logo

Nazorat tizimini samarali ishlashida to‘siqlar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.490234375 KB
Nazorat tizimini samarali ishlashida to‘siqlar
Reja
1.Nazorat   tizimi   faoliyatining   maqsad   va   vazifalarini   amalga   oshirish
demokratiyaga bog‘liqligi.
  2.Nazorat   faoliyatiga   to‘siq   ushbu   farliyatga   doir   bilimning   yetarli   emasligi
va befarqlik kayfiyati. 
3.Jamiyatning   kuchsizligi   va   ijtimoiy   sheriklik   amaliyotini   yaxshi   yo‘lga
qo‘yilmaganligi nazorat faoliyatini samarali qilishga to‘siq.    1.Nazorat   tizimi   faoliyatining   maqsad   va   vazifalarini   amalga   oshirish
demokratiyaga bog‘liqligi.
Bugungi kunda O‘zbekiston mamlakatini taraqqiyotiga asosiy to‘siq bo‘lgan
korrupsiya   illatining   sababi   nazorat   tizimi   faoliyatining   zaifligi   bilan   bog‘liqdir.
Qachon   va   qaerda   nazorat   faoliyati   zaif   bo‘ldimi   ertami   kechmi   o‘sha   vaqtda   va
o‘sha   joyda   albatta   korrupsiya   illati   kelib   chiqadi.   Korrupsiya   muhitida   adolatli
ijtimoiy   tartibga   putur   tegadi   va   ijtimoiy   tartibsizlik   kelib   chiqadi.   Ijtimoiy
tartibsizlik   nafaqat   jamiyat   taraqqiyotiga   to‘siq   balki   jamiyatni   mavjud   bo‘lishini
ham   gumon   qilib   qo‘yadigan   o‘ta   jiddiy   muammo   hisoblanadi.   Shuning   uchun
adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   masalasi   bugungi   kunning   eng   dolzarb
muammosi   hisoblanadi.   Korrupsiya   illatini   bartaraf   qilib   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatilishi nazorat tizimini kuchliligiga va samarali ishlashiga bog‘liq ekan asosiy
e’tibor   nazorat   faoliyatini   samarali   qilish   yo‘llarini   topishga   qaratilishi   lozim.
Buning   uchun,   eng   avvalo,   bu   borada   mavjud   bo‘lgan   muammolarni   ilmiy
yondashuv asosida aniqlab olish kerak bo‘ladi.
Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   adolatli   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishga   qodir   bo‘lgan   nazorat   tizimini   shakllatirish   uchun   bu   borada   mavjud
bo‘lgan   to‘siqlarni   aniqlab   olish   kerak   bo‘ladi.   Bugungi   kunda   O‘zbekistonda
shakllanib   borayotgan   nazorat   faoliyatini   samarali   ishlashiga   nimalar   to‘siq
bo‘lmoqda   degan   savolga   javob   berish   uchun   nazorat   faoliyatining   maqsad   va
vazifalaridan   hamda   ularni   amalga   oshirish   mexanizmidan   kelib   chiqib   fikrlash
kerak.   Nazorat   faoliyatining   maqsadi   huquq   va   axloq   normalariga   rioya   etilishini
ta’minlash   orqali   adolatli   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish.   Ushbu   maqsadga   erishish
uchun   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida   odamlar   tomonidan   huquq   va   axloq
normalariga   rioya   etilishini   nazorat   qilish   mexanizmini   shakllantirish   va   ishlab
turishini ta’minlash kerak bo‘ladi. 
