logo

Nazorat tizimining strukturasi va ijtimoiy regulyatorlar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.56640625 KB
Mavzu : Nazorat tizimining strukturasi va ijtimoiy regulyatorlar
Reja:
1.Nazorat tizimining strukturasi haqida.
2.O’zbekistondagi nazorat tizimining strukturasi haqida. 
3.Nazorat tizimini samarali bo’lishida ‘’Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi
va Harakatlar  strategiyasi’’ ahamiyati va ijtimoiy regulyatorlik haqida.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   dunyoning   rivojlangan   mamlakatlari   qatori
demokratik   taraqqiyot   yo‘lini   tanladi   va   demokratik   islohotlarni   amalga   oshirib,
fuqarolik jamiyatini   shakllantirib, jahonda  o‘zining munosib  o‘rniga  ega  bo‘lmoqda.
Xalq   hokimiyatini   anglatadigan   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyati   ijtimoiy   tartibni
o‘rnatishning eng maqbul yo‘li deb tan olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat   Mirziyoev   “Kuchli   fuqarolik   jamiyati   barpo   etishda   jamoatchilik   nazoratini
tizimli   yo‘lga   qo‘yish   eng   maqbul   yo‘ldir”34   deya   ta’kidlaydi.   Chunki   fuqarolik
jamiyatining   asosiy   funksiyasi   ijroiya   hokimiyat   ustidan   nazoratni   amalga   oshirish
hisoblanadi.   Fuqarolik   jamiyati   nazoratining   kuchliligi   demokratik   siyosiy
tartibotning   kuchliligiga   bog‘liq.   Ayni   paytda   demokratiyaning   kuchliligi   fuqarolik
jamiyatining   kuchliligiga   bog‘liq.   Ular   bir-biriga   bog‘liq   va   bir-birini   taqozo   etadi,
ularning   birligi   nazorat   faoliyati   bilan   bog‘liq.   Chunki   demokratiya   ham,   fuqarolik
jamiyati ham nazorat faoliyati bilan bog‘liq.   Adolatli ijtimoiy tartib barqarorligining
ta’minlanganligi xalq hokimiyatini amalga oshirishga va nazorat mexanizmiga, ya’ni
davlat   va   jamiyat   nazoratiga   bog‘liqdir.   O‘zbekiston   jahon   hamjamiyati   bilan
hamnafas bo‘lib, demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi va bu yo‘ldan og‘ishmay jadal
harakat   qilmoqda.   Demokratiya   esa,   yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   nazorat   faoliyati
bilan   bog‘liq.   Boshqacha   qilib   aytganda,   demokratiya   nazorat   faoliyatida   namoyon
bo‘ladi.   Shuning   uchun   Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar
strategiyasida demokratiya talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy tartibni o‘rnatish yo‘lida
davlat bilan birgalikda jamiyat nazoratini ham tashkil qilish vazifasi belgilab berildi.
Respublikamiz   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov   davlat   nazorati   funksiyalariga
nisbatan   jamoatchilik   nazoratining   afzal   va   muhim   ekanligiga   to‘xtalib,   jumladan,
quyidagilarni ta’kidlagan edi: 
“Shuni   unutmaylikki,   biz   davlatning   nazorat   funksiyalarini   qancha   kuchaytirsak,
nazorat  bilan  shug‘ullanuvchi  davlat  tuzulmalari  va  organlarini   qancha  ko‘paytirsak,
amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz
jamoatchilik   nazoratini,   davlat   faoliyati,   shu   jumladan,   uning   kuch   ishlatuvchi
tuzulmalari   faoliyati   ustidan   ham   jamiyat   nazoratini   har   tomonlama   kuchaytirishga
alohida   e’tibor   qaratishimiz   lozim.   Bu   masalada   bundan   boshqa   muqobil   yo‘l   yo‘q
”.35   Mamlakatimizda   shakllanayotgangan   nazorat   tizimi   davlat   va   jamiyat   nazorati vositalaridan   iborat   bo‘lmoqda.   Ushbu   nazorat   tizimining   ishlab   turishini
ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirish qiyin kechmoqda. Har qanday mexanizmni
