Mustaqillikni mustahkamlashga va adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan omillarni shakllanishi.
Mustaqillikni mustahkamlashga va adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga xizmat qiladigan omillarni shakllanishi. Reja 1.O‘zbekistonda m ustaqillikka erishi li sh i, uni asrab qolish i va mustahkamla ni sh i. 2.A dolatli ijtimoiy tartibni ta’minla sh d a kuchli nazorat tizimining o‘rni. 3.Adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishda ma’naviyatning o‘rni.
1.O‘zbekistonda m ustaqillikka erishi li sh i, uni asrab qolish i va mustahkamla ni sh i. Inson zoti tabiatan erkin mavjudot bo‘lganligi uchun insoniyat jamiyati ham mustaqil, erkin va ozod bo‘lishi lozim. Lekin hayot shunday shakllanganki, unda odamlar o‘z erkinliklaridan mahrum bo‘lib qolish holatlari uchrab turadi. Odamlar erkinliklarining poymol qilinishi va mamlakatlarning mustamlakaga aylanib qolishi ko‘pincha urushlar oqibatida yuz beradi. Lokal va global urushlar natijasida mag‘lub bo‘lgan u yoki bu mamlakat kuchliroq davlat ta’siriga tushib, o‘z mustaqilligini qo‘ldan berib qo‘yadi. Urushlarda mag‘lubiyatni keltirib chiqaradigan asosiy sabab – bu siyosiy parokandalikdir, siyosiy parokandalikning sababi esa adolatsizlikdir. Chunki a dolatsizlik , albatta, norozilik kayfiyatini keltirib chiqaradi. Qaysi mamlakatda adolatsizlik, siyosiy parokandalik va norozilik kayfiyati kuchli bo‘lsa, o‘sha mamlakat , ertami-kechmi , o‘z mustaqilligini qo‘ldan boy beradi. Shuning uchun mustaqillikdan ham muhimroq narsa bormi deganda, ha, mustaqillikdan muhimroq narsa bor, bu adolatdir deb aytish mumkin. Chunki inson zoti shunday mavjudotki, u har qanday qiyinchilikka bardosh beradi, lekin adolatsizlikka toqat qila olmaydi. Adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatish vazifasi barcha vaqtlarda eng murakkab muammo bo‘lib kelgan. Tarixga nazar solsak, insoniyat jamiyati son-sanoqsiz urushlarni bosh i dan kechirganligini ko‘rish mumkin. T arixchilar orasida “ insoniyat tarixi – urushlar tarixi ” degan aforizm ning mavjud ligi bejiz emas . Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, butun insoniyat tarixi davomida 14,5 minga yaqin urushlar bo‘lib o‘tgan, ularda 3,6 mlrd.dan ortiq aholi halok bo‘lgan va ko‘plab mamlakatlar o‘z mustaqilliklarini qo‘ldan boy berib qo‘ygan. Demak, mustaqillik abadiy fakt emas ekan, ya’ni mustaqillikni qo‘ldan boy berish ehtimoli mavjud ekan. Buni anglagan odam mustaqillikning ahamiyatini chuqurroq anglab oladi va mustaqillikni mustahkamlashga befarq bo‘lmay, daxldorlik hissi bilan yashaydi. Mustaqillikka nisbatan befarq bo‘lmaslik uchun inson nimaga nisbatan befarq bo‘lsa, o‘sha narsani yo‘qotishi mumkinligini bilishi lozim. Agar inson o‘z huquqlariga befarq
bo‘lsa, huquqi paymol bo‘ladi, agar inson o‘z salomatligiga befarq bo‘lsa, salomatligiga putur yetadi va, xuddi shunday, inson mustaqilligiga befarq bo‘lsa, mustaqilligini qo‘ldan berib qo‘yishi mumkin. Mustaqillikka erishish qanchalik qiyin bo‘lmasin, uni asrab qolish va mustahkamlash yanada marakkabroqdir. Mustaqillik inson uchun shunisi bilan muhimki, u insonga baxtli bo‘lishning muhim sharti bo‘lgan erkinlikni ta’minlashga sharoit yaratadi. Inson baxtli bo‘lishi uchun u nafaqat moddiy va ma’naviy jihatdan ehtiyojlari qondirilgan bo‘lishi, balki unda qo‘rquvsiz, erkin yashash hissi ham bo‘lishi lozim. Inson erkin bo‘lishi uchun u oldin mustaqil bo‘lishi kerak. Lekin mustaqillikka erishgan bilan birdaniga erkinlikka erisha olmaydi, balki mustaqillik insonga erkin bo‘lishga sharoit yaratadi. Ana shu sharoitdan to‘g‘ri foydalana olgan millat o‘z mustaqilligini asrab qola oladi va mustahkamlaydi. Agar milliy mustaqillikka erishilsa-yu, lekin xalqning erkinligi ta’minlanmasa, bunday mamlakat , ertami-kechmi , o‘z mustaqilligini qo‘ldan boy berib qo‘yadi. Tarixga nazar solsak, mamlakatlar o‘z mustaqilliklarini qo‘ldan berib qo‘yganliklariga ko‘plab misollar topish mumkin. Masalan, mamlakatimiz xalqlari XIII asrda mo‘g‘ullar zulmi ostiga tushib, o‘z mustaqilliklarini yo‘qotib qo‘yishgan. Xuddi shunday XIX asrda yurtimiz Rossiya koloniyasiga aylanib, o‘z mustaqilligini qo‘ldan boy berib qo‘ygan. Har ikki holatda ham mustaqillikning qo‘ldan ketishiga mamlakatdagi siyosiy parokandalik sabab bo‘lgan. Har ikki holatda ham yana mustaqillikni qayta qo‘lga kiritish uchun qariyib ikki asr vaqt kerak bo‘lgan. Birinchi holatda, ya’ni mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lib, mustaqillikka ershishimiz uchun qariyib ikki asr kerak bo‘ldi va xalqimizni mustaqillikka olib chiqish ulug‘ bobomiz Amir Temurga nasib bo‘ldi. Ikkinchi holatda, yana mustaqillika erishishimiz uchun qariyib bir yarim asr kerak bo‘ldi va bu safar xalqimizni mustaqillika olib chiqish Birinchi Prezident imiz Islom Karimovga nasib etdi. Har ikkala holatda ham mustaqillikka erishish uchun kurashlar va minglab qurbonlar bo‘ldi. Bunday holat takrorlanmasligi uchun mustaqillik abadiy fakt emasligini, ya’ni mustaqillik qo‘ldan ketish ehtimoli
borligini unutmaslik va mustqillikni asrab avaylashimiz, mustahkamlashimiz lozim. Mustaqillik qo‘ldan ketmasligi uchun odamlar mustaqillikdan kutgan orzu- umidlar ro‘yobi ni va, eng avvalo, erkin yashash imkoniyatini ta’minlab berish lozim. Inson qo‘rqmasdan, erkin yashashi uchun jamiyatda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Qaerda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilsa, o‘sha yerda odamlar erkin va baxtiyor bo‘lib yashaydi. Demak, inson baxtli bo‘lishi uchun erkin bo‘lishi kerak, erkin bo‘lishi uchun esa adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Mustaqillik ana shunday adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga sharoit yaratadi. Lekin muammo shundaki, ijtimoiy tartibni o‘rnatish qadimdan donishmandlarni va davlat rahbarlarini o‘ylantirib kelgan eng murakkab muammo bo‘lib kelgan. Hozir ham eng dolzarb va murakkab muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Boshqacha qilib aytganda, mustaqillik o‘z o‘zidan adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatmaydi, balki unga sharoit yaratadi, xolos. Ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun nazorat bo‘lishi kerakligi anglab olingan bo‘lishiga qaramasdan, ana shu nazorat tizimining samarali ishlab turishini ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirish qiyin kechmoqda. Jamiyatda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun nazorat tizimining samrali ishlab turishini ta’minlaydigan davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan mexanizm shakllangan bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda , faqat yuqoridan bo‘lgan davlat nazorati ijtimoiy tartibni o‘rnatish uchun yetarli emas, buning uchun jamiyat nazorati ham kerak . “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari ” tamoyili nazorat tizimida davlat va jamiyatning uyg‘unlikdagi nazoratini anglatadi. Jamiyatning nazorat tizimida ishtirok etishi, eng avvalo, uning kuchli bo‘lishiga bog‘liq. Kuchli fuqarolik jamiyati kuchli fuqarolik jamiyati institutlaridan tashkil topadi. Kuchli fuqarolik jamiyati institutlari esa kuchli fuqarolardan tashkil topadi. Kuchli fuqarolar esa bilim va ma’naviyati yuksak shaxslardan tashkil topadi. Fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi nazorat ekanligini inobatga olsak, fuqarolarning nazoratga doir bilimlarini oshirish eng ustuvor vazifalardan bo‘lishi lozim. Har qanday bilim ta’lim tizimida shakllangani
kabi nazoratga doir bilim ham, eng avvalo, ta’lim tizimda shakllanadi. Shuning uchun ta’lim tizimida nazoratga doir bilimni kengroq berish zamon talabi hisoblanadi. Inson qaerda o‘qishidan qat’i nazar unga nazoratga doir bilim kerak bo‘ladi, chunki u kim bo‘lib va qaerda ishlashidan kat’i nazar nazorat tizimida ishtirok etishi kerak. Nazoratga doir bilimga ega bo‘lgan va uning negizida siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalgan fuqarolargina o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirishga qodir bo‘lishadi. Buning uchun oliy ta’lim tizimida nazoratga doir bilimni beradigan fanlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Oliy ta’lim tizimida tashkil etiladigan nazoratga doir bilimni beradigan fanlar yoshlarimizni nazoratga doir bilim bilan qurollantirib, oradan ma’lum davr o‘tgach , o‘z nazorat funksiyasini amalga oshirishga va nazorat mexanizmining samarali ishlab turishini ta’minlashga qodir bo‘lgan avlodni shakllantiradi. Bunday nazoratga doir bilimni yoshlarga berish uchun o‘qituvchilarning o‘zida ham nazoratga doir bilim kuchli bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, nazorat mexanizmining shakllanish jarayonini tezlashtirish uchun nafaqat yoshlarga, balki aholini ng boshqa qatlamlari va, eng avvalo, o‘quvchilarga bilim beradigan o‘qituvchilarning o‘ziga nazoratga doir keng bilim berish kerak. Nazoratga doir bilimni jamiyatda keng targ‘ib qilish adolatli ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiladi. 2.A dolatli ijtimoiy tartibni ta’minla sh d a kuchli nazorat tizimining o‘rni. Kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishi kuchli nazorat tizimining shakllanishini anglatadi va adolatli ijtimoiy tartibni ta’minlaydi. Adolatli ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi mustaqillikni mustahkamlashning va jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Aholi o‘rtasida nazoratga doir bilimni targ‘ib qilishga befarq bo‘lish milliy xavfsizligimizga bo‘lgan ichki tahdidga bee’tibor bo‘lish bilan tengdir. Bunday tahdiddan himoyalanish uchun faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazorati yetarli emas, buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham kuchli bo‘lishi kerak.