Buning   uchun   esa   jamiyat   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lishi   kerak,   chunki   demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham
nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Hozircha bizda demokratiyaning shakli bor va faqat shakl   bilan   nazorat   faoliyatini   samarali   amalga   oshirib   bo‘lmaydi.   Nazorat
faoliyatini   samarali   amalga   oshirish   uchun   demokratiyaning   mazmunini   ham
yaratish   kerak.   Demokratiyaning   mazmuni   deganda   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lgan   jamiyatning   mavjudligi   tushunilayapdi.   Jamiyat
demokratiyaga   tayyor   bo‘lishi   uchun   uning   siyosiy   madaniyati,   huquqiy
madaniyati   va   fuqarolik   pozitsiyasi   shakllangan   bo‘lishi   lozim.   Bu   uchta
tushunchani   umumlashtirib  fuqarolik   madaniyati   degan  tushuncha   bilan   ifodalash
mumkin.   Bugungi   kunda   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   asosiy   to‘siq   aynan
ana   shu   demokratiyaning   mazmuni   yetarli   emasligi   sabab   bo‘lmoqda.   Boshqacha
qilib   aytganda   bizlarda   bugun   nominal   demokratiya   bor,   biz   uni   real
demokratiyaga   aylantirishimiz   kerak.   Shunday   qilib   bugun   nazorat   tizimini
samarali   ishlashiga   to‘siq   fuqarolik   madaniyatini   to‘liq   shakllanmaganligi   deb
aytish mumkin.
2.Nazorat faoliyatiga to‘siq ushbu farliyatga doir bilimning yetarli emasligi va
befarqlik kayfiyati. 
Nazorat   faoliyatini   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan   yana   bir   sabab   bu
ushbu faoliyatga doir bilimning yetarli emasligidir. Chunki har qanday faoliyatning
samaradorligi   o‘sha   faoliyatga   doir   bilimga   bog‘liq   bo‘ladi.   Hozirgi   kunda
mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida va umuman ta’lim tizimida jamiyatga nazorat
faoliyatiga doir bilimni beradigan biror bir fan o‘qitilmaydi. Vaholanki, har qanday
bilim, eng avvalo, ta’lim tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda
jamiyatda   nazorat   faoliyatini   oshirish   uchun   kerak   bo‘lgan   bilim   yetarli
bo‘lmayapdi.   To‘g‘ri   ayrim   ijtimoiy-gumanitar   fanlar,   jumladan,     tarix,
politologiya,   sotsiologiya   va   huquqshunoslik   fanlar   nazorat   faoliyatiga   doir
tadqiqotlar olib borishadi. Lekin ushbu fanlar olib boradigan tadqiqotlar natijasida
shakllangan   bilimlar   umumlashtirilib   talabalarga   o‘qitiladigan   qilib   kompleks
tarzda   shakllanmagan.   Shuning   uchun   bugungi   kunda   mamlakatimizda   nazorat
faoliyatiga doir bilim yoshlarga o‘qitilmayapdi va shuning uchun ham jamiyatning
nazorat faoliyatiga doir bilimi yetarli bo‘lmayapdi. Demak bugungi kunda nazorat faoliyatini samarali  qilishga to‘siq bo‘lgan sabablardan biri bu nazorat faoliyatiga
doir bilimning yetarli emasligi deb aytish mumkin.
Bugungi   kunda   mamlakatimizdagi   nazorat   faoliyatini   samarali   qilishga
bo‘lgan   to‘siqlardan   yana   biri   bu   aholining   ayrim   qismidagi   befarqlik   kayfiyati
hisoblanadi.   Befarqlik   kayfiyatini   jilovlab   daxldorlik   hissini   shakllantirmasdan
nazorat tizimini samarali ishlashini ta’minlay olmaymiz. Chunki befarqlik shunday
yomon illatki uni  muhtaram  Prezidentmiz Shavkat  Mirziyoev 2017 yil 7 fevralda
Harakatlar   strategiyasida   dushmanlik   deb   aytdilar.   Shuning   uchun   befarqlik,
loqaydlik   va   beparvolik   kafiyatini   bartaraf   qilib   daxldorlik   hissini   shakllantirish
bugungi   kundagi   eng   dolzarb   muammolardan   biri   hisoblanadi.     Agar   biz   bugun
jamiyatga   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   bersak,     lekin   jamiyat   befarq   bo‘lsa
nazorat   tizimi   samarali   ishlamaydi.   Bunda   odamlardagi   nazorat   faoliyatiga   doir
bilim   keraksiz   faktlar   bo‘lib   odamlarning   miyasida   foydasiz   yotaveradi.   Shuning
uchun   bugungi   kunda   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan
sabablardan biri befarqlik kayfiyati hisoblanadi.
