya’ni Tinch okean borligi aniqlandi. Magellan   ekspeditsiyasidan   keyin   ham   uzoq   vaqtlargacha   kartalarda   janubiy
yarimsharda   tasvirlanib   kelgan,   Magellan   bo‘g‘ozining   janubiy   qirg‘og‘i   (Olovli
Er)   ana   shu   Janubiy   Erning   chekkasi   deb   hisoblanar   edi.   Ispanlar,   portugallar   va
gollandlar bu noma’lum materikni qidirib yo‘lda ko‘p kashfiyotlar qilishdi (YAngi
Gvineya,   Avstraliyaning   g‘arbiy   qirg‘og‘i,   Tasmaniya,   Tinch   okeandagi   orollar
topildi).
Buyuk   geografik   kashfiyotlar   tarixiga   portugaliyalik   mashhur   sayyoh
Fernando Magellan Yerning sharsimon ekanligini tasdiqlagan va sayyoramiz atrofi
bo`ylab   birinchi   aylanma   dengiz   sayohatini   amalga   oshirgan   kishi   sifatida
kiritilgan.
XVI   asr   boshlarida   Yerning   sharsimonligi   haqidagi   dalillarning   yetarli
emasligi   sababli   bunga   bor-yo`g`i   bir   faraz   sifatida   qaralardi.   Ta’kidlash   joizki,
Magellan   sayohatining   muvaffaqiyatli   tugashiga   ishonmagan.   Ammo   sayohat
muvaffaqiyatli yakunlanib, Yerning sharsimonligi isbot qilindi. Ushbu sayohatdan
vataniga   qaytish   uning   o`ziga   nasib   etmagan   bo`lsa-da,   o`limi   oldidan   o`z
maqsadiga erishganidan xabar topgan.
Fernando   Magellan   1480-yilda   Portugaliyaning   Traz-uj-Montish
provinsiyasidagi   Sabroza   shahrida   tug`ilgan.   Saresh   burnida   joylashgan   dengiz
maktabida   ta’lim   olgan.   Voyaga   yetgach,   portugal   flotida   oddiy   dengizchi   bo`lib
xizmat   qildi.   1509-1512-yillarda   Hind   okeaniga   tashkil   etilgan   portugal
ekspeditsiyalarida   ishtirok   etgan   va   Malakka   yarimoroligacha   suzib   borgan.
Magellan ushbu sayohatlar davomida dengiz ishida juda o`lkan tajriba orttirdi.
Manbalarda   keltirilishicha,   Magellan   bir   qancha   vaqt   Mozambik   va
Hindistonda   yashagan.   1512-yilda   esa   Lissabonga   qaytib   kelgan.   1517-yilda   esa
sayyoh   Ispaniyaga   kelib,   qirol   Karl   (V)   ning   xizmatiga   kirdi.   1493-yilda   qabul
qilingan Tordesilyas shartnomasiga muvofiq, 1494-yilda o`rnatilgan demarkatsiya
chizig`idan   g`arbda   ochiladigan   yerlar,   ya’ni   Yashil   Burun   orollaridan   1770   km
uzoqdikdagi   meridiandan   g`arbdagi   yerlar   Ispaniyaga,   Sharqdagilari   esa
Portugaliyaga   tegishli   bo`lishi   kerak   edi.   O`sha   vaqtlarda   Yerning   hajmi   haqida
aniq   ma’lumotlar   yetarli   bo`lmay,   uzoqlikni   aniq   o`lchay   oladigan   olimlar   juda kam   topilardi.   Shuning   uchun   ko`pchilik   kartograflar   Janubi-Sharqiy   Osiyodagi
Molukk orollarini (Spice Islands) Ispaniyaga tegishli, deb hisoblashgan.
1520-yilning   28-noyabrida   «Trinidad»,   «Konsepson»   va   «Viktoriya»
kemalari   bo`g`izni   suzib   o`tib,   Janubiy   dengiz   hududiga   kirib   borishgan.
Ekspeditsiya kemalarining bu hududni nisbatan tinch suzib o`tgani bois Magellan
bu  yerlarni   Tinch  okean,   deb   ataydi.  Chuchuk   suv   va   oziq-ovqat   zaxiralari   tugab
borayotgan   bir   sharoitda,   1520-yilning   18-dekabriga   qadar   Magellan   kemalari
Chili   yaqinidagi   qirg`oq   bo`ylab   suzib,   keyinchalik   shimoli-Sharqqa   yo`l   olgan.
1521-yilning   24-yanvarida   ekspeditsiya   a’zolari   Tuamotu   arxipelagi   orqali   suzib,
6-martda   Tinch   okean   shimolidagi   Mariana   orollari   qirg`oqlariga   tushishgan.
Dengizchilar   99   kunlik   suzishdan   keyin   birinchi   marta   oyoqlari   ostida   yerni   his
etib, toza meva-sabzavot va oziq-ovqatdan bahramand bo`ldilar.
Magellan   Mariana   orollarida   uch   kun   turib,   1521-yilning   9-martida   janubi-
g`arb-g`arbga,   keyinchalik   Filippin,   deb   atalgan   orollarga   qarab   suzdi.   Mazkur
orollardagi ikki qabila boshliqlari mojarosiga aralashib qolgan sayyoh 1521-yil 21-
aprelda Lapu-Lapu qabilasi sardori tomonidan o`ldirilgan.
Yer   shari   bo`ylab   aylanma   sayohatga   chiqqan   Magellan   ekspedisiyasining
beshta   kemasidan   faqatgina   bittasi   «Viktoriya»   1522-yilning   6-sentyabrida   bor-
yug`i   18   nafar   ekipaj   a’zosi   bilan   Ispaniyaning   Sevilya   shahriga   qaytib   kelgan.
Sayyohning   xotirasi   qator   geografik   ob’ektlarda   abadiylashtirilgan.   Jumladan,
Olovli   Yer   orolini   Janubiy   Amerikadan   ajratib   turuvchi   bo`g`iz,   atmosferadagi
bulutlar,   kosmik   apparat,   pingvinlarning   bir   turi   va   Marshall   orollari   yaqinidagi
Tinch okeanidagi suv osti tog`lari Magellan nomi bilan atalgan.
5.Arktika va Antarktikaning geografik o‘rganilishi (XIX-asr boshlari)
XVIII   asrning   ikkinchi   yarmida   bu   Janubiy   materikni   qidirib,ingliz
ekspeditsiyasi   yo‘lga   chiqqan.   Bu   ekspeditsiyaga   mashhur   ingliz   dengizchisi
Djeyms Kuk rahbarlik qilgan edi. D.Kuk janubiy qutb doirasini bir necha bor kesib
o‘tgan, lekin muzlardan o‘tib, janubiy quruqlikka bora olmadi. U janubda bo‘lishi mumkin   bo‘lgan   erlar   hech   qachon   tadqiq   qilinmaydi,   bu   o‘lkani   tabiat   mangu
sovuqqa maxkum etgan degan xulosaga kelgan. 
1819   yil   rus   ma’muriyati   Janubiy   qutbga   “Vostok”   va   “Mirniy”   kemalarida
ekspeditsiya   tashkil   qilgan.   Ekspeditsiyaga   umumiy   rahbar   qilib,
F.F.Bellinsgauzen,   ikkinchi   kemaga   M.P.Lazarevni   yordamchi   qilib   tayinlagan.
Ilmiy   vazifa   ularga   Dengiz   Minstrligi   tomonidan   topshirilgan   va   ularning   asosiy
vazifasi imkoniyat boricha Janubga tomon borishlari va qanday bo‘lsada, Janubiy
Qutbga kirib borib, Er sharini u qismi xaqida ko‘proq ma’lumot olishlari kerak edi.
Ekspeditsiya davomida ishlar olib borishlar ham Ministrlik tomonidan belgilangan.
1819   yil   16   iyul   kuni   “Vostok”   va   “Mirniy”   kemalarida   joylashgan
ekspeditsiya   a’zolari   Krnashtad,   Rio-de-Janeyro,   undan   Dj.Kuk   ochgan   Janubiy
Georgi   va   “Sandvich   Er”i   tomon   yo‘l   oldilar.   Tadqiqotchilar   Janubiy   Sandvich
eriga   borib,  hudud  haqida  ma’lumotlar  to‘pladi   va  u  erga  Janubiy   Sandvich  oroli
deb nom berdilar.
1910   yil   Amundsen   Norvegiyadan   chiqib,   Hind   okeanidagi   Kergelen   oroli
orqali (60 0
-80 0
sh.k.) Rossa dengizidan o‘tib, 1911 yil (14 yanvar) Korolev tog‘iga
etib   kelgan.   Bu   erda   sayyohlar   joylashib,   qutbga   borish   uchun   bir   necha   joyga
oziq-ovqat   bazasi   joylash   bilan   shug‘ullangan.   1911   yil   bahorda   sayyohlardan
beshtasi   Amundsen   boshchiligida   52   ta   itlar   qo‘shilgan   chanalar   bilan   qoplangan
Rossa tekisligidan o‘tib (17 dekabrda) janubiy qutbga (2700 metr balandlikda) etib
kelganlar.
