O‘zbekistonda nazorat faoliyatini samarali qilishda bilim va ma’naviyatning o‘rni.
O‘zbekistonda nazorat faoliyatini samarali qilishda bilim va ma’naviyatning o‘rni. Reja 1.Nazorat faoliyatining samradorligi demokratiya va fuqarolik jamiyatiga bog‘liqligi. 2.Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishda siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni 3.Nazorat faoliyatini samarali qilishda Ijtimoiy nazorat faning o‘rni.
1.Nazorat faoliyatining samradorligi demokratiya va fuqarolik jamiyatiga bog‘liqligi. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li va fuqarolik jamiyatini kuchli qilish nazorat faoliyatini samarali qilishning muhim sharti hisoblanadi. Demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchliligi esa jamiyatning bilim va ma’naviyatining yuksakligiga bog‘liq. Mashhur alloma, hadisshunos olim Imom Ismoil Buxoriy insoniyat jamiyatida bilimni ahamiyati to‘g‘risida gapirib “ Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” 1 deb yozib qoldirganini jamiyatni bilim asosida boshqarishi kerak deb tushunmoq darkor. Buning uchun fan yutuqlari amaliyotga tatbiq qilinishi amalda ta’minlangan bo‘lishi kerak. Fan bilimlar majmuidan iborat bo‘lib, tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Ushbu qonuniyatlarga asoslangan jamiyat, taraqqiyotning muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘ladi. J amiyatni bilim asosida boshqarish uchun oldin jamiyatda bilim yuksalishi kerak, yuksalishi uchun esa bilim qadrlanishi kerak. Chunki inson shunday mavjudotki nima qadrlansa shunga intiladi va qadrlanmagan narsaga esa intilmaydi. Demak bilimni qadrlash jamiyatni bilim asosida boshqarish uchun kerak bo‘lgan bilimlar majmuini shakllantiradi. Bundan tashqari jamiyatni bilim asosida boshqarish uchun jamiyat taraqqiyotini ng muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni ta’minlaydigan nazorat mexanizm i to‘g‘risidagi bilimlar shakllangan bo‘lishi lozim. Chunki j amiyat taraqqiyoti ijtimoiy tartibga bog‘liq, ijtimoiy tartib esa nazorat tizimiga bog‘liq. Nazorat tizimining mukammal bo‘lishi uchun esa, nazoratga doir bilimlar odamlar ongiga singdirilishi lozim. Bunday bilimni shakllantirish uchun esa ta’lim tizimida nazoratga doir bilimlarni yoshlar ongiga singdiradigan fanlar o‘qitilishi kerak. Nazoratga doir bilimlar barcha ijtimoiy fanlar tomonidan o‘rganil ib boriladi , l ekin ular nazorat tizimi to‘g‘risidagi mukammal bilimlarni bermaydi. Shuning uchun nazorat masalalariga bag‘ishlangan alohida mustaqil fanga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Bilim va ma’naviyatni 1 Саодат йўли. Тошкент – 2016 йил. 75-бет.
uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydigan “ Ijtimoiy nazorat ” fani ana shunday fan sifatida xizmat qilishi mumkin. Samarqand Davlat universitetining jamiyatshunos olimlari tomonidan nazorat tizimini samarali qilishga qaratilgan “ Ijtimoiy nazorat ” nomli o‘quv kursining ta’lim tizimiga kiritilishi maqbulligi chuqur asoslab berildi. Ana shu kursning oliy ta’lim tizimi o‘quv dasturiga kiritilishi fan yutuqlarining amaliyotga tatbiq etilishini anglatadi. Lekin bu borada bizda tajriba yetarli darajada shakllangani yo‘q. Chunki sobiq sho‘rolar zamonida fanning yutuqlariga bo‘lgan bunday yondashuv meros bo‘lib o‘tgan. Endi mustaqillik sharofati bilan fan yutuqlariga asoslanib jamiyatni boshqarishga barcha sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li va fuqarolik jamiyatini shakllantirish mukammal nazorat tizimini taqozo etadi. Chunki demokratiya hokimiyat xalq tomonidan shakllantirilishini va nazorat qilinishini anglatadi. Bundan tashqari, jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat tizimi orqali ta’minlanadi. Mukammal nazorat tizimini shakllantirish uchun odamlarda nazorat to‘g‘risida, uning mazmuni, shakllari va amalga oshirish vositalari to‘g‘risida bilim bo‘lishi kerak. Bunday bilim o‘z- o‘zidan shakllanmaydi. Uning shakllanishi uchun ta’lim tizimida ijtimoiy nazoratning mazmun mohiyatini ochib beradigan o‘quv kurslari kiritilishi lozim. Nazorat tizimining dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoe v tomonidan ishlab chiqilgan va 201 7 yil 7 fevral da tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” talab laridan kelib chiqadi. Un da asosiy e’tibor nazorat masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib jamiyatda qonun ustuvorligini va jazoning muqarrarligini ta’minlash mukammal nazorat tizimini taqozo etishi ta’kidlangan. Nazorat tizimi ishlamagan joyda tartib bo‘lmaydi , tartib bo‘lmagan joyda esa rivojlanish bo‘lmaydi. Shuning uchun bu boradagi takliflarni davom ettirib, muhtaram Prezidentimiz 2017 yil 22 dekabrda va 2018 yilning 28 dekabrida Parlamentga qilgan murojaatnomalarida nazorat tizimining muntazam ishlab turishini ta’minlaydigan jamoatchilik nazoratini shakllantirish va
takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar. Buni murojaatnomada nazorat, jamoatchilik nazorati va jamiyat nazorati so‘zlarini bir necha marotaba ishlatilganligidan ham ko‘rish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, nazorat faoliyatida jamoatchilik nazoratining qanchalik muhimligini ko‘rsatib turibdi. Bosh maqsadimiz bo‘lgan ozod, obod va farovon jamiyat qurish, eng avvalo, jamiyatda qat’iy tartib o‘rnatilishiga bog‘liq. Yuqorida ta’kidlaganimizdek barcha vaqtlarda donishmandlar jamiyatda tartib o‘rnatish masalasi to‘g‘risida bosh qotirishgan. Bu masala bugungi kunda ham siyosatshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib turibdi. B u yuk donishmandlar Platon, Aristotel, Farobiy va boshqalar o‘z asarlarida ana shu muammoni hal qilishga intilishgan.Chunonchi, Platon o‘zining «Davlat» nomli asarida jamiyatda tartib o‘rnatish uchun jamiyatni intellektual elita boshqarishi kerak deb yozadi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatni bilim boshqarishi kerak. Agar jamiyatni bilim boshqarmasa, o‘z-o‘zidan jamiyatni pul boshqara boshlaydi. Pul boshqargan jamiyatda tartib bo‘lmaydi va bunday jamiyat oxir-oqibatda tanazzulga uchrab barbod bo‘ladi. Xo‘sh, nima uchun jamiyatda tartib bo‘lishi uchun jamiyatni bilim boshqarishi kerak? Chunki bilim insonga oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi. Oldindan ko‘ra bilgan odam xatodan o‘zini asraydi. Shuning uchun mashhur faylasuflardan biri bilishdan maqsad oldindan ko‘ra bilish, oldindan ko‘ra bilish esa harakat qilish uchun deb yozib qoldirgan. Bilim insonga jamiyatda tartib o‘rnatish uchun huquq va axloqni berdi. Ular odamlar o‘rtasidagi munosabatni murosaga solish va kelishtirish orqali jamiyatda tartib o‘rnatadi. Agar odamlar o‘rtasidagi munosabat huquq va axloq vositasida murosaga solinmasa, jamiyat son- sanoqsiz ziddiyat, qarama-qarshiliklar va urushlardan iborat bo‘lib bunday jamiyat oxir-oqibatda halokatga uchraydi. Chunki, odamlarning manfaatlari, qiziqishlari xilma-xil bo‘lib, ularni qondirish jarayonida tabiiy ravishda ziddiyatlar kelib chiqadi. Insoniyat bilim asosida jamiyatda tartib o‘rnatadigan ijtimoiy regulyatorlar, ya’ni huquq va axloqni kashf etgan ekan, asosiy e’tibor ana shu ijtimoiy
regulyatorning muntazam ishlab turishi va unga rioya qilishni amalda ta’minlashga qaratilishi kerak bo‘ladi. Jamiyatni ilm boshqargan taqdirdagina huquq va axloqqa to‘la rioya qlish tai’minlanishi mumkin. Chunki unga rioya qilish uchun mukammal nazorat tizimi shakllangan bo‘lishi kerak. Bunday nazorat tizimining shakllanishi ham ilmiy asosga tayanadi. Jamiyatda shunday nazorat tizimi shakllanishi kerakki, u huquq va axloqqa rioya qilishni amalda ta’minlashga qodir bo‘lsin. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov yangi shakllangan Oliy Majlisning qo‘shma majlisida ma’ruza qilib, asosiy e’tiborni ijroiya hokimiyat ustidan nazorat tizimini takomillashtirishga qaratib «Parlamentimiz va mahalliy vakillik organlari – Kengashlar oldida turgan ikkinchi g‘oyat muhim vazifa – bu qabul qilingan qonunlarning ijro etuvchi hokimiyat, ya’ni hukumat tomonidan markazda, hokimlar tomonidan esa joylarda qanday bajarayotgani ustidan qat’iy parlament nazoratini, deputatlik nazoratini o‘rnatishdan iboratdir» 2 deb ta’kidla gan edi . Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining jamiyatni ilmiy asosda boshqarishga intilganligidan dalolat beradi. Shu o‘rinda jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonda nisbatan yumshoqroq o‘tayotganligining sababi davlat boshlig‘ining ilmiy salohiyatining natijasi ekanligini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Islom Karimov ning jahon moliyaviy inqiroziga bag‘ishlangan asarlarining birinchi qismi «Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarining oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar» deb nomlanishi ham muallif ilmiy salohiyatining darajasini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, asar muallifi iqtisodiy-moliyaviy hayotga ilmiy asosda yondashganligi tufayli oldindan ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarini ilmiy asosda boshqarish jamiyatdagi voqea-hodisalarni oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini berib, xato qilmasdan to‘g‘ri harakat qilishni ta’minlaydi. Eng muhimi, jamiyatda tartib o‘rnatishga xizmat qiladigan nazorat tizimining shakllaninishi va samarali ishlashini ta’minlaydi. Chunki ilm jamiyat taraqqiyotining muhim sharti tartib ekanligini va tartib 2 5. Каримов И.А. Мамлакатни модернизация килиш ва кучли фукаролик жамиятини барпо этиш - устувор максадимиз. Халқ сўзи. 2010 йил 27январь, 3-бет.