logo

Nazorat tizimini samarali qiluvchi omillar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.5712890625 KB
Nazorat tizimini samarali qiluvchi omillar
Reja
1.   Nazorat   tizimini   samarali   qilishda   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining
o‘rni.
2.Nazorat tizimi faoliyatini samarali qilishda fuqarolik madaniyatining o‘rni.
3.Nazorat tizimini samarali qilishda daxldorlik hissini o‘rni.  1.   Nazorat   tizimini   samarali   qilishda   dmokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining
o‘rni.
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatilishi   masalasi   barcha   vaqtlarda   dolzarb   muammo   bo‘lganligi   kabi   bugungi
kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki hali hanuz insoniyat qanday
qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni mukammal javobini topa olgani yo‘q.
Faqat   bir   narsa   ma’lumki   ya’ni     adolatli   ijtimoiy   taribning   o‘rnatilishi   nazorat
tizimini   samarali   ishlashiga   bog‘liq   ekanligi   ma’lum.   Shuning   uchun   nazorat
faoliyatini   samarali   qilishga   qaratilgan   tadqiqot   bugungi   kunning   eng   dolzarb
muammosi   deb aytish  mumkin.  Nazorat  faoliyatini  samarali   ishlashini  ta’minlash
uchun bu borada qanday muammolar borligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Chunki
ana   shu   muammolarni   bartaraf   qilish   nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   omillar
bo‘lib   xizmat   qiladi.   Xo‘sh   bugungi   kunda   nazorat   faoliyatini   samarali   qilish
borasida qanday muammolar ya’ni to‘siqlar mavjud?
Bugungi kunda nazorat tizimini samarali qilishga asosiy to‘siq  demokratiya
va   fuqarolik   jamiyatining   kuchsizligidir .   Bundan   tashqari   fuqarolik
madaniyatining darajasi   demokratiya talablari darajasidan orqada qolayotganligi
ham   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   hisoblanadi.   Jamiyatning   nazorat
faoliyatiga   doir   bilimining   pastligi   ham   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga
jiddiy   to‘siqdir.   Jamiyatda   aholining   ayrim   qismida   mavjud   bo‘lgan   befarqlik
kayfiyati  ham nazorat tizimini samarali qilishga kuchli to‘siq hisoblanadi. Nazorat
tizimini   samarali   ishlashiga   bo‘lgan   to‘siqlardan   biri   nazorat   borasida   ijtimoiy
sheriklik amaliyotini yo‘lga qo‘yilmaganligidir.  Bugungi kunda mavjud bo‘lgan
korrupsiya illati  ham nazorat tizimini samarali qilishga to‘siq bo‘lmoqda. 
Nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   omillarni   topish   uchun   yuqorida   qayd
qilingan to‘siqlarni sababini topish va ularni bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Ularning
bartaraf qilinishi nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi, chunki
sabab   bartaraf   qilinsa   oqibat   o‘z   o‘zidan   bartaraf   bo‘ladi.   Shuning   uchun   tabobat
ilmining   sultoni   buyuk   Ibn   Sino   kasallikni   emas   sababini   davolash   kerak   deb aytgan.   Shunday   qilib   yuqorida   qayd   qilingan   to‘siqlarning   sabablarini   topish   va
ularni   bartaraf   qilish  nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi  omil  bo‘lib xizmat   qiladi.
Xo‘sh   birinchi   to‘siq   sifatida   ko‘rsatilgan   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining
kuchsizligini sababi nimada? 
O‘zbekiston   mamlakatida   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining
kuchsizligini   sabablaridan   yana   bir   sho‘rolar   zamoniga   borib   taqaladi.   Chunki
sho‘rolar zamonida totalitar siyosiy tartib asosida kuchli davlat va nisbatan kuchsiz
jamiyat   shakllangan   edi.   Sho‘rolar   zamonida   hamma   narsani   davlat   o‘z   qo‘lida
ushlab   turgan   va   bunda   odamlar   gigant   davlat   apparatining   bir   murvatchasiga
aylanib   qolgan.   Murvatchaga   aylanib   qolgan   odam   mustaqil   fikrlashi   kerak   emas
balki   yuqoridan   bo‘lgan   topshiriqni   ijrochisi   bo‘lishi   kerak   edi.   Shuning   uchun
o‘sha   vaqtda   siyosatga   aralashma   degan   fikr   kelib   chiqqan   edi   va   bu   fikr
hozirgacha   o‘z   ta’sirini   saqlab   qolmoqda.   Qariyib   70   yil   davom   etgan   totalitar
siyosiy  tartibot  asosratlaridan  xalos  bo‘lish  uchun ma’lum  bir  vaqt   kerak bo‘ladi.