harakatga   keltiradigan   kirish   qismi   bo‘lgani   kabi,   nazorat   mexanizmini   harakatga
keltiradigan   qism   ham   bo‘lishi   lozim   va   bunday   qism   jamoatchilik   nazorati
hisoblanadi.   Xalq   hokimiyati   tamoyilini   amalga   oshirish   mexanizmida   jamoatchilik
nazorati   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi   deb   aytish   mumkin,   chunki   jamoatchilik   nazorati
davlat va jamiyat nazorati vositalaridan iborat bo‘lgan nazorat mexanizmini harakatga
keltiradigan   asosiy   kuch   hisoblanadi.   Lekin   buning   uchun   jamoatchilik   nazoratining
o‘zini   harakatga   keltiradigan   kuch   bo‘lishi   lozim   va   bunday   kuchni   topish   bugungi
kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Jamiyat xalq hokimiyatini ifodalashi va
o‘z   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi   uchun   uning   siyosiy-huquqiy   madaniyati
yuksak   bo‘lishi   lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda,   xalq   demokratiya   sharoitida
yashashga   qodir   bo‘lishi   kerak.   Jamiyatning   siyosiy-huquqiy   madaniyati   rivojlanish
darajasining hozirgi holati unga xalq hokimiyatini 
amalga   oshirish   va   nazorat   mexanizmini   to‘liq   ishlatish   uchun   yetarli   bo‘lmayapti.
Hozircha jamiyat hokimiyatni shakllantirish jarayonida faol ishtirok etmoqda, ammo
hokimiyatni   nazorat   qilish   jarayonida   faollik   orqada   qolmoqda.   Xalq   hokimiyatini
anglatadigan   har   ikkala   jarayonda,   ya’ni   hokimiyatni   shakllantirish   va   hokimiyatni
nazorat   qilish   jarayonida   jamiyatning   faolligi   siyosiy-   huquqiy   madaniyatning
yuksakligini taqozo etadi. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar
strategiyasida   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish   borasida
kompleks  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  vazifasi   belgilab  berilgan.  Ushbu  vazifaning
ijrosini   ta’minlash   uchun  O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   qoshidagi   fuqarolik
jamiyati institutlariga ko‘maklashuvchi Parlament komissiyasi nazoratga doir bilimni
tadqiq   va   targ‘ib   qilishga   qaratilgan   loyihani   moliyaviy   jihatdan   qo‘llab-
quvvatlamoqda.   Ushbu   loyiha   asosida   nazoratga   doir   bilimni   ishlab   chiqadigan
tadqiqotlar  olib borilmoqda va ziyolilar  o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar
o‘tkazilmoqda.   Ushbu   tadqiqotlar   nazorat   tizimi,   uning   vositalari   o‘rtasidagi
bog‘liqlikni   kuchaytirish   va   nazorat   mexanizmini   harakatga   keltirish   omillarini
topishga  qaratilgan.  Ushbu   omillar  xalq  hokimiyatini   amalga  oshiradigan  va   nazorat
mexanizmini   harakatga   keltiradigan   jamoatchilik   nazoratini   kuchli   qilishga   xizmat qiladi.   Xalq   hokimiyatini   amalga   oshirishga   xizmat   qiladigan   omillarni   topishga
qaratilgan     tadqiqotlarda,   nazorat,   nazorat   tizimi   va   nazorat   mexanizmi
tushunchalarining   mazmun-mohiyatini   anglab   olishga   hamda   davlat   nazoratini,
jamiyat nazoratini, siyosiy partiyalar nazoratining nazorat tizimidagi o‘rnini o‘rganish
va uni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar
mamlakatda ijtimoiy tartib 
o‘rnatilishi   uchun   davlat   va   jamiyat   nazoratidan   iborat   bo‘lgan   nazorat   tizimi
shakllanishi   lozimligini   asoslab   berishga   harakat   qilishmoqda.   Qachon   va   qaerda
huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilish   borasida   davlat   va   jamiyat   o‘rtasida
hamkorlik va sheriklik o‘rnatilsa, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda adolatli ijtimoiy tartib
