logo

WEB BRAUZERLAR VA HTML TILI ASOSLARI. PHP SERVER TOMON WEB DASTURLASH TILI VA UNING SINTAKSISI PHP VA UNING IMKONIYATLARI. PHP SINTAKSISI VA UNI HTML TARKIBIDA QO’LLASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.6689453125 KB
WEB   BRAUZERLAR VA  HTML TILI ASOSLARI. PHP SERVER
TOMON WEB DASTURLASH TILI VA UNING SINTAKSISI PHP VA
UNING IMKONIYATLARI. PHP SINTAKSISI VA UNI HTML
TARKIBIDA QO’LLASH .
Reja:
1. Web brauzerlar 
2. Netscape Comunicator 
3. Internet Explorer
4. WWW ga kirish
5. HTML asoslari 1. Web brauzerlar
HTML   da   yozilgan   Web   sahifa   odatda   brauzer   deb   nomlanuvchi
maxsus   dastur   yordamida   quriladi.   Bu   so’zning   o’zbekchaga   to’g’ridan   –
to’g’ri   tarjimasi   «sharxlovchi   dastur»   manosini   beradi.   Brauzerning   asosiy
vazifasi   foydalanuvchi   talabiga   muvofiq   manzilni   internetdan   topish   va
qiyinchiliksiz   uni   tasvirlashdir.   Oldiniga   brauzer   HTML   tilida   yozilgan
«instruksiyani»   tahlil   qiladi   va   bu   instruksiya   yordamida   Web   sahifada
mavjud bo’lgan axborotni tasvirlaydi.
Hozirgi kunda eng ko’p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo’lib
Web   sahifa   tayorlovchilar   bu   brauzerlarning   xususiyatlarini   e’tiborga
olishlari kerak. Bular “ Netscape Navigator ” va “ Microsoft Internet Explorer ”
(IE)   brauzerlaridir.   Aslida   brauzerlar   juda   ko’p,   lekin   ular   dunyoda
ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo’g’i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75%
ni   IE ,   24%   ni   esa   ” Netscape   Navigator   ”   egallaydi.   Demak   shunday   ekan
ko’pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so’z yuritiladi. 
Keling   endi   brauzerlar   tarixiga   nazar   tashlaylik.   1989-yilda
Shveysariyada   CERN   (The   European   Labaratoru   for   Practikle   physics)
olimlari   tomonidan   WWW   tizimiga   asos   solingandan   keyin   uning   axborot
manbalarini ochib k o’ rish muammosi paydo b o’ ldi.
Bu muammoni  h al  q iluvchi dastlabki dasturlardan biri bu  Lynx  tipidagi
satrli brauzerdir. Shunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo b o’ ldi. Vaqt
o’ tishi   bilan   brauzerlardan   faqat   matnlarni   emas,   balki   ovoz,   grafika   va
tasvirlarni   tasvirlash   ham   talab   qilindi.   Grafik   ma’lumotlarni   matnli
ma’lumotlar kabi k o’ rish masalasi birinchi b o’ lib  Mosaic  brauzeri tomonidan
amalga oshirilgan .
Mosaic   brauzeri   UNIX ,   PC   va   Macintosh   platformalarida   ishlashga
mo’ljallangan   bo’lib   bepul   brauzerdir.   Keyinchalik   Mosaic   va   Silicon Graphics   asoschilari  birlashib  hozirgi  kunda  yetakchi  brauzerlardan  bo’lgan
Netscape  brauzeriga asos soldilar .
.2.  Netscape  Communicator
Bu   brauzer   eng   mashxur   va   ko’p   ishlatiladigan   Web   brauzerlardan
biridir.   Netscape   kompaniyasi   foydalanuvchi   uchun   juda   sodda   va   qulay
bo’lgan   ushbu   dasturni   bepul   tarqatib   Internet   va   WWW   olamida   inqilob
qildi.   Yillar   davomida   bu   dastur   Internet   muhitida   aloqa   vositalarini   o’zida
to’liq   mujassam   qildi.   Bu   dasturga   elektron   pochta   va   yangiliklarni   o’qish
vositalari   qo’shildi.   Bularning   hammasi   birgalikda   Netscape   Communisator
deb nom oldi.