Bunda   shoshma   shosharlikka   yo‘l   qo‘yib   bo‘lmaydi   chunki   demokratiya   bo‘lishi
uchun   demokratiya   sharoitida   yashashga   qodir   bo‘lgan   avlod   shakllanishi   kerak.
Bu   esa   faqat   evolyusion   tarzda   amalga   oshirilishi   mumkin   bo‘lgan   jarayon
hisoblanadi.   Bu   jarayonda   shoshma   shosharlik   qilish   yoki   demokratiyani   eksport
qilish   milliy   xavfsizlikka     tahdid   keltirib   chiqaradi.   Agar   jamiyat   demokratiyaga
tayyor  bo‘lmasa   demokratiya   oxlokratiyaga  aylanib   qoladi   va  ijtimoiy  tartibsizlik
kelib chiqadi. Unday bo‘lsa demokratiyani kuuchli qilish uchun nima qilish kerak?
Ushbu   savolga   javob   berishdan   oldin   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatining
funksiyasidan kelib chiqib fikrlash kerak bo‘ladi. 
Demokratiya insoniyat  jamiyatida mavjud bo‘lgan uchta siyosiy tartibotdan
ya’ni totalitar, avtoritar va demokratik tartibotdan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda demokratiya hokimiyatni xalq tomonidan shakllantirish va nazorat qilish
orqali   jamiyatda   tartib   o‘rnatishning   siyosiy   usuli   hisoblanadi.   Demokratiya
namoyon   bo‘lishi   uchun   eng   muhim   shart   jamiyat   demokratiya   sharoitida
yashashga qodir bo‘lishi kerak. Buning uchun esa jamiyatning siyosiy madaniyati, huquqiy   madaniyati   va   fuqarolik   pozitsiyasi   demokratiya   talablari   darajasida
bo‘lishi   lozim.   Bu   uchta   tushunchani   ya’ni   siyosiy   madaniyat,   siyosiy   madaniyat
va   fuqarolik   pozitsiyasini   bitta   qilib   fuqarolik   madaniyati   deb   aytish   mumkin.
Demak     demokratiyaning   kuchlilik   darajasi   jamiyatni   fuqarolik   madaniyatining
yuksaklik darajasiga bog‘liq ekan.
2.Nazorat tizimi faoliyatini samarali qilishda fuqarolik madaniyatining o‘rni.
Endi   fuqarolik   jamiyatining   kuchsizligi   to‘g‘risida   gapirsak   bunda   ham
sabab   fuqarolik   madaniyatini   pastligi   bilan   bog‘liqligini   ko‘rish   mumkin.   Bu
tushunarli   bo‘lishi   uchun   fuqarolik   jamiyatining   mohiyati   va   funksiyasidan   kelib
chiqib  fikrlash   kerak.   Fuqarolik   jamiyati   fuqarolarning   birlashganlik   holati   bo‘lib
uning   asosiy   funksiyasi   ijroiya   hokimiyat   ustidan   nazorat   amalga   oshirish
hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati o‘zini nazorat funksiyasini amalga oshirishga qodir
bo‘lishi   uchun   uning   fuqarolik   madaniyati   yuqori   bo‘lishi   lozimligi   oddiy
haqiqatdir.   Fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   ham,     demokratiyani   kuchli   qilish
ham   fuqarolik   madaniyatining   kuchliligiga   bog‘liqligining   sababi   ularning
funksiyasining     umumiyligi   bilan   belgilanadi.   Bundan   tashqari   demokratiya   va
fuqarolik jamiyati bir biriga bog‘liq tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda   demokratiya   bo‘lishi   uchun   fuqarolik   jamiyati   bo‘lishi   kerak,   xuddi
shunday   fuqarolik   jamiyati   bo‘lishi   uchun   demokratiya   bo‘lishi   kerak.   Shuning
uchun   nazorat   tizimini   samarali   qilishga   to‘siq   bo‘lgan   demokratiya   va   fuqarolik
jamiyatini   kuchsizligini   bartaraf   qilish   uchun   fuqarolik   madaniyatini   yuksaltirish
kerak bo‘ladi. Demak nazorat tizimini  samarali  qiluvchi  omillardan biri fuqarolik
madaniyatining yuksakligi deb aytishga barcha asos bor.
Nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   omil   bo‘lgan   fuqarolik   madaniyatini
kuchli   qilish   uchun   nima   qilish   kerak?   Buning   uchun   eng   avvalo   fuqarolik
madaniyati   nima   ekanligini   anglab   olish     va  u   nimadan  tashkil   topishini   aniqlash
kerak   bo‘ladi.   Fuqarolik   madaniyati   deganda   fuqarolarni   o‘zaro   munosabat
jarayonida   o‘zlarini   tiyib   yashashga   qodir   ekanliklari   tushuniladi.   Umuman
insoniyat   jamiyatida     madaniy   hayotni   shakllanishi   odamlarni   o‘zlarini   tiyib yashash  shakligi  o‘tishlari  bilan bog‘liq. Fuqarolik madaniyati  shakllanishi  uchun
faqat siyosiy bilim, huquqiy bilim   yetarli  emas  buning fuqarolik pozitsiyasi  ham
shakllangan   bo‘lishi   kerak.   Fuqarolik   pozitsiyasi   deganda   bir   fuqaro   ikkinchi   bir
fuqaroning   taqdiriga   befarq   emasligi   tushuniladi.   Buning   uchun   esa   fuqarolar
o‘zlaridagi befarqlik kayfiyatini jilovlab daxldorlik hissi bilan yashashlari kerak. 
Inson   o‘zida   befarqlikni   jilovlab   daxldorlik   hissini   shakllantirishi   uchun
unda ma’naviyat yuksak bo‘lishi lozim. Demak fuqarolik madaniyatini yuksaltirish
uchun   jamiyatning   nafaqat   siyosiy-huquqiy   bilimi   balki   ma’naviyati   ham
yuksalishi   lozim.   Ana   shunda   nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   omil   bo‘lgan
fuqarolik   madaniyati   shakllanadi.   Demak,   fuqarolik   madaniyati   bilim   va
ma’naviyat   negizida   ya’ni   siyosiy-huquqiy   bilim   va   ma’naviyat   negizida
shakllanar   ekan.   Bunda   asosiy   e’tibor   ma’naviyatni   yuksaltirishga   qaratilishi
to‘g‘ri chunki bilim bo‘lsayu lekin ma’naviyat bo‘lmasa madaniyat shakllanmaydi.
Nazorat tizimini  samarali ishlashiga  to‘siq bo‘lgan sabablardan biri  nazorat
faoliyatiga doir bilimning yetarli emasligi. Har qanday faoliyatni samarali amalga
oshirish o‘sha faoliyatga doir bilimga bog‘liq bo‘lganligi kabi nazorat faoliyatining
ham   samaradorligi   ushbu   faoliyatga   doir   bilimga   bog‘liqdir.   Bu   to‘siqni   bartaraf
qilib   nazorat   faoliyatini   samrali   qilish   uchun   jamiyatni   nazorat   faoliyatiga   doir
bilimini   oshirish   kerak   bo‘ladi.   Buning   uchun   eng   avvalo   ta’lim   tizimida   nazorat
faoliyatiga   doir   bilimni   beradigan   fanni   joriy   qilish   talab   qilinadi,   chunki   har
qanday   bilim   ta’lim   tizimida   shakllanadi.   Muammo   shundaki   bugungi   kunda
O‘zbekistonda   ta’lim   tizimida   biror   bir   fan   yoshlarga   nazoratga   doir   bilimni
bermaydi.   Bu   borada   faqat   Samarqand   Davlat   universitetida   nazorat   faoliyatiga
doir   bilimni   beradigan   Ijtimoiy   nazorat   fani   ishlab   chiqilgan   va   talabalarga
o‘qitilinib   kelmoqda.   Buning   uchun   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilib   2016   yilda
Ijtimoiy   nazorat   monografiyasi   va   2020   yilda   darsligi   ishlab   chiqilgan.   Endigi
muammo   ushbu   fanni   oliy   ta’lim   tizimining   barcha   yo‘nalishlariga   joriy   qilish
bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Chunki O‘zbekistonda ilmiy g‘oyalarni amaliyotga joriy
etish   mexanizmi   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmagan.   Agar   bugun   jamiyatga   nazorat faoliyatiga doir  bilimni beradigan fan ta’lim tizimiga joriy etilsa ma’lum  bir vaqt
O‘zbekistonda   nazorat  faoliyatiga  doir   bilim   bilan qurollangan avlod  shakllanadi.
Ana   shu   avlod   nazorat   faoliyatini   samarali   ishlashini   ta’minlashga   va   adolatli
ijtimoiy tartibni ta’minlashga qodir bo‘ladi.
3.Nazorat tizimini samarali qilishda daxldorlik hissini o‘rni. 
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan   befarqlik   kayfiyatini
sababini   topishga   harakat   qilib   qo‘ramiz.   Eng   avvalo   befarqlik   qanchalik   yomon
illat   ekanligini   anglab   olish   kerak,   chunki   bizni   munosabatimiz   muammoni
jiddiyligidan   kelib   chiqib   shakllanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda   muammo
qanchalik   jiddiy   bo‘lsa   munosabat   ham   shunchalik   jijjiy   bo‘ladi.
Donishmandlardan biri aytgan ekan: sen dushmaningdan qo‘rqma nari borsa u seni
o‘ldiradi,   sen   do‘stingdan   qo‘rqma     unari   borsa   senga   xiyonat   qiladi,   sen   befarq,
beparvo odamlardan qo‘rq chunki bunday odamlar bo‘lgan joyda qotillik, xiyonat
doimiy   bo‘lib   turadi.   Ushbu   so‘zlardan   befarqlik   qanchalik   yomon   illat   ekanligi
yaqqol ko‘rinib turibdi. Xo‘sh befarqlik illatini qanday sabablari bo‘lishi mumkin?
Bizning   nazarimizda   befarqlikning   bir   nechta   sabablari   bo‘lishi   mumkin   lekin
muhim bu nodonlikdir. Inson aqlli bo‘lishi mumkin lekin ayni bir paytda u nodon
bo‘lishi ham mumkin. Buni tushunish uchun aqlli bilan dononi farqini bilish kerak.
Inson bilim negizida aqlli bo‘lsa, ma’naviyat negizida esa dono bo‘ladi. Ma’naviy
jihatdan qashshoq odam nodon bo‘ladi. Demak, nazorat tizimini samrali ishlashiga
to‘siq   bo‘lgan   befarqlik   kayfiyatini   bartaraf   qilish     ma’naviy   yuksalishga   bog‘liq
ekan. Axloqiy tarbiya negizida ma’naviyatni yuksaltirish orqali befarqlikni jilovlab
daxldorlik   hissini   shakllantirish   nazorat   tizimini   samarali   qiluvchi   muhim   omil
hisoblanadi.
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashini   ta’minlashda   ijtimoiy   sheriklik
tamoyilidan   foydalanish   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   faqat   yuqoridan
bo‘lgan   nazoratning   o‘zi   bilangina   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ilojsiz
ekanligini   tarix   ko‘rsatib   berdi.   Yuqoridan   bo‘lgan   nazorat   kuchayib   borsa
byurokratiya   va   korrupsiya   pasayish   o‘rniga   aksincha   kuchayib   boradi.   Shuning uchun   yuqoridan   bo‘lgan   davlat   nazoratiga   hamkor   va   sherik   sifatida   quyidan
bo‘lgan   jamiyat   nazoratiga   ehtiyoj   ortib   bormoqda.   Nazorat   borasidagi   ijtimoiy
sheriklik korrupsiyani to‘xtatib adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishning muhim omili
hisoblanadi.   Ijtimoiy   sheriklikda     jamiyat   nazorati   korrupsiyaga   imkon
qoldirmaydi   chunki   jamiyatga   pora   berish   iloji   yo‘q.   Umuman   bugungi   kunda
insoniyat   jamiyatida   mavjud   bo‘lgan   barcha   muammolarni   hal   qilishning   eng
maqbul   usuli   sifatida   ijtimoiy   sheriklik   tan   olingan.   Ijtimoiy   sheriklik   bo‘lishi
uchun   tomonlarning   umumiy   maqsadi   bo‘lishi   kerak   va   kuchlar   nisbati   teng
bo‘lishi   lozim.   Nazorat   borasida   davlat   va   jamiyatning   umumiy   maqsadi   adolatli
ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilganligi   hisoblanadi.   Chunki   tartib   davlat   uchun   ham,
jamiyat   uchun   ham   bir   ahamiyatli   hisoblanadi.   O‘zbekistonda   2014   yilda   qabul
qilingan   “Ijtimoiy   sheriklik   to‘g‘risida”gi   qonun   nazorat   borasidagi   sheriklikka
huquqiy   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.     Shunday   qilib   nazorat   jarayonida   davlat   va
jamiyat   o‘rtasida   ijtimoiy   sherkilikni   yo‘lgan   qo‘yish   nazorat   tizimini   samarali
qiluvchi  muhim omil deb aytish mumkin.
