logo

Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.2861328125 KB
Mavzu:   Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni
REJA:  1.Mahallaning paydo bo’lishi tarixidan. 
2.Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
3.Mahallaning ijtimoiy-pedagogik o’rni. 
4.Mahallada qadriyatlar va ijtimoiy ong translyatsiyasi.     O’zbek   mentalitetining   muhim   xususiyatlaridan   biri-maxsus   ijtimoiy   tuzilma
mahallaning mavjudligidir.
Toshkent   shahrida   XIX   asrdan   boshlab   mahalla   mavjud.   Ularning   tashkil
topishi  va faoliyat yuritishi  bir  tomondan milliy-  psixologik xususiyatlari, boshqa
tomondan   esa   aholiga   yoshligidanoq   ijtimoiy   munosabatlarga   g’arq   bo’lishlariga
imkon yaratish  bilan bog’liqdir.  Boshqacha   aytganda,  mahalla mikrotsizm   bo’lib,
unda axloqiy  tamoyil  va  qoidalarga amal  qilish,  marosim  va  jamoat   faoliyatining
boshqa   turlarida   ishtirok   etish   orqali   shaxsning   yanada   kattaroq   hamjamiyatda
ijtimoiylashuvi   usullari   shakllanadi.   Mahallaning   demokratiyalashuv,
ijtimoiylashuv,   insoniylashuv   va   mukammallashuv   jarayonlariga   faol   ta’sir   qila
olishini   Prezident   I.A.Karimov     quyidagicha   ta’kidlab   o’tgan:   “YOki   masalan
mahalla-bizning   jamiyat   hayotida   insoniy   tarbiya   va   kelishuvning   o’zgarmas
manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlatda daryolar bo’yida paydo
bo’lgan.   Tabiat   kataklizmalari,   tashqi   hayvonlarni   birgalikda   yengish,   qiyin
kunlarda   qo’llab-quvvatlash   bizning   ajdodlarimizni   jamoa   bo’lib   yashashga
o’rgatgan.
Mehribonlik,   rahmdillik   kabi   qadrli   insoniy   hislatlar   aynan   mahallada
shakllanadi.   Bu   ma’noda   mahallani   o’z-o’zini   boshqarish   maktabi,   kerak   bo’lsa
demokratiya maktabi desa bo’ladi 1
.
Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo’lishini ko’zda
tutadi,   balki   shaxsning   muayyan   axloqiy   va   etnik   qoidalarni   egallashini   ham
ko’zda   tutadi.   SHu   borada   mahalla   ijtimoiylashuvining   unikal   mexanizmi
hisoblanadi. CHunki unda:
-har bir inson amal qilishi kerak bo’lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
-muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
-hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar
haqida g’amxo’rlik;
-axloq   va   jamoatchilikning   tarbiyasi   amaliy   faoliyatga   kiritish   orqali   amalga
oshiriladi;
1
  -ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi;
-alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan
kuzatuvda bo’ladi.
Alohida   tarixiy   davrlarda   an’anaviy   hayotiy   muammolarning   buzilishiga
urinishlar   amalga   oshirilishiga   qaramay,   mahalla   bunga   qarshilik   ko’rsatdi   va
an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi.
Mahallaning   ijtimoiy   o’rni   shunda   namoyon   bo’ladiki,   u   doimo   jiddiy
ijtimoiy   o’zgarishlarga   o’z   munosabatini   bildirgan   va   oliy   insoniy   va   axloqiy
tamoyillarga   tayanadi.   Masalan,   XXasrning   20-30   yillarda   mahalla   ayollarning
ijtimoiy   ishlab   chiqarishga   qo’shilishi,   savodsizlikni   bartaraf   etish,   aholining
madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo’llab-quvvatlangan 
Hammaga mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya
qilinganlarni   qabul   qilganliklari   dalili   yaxshi   ma’lumdir.   Mahalliy   aholi   vakillari
ko’chib   kelganlarga   o’z   uylarining   bir   qismini   berishgan,   moddiy   yordam
ko’rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga
ega,   ular   odamlarga   yaxshi   niyatlilik,   o’zaro   hurmat,   o’zaro   tushunish   kabi
hislatlarni tarbiyalashadi.