Agar   siz   ushbu   brauzerdan   foydalanmoqchi   bo’lsangiz   u   holda
http:/home.netscape.com   sahifaga   kirib   dasturni   kompyuteringgizga
o’rnatishinggiz   mumkin.   Netscape   ochiq   arxitekturaga   ega,   ya’ni   u   Java   va
JavaScript   tillarida   yozilgan   dasturlarni   tushinadi.   Netscape ning   yuqoridagi
imkoniyatlari va uning ixtiyoriy platformalar ( Windows, Macintosh, OS/2   va
UNIX   ning   barcha   versiyalari)   bilan   birga   ishlay   olishi   uning   mashhurligini
yanada oshiradi.
.3. Internet  Explorer
Netscape   ning   jiddiy   raqobatchisi   Microsoft   firmasining   Internet
Explorer  brauzeri hisoblanadi. Bu brauzer  Netscap ning yangi imkoniyatlarini
o’zida   mujassam   qilgan   va   o’zining   ilg’or   texnologiyasiga   ega   bo’lgan
brauzerdir.   Internet   Explorer   HTML   tilining   hamma   versiyalarini   tushinadi.
Internet   Explorer da  ishlash  Microsoft  ning boshqa mahsulotlari  bilan tanish
bo’lgan   foydalanuvchi   uchun   juda   qulaydir.   Uning   ishlash   tartibi   deyarli
Netscape niki   kabidir.   Bu   ikkala   brauzerlarning   har   biri   o’zining   maxsus
imkoniyatlariga   ega.   Shu   sababli   bu   ikkala   brauzerning   faqat   bittasi   yaxshi
desak biz xato qilamiz. Shuning uchun ham hozirda ikkala brauzer ham juda
keng miqyosda ishlatilib kelinmokda. 2.4. WWW ga kirish
Internetning   eng   ma’lum   va   keng   tarqalgan   qismi   bu   WWW   (World
Wide   Web)   deb   nomlanuvchi   to’rdir.   Bu   to’r   Web   saytlar   va   alohida   Web
sahifalardan   tashkil   topgan.   Web   sahifalar   esa   HTML   tili   yordamida
yaratiladi. 
HTML   tilidan   foydalanish   uchun   dasturchi   mutaxassis   bo’lish   shart
emas,   chunki   bu   til   juda   oddiy   va   har   kim   undan   foydalanishi   mumkin.
HTML   da   ishlash   uchun   oddiy   kompyuter   foydalanuvchisi   bo’lish   va
internetda   ishlash   bo’yicha   ozgina   malakasi   bo’lsa   yetarli.   HTML   tili
yordamida   har   kim   o’zining   shaxsiy   Web   sahifasini   yoki   butun   boshli   bir
Web   saytini   yaratish   orqali   o’zini   butun   dunyo   axborot   fazosida   his   qilishi
mumkin.   Albatta   faqat   HTML   ni   bilish   interaktiv   savdo   saytlarini   yaratish
uchun   yetarli   emas.   Bunday   jiddiy   maqsadlar   uchun   dasturlash   bo’yicha
yaxshi bilim va internetning  h ar xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi.  
Ammo HTML ning qulayligi shundaki bu sodda instrument orqali zarur
axborot   Web   saytlarini   yaratish   mumkin.   HTML   (jihozlari)   tarmoq
foydalanuvchilari   uchun   5-10%   ni   inobatga   olmaganda   hamma
imkoniyatlarga   ega.   Agarda   o’zingizning   saytingizda   biror   maxsus
texnologiyalarni qo’llash zururati tug’ilsa, u holda yana boshqa adabiyotlarni
o’rganish   lozim   bo’ladi.   Yangi   tarmoq   dasturini   o’rganishdan   oldin   esa
HTML ning imkoniyatlarini qo’llashni o’rganish lozim. Ushbu qo’llanmadan
biz bu imkoniyatlar haqida deyarli hamma narsani bilib olamiz.