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   jiddiy   to‘siqlardan   biri   korrupsiya
illatidir,   chunki   korrupsiya   nazorat   zaif   bo‘lgan   joyda   kelib   chiqadi   va   shuning
uchun  ham  u  nazoratni   kuchayishiga   qarshi   bo‘ladi.   Shuning  uchun  korrupsiyaga
qarshi kurash bugungi kunning eng dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. Bugungi
kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash ikki yo‘nalishda olib borilmoqda.
Birinchi   yo‘nalish   jinoyat   sodir   qilganlarni   jazolashni   muqarrarligini   ta’minlash
bo‘lsa,   ikkinchi   yo‘nalish   hali   jinoyat   sodir   qilmasdan   oldini   olishga   qaratilgan
profilaktika   ishlari   yo‘nalishi.   Bunda   asosiy   e’tibor   ikkinchi   yo‘nalishga   ya’ni
profilaktika   ishlarini   samarali   qilishga   qaratilmoqda.   Profilaktika   ishlarini
muhimligi   shundaki   u   korrupsiyani   sababini   bartaraf   qilishga   xizmatt   qiladi,
jazolash   esa   faqat   oqibatni   bartaraf   qilishni   ta’minlaydi.   Sabab   bor   ekan   oqibat
doimo mavjud bo‘ladi. Shuning uchun profilaktika ishlari juda muhim ahamiyatga
ega. Faqat buning uchun profilaktika jarayonidan odamlarga emlanadigan “halollik
vaksinasi”   yaratilgan   bo‘lishi   kerak.   Aynan   ana   shu   “halollik   vaksinasi”ni   ishlab
chiqish jamiyatshunos olimlar oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Profilaktika   jarayonida   “halollik   vaksinasi”ni   jamiyatga   emlash     korrupsiyani
to‘xtatishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Korrupsiyani   to‘xtatish   esa   o‘z   navbatida
nazorat tizimini yanada samarali qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Nazorat tizimini samarali qiluvchi omillar Reja 1. Nazorat tizimini samarali qilishda demokratiya va fuqarolik jamiyatining o‘rni. 2.Nazorat tizimi faoliyatini samarali qilishda fuqarolik madaniyatining o‘rni. 3.Nazorat tizimini samarali qilishda daxldorlik hissini o‘rni.

1. Nazorat tizimini samarali qilishda dmokratiya va fuqarolik jamiyatining o‘rni. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi masalasi barcha vaqtlarda dolzarb muammo bo‘lganligi kabi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Chunki hali hanuz insoniyat qanday qilsak jamiyatda tartib bo‘ladi degan savolni mukammal javobini topa olgani yo‘q. Faqat bir narsa ma’lumki ya’ni adolatli ijtimoiy taribning o‘rnatilishi nazorat tizimini samarali ishlashiga bog‘liq ekanligi ma’lum. Shuning uchun nazorat faoliyatini samarali qilishga qaratilgan tadqiqot bugungi kunning eng dolzarb muammosi deb aytish mumkin. Nazorat faoliyatini samarali ishlashini ta’minlash uchun bu borada qanday muammolar borligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Chunki ana shu muammolarni bartaraf qilish nazorat tizimini samarali qiluvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘sh bugungi kunda nazorat faoliyatini samarali qilish borasida qanday muammolar ya’ni to‘siqlar mavjud? Bugungi kunda nazorat tizimini samarali qilishga asosiy to‘siq demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchsizligidir . Bundan tashqari fuqarolik madaniyatining darajasi demokratiya talablari darajasidan orqada qolayotganligi ham nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq hisoblanadi. Jamiyatning nazorat faoliyatiga doir bilimining pastligi ham nazorat tizimini samarali ishlashiga jiddiy to‘siqdir. Jamiyatda aholining ayrim qismida mavjud bo‘lgan befarqlik kayfiyati ham nazorat tizimini samarali qilishga kuchli to‘siq hisoblanadi. Nazorat tizimini samarali ishlashiga bo‘lgan to‘siqlardan biri nazorat borasida ijtimoiy sheriklik amaliyotini yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan korrupsiya illati ham nazorat tizimini samarali qilishga to‘siq bo‘lmoqda. Nazorat tizimini samarali qiluvchi omillarni topish uchun yuqorida qayd qilingan to‘siqlarni sababini topish va ularni bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Ularning bartaraf qilinishi nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lib hisoblanadi, chunki sabab bartaraf qilinsa oqibat o‘z o‘zidan bartaraf bo‘ladi. Shuning uchun tabobat ilmining sultoni buyuk Ibn Sino kasallikni emas sababini davolash kerak deb

