Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda milliy mentalitetimizning o‘rni
Ijtimoiy tartibni o‘rnatishda milliy mentalitetimizning o‘rni Reja 1.Mustaqil davlatning taraqiyotida milliy o‘ziga xoslikning o‘rni. 2.Milliy davlatchilikning kelib chiqish sabablari, mohiyati va asosiy hususiyatlari . 3.Musulmon mamlakatlarida huquqqa bo‘lgan munosabatning o‘ziga xosligida sug‘orma dehqonchilikning o‘rni.
1.Mustaqil davlatning taraqiyotida milliy o‘ziga xoslikning o‘rni. Mustaqil mamlakatimizda ijtimoiy tartibning barqarorligini ta’minlash m as alasi ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tartib o‘ rnatish uchun huquq va ahloq normalariga rioya qilishni ta’minlashga qodir bo‘lgan naz ora t tizimi shakllangan bo‘lishi lozim. Bunday naz ora t tizimi shakllanishi demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati shakllanga nligi bilan bog‘liq . Biz demokratiyaning umumja h on e’tirof etgan tamoyillarini tan ol ib, milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda o‘zigi xos y o‘ ldan borib, huquqiy demokratik davlat qurmoqdamiz. Ijtimoiy tartibni o‘ rnatishda nazorat tizimining tarkibiy qism lar i bo‘lgan davlat va jamiyat nazoratini kuchaytirish uchun milli y mentalitetimizda huquq va ahloqqa bo‘lgan munosabatni o‘ r ga nish imiz kerak bo‘ladi. Buning uchun G‘arb va Sharqda huquq va axloqqa bo‘lgan munosabatning umumiyligi va o‘ziga xosligini o‘rganish lozim. Milli y mentalitetimiz asosini jamoaviylik tuyg‘usi tashkil qiladi va u ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, davlatning mazmun va shakliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ma’lumki , XX asrning ikkkinchi yarmi insoniyat tarixiga mustamlakachilik tizimining borbod bo‘lishi va Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida mustaqil, milliy davlatlarning paydo bo‘lish davri bo‘lib kirdi. Mana shu mustaqil milliy davlatlar o‘z taraqqiyot yo‘llarini belgilar ekanlar, ularning oldidagi eng muhim vazifalardan biri mustaqil davlatning huquqiy poydevorini yaratish masalasi ekanligi shubhasizdir. Milliy mustaqil davlatning huquqiy negizini yaratishda nimalarni hisobga olish va nimalarga eng asosiy e’tiborni qaratish lozim? Davlatning huquqiy negizini yaratishda hamma uchun beistisno, umumiy tartib qoidalar bormi yoki har bir davlat o‘z shart-sharoitidan kelib chiqib, o‘z huquqiy poydevorini qurishi lozimmi? Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, huquqiy jamiyat barpo etishning hamma uchun maqbul ke l adigan umumiy tartib, qonun - qoidalari mavjud va har bir huquqiy jamiyatda ular ga beistisno amal qilish lozim. Shu bilan birga, har bir millat, elat o‘z tarixi, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analarga ham ega. Mana shu
urf-odat, an’ana, qadryatlar huquqiy davlat quril i shi jarayoniga, huquqiy me’yorlarni hayotga tatbiq etish va amal qilish jarayoniga o‘z ta’sirini o‘ tkazadi. Mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilar ekan, huquqiy, demokratik, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib quydi. Mustamlakachilik davridan meros bo‘lib qolgan huquqiy me’yorlar o‘rniga yangi, mustaqil davlat manfaatlarini aks ettiradigan huquqiy me’yorlar yaratishda umuminsoniy tamoyillar va qadryatlar asosiy mezon bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki O‘zbekiston umuminsoniy demokratik tamoyillarni tan oladi, hurmat kiladi va ularga qat’iy rioya etadi. Dunyoning biror-bir davlati o‘z taraqqiyotini demokratiyasiz tasavvur qila olmaydi, chunki insoniyat demokratiyadan afzalroq biror-bir boshqa siyosiy tartibni hozircha bilmaydi. Shu bilan birga, o‘zimizga xos qadryatlarimiz , an’ana va urf-odat, axloqiy qarashlarimiz ham huquqiy jamiyat qurilishi jarayonida o‘z aksini topmoqda. Mustaqil davlatning huquqiy poydevorini yaratishda mana shu jihatlar to‘la to‘kis e’tiborga olinmoqda. M amlakatimizda iqtisodiy isloh o tlarni amalga oshirishda huquqiy negizni ng o‘rni haqida Birinchi Prezidentimz Islom Karimov: “Avval boshdanoq biz o‘zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldi k – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabu l qilmasdan turib, isloh o tlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini, isloh o tlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo‘lmaydi” 1 deb ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, biz o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘limiz, ma’naviy, axloqiy qadiryatlarimizni hisobga olgan holda qonunlar va me’yoriy hujjatlarni yaratishimiz lozimligi quydagicha belgilab ber il gan edi : “Nihoyat, uchinchidan, biz yangilanish va taraqqiyotda o‘z yo‘limi z ni, iqtisodiyotni isloh qilishda o‘z modelimizni tanlab oldik. Shu sababli boshqa mamlakatlarning qonun me’yorlari va hujjatlaridan foydalanish, hatto ular aynan bozor munosabatlariga javob bersa ham, biz uchun nomaqbul edi” 2 . Har bir mustaqil davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini 1 Каримов И.А. Ўзбекистон и қ тисодий ислоҳотларни чу қ урлаштириш йўлида Тошкент . 1995 йил , 29 бет. 2 Ўша жойда.
belgilar ekan, o‘z xalqining tarixi, milliy o‘zligini, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini hisobga olishga majbur. Hatto aytish lozimki, yosh mustaqil davlatning taraqiyot yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi ana shu milliy o‘ziga xoslikni naqadar teran anglab olishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Boshqacha kilib aytganda, tanlab olingan taraqqiyot yo‘lining, islo h otlarning muvaffaqiyati ana shu milliy, ma’naviy va ahloqiy qadr i yatlarning ildizlarini chuqur anglab olishimizga bog‘liq. I jtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan nazorat tizimini samarali qilish huquq q a rioya qilish tarixiga nazar solishni taqozo etadi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Sharq mamlakatlarida huquqqa munosabat masalasini o‘rganish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy huquqshunoslik fanida e’tirof etilishicha, Sharq va G‘arbda huquqqa munosabat tubdan farq qiladi. Huquqqa munosabat masalasi ushbu fan namoyandalari tomonidan ancha izchil yoritib ber il gan. Ammo ushbu fan namoyandalari nima sababdan G‘arb huquq asosida yashagan holda, Sharqda huquq emas, balki axloq jamiyat hayotida kengroq va muhimroq o‘rin tutib kelganligini yetarlicha, batafsil yoritib bermaganlar. Natijada, Sharq va G‘arbda huquqqa munosabatdagi tafovut sabablari to‘liq ochib berilmay qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, huquqqa bo‘lgan munosabatda bugungi kundagi tafovutni bartaraf qilishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bugungi kunda qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligini ta’minlash borasidagi tafovut ham shu bilan bog‘liqdir. Shuning uchun Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ana shu tafovutning negizi, ya’ni saba b ini k o‘ rsatish zaruryati kelib chiqadi. Izlanish anchagina qadimgi davlatchilik, ya’ni ilmiy jam oa tchilik orasida Sharq despotizmi nomi bilan tan i lgan davlatchilikka qaratilishi lozim. Chunki butun insoniyat tar i xi davomida o‘z izini qoldir gan sharqona o‘ziga xos xususiyatlar o‘sha davrda yuzaga kela boshlagan. Bugungi kunda mavjud bulgan huquq va axloq normalarini takomillashtirish uning rivojlanish tarixiga va, ayniqsa, vujudga kelish tarixiga nazar solishni taqozo etadi. Chunki qadimgi davrda shakllangan hukuq me’yorlari va ularga rioya qilish
amaliyoti uzoq tarixiy jarayonda evolyusion tarzda rivojlanib , hozirgi kunga qadar yetib kelgan. Qadimgi davrlarda shakllangan , hozirgi kunga qadar takomillashib saqlani b kelayotgan nazorat tizimining ishlab turishini ta’minlagan hu quq iy ong va axloqiy qadr i yatlarni o‘rganish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloh o tlarni samarali qilishda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. Chunki islohotlarning samaradorligi tartibga, tartib esa huquq va axloq me’yorlariga rioya qilinishiga bog‘liq. Buning uchun o‘tmishda huquq va ahloq me’yorlar iga rioya qilish qanday ta’minlangan i va qay tarzda ijtimoiy tartib o‘rnatilganligini, ya’ni nazorat mexanizmi qanday ishlaganligini b i l i sh muhimdir. An’anaviy Sharq davlatchiligi (des p otiya) sug‘orma dehqonchilik talabi asosida paydo bo‘lganligini isbotlash uchun, avvolo, despotiya o‘zi nima va u boshqa ti p dagi davlatlardan nimasi bilan farq qiladi? degan savolga javob berish lozim. Ko‘pchiligimiz despotiya deganda hech qanday qonun bilan chegaralanmagan cheksiz hokimiyatni tush u nishga odatlanganmiz. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, albatta. Ammo mustabid davlatchilikning ushbu ta’rifi yetarli darajada qanoatlanarli emas. Negaki biz, boshqa davlat ti p lari, masalan, abs o lyut m o n a rxiya, harbiy , t o talitar davlatlar deganda amalda hech qanday qonun bilan che g aralanmagan hokimiyatni tush u namiz. Chunki bunday davlatlarda hokimiyat di k tatura yoki desp o tiya usulida amalga oshirilishi mumkin. Despotiya bilan di k taturaning ma’nosi bir, faqat d e spotiya yunoncha, di k tatura esa lotincha so‘z bo‘lib, ikkalasining ham tarjimasi, ma’nosi bir xil, ya’ni cheklanmagan hokimiyatni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, despotiya, di k tatura davlatda hokimiyatni amalga oshirish shakli va usulidir. Davlat ti p lari bilan hokimiyatni amalga oshirish shakli va usullari o‘ rtasida bog‘liqlik va umumiylik yoki o‘xshashlik bo‘ladi, albatta. Amm o ular o‘rtasida ma’lum farqlar , tafovutlar ham yo‘q emas. D e spotik boshqaruvga asoslangan davlat to‘g‘risida aniq va chuqur tasav v urga ega bo‘lmoq uchun, eng avv a lo, uni yuqorida zikr etilgan davlatchilik ti p lari bilan qiyoslash lozim. Bunda e’tibor , birinchidan , ular o‘rt a sidagi asosiy tafovut nimadan iborat ekanligi, ikkinchidan, ana shu