HTML boshqa zamonaviy tarmoq dasturlari texnologiyalariga nisbatan
sodda   bo’lsada,   internet   –   butunjahon   to’ri   shu   til   (HTML)   yordamida
yaratilgan bir qancha xususiy va korparativ saytlarning majmuasidir.  Internet
texnologiyasi va shu bilan birga  HTML tili ham kompyuter industriyasining
rivojlanishiga b o’ lgan bir  yordam b o’ ldi.  Internet   -   bu   cheksiz   imkoniyatdir,   ammo   bu   imkoniyatlardan
foydalanish   uchun   saytlarni   yaratish   bilan   bog’liq   uslublarni   o’rganish
o’rinlidir. Yuqorida HTML tili butun jahon to’ri uchun asos va baza ekanini
aytib o’tgan edik.
5. HTML asoslari
Internet   –   sayyoramiz   mi q yosidagi   kompyuter   tarmoqlarining
birlashmasidir. Agar kosmik stansiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini
inobatga   olsak   internetning   sayyoramiz   sar h adlaridan   chiqqanini   ham
ko’rishimiz mumkin. 
Butun   dunyo   o’rgimchak   to’ri   WWW   (World   Wide   Web)   -   bu   ko’p
sonli   o’zaro   bir-biriga   bog’langan   hujjatlardir.   Web   sahifada   boshqa   Web
sahifalar   bilan   bog’lovchi   chekli   gipermurojaat   bo’ladi.   Gipermurojaat
mexanizmini bir necha so’z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web
sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi.
Gipermurojaat   butunjahon   o’rgimchak   to’ridan   hujjatning   URL   deb
nomlanuvchi   manzilini   qidirishda   ishlatiladi.   Biz   bilamizki   Web   sahifaning
asosiy   mohiyati   axborotni   tacvirlash   va   uni   har   bir   foydalanuvchi   uchun
ochib berishdir. Bunda bir qancha funksional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz
oldindan   Web   sahifani   ko’ruvchining   kompyuteri   qanday,   monitorining
imkoniyati qanday va ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini
bilmaymiz.   Biz   hattoki   foydalanuvchining   qanday   operasion   muhitda
ishlayotganini   ham   bilmaymiz.   Web   sahifa   esa   INTEL   mashinada   ham
Makentoshda   ham   bir   xil   ko’rinishda   bo’lishi   kerak.   Foydalanuvchi   o’z
operasion   muhitida   qanday   yozuv   shriftlar   o’rnatganligi   yoki   uning
videokartasi   qancha   rangni   ko’tara   olishi   ham   malum   emas.   Yuqoridagi
malumotlarning   yo’qligi   yoki   yetarli   emasligi   umumaxborot   almashish
tilining paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi. Gap   shundaki   1986   yili   xalqaro   standartlashtirish   tashkiloti   (ISO)
tomonidan qog’ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma
variantlarni  etiborga  olgan  SGML  (Standart  Generalired  Markup  Language)
tili   yaratildi.   Hamma   imkoniyatlarni   etiborga   olgan   kuchli   sistema   ishlab
chiqildi. 
Web   sahifa   uchun   bu   yaxshi   yo’l   deb   hisoblangan   edi.   Lekin   bu   til
qonun   qoidalari   izohi   yuzlab   sahifalarni   egalladi.   Bunday   til   asosida
yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko’p vaqt
ketgan bo’lardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum
bir   qismi   tanlab   olindi   va   HTML   (Hyper   Text   Markup   Language)   deb
nomlandi.   HTML   tilida   yozilgan   Web   sahifa   faylida   axborotning   qanday
tasvirlanishi haqidagi yo’l yo’riqlar ketma – ket joylashgan bo’ladi. Bu fayl
oddiy matnli fayl bo’lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o’qish qiyin. Grafik
rasmlarni   esa   umumman   ko’rib   bo’lmaydi   chunki   uning   o’rnida   brauzer
dasturga   biror   rasm   kerakligini   ko’rsatuvchi   TEG  turadi.   Agar   biz   o’z   Web
sahifamizni yaratmoqchi bo’lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak
bo’ladi.  Asosiy adabiyotlar
1. Matrosov S . Ch . i dr . HTML 4.0 v podlinnike. BHV-SPb, 2000. 672 s.
2. Uilton P. JAVASCRIPT. Osnovы. Simvol-plyus. 2002. 1056 s.
3. Kingli-Xyu  E., Kingli-Xyu  K. JAVASCRIPT  1.5:  Uchebnыy kurs.  Piter.
1-ye  izdaniye. 2002.