Mahallaning   an’analarni   saqlab   qolish   va   ularni   yoshlarga   yetkazish
jamiyatni   demokratiyalashning   ilk   davrlarida   milliy   qadriyatlarning   tiklanishiga
katta   yordam   bergan.   YAngi   sharoitlarda   mahalla   o’z-o’zini   boshqarish   organi
sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo’ldi. Bunga O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov 2
 tomonidan ham ta’kidlangan.
Mahalla   maktablarining   yuqori   sinf   o’quvchilarning   ijtimoiy   va   ma’naviy
qiyofalari   ham   ancha   o’zgarib   qoldi.   Ularning   aksariyati   muassasa,   maktablarda
tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning
ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi
bo’lishni   davom   ettirmoqda.   Bu   avvalambor,   mahalla   qo’mitalari   faoliyatlarining
asosiy   yo’nalishlaridan   biri   ijtimoiy   mehnatlarni,   shu   jumladan   obodonlashtirish
2
 “Маҳалла” хайрия жамғармасини тузиш тґғрисидаги 1992- йил 12 сентябрдаги ҳамда “Маҳалла” хайрия 
жамғармасига маблағ ажратиш тґғрисидаги 1992- йил 8-октябрдаги фармонлари, 1993-йил 2 сенябрдаги 
“Фу қ ароларнинг ў ни- ў зи бош қ ариш   органлари т ў ғрисидаги “ Ў збекистон Республикасининг  Қ онуни  қ абул  
қ илиниши ёр қ ин мисол б ў лади”. bo’yicha   ishlarni   tashkil   qilishda   namoyon   bo’ladi.   Bunaqa   ishlarning   asosiy
turlari-ariqlarni   tozalash,   daraxtlarni   kesish,   axlatni   chiqarish   bo’yicha
hasharlardir.   Bunaqa   tadbirlar   asosan   Navro’z,   Ramazon,   Qurbon   hayitlari,
Mustaqillik kunlari oldidan o’tkaziladi. Hashar yo’li bilan uylar, klublar, oshxona,
masjidlar bunyod etilmoqda.
Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo’lib, u quyidagi qiyofalarda
namoyon bo’ladi:
-jamoaning   g’amxo’rligi,   qo’shnilarning   kasal,   keksa   va   kam   ta’minlanganlariga
yordam ko’rsatishadi;
-o’ziga   to’q   kishilarlarning   kam   ta’minlangan   qarindoshlariga   va   qo’shnilarga
moddiy yordam berishlari;
-oqsoqol   va   mahalla   qo’mitasi   tomonidan   boquvchisini   yo’qotgan   va   qariyalarga
yordam ko’rsatishi va boshqalar.
Jamoada   yordam   ko’rsatish   an’anasi   hozir   yangi   shakllarga   ega   bo’ldi   va
hokimiyatlar,   mahalla   qo’mitalarning   asosiy   vazifasiga   aylandi.   Respublika
Prezidentining   (1994   yil   23   avgust)   “Aholining   kam   ta’minlangan   qatlamlarini
ijtimoiy  himoyasini   kuchaytirish   chora-tadbirlari” 3
  haqidagi   farmoni  bilan  aholini
ijtimoiy himoya qilishning yangi turi joriy qilindi: kam ta’minlangan oilalarga har
oy  ko’rsatiladigan   yordam.   Bu   yordamning   yangiligi   shundaki   oilalar   taqsimotini
mahalla   hal   qiladi.   Fuqarolarning   o’zini-o’zi   boshqarish   organlari   1999   yil
yanvarda   O’zbekiston   Prezidentining   hamda   Vazirlar   Mahkamasining   2002-
yilyanvardagi   “Aholining   ijtimoiyhimoyaga   muhtoj   qatlamlarini   aniq
yo’naltirilgan   tarzda   qo’llab-quvvatlashining   2002-2003   yillarda   mo’ljallangan
dasturini   amalga   oshirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   Qarori   talablarini   amalga
oshirmoqdalar.     “Fuqarolarni   o’z-o’zini   boshqarish   organlarining   aholining
ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash” to’g’risidagi farmoni chiqdi
3 Xozirgi   kunda   mahalla   jamiyatda   etnomadaniy   qadriyatlarni   tiklash
jarayonida   muhim   rol   o’ynamoqda.   Nikoh,   janoza,   aqiqa   to’yi,   sunnat   to’yi,
muchal to’yi kabi marosimlar ham o’tkazilmoqda.
Bozor   munosabatlarini   shakllantirishning   murakkab   holatida   mahallaning
ijtimoiylashtiruv   roli   oshib   ketadi.   Bu   avvalambor   oila   qadriyatlarini   saqlab
qolishda namoyon bo’ladi. Nizoli  holatlar paydo bo’lganda xotin-qizlar  qo’mitasi
yoki   mahalla   oila   vakillari   bilan   suhbat   o’tkazadi   va   odatda   vaziyatga   oydinlik
kiritadi   va   ajralishlar   bo’lishiga   olib   keladi.   Bundan   tashqari   mahalla   ishsizlarga
ishga   joylashishlariga,   militsiya   hodimlariga   tartibni   saqlashda   yordam   beradi,
xizmatga   chaqirilganlar   bilan   tushuntirish   ishlari   olib   boradi.   Avvalgiday   jamoa
o’sib   kelayotgan   avlodni   tarbiyalashda   muhim   o’rin   tutmoqda.   Hozirda   mahalla
bolalar   bog’chalari   va   maktablari   bilan   yaqin   hamkorlik   olib   borib,   ularga
ta’mirlash   ishlarini   olib   borishda,   tarbiya   ishlarida   yordam   ko’rsatadi.   Mahalla
qo’mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko’rib chiqiladi.
YOshlarga ta’sir ko’rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat
qilishning   an’anaviy   usuli   ham   saqlanib   qolgan.   Har   qanday   mahallada   boy
hayotiy   tajribaga   ega   odamlar   mavjud.   Ularning   asosiy   vazifasi   aholining
an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko’chadagi yurish-
turishini   nazorat   qilishdir.   Ular   har   qanday   odamga   tanbeh   berishlari   mumkin,
biroq   bu   ishni   doimo   ularning   hurmatini   saqlagan   holda   amalga   oshiriladi.   Ota-
onalarning     bunday   munosabatni   qadrlashitaqsinga   sazovor.   SHuning   uchun
“mahalla sening ham otang ham, onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda
namoyon   bo’ladigan   milliy   tiklanish,   xalqning   milliy   o’z-o’zini   anglashni
faollashtirish   orqali   bo’ladi.   U  sobiq   Sovet   ittifoqi   davridabu  kabi   an’analar   tuliq
yo’qolib   ketmagan,   balki   ayrim   oilalarda   o’zigi   xos   tarzda   saqlanib   qolgan   va
yoshlarga   berilgan.   Bu   ayniqsa,   hayotning   an’anaviy   turmush   tarzini   saqlab
kelayotgan   eski   shahar   mahallalarida   yashovchilar   orasida     yaqqol   namoyon
bo’lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va
o’rta   avlod,   o’rta   yoki   oliy   ma’lumotga   ega)   badiiy   ijodning   keng   rivojlanishi, hayotning   marosimlar   o’tkazishda   ma’naviy   o’z-o’zini   ifodalashning   keng
imkoniyatlarini ko’zda tutadi.
SHuni   ta’kidlash   joizki   etnik   an’analar   va   marosimlarning   tiklanishida   avvalo,
oiladagi katta avlod, shuningdek ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televideniye
katta o’rin tutadi.
