Dasturlash tillarining tavsiflanishi va sintaksisi tasvirlash metodlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA -MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INTELEKTUAL TIZIMLAR VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYASI YO ‘NALISHI 301 -guruh talabasi O ’murzaqov J avohi rning “Tizimli das tur las h ” fanidan Tekshirdi : __ _______________ SAMARQAND 2022 -2023
D asturlash tillarining tavsiflanishi va sintaksisi tasvirlash metodlari Reja: 1. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi 2. Mashinaga mo‘ljallangan va protseduraga mo‘ljallangan dasturlash tillari 3. Yuqori darajali dasturlash tillari 4. Interpretatorlar va kompilyatorlar
Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi. Bugungi kunda jamiyatning barcha sohasiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi tufayli turli sohalarni faoliyatini boshqarish uchun dasturiy mahsulotlarni yaratish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Bu muammoni zamonaviy dasturlash tillari yordamida bartaraf etish mumkin. Dasturlash jarayonida dasturchilar tomonidan ma’lum bir soha o‘rganilib, undagi mavjud muammolarni bartaraf etish va tizimlashtirish uchun turli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqiladi. Bu jarayonda qo‘yilgan masalalarni yechishda qo‘llash mumkin bo‘lgan xususiyatlar aniqlanadi. Ehtiyojga qarab bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanadi. So‘ngra o‘rganilayotgan sohaning har bir real obyektiga mos dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi. Ushbu vazifalarni bajarishda dasturchilar ma’lum bir dasturlash tili asosida dasturiy mahsulotlarni yaratadi. Dastur – bu berilgan algori tmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir. Algoritmlarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri kompyuterga kiritib yechib bo‘lmagani sababli, ular biror bir algoritmik til asosida qo‘yilgan masalani dastur laydi. Dasturlash – bu kodlar yordamida ma’lum bir dasturlash tilidan foydalanib, qo‘yilgan muammolarni bartaraf etish va turli faoliyatlarni avtomatlashtirish uchun kodlar asosida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish jarayonidir. Bular quyidagi bosqichla rda amalga oshiriladi: - qo‘yilgan masalani dasturlash mumkinligini tekshirish; - qo‘yilgan masalaning algoritmini tanlash yoki qayta ishlash; - buyruqlarni yozish; - dastur xatoliklarini tekshirish; - testdan o‘tkazish. Dasturlash tillari XX -asrda yaratilgan bo‘lib, dastlab Algol, Fortran, Beysik, Pascal kabi tillar yordamida turli matematik hisob ishlarini bajarishda foydalanilgan.
Yuqorida keltirilgan dasturlash tillarini takomillashtirish asosida C, C++, Delphi, Java, Scratch, Python kabi dasturlash tillari yaratildi. Ular asosida zamonaviy dasturiy mahsulotlar, sun’iy intellekt tizimlar, amaliy dasturlar, web ilovalar, operatsion tizimlarni yaratish va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishda foydalanib kelinmoqda. Shu o‘rinda, ayti sh mumkinki, dasturlashtirish sohasida barcha talablarga javob beruvchi yagona til mavjud emas. Bunday tillar har bir holat uchun foydalanuvchi xoxish istagi va talabiga qarab tanlanadi. Ta’kidlash lozimki, dastlabki dasturlashtirishga asoslangan mashinalar yaratilgandan beri, insoniyat sakkiz mingdan ortiq dasturlash tillarini ishlab chiqdi. Ularning soni yil sayin ortib bormoqda. Ba’zi tillar o‘zlarining ishlab chiqaruvchilarining oz soniga ma’lum, ayrimlaridan esa millionlab odamlar foydalanib k elmoqda. Professional dasturchilar o‘nlab yoki undan ko‘p turli xil dasturlash tillarini bilishlari mumkin. Demak, dasturlash tili kompyuter dasturlarini yozish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu kompyuterga ma’lum bir hisoblash jarayonini amalga oshirishga im kon beradigan, turli xil obyektlarni boshqarishni tashkil etadigan qoidalar to‘plamidir. Dasturlash tili tabiiy tillardan farq qiladi, chunki u kompyuterni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Aksariyat dasturlash tillari ma’lumotlar konstruksiyalarini aniqlash va hisoblash jarayonini boshqarish uchun maxsus konstruksiyalardan foydalanadi. Kompyuterda dasturlash – bu kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish hamda, qachon, qayerda o‘zgartirish qilish va ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish uchun kod yozish orqali amallarni bajarishdir. Mashinaga mo‘ljallangan va protseduraga mo‘ljallangan dasturlash tillari. Dasturlash tillarini protsedurali va protsedurali bo‘lmagan klassifikatsiyalarga ajratish mumkin. Protsedurali tillarda dastur bajarilishi lo zim bo‘lgan amallarni aniq ifodalaydi, natijalari bo‘lsa, ma’lum amallar ketma -ketligini ifodalashga asoslangan boshqa protseduralar yordamida beriladi.
Protsedurali bo‘lmagan dasturlashlar 20 -asrning 70 - yillarida paydo bo‘lgan. Protsedurali bo‘lmagan dasturlashga funksional va logik (mantiqiy) tillar kiradi. Funksional tillarda dastur qaysidir funksiyalarni hisoblashlarni ifodalaydi. Funksional tillarning asosiy elementlaridan biri -rekursiyadir. O‘zlashtirish va takrorlanish operatorlari kla ssik funksional tillarda mavjud emas. Dasturlash tillarini turli xil klassifikatsiyalariga qarab, quyi va yuqori darajali tillarga ajratish mumkin. Agar dasturlash tili inson tiliga yaqin bo‘lsa, u holda yuqori darajali til deyiladi, agar mashina buyruqlariga yaqin bo‘lsa - quyi darajali til hisoblanadi. Quyi darajadagi tillar to‘plamiga mashina va belgili kodga ega tillar kiradi. Bularga Avtokod, Assembler kabi dasturlash tillarini misol sifatida keltirish mumkin. Bu tillarning operatorlari mnemonik kodlarda yozilgan mashina kodlari bo‘lib, operand sifatida aniq manzildan foydalanilmay, balki simvolli nomlar ishlatiladi. Barcha quyi darajadagi tillar ma’lum bir kompyuter tipiga asoslangan, ya’ni mashinaga bog‘liq bo‘ladi. Protsessorlarning buyruqlari turlicha bo‘lganligi sababli, bunday tillar dan foydalanishda, har bir protsessor uchun, ularni alohida o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Shu bois yozilgan dasturlarni boshqa protsessorga o‘tkazib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuter va superkompyuterlar uchun asosan qurilmalarning drayverlari hamda operatsion tizimlarning tarkibiy qismlarini yozish uchun quyi darajadagi tillardan foydalanilmoqda. Bunday tillarga assambler va ma’lum darajada C tillarini misol sifatida keltirish mumkin