logo

Web saytlar va ularning yaratish vositalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

500 KB
WEB SAYTLAR VA ULARNING YARATISH VOSITALARI
Reja:
1. Web sayt va uni tashkil etish texnalogiyasi.
2. Web sayt yaratish dasturiy ta’minotlari
3.Web sayt yaratish texnalogiyasi.
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1 1.Web sayt va uni tashkil etish texnalogiyasi.
Bugungi   kunda   Internetning   ommaviyligi   haqida   gapirish   o’rinsiz.   Internet
hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga
odatlandik.   Hozirda   ixtiyoriy   inson   Web-texnologiyalarning   inson   hayotining   talim,
kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar va ho.ka, bo’laklariga kirib borganligini tasavvur
eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. 
Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda.
Hamma   Internet   tarmog’idan   biror   turdagi   axborot   olishga   harakat   qiladi.   Shunday
vaqtlar   keladiki,   hujjatni   Internetda   chop   etish   malakasi   yozuv   mashinasidan
foydalanish   kabi   har   bir,   hatto   o’rta   ma’lumotga   ega   bo’lgan   insonning   qo’lidan
keladi. 
So'ngi   paytda   Internetni   shiddat   bilan   rivojlanishi   va   uning   foydalanuvcxilari
sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo'nalishda web sahifalar soni
ham   ortib   bormoqda.   Internet   orqali   savdo-sotiq   ishlarini   olib   borish   ,   masofadan
turib   universitetlarga   o'qishga   kirish   va   nufuzli   universitetlar   diplomini   olish   ham
mumkin.   Turli   provayderlar   nafaqat   firma   va   kompaniyalar   balki   dunyo   bo'ylab
millati,   dini   va   tilaidan   qatiy   nazar   oddiy   fuqarolar   uchun   ham   internetda   o'z
sahifalarini   joylashtirish   imkoniyatini   taklif   etmoqda.   Internetda   o'z   sahifangizni
yaratish   uchun   siz   albatta   web   sahifa   yaratish   texnalogiyasi   haqida   dastlabki
tushunchaga ega bo'lishingiz lozim. 
Ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqsangiz web sahifa yaratish usullari va uning
uchun   eng   zarur   bo'lgan   -   HTML   -   hyper   text   markup   language   (gippermatnlar
belgilash   tili)   haqida   dastlabki   ma'lumotga   ega   bo'lasiz.   HTML   -   bu   dasturlash   tili
emas,   balki   web   safivada   matn,   tasvir   va   boshqa   ma'lumotlarni   qanday   ko'rinishda
joylashtirilishini belgilovchi vosita.
WEB SITE nima?
Agarda   internetda   ishlagan   bo’lsangiz   siz   internet   sahifasi   nima   ekanligini
ko’rgansiz.
2 Misol   qilib   http://www.google.uz   yoki   http://www.mail.uz   kabi   sahifalar   bular
hammasi   Internet   sitelardir,   ularni   har   bir   oynachasi   bir   web   sahifadir.
Har   bir   internet   sahifa   HTML   ko’dlari   orqali   yaratiladi.   HTML   bu   HyperText
Markup
Language. Bu degani, bir programmalash tilidir.
URL nima? 
URL bu Uniform Resource Locators, ya’ni bu har bir site’ning nomidir. Har bir
site nomi hech yerda qaytarilmaydi va boshqa joyda ishlatilmaydi. Buqaytarilmas site
nomidir. Misol uchun http://www.mail.uz faqatgina bittadir, boshqa hech qayerda shu
nomli   site   ocxilishi   mumkin   emasdir,   va   ocxilmaydi   ham.URL   to’rt   qismdan
iboratdir.
Protocol://ServerName:PortNumber/FileName
Protocol: bu http protokolidir.
ServerName: mail.uz
PortNumber: 80, agarda hech narsa yozilmagan bo’lsa bu avtomatik ravishda 80
portdir.
FileName:   Ko’pincha   ko’rsatilmaydi,   serverning   ishlashiga   bog’liqdir.   TEG
tushunchasi
HTML   sahifa   nima?   -   bu   oddiy   text   fayl   bo'lib,   .html   qisqartmasiga   ega.
HTML   sahifani   yaratish   uchun   maxsus   dastur   shart   emas.   Matin   tahrirlovchi   har
qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Ana shunday matn tahrirlovchi
oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad ( Блокнот ), Windows muhitida ishlovchi har
bir kompuytreda mavjud. HTML sahifaning asosiy elementlaridan biri bo'lgan Teglar
haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lsak 
HTML TEG:
Bu HTML hujjatdagi turli elementlarni (matn, tasvir va boshqalar) web sahifada
qanday ko'rinishda aks etirish lozimligini brauserga ko'rsatuvchi komandalar. Teglar
malum   o'lcham   va   vasifani   bajaruvchi   komandalardir.   Teg   quyidagi   ko'rinishda
bo'ladi:
3 <TEG>hujjat elementi</TEG>
Ko'rib   turgasningizdek   teglar   '<>'   uchburchaksimon   qo'shtirnoq   ichiga   olib
yoziladi.   Uchbur-chaksimon   qo'shtirnoq   ichiga   Teg   nomi   va   uning   o'lchamlari
yoziladi. Quyida teg va uning o'lchamlari yozilishiga misol keltirilgan: 
 <B><FONT COLOR=red>Hello World!</FONT></B>
Misolda keltirilgan teglar HTML hujjatga kiritilganda Hello World! jumla qizil
rangda,   ajratilib   yoziladi.   Teglar   orasida   kiritilgan   matn,   teg   o'lchamlarida   qanday
komandalar berilgan bo'lsa shu komandalarga bo'ysingan holda ekranda hosil bo'ladi.
Bu misolda Hello World! jumlasiga nisbatan ikkita teg ishlatilgan. 1 - teg <B> va 2 -
teg   <FONT>.   Hello   World!   jumlasidan   keyin   yana   ikki   teg   </B>   va</FONT>
yozilgan.   Bularning   farqi   shundaki,   birinchi   ikkita   teg   ochuvchi   va   jumladan   so'ng
yozilgan   ikkita   teg   esa   jumla   oldida   yozilgan   teglarni   davomi   ya’ni   yopuvchi
teglardir.   Yopuvchi   teglarning   vazifasi   ocxilgan   teg   ta'sir   maydoni   tugaganligini
belgilashdan   iborat.   HTML   hujjatda   deyarli   barcha   teglarni   yopish   lozim.   '/'   slesh
belgisini qo'shish orqali yopuvchi teg yasaladi.
Dastlabki Web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash
va   giperko’rsatkichlardan   tarkib   topgan   edi.   Web   texnologiyalar   rivojlanishi
natijasida   Web   sahifalar   tarkibida   Plug-in   dasturlar   joylashtirila   boshlandi,   natijada
Web sahifalarga inter faol xususiyati berildi. Web texnologiyalarning rivojlanishining
oxirgi   natijalaridan   biri   bu   script   tillaridir   (Script   Languages).   Ularni   ishlatishdan
maqsad   Web   serverining   ishini   yengillashtirish,   xar-xil   ishlar   uchun   Web   serverini
bezovta   qilmasdan,   bunday   masalalarni   foydalanuvchi   kompyuterining   o’zida
yaratishdir.   Web   texnologiyasining   oxirgi   erishgan   yutuqlaridan   biri   dinamik   Web
sahifalardir. Dinamik Web sahifalar SGI dasturlar bilan bevosita bog’liq bo’lib, SGI
dasturlar serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular
serverga   kelgan   so’rovlarni   qayta   ishlaydi   va   qayta   ishlash   natijasida   yangi   Web
sahifa hosil bo’ladi. 
Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni
soat   sayin   ko’payib   bormoqda.   Bu   fayllarda   ma’lumotlarni   turli   xillarini:   matn,
4 grafik,   tasvir,   video,   audio   ma’lumotlarni   uchratish   mumkin.   Bugungi   kunda   Web
Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan
Web   sahifa   orqali   tegishli   ma’lumotlarni   to’ldirish   foydalanuvchining   qanchadan-
qancha   vaqtini   tejash   imkonini   beradi.   Shu   bois   matematika   va   informatika
yo’nalishida   tahsil   oluvchi   talabalarga   Web   texnologiyalarni   alohida   kurs   sifatida
o’qitila boshlandi.
2.Web sayt yaratish dasturiy ta’minotlari
Web-texnologiyaning   (Internet-texnologiya)   Web-dizayn   qismini   o’rganishni
razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. 
Maxsus   til   mavjud   bo’lib,   bu   til   yordamida   matnlar,   grafik   ma’lumotlar   Web-
sahifa hujjatga joylashtiriladi  va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati
mavjuddir.   Bunday   maxsus   tillar   razmetkali   tillar   deb   ataladi.   Ularning   asosiy
vazifasi   -   Web-sahifaga   “ma’lumotlarni   joylashtirish”   va   ular   orasidagi   aloqani
(gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat. 
Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
HTML   (HyperText Markup Language)
Dastlab   World   Wide   Web   tizimi   matnli   ma’lumotlarni   va   HTML   hujjatlarni
ko’rishga   mo’ljallangan,   matnni   taxrirlovchi   tilga   o’xshash   tizim   bo’lgan.   Ayni
damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida
yozilgan   ma’lumotlar   o’z   ichiga   matn   fayllar,   grafik   ma’lumotlar   va   boshqalarni
oladi. 
Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg
(tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi.
Web-sahifaning   matn   va   teglari   aralash   ravishda   HTML-hujjat   deb   ataluvchi
faylining   ichiga   joylashtiriladi.   Qanday   tegni   qo’llaganingizga   qarab   brauzer
oynasida ma’lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma’lumotlarni joylashtirish
va   tahrirlash   uchun   yuzlab   teglar   mavjud.   Masalan,   <p>   va   </p>   teglari   abzastni
tashkil   etadi,   <i>   va   </i>   juft   teglari   esa,   matnni   yozma   (kursiv)   holda   ko’rsatish
uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli SSIlkalar teglari ham mavjud. Ushbu
5 elementlar   foydalanuvchiga   gipermatn   ustiga   sichqoncha   kursori   bosilganda   boshqa
hujjatga   bog’lanish   imkonini   beradi.   Butunjaxon   o’rgimchak   to’rining   asosiy   va
HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus
komandalar   yordamida   matnning   ma’lum   qismi   shunday   ajratiladiki,   natijada   o’sha
matn   ustiga   sichqon   tugmasi   bosilsa   boshqa   matn   yoki   saxifa   ochiladi.   Bundan
tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo’lmasa, ma’lumotni diskda
saqlash taklifi ham berilishi mumkin.
Quyida biz HTML tilida tuzilgan dastur kodi bilan tanishib chiqamiz(4-rasm):
(4-rasm).
Bu dasturni ishga tushirish natijasida quyidagi oyna ochiladi(5-rasm):
(5- rasm )
Gipermatn yoki gipermurojaat biror bir tasvirga ham qo’yilishi mumkinki uning
ustiga bosilganda ham yuqorida aytilgan holatlar ro’y berishi mumkin. 
Har   bir   Web-saxifa   o’zida   bir   nechta   gipermatn   yoki   gipermurojaatlarni
mujassam etishi mumkin.
Gipermurojaatlar Web-saytlar bo’ylab xarakatning asosi xisoblanadi. Murojaatni
tanlaganda   foydalanuvchi   brauzer   oynasiga   yuklanuvchi   yoki   yordamchi
programmani   ishga   tushuruvchi   URL   bilan   bog’langan   adresga   «tushib»   qoladi.
Ba’zan   gipermurojaat   natijasi   e-mail   yoki   FTP   serverga   yo’llanma   beruvchi   yangi
6 Web-saxifani   ochilishiga   olib   keladi.Foydalanuvchi   murojaatni   tanlab   olishi   uchun
Web-dizayner uni yaratishi kerak. 
Gipermurojaat yaratish uchun <a> (anchor, yakor) elementidan foydalaniladi. U
o’zida   yo’llanma   beruvchi   URL   adresni   ko’rsatuvchi   href   atributi   bilan   to’ldiriladi.
Shuning uchun gipermurojaatni yaratish uchun URL adresni aniqlab olish kerak. 
Gipermurojaat   yaratish   uchun   (anchor,   yakor)   elementidan   foydalaniladi.   U
o’zida   yo’llanma   beruvchi   URL   adresni   ko’rsatuvchi   href   atributi   bilan   to’ldiriladi.
Shuning uchun gipermurojaatni yaratish uchun URL adresni aniqlab olish kerak. 
Gipermurojaatni   yaratishda   agar   Internetdagi   xizmat   yoki   adresdan
foydalanmoqchi bo’lsak albatta uning to’liq adresini ko’rsatish shart. Agar o’zimizda
bor   bo’lgan   Web-saxifalardan   gipermurojatlar   yaratmoqchi   bo’lsak   ba’zi   bir   ishni
osonlashtiruvchi xolatlar mavjud(6-rasm): 
(6-rasm)
(1) ning adresi : "Service/service.HTML" 
Asosiy   papkadan   ixtiyoriy   ichki   papkadagi   veb-saxifaga   murojaat   :
"Papka_nomi/fayl_nomi.HTML" ko’rinishda beriladi. 
7 (2) ning adresi : "../index.HTML" 
Ixtiyoriy   ichki   papkadan   asosiy   papkadagi   asosiy   Web-saxifaga   murojaat:
"../asosiy_fayl.HTML" ko’rinishda beriladi. 
(3)ning adresi : "Tovar2.HTML" 
Bir   papkadagi   veb-saxifalardan   bir-biriga   murojaat   :   "fayl_nomi.HTML"
ko’rinishda beriladi
Internet   xizmatlarining   ko’pchiligiga   dostup   (ruxsat,   yo’l)   adresastiya   sxemasi
(URL)  yordamida qiziqtirilgan ixtiyoriy hujjatni  topish  imkoniyatini  beradi. Har  bir
tur boshqasidan farq qiluvchi o’zining format adresiga ega. 
URL dan foydalanib, Web-brauzerlar yordamida ixtiyoriy hujjat va xizmatlarga
dostup olish mumkin. URL quyidagi tartibda yoziladi:
Protokol://internet_adres   /yo’l   /fayl_nomi.kengaytma   yoki
Protokol ://internet_adres  
URL ga misol: http://www.microsoft.com/windows/index.html
Bu erda: http:// -protokol;
www.microsoft.com   –   internet_adres   (Microsoft   kompaniyasining   Web-
serverining nomi)
/windows/  -   yo’l
Index  -   fayl_nomi
Html  -   kengaytma
URL da qo’llaniladigan protokollar ro’yxati:
Protokol
nomi Protokol nimaga dostup berishi mumkinligi
http:// HTTP (veb) serv erlariga
https:// Shifrlangan ba’zi bir HTTP (Web) serverlarga
file:// Foydalanuvchi qattiq diskidagi fayllarga
ftp:// FTP s erver fayllariga
gopher:// Gopher menyu va fayllariga
news:// Usenet yangiliklar serverlari gruppasiga
8 news: Aniq Usenet yangiliklar gruppasiga
mailto: Aniq elektron pochta adresiga
telnet: Telnet udalen serveriga
XML  (eXtensible Markup Language). 
XML  tili   ham  HTML  tiliga  o’xshash   til  xisoblanadi.  HTML  dan  farqli   tomoni
shundaki,   XML   da   dasturchi   o’zining   shaxsiy   teglarini   yaratadi   va   ular   orasiga
ma’lumotlar   joylashtiradi.   XML-teglar   harflar   katta   kichikligini   farqlaydi.   HTML
teglari hujjatni ekranda ko’rinishini ifodalaydi. XML teglari hujjatdagi ma’lumotlarni
tavsiflash uchun  ishlatiladi. Undan tashqari  XML  yordamida yangi  teglarni  yaratish
mumkin. XMLda ma’lumotlar tuzilmaviy holda saqlanadi. XML asosan ma’lumotlar
almashinuvida   ko’p   ishlatiladi,   chunki   XML   platformadan   mustaqil   bo’lib,   HTTP
orqali ishlashi juda qulay. 
  Quyida XMLda tuzilgan dastur bilan tanishamiz(7-rasm):
(7-rasm)
Bu   dastur   bloknotga   yoziladi   va   <dastur_nomi>.XML   ko’rinishida   saqlanadi.
Bu dasturni ishga tushirish natijasida quyidagi oynaga ega bo’lamiz(8-rasm):
9 (8-rasm).
Buni quyidagicha qisqartiriladi(9-rasm):
(9-rasm)
XHTML 
XHTML   tili   HTML   va   XML   tillarining   birlashmasini   tashkil   etadi.   XHTML
tilida yozilgan hujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq (Windows, Mac yoki
Unix)   ravishda   o’zgarib   ketmaydi.   Shunga   qaramay   XHTML   tarkibida   HTML
diskriptorlardan foydalaniladi.
Bugungi   kunda   mobil   aloqa   vositalaridan   foydalanuvchilar   uchun   yangi   til
ishlab   chiqilgan   bo’lib,   u   WML   (Wireless   Markup   Language)   deb   ataladi;   CDF
(Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal hosil
qilishda qo’llaniladi.
CMS haqida
10 Har qanday sayt  HTML  (HyperText Markup Language),  JavaScript, PHP  kabi
bir   talay   tillarga   oid   kodlardan   tashkil   topgan   sahifalar   yig’indisidan   iborat   bo’ladi.
HTML – bu sayt sahifalarini tashkil etishda ishlatiladigan eng asosiy va eng kerakli
til hisoblanadi.
Internet tarmog’i endigina rivojlana boshlagan va ilk saytlar  yaratila boshlanga
vaqtlarda barcha web saytlar to’liq HTML kodlar asosida yaratilgan. Bunday saytlar
sahifalarida ko’rish orqali ma’lumotga ega bo’lishdan boshqa hech qanday amaliyot
bajarishning   imkoni   bo’lmagan.   Shuning   uchun   to’liq   HTML   yordamida   tashkil
etilgan   saytlar   foydalanuvchilarga   faqat   ma’lumot   berish,   ya’ni   ma’lumotlarni
ko’rsatib berish imkoniyati bilan cheklangan.
Bugungi   kunda   saytlar   orqali   faqat   ma’lumot   olish   bilan   cheklanib   qolmaysiz.
Hozirgi   zamonaviy   saytlarda   ma’lumot   olish   bilan   bir   qatorda   berilgan   ma’lumotni
tahrirlashingiz   (masalan,   Wikipedia ),   yangi   ma’lumot   qo’shishingiz   (masalan,
saytlarda   fikr   bildirish   –   Comment ),   bir   turdagi   ma’lumotni   uzatib,   online   tizimda
boshqa   bir   turdagi   ba’lumot   shaklida   qabul   qilib   olish   (masalan,   video   fayllarni
online   tizimda   mp3   formatiga   o’tkazish),   soni   cheklanmagan   foydalanuvchilarning
bir   vaqtning  o’zida   online   muloqotga   kirishish   (masalan,   chat)   va  boshqa   interaktiv
amaliyotlarni   bajarishingiz   mumkin.   Bu,   o’z   navbatida,   faqat   HTML   ishlatilgan
zamonga   nisbatan   hozirgi   paytda   internetda   saytlarning   yaratilishi   sezilarli
rivojlanganligini bildiradi.
Hozirgi davrda, agar Siz sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, HTML yoki boshqa biror
murakkab   web   dasturlash   tilini   bilishingiz   majburiy   emas.   Hatto   birorta   ham   kodni
yoza   olmasangiz   ham   zamonaviyligi,   dizayni,   murakkab   amaliyotlarni   bajara   olishi
jihatlaridan   zamon   talablariga   to’la   javob   bera   oladigan   sayt   yarata   olish
imkoniyatiga egasiz. Bunda Sizga CMS yordam beradi!
CMS   (Content   Management   System   –   Kontentlarni   Boshqarish   Tizimi)   –
bu   maxsus   web   dastur   bo’lib,   bir   necha   oddiy   bosqichlardagi   amaliyotlarni
bajargandan so’ng to’la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi.
Bunday   turdagi   web   dastur,   huddi   kompyuterlar   uchun   mo’ljallangan   dasturlar
11 singari,   bir   necha   bosqichlarda   foydalanuvchidan   sayt   haqida   boshlang’ich
ma’lumotlarni yig’ib oladi va bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil
etib   beradi.   Dasturni   o’rnatish   jarayonining   nihoyasida   Siz   kiritgan   ma’lumotlarda
tayangan, o’zingiz xohlagandek sayt avtomatik tarzda yaratiladi.
Quyida   eng   keng   tarqalgan   va   bugungi   kunda   ko’pchilik   saytlarning   asosi
hisoblangan   CMS   dasturlarini   keltirib   o’tmoqchiman.   Bu   yerda   faqat   eng   ko’p
foydalaniladigan,   asosiy   dasturlargina   keltirilgan.   Sayt   yaratishingiz   mumkin
bulardan boshqa yana ko’plab dasturlar mavjud.
1. WordPress.  Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga
bag’ishlangan,   tez-tez   yangilab   turiladigan,   qisqa   maqolalar   va   ma’lumotlar   kiritib
boriladigan o’rta hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu
CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham
ishlatishmoqda.
WordPress   –   foydalanish   uchun   juda   oson,   qulay   va   eng   asosiysi   100%   bepul
bo’lgan   dastur.   Uni   WordPressning   rasmiy   sayti   www.wordpress.org   orqali   yuklab
olishingiz   va   foydalanishingiz   mumkin.   Asosiy   CMS   dasturdan   tashqari   WordPress
uchun millionlab shablonlar (sayt  ko’rinishlari) va plaginlar (dastur  ichida ishlovchi
kichik qo’shimchalar) yaratilgan.
Agar   Siz   o’zingiz   uchun   shaxsiy   sahifa   ochmoqchi   bo’lsangiz,   sevimli
qo’shiqchingizga   bag’ishlab   sayt   yaratmoqchi   bo’lsangiz   yoki   o’zingiz   uchun   qiziq
bo’lgan   biror   mavzuga   oid   maqolalaringizni   butun   dunyo   bilan   bo’lishmoqchi
bo’lsangiz WordPressni tanlang!
Hozir Siz ko’rib turgan akmx.uz sayti ham WordPress CMS asosida yaratilgan.
O’zbekistonliklar   WordPressni   ham   egallashga   ulgurishdi!   Endi   WordPress
CMSni   o’zbek   tilida   ham   ishlatishingiz   mumkin.   Uning   O’zbekiston   uchun   maxsus
rasmiy sahifasi ham bor:  uz.wordpress.org
2.   Joomla!   Bu   CMS   asosan   katta   saytlar   va   portallar   uchun   mo’ljallangan.
Ommaviyligi bo’yicha WordPressdan keyingi o’rinda tursa ham, ishlatish juda qulay,
12 ishonchli   va   bepul   CMS   hisoblanadi.   Dasturni   rasmiy   sayti   www.joomla.org   orqali
yuklab olishingiz mumkin.
Joomla!   CMS   uchun   ham   ko’plab   shablonlar,   “extension”   (kengaytma,
plagin)lar   yaratilgan.   Joomla!   uchun   ham   saytni   o’zbek   tiliga   o’tkazish   imkoniyati
bor.   Buning   uchun   dasturni   o’rnatib,   o’zbek   tiliga   o’girish   uchun   maxsus
tayyorlangan kichik dasturni qo’shishingiz kifoya!
Agar   Siz   katta   portal   yaratmoqchi   bo’lsangiz,   saytingiz   foydalanuvchilari
ro’yxatdan o’tib, saytingizda “foydalanuvchi-server” aloqasi ko’rinishidagi murakkab
amaliyotlarini bajara olishini xohlasangiz, juda keng qamrovli katta sayt yaratmoqchi
bo’lsangiz Joomla! Siz uchun eng yaxshi tanlov bo’la oladi.
3.   Simple   Machines.   Forum   tashkil   etish   uchun   juda   qulay   CMS.   Unda
foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari, mavzular yaratishlari, mavjud mavzularda o’z
firklarini   bildirish   orqali   qatnashishlari   va   boshqalarning   fikrlarini   to’ldirishlari
mumkin.   Bu   CMS   vBulletin   kabi   katta   imkoniyat   va   kuchga   ega   bo’lmasa   ham,
oddiy darajadan yuqoriroq bo’lgan katta forum saytlarni bemalol boshqara oladi.
Forum uchun o’zbek tilini o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo hozircha o’zbek
tilidagi   rasmiy   CMS   ishlab   chiqilmagan.   Tilni   faqat   dasturga   qo’shimcha   kiritish
orqali o’zgartirish imkoni bor.
Bugungi   kunda   Simple   Machines   forum   saytlar   uchun   yengil   ishlashi,
o’rnatilishi   uchun   ko’p   joy   talab   qilmasligi   va   eng   asosiysi   bepul   bo’lganli   sababli
ham ko’p sonli saytlarning tanloviga aylangan.
Simple   Machines   CMSni   dasturning   rasmiy   sayti   www.simplemachines.org
orqali yuklab olishingiz mumkin.
Agar Sayt yaratishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz va o’z saytingiz uchun qaysi
CMS   to’g’ri   kelishini   bilmayotgan   bo’lsangiz,   saytingizning   hajmi   va   u   orqali
foydalanuvchilar   qanday   ma’lumotlarni   olishini   rejalashtirayotganingizga   qarab
o’zingizga ma’qul bo’lgan CMSni tanlang.
CMS tanlash jarayonida faqat Siz tanlamoqchi bo’lgan CMSning shablonlariga,
saytning tashqi ko’rinishini belgilaydigan jihatlarigagina emas, balki saytning yengil
13 ishlashi,   hostingingizda   ko’p   joy   olmasligi   (agar   buning   zarurati   bo’lsa),   qidiruv
mashinalarida   oson   ro’yxatdan   o’ta   olishi,   foydalanuvchilar   uchun   qulayligi,   turli
brauzerlarda bir hil ko’rinishi kabi muhim jihatlariga ham e’tibor bering.
3.Web sayt yaratish texnalogiyasi.
Web-sahifa, Web-sayt, Web-server
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi
uchta tushunchasini o’rganishdan boshlash zarur:
1. Web-sahifa;
2. Web-sayt;
3. Web-server.
Texnologiya   grek   tilidan   (techne)   tarjima   qilganda   san’at,   maxorat,   bilish
ma’nolarini anglatadi, bular esa o’z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo’yilgan
maqsadga erishish uchun ma’lum xarakatlar majmuasidir.
Web-sahifa   -   o’zining   unikal   adresiga   ega   bo’lgan   va   maxsus   ko’rish   dasturi
yordamida   (brauzer)   ko’riluvchi   hujjatdir.   Unga   matn,   grafika,   ovoz,   video   yoki
animastiya   ma’lumotlar   birlashmasi   -   multimediyali   hujjatlar,   boshqa   hujjatlarga
gipermurojatlar kirishi mumkin.
Web-sayt - bir qancha Web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server   -   tarmoqqa   ulangan   kompyuter   yoki   undagi   dastur   hisoblanib,
umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi.
Internet   tarmog’ini   foydalanuvchilarga   tarmoq   resurslaridan   erkin   foydalanish
imkoniyatini   beradigan   Web-   serverlarsiz   tasavvur   etib   bo’lmaydi.   Bunday
serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan. 
Web-serverlar   ma’lumotlar   bazalari   va   multimediyali   ma’lumotlarni   bir   biriga
moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. 
Web-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari
nuqtai nazaridan mijoz-server tehnologiyalari ishlatiladi. 
Hozirgi  kunda oddiy Web-serverni yaratish tehnologiyasini  ancha oddiy vazifa
deb hisoblasa bo’ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat.
14 Web-texnologiya klassifikastiyasi  (10-rasm) .
(10-rasm).
Web-tehnologiyani asosini quyidagi ikkita tushuncha tashkil qiladi:
1. Axborotni statik tasvirlash;
2. Interfaol o’zaro aloqa.
Axborotni   statik   tasvirlash.   Ma’lumotlar   segmentida   joylashgan   ma’lumotlar
statik ma’lumotlar deb ataladi. Bunga asosiy sabab, ular uchun xotira ishlash jarayoni
davomida   ajratib   qo’yiladi.   Ishlash   davomida   esa   bu   xotira   o’zgarmay   qoladi.
To’plamdagi xotira esa ish lash davomida to’ldirib boriladi va zarur bo’lgan paytda bu
xotira bo’shatib qo’yilishi mumkin. 
Razmetkali   tillar.   Bu   til   yordamida   matnlar,   grafik   ma’lumotlar   Web-sahifa
hujjatga   joylashtiriladi   va   bu   hujjatni   barcha   kompyuterda   ko’rish   imkoniyati
mavjuddir.   Bunday   maxsus   tillar   razmetkali   tillar   deb   ataladi.   Ularning   asosiy
vazifasi   -   Web-sahifaga   “ma’lumotlarni   joylashtirish”   va   ular   orasidagi   aloqani
(gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat.
Web-dasturlash   texnologiyalarini,   dasturlarini,   interfaol   o’zaro   aloqa   qismini
ham asosan ikkita qismga ajratish mumkin: 
1. klient tomonidagi dasturlarlash (client-side);
15 2. server tomonidagi (server-side).
Klient   tomonidagi   sstenariylar   foydalanuvchi   tomonidan   kiritilayotgan
ma’lumotlarni to’g’riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko’p hollarda bu
sstenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi. 
Server   tomonida   bajarilishi   kerak bo’lgan sstenariylar  odatda  sayt  papkasining
ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi.
Ssenariyli tillar. "Klient-server" texnologiyasi
Hozirda   Web-sahifaning   rivojlanishi   yanada   interaktiv   pog’onasiga   chiqqan.
Web-saytlar   asta   sekinlik   bilan   ilovalar   interfeysiga   o’xshab   bormoqda.   Bularning
barchasi zamonaviy Web-dasturlash texnologiyasi yordamida amalga oshmoqda. 
Web-dasturlash   texnologiyalarini,   dasturlarini   asosan   ikkita   qismga   ajratish
mumkin:   klient   tomonidagi   dasturlarlash   (client-side)   va   server   tomonidagi   (server-
side).   Ushbu   texnologiyalarni   tushunish   uchun   avvalo   bevosita   "klient-server"
texnologiyasini tushunish kerak.
Web-sahifaning interaktiv dasturi ssenariy deb ataladi. 
Bunday atama dasturning natijasiga bog’liq holda vujudga kelgan. Uning asosiy
vazifasi Web-sahifasida foydalanuvchi holatiga, harakatiga «reaksiya» berishdir. 
Shu   tariqa   sstenariylar   klient   tomonida   bajariluvchi   va   server   tomonida
bajariluvchi   sstenariylarga   bo’linadi.   Klient   tomonida   bajariluvchi   sstenariylar
brauzer   yordamida   bajariladi.   Server   tomonida   bajariluvchi   sstenariylar   esa   Web-
server yordamida bajariladi.
Klient tomonidagi sstenariylar.
Klient   tomonidagi   sstenariylar   foydalanuvchi   tomonidan   kiritilayotgan
ma’lumotlarni to’g’riligini serverga murojaat qilmasdan tekshiradi. Ko’p hollarda bu
sstenariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi. 
JavaScript
JavaScript - bu til Netscape  va Sun Microsystems tomonidan yaratilgan bo’lib,
Web-sahifaning funksional imkoniyatlarini orttirish maqsadida qo’llaniladi.
16 JavaScript   yordamida   odatda   ma’lumotli   va   muloqot   oynalarini   chiqarish,
animastiyalarni   ko’rsatish   kabi   vazifalarni   bajarish   mumkin.   Bundan   tashqari,
JavaScript-sstenariy   ba’zan   o’zi   ishlab   turgan   brauzer   va   platforma   tipini   aniqlash
mumkin.   JavaScript-sstenariylar   foydalanuvchi   tomonidan   kiritilayotgan
ma’lumotlarni to’g’riligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi.
VBScript
VBScript   tili   Microsoft   korporastiyasi   tomonidan   yaratilgan   bo’lib,   ,   Visual
Basic   tilining   bir   qismi   hisoblanadi.   VBScript   tili   Internet   Explorer   va   Microsoft
Internet Information Server (IIS) lar bilan ishlashga mo’ljallangan tildir.
VBScript   tilining   JavaScript   tili   bilan   umumiy   qismlari   bir   nechta,   jumladan   u
aynan Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qo’llanish sohasini cheklay
olish imkoniyatiga ega. VBScript  interpretatorli  til hisoblanib, Microsoft  ning Web-
texnologiyalari   bilan   hamkorlikda   ishlay   oladi,   masalan   ASP   (Active   Server   Page)
bilan.   Shunga   qaramay   VBScript   klient   tomonida   ishlovchi   sstenariy   hisoblanadi,
ASP esa server tomonida ishlaydi.
Server tomonidagi sstenariylar.
Server   tomonida   bajarilishi   kerak   bo’lgan   sstenariylar   odatda   sayt   papkasining
ichidagi   maxsus   papkaga   joylashtiriladi.   Foydalanuvchi   so’roviga   asosan   server   bu
sstenariyni   bajaradi.   Bajarilgan   sstenariy   natijasi   Web-serverga   uzatiladi   va   undan
so’ng klientga uzatiladi. Server tomonidagi sstenariylarni tashkil etish uchun odatda
Perl, ASP, PHP, JSP va SSI kabi til va texnologiyalardan foydalaniladi. 
Perl
Perl   tili   Web-ilovalar   yaratishda   eng   ommabop   tillardan   biri   hisoblanadi.
Matnlarni qidirish va taxrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari bilan Perl tili
Internet   ning   asosiy   tillaridan   biri   bo’lib   qoldi.   Perl   -   interpretatorli   til   hisoblanadi,
shu   bois   unda   yaratilgan   sstenariylar   ishlashi   uchun   server   kompyuterda   Perl-
interpretator o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Bevosita   Perl-kodning   interpretastiya   qilinish   jarayoni   uning   samaradorligini
pasaytiradi. Bugungi kunda Perl ning asosiy yutuqlaridan, uning barcha platformalar
17 uchun ishlay olishi  va uning barcha resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Ko’pgina
Web-serverlar   UNIX   da   ishlaydi,   Perl   interpretator   esa   bu   operastion   tizimning   bir
qismi hisoblanadi.
ASP  (Active Server Pages)
ASP-ma’lumotlar   bazalari   tashkil   etish   va   ular   bilan   ishlash   vazifalarini
bajarishda   juda   moslashuvchan,   qulay   vositadir.   ASP   vositalari   server   tomonida
ishlaydi   va   HTML-kod   va   sstenariylar   kabi   fayllarni   qayta   ishlaydi.   ASP
texnologiyasi   VBScript,   Java   va   JavaScript   tillarini   qo’llab   quvvatlaydi.   ASP-kod
ixtiyoriy   HTML-hujjatdan,   shu   bilan   birga   boshqa   ASP-hujjatdan   chaqirilishi
mumkin. ASP-kod joylashtirilgan Web-sahifalar fayllari kengaytmasi .ASP bo’ladi.
ASP   texnologiya   Windows   NT   va   Microsoft   IIS   Web-serveriga   mo’ljallangan
hisoblanib,   imkoniyatlari   va   samaradorligi   yuqori   bo’lganligi   bois   ko’pgina
kompaniyalar   o’z   vositalariga   ASP   ni   qo’llab   quvvatlash   imkoniyatlarini
kiritmoqdalar.   ASP-vositalarini   ishlab   chiqish   bo’yicha   yirik   kompaniya   Chillsoft
Lider   sredi   nezavisim ы x   proizvoditeley   ASP-sredstv   -   kompaniya   Chillsoft
UNIX   ning   bir   qancha   turi   va   turli   Web-serverlarda   ASP   ni   qo’llash   imkoniyatini
kiritgan. Ko’pgina HTML-muxarrirlar, masalan Adobe  GoLive ham  ASP ni  qo’llab
quvvatlaydi.
ASP   texnologiyasi   bir   nechta   qulayliklarni   o’zida   jamlagan:   HTML-hujjatni
dinamik   generastilaydi,   formalarni   qo’llab   quvvatlaydi,   ma’lumotlar   bazasiga
ruxsatni   tashkil   etadi   va   u   bilan   ishlay   oladi.   ASP   -   dasturlash   tili   ham,   ilova   ham
emas, u interaktiv Web-sahifa hosil qilish texnologiyasi.
PHP
PHP   -   bu   serverda   qayta   ishlanuvchi   sstenariylar   tilidir.   ASP   kabi   PHP   kodlar
ham   bevosita   HTML-hujjatni   tarkibiga   qo’shiladi.   Ushbu   tilning   nomi   Personal
Home   Page   Tools   so’zlarining   qisqartmasidan   olingan.   PHP   da   S   va   Perl   tillarida
uchragan bir qator muammolar hal etilgan, bundan tashqari, PHP ma’lumotlar bazasi
bilan ishlash uchun juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP - ochiq tizimli
tillar hisoblanadi va ularni dasturchilar modernizastiyalashtira oladi.
18 Quyida PHP tilida yozilgan dastur kodini ko’rib chiqamiz(11-rasm) . :
(11-rasm)
JSP
JSP   (JavaServerPage)   texnologiyasi   o’zining   funksional   imkoniyatlariga   ko’ra
ASP ga o’xshashdir. Asosiy farqi shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan birga
Java tili ham qo’llanila oladi. Shunga qaramay JSP Java dan oldinroq qo’llanilgan va
ushbu texnologiya mukammal Web-ilovalar yaratish uchun etarli imkoniyatga ega.
SSI
SSI  (Server  Side Include) vositasi  dastlab HTML-faylni dastlab serverda qayta
ishlaydi va undan so’ng uni klientga uzatadi. Dastlabki qayta ishlash vaqtida hujjatga
dinamik   generastiya   qilingan   ma’lumotlar   qo’shiladi,   masalan   joriy   vaqt   haqidagi
ma’lumot. Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning tarkibiga qo’shimcha
qo’llanmalar qo’shishga mo’ljallangan, HTMLning qismi hisoblanadi.
19 XULOSA
Bugungi   kunda   hayotimizning   har   bir   sohasida   internet   tehnologiyalaridan
foydalanmoqdamiz.Internet   turli   xil   insonlarni   yagona   maqsad   bilan   birlashishiga
sabab   bo’lmoqda.   Internet   tehnologiyalarining   muhim   elementlaridan   biri   bo’lgan
Web-   tehnologiyalar   ham   taraqqiy   etib   boryapdi.   Hozirda   ixtiyoriy   inson   Web-
texnologiyalarning   inson   hayotining   ta’lim,   kommersiya,   siyosat,   ko’ngil   ochar,
bo’laklariga   kirib   borganligini   tasavvur   eta   oladi   va   uning   guvohi   va
foydalanuvchisiga   aylanmoqda.   Web-dasturlash   fani   asosida   turli   dasturlash   tillari
yordamida   Web-saytlar   yaratish   mumkin.   Har   bir   dasturlash   tilining   o’ziga   hos
afzallik   va   kamchiliklari   bor.   Ushbu   qo’llanmada   ularni   farqli   tomonlarini   ko’rib
o’tdik. 
Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni
soat   sayin   ko’payib   bormoqda.   Bu   fayllarda   ma’lumotlarni   turli   xillarini:   matn,
grafik,   tasvir,   video,   audio   ma’lumotlarni   uchratish   mumkin.   Bugungi   kunda   Web
Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan
Web   sahifa   orqali   tegishli   ma’lumotlarni   to’ldirish   foydalanuvchining   qanchadan-
qancha   vaqtini   tejash   imkonini   beradi.   Shu   bois   matematika   va   informatika
yo’nalishida   tahsil   oluvchi   talabalarga   Web   texnologiyalarni   alohida   kurs   sifatida
o’qitila boshlandi.
Bu fanni o’zlashtirishga bo’lgan chuqur intilish kelajakda yaratilajak zamonaviy
axborot texnalogiyalarini saviyasini ko’tarishi shubhasiz.
20 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. S.S.Qosimov. Axborot tehnologiyalari. Toshkent “Aloqachi” 2006.
2. Speynauer S. Kuersia V. Spravochnik Web-mastera. - K: "BHV", 1997. – 368
s.
3. Yarger   R.   Riz   Dj.   King   T.   MySQL   i   mSQL.   Baz ы   dann ы x   dlya   nebolshix
predpriyatiy i Interneta. - SPb: Simvol-Plyus, 2000 - 560 s.
4. Xilayer   S.  Mizik   D.  Programmirovanie  Active  Server  Pages.  -   M:  "Russkaya
redakstiya", 1999. - 296 s.
5. Xaitov   F.N.   Yusupov   R.M.   Botirov   D.B.   Sattarov   A.R,   Shukurov   E.X.   Web
tehnologiyalar. Jizzah. 2005. 
6. T.   Staufer.   Sozdanie   web-stranits.   Samouchitel.   –   «Piter»,   Sankt-Peterburg,
2003 y. Goncharev. HTML. Samouchitel. – «Piter», Sankt-Peterburg, 2001 y.
7. Allen   Vayk.   JavaScript.   Entsiklopediya   polzovatelya:   per.   s.   ang.   –   «TID»
«DS», Kiev, 2001 y.
8. webmastering –elektron o’quv qo’llanma.
9. A.I.   Tixonov.   «Publikatsiya   dannix   v   Internet»   Uchebnoe     posobie.     Moskva
Izdatelstvo «Mir» 2000
10.   JavaScript ni urganish bo’yicha elektron qo’llanmalar
11. Xolzner S. Perl: spestialniy spravochnik. - SPb: "Piter". 2000. - 496 s.
12.   Shvars R., Kristiansen T. Izuchaem Perl. - K: "BҲV", 2000. - 320 s.
13.   Ratshiller T., Gerken T. PHP4: razrabotka Web-prilojeniy.- SPb:Piter, 2001. -
384 s.
14. Tomson   L.,   Velling   L.   Razrabotka   Web-prilojeniy   na   PHP   i   MySQL.   -   K.:
"DiaSoft", 2001. - 672 s.
15.   Osnovi sovremennix kompyuternix texnologiy. Red. Xomchenko A.D.
16.   Savelev   A.Ya.,   Sazonov   B.A.,   Lukyanov   B.A.   Personalniy   kompyuter   dlya
vsex. Xranenie i obrabotka informatsii. T.1 M.: Visshaya shkola, 1991.
21

WEB SAYTLAR VA ULARNING YARATISH VOSITALARI Reja: 1. Web sayt va uni tashkil etish texnalogiyasi. 2. Web sayt yaratish dasturiy ta’minotlari 3.Web sayt yaratish texnalogiyasi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1

1.Web sayt va uni tashkil etish texnalogiyasi. Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz. Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson Web-texnologiyalarning inson hayotining talim, kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar va ho.ka, bo’laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda. Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi. So'ngi paytda Internetni shiddat bilan rivojlanishi va uning foydalanuvcxilari sonini kundan-kunga ortib borishi bois Internetda turli yo'nalishda web sahifalar soni ham ortib bormoqda. Internet orqali savdo-sotiq ishlarini olib borish , masofadan turib universitetlarga o'qishga kirish va nufuzli universitetlar diplomini olish ham mumkin. Turli provayderlar nafaqat firma va kompaniyalar balki dunyo bo'ylab millati, dini va tilaidan qatiy nazar oddiy fuqarolar uchun ham internetda o'z sahifalarini joylashtirish imkoniyatini taklif etmoqda. Internetda o'z sahifangizni yaratish uchun siz albatta web sahifa yaratish texnalogiyasi haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lishingiz lozim. Ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqsangiz web sahifa yaratish usullari va uning uchun eng zarur bo'lgan - HTML - hyper text markup language (gippermatnlar belgilash tili) haqida dastlabki ma'lumotga ega bo'lasiz. HTML - bu dasturlash tili emas, balki web safivada matn, tasvir va boshqa ma'lumotlarni qanday ko'rinishda joylashtirilishini belgilovchi vosita. WEB SITE nima? Agarda internetda ishlagan bo’lsangiz siz internet sahifasi nima ekanligini ko’rgansiz. 2

Misol qilib http://www.google.uz yoki http://www.mail.uz kabi sahifalar bular hammasi Internet sitelardir, ularni har bir oynachasi bir web sahifadir. Har bir internet sahifa HTML ko’dlari orqali yaratiladi. HTML bu HyperText Markup Language. Bu degani, bir programmalash tilidir. URL nima? URL bu Uniform Resource Locators, ya’ni bu har bir site’ning nomidir. Har bir site nomi hech yerda qaytarilmaydi va boshqa joyda ishlatilmaydi. Buqaytarilmas site nomidir. Misol uchun http://www.mail.uz faqatgina bittadir, boshqa hech qayerda shu nomli site ocxilishi mumkin emasdir, va ocxilmaydi ham.URL to’rt qismdan iboratdir. Protocol://ServerName:PortNumber/FileName Protocol: bu http protokolidir. ServerName: mail.uz PortNumber: 80, agarda hech narsa yozilmagan bo’lsa bu avtomatik ravishda 80 portdir. FileName: Ko’pincha ko’rsatilmaydi, serverning ishlashiga bog’liqdir. TEG tushunchasi HTML sahifa nima? - bu oddiy text fayl bo'lib, .html qisqartmasiga ega. HTML sahifani yaratish uchun maxsus dastur shart emas. Matin tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad ( Блокнот ), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuytreda mavjud. HTML sahifaning asosiy elementlaridan biri bo'lgan Teglar haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lsak HTML TEG: Bu HTML hujjatdagi turli elementlarni (matn, tasvir va boshqalar) web sahifada qanday ko'rinishda aks etirish lozimligini brauserga ko'rsatuvchi komandalar. Teglar malum o'lcham va vasifani bajaruvchi komandalardir. Teg quyidagi ko'rinishda bo'ladi: 3

<TEG>hujjat elementi</TEG> Ko'rib turgasningizdek teglar '<>' uchburchaksimon qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi. Uchbur-chaksimon qo'shtirnoq ichiga Teg nomi va uning o'lchamlari yoziladi. Quyida teg va uning o'lchamlari yozilishiga misol keltirilgan: <B><FONT COLOR=red>Hello World!</FONT></B> Misolda keltirilgan teglar HTML hujjatga kiritilganda Hello World! jumla qizil rangda, ajratilib yoziladi. Teglar orasida kiritilgan matn, teg o'lchamlarida qanday komandalar berilgan bo'lsa shu komandalarga bo'ysingan holda ekranda hosil bo'ladi. Bu misolda Hello World! jumlasiga nisbatan ikkita teg ishlatilgan. 1 - teg <B> va 2 - teg <FONT>. Hello World! jumlasidan keyin yana ikki teg </B> va</FONT> yozilgan. Bularning farqi shundaki, birinchi ikkita teg ochuvchi va jumladan so'ng yozilgan ikkita teg esa jumla oldida yozilgan teglarni davomi ya’ni yopuvchi teglardir. Yopuvchi teglarning vazifasi ocxilgan teg ta'sir maydoni tugaganligini belgilashdan iborat. HTML hujjatda deyarli barcha teglarni yopish lozim. '/' slesh belgisini qo'shish orqali yopuvchi teg yasaladi. Dastlabki Web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va giperko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga inter faol xususiyati berildi. Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu script tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web serverining ishini yengillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web serverini bezovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o’zida yaratishdir. Web texnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar SGI dasturlar bilan bevosita bog’liq bo’lib, SGI dasturlar serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular serverga kelgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi. Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma’lumotlarni turli xillarini: matn, 4

grafik, tasvir, video, audio ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma’lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan- qancha vaqtini tejash imkonini beradi. Shu bois matematika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web texnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi. 2.Web sayt yaratish dasturiy ta’minotlari Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web- sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat. Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi: HTML (HyperText Markup Language) Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalarni oladi. Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzer oynasida ma’lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma’lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan, <p> va </p> teglari abzastni tashkil etadi, <i> va </i> juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipermatnli SSIlkalar teglari ham mavjud. Ushbu 5