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   to‘siqlardan   yana   biri   bu   korrupsiya
illatidir.   Chunki   korrupsiya   nazorat   tizimini   samarali   qilishdan   manfaatdor   emas,
shuning   uchun   turli   xil   yo‘llar   bilan   uni   samarali   qilishga   to‘siq   bo‘ladi.   Chunki
korrupsiyaning   sharoiti   qonunni   buzish   imkoniyatiga   ega   bo‘lgan   buzuq
byurokratiyaning mavjudligi hisoblanadi. Bunday imkoniyat nazorat faoliyati zaif
bo‘lgan   holdagina   kelib   chiqadi   va   shuning   uchun   korrupsiya   nazorat   faoliyatini
samarali   qilishga   qarshi   bo‘ladi.   Korrupsiyani   to‘xtatish   demokratiyaning   va
fuqarolik   jamiyatining   kuchlilik   darajasiga   bog‘liq.   Hozircha   bizlarda   yuqorida
ta’kidlaganimizdek   demokratiya   yetarli   darajada   kuchli   emas     va   shuning   uchun
ham   korrupsiyani   to‘xtatish   muammo   bo‘lmoqda.   Korrupsiya   muhitida   nazorat
tizimining   vositalari   ishlashi   va   nazorat   mexanizmini   harakat   keltirish   to‘siqqa
uchraydi.  Shuning  uchun   bugungi   kunda   O‘zbekistonda   nazorat   tizimini   samarali
ishlashiga to‘siqlardan biri korrupsiya illati deb aytish mumkin. 3.Jamiyatning   kuchsizligi   va   ijtimoiy   sheriklik   amaliyotini   yaxshi   yo‘lga
qo‘yilmaganligi nazorat faoliyatini samarali qilishga to‘siq. 
Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan sabablardan yana biri bu
fuqarolik   jamiyati   institutlarining   kuchsizligidir.   Bugun   O‘zbekistonda   quyidan
nazoratni   amalga   oshiradigan   uchta   asosiy   nazorat   vositasi   ya’ni   deputatlar
korpusi,   siyosiy   partiyalar   va   mahalla   nazorati   shakllanib   bormoqda.   Lekin
muammo   shundaki   bu   nazorat   vositalari   o‘z   nazorat   funksiyalarini   amalga
oshirishlari uchun yetarli darajada kuchli emas. Umuman bugungi kunda bizlarda
kuchli  davlat   va  nisbatan  kuchsiz  jamiyat   mavjud va  shuning  uchun ham   nazorat
vositalari   nazorat   funksiyalarini   amalga   oshirishga   yetarli   darajada   qodir   emas.
Hatto   daxlsizlik   immunitetiga   va   katta   vakolatga   ega   bo‘lgan   deputatlar   korpusi
ham   o‘z   nazorat   funksiyalarini   talab   darajasida   amalga   oshirishga   qodir   emas.
Xuddi   shunday   siyosiy   partiyalar   nazorati,   eng   avvalo   boshlang‘ich   partiya
tashkilatlarining   nazorati     ham   demokratiya   talablari   darajasidan   ancha   orqada
qolmoqda.   Fuqarolik   jamiyatining   eng   muhim   instituti   bo‘lgan   mahalla
institutining   nazorati   ham   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmagan   va   eng   yomoni   shundaki
mahalla   o‘ziga   xos   bo‘lmagan   funksiyalarni   bajarishga   jalb   qilingan.   Oqibatda
mahallla   va   xuddi   shunday   fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlari   o‘zlarini
nazorat   funksiyalarini   amalga   oshirish   yetarli   darajada   e’tibor   qaratolmayapdilar.
Shunday   qilib   nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   bo‘lgan   to‘siqlardan   yana   biri
fuqarolik jamiyati institutlarining kuchsizligi ekan.
Nazorat   tizimini   samarali   ishlashiga   bo‘lgan   to‘siqlardan   yana   biri   bu
ishtimoiy   sheriklik   amaliyotini   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmaganligidir .   Vaholanki
O‘zbekistonda  2014 yilda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi  qonun qabul  qilingan.
Bundan   tashqari   xuddi   shu   yili   davlat   hokimiyati   faoliyatining   ochiqligi
to‘g‘risidagi qonun ham qabul qilingan edi. Eng muhimi 2018 yilda “Jamoatchilik
nazorati   to‘g‘risida”gi   qonun   ham   qabul   qilingan   bo‘lishiga   qaramasdan   nazorat
borasidagi ijtimoiy sheriklik amaliyoti yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Yuqorida qayd qilingan   qonunlar   nazorat   borasida   ijtimoiy   sheriklik   amaliyotini   joriy   qilishda
huquqiy   asos   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Lekin   shunday   huquqiy   asos   yaratilgan
bo‘lishiga   qaramasdan   bugungi   kunda   O‘zbekistonda   nazorat   borasida   ijtimoiy
sheriklik   tamoyiliga   rioya   etish   to‘liq   ta’minlanmagan.   Bugungi   kunda   insoniyat
jamiyatida   ijtimoiy   sheriklik   mavjud   muammolarni   hal   qilishning   eng   maqbul
svilizatsiyalashgan   shakli   sifatida   tan   olingan.   Jumladan,   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishning   ham   eng   maqbul   svilizatsiyalashgan   shakli   nazorat   faoliyatidagi
ijtimoiy sheriklikdir. Ijtimoiy sheriklik keng ma’noda davlat va jamiyat o‘rtasidagi
sheriklikni anglatsa, tor ma’noda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari
o‘rtasidagi   sheriklik   tushuniladi.   Nazorat   borasida   ijtimoiy   sheriklikni   joriy   etish
nazorat tizimini samarali qilishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun bugungi
kunda   nazorat   tizimini   samarali   qilishga   bo‘lgan   to‘siqlardan   yana   biri   ijtimoiy
sheriklik amaliyotini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Nazorat tizimini samarali ishlashida to‘siqlar Reja 1.Nazorat tizimi faoliyatining maqsad va vazifalarini amalga oshirish demokratiyaga bog‘liqligi. 2.Nazorat faoliyatiga to‘siq ushbu farliyatga doir bilimning yetarli emasligi va befarqlik kayfiyati. 3.Jamiyatning kuchsizligi va ijtimoiy sheriklik amaliyotini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi nazorat faoliyatini samarali qilishga to‘siq.

1.Nazorat tizimi faoliyatining maqsad va vazifalarini amalga oshirish demokratiyaga bog‘liqligi. Bugungi kunda O‘zbekiston mamlakatini taraqqiyotiga asosiy to‘siq bo‘lgan korrupsiya illatining sababi nazorat tizimi faoliyatining zaifligi bilan bog‘liqdir. Qachon va qaerda nazorat faoliyati zaif bo‘ldimi ertami kechmi o‘sha vaqtda va o‘sha joyda albatta korrupsiya illati kelib chiqadi. Korrupsiya muhitida adolatli ijtimoiy tartibga putur tegadi va ijtimoiy tartibsizlik kelib chiqadi. Ijtimoiy tartibsizlik nafaqat jamiyat taraqqiyotiga to‘siq balki jamiyatni mavjud bo‘lishini ham gumon qilib qo‘yadigan o‘ta jiddiy muammo hisoblanadi. Shuning uchun adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish masalasi bugungi kunning eng dolzarb muammosi hisoblanadi. Korrupsiya illatini bartaraf qilib adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilishi nazorat tizimini kuchliligiga va samarali ishlashiga bog‘liq ekan asosiy e’tibor nazorat faoliyatini samarali qilish yo‘llarini topishga qaratilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, bu borada mavjud bo‘lgan muammolarni ilmiy yondashuv asosida aniqlab olish kerak bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan nazorat tizimini shakllatirish uchun bu borada mavjud bo‘lgan to‘siqlarni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda shakllanib borayotgan nazorat faoliyatini samarali ishlashiga nimalar to‘siq bo‘lmoqda degan savolga javob berish uchun nazorat faoliyatining maqsad va vazifalaridan hamda ularni amalga oshirish mexanizmidan kelib chiqib fikrlash kerak. Nazorat faoliyatining maqsadi huquq va axloq normalariga rioya etilishini ta’minlash orqali adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish. Ushbu maqsadga erishish uchun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida odamlar tomonidan huquq va axloq normalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmini shakllantirish va ishlab turishini ta’minlash kerak bo‘ladi. Buning uchun esa jamiyat demokratiya va fuqarolik jamiyati sharoitida yashashga qodir bo‘lishi kerak, chunki demokratiya ham, fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Hozircha bizda demokratiyaning shakli bor va faqat

shakl bilan nazorat faoliyatini samarali amalga oshirib bo‘lmaydi. Nazorat faoliyatini samarali amalga oshirish uchun demokratiyaning mazmunini ham yaratish kerak. Demokratiyaning mazmuni deganda demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lgan jamiyatning mavjudligi tushunilayapdi. Jamiyat demokratiyaga tayyor bo‘lishi uchun uning siyosiy madaniyati, huquqiy madaniyati va fuqarolik pozitsiyasi shakllangan bo‘lishi lozim. Bu uchta tushunchani umumlashtirib fuqarolik madaniyati degan tushuncha bilan ifodalash mumkin. Bugungi kunda nazorat tizimini samarali ishlashiga asosiy to‘siq aynan ana shu demokratiyaning mazmuni yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda. Boshqacha qilib aytganda bizlarda bugun nominal demokratiya bor, biz uni real demokratiyaga aylantirishimiz kerak. Shunday qilib bugun nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq fuqarolik madaniyatini to‘liq shakllanmaganligi deb aytish mumkin. 2.Nazorat faoliyatiga to‘siq ushbu farliyatga doir bilimning yetarli emasligi va befarqlik kayfiyati. Nazorat faoliyatini samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan yana bir sabab bu ushbu faoliyatga doir bilimning yetarli emasligidir. Chunki har qanday faoliyatning samaradorligi o‘sha faoliyatga doir bilimga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida va umuman ta’lim tizimida jamiyatga nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan biror bir fan o‘qitilmaydi. Vaholanki, har qanday bilim, eng avvalo, ta’lim tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda jamiyatda nazorat faoliyatini oshirish uchun kerak bo‘lgan bilim yetarli bo‘lmayapdi. To‘g‘ri ayrim ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan, tarix, politologiya, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlar nazorat faoliyatiga doir tadqiqotlar olib borishadi. Lekin ushbu fanlar olib boradigan tadqiqotlar natijasida shakllangan bilimlar umumlashtirilib talabalarga o‘qitiladigan qilib kompleks tarzda shakllanmagan. Shuning uchun bugungi kunda mamlakatimizda nazorat faoliyatiga doir bilim yoshlarga o‘qitilmayapdi va shuning uchun ham jamiyatning nazorat faoliyatiga doir bilimi yetarli bo‘lmayapdi. Demak bugungi kunda nazorat

faoliyatini samarali qilishga to‘siq bo‘lgan sabablardan biri bu nazorat faoliyatiga doir bilimning yetarli emasligi deb aytish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizdagi nazorat faoliyatini samarali qilishga bo‘lgan to‘siqlardan yana biri bu aholining ayrim qismidagi befarqlik kayfiyati hisoblanadi. Befarqlik kayfiyatini jilovlab daxldorlik hissini shakllantirmasdan nazorat tizimini samarali ishlashini ta’minlay olmaymiz. Chunki befarqlik shunday yomon illatki uni muhtaram Prezidentmiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 7 fevralda Harakatlar strategiyasida dushmanlik deb aytdilar. Shuning uchun befarqlik, loqaydlik va beparvolik kafiyatini bartaraf qilib daxldorlik hissini shakllantirish bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Agar biz bugun jamiyatga nazorat faoliyatiga doir bilimni bersak, lekin jamiyat befarq bo‘lsa nazorat tizimi samarali ishlamaydi. Bunda odamlardagi nazorat faoliyatiga doir bilim keraksiz faktlar bo‘lib odamlarning miyasida foydasiz yotaveradi. Shuning uchun bugungi kunda nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan sabablardan biri befarqlik kayfiyati hisoblanadi. Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siqlardan yana biri bu korrupsiya illatidir. Chunki korrupsiya nazorat tizimini samarali qilishdan manfaatdor emas, shuning uchun turli xil yo‘llar bilan uni samarali qilishga to‘siq bo‘ladi. Chunki korrupsiyaning sharoiti qonunni buzish imkoniyatiga ega bo‘lgan buzuq byurokratiyaning mavjudligi hisoblanadi. Bunday imkoniyat nazorat faoliyati zaif bo‘lgan holdagina kelib chiqadi va shuning uchun korrupsiya nazorat faoliyatini samarali qilishga qarshi bo‘ladi. Korrupsiyani to‘xtatish demokratiyaning va fuqarolik jamiyatining kuchlilik darajasiga bog‘liq. Hozircha bizlarda yuqorida ta’kidlaganimizdek demokratiya yetarli darajada kuchli emas va shuning uchun ham korrupsiyani to‘xtatish muammo bo‘lmoqda. Korrupsiya muhitida nazorat tizimining vositalari ishlashi va nazorat mexanizmini harakat keltirish to‘siqqa uchraydi. Shuning uchun bugungi kunda O‘zbekistonda nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siqlardan biri korrupsiya illati deb aytish mumkin.

3.Jamiyatning kuchsizligi va ijtimoiy sheriklik amaliyotini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi nazorat faoliyatini samarali qilishga to‘siq. Nazorat tizimini samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan sabablardan yana biri bu fuqarolik jamiyati institutlarining kuchsizligidir. Bugun O‘zbekistonda quyidan nazoratni amalga oshiradigan uchta asosiy nazorat vositasi ya’ni deputatlar korpusi, siyosiy partiyalar va mahalla nazorati shakllanib bormoqda. Lekin muammo shundaki bu nazorat vositalari o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirishlari uchun yetarli darajada kuchli emas. Umuman bugungi kunda bizlarda kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat mavjud va shuning uchun ham nazorat vositalari nazorat funksiyalarini amalga oshirishga yetarli darajada qodir emas. Hatto daxlsizlik immunitetiga va katta vakolatga ega bo‘lgan deputatlar korpusi ham o‘z nazorat funksiyalarini talab darajasida amalga oshirishga qodir emas. Xuddi shunday siyosiy partiyalar nazorati, eng avvalo boshlang‘ich partiya tashkilatlarining nazorati ham demokratiya talablari darajasidan ancha orqada qolmoqda. Fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti bo‘lgan mahalla institutining nazorati ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan va eng yomoni shundaki mahalla o‘ziga xos bo‘lmagan funksiyalarni bajarishga jalb qilingan. Oqibatda mahallla va xuddi shunday fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘zlarini nazorat funksiyalarini amalga oshirish yetarli darajada e’tibor qaratolmayapdilar. Shunday qilib nazorat tizimini samarali ishlashiga bo‘lgan to‘siqlardan yana biri fuqarolik jamiyati institutlarining kuchsizligi ekan. Nazorat tizimini samarali ishlashiga bo‘lgan to‘siqlardan yana biri bu ishtimoiy sheriklik amaliyotini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligidir . Vaholanki O‘zbekistonda 2014 yilda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Bundan tashqari xuddi shu yili davlat hokimiyati faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun ham qabul qilingan edi. Eng muhimi 2018 yilda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan bo‘lishiga qaramasdan nazorat borasidagi ijtimoiy sheriklik amaliyoti yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Yuqorida qayd