Hozirgi   kunda   mahallaning   ahamiyati   oshib   bormoqda.   Biroq   yoshlar   tarbiyasida
muammolar   kam   emas.   Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   yoshlarning   axloqiy
tarbiyasiga   xalaqit   beradigan   bir   qancha   holatlar   ham   kelib   chiqmoqda.
YOshlarning     yoshligidanoq   savdo-sotiq   qilishga   va   boshqa   tijorat   ishlariga
sho’g’ib   ketishi   ularning   o’qishiga,   bilim   olishga     bo’lgan   intilishlariga,   ijtimoiy
munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ba’zi  hollarda muallimlar
o’quvchilarni   to’liq   tarbiyalash   imkoniyatidan   mahrumdirlar,   ya’ni   ular   boshqa
faoliyat   bilan   ham   shug’ullanadilar.   Jamiyatni   demokratiyalashtirishning   mazkur
bosqichida   yoshlar   katta     imkoniyatlarga,   faoliyat   turini   tanlashda   keng
imkoniyatlarga   ega   bo’lishdi.   Biroq   ular   bulardan   to’liq   foydalana   olmaydilar.
So’ngi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susaydi, din
ta’siri   kuchaydi   va   bu   natijada   yoshlar   mafkuraviy   sohada   o’z   mo’ljallarini
yo’qotishlariga   olib   keldi.   Mahalla   oldida   tarbiyaning   an’anaviy   usullaridan
foydalanib   yosh   avlod   bilan   yanada   faol   ish   olib   borish,   ularda   hozirgi   jamiyat
talablariga   muvofiq   keladigan   dunyoqarash   va   axloqiy   tamoyillar   thosil   qlishdan
iborat.
Mahalla   azaldan   nafaqat   o’sib   kelayotgan   avlodning   tarbiyachisi   vazifasini
bajargan,   balki   ijtimoiy   fikrni   shakllantirgan   ham.   Qo’shnilar   o’rtasidagi   barcha
nizoli   holatlar,   shuningdek   esa   oilaviy   janjallar   mahalla   qo’mitalari   faollari
tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko’pincha qaynona-kelin, yosh kelin-
kuyovlar orasida janjallar ko’p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo’mitasi
suhbat  o’tkazadi.  Agar  ikki   tomonni   yarashtirib  bo’lmasa,   bu  holat   bilan  mahalla
qo’mitasi   shug’ullanadi.   Odatda   o’sha   joyning   o’zida   muammo   hal   qilinadi.
SHuning uchun ajralishlar soni ko’p emas. So’ngi paytlarda uy xo’jaligi bilan band
ayollar,   yosh   oilalar   bilan   ishlash   faollashdi,   ularni   an’anaviy   kasb-xunarlarga o’rgatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ishsizlarning ishga joylashishilariga ham
ko’maklashmoqda. Xarbiy qo’mitalar askarlikka olishga tanlov bo’lganda mahalla
faolligiga tayanishadi.
1999 yil 14 aprelda O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o’z-o’zini
boshqarish organlari haqida”gi qonuni   yangi taxrirda qabul qilindi. Unda yana bir
marta   fuqarolarning   o’z-o’zini   boshqarishi   asosida   tarixiy   taraqqiy   xususiyatlari,
milliy   va   ma’naviy   qadriyatlar,   mahalliy   odat   va   an’analar   yetishi   ta’kidlandi.
Qonunda   mahallaning   vazifalari   belgilab   qo’yilgan.   YUqorida   sanab   o’tilgan
funksiyalardan   tashqari   mahallaga   yangi   vazifalar-tijorat   va   maishiy   xizmat
ko’rsatishni,   hududning   tozalik   holatini,   aholidan   soliqlarning   o’z   vaqtida
topshirilishini   nazorat   qilish   ham   yuklatildi.   Davlat   mahallaga   avval   mahalliy
kengashlar   bajargan   vazifalarni   yuklamoqda.   Bu   esa   mahalla   qo’mitalari   davlat
tuzilmalariga aylanayotganligidan guvohlik beradi.
Mahallaning   ijtimoiy   hayotida   so’nggi   o’n   yillarda   katta   o’zgarishlarni
boshdan   kechirgan   qo’shnichilik   munosabatlari   muhim   o’rin   tutmoqda.   Oilaviy
muhitning   individuallashuv   jarayoni   ketmoqda.     SHu   bilan   birga   yaqin
qo’shnichilik   munosabatlari   o’zbek   oilasining   qadriyatlaridan   biri   bo’lib
qolaveradi.   Bu   avvalombor   xo’jalik   yordamida,   bolalar   tarbiyasida,   qiyin
vaziyatlarda yordam ko’rsatishda namoyon bo’lmoqda. SHuning asosida ma’naviy
yaqinlik paydo bo’ladi, ya’ni kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi voqealar
muhokamasi   bo’lib   o’tadi.   SHu   tarzda   mahalladagi   eng   kichik   guruhlardan   biri-
qo’shnichilik guruhi paydo bo’ladi.
Mana  shu guruh bilan bir  qatorda qarindoshlik aloqalari  ham  mavjud. Ular
hozirda avvalgidan ko’ra kamroq bo’lsada, uning a’zolarining faol o’zaro yordami
bilan   xarakterlidir.   Qarindoshlik   munosabatlari   o’zbeklarning   oilaviy   qadriyatlari
tizimida hali ham birinchi o’rinda turadi. 
O’zbeklarning   ijtimoiy   hayotidagi   muhim   hodisalardan   biri   erkaklar
birlashmalari-gap, gashtak, ziyofatdir va ularning maqsadi bo’sh vaqtni mazmunli
o’tkazishdir.   Har   bir   yosh   guruh   o’zining   muomala   shakliga   ega:   Qadimda
Toshkentda   gaplar   ommaviy   xarakterga   ega   bo’lgan.   Ular   hosil   yig’im   terimi yakunlangan   kuzgi-qishki   davrda   o’tkazilgan.   To’qmada   erkaklar   har   kuni   bir-
birlarining uyida to’planishgan va har kim qo’lidan kelganini olib kelgan. Buning
hammasi   “umumiy   qozon”ga   solingan.   O’zlari   taom   tayyorlashgan,   o’zlari   uy
yig’ishtirishgan, namoz o’qishgan, suhbatlashishgan, axborot almashishgan.
Tuqmadan   farqli   o’laroq,   gap   haftada   bir   marta   odatda   juma   kunlari
ishtirokchilardan   birining   uyida   o’tkazilgan.   Har   bir   gapda   saylangan   rahbar   va
ishtirok   etish   qoidalari   bo’lgan.   Qoidabuzarlar   gapdan   chetlashtirilgan.   Ziyofat
xarajatlarini   mezbon   ko’targan.   Namoz   va   diniy   adabiyotlar   uchun   odamlarni
qamashgan   XX   asrning   30-   yillarida   gaplarda   to’planish   havfli   bo’lgan.   II   jahon
urushi   davrida   moddiy   qiyinchiliklar   ham   gaplar   o’tkazilmasligiga   o’z   ta’sirini
ko’rsatgan.   Biroq   gaplar   XX   asrning   50-60   yillarida   asta-sekin   tiklana   boshladi.
Biroq   bu   gaplar   biroz   boshqacha   edi.   Avvalo,   endi   ayollar   orasida   ham   gap
tashkillashtirildi.   Hozirda   ayollar   gaplari   erkaklarnikidan   ko’ra   keng   tarqalgan.
Oilaviy   gaplar,   avvalombor   sinfdoshlar,   kursdoshlar   orasida,   shuningdek   kasbiy
gaplar ham ommaboplashdi.
Gaplarning   ijobiy   xususiyatlari   bilan   birgalikda   ularda   salbiy   jihatlar   ham
mavjud. Bu isrofgarchilik va ichkilik bilan bog’liq. Kitoblar mutooalasi, mazmunli
suhbatlar   tan   olinmay   kelindi.   Avvalgilaridan   farqli   ravishda   hozirgi   gaplar   yil
davomida   o’tkaziladi.   To’y   paytida   gap   ishtirokchilari   to’y   egasiga   yordam
ko’rsatishadi.   Ular   og’aynilarini   qiyin   kunlarda   qo’llab-quvvatlashadi.   Har   bir
gapning   shuhrati   bor.   Insonni,   ayniqsa   yoshlarni   qaysi   gapga   a’zo   bo’lganidan   u
qanaqa tarbiya olganini aniqlasa bo’ladi.