o‘rnatilishi   mumkin   bo‘ladi.   Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   taklifi
asosida   qabul   qilingan   ”Davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlari   faoliyatining
ochiqligi   to‘g‘risida”gi,   “O‘zbekistonda   jamoatchilik   nazorati   to‘g‘risida”gi   va
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlar davlat va jamiyatning nazorat jarayonidagi
hamkorligi  hamda sherikligiga huquqiy asos  bo‘lib xizmat  qilmoqda.   Tadqiqotlarda
nazorat   tizimining   samarali   ishlashiga   to‘siq   bo‘lgan   sabablar   o‘rganilib,   tahlil
qilinmoqda. Bunda jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyati zamon talabi darajasidan
biroz orqada qolayotganligi va aholining ayrim qismida befarqlik kayfiyati mavjudligi
ana shunday sabablar sifatida qayd qilindi. Ushbu sabablarni bartaraf etish ma’lum bir
vaqtni   taqozo   qiladigan   va   evolyusion   tarzda   amalga   oshiriladigan   jarayon   ekanligi
ta’kidlandi.   Chunki   jamiyatning   siyosiy-   huquqiy   madaniyatini   oshirish   va   befarqlik
kayfiyatidan   xalos   etish,   daxldorlik   hissini   shakllantirish   insonning   bilimi   va
ma’naviyatini yuksaltirish bilan bog‘liq. Bilimni rivojlantirish ta’lim tizimiga bog‘liq,
ma’naviyatni   rivojlantirish   tarbiya   tizimiga   bog‘liq   bo‘lgan   evolyusion   jarayondir.
Shuning   uchun   ta’lim   va   tarbiya   tizimida   odamlarda   daxldorlik   hissini
shakllantiradigan bilim va g‘oyalarni berish choralarini ko‘rish lozim.
Nazorat   tizimining   strukturasi   bir-biriga   gorizontal   va   vertikal   bog‘liq   bir   qancha
elementlardan iborat  bo‘lgan  barqaror  yaxlitlik bo‘lib, uning  elementlaridan birining
ishlamasligi   tizimning   zaiflashuviga   olib   keladi.   Ularning   bir-biriga   bog‘liqligi   va
samarali   ishlashi   ommaviy   axborot   vositalari   orqali   beriladigan   axborot   bilan
ta’minlanadi.   Umuman,   jamiyatga   axborot   berish   demokratiyaning   namoyon bo‘lishini   va   nazorat   tizimi   ishlashining   muhim   sharti   hisoblanadi.   Chunki
demokratiya   namoyon   bo‘lishi   va   nazorat   sub’ektlari   o‘z   nazoratlarini   amalga
oshirishlari   uchun   ular   mamlakatda   bo‘layotgan   voqealardan   xabardor   bo‘lishlari
kerak.     Adolatli   ijtimoiy   tartib   qaror   topishi   uchun   jamiyat   hayotining   barcha
sohalarida nazorat bo‘lishi lozim. Barcha sohalarda huquq va axloq normalariga rioya
etilishi   nazorat   qilinishi   kerak,   jumladan,   rag‘batlantirish   tizimida   ham   davlat   va
jamiyatning   sheriklikdagi   nazorati   o‘rnatilishi   kerak.   Iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy
sohadagi  yutuqlar  uchun rag‘batlantirish  odamlarni  yanada  samarali  mehnat  qilishga
undaydigan   omil   hisoblanadi.   Ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida,   jumladan,
rag‘batlantirish   tizimida   adolat   bo‘lishi   uchun   nazorat   mexanizmi   muntazam   ishlab
turishi   lozim.   Agar   nazoratni   faqat   hakamlar   hay’ati   amalga   oshirsa,   adolatni
ta’minlash   gumon   bo‘ladi.   Rag‘batlantirishda   adolat   kafolatlangan   bo‘lishi   uchun
nazoratda jamiyat ham ishtirok etishi lozim. Buning uchun tanlov jarayoni ommaviy
axborot   vositalari   orqali   bevosita   yoritilishi   kerak.   Bundan   tashqari,   g‘olib   deb
topilgan   va   rag‘batlantirilgan   odam   o‘z   g‘olibligini   yoki   rag‘batlantirishga
munosibligini   jamiyatga   OAVlari   orqali   isbotlab   berishi   lozimligi   qat’iy   belgilab
qo‘yilishi jamiyat nazoratini anglatadi va adolatning kafolati hisoblanadi. 
