logo

Davlat xizmatini samarali qilishda jamoatchilik nazoratining o‘rni

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

347.8427734375 KB
Davlat xizmatini samarali qilishda jamoatchilik nazoratining
o‘rni
Reja
1.O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida     demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati
talablariga javob beradigan davlat boshqaruv tizimi shakllanishi.
2.Davlat   xizmati   faoliyati   samaradorligi   ushbu   faoliyatga   doir   bilimga
bog‘liqligi.
3.Davlat   xizmati   samaradorligini   ta’minlashda     ular   faoliyati   ustidan
jamoatchilik nazoratini ahamiyati. 1.O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida     demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati
talablariga javob beradigan davlat boshqaruv tizimi shakllanishi.
O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   va   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirish   jarayoni   davlat   xizmatlari   faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazoratini
amalga oshirish masalasini dolzarbligini belgilab beradi. Chunki demokratiya ham,
fuqarolik   jamiyati   ham   nazorat   faoliyati   bilan,   jumladan,   jamoatchilik   nazorati
bilan     bevosita   bog‘liq.   Ushbu   xususda   gapirib   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   jumladan   shunday   dedi:   “Yangi   O‘zbekiston   –   “Xalq
davlat   idoralariga   emas,   davlat   idoralari   xalqqa   xizmat   qilishi   kerak”   degan   hal
qiluvchi tamoyil amalda o‘z tasdig‘ini topayotgan mamlakat”. 1
 Demokratiya talabi
ko‘ra davlat xizmati jamiyat nazorati ostida bo‘lishi lozim, aks holda davlat xizmat
emas,   hukmronlik   qila   boshlaydi.   Ushbu   xususda   gapirib   Nobel   mukofotining
laureati Milton Fridman shunday deydi: “Hukumat xalqqa hukmronlik emas, balki
doimo   xizmat   qiladigan   jamiyatni   yaratish,   faqat   bizni   demokratlashtirishda
ishtirok   etishimizga     bog‘liq.   Biz   jamiyatga   qanday   munosabda   bo‘lsak,   jamiyat
ham   shunga   munosib   bo‘ladi   ya’ni   jamiyatni   qandayligi   bizning   o‘zimizga
bog‘liq” 2
.   Shuning   uchun   biz   quyida   davlat   xizmatlari   samaradorligini
ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni masalasini tahlil qilishni maqsad qilib
qo‘ydik.
O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   tub   sotsial-iqtisodiy,   ijtimoiy-   siyosiy,
jumladan,   ma’muriy   islohotlar   o‘tkazilishi   natijasida   zamon   talabiga   ya’ni
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   talablariga   javob   beradigan   davlat   boshqaruv
tizimi   shakllanib   bormoqda.   Davlat   boshqaruvi   tizimi   hokimiyatni   tarmoqlarga
ya’ni qonun, ijro va sud hokimiyatiga bo‘linishini konstitutsion tamoyiliga, ularni
o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar qarama-qarshi turishiga, shu bilan birga
qonun   va   ijroiya   hokimiyatini   markazda   va   joylarda   nazorat   funksiyalarini
kuchaytirishga   asoslangan.   Shular   qatorida   nazorat   borasida   davlat   va   jamiyat
o‘rtasida   hamkorlik   va   sheriklikni   o‘rnatish   masalasiga   alohida   e’tibor
1
 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёти, 2021., 27-бет.
2
 Мухаев Р.Т. Политология. Москва. 2007 г. Стр.5. qaratilmoqda.   Chunki   faqat   yuqoridan   bo‘lgan   davlat   nazorati   bilan   xalq
manfaatini   ifodalaydigan   ma’muriy   boshqaruv   tizimini   shakllantirish   muammo
bo‘lib   qoladi.   Bunday   holat   bo‘lmasligi   uchun   davlat   va   jamiyat   nazorat
vositalaridan iborat bo‘lgan nazorat tizimi shakllangan va jamoatchilik nazorati uni
harakatga keltiradigan  muhim elementi bo‘lishi lozim. 
Xalq   manfaatiga   xizmat   qiladigan   ma’muriy   boshqaruv   tizimini
shakllantirish   borasidagi   muammolardan   biri   buzuq   byurokratiya   va   korrupsiya
illati   hisoblanadi.   Chunki   korrupsiya   sharoitida   adolat   tamoyiliga   rioya   qilib
bo‘lmaydi.   Adolat   tamoyili   buzilgan   joyda   razolat   hukmronlik   qila   boshlaydi.
Razolat   hukmronlik  qilgan  joyda  inson  huquq  va   erkinliklari   paymol   qilinib  halq
manfaatini   ifodalash   muammo   bo‘lib   qoladi.   Bunday   muammoning   kelib
chiqishining sababi ijroiya hokimiyat organlari faoliyatini ochiqligi va oshkoraligi
to‘liq   ta’minlanmaganligi   va   jamoatchilik   nazoratini   zaifligidir.   Bizning
nazarimizda   bu   ikkita   sababni   bartaraf   qilish   uchun   professional   davlat   xizmatini
samarali   tizimini   shakllantirish   va   ijroiya   hokimiyat   organlari   tizimida
korrupsiyaga   qarshi   ta’sirchan   nazorat   mexanizmini   shakllantirish   kerak   bo‘ladi.
Bu   esa,     davlat   xizmatini   ma’muriy   boshqaruv   sohasidagi   demokratik   islohotlar
asosida  takomillashtirishni talab qiladi. 
Buning uchun, eng avvalo, ma’muriy boshqaruv tizimini demokratlashtirish
nima   ekanligini   anglab   olish   kerak   bo‘ladi.     Ma’muriy   boshqaruv   tizimini
demokratlashtirish   deganda   ikkita   jarayon   tushuniladi,   chunki   demokratlshatirish
jarayoni   ikki   elementdan   iborat.   Birinchisi   hokimiyatni   shakllantirishda   xalqni
ishtirokini   kengaytirish   bo‘lsa,   ikkinchisi   hokimiyatni   xalq   tomonidan   nazorat
qilish   imkoniyatini   kengaytirish.   Demokratiyaning   nazorat   funksiyasi   davlat
hokimiyati   organlari   faoliyatini   ularni   qonunan   belgilangan   kompetensiyasiga
mutanosibligini   ta’minlashdan   iborat.   Demokratiyaning   nazorat   funksiyasi   ikkita
yo‘l   bilan   amalga   oshiriladi:   birinchisi,   ularni   ichki   idoraviy   nazorati   bo‘lsa,
ikkinchisi,   jamiyat   nazoratini   ta’sirchan   mexanizmi   orqali.   Demak,   ma’muriy
boshqaruv   tizimini   demokratlashtirish   deganda   ijroiya   hokimiyat   organlarini shakllantirishda xalqni ishtirokini kengaytirish bo‘lsa, ikkinchisi ijroiya hokimiyat
organlari faoliyati ustidan xalq nazoratini kuchaytirishni tushunish lozimdir.
Ma’muriy   boshqaruv   sohasida   islohotlarni   amalga   oshirish   borasidagi
muammolardan biri iqtisodda davlat boshqaruvining yuqoriligi, yana biri iqtisodda
davlat   ulushining   yuqoriligi   bo‘lsa,   yana   biri   davlat   xizmatlari   tizimidagi
korrupsiya   illatidir.   Ushbu   muammolarni   yechimi   iqtisodni   monopoliyadan     va
davlat   mulkidan   chiqarish   hamda   kadrlar   tanlash   tizimida   nazorat   tizimini
takomillashtirish   bilan   bog‘liqdir.   Buning   uchun   ijroiya   hokimiyati   faoliyatini
optimallashtirish, ma’muriy islohotlarni demokratlashtirish va davlat boshqaruvida
menejmentni   zamonaviy   usullarini   joriy   etish   kerak   bo‘ladi.   Bundan   tashqari
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   talabidan   kelib   chiqib   ijroiya   hokimiyat
organlari   faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   ta’sirchan   mexanizmini
shakllantirish   talab  qilinadi.   Bunda   ijroiya   hokimiyatning  davlat   xizmatlari   tizimi
ustidan   jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirish   muhim   ahamiyatga   ega.   Davlat
xizmatlari   tizimi   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   o‘rnatilishi   ular   faoliyatini
samarali qilishga xizmat qiladi.
Davlat xizmatlari samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rni
to‘g‘risida   gapirishdan   oldin   asosiy   qadriyat   bo‘lgan   davlat   va   jamiyat
tushunchalarining   mazmun-mohiyatini   anglab   olish   lozim.   Jamiyat   -   evolyusion
yo‘l   bilan   va   tabiiy   ravishda   shakllangan   odamlarning   majmuidir.   Davlat   -   tabiiy
ravishda   shakllangan   jamiyatda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   va
sun’iy   ravishda   shakllangan   siyosiy   tuzulmadir.   Shuning   uchun   jamiyat   mavjud
bo‘lishi   va   rivojlanishining   muhim   sharti   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatilganlik   holatidir
deb   aytish   mumkin.   Ana   shunday   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ehtiyojidan   kelib
chiqib   davlat   vujudga   kelayapdi.   Ijtimoiy   tartib   deganda   ijtimoiy   regulyator
bo‘lgan huquq va axloq normalariga rioya qilish ta’minlanganlik holati tushuniladi.
Jamiyatni   mavjud   bo‘lishini   ta’minlashga   xizmat   qiladigan   normalarga   rioya
etilishi   nazorat   faoliyati   orqali   ta’minlanadi.   Demak   davlatning   asosiy   vazifasi huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilishni   ta’minlashga   qaratilgan   nazorat
funksiyasidir.
Davlat  va jamiyat  tushunchalariga   ta’rif  berilgandek davlat  xizmati, davlat
xizmatchisi   va   jamoatchilik   nazorati   tushunchalariga   ham   aniqlik   kiritish   lozim.
Aks   holda   fikrlarning   tarqoqligi   va   ayrim   tushunmovchiliklar   kelib   chiqishi
mumkin.   Davlat   xizmati   –   davlat   boshqaruvi   apparatida   ishlovchi   xodimlarning
professional   faoliyati.   Davlat   xizmatchisi   –   davlat   xizmatida   egallab   turgan
lavozimiga   muvofiq   u   yoki   bu   majburiyatlarni   amalga   oshiruvchi   xodim.
