Fan faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy nazorat va ijtimoiy tartibning o‘rni
Fan faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy nazorat va ijtimoiy tartibning o‘rni Reja 1.Fan faoliyatining shakllanishi, rivojlanishi va uning maqsad vazifalari. 2.Fan faoliyatini rivojlanishida xususiy intellektual mulkni qadrlanishining o‘rni. 3.Fan faoliyatini rivojlanishida ijtimoiy tartib barqarorligining ta’minlanganlik holatining o‘rni.
Fan faoliyati insoniyat jamiyatida nisbatan yangi faoliyat turi bo‘lib uning kelib chiqishi insonning dunyoni anglash ehtiyoji bilan bog‘liq . Inson dunyoni osonroq egallash maqsadida uni anglashga intiladi va bu fan faoliyati orqali amalga oshiriladi. Inson dunyoni anglashi uchun uni rivojlanish qonunlarini bilishi kerak , chunki dunyo ana shu qonunlar asosida va shu qonunga itoat qilgan holda rivojlanadi. Fan tabiiy va ijtimoiy voqeliklarni ular itoat qiladigan qonunlarni ochish orqali ularni tavsiflash va tushuntirishga qaratilgan ongli faoliyat sohasi hisoblanadi. Alohida ongli ijtimoiy faoliyat sohasi bo‘lgan fanning maqsadi tabiat, jamiyat va insonni anglashdan iborat. Fan dunyo va inson to‘g‘risidagi haqqoniy bilimlar majmuidir deb ta’riflanadi. Fan faoliyati beradigan bilimlar nafaqat jamiyat taraqqiyotiga balki jamiyatning mavjud bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyat mavjud bo‘lishining muhim sharti adolatli ijtimoiy tartib hisoblanadi. Fan faoliyatining rivojlanishi boshqa barcha faoliyat turlari singari ma’lum bir sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi . Bunday sharoitlarning ichida eng muhimi yuqorida ta’kidlaganimizdek, adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilganlik holatidir. Ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan muhitda biror-bir faoliyat sohasi, jumladan, fan faoliyati ham samarali rivojlana olmaydi. Chunki har qanday faoliyatning, jumladan, fan faoliyatining rivojlanishi ham erkinlikka bog‘liq , chunki erkin bo‘lmagan odam o‘z ichki imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmaydi va biror-bir ilmiy yangilik yoki kashfiyot qila olmaydi. Bilim shunday boylikki uni faqat ixtiyoriylik asosida qiziqib erkinlik bilan ishlab chiqish mumkin. Xuddi shunday bilimni egallashda ham erkinlik muhim rol o‘ynaydi, ya’ni majbur qilib insonning miyasiga bilimni singdirib bo‘lmaydi. Demak bilimni ishlab chiqish ham, insonning ongiga singdirish ham erkinlik bilan bog‘liq ekan. Majbur qilib talabani davomatini ta’minlash mumkindir, majbur qilib o‘qitish mumkindir, majbur qilib tinglashini ta’minlash mumkindir, majbur qilib yozishini ta’minlash mumkindir, lekin majbur qilib fikrlashini ta’minlab bo‘lmaydi . Qadimgi Rim faylusufi Mark Tulliy Sitseron ushbu xususda gapirib
“Qachon biz mustaqil fikrlash qobilyatimizni saqlab qolsak, shundagina biz haqiqatdan ham erkin bo‘lamiz” 1 deb yozadi. Haqiqiy bilim esa, bu fikrlash jarayonida olingan bilimdir, fikrlash jarayonida talaba o‘qib bilgan narsasini anglab oladi. Ana shu anglab olingan bilimgina haqiqiy bilim hisoblanadi, chunki anglanmagan bilim insonning miyasida keraksiz faktlar sifatida jamlanib yotadi xolos. Obrazli qilib aytganda fikrlash jarayonida bilim inson miyasida tahlil qilinib hazm bo‘ladi . Hazm bo‘lmagan bilim xuddi hazm bo‘lmagan ovqat singari zaharga aylanib insonga ziyon keltiradi. Faqat anglab olingan bilimgina insonni yangi bilimlarni ishlab chiqishga va bu bilimlarni amaliyotda qo‘llashga qodir qiladi. Shuning uchun fan va ta’lim sifatini oshirishda asosiy e’tiborni insonda bilimga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishga qaratish lozim , chunki anglash uchun fikrlash, fikrlash uchun esa qiziqish kerak. Demak bilimni ishlab chiqish uchun ham, egallash uchun ham erkinlik kerak ekan. Bilim va erkinlik bir biriga chambarchas bog‘liq tushuncha hisoblanadi, erkinlik bo‘lmagan joyda hech qachon bilim ham bo‘lmaydi. Ana shu o‘rinda bir savolni javobini berish mumkin. Ya’ni nima uchun dunyoga Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sinolar kabi buyuk allomalarni bergan yurtdan oxirgi ikki asr davomida birorta buyuk shaxs, dunyo tan olgan olim yoki birorta Nobel mukofotining lauriyati yetishib chiqmadi degan savolning javobini berish mumkin. Javob shundan iboratki: chunki erkin fikrlash yo‘q edi, erkin fikrlash uchun esa odam oldin mustaqil bo‘lishi kerak. Insonning erkinligini birinchi muhim sharti uning mustaqilligi hisoblanadi. Mana bugun mustaqillik sharofati bilan erkin fikrlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Lekin inson to‘liq erkin bo‘lishi uchun faqat mustaqillikning o‘zigina yetarli emas. Buning uchun adolatli ijtimoiy tartibning barqarorligi ham ta’minlangan bo‘lishi lozim. Adolat tamoyili buzilgan ya’ni adolatsizlik hukmronlik qilgan muhitda hech kim o‘zini to‘liq erkin his eta olmaydi . Insoniyat jamiyati shunday shakllanganki unda doimo adolat bilan razolat o‘rtasida kurash ketadi. Bu 1 Утченко С.Л. Цицерон и его время. –Москва.: М ысл, 1972 – С.179.
kurashda kim g‘alaba qozonishi jamiyatni nima boshqarayotganligiga bog‘liq. Agar jamiyatni bilim boshqarsa adolat g‘alaba qozonadi, agar jamiyatni pul boshqarsa razolat g‘alaba qozonadi. Pul boshqargan muhitda korrupsiya balosi kuchayib boradi va adolatli ijtimoiy tartibga putur yetadi. Shuning uchun bugungi kunda adolatli ijtimoiy tartibni barqarorligini ta’minlash borasida asosiy to‘siq korrupsiya illati deb aytish mumkin. Korrupsiya hukmronlik qilgan joyda biror-bir faoliyat sohasi, jumladan, fan faoliyati ham samarali rivojlana olmaydi. Chunki korrupsiya sharoitida adolatli ijtimoiy tartib bo‘lmaydi, tartib bo‘lmagan joyda esa erkin yashash imkoniyati ham bo‘lmaydi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan qilingan tashabbus asosida “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” 2 gi qonunni qabul qilinishi naqadar muhimligini ta’kidlash lozim. Mazkur qonunni qabul qilinishi mamlakatda adolatli ijtimoiy tartib barqarorligini ta’minlash orqali nafaqat fan faoliyatini, balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarini rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 2.Fan faoliyatini rivojlanishida xususiy intellektual mulkni qadrlanishining o‘rni. Fan faoliyatini rivojlanishi mustaqillik va adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatilganligi bilan birgalikda fan faoliyatining mahsuli bo‘lgan bilimning qadrlanishiga ham bog‘liq . Chunki inson zoti tabiatan shunday mavjudotki nima qadrlansa shunga intilib yashaydi. Fan faoliyati rivojlanishi uchun jismoniy mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy boylik qanday qadrlansa, aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan intellektual boylik ham xuddi shunday qadrlanishi lozim. Buning uchun xususiy intellektual mulk tushunchasi shakllangan bo‘lishi lozim va odam mening boyligim mening bilimim deb ayta olishiga erishish kerak. Buning uchun fan faoliyati tizimida hususiy mulk munosababtlarini shakllantirish lozim, chunki hususiy mulk fan faoliyatini rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan qiziqish va mas’uliyatni kuchaytiradi. Bu boradagi muammo shundaki, sho‘rolar zamonida 2 Коррпцияга қ арши кураш иш т ўғ рисида Ўзбекистон Республиксининг қ онун и. 2017 йил 3 январь
davlat xususiy mulkni bekor qilishda chegaradan chiqib ketgan edi. Ular oldin zavod va fabrikalarni kapitalistlardan tortib olishdi, yerni pomeshchiklardan tortib olishdi. Bu o‘sha zamonda hukmronlik qilgan kommunistik mafkura talabi bo‘yicha to‘g‘ri edi. Lekin, ular keyinchalik stanokni ya’ni dastgohni ishchidan, yerni dehqondan, ilmni ziyolidan tortib olishdi va bu chegaradin chiqish edi. Bu shunday chegardan chiqish ediki insonda egalik hissi yo‘qoldi va natijada mehnatga bo‘lgan qiziqish va mas’uliyat ham yo‘qqa chiqadi. Ilm ahli o‘zini bilimini meniki deya olishi uchun intellektual mulk qadrlanishi lozim. Boshqacha qilib aytganda ilm ahli o‘z intellektual boyligini moddiylashtirish ya’ni tovarga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Inson o‘z bilimini meniki deya olishi bilan unda qiziqish va mas’uliyat shakllanadi va bu hususiy mulk degan tushuncha bilan ifodalanadi, chunki hususiy mulk egalik hissi, qiziqish va mas’uliyatdan tashkil topadi. Fan faoliyatida rivojlanish bo‘lishi bilimga nisbatan hususiy mulkni shakllanishiga bog‘liq. Buning uchun xizmat sohasida intellektual bozorini shakllantirishga keng imkoniyat yaratish lozim. Hozircha mamlakatimizda asosan moddiy boylik yaratadigan xizmat sohasi rivojlangan bo‘lib intellektual boylik beradigan xizmat sohasi endigina shakllanmoqda. Ilm ahli o‘z boyligini hususiylashtirib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi fan faoliyatini rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Fan faoliyati rivojlanishi uchun adolatli ijtimoiy tartib orqali ta’minlanadigan erkin fikrlash bilan birgalikda moddiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash ham kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida pul omili birinchi o‘ringa chiqqan bir paytda fan faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashni kuchaytirmasdan ilm-fanni rivojlantirishga erishib bo‘lmaydi. Quyidagi aksioma, ya’ni bozor munosabatlari sharoitida pul bo‘lgan joy rivojlanib boradi va, aksincha, pul bo‘lmagan joy qashshoqlashib boraveradi degan aksioma fikrimizni dasdiqlaydi. Demak fan faoliyatini rivojlantirish mablag‘ bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq ekan. Bugungi kunda fan faoliyatini mablag‘ bilan