aytgan. Shunday qilib yuqorida qayd qilingan to‘siqlarning sabablarini topish va ularni bartaraf qilish nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘sh birinchi to‘siq sifatida ko‘rsatilgan demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchsizligini sababi nimada? O‘zbekiston mamlakatida demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchsizligini sabablaridan yana bir sho‘rolar zamoniga borib taqaladi. Chunki sho‘rolar zamonida totalitar siyosiy tartib asosida kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat shakllangan edi. Sho‘rolar zamonida hamma narsani davlat o‘z qo‘lida ushlab turgan va bunda odamlar gigant davlat apparatining bir murvatchasiga aylanib qolgan. Murvatchaga aylanib qolgan odam mustaqil fikrlashi kerak emas balki yuqoridan bo‘lgan topshiriqni ijrochisi bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun o‘sha vaqtda siyosatga aralashma degan fikr kelib chiqqan edi va bu fikr hozirgacha o‘z ta’sirini saqlab qolmoqda. Qariyib 70 yil davom etgan totalitar siyosiy tartibot asosratlaridan xalos bo‘lish uchun ma’lum bir vaqt kerak bo‘ladi. Bunda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi chunki demokratiya bo‘lishi uchun demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan avlod shakllanishi kerak. Bu esa faqat evolyusion tarzda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda shoshma shosharlik qilish yoki demokratiyani eksport qilish milliy xavfsizlikka tahdid keltirib chiqaradi. Agar jamiyat demokratiyaga tayyor bo‘lmasa demokratiya oxlokratiyaga aylanib qoladi va ijtimoiy tartibsizlik kelib chiqadi. Unday bo‘lsa demokratiyani kuuchli qilish uchun nima qilish kerak? Ushbu savolga javob berishdan oldin demokratiya va fuqarolik jamiyatining funksiyasidan kelib chiqib fikrlash kerak bo‘ladi. Demokratiya insoniyat jamiyatida mavjud bo‘lgan uchta siyosiy tartibotdan ya’ni totalitar, avtoritar va demokratik tartibotdan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda demokratiya hokimiyatni xalq tomonidan shakllantirish va nazorat qilish orqali jamiyatda tartib o‘rnatishning siyosiy usuli hisoblanadi. Demokratiya namoyon bo‘lishi uchun eng muhim shart jamiyat demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lishi kerak. Buning uchun esa jamiyatning siyosiy madaniyati,

huquqiy madaniyati va fuqarolik pozitsiyasi demokratiya talablari darajasida bo‘lishi lozim. Bu uchta tushunchani ya’ni siyosiy madaniyat, siyosiy madaniyat va fuqarolik pozitsiyasini bitta qilib fuqarolik madaniyati deb aytish mumkin. Demak demokratiyaning kuchlilik darajasi jamiyatni fuqarolik madaniyatining yuksaklik darajasiga bog‘liq ekan. 2.Nazorat tizimi faoliyatini samarali qilishda fuqarolik madaniyatining o‘rni. Endi fuqarolik jamiyatining kuchsizligi to‘g‘risida gapirsak bunda ham sabab fuqarolik madaniyatini pastligi bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bu tushunarli bo‘lishi uchun fuqarolik jamiyatining mohiyati va funksiyasidan kelib chiqib fikrlash kerak. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning birlashganlik holati bo‘lib uning asosiy funksiyasi ijroiya hokimiyat ustidan nazorat amalga oshirish hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati o‘zini nazorat funksiyasini amalga oshirishga qodir bo‘lishi uchun uning fuqarolik madaniyati yuqori bo‘lishi lozimligi oddiy haqiqatdir. Fuqarolik jamiyatini kuchli qilish ham, demokratiyani kuchli qilish ham fuqarolik madaniyatining kuchliligiga bog‘liqligining sababi ularning funksiyasining umumiyligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari demokratiya va fuqarolik jamiyati bir biriga bog‘liq tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda demokratiya bo‘lishi uchun fuqarolik jamiyati bo‘lishi kerak, xuddi shunday fuqarolik jamiyati bo‘lishi uchun demokratiya bo‘lishi kerak. Shuning uchun nazorat tizimini samarali qilishga to‘siq bo‘lgan demokratiya va fuqarolik jamiyatini kuchsizligini bartaraf qilish uchun fuqarolik madaniyatini yuksaltirish kerak bo‘ladi. Demak nazorat tizimini samarali qiluvchi omillardan biri fuqarolik madaniyatining yuksakligi deb aytishga barcha asos bor. Nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lgan fuqarolik madaniyatini kuchli qilish uchun nima qilish kerak? Buning uchun eng avvalo fuqarolik madaniyati nima ekanligini anglab olish va u nimadan tashkil topishini aniqlash kerak bo‘ladi. Fuqarolik madaniyati deganda fuqarolarni o‘zaro munosabat jarayonida o‘zlarini tiyib yashashga qodir ekanliklari tushuniladi. Umuman insoniyat jamiyatida madaniy hayotni shakllanishi odamlarni o‘zlarini tiyib

yashash shakligi o‘tishlari bilan bog‘liq. Fuqarolik madaniyati shakllanishi uchun faqat siyosiy bilim, huquqiy bilim yetarli emas buning fuqarolik pozitsiyasi ham shakllangan bo‘lishi kerak. Fuqarolik pozitsiyasi deganda bir fuqaro ikkinchi bir fuqaroning taqdiriga befarq emasligi tushuniladi. Buning uchun esa fuqarolar o‘zlaridagi befarqlik kayfiyatini jilovlab daxldorlik hissi bilan yashashlari kerak. Inson o‘zida befarqlikni jilovlab daxldorlik hissini shakllantirishi uchun unda ma’naviyat yuksak bo‘lishi lozim. Demak fuqarolik madaniyatini yuksaltirish uchun jamiyatning nafaqat siyosiy-huquqiy bilimi balki ma’naviyati ham yuksalishi lozim. Ana shunda nazorat tizimini samarali qiluvchi omil bo‘lgan fuqarolik madaniyati shakllanadi. Demak, fuqarolik madaniyati bilim va ma’naviyat negizida ya’ni siyosiy-huquqiy bilim va ma’naviyat negizida shakllanar ekan. Bunda asosiy e’tibor ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilishi to‘g‘ri chunki bilim bo‘lsayu lekin ma’naviyat bo‘lmasa madaniyat shakllanmaydi. Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan sabablardan biri nazorat faoliyatiga doir bilimning yetarli emasligi. Har qanday faoliyatni samarali amalga oshirish o‘sha faoliyatga doir bilimga bog‘liq bo‘lganligi kabi nazorat faoliyatining ham samaradorligi ushbu faoliyatga doir bilimga bog‘liqdir. Bu to‘siqni bartaraf qilib nazorat faoliyatini samrali qilish uchun jamiyatni nazorat faoliyatiga doir bilimini oshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun eng avvalo ta’lim tizimida nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan fanni joriy qilish talab qilinadi, chunki har qanday bilim ta’lim tizimida shakllanadi. Muammo shundaki bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimida biror bir fan yoshlarga nazoratga doir bilimni bermaydi. Bu borada faqat Samarqand Davlat universitetida nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan Ijtimoiy nazorat fani ishlab chiqilgan va talabalarga o‘qitilinib kelmoqda. Buning uchun ilmiy tadqiqotlar olib borilib 2016 yilda Ijtimoiy nazorat monografiyasi va 2020 yilda darsligi ishlab chiqilgan. Endigi muammo ushbu fanni oliy ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlariga joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Chunki O‘zbekistonda ilmiy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish mexanizmi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Agar bugun jamiyatga nazorat