Ayollar   orasidagi   gaplar     XX   asrning   60-70   yillarida   keng   rivojlana
boshladi.   Bu   mahalladagi   qo’shnilarning   birlashmasi   edi.   Biroq   ishtirokchining
yoshi inobatga olingan. Har bir mahallada o’rta yosh ayollar, yosh ayollar (asosan
kelinlar)ning birlashmalari mavjud bo’lgan.
YAqin qarindoshlar orasidagi gaplar ham keng tarqalgan. Odatda bunda yoshi eng
ulug’   ishtirokchi   rahbar   bo’ladi.   Bunday   gaplarga   ayollar   farzandlarini   ham   olib
kelishgan. SHuningdek oilaviy gaplar ham  paydo bo’ldi. Ularda erkaklar  o’z xotinlari
bilan   ishtirok   etishadi.   Bu   gaplar   sinfdoshlar   yoki   kursdoshlar   gaplari   sifatida
boshlangan va keyinchalik har uylangan a’zo o’z xotinini ham olib kela boshlaydi.
Bu gaplar umumiy qoidalar asosida mavjud bo’lib, nihoyatda kam uchraydi.
O’rta   va   katta   avlod   ayollari   o’rtasida   to’planishning   boshqa   shakllari   ham
mavjud.   Bular   mushkul   kushod   va   mavlud   kabi   diniy   marosimlar   bo’lib,   ular
so’nggi yillarda Toshkent  mahallalarida ochiq-oydin o’tkazilmoqda. Mavlud yoki
mushkul   kushodga   to’planishgan   ayollar   nafaqat   diniy   marosimlarda   ishtirok
etishadi, balki  muomalaga  kirishishi  imkoniyatiga ham  ega bo’lishadi. Hayotning
eng   yaxshi   axloqiy   me’yor   va   tamoyillarining   tiklanishi   fanda   hayotning   ba’zi
eskirgan   jihatlarini   yangilashga,   ayollar   erkinligi   va   huquqlarini   cheklashga   ham
urinishlar bo’ldi.
Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o’z o’rnini
topgan.   Milliy   va   etnik   an’analarni   har   tomonlama   rivojlantirishga   qaratilgan
O’zbekiston   siyosati   bu   an’anaviy   institutning   yanada   faol   faoliyat   yuritishiga
yangi zaminlar yaratdi.  Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni REJA: 1.Mahallaning paydo bo’lishi tarixidan. 2.Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida. 3.Mahallaning ijtimoiy-pedagogik o’rni. 4.Mahallada qadriyatlar va ijtimoiy ong translyatsiyasi.

O’zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri-maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir. Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g’arq bo’lishlariga imkon yaratish bilan bog’liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo’lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini Prezident I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab o’tgan: “YOki masalan mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o’zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlatda daryolar bo’yida paydo bo’lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo’llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo’lib yashashga o’rgatgan. Mehribonlik, rahmdillik kabi qadrli insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, kerak bo’lsa demokratiya maktabi desa bo’ladi 1 . Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo’lishini ko’zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko’zda tutadi. SHu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. CHunki unda: -har bir inson amal qilishi kerak bo’lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi; -muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi; -hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida g’amxo’rlik; -axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi; 1

-ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi; -alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo’ladi. Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko’rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi. Mahallaning ijtimoiy o’rni shunda namoyon bo’ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy o’zgarishlarga o’z munosabatini bildirgan va oliy insoniy va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Masalan, XXasrning 20-30 yillarda mahalla ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga qo’shilishi, savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo’llab-quvvatlangan Hammaga mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya qilinganlarni qabul qilganliklari dalili yaxshi ma’lumdir. Mahalliy aholi vakillari ko’chib kelganlarga o’z uylarining bir qismini berishgan, moddiy yordam ko’rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga ega, ular odamlarga yaxshi niyatlilik, o’zaro hurmat, o’zaro tushunish kabi hislatlarni tarbiyalashadi. Mahallaning an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga yetkazish jamiyatni demokratiyalashning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. YAngi sharoitlarda mahalla o’z-o’zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo’ldi. Bunga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2 tomonidan ham ta’kidlangan. Mahalla maktablarining yuqori sinf o’quvchilarning ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o’zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo’lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla qo’mitalari faoliyatlarining asosiy yo’nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan obodonlashtirish 2 “Маҳалла” хайрия жамғармасини тузиш тґғрисидаги 1992- йил 12 сентябрдаги ҳамда “Маҳалла” хайрия жамғармасига маблағ ажратиш тґғрисидаги 1992- йил 8-октябрдаги фармонлари, 1993-йил 2 сенябрдаги “Фу қ ароларнинг ў ни- ў зи бош қ ариш органлари т ў ғрисидаги “ Ў збекистон Республикасининг Қ онуни қ абул қ илиниши ёр қ ин мисол б ў лади”.

bo’yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo’ladi. Bunaqa ishlarning asosiy turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish bo’yicha hasharlardir. Bunaqa tadbirlar asosan Navro’z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o’tkaziladi. Hashar yo’li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda. Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo’lib, u quyidagi qiyofalarda namoyon bo’ladi: -jamoaning g’amxo’rligi, qo’shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlariga yordam ko’rsatishadi; -o’ziga to’q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo’shnilarga moddiy yordam berishlari; -oqsoqol va mahalla qo’mitasi tomonidan boquvchisini yo’qotgan va qariyalarga yordam ko’rsatishi va boshqalar. Jamoada yordam ko’rsatish an’anasi hozir yangi shakllarga ega bo’ldi va hokimiyatlar, mahalla qo’mitalarning asosiy vazifasiga aylandi. Respublika Prezidentining (1994 yil 23 avgust) “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari” 3 haqidagi farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi turi joriy qilindi: kam ta’minlangan oilalarga har oy ko’rsatiladigan yordam. Bu yordamning yangiligi shundaki oilalar taqsimotini mahalla hal qiladi. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari 1999 yil yanvarda O’zbekiston Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining 2002- yilyanvardagi “Aholining ijtimoiyhimoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashining 2002-2003 yillarda mo’ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori talablarini amalga oshirmoqdalar. “Fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlarining aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash” to’g’risidagi farmoni chiqdi 3

Xozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol o’ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to’yi, sunnat to’yi, muchal to’yi kabi marosimlar ham o’tkazilmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtiruv roli oshib ketadi. Bu avvalambor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo’ladi. Nizoli holatlar paydo bo’lganda xotin-qizlar qo’mitasi yoki mahalla oila vakillari bilan suhbat o’tkazadi va odatda vaziyatga oydinlik kiritadi va ajralishlar bo’lishiga olib keladi. Bundan tashqari mahalla ishsizlarga ishga joylashishlariga, militsiya hodimlariga tartibni saqlashda yordam beradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday jamoa o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o’rin tutmoqda. Hozirda mahalla bolalar bog’chalari va maktablari bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga ta’mirlash ishlarini olib borishda, tarbiya ishlarida yordam ko’rsatadi. Mahalla qo’mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko’rib chiqiladi. YOshlarga ta’sir ko’rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko’chadagi yurish- turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ota- onalarning bunday munosabatni qadrlashitaqsinga sazovor. SHuning uchun “mahalla sening ham otang ham, onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo’ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o’z-o’zini anglashni faollashtirish orqali bo’ladi. U sobiq Sovet ittifoqi davridabu kabi an’analar tuliq yo’qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o’zigi xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo’lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o’rta avlod, o’rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi,