Dasturiy injinering fanidan “Airaport” loyihasini loyihalashtirish va ishlab chiqish mavzusida kurs ishi 36 v
Dasturiy injinering fanidan “Airaport” loyihasini loyihalashtirish va ishlab chiqish mavzusida KURS ISHI 1
MUNDARIJA I . Kirish 1.1.Loyihashtirish haqida……………………………………3 II. NAZARIY QISM 2.1.Malumotlar bazasi tushunchasi…………………………………….…….…..6 2.2. “AIRAPORT” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish ………………...................................................….…….11 III. AMALIY QISM 3.1. Jadvallarning o`zaro bog`lanishi ………………...............……..………13 3.2. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va jadvallarga ma’lumotlar kiritish ………………………………………………………………..….…14 3.3. SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish..….15 3.4 Dastur kodlari………………………………………………......16 Xulosa…………………………………………………………………………..……………….18 Foydalanilgan adabiyotlar………………….………………..…………………………19 Kirish 2
1.1.Loyihashtirish va ishlab chiqish haqida Loyixalash lug’atda rеja asosida biror bir ko’rinishga kеltirish dеb aniqlangan. Dasturiy maxsulotni loyixalash komplеks tuzilishini ishlab chiqarish uning komponеntalarini aniqlash, ayrim modullarni dasturlash va xamma modullarni sinashdan tashkil topgan. Dasturlash ichki loyixalash bosqichida maxsulotni tashkil qiluvchi modullar, prodtsеduralar aniqlangan bo’lishi shart. Bu bosqichda modullarni birlashtirish, xosil qilingan loyixani kodlash, dasturni sozlash va tеstlash. Barcha modullarni dasturlangandan kеyin va zarur bulgan xujjatlar bilan ta'minlagandan so’ng bu bosqich tugallanadi. Tajriba ishining mahsulotga to’la kompleksini aniqlash ishlab chiqarishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Sifatsiz qo’yilgan talablar noto’g’ri shakllangan masalani to’g’ri yechadigan dasturni yaratilishiga olib keladi, bunday dasturiy mahsulot esa buyurtmachining haqqoniy talablariga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun dasturiy mahsulotga talablar qo’yilayotganda imkon qadar maksimal ravishda batartiblik va aniqlilik talab qilinadi, so’ng bu talablarni ishlab chiqilayotgan loyihada minimal sondagi xatolarga olib kelishi uchun imkon berishi mumkin. Talablar oddiy tilda berilib juda aniq ifodalanish zarur, chunki dasturiy mahsulotni ishlab chiqarishda shu talablar asosi “qonun” bo’lib qoladi. Talablar hujjat ko’rinishida rasmiylashtirilib, dasturiy mahsulot chiqarilayotganda unda bo’ladigan va bo’lmaydigan narsalar yozma ravishda bayon qilinadi. O’quv yurtlarida bu hujjat “masalaning qo’yilishi”, korxonalarda esa “texnik topshiriq” deyiladi. Dasturni funksional xarakteristikalarini ro’yhatini tuzish 3
oddiy tilda yozilib foydalanuvchiga va dasturchiga tushunarli terminlarda yoziladi va quyidagi bo’limlarga ega: 1. Kirish. Dasturiy mahsulotning umumiy vazifalari aniqlanadi. 2. Ishni boshlash (tamomlash) vaqti. Dasturiy mahsulotning ishlab chiqarishning oyi va yili ko’rsatilsin. 3. Ishlab chiqarishda asos (dalil). Dasturiy mahsulot foydalanuvchi buyurtmasi, o’quv yurti topshirig’i, biror-bir tashkilot bilan o’quv yurti orasida tuzilgan shartnomasi asosida ishlab chiqarilishi mumkin. 4. Foydalanuvchi Dasturiy mahsulotning foydalanuvchisi ko’rsatiladi va dasturiy mahsulotning zarurligi ko’rsatiladi. 5. Yaratilayotgan obyektning qisqacha ta’rifi. Yaratilayotgan obyektda, hozirgi ayni vaqtda hali ishlab chiqilmagan dastursiz qo’yilgan masala qanday yechilayotganini va dastur yaratilgandan so’ng qo’l mehnatining qancha qismi dasturga almashtirilishi ta’riflanadi. 6. Ishlab chiqarishning maqsadi va vazifasi. Dasturiy mahsulotning maqsadi va vazifalari aniqlanadi. 7. Asosiy shartlar. 4
Foydalanuvchining dasturiy mahsulotga asosiy shartlari ko’rsatiladi. Shu yerning o’zida foydalanuvchining nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda batafsil (to’la) ravishda dasturninng funksiyalarini sanab o’tish kerak. 8. Kirish ma’lumotlari. Berilgan dasturiy mahsulotning tarkibi va vazifalaridan kelib chiqqan holda hamma kirish ma’lumotlari sanab o’tiladi: ularning mumkin bo’lgan tashuvchilari va informatsiyani ko’rsatadigan vositalar, hisobotlar, fayllar, yozuvlar, ma’lumotlar maydoni, jadvallar va hokazo. 9. Chiqish ma’lumotlari. Chiqish ma’lumotlari kirish ma’lumotlari bandida ko’rsatilgan. 10. Dasturlash va apparat ta’minotiga talablar. Yaratilgan dastur boshqa dasturiy mahsulotlar bilan bog’liq holda ishlashi mumkin bo’lgan dasturlash va apparat ta’minotining joylashinishi (konfiguratsiyasi) tavsiflanadi.Davlat standartlari va xalqaro satndartlar ko’rsatiladi. 11. Tashkiliy cheklash. Masalan: mahsulot seriyasiga bog’liq. 12. Effektivligi. Vaqt va hajm xarakteristikalari, o’tkazish xususiyatlari, resurslardan foydalanish va shunga o’xshash bo’lgan ishlab chiqarishning maqsadlari. 13. Sanksiyalanmagan kirishdan axborot (ma’lumot)larning xavfsizligi. 5