Jamoatchilik   nazorati   –   fuqarolik   jamiyati   institutlari   tomonidan   amalga
oshiriladigan   nazorat   faoliyati.   Yuqorida   ta’kilaganimizdek   davlatning   asosiy
vazifasi   nazorat   faoliyati   orqali   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ekan.   Demak   davlat
xizmatlarini   ham   asosiy   vazifasi   aynan   ana   shu   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bilan
bog‘liqdir.   Xuddi shunday jamoatchilik nazorati ham ijtimoiy tartibni o‘rnatishga
qaratilgan quyidan amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi. Yuqoridan davlat va
quyidan jamiyat tomonidan birgalikda amalga oshiriladigan nazoratni ijtimoiy yoki
ommaviy nazorat deb aytish mumkin 3
.
2.Davlat   xizmati   faoliyati   samaradorligi   ushbu   faoliyatga   doir   bilimga
bog‘liqligi.
Har   qanday   faoliyatni   samaradorligini   ta’minlashda   o‘sha   faoliyatga   doir
bilim   muhim   ahamitga   ega.   Jumladan   davlat   xizmatlari   faoliyatini   amalga
oshirishda ham  ushbu  xizmatga doir  bilim  kerak bo‘ladi. Davlat  xizmati  faoliyati
uchun   qanday   bilim   kerakligini   aniqlash   uchun   ushbu   faoliyat   maqsadidan   kelib
chiqib fikrlash kerak. Davlat xizmatining maqsadi umuman davlatning maqsadidan
kelib   chiqadi   chunki   davlat   o‘z   funksiyasini   amalga   oshirishi   uchun   ma’lum   bir
xizmatlarni   amalga   oshiradi.   Davlat   ana   shu   xizmatlarni   amalga   oshirish   orqali
ya’ni     ma’lum   bir   vazifalarni   bajarish   bilan   o‘zining   maqsadiga   erishadi.   Buning
uchun   davlat   xizmatchisida   uni   oldida   turgan   maqsadga   erishishi   uchun   kerak
bo‘lgan   bilim   bo‘lishi   lozim.   Demak   davlat   xizmatchilirida   qanaqa   bilim   bo‘lishi
3
 Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат.Самарқанд. 2020 йил. 6-бет. kerakligini   aniqlash   uchun   oldin   maqsadni   aniqlab   olishimiz   kerak   ekan.   Xo‘sh
davlatning   asosiy   maqsadi   nima?   Ma’lumki   davlatning   asosiy   maqsadi   insoniyat
jamiyatida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   hisoblanadi.   Davlatning   paydo   bo‘lishini
o‘zi ijtimoiy tartibni o‘rnatishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq.
Ijtimoiy   tartibga   bo‘lgan   ehtiyojni   tushunish   uchun,   eng   avvalo,   ijtimoiy
tartib o‘zi nima ekanligini bilish kerak. Ijtimoiy tartib huquq va axloq normalariga
rioya   qilish   ta’minlanganlik   holatidir.   Insoniyat   jamiyati   mavjud   bo‘lishi   uchun
unda   muayyan   tartib   o‘rnatilgan   bo‘lishi   lozim.   Shuning   uchun   tartib   o‘rnatishga
xizmat   qiladigan   ijtimoiy   regulyatorlar   ya’ni   huquq   va   axloq   o‘ylab   chiqilgan.
Ijtimoiy   regulyator   bo‘lgan   huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilinganlik   holati
ijtimoiy   tartib   degan   tushuncha   bilan   ifodalanadi.   Odamlar   huquq   va   axloq
normalariga rioya qilib yashashlari uchun ularni kimdir nazorat qilib turishi kerak.
Ana shunday nazoratni davlat o‘zining nazorat organlari orqali amalga oshiradi va
shu bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Buning uchun davlat insoniyat jamiyatida
odamlar   o‘rtasidagi   munosabat   jarayonida   tabiiy   ravishda   kelib   chiqadigan
qarama-qarshilikni   kelishtirib   murosaga   solib   turishi   kerak   bo‘ladi.   Insoniyat
jamiyatida murosa qilib kelishib  yashashga ehtiyoj bo‘lsa-yu, lekin bu ehtiyoj o‘z
o‘zidan   qondirilmasa   ana   o‘sha   vaqtda   davlat   paydo   bo‘ladi.   Agar   bu   qarama-
qarshiliklar o‘z vaqtida murosaga  solinmasa ular keskinlashib kuchayib boradi va
natijada   insoniyat   jamiyati   son   sanoqsiz   urushlardan   iborat   bo‘lib   qoladi   va       bu
esa, ertami-kechmi insoniyat jamiyati halokatini keltirib chiqaradi.
Insoniyat   jamiyatida   tartibni   o‘rnatish   ehtiyojidan   kelib   chiqib   davlat
vujudga   kelayapdi.   Lekin   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   davlat   hokimiyati
asta-sekinlik   bilan   xizmat   emas,   balki   hukmronlik   qilishga   o‘ta   boshlaydi.   Ana
shunday   holat   kelib   chiqmasligi   uchun   jamiyat   tomonidan   xalqqa   xizmat   qilish
uchun   yaratilgan   davlat   hokimiyati   jamiyat   tomonidan   nazorat   qilinishi   kerak
bo‘lmoqda.   Agar   jamiyat   davlat   hokimiyatini   nazorat   qilmasa   byurokratiya
kuchayib   korrupsiya   illati   kelib   chiqadi.   Bunday   holat   kelib   chiqmasligi   uchun
davlat   hokimiyati   boshqaruvi   organlari   jamiyat   nazorati   ostida   bo‘lishlari   lozim. Bunday   nazorat   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   talabi   hisoblanadi,   chunki
demokratiya   deganda   nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi,   balki
nazorat   qilinishi   ham   tushuniladi.   Fuqarolik   jamiyatini   asosiy   funksiyasi   ijroiya
hokimiyat   ustidan   nazoratni   amalga   oshirishdan   iborat.   Buning   uchun   davlat
hokimiyati  faoliyati  ochiqligi  va  oshkoraligi   ta’minlangan  bo‘lishi  lozim.  Bu  esa,
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   talabi   hisoblanadi,   chunki   ochiqlik   va
oshkoraliksiz   demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   bo‘lmaydi.   Jamiyat   o‘z
nazoratini amalga oshirishi uchun davlat hokimiyati faoliyatidan xabardor bo‘lishi
lozim va bu  ochiqlik hamda oshkoralik orqali ta’minlanadi.
Davlat xizmati samaradorligini ta’minlashda kadrlarni tanlash va joy-joyiga
qo‘yish   jarayonida   jamoatchilik   nazorati   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   davlat
xizmati   samaradorligi   ushbu   sohada   faoliyat   olib   borayotgan   kadrlarni   sifatiga
bog‘liq.   Kadrlarni   sifati   yuqori   bo‘lishi   uchun   ularni   shakllantirish   jarayonida
ma’lum bir me’zonlarga rioya etilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, kadrlarni
sifatini     belgilaydigan   me’zonlar   ishlab   chiqilgan   bo‘lishi   lozim.   Bu   borada
O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning   2019 yil 3 oktyabrdagi
kadrlarni   tanlash   meritokratiya   tamoyili   asosida   ochiqlik   va   oshkoralik   bilan
amalga   oshirilishi   kerakligi   to‘g‘risidaga   farmoni   huquqiy   asos   bo‘lib   xizmat
qiladi 4
.   Meritokratiya   tomoyiliga   asoslanish   uchun   qanday   me’zonlarga   rioya
etilishi lozim? Buning uchun davlat hokimiyati faoliyati mohiyatidan kelib chiqib
fikrlash lozim bo‘ladi. Davlat hokimiyati, eng avvalo, siyosiy faoliyat hisoblanadi
shuning   uchun   asosiy   mezon   siyosiy   madaniyat   darajasi   bo‘lishi   to‘g‘ri   bo‘ladi.
Davlatning   asosiy   vazifasi   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bo‘lganligi   va   bu   qonunga
rioya etilishi  bilan bog‘liqligi  uchun ikkinchi  me’zon huquqiy madaniyat darajasi
bo‘lishi   kerak.   Davlat   funksiyalaridan   asosiysi   boshqaruv   hisoblanadi   shuning
uchun kadrlarga qo‘yiladigan talablardan biri o‘zini boshqara olishga qodirligidir.
Chunki inson birovni boshqara olishi  uchun oldin o‘zini boshqara olishi  lozim va
bu ma’naviyat orqali ta’minlanadi.
4
Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президентини “Ўзбекистон Республикасида кадрлар сиёсати ва 
давлат фуқаролик хизматлари тизимини тубдан такомиллаштиришнинг чора-тадбирлари тўғрисида” 
Тошкент,2019 йил 3 октябрдаги ПФ-5843-сон фармони.    Shuning   uchun   kadrlarni   tanlash   jarayonidagi   asosiy   me’zonlardan   biri
ma’naviyatning   yuksaklik   darajasi   bo‘lishi   lozim.   Ushbu   me’zon   asosiy   me’zon
bo‘lishi  to‘g‘ri, chunki, bilimi kuchli-yu, lekin ma’naviyati qashshoq odam o‘zini
boshqara   olmaydi.   O‘zini   boshqara   omagan   odam   o‘z   ichki   dunyosida   tartibni
o‘rnata  olmaydi,  chunki,  u  adolatga   emas,  balki  razolatga  xizmat  qiladi.  Natijada
adolat   bilan   razolat   o‘rtasidagi   kurashda   razolat   g‘alaba   qozonadi   va   ijtimoiy
tartibsizlik   kelib   chiqadi.   Shuning   uchun   ma’naviyati   qashshoq   davlat   xizmatida
buzuq byurokratiya shakllanib korrupsiya kelib chiqadi. Korrupsiya muhitida esa,
adolat   oyoq   osti   qilinib   yuqorida   ta’kidlaganimizdek   ijtimoiy   tartibsizlik   kelib
chiqadi.     Shuning   uchun   kadrlarni   tanlash   jarayonida   asosiy   me’zon     nomzod
ma’naviyatining   yuksaklik   darajasi   bo‘lishi   lozim.   Kadrlarni   tanlash   jarayonida
ushbu   me’zonlarga   rioya   etilishi   jamoatchilik   tomonidan   nazorat   qilinishi
meritokratiya tamoyili asosida davlat xizmatini shakllantirishni ta’minlaydi.
Davlat   xizmatchisiga   qo‘yilgan   ushbu   me’zonlardan   eng   muhimi   yuqorida
ta’kidlaganimizdek   uning   ma’naviy   yuksaklik   darajasidir.   Chunki   ma’naviyat
insonga o‘z ustidan bo‘lgan hokimiyatni shakllantirib o‘z ustidan bo‘lgan nazoratni
ta’minlaydi.  O‘zini nazorat qilishga qodir bo‘lgan odam o‘z ichki dunyosida tartib
o‘rnata   oladi   va   korrupsiya   illatiga   chalinmaydi.   Shuning   uchun   davlat
xizmatchilarga   qo‘yilgan   talablar   ichida   eng   muhimi   uning   ma’naviy   yuksakligi
deb   aytish   mumkin.   Chunki   ma’naviy   qashshoqlik   natijasida   kelib   chiqadigan
korrupsiya   sharoitida   davlat   xizmatlari   samarali   bo‘la   olmaydi.   Davlat   xizmatida
kadrlar tarkibini shakllantirish siyosiy madaniyat, huquqiy madaniyat va ma’naviy
yuksaklik   me’zonlariga   rioya   qilingan   holda   amalga   oshirilishi   lozim.   Bunda
ma’naviy yuksaklikni aniqlash masalasi muammoli bo‘lishi mumkin, chunki inson
ma’naviyatini   yuksaklik   darajasini   belgilovchi   xujjat   yo‘q.   Shuning   uchun   davlat
xizmatiga   nomzodning   ma’naviyatini   qanday   qilib   aniqlash   mumkin   degan   savol
kelib chiqadi. Bizning nazarimizda inson ma’naviyatini yuksaklik darajasini o‘sha
odamning   oilasidagi   muhitni   sog‘lomlik   darajasiga   qarab   belgilash   mumkin.
Agar   nomzodning   oilasidagi   muhit   sog‘lom   bo‘lsa,   bu   uning   ma’naviyatining
yuksakligini   belgisi   va   aksincha,   agar   oilada   muhit   nosog‘lom   bo‘lsa,   bu   uning ma’naviyatining qashshoqligini belgisi bo‘ladi. Chunki o‘z oilasida tartibni o‘rnata
olgan odam o‘z   ustidan hokimiyatga ega bo‘lgan bo‘ladi va bu ma’naviyat orqali
ta’minlanadi.
3.   Davlat   xizmati   samaradorligini   ta’minlashda     ular   faoliyati   ustidan
jamoatchilik nazoratini ahamiyati.
Davlat xizmati samaradorligini ta’minlashda nafaqat kadrlarni shakllantirish
jarayonida   balki   ular   faoliyati   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirish
muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   har   qanday   yaxshi   kadr   davlat   xizmatiga
o‘tgandan   keyin   keyin   nazoratsizlik   oqibatida   o‘zining   egoistik   manfaatlarining
quliga   aylanib   qoladi.   Bunday   holat   bo‘lmasligi   uchun   davlat   xizmati   ustidan
jamoatchilik   nazorati   amalga   oshirilishi   lozim.   Nazoratsizlik   oqibatida   davlat
idoralari   xalqqa   emas,   balki   xalq   davlat   idoralariga   xizmat   qila   boshlaydi.   Shu
o‘rinda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoevning   “Xalq   davlat
idoalariga   emas   balki   davlat   idoralari   xalqqa   xizmat   qilishi   kerak”   degan   dono
so‘zlarini eslash o‘rinli bo‘ladi.
Davlat   xizmatchilari   ustidan   jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirish
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   talabi   hisoblanadi.   Chunki   demokratiya   ham,
fuqarolik   jamiyati   ham   nazorat   faoliyati   bilan   bog‘liq.   Demokratiya   deganda
nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi   balki   nazorat   qilinishi
tushuniladi.   Fuqarolik   jamiyatining   asosiy   funksiyasi   ijroiya   hokimiyat   ustidan
nazoratni   amalga   oshirish   hisoblanadi.   Davlat   xizmati   samaradorligi   jamoatchilik
nazoratiga bog‘liq ekan asosiy e’tiborni nazorat faoliyatini kuchli qilishga qaratish
maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Nazorat   faoliyatini   samaradorligi   va   umuman   har
qanday   faoliyatning   samaradorligi   o‘sha   faoliyatga   doir   bilimga   bog‘liqdir.
Jamoatchilik nazorati kuchli bo‘lishi uchun fuqarolik jamiyati institutlarini nazorat
faoliyatiga   doir   bilim   bilan   qurollantirish   choralarini   ko‘rish   kerak   bo‘ladi.
Umuman jamiyatni nazorat faoliyatiga doir bilim bilan qurollantirish uchun ta’lim
tizimida   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   beradigan   fan   joriy   qilinishi   lozim. Nazorat faoliyatiga doir bilim bilan qurollangan jamiyat davlat xizmati ustidan o‘z
nazoratini amalga oshirishga qodir bo‘ladi.
Nazorat faoliyati samarali bo‘lishi uchun davlat va jamiyat o‘rtasida nazorat
borasida   hamkorlik   va   sheriklik   o‘rnatilishi   lozim.   Davlat   va   jamiyatning
birgalikdagi   nazoratini   ijtimoiy   nazorat   yoki   ommaviy   nazorat   degan   tushuncha
bilan ifodalash mumkin.   Bunday nazoratni shakllanishi  zamon talabi hisoblanadi
chunki   zamon   mohiyati   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishdan
iborat. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining kuchliligi ijtimoiy nazoratni va
uning   muhim   elementi   bo‘lgan   jamoatchilik   nazoratining   muhim   sharti
hisoblanadi.   Davlat   xizmati   samaradorligini   ta’minlashga   qodir   bo‘lgan   nazorat
faoliyatini   ta’minlash     nazorat   mexanizmini   shakllanganligiga   bog‘liq.   Nazorat
mexanizmini bir  nechta elementlardan iborat  bo‘ladi  va uning elementlaridan biri
jamoatchilik nazorati hisoblanadi.
Davlat   xizmatining   samaradorligi   barqaror   ishlab   turgan   nazorat
mexanizmiga   bog‘liq   va   bunday   mexinizmni   harakatga   keltiradigan   qismi
jamoatchilik   nazorati   bo‘lishi   lozim.   Chunki   nazorat   natijasida   erishiladigan
ijtimoiy tartib,   eng avvalo, quyida yashayotgan odamlarga kerak. Shuning uchun
quyida yashayotgan odamlar fuqarolik jamiyati institutlariga birlashgan holda o‘z
nazoratlarini   amalga   oshirib   nazorat   mexanizmini   harkatga   keltirishlari   lozim.
Nazorat   mexanizmini   boshqa   qismlari   harakatga   kelishlari   uchun   jamoatchilik
ularga turtki berishlari kerak bo‘ladi. Agar jamoatchilik nazorati ishlamasa nazorat
mexanizmi   ham   harakatga   kelmaydi,   chunki   har   qanday   mexanizmni   harakatga
keltiruvchi   qismi   bo‘ladi.   Jamoatchilik   nazorati   nazorat   mexanizmini   harakatga
keltiruvchi   muhim   elementi   hisoblanadi.   Bir   biriga   vertikal   va   gorizontal
tomonlardan   bog‘langan   tuqqizta   vositadan   iborat   nazorat   tizimini   tasavvur   qilib
ko‘ring.   Bulardan   uchtasi   davlat   nazorat   vositalari,   yana   uchtasi   jamiyat   nazorat
vositalari va qolgan uchtasi ularni bog‘lab turadigan ham davlatga, ham jamiyatga
daxldor   bo‘lgan   nazorat   vositalari.     Ana   shunday   tizim   harakatga   kelib mexanizmga   aylanishi   uchun   jamoatchilik   nazorati   kuchli   bo‘lishi   va   harakatni
boshlab berishi lozim.
Nazorat   mexanizmida   davlat   tomonidan   nazoratni   qonunchilik   hokimiyati,
ijro   hokimiyati   va   sud   hokimiyati   amalga   oshiradi.   Jamiyat   tomonidan   esa,
nazoratni   elektorat,   boshlag‘ich   partiya   tashkilotlari   va   fuqarolik   jamiyati
institutlari   amalga   oshiradi.   Davlat   va   jamiyat   nazorat   vositalarini   bog‘lab
turadigan   nazorat   vositalariga   deputatlar   korpusi,   siyosiy   partiyalar   va   ommaviy
axborot vositalari kiradi. Ushbu nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan qismi
quyidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati bo‘lishi lozim. Chunki nazorat
natijasida   o‘rnatiladgan   ijtimoiy   tartib,   eng   avvalo,   quyida   yashayotgan   odamlar
uchun kerak. Bugungi kunda mamlakatimizda shakllanib borayotgan nazorat tizimi
strukturasini   jamiyat   siyosiy   hayotining   hozirgi   manzarasidan   kelib   chiqib,
quyidagicha tasavvur qilish mumkin. 5
Jamoatchilik   nazoratining   kuchliligi   esa,   demokratiya   va   fuqarolik
jamiyatining   kuchliligiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   davlat   xizmatlarini
samaradorligi   oxir-oqibatda   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchliligiga
5
  Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат. Самарқанд 2020 йил. 135-бет. bog‘liq   bo‘ladi.   Buning   uchun   jamiyatga   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini
kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   bilimlarni   berish   kerak   bo‘ladi.     Demokratiya
ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   nazorat   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lganligi   uchun
jamiyatga,   eng   avvalo,   nazorat   faoliyatiga   doir   bilim   berish   kerak   bo‘ladi.   Har
qanday   bilim   ta’lim   tizimida   shakllanganligi   kabi   nazorat   faoliyatiga   doir   bilim
ham ta’lim tizimida shakllanadi. Shuning uchun ta’lim tizimiga nazorat faoliyatiga
doir   bilimni   beradigan   fanni   joriy   etish   zamon   talabi   hisoblanadi   deb   aytish
mumkin.
Xulosa   qilib   aytganda   davlat   xizmatlarini   samaradorligi   jamoatchilik
nazoratiga,   jamoatchilik   nazorati   esa,   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini
kuchliligiga   bog‘liq.   Shuning   uchun   asosiy   e’tibor   demokratiya   va   fuqarolik
jamiyatini   kuchli   qilishga   qaratilishi   lozim.   Demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati
nazorat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun jamiyatga nazorat faoliyatiga doir
bilimni   berish   choralarini   ko‘rish   lozim.   Bunda   oliy   ta’lim   tizimida   nazorat
faoliyatiga  doir  bilimni  beradigan  fanni  joriy etish va yoshlarni  ongiga  singdirish
muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   dolzarb   vazifa   hisoblanadi.   Bugun   jamiyatga
demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishga   xizmat   qiladigan   nazorat
faoliyatiga doir bilimni berish, ertaga kuchli jamoatchilik nazoratini shakllantiradi.
Kuchli   jamoatchilik   nazorati   esa,   nazorat   mexanizmini   harakatga   keltirib   o‘z
navbatida davlat xizmatlarini samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Davlat xizmatini samarali qilishda jamoatchilik nazoratining o‘rni Reja 1.O‘zbekistonda mustaqillik yillarida demokratiya va fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan davlat boshqaruv tizimi shakllanishi. 2.Davlat xizmati faoliyati samaradorligi ushbu faoliyatga doir bilimga bog‘liqligi. 3.Davlat xizmati samaradorligini ta’minlashda ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ahamiyati.

1.O‘zbekistonda mustaqillik yillarida demokratiya va fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan davlat boshqaruv tizimi shakllanishi. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni davlat xizmatlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish masalasini dolzarbligini belgilab beradi. Chunki demokratiya ham, fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan, jumladan, jamoatchilik nazorati bilan bevosita bog‘liq. Ushbu xususda gapirib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev jumladan shunday dedi: “Yangi O‘zbekiston – “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan hal qiluvchi tamoyil amalda o‘z tasdig‘ini topayotgan mamlakat”. 1 Demokratiya talabi ko‘ra davlat xizmati jamiyat nazorati ostida bo‘lishi lozim, aks holda davlat xizmat emas, hukmronlik qila boshlaydi. Ushbu xususda gapirib Nobel mukofotining laureati Milton Fridman shunday deydi: “Hukumat xalqqa hukmronlik emas, balki doimo xizmat qiladigan jamiyatni yaratish, faqat bizni demokratlashtirishda ishtirok etishimizga bog‘liq. Biz jamiyatga qanday munosabda bo‘lsak, jamiyat ham shunga munosib bo‘ladi ya’ni jamiyatni qandayligi bizning o‘zimizga bog‘liq” 2 . Shuning uchun biz quyida davlat xizmatlari samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni masalasini tahlil qilishni maqsad qilib qo‘ydik. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tub sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy, jumladan, ma’muriy islohotlar o‘tkazilishi natijasida zamon talabiga ya’ni demokratiya va fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan davlat boshqaruv tizimi shakllanib bormoqda. Davlat boshqaruvi tizimi hokimiyatni tarmoqlarga ya’ni qonun, ijro va sud hokimiyatiga bo‘linishini konstitutsion tamoyiliga, ularni o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar qarama-qarshi turishiga, shu bilan birga qonun va ijroiya hokimiyatini markazda va joylarda nazorat funksiyalarini kuchaytirishga asoslangan. Shular qatorida nazorat borasida davlat va jamiyat o‘rtasida hamkorlik va sheriklikni o‘rnatish masalasiga alohida e’tibor 1 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёти, 2021., 27-бет. 2 Мухаев Р.Т. Политология. Москва. 2007 г. Стр.5.

qaratilmoqda. Chunki faqat yuqoridan bo‘lgan davlat nazorati bilan xalq manfaatini ifodalaydigan ma’muriy boshqaruv tizimini shakllantirish muammo bo‘lib qoladi. Bunday holat bo‘lmasligi uchun davlat va jamiyat nazorat vositalaridan iborat bo‘lgan nazorat tizimi shakllangan va jamoatchilik nazorati uni harakatga keltiradigan muhim elementi bo‘lishi lozim. Xalq manfaatiga xizmat qiladigan ma’muriy boshqaruv tizimini shakllantirish borasidagi muammolardan biri buzuq byurokratiya va korrupsiya illati hisoblanadi. Chunki korrupsiya sharoitida adolat tamoyiliga rioya qilib bo‘lmaydi. Adolat tamoyili buzilgan joyda razolat hukmronlik qila boshlaydi. Razolat hukmronlik qilgan joyda inson huquq va erkinliklari paymol qilinib halq manfaatini ifodalash muammo bo‘lib qoladi. Bunday muammoning kelib chiqishining sababi ijroiya hokimiyat organlari faoliyatini ochiqligi va oshkoraligi to‘liq ta’minlanmaganligi va jamoatchilik nazoratini zaifligidir. Bizning nazarimizda bu ikkita sababni bartaraf qilish uchun professional davlat xizmatini samarali tizimini shakllantirish va ijroiya hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi ta’sirchan nazorat mexanizmini shakllantirish kerak bo‘ladi. Bu esa, davlat xizmatini ma’muriy boshqaruv sohasidagi demokratik islohotlar asosida takomillashtirishni talab qiladi. Buning uchun, eng avvalo, ma’muriy boshqaruv tizimini demokratlashtirish nima ekanligini anglab olish kerak bo‘ladi. Ma’muriy boshqaruv tizimini demokratlashtirish deganda ikkita jarayon tushuniladi, chunki demokratlshatirish jarayoni ikki elementdan iborat. Birinchisi hokimiyatni shakllantirishda xalqni ishtirokini kengaytirish bo‘lsa, ikkinchisi hokimiyatni xalq tomonidan nazorat qilish imkoniyatini kengaytirish. Demokratiyaning nazorat funksiyasi davlat hokimiyati organlari faoliyatini ularni qonunan belgilangan kompetensiyasiga mutanosibligini ta’minlashdan iborat. Demokratiyaning nazorat funksiyasi ikkita yo‘l bilan amalga oshiriladi: birinchisi, ularni ichki idoraviy nazorati bo‘lsa, ikkinchisi, jamiyat nazoratini ta’sirchan mexanizmi orqali. Demak, ma’muriy boshqaruv tizimini demokratlashtirish deganda ijroiya hokimiyat organlarini

shakllantirishda xalqni ishtirokini kengaytirish bo‘lsa, ikkinchisi ijroiya hokimiyat organlari faoliyati ustidan xalq nazoratini kuchaytirishni tushunish lozimdir. Ma’muriy boshqaruv sohasida islohotlarni amalga oshirish borasidagi muammolardan biri iqtisodda davlat boshqaruvining yuqoriligi, yana biri iqtisodda davlat ulushining yuqoriligi bo‘lsa, yana biri davlat xizmatlari tizimidagi korrupsiya illatidir. Ushbu muammolarni yechimi iqtisodni monopoliyadan va davlat mulkidan chiqarish hamda kadrlar tanlash tizimida nazorat tizimini takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Buning uchun ijroiya hokimiyati faoliyatini optimallashtirish, ma’muriy islohotlarni demokratlashtirish va davlat boshqaruvida menejmentni zamonaviy usullarini joriy etish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari demokratiya va fuqarolik jamiyati talabidan kelib chiqib ijroiya hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’sirchan mexanizmini shakllantirish talab qilinadi. Bunda ijroiya hokimiyatning davlat xizmatlari tizimi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Davlat xizmatlari tizimi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishi ular faoliyatini samarali qilishga xizmat qiladi. Davlat xizmatlari samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rni to‘g‘risida gapirishdan oldin asosiy qadriyat bo‘lgan davlat va jamiyat tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglab olish lozim. Jamiyat - evolyusion yo‘l bilan va tabiiy ravishda shakllangan odamlarning majmuidir. Davlat - tabiiy ravishda shakllangan jamiyatda ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan va sun’iy ravishda shakllangan siyosiy tuzulmadir. Shuning uchun jamiyat mavjud bo‘lishi va rivojlanishining muhim sharti ijtimoiy tartibni o‘rnatilganlik holatidir deb aytish mumkin. Ana shunday ijtimoiy tartibni o‘rnatish ehtiyojidan kelib chiqib davlat vujudga kelayapdi. Ijtimoiy tartib deganda ijtimoiy regulyator bo‘lgan huquq va axloq normalariga rioya qilish ta’minlanganlik holati tushuniladi. Jamiyatni mavjud bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladigan normalarga rioya etilishi nazorat faoliyati orqali ta’minlanadi. Demak davlatning asosiy vazifasi

huquq va axloq normalariga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan nazorat funksiyasidir. Davlat va jamiyat tushunchalariga ta’rif berilgandek davlat xizmati, davlat xizmatchisi va jamoatchilik nazorati tushunchalariga ham aniqlik kiritish lozim. Aks holda fikrlarning tarqoqligi va ayrim tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Davlat xizmati – davlat boshqaruvi apparatida ishlovchi xodimlarning professional faoliyati. Davlat xizmatchisi – davlat xizmatida egallab turgan lavozimiga muvofiq u yoki bu majburiyatlarni amalga oshiruvchi xodim. Jamoatchilik nazorati – fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat faoliyati. Yuqorida ta’kilaganimizdek davlatning asosiy vazifasi nazorat faoliyati orqali ijtimoiy tartibni o‘rnatish ekan. Demak davlat xizmatlarini ham asosiy vazifasi aynan ana shu ijtimoiy tartibni o‘rnatish bilan bog‘liqdir. Xuddi shunday jamoatchilik nazorati ham ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qaratilgan quyidan amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi. Yuqoridan davlat va quyidan jamiyat tomonidan birgalikda amalga oshiriladigan nazoratni ijtimoiy yoki ommaviy nazorat deb aytish mumkin 3 . 2.Davlat xizmati faoliyati samaradorligi ushbu faoliyatga doir bilimga bog‘liqligi. Har qanday faoliyatni samaradorligini ta’minlashda o‘sha faoliyatga doir bilim muhim ahamitga ega. Jumladan davlat xizmatlari faoliyatini amalga oshirishda ham ushbu xizmatga doir bilim kerak bo‘ladi. Davlat xizmati faoliyati uchun qanday bilim kerakligini aniqlash uchun ushbu faoliyat maqsadidan kelib chiqib fikrlash kerak. Davlat xizmatining maqsadi umuman davlatning maqsadidan kelib chiqadi chunki davlat o‘z funksiyasini amalga oshirishi uchun ma’lum bir xizmatlarni amalga oshiradi. Davlat ana shu xizmatlarni amalga oshirish orqali ya’ni ma’lum bir vazifalarni bajarish bilan o‘zining maqsadiga erishadi. Buning uchun davlat xizmatchisida uni oldida turgan maqsadga erishishi uchun kerak bo‘lgan bilim bo‘lishi lozim. Demak davlat xizmatchilirida qanaqa bilim bo‘lishi 3 Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат.Самарқанд. 2020 йил. 6-бет.