1912 yil (18 yanvarda) Angliya sayyohi  Robert Skott janubiy qutbga kelib,
juda ko‘p geologik kolleksiya olib qaytgan. Ammo R.Skott otryadi qaytishda oziq-
ovqat qoldirgan palatkalariga   etolmay yo‘lda halok bo‘lganlar. 1912 yil (noyabr)
qutqarish   otryadi   Skott   otryadining   muzlab   qolgan   murdalari   va   ular   tomonidan
to‘plangan   qo‘l   yozmalar   va   geologik   kolleksiyalarni   topgan.   Amundsen   va
Angliyalik   sayyoh   Skottlar   boshlagan   tarixiy   geografik   tadqiqotlar   keyinchalik
amerikalik sayyoh Richard Berd (1928-1930, 1933-1936, 1939-1941yy), avstraliya
sayyohi Duglas Mouson (1929-1931 yy) lar tomonidan davom ettirilgan. 6 .Geografik bilimlarning rivojlanishida rus tabiatshunoslarining
tadqiqotlari
Ruslar juda ko’p geografik kashfiyotlar qilishdi. Ular boshqa har qanday xalq
kashf   qilganiga   qaraganda   ko’proq   territoriyani   kashf   qilishdi   deyilsa,   xato
bo’lmasa   kerak.   Rus   kishilarining   -   geografik   faoliyatini   insoniyatning   Erni
bilishdagi   umumiy   ishining   bir   qismi   deb,   jahon   fani   va   madaniyatini
rivojlantirishga qo’shilgan hissa deb qaramoq kerak.
Ermakning 1581 yildagi yurishi ruslarning sharqqa tomon uzoq, vaqt to’xtab
turgan   harakatiga   yo’l   ochdi.   1587   yilda   Sibirning   birinchi   gubernya   shahari
Tobolskka asos solindi. Rus xalqi orasidan XVII asrning atoqli sayyohlari etishib
chiqdi.   Ularning   mardligi   Vatan   foydasi   uchun,   kelajak   avlod   farovonligi   uchun
xizmat   qildi.   Sibir   xalqlari   bilan   bo’lgan   yaxshi   munosabatlar   sayohatlarning
muvaffaqiyatli   bo’lishiga   qulaylik   tug`dirdi.   1584-1598   yillar   oraligida   Luka
boshchiligidagi   «Arktikaga   birinchi   rus   geografik   ekspeditsiyasi»     amalga
oshirildi.
XVII   asr   oxirida   ruslarning   Shimoliy   Osiyoni   o’zlashtirishi   tugallandi.   1695
yilda Kamchatkada uning kashfiyotchisi va «egasi» Atlasov sayohat qildi.
Ruslarning   geografik   kashfiyotlari   Osiyo   bilan   chegaralanib   qolmay,   Bering
bo’g`ozidan   o’tib,   Shimoli-g`arbiy   Amerikaga   ham   yoyildi.   Rus   Amerikasi   San-
Fransiskogacha cho’zilgan edi. U erda ruslar ispanlar bilan uchrashishdi.
Ruslarning   geografik   kashfiyotlari   nihoyatda   tez   bordi.   Uraldan   oshib
o’tilgandan   Buyuk   okean   qirg`oqlariga   etib   borilguncha   bor-yo’g`i   57   yil   o’tdi.
qiyoslash   uchun   shuni   aytish   mumkinki,   ispanlar   Kolumb   kelib,   quruqlikka
tushgan   erdan   to   San-Frantsiskogacha,   ya'ni   ruslar   bilan   uchrashishgan   ergacha
300   yilda   borishdi,   vaholanki,   bu   territoriya   Shimoliy   Osiyoga   qaraganda   ko’p
martaba kichikdir.
Feodal   tarqoqlikning   tugatilishi   va   markazlashgan   davlatlarning   tashkil
topishi bilan geografik kartalarg`a zaruriyat tug`ildi. quruqlikni kartaga muntazam
ravishda   tushirib   borish   o’sha   vaqtdan   boshlandi.   Rossiyada   XVI   asr   oxirida «Bolshoy chertyoj»-Sovet Ittifoqining hozirgi Evropa qismi territoriyasining katta
qismini o’z ichiga olgan karta va «Bolshoy chertyoj» kitobi-eng muhim geografik
ob'ektlarning tasviri tuzilgan.
Buyuk   geografik   kashfiyotlar   kartografiyaning   rivojlanishiga   yanada   katta
turtki   bo’ldi.   XVI   asrda   G.   Merkator   karta   tuzishning   matematik   printsiplarini
ishlab chiqdi, bir qancha proektsiyalar taklif qildi va Yangi dunyoning ham, Eski
dunyoning ham ko’pdan-ko’p kartalarini tuzdi.
XVI   va   XVII   asrlarda   geografiyadan   ilmiy   umumlashtiruvchi   asarlar   –
S.Myunsterning   «Kosmografiya»si   (Germaniya,   1544),   «Bogdan   Likov
kosmografiyasi» (Merkator Atlasining tarjimaei, Rossiya, 1637) va B. Vareniyning
«Umumiy geografiya»si (Gollandiya, 1650) paydo bo’ladi.
XVIII   asrda   Yer   yuzasining   o’rganilishi   va   geografik   bilimlarining
rivojlanishi.   XVII   asrda   fanda   yangi   bir   yuksalish   bo’ldi.   Bu   yuksalishni
Uyg`onish   davri   bilan   tenglashtirish   mumkin.   Bu   yuksalishga   feodal
munosabatlarining   yanada   emirilishi   va   kapitalizmning   rivojlanishi   sabab   bo’ldi.
Fanlar akademiyalari tashkil etildi (Rossiyada 1724 yilda). I Nyuton butun dunyo
tortishish   ta'limoti   asosida   planetalarning   harakati   nazariyasini   ishlab   chiqdi.   I.
Kant,   so’ngra   P.   Laplas   kosmogonik   gipotezalarni   yaratib,   fanga   rivojlanish
g`oyasini kiritishdi. Ko’pchilik davlatlarda meteorologik stantsiyalar tashkil etildi.
Xronometrning   takomillashtirilishi   joylarning   geografik   uzunligini   aniqlashga
imkon berdi. Kartografiya taraqqiy etdi, kartografik proektsiyalar ilmiy nazariyasi
rivojlandi, relefni tasvirlash usullari takomillashdi. Geologiyaga asos solindi: P. S.
Pallas   (Rossiya)   geologik   qatlamlarning   yoshi   haqidagi   ta'limotga   asos   soldi.   G.
Leybnits   tog`lar   vulkanlar   otilishidan   hosil   bolgan   degan   gipotezani   yaratdi,   M.
Lomonosov «Yer qatlamlari haqida»   kitobini yozdi. XVIII asr oxirida geograf A.
Gumboldt faoliyati  boshlandi.
XVIII   asrning   Yer   yuzasini   o’rganish   sohasidagi   xususiyati   yirik   dengiz
ekspeditsiyalarining uyushtirilishi bo’ldi. Atlantika okeani har holda ozmi-ko’pmi
o’rganilgan   deb   hisoblansa   ham,   lekin   Tinch   okeanda   hali   ko’p   narsani   tadqiq
qilish lozim edi. Ko’pdan-ko’p dengiz ekspeditsiyalari ichida 1725-1741 yillardagi V.Bering   va   A.   Chirikov   boshchiligidagi   rus   ekspeditsiyasi,   J.Laperuz
boshchiligida 1785— 1788 yillarda ish olib borgan frantsuz ekspeditsiyasi va 1768
—1779   yillarda   J.   Kuk   boshchiligidagi   uch   marta   dunyo   aylana   suzgan   ingliz
ekspeditsiyasi   eng   katta   ahamiyatga   egadir.   Kuk   Avstraliyaning   sharqiy
qirg`og`ini,   Yangi   Zelandiyani,   Yangi   Kaledoniyani,   Gavayi   orollarini,   Janubiy
Georgiyani,   Janubiy   Sandvich   orollarini,   Jamiyat,   Kuk   orollarini   topdi.   Kuk
Antarktikada suzib, materikni ko’ra olmagan. Tadqiqotlardan maqsad erlarii bosib
olish ekanligi Afrikaga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda yanada yaqqol ko’rindi.
8.Ingliz va golland sayyohlarining geografik kashfiyotlari
XVI—XVIII   asrlarda   g`arbiy   Evropada   kapitalistik       munosabatlarning
rivojlanishi   bilan   mustamlakalarni   bosib   olish   harakatida   Ispaniya   va   Portugaliya
bilan   bir       qatorda   Angliya   va         Niderlandiya   ham   ishtirok   eta   boshlashadi.   Bu
mamlakatlar   ham   hindiston         bilan   Xitoyga   intilishdi.   Janubiy         yo’llar   bu
davlatlar uchun       berk bo’lganligidan ular  boshqa yo’nalishda kashfiyot qilishdi.
Ingliz  savdogarlari  Kolumb  kashfiyotlari   haqida        eshitishlari         bilan    1497  yil-
dayoq ota  va    o’g`il Kabotlarning  ikkita    ekspeditsiyasini    tashkil etishdi. Bu
ekspeditsiyalar   Bristoldan   chiqib,   g`arbga   qarab   jo’nadi,   ular   Nyufaundlend   va
Labrador   geografik   kengliklarida   Shimoliy   Amerikaga   etib   borishdi.   Bu   e rdan
Xitoyning   «utilgan   boyliklarini   topolmagan   inglizlar   Kabotlar   kashfiyotlariga
ahamiyat     b e rishmadi. Shu bilan birga bu ekspeditsiyalarning muvaffaqiyatsizligi
Angliyani   Xitoyga   boradigan   yangi   yo’llar   qidirishga   majbur   etdi.   qidiruvlar
yo’nalishini   ruslar     ko’rsatib   berishdi.   Ingliz   dengizchilari   sharqiy   yo’lni   qidirish
bilan bir vaqtda shimoli-g`arbiy yo’l orqali Amerikani shimoldan aylanib Xitoyga
borishga ham harakat qilishdi.
Hindistonga   boradigan   shimoli-g`arbiy   yo’lni   qidirishni   Kabotlardan   keyin
birinchi   bo’lib   Martin   Frobisher   qayta   boshlab   berdi.   1576—1578   yillarda   uch
marta   ekspeditsiya   uyushtirib,   muvaffaqiyat   sozonolmadi.   1585—1587   yillarda
ingliz Devis ham  uchta ekspeditsiya uyushtirdi. Angliya va Gollandiya xizmatida
bo’lgan   Gudzonning   1607—   1610   yillardagi   suzishlari   anchagina   geografik natijalar   berdi.   Bu   tadqiqotchilarning   nomlari   geografik   kartalarda   qayd   qilingan.
Biroq bular shimoli-g`arbiy yo’lni ocha olmadilar.
Bu   vaqtda   Amerikaning   ichki   o’lkalarini   —   frantsuzlar   Kanadani,   inglizlar
AQSh territoriyasini kashf etishi va mustamlaka qilishi boshlandi.
1588   yilda   Angliya   bilan   Gollandiya   Ispaniya-Portugaliya   birlashgan   flotini
(«Engilmas   Armadani»)   tor-mor   qilganlaridan   keyin   janubiy   dengizlarda   jadal
ekspeditsiya   va   Janubiy   Osiyo,   Avstraliya   hamda   Okeaniya   mamlakatlarini
zo’ravonlik bilan mustamlaka qilish boshlandi.
Jeyms   Kuk   1728-yilning   27-oktyabrida   Buyuk   Britaniyaning   Janubiy
Yorkshir grafligidagi Marton qishlogida tug`ilgan. 1736-yilda Kuklar oilasi Greyt
Ayton qishlogiga kuchib o`tib, Jeyms shu yerdagi maktabda ta’lim oldi. 18 yoshga
tulganda,   ya’ni   1746-yilda   ko`mir   tashiydigan   «Frilav»   savdo   kemasiga   yunga
bo`lib   ishga   yo`llangach,   bo`lajak   sayyohning   dengizdagi   hayoti   boshlangan.
Keyinchalik   Kuk   kema   kapitani   yordamchisi   sifatida   Gollandiya,   Norvegiya   va
Boltiq dengizi bandargohdariga sayohat qildi.
1755-yilda   savdo   kemasining   xo`jayini   Kukka   «Frendship»,   deb   nomlangan
alohida kemaga qumondonlik qilishni  taklif qilsa-da, sayyoh rad javobini  bergan.
Shu   yilning   iyun   oyida   Britaniya   Qirollik   harbiy-dengiz   flotiga   oddiy   dengizchi
bo`lib   xizmatga   kirgan   va   bu   borada   tuzukkina   tajribasi   borligi   sababli   bir   oy
o`tgach,   botsman   etib   tayinlandi.   1762-1767-yillarda   kema   qumondoni   sifatida
Nyufaundlend   oroli   qirgoqlarini   va   uning   ichki   qismlarini   tadqiq   qilgan.
Shuningdek, Sant-Lavrentiy va Gonduras qo`ltiqlari xaritalarini tuzdi.
Jeyms   Kuk   Yer   shari   bo`ylab   amalga   oshirilgan   uchta   aylanma   sayohatga
boshchilik   qilgan.   Jumladan,   1768-1771-yillarda   «Indevor»   kemasida   Tinch
okeaniga   amalga   oshirilgan   birinchi   ekspeditsiya   Janubiy   materikni   topish   va
Avstraliya   qirgoqlarini,   ayniqsa,   uning   hali   o`rganilmagan   sharqiy   qismini   tadqiq
etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygandi. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR DAVRI Reja: 1. Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanish sabablari va dengiz yo‘llarining ochilishi 2. Xristofor Kolumb sayohati va Amerikaning kashf etilishi 3. Vasko da Gamaning sayohati va Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi 4.Fernando Magellan sayohati: Erning sharsimonligi va Dunyo okeanining bir butunligi 5.Rus sayyohlarining geografik kashfiyotlari 6. Ingliz va golland sayyohlarining geografik kashfiyotlari

1. Buyuk geografik kashfiyotlarning tabiiy geografik tasavvurlarning kengayishi va chuqurlashishidagi ahamiyati Buyuk g e ografik kashfiyotlar uchta asosiy yo‘nalishda bordi: 1) Afrikani aylanib o‘tuvchi janubiy yo‘nalish, 2) Atlantika ok e ani orqali o‘tgan g‘arbiy yo‘nalish, 3) E vrosiyoning qutbiy ch e kkalarini aylanib o‘tuvchi shimoliy yo‘nalish. Buyuk g e ografik kashfiyotlarni Portugaliya boshlab b e rdi. Portugallarning Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlari bo‘ylab suzishi hara-katlantiruvchi kuchi xarakteriga ko‘pa bir-biridan farq qiluvchi bir necha bosqich bo‘yicha bordi. Birinchi bosqich (1415—1434) mavrlarga qarshi kurash bilan bog‘langan. Bu vaqtda Mad e yra oroli, Azor orollari topildi va Nun burnidan o‘tildi. Ikkinchi bosqichda (1434—1487) harakatlantiruvchi kuch qul savdosi d a oltin undirish bo‘ldi. Uchinchi bosqichda (1487—1498) YAxshi Umid burni kashf etilgandan k e yin portugaliyaliklar Hind ok e ani b e rk havzadir, d e gan tasavvurning noto‘g‘ri ekanligini tushunishdi. Ularda Hindistonga borish umidi paydo bo‘ldi. 1497—1498 yillarda Vasko da Gama o‘z ekspeditsiyasini Zanzibardan Hindistongacha boshlab borgan arab darg‘asi (losmani) Ibn-Majid yordamida Hindistonga borish umidini ro‘yobga chiqardi. 1500 yilda Kabral qo‘mondonligida Hindistonga yuborilgan ikkinchi portugal ekspeditsiyasi Braziliya qirg‘oqlariga etib bordi. Braziliya dastlab orol d e b hisoblanib, unga V e ra Kruts d e b nom b e rilgan e di. Gama va Kabral e ksp e ditsiyalaridan k e yin Janubiy Osiyo va Braziliyada Portugaliya e ksp edit siyasi boshlandi. 2. Xristofor Kolumb va Amerigo Vespuchchi sayohati hamda Amerikaning kashf etilishi E vropadan g‘arbga tomon Atlantika ok e ani orqali SHarqiy Osiyoga borish yo‘lidagi barcha g e ografik kashfiyotlar ichida e ng buyuk kashfiyot K olumbning Am e rikani kashf e tishi bo‘ldi. Bu kashfiyot yuqorida ko‘pganimizdek, normanlar kashfiyotidan keyingi ikkinchi kashfiyot edi. YAngierlarni ochish g‘oyasiga

Pifagor va Aristotelning Erning sharsimonligi haqidagi ta’limotida, Ptolomeyning Evrosiyo sharqqa cho‘zilgan, degan fikrida va Beruniy asarlarida, shuningdek, Marko Poloning Xitoy geografiyasi to‘g‘risidagi ta’limotida asos solingan. Xristofor Kolumb tarixiy qahramonlik qildi — materik kashf etdi. 1492 yil 3 avgustda uning 90 kishi va uchta kemadan iborat floti Ispaniyadan chiqib, o‘sha yili oktyabrning 11 kunidan 12 kuniga o‘tar kechasi Bagama orollaridan biri yaqiniga etib keldi. So‘ngra Kuba, Gaiti va boshqa orollar topildi. Bularni Osiyoning sharqidagi orollar d e b o‘ylashgan. Kolumb bundan keyingi hamma ekspeditsiyasida (hammasi bo‘lib to‘rtta ekspeditsiya bo‘lgan) bu topilgan orollarni janub tomondan aylanib o‘tib, haqiqiy boy Hindistonga chiqishga intilgan. U oxirgi ekspeditsiyasida (1502—1504) Amerika materigiga etib keldi. Kolumbning ketidan u kashf qilgan erlarga ispan bosqinchilari konkistadorlar tezlik bilan kela boshladilar. «Ispanlarni Atlantika okeani orqali Amerikaga niqtagan sehrli so‘z oltin edi; oq tanli odamning yangi topilgan qirg‘oqqa qadam qo‘yishi bilan qiladigan birinchi talabi oltin bo‘lgan. Mustamlakachilar atsteklar, mayya va yanklarning yuqori madaniyatli davlatlarini yakson qildilar, indeetslarni (mahalliy aholini) deyarli butunlay qirib tashladilar. 1513 yilda Balboa Panama bo‘ynini k e sib o‘tdi, 1519—1521 yillarda Kort e s M e ksikani bosib oldi. 1531— 1534 yillarda esa Pizarro And tog‘laridagi inklar davlatini bo‘ysundirdi. Amerikaning kashf etilishi deganda, tabiiyki, ko`z oldimizga beixtiyor buyuk sayyoh Xristofor Kolumb keladi, albatta. Ammo X.Kolumb Yevropadan G`arbda kashf etgan yerlarni Hindiston deb o`ylab, ularni biror bir asarida «Yangi dunyo» deb atamagan. Ammo bu vazifani X.Kolumbning zamondoshi, florensiyalik sayyoh Amerigo Vespuchchi amalga oshirgan va yangi dunyo uning nomi bilan «Amerika», deb atalgan. Amerigo Vespuchchi 1454-yilning 9-martida Italiyaning F lo rensiya shahrida notarius oilasida dunyoga kelgan. Yoshligidanoq turli fanlardan yaxshi xabardor bo`lgan olim amakisi Jorjio Antonio Vespuchchi qo`lida tarbiya olib, lotin tili, fizika, matematika, astronomiya va geografiya fanlarini chuqur o`zlashtirdi. 1478- 1480-yillarda Florensiyaning Parijdagi elchisi bo`lgan boshqa amakisi Gvido

Antonio Vespuchchi bilan birga elchixonada ham faoliyat olib borgan. Fransiyaga turli mamlakatlardan kelgan elchilar bilan muloqotlar yosh Amerigoda uzoq o`lkalarga sayohat qilish orzusini o`ygotgan. 1483-yilda A.Vespuchchi savdogar sifatida Ispaniyaning Sevilya shahrida joylashgan florensiyalik J.Berardining savdo uyiga xizmatga kirdi. Ushbu savdo uyi X.Kolumbning 1493-yilgi ikkinchi ekspeditsiyasini mablag` bilan ta’minlaganini hisobga olsak, A.Vespuchchi X. Kolumb bilan shu vaqtdan buyon tanish bo`lgan, deyish mumkin. A.Vespuchchi Markaybo qo`ltig`ini o`rganayotib, suvda, yogoch ustunlar ustiga ko`rilgan qishloqlarni uchratdi va bu joyni Kichik Venetsiya, ya’ni Venesuela deb atadi. Shundan so`ng sayyoh, Pariya burnidan 200 mil g`arbga suzib, Vest-Indiya orollariga kirib, 1500-yilda Kadisga qaytdi. 1500-yilning oxirida Portugaliya qiroli Manuel I taklifiga binoan ushbu davlatga yo`l oldi va ushbu mamlakat kemalarida Lissabon qirg`oqlaridan yangi dunyoga yana ikki bor uyushtirilgan sayohatlarda ishtirok etdi. Ushbu sayohatlarning birinchisi, 1501-yil maydan 1502-yil sentyabrgacha, ikkinchisi esa, 1503-yil maydan 1504-yil iyungacha davom etgan. A.Vespuchchi o`z sayohatlarida ekspeditsiya boshlig`i bo`lib emas, balki ko`proq kosmograf, kartograf va kema boshqaruvchisi sifatida ishtirok etgan. Faqatgina, Braziliya qirg`oqlarining katta qismi o`rganilgan ikkinchi ekspeditsiya vaqtida u kichikrok kemaga qumondonlik qilgan. X.Kolumb tomonidan dengiz ishlari buyicha Portugaliya qiroli Manuel I ning eng ashaddiy raqibi hisoblangan ispan qiroli Ferdinand II ga A.Vespuchchi tavsiya etilgach, 1505-yilda yana Ispaniya qirolligining dengiz xizmatiga qaytgan. 1508- yil martda esa Hindistonga tashkil etiladigan sayohatlarda bosh kema boshqaruvchisi etib tayinlandi. A.Vespuchchi 1512-yilning 22-fevralida 58 yoshida Sevilyada vafot etgan. 3.Vasko da Gamaning sayohati va Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi Vasko da Gama 1469-yilda Portugaliyaning Sinish shahrida tug`ilgan va Evore shahrida ta’lim olib, boshqa fanlarga qaraganda ko`proq dengiz navigatsiyasi, kartografiya va geografiyani chuqur o`rgandi. XV asrda Portugaliya

mustamlakasi bo`lgan Afrikaning Gvi neya qo`ltig`i atroflarida portugal floti tarkibida xizmat qilgan. XV asrning 90-yillariga kelib, Afrikani dengiz bo`ylab aylanib suzib o`tish mumkinligi va Sharqiy Afrikadagi hududlarning suv yo`llari orqali Hindiston bilan savdo aloqalari olib borishi ma’lum bo`ldi. Shuning uchun 1497-yilda Portugaliya qiroli Manuel I Vasko da Gamaga Afrikani aylanib o`tib, Hindistonga dengiz sayohati uyushtirish va yo`lni xaritaga tushirishga farmon bergan. 1497-yilning 8- iyulida sayyoh 168 kishilik ekipajdan iborat to`rtta kemada Hindiston sayohatiga yo`l oldi. Xuddi Kolumbniki kabi Vasko da Gama ekspeditsiyasi ham dastlab, Lissabondan g`arbga yo`l olgan, ammo keyin Sharqqa burilgan. Atlantika okeanida yoysimon yo`nalishda suzib, 1497-yil 20-noyabrda Afrikaning eng janubiy nuqtasidan o`tdilar. Afrikani aylanib o`tish joyining topilgani ekspeditsiya a’zolarida Hindistonga borish yo`lini topishga bo`lgan umidni kuchaytirgan, albatta. Dengiz sayyohlari Afrikaning eng janubiy nuqtasi bo`lgan burunni «Yaxshi umid» nomi bilan atadilar. Vasko da Gama 1497-yil dekabrda hozirgi Janubiy Afrika Respublikasining Sharqiy qirg`oqlarini kashf qildi. 1498-yilning yanvar oyida Zambezi daryosining quyilish joyidan o`tib, Sharqiy qirg`oqlar bo`ylab shimoli-sharqqa suzishda davom etdi va o`sha yilning mart oyida Mozambikka yetib bordi. Malindi shahrida arab yo`l ko`rsatuvchisini yo`llagan sayyoh uning yordamida 1498-yil 20-mayda Hindistonning janubi-g`arbiy qirg`oqlaridagi yirik savdo markazi hisoblangan Kalikut (hozirgi Kojikode) shahriga yetib keldi. Kalikut rojasi tomonidan yaxshi ko`tib olingan Vasko da Gama, Hindistonda bir muddat turib, 1498-yil oktyabrda yana Portugaliya tomon yo`lga chiqdi. Ammo 1499-yilning sentyabridagina Lissabonga yetib oldi. Ekspeditsiya davomida turli xavf-xatarlar, fojiali holatlar sababli safarga chiqqan 168 dengizchidan faqat 55 kishigina eson-omon Portugaliyaga qaytishga muvaffaq bo`lgan. Ammo anchayin katta qurbonlar berib bo`lsa-da, Vasko da Gamaning Portugaliya qiroli topshirigiga ko`ra, Yevropadan Hindistongacha bo`lgan dengiz yo`lini kashf etishga erishganini ta’kidlash joiz.