4. Tomson L., Velling L. Razrabotka Web-prilojeniy na PHP i MySQL. - K.:
"DiaSoft", 2001. - 672 s.
Qo’ shimcha adabiyotlar
1. Speynauer S., Kuersia V. Spravochnik Web-mastera. - K: "BHV", 1997. -
368 s.
2. Brandenbau.   JAVASCRIPT.   Sbornik   reseptov   dlya   professionalov.   SPb.
2001.
3. Ratshiller   T.,   Gerken   T.   PHP4:   razrabotka   Web-prilojeniy.   Piter,   2001.   -
384 s.
4. Yarger   R.,   Riz   Dj.,   King   T.   MySQL   i   mSQL.   Bazы   dannыx   dlya
nebolshix predpriyatiy i Interneta. - SPb: Simvol-Plyus, 2000 - 560 s.
5. Xilayer   S.,   Mizik   D.   Programmirovaniye   Active   Server   Pages.   -   M:
"Russkaya redaksiya", 1999. - 296 s.
6. Xolzner S. Perl: spesialnыy spravochnik. - SPb: "Piter". 2000. - 496 s.
7. Shvars R., Kristiansen T. Izuchayem Perl. - K: "BHV", 2000. - 320 s.

WEB BRAUZERLAR VA HTML TILI ASOSLARI. PHP SERVER TOMON WEB DASTURLASH TILI VA UNING SINTAKSISI PHP VA UNING IMKONIYATLARI. PHP SINTAKSISI VA UNI HTML TARKIBIDA QO’LLASH . Reja: 1. Web brauzerlar 2. Netscape Comunicator 3. Internet Explorer 4. WWW ga kirish 5. HTML asoslari

1. Web brauzerlar HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so’zning o’zbekchaga to’g’ridan – to’g’ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» manosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida Web sahifada mavjud bo’lgan axborotni tasvirlaydi. Hozirgi kunda eng ko’p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo’lib Web sahifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini e’tiborga olishlari kerak. Bular “ Netscape Navigator ” va “ Microsoft Internet Explorer ” (IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko’p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo’g’i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE , 24% ni esa ” Netscape Navigator ” egallaydi. Demak shunday ekan ko’pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so’z yuritiladi. Keling endi brauzerlar tarixiga nazar tashlaylik. 1989-yilda Shveysariyada CERN (The European Labaratoru for Practikle physics) olimlari tomonidan WWW tizimiga asos solingandan keyin uning axborot manbalarini ochib k o’ rish muammosi paydo b o’ ldi. Bu muammoni h al q iluvchi dastlabki dasturlardan biri bu Lynx tipidagi satrli brauzerdir. Shunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo b o’ ldi. Vaqt o’ tishi bilan brauzerlardan faqat matnlarni emas, balki ovoz, grafika va tasvirlarni tasvirlash ham talab qilindi. Grafik ma’lumotlarni matnli ma’lumotlar kabi k o’ rish masalasi birinchi b o’ lib Mosaic brauzeri tomonidan amalga oshirilgan . Mosaic brauzeri UNIX , PC va Macintosh platformalarida ishlashga mo’ljallangan bo’lib bepul brauzerdir. Keyinchalik Mosaic va Silicon

Graphics asoschilari birlashib hozirgi kunda yetakchi brauzerlardan bo’lgan Netscape brauzeriga asos soldilar . .2. Netscape Communicator Bu brauzer eng mashxur va ko’p ishlatiladigan Web brauzerlardan biridir. Netscape kompaniyasi foydalanuvchi uchun juda sodda va qulay bo’lgan ushbu dasturni bepul tarqatib Internet va WWW olamida inqilob qildi. Yillar davomida bu dastur Internet muhitida aloqa vositalarini o’zida to’liq mujassam qildi. Bu dasturga elektron pochta va yangiliklarni o’qish vositalari qo’shildi. Bularning hammasi birgalikda Netscape Communisator deb nom oldi. Agar siz ushbu brauzerdan foydalanmoqchi bo’lsangiz u holda http:/home.netscape.com sahifaga kirib dasturni kompyuteringgizga o’rnatishinggiz mumkin. Netscape ochiq arxitekturaga ega, ya’ni u Java va JavaScript tillarida yozilgan dasturlarni tushinadi. Netscape ning yuqoridagi imkoniyatlari va uning ixtiyoriy platformalar ( Windows, Macintosh, OS/2 va UNIX ning barcha versiyalari) bilan birga ishlay olishi uning mashhurligini yanada oshiradi. .3. Internet Explorer Netscape ning jiddiy raqobatchisi Microsoft firmasining Internet Explorer brauzeri hisoblanadi. Bu brauzer Netscap ning yangi imkoniyatlarini o’zida mujassam qilgan va o’zining ilg’or texnologiyasiga ega bo’lgan brauzerdir. Internet Explorer HTML tilining hamma versiyalarini tushinadi. Internet Explorer da ishlash Microsoft ning boshqa mahsulotlari bilan tanish bo’lgan foydalanuvchi uchun juda qulaydir. Uning ishlash tartibi deyarli Netscape niki kabidir. Bu ikkala brauzerlarning har biri o’zining maxsus imkoniyatlariga ega. Shu sababli bu ikkala brauzerning faqat bittasi yaxshi desak biz xato qilamiz. Shuning uchun ham hozirda ikkala brauzer ham juda keng miqyosda ishlatilib kelinmokda.