Nazorat   tizimining   samarali   ishlashi,   eng   avvalo,   odamlardagi   befarqlik   kayfiyati
jilovlanib, daxldorlik hissi shakllanganligiga bog‘liq. Agar odamlarda daxldorlik hissi
bo‘lmasa va ular jamiyatga nisbatan befarq bo‘lib yashasa, bunday jamiyatda nazorat
tizimi   yaxshi   ishlamaydi.   Chunki   har   qanday   tizim   ishlab   turishi   uchun,   uni   tashkil
etgan elementlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishi va bir element ikkinchisiga ta’sir
etib turishi kerak, aks holda tizim ishlamay qoladi. Masalan, nazorat tizimining asosiy
vositasi   bo‘lgan   deputatlar   korpusi   o‘zining   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi
uchun   ularning   o‘zi   nazorat   ostida   bo‘lishi   kerak.   Ularning   nazoratini   elektorat
amalga   oshiradi,   deputatni   elektorat   nazorat   qilishi   uchun   esa   unda   ichki   nazorat
bo‘lishi   kerak.   Ichki   nazorat   daxldorlik   hissini   shakllantiradi   va   xuddi   shunday
daxldorlik   hissi   ichki   nazoratni   kuchaytiradi.   Ichki   nazorat   kuchli   bo‘lsa,   nazorat
tizimi   barqaror   ishlab   turadi.   Har   qanday   mexanizmda   bo‘lgani   kabi,   nazorat
mexanizmida   ham   harakatni   boshlaydigan   element   bo‘ladi.   Ana   shu   element
jamoatchilik   nazoratidir   va   uni   harkatlantiruvchi   kuch   –   bu   ichki   nazoratdir.   Ichki nazorat   ma’naviyat   orqali   yuzaga   keladi.   Ma’naviyat,   obrazli   qilib   aytganda,
mexanizmni   harakatga   keltiradigan   elektr   energiya   singari   kuchdir.   Elektr   energiya
bo‘lmasa, mexanizm ishlamagani kabi ma’naviyat bo‘lmasa, nazorat mexanizmi ham
ishlamaydi.   Muammo   shundaki,   elektr   energiya   ham,   ma’naviyat   ham   ko‘zga
ko‘rinmaydi,   shuning   uchun   ularni   shakllantirish   qiyin   kechadi.   Mamlakatni
modernizatsiyalash,   ya’ni   demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatining   shakllanishi
murakkab   evolyusion   jarayon   bo‘lib,   bu   maqsadga   erishish   odamlarning   ongu
tafakkuriga   demokratik   va   liberal   g‘oyalarning   singdirilishiga,   eng   avvalo,
xalqimizning ma’naviy yuksalishiga bog‘liqdir. O‘zbekiston 
Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   insoniyat   jamiyatida   ma’naviyatning
o‘rni   to‘g‘risida     gapirib,   ma’naviyatga   shunday   ta’rif   berdi:   “Ma’naviyat   –   insonni
ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat,   iymon-e’tiqodini   butun   qiladigan,   vijdonini   uyg‘otadigan   beqiyos   kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir” 32 . Mana shunday yuksak ma’naviyatga ega
bo‘lgan jamiyat ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘ladi. Jamiyat ma’naviyati har bir
odam   ma’naviyatidan   tashkil   topganidek,   jamiyatdagi   tartib   ham   har   bir   odamning
shaxs   sifatidagi   tartibidan   tashkil   topadi.   Ma’naviyat   insonning   o‘z   ustidan   bo‘lgan
hokimiyatini shakllantiradi, rivojlantiradi va tartibga soladi.
3. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi  va Harakatlar strategiyasida davlatni
demokratlashtirish va jamiyatni liberallashtirish vazifalari belgilab 
berilgan.   Ana   shu   vazifalarni   amalga   oshirish   jamiyatning   siyosiy-huquqiy
madaniyatini   oshirish   va   befarqlik   kayfiyatining   jilovlanib,   daxldorlik   hissining
shakllanganligiga   bog‘liq.   Konsepsiya   va   Strategiyaning   mazmun-mohiyatini
tushunish   uchun   mamlakat   davlat   va   jamiyatdan   iborat   ekanligini   hamda   ularning
funksiyalarini   anglab   olish   lozim.   Davlatning   asosiy   funksiyasi   xilma-xil
manfaatlardan   iborat   bo‘lgan   odamlar   jamiyatini   murosaga   solib,   kelishtirib   va
jipslashtirib,   taraqqiyot   sari   yetaklashdan   iborat.   Jamiyatning   asosiy   funksiyasi
taraqqiyot   sari   borishda   huquq   va   axloq   me’yorlariga   rioya   qilishni   nazorat   qilib,
ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishda   davlatga   sherik   bo‘lish.   Bugungi   kunda   bizda   kuchli
davlat  va  nisbatan  kuchsiz   jamiyat  mavjud.  Shuning  uchun jamiyat   o‘zining nazorat funksiyasini to‘liq bajara olmayapti. Muammo shundaki, jamiyatni kuchli qilish faqat
evolyusion   jarayon   tarzida   amalga   oshirilishi   mumkin.   Chunki   kuchli   fuqarolik
jamiyati   deganda   kuchli   fuqarolik   jamiyati   institutlari   tushuniladi.   Kuchli   fuqarolik
jamiyati institutlari deganda esa, kuchli fuqarolar tushuniladi. Kuchli fuqaro deganda
bilim va ma’naviyati yuksak bo‘lgan hamda fuqarolik pozitsiyasi shaklanagan fuqaro
tushuniladi. Fuqaroni kuchli qilish faqat evolyusion tarzda amalga oshirilishi mumkin,
chunki   insonning   bilim   va   ma’naviyatini   oshirish   faqat   evolyusion   tarzda   amalga
oshiriladi.     Ta’kidlaganimizdek,   ozod   va   obod,   farovon   jamiyat   qurishning   muhim
sharti – bu adolatli ijtimoiy tartib barqarorligining ta’minlanganlidir. Adolatli ijtimoiy
tartibni   o‘rnatish   muammosi   qadimdan   eng   murakkab   va   eng   dolzarb   mavzu   bo‘lib
kelgan   va   bugungi   kunda   ham   shunday   bo‘lib   qolmoqda.   Bugungi   kunga   kelib
insoniyat ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun faqat yuqoridan amalga 
oshiriladigan   davlat   nazorati   yetarli   emasligini   anglab   yetdi.   Shuning   uchun
Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasida   ijtimoiy
tartibni o‘rnatish yo‘lida davlat bilan birgalikda jamiyat nazoratini ham tashkil qilish
vazifasi   belgilab   berildi.   Jamiyat   o‘z   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi   uchun,
yuqorida   ta’kidlaganimizdek,   uning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyati   yuksak   bo‘lishi
lozim.     Mamlakatni   modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasida
jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish   borasida   kompleks   chora-
tadbirlar   ishlab   chiqish   vazifasi   belgilab   berilgan.   Ushbu   vazifaning   ijrosini
ta’minlash   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   qoshidagi   fuqarolik
jamiyati   institutlarini   qo‘llab-quvvatlovchi   Parlament   komissiyasi   nazoratga   doir
bilimni targ‘ib qilishga qaratilgan loyihaga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu loyiha
asosida   Samarqand   viloyatida   o‘qituvchilar,   nuroniylar   va   mahalla   raislari   o‘rtasida
nazoratga doir bilimni targ‘ib qiladigan tadbirlar o‘tkazildi.   Tadbirlar nazorat tizimi
va uning vositalari  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  kuchaytirish omillarini  topishga  qaratildi.
Insoniyat   jamiyatining   rivojlanish   evolyusiyasiga   nazar   solsak,   oddiylikning
murakkablashib  borayotganiligiga  guvoh  bo‘lamiz.  Hayot   qanchalik  murakkablashib
borsa,   unda   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   shunchalik   murakkablashib   boradi.   Insoniyat
jamiyatining   ilk   davrlarida   hayot   oddiy   bo‘lib,   odamlar   o‘rtasidagi   munosabatlar
asosan   bazaviy   ehtiyoj   bo‘lgan   oziq-ovqat,   kiyim-kechak   va   boshpanaga   bo‘lgan ehtiyojni   qondirish   borasida   bo‘lgan.   Bu   davrlarda   odamlar   o‘rtasidagi
munosabatlarda   tartibni   ta’minlash   uchun   alohida   ijtimoiy   regulyatorlarga   ehtiyoj
bo‘lmagan. Shuning uchun ijtimoiy tartibni o‘rnatish nisbatan osonroq bo‘lgan va  
asosan stixiyali tarzda amalga oshirib kelingan. Asta- sekinlik bilan insoniyat jamiyati
rivojlanib   borishi   natijasida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan
regulyatorlarga   ehtiyoj   kuchayib   borgan.   Natijada   uzoq   evolyusion   jarayonda
insoniyat   jamiyatida   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatishga   xizmat   qiladigan   ikkita   ijtimoiy
regulyator   paydo   bo‘ldi.   Ularning   biri   huquq   bo‘lsa,   ikkinchisi   axloqdir.   Bugungi
kunda   ana   shu   huquq   va   axloq   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatadigan   asosiy   regulyatorlar
hisoblanadi.     Ijtimoiy   tartib   o‘rnatilishi   uchun   odamlar   o‘zaro   munosabatda   o‘z
harakatlarini tartibga solishlari kerak. Buning uchun ularda o‘z erkinliklarini cheklab
borishlari   zaruriyati   paydo   bo‘ladi.   Insoniyatning   yovvoyilikdan   varvarlikka,
varvarlikdan   sivilizatsiyaga   o‘tishi   odamlarning   erkini   cheklab   borishi   bilan   bog‘liq
ravishda   kechgan.   Boshqacha   qilib   aytganda,   inson   hayvondan   farq   qilishi   uchun   u
mutlaq erkin bo‘lishi kerak emas. Inson mutlaq erkin bo‘lsa, u hayvondan farq qilmay
qoladi,   chunki   hayvonlarda   o‘z   harakatini   cheklaydigan   regulyatorlar   yo‘q   va   ular
o‘rtasidagi   munosabatlarda   tartib   stixiyali   ravishda   ta’minlanadi.   Masalan,   ibtidoiy
jamiyat   davrida   odamlar   o‘rtasidagi   jinsiy   munosabatlar   biror   bir   normalar   orqali
tartibga   solinmagan   promiskuitet   tartibiga   asoslangan.   Bunda   jinsiy   munosabatlarda
hech   qanday   cheklov   bo‘lmagan,   barcha   yoshdagi   erkak   va   ayollar   o‘rtasida   jinsiy
munosabatlar   bo‘lib   turgan.   Insoniy   jamiyatning   rivojlanib   borishi   jarayonida   jinsiy
munosabatlarda cheklovlar o‘rnatila bordi va nihoyat nikoh instituti shakllandi. Xuddi
shunday,   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida   odamlar   o‘z   ehtiyojlarini   qondirish
jarayonida   ma’lum   bir   me’yorlarga   rioya   qilib   o‘z   harakatlarini   cheklash   tartibi
shakllanib bordi. 
Insoniyat   jamiyatida  tartib  o‘rnatilishi   uchun  faqat   odam   o‘z  harakatini   o‘zi  cheklab
borishi   yetarli   bo‘lmay   qoldi.   Buning   uchun   odam   harakatini   tashqaridan   nazorat
qilinishi zaruriyati paydo bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, odam o‘z xulqini tartibga
solishi, erkini  cheklashi  uchun faqat ichki nazorat yetarli emas, buning uchun tashqi
nazorat   ham   kerak.   Nazorat   shaklan   yuqoridan   va   quyidan,   mazmunan   esa   ichki   va
tashqi tomondan amalga oshiriladi. Ichki nazorat odamning o‘zini o‘zi nazorat qilishi, tashqi   nazorat   esa   odam   xulqining   davlat   va   jamiyat   tomonidan   nazorat   qilinishidir.
Yuqoridan   bo‘lgan   nazorat   davlat   nazorati,   quyidan   bo‘lgan   nazorat   esa   jamiyat
nazoratidir.   Qachon   mamlakatda   nazoratning   shakli   ham,   mazmuni   ham   mavjud
bo‘lsa,  o‘shanda  ijtimoiy tatibning  barqarorligini   ta’minlashga   qