Mamlakatning modernizatsiyalash konsepsiyasida nazorat tizimini takomillashtirish masalalari
Mamlakatning modernizatsiyalash konsepsiyasida nazorat tizimini takomillashtirish masalalari Reja 1.Nazorat tizimini takomillashtirishda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining o‘rni. 2.Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasining strukturasi va maqsadi 3.Nazorat tizimi strukturasi va uning elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik.
1.Nazorat tizimini takomillashtirishda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining o‘rni. Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini takomillashtirishga xizmat qiladigan “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nazorat faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston xalqining hayotini baxtli qilishga qaratilgan Harakatlar strategiyasi o‘z maqsadlariga erishishi ham nazorat faoliyatiga bog‘liq. Baxtli hayot adolatli ijtimoiy tartibga, tartibning o‘rnatilishi esa nazorat tizimiga, bunday nazoratning shakllanishi esa demokratiyaga bog‘liq. Adolatli ijtimoiy tartib baxtli hayotni ta’minlaydigan jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Ijtimoiy tartibni o‘rnatish muammosi insoniyat tarixidagi eng murakkab va eng dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda. Qadimdan davlat rahbarlari, donishmandlar jamiyatda tartib o‘rnatish muammosini hal etishga harakat qilishgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevralda ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi ham o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ana shu muammo yechimini topish yo‘li da tashlangan katta qadam bo‘l di . Jamiyatda tartib bo‘lishi uchun nazorat mexanizmining barqaror ishlashini ta’minlashga qodir bo‘lgan fuqarolik jamiyati shakllangan bo‘lishi lozim. Chunki fuqarolik jamiyati ning asosiy funksiyasi davlat ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat va uning nazorati mamlakatimizda shakllanayotgan nazorat tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari 2010 yil 12 noyabrda Islom Karimov tomonidan e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ham o‘z ifodasini topgan edi. Ushbu konsepsiya asosida demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida ma’lum bir ishlar amalga oshirildi. Ammo konsepsiyada belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Boshqacha qilib aytganda, modernizatsiyalash konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar zamon talabiga javob bermadi. Shuning uchun
nazariyadan amaliyotga o‘tish maqsadida Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasi nominal demokratiyani real demokratiyaga yoki demokratiyaning shakliga munosib mazmunini yaratishga qaratilgan. Harakatlar strategiyasi o‘z mazmun mohiyatiga ko‘ra mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasini faqat davom ettirish emas, balki uni takomillashtirish va reallikka aylantirishga qaratilgan harakat ham hisoblanadi. Mamlakatni modernizatsiyalash har bir fuqaroni modernizatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Fuqaroni modernizatsiyalash deganda shaxsning bilim va ma’naviyatini zamon talablariga moslashtirishni tushunish lozim. Zamon talabi demokratiyadan va fuqarolik jamiyati qurishdan, demokratiya va fuqarolik jamiyati esa nazoratdan iborat. Chunki demokratiya bu nafaqat hokimiyat xalq tomonidan shakllantirilishi, balki nazorat qilinishi hamdir. Fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi esa davlat ustidan xalq nazoratini amalga oshirish hisoblanadi. Jamiyatdagi nazorat tizimi har bir odamdagi ichki nazoratdan shakllanadi va ichki nazorat qanchalik kuchli bo‘lsa, nazorat tizimi shunchalik kuchli bo‘ladi va nazorat mexanizmi shunchalik barqaror bo‘ladi . Mamlakatni modernizatsiyalashning nazorat faoliyatini takomillshatirishdagi ahamiyatini anglab olish uchun konsepsiya strukturasini tahlil qilish kerak bo‘ladi. 2.Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasining strukturasi va maqsadi Nazorat faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o ltita ustuvor yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi strukturasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