2.4. WWW ga kirish Internetning eng ma’lum va keng tarqalgan qismi bu WWW (World Wide Web) deb nomlanuvchi to’rdir. Bu to’r Web saytlar va alohida Web sahifalardan tashkil topgan. Web sahifalar esa HTML tili yordamida yaratiladi. HTML tilidan foydalanish uchun dasturchi mutaxassis bo’lish shart emas, chunki bu til juda oddiy va har kim undan foydalanishi mumkin. HTML da ishlash uchun oddiy kompyuter foydalanuvchisi bo’lish va internetda ishlash bo’yicha ozgina malakasi bo’lsa yetarli. HTML tili yordamida har kim o’zining shaxsiy Web sahifasini yoki butun boshli bir Web saytini yaratish orqali o’zini butun dunyo axborot fazosida his qilishi mumkin. Albatta faqat HTML ni bilish interaktiv savdo saytlarini yaratish uchun yetarli emas. Bunday jiddiy maqsadlar uchun dasturlash bo’yicha yaxshi bilim va internetning h ar xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi. Ammo HTML ning qulayligi shundaki bu sodda instrument orqali zarur axborot Web saytlarini yaratish mumkin. HTML (jihozlari) tarmoq foydalanuvchilari uchun 5-10% ni inobatga olmaganda hamma imkoniyatlarga ega. Agarda o’zingizning saytingizda biror maxsus texnologiyalarni qo’llash zururati tug’ilsa, u holda yana boshqa adabiyotlarni o’rganish lozim bo’ladi. Yangi tarmoq dasturini o’rganishdan oldin esa HTML ning imkoniyatlarini qo’llashni o’rganish lozim. Ushbu qo’llanmadan biz bu imkoniyatlar haqida deyarli hamma narsani bilib olamiz. HTML boshqa zamonaviy tarmoq dasturlari texnologiyalariga nisbatan sodda bo’lsada, internet – butunjahon to’ri shu til (HTML) yordamida yaratilgan bir qancha xususiy va korparativ saytlarning majmuasidir. Internet texnologiyasi va shu bilan birga HTML tili ham kompyuter industriyasining rivojlanishiga b o’ lgan bir yordam b o’ ldi.

Internet - bu cheksiz imkoniyatdir, ammo bu imkoniyatlardan foydalanish uchun saytlarni yaratish bilan bog’liq uslublarni o’rganish o’rinlidir. Yuqorida HTML tili butun jahon to’ri uchun asos va baza ekanini aytib o’tgan edik. 5. HTML asoslari Internet – sayyoramiz mi q yosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stansiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sar h adlaridan chiqqanini ham ko’rishimiz mumkin. Butun dunyo o’rgimchak to’ri WWW (World Wide Web) - bu ko’p sonli o’zaro bir-biriga bog’langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog’lovchi chekli gipermurojaat bo’ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so’z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi. Gipermurojaat butunjahon o’rgimchak to’ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funksional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko’ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operasion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Foydalanuvchi o’z operasion muhitida qanday yozuv shriftlar o’rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko’tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi malumotlarning yo’qligi yoki yetarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi.