Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari.
Mavzu: Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari. Reja. 1. Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari. 2. Interfaol Web sahifalarni yaratish texnologiyalari.
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmogidir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin.
Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan xilma- xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir. Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan "giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi. IP va URL adreslar tushunchasi Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko`plikka" usulda tashkil etilgan ob`ektlar bog`likligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter ko`plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish "tarmoq"(Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin. Bu holdagi informatsion bog`liqlik "to`r" (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, "Tarmoq" (Net) - haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to`r" (Web) - haqida so`z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o`zgarmas IP-adresga ega bo`ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo`lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega bo`ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ataladi. Tarmoqda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter IR-adresini bilgan holda, unga har xil ko`rinishdagi so`rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Bu so`rovlar o`sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma`lumotlar bazasi, yoki bo`lmasa undagi biror bir programmani ishlatishga, o`sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo`lishi mumkin va hokazo. Internet informatsion muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IR-adreslaridan boshqa o`zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu adres URL (Uniform Resource Locator) - adres deb ataladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma`lumot beruvchi elektron sahifa adresi: www.gov.uz. PHP: gipermatn protsessori
Php –vebserverda HTML-sahifalarini ma`lumotlar bazasi bilan birgalikda hosil qilish uchun yaratilgan dasturlash tili. Hozirgi vaqtda xosting provayderlarninig asosiy qismi tomonidan quvvatlanadi. LAMP-veb-saytlarni yaratish uchun standart to`plam (Linix,Apache,MySQL,PHP) tarkibiga kiradi. PHP nomi “PHP: Hypertext Preprocessor”so`zlarining qisqartmasidan iborat. Ilgari“ Personal home page tools”so`zlarining qisqartmasi hisoblanar edi. Dastlab PHP veb-sahifalarni yaratishda yengillik yaratish uchun Perl ga qo`shimcha sifatida yaratilgan. Tarmoqda dasturlash sohasida PHP-eng ommalashgan skrept tillardan biri hisoblanadi. PHP o`zining oddiyligi bajarilish tezligi,boy funksionalligi,dastur kodini PHP litsenziyasi asosida tarqatishga ko`ra ISP, Perl tillari bilan bir qatorda ommaviy hisoblanadi. PHP yadrosining mavjudligi va kengaytirish uchun ulanadigan modullar: ma`lumotlar bazasi soket dinamik grafika, kriptogirafik kutubxonalar PDF formatli hujjatlar bilan ishlash uchun mo`ljallangan qo`shimchalari bilan boshqalaridan farq qiladi. Shuningdek, har bir foydalanuvchi o`z kengaytmasini yaratib unga ulay olishi mumkin. Yuzdan ortiq kengaytirishlari mavjud bo`lib, standart to`plamga yaxshi sinovdan o`tgan bir necha o`ntasigina kiritilgan xolos. PHP interpretatori Web- serverga bu server uchun maxsus yozilgan modul orqali yoki SGI dastur ko`rinishida ulanadi. Bundan tashqari, PHP – Unix, GNU/Linux, Mikrosoft Windows, MacOS X va Amiga OS operatsoin sistemalarida administrativ masalalarini yechish uchun qo`llaniladi, Biroq, bu sohada u ommaviy hisoblanmaydi. Chunki bu sohada Perl, Python,VB Script dasturlari juda ham ommalashgan: Hozirgi vaqtda 20 mln dan ortiq veb-saytlar, ya`ni internetdagi domellarning 1/5 qismi PHP ishlaydi . 1994 yil Daniyalik dasturchi Rasmus Lerdorf HTML hujjatlarini shablonlarini qayta ishlovchi, saytga tashrif buyuruvchilarning sonini Internet sahifasiga chiqarishga imkon beradigan skriptlar to`plamini Perl/CGI ga yozadi.