Давлатни демократлаштириш Жамиятни либераллаштириш Давлат ҳокимияти ва бошқарувини демократлаштириш Суд-ҳуқуқ тизимини ислоҳ қилиш Ахборот соҳасини ислоҳ қилиш, ахборот ва сўз эркинлигини таъминлаш Ўзбекистонда сайлов ҳуқуқи эркинлигини таъминлаш ва сайлов қонунчилигини ривожлантириш Фуқаролик жамияти институтларини шакллантириш ва ривожлантириш Демократик бозор ислоҳотларини ва иқтисодиётни либераллаштиришни янада чуқурлштиришМамлакатни модернизациялаш Адолатли ижтимоий тартибни барқарорлаштириш Ushbu konsepsiyani ng asosiy maqsadi mamlakatda ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan nazorat tizimini ng samarali ishlashini ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirishdan iborat. Mamlakat davlat va jamiyatdan iborat bo‘lganligi uchun mamlakatni modernizatsiyalash strukturasini ikkiga bo‘lish to‘g‘ri bo‘ladi. Birinchisi davlatni demokratlashtirish masalalarini qamrab olsa, ikkinchisi esa jamiyatni liberallashtirish masalalarini qamrab oladi. Ikkalasi
birgalikda, ya’ni davlatni demokratlashtirish va jamiyatni liberallashtirish mamlakatni modernizatsiyalashni anglatadi. Demokratlashtirish va liberallashtirishni takomillashtirish nazorat tizimini samarali qilishni ta’minlaydi. Chunki demokratiya nazorat faoliyati bilan bog‘liq va, demak, demokratlashtirish deganda nazorat faoliyatini yanada takomillshatirish tushuniladi. Asosiy maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, farovon jamiyat qurish uchun , eng avvalo, ijtimoiy tartib o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan davlat va jamiyatning rivojlanish darajasi zamon talablariga mos bo‘lishi kerak. Zamon talabi esa kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishdan iborat. Hozircha bizda kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat bor. Mamlakatni modernizatsiyalash, ya’ni davlatni demokratlashtirish va jamiyatni liberallashtirish ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan nazorat mexanizmini shakllantirishga qaratilgan. Bu tushunarli bo‘lishi uchun, eng avvalo, ijtimoiy tartib nima ekanligini anglab olish kerak. Ijtimoiy tartib – bu huquq va axloq me’yorlariga rioya qilish ning ta’minlanaganlik holatidir. Jamiyatda tartib bo‘lishi uchun huquq va axloq me’yorlariga qat’iy rioya qilinishi lozim. O damlar majmuidan iborat bo‘lgan insoniyat jamiyatida ehtiyojlarni qondirish, manfaatlarni ifodalash jarayonida ular o‘rtasida tabiiy ravishda qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar kelib chiqadi. Agar ana shu ziddiyatli munosabatlar huquq va axloq me’yorlari orqali murosaga solinib, tartibga olinmasa, insoniyat jamiyati son-sanoqsiz ziddiyatlar va kurashlar qurshovida qolib, oxir oqibatda halokatga uchraydi. Insonning harakati ostida o‘zi anglamagan holda o‘zini o‘zi qirg‘in qilish xavfi yashirinib yotadi degan qarash mavjud. Demak, bunday ayanchli holatning oldini olish uchun odamlar o‘rtasidagi munosabatni tartibga soladigan huquq va axloq me’yorlariga rioya qilishni ta’minlaydigan nazorat tizimi shakllangan bo‘lishi kerak. I jtimoiy tartib o‘rnatilishi nazorat faoliyat iga bog‘liq ekan, asosiy e’tibor nazorat tizimi ni kuchli qilishga qaratilishi lozim. Buning uchun, eng avvalo, nazorat o‘zi nima ekanligini anglab olish kerak. Nazorat – bu huquq va axloq me’yorlariga rioya qilishni ta’minlash orqali jamiyatda tartib o‘rnatadigan mexanizm faoliyatidir. Nazorat mazmunan ichki va tashqi, shaklan yuqoridan va