Dasturiy injenering” fanidan “Dorixona ma’lumotlar bazasini loyihasini loyihalashtirish va ishlab chiqish” mavzusida kurs ishi 29v
“Dasturiy injenering” fanidan “Dorixona ma’lumotlar bazasini loyihasini loyihalashtirish va ishlab chiqish” mavzusida KURS ISHI 1
Mundarija: Kirish………………………………………………… ………3 I. Nazariy qism 1.1. Qtdasturlashmuhiti…………………… ……………………………. 6 1.2. SQL(StructuredQueryLanguage)haqida ……………………………9 1.3. MBBThaqidama’lumot ……………………………………………..…12 1.4. Masalaniqo’yilishi ………………….………….… …….. …… ………..20 II. Amaliy qism 2.1 Dorixona“ ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish………………………………….……………… ………. …..21 2.2 . SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va jadvallarga ma’lumotlarkiritish… ……………………… ………………………………23 2.3 Jadvallarning.o’zarobog’lanishi…………………………….………….25 Xulosa………………………………………………………………… … … 28 Foydalanilganadabiyotlar…………………………………………… … … 29 2
Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etildi. Farmonning O’zAda keltirilgan matniga ko’ra, vazirlik O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi negizida tashkil etilgan.Yangi vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:axborot texnologiyalari va kommunikastiyalar soxasida, “elektron xukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;aloqa va telekommunikastiyalar soxasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo’li bilan boshqarish, listenziyalash va nazorat qilish borasidagi funkstiyalarni amalga oshirish;Internet tarmog’ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash;raqobatdosh dasturiy maxsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini xamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashish;axborot xavfsizligini ta’minlash;zamonaviy kommunikastiya vositalari soxasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, tashkil qilish ;vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo’nalishlar bo’yicha xorijiy investistiyalarni jalb etish va boshqalar. “Gazeta.uz” ning qayd etishicha, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikastiya texnologiyalari davlat qo’mitasi 2012 yil 16 oktyabrida Aloqa va axborotlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan edi. O’zAAA esa, o’z navbatida, 2002 yili Pochta va telekommunikastiyalar agentligi negizida, ushbu agentlik esa 1997 yili Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan edi. Aloqa vazirligining o’zi 1992 yilda tashkil etilgan. Biz dasturchilar uchun bu qarorlar juda muhim qarorlardan biri bo’ldi. 2013- yildan 2020-yilgacha Elektron hukumat tizimiga o’tilish talab qilinmoqda. Shuning uchun axborot tizimlariga o’tilishga kata ahamiyat berilmoqda.Dunyo globallashib borgani sari axborot tehnalogiyalarga bo’lgan talab ortib bormoqda. O’zbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoriga kirib bormoqda.Bunda esa yoshlarni ongini saviyasini oshirish va zamon talablariga mos ravishda bo’ladi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni izchil davom ettirib kelinmoqda. avvalo, O‘zbekistonda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv sharoitida AKT sohasining keskin taraqqiy etib borishi kuzatilayotganligi, ilg‘or davlatlarning ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Darhaqiqat, hozirgi davrda AKT orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta'minlovchi 3
qudratli vositaga aylandi.Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. AKT sohasini jadal sur'atlar bilan taraqqiy ettirish O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo‘nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal sur'atlar bilan rivojlantirishda o‘ziga xos yetakchi tarmoq — «lokomotiv» rolini o‘ynaydi.Dasturiy vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda komputer va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma'lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asosini shakllantirish va takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni chiqarilgan .Bu qarorlar dorixonalar farmaseftik kampanyalarga juda ko’p qulayliklar yaratdi va dorixonalarning ko’payishiga olib keldi bundan tashqari dorilarning turlari ko’payib dorilar narxlarining tushishiga olib keldi dorixonalar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka va mazkur nizomga amal qiladi. Dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlashdan iborat. Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizatsiyasi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ta’minotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari); shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan retsept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini retseptsiz ravishda chakana realizatsiya qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlaydi; belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi;dorixonalarning vazifalari va funksiyalari Ijtimoiy dorixonalar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka va mazkur Nizomga amal qiladi. dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona 4
assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlashdan iborat. dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizatsiyasi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ta’minotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari); shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan retsept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini retseptsiz ravishda chakana realizatsiya qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlaydi; belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi; Loyixa haqida Dorixona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yaratishdan maqsad shuki insonlar ishini yengillashtirish va qulayliklarni yaratish uchun ishlab chiqaman ya’ni insonlarga dorixonalar va dorilar haqida malumotlarga ega bo’ladi shu bilan bir qatorda dorixonalar joylashgan manzillarni ham tpib borishlari osonlashtiradi . Bu ishlarni SQl ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda bajaraman. Bundan tashqari dasturda qidiruv tizimini ham qo’shganman, undan foydalanish uchun qidiruv bo’limiga izlanayotgan dorixona yoki dori nomini yozish va so’z yozilgandan so’ng quyida qidiruv tugmasini bosish kifoya. Men bu loyihani ishlashda SQl programmasidan foydalandim yani uning ichida jadvallar shakllantirdim va ma’lumotlarni joyladim jadvallar bir biriga bog’langan bo’lib ishni yanada osonlashtiradi masalam biror dorixona nomini yossak dorixona jadvali bilan bog’liq malumotlarni ham ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari QT dasturlash muhitida quyudagi tugmalardan foydalanaman. Bunda men Qlabelga matn tashkil qilganman. QRadioButtonda tanlash imkoni mavjudligi uchun undan dorixonalarni qidirish imkonini qo’shganman. QlineEditda so’rovlar qidiruv, yani izlanayotgan so’zni osonlik bilan qidirish imkonini qo’shganman. QTableView da jadval tashkil qilganman I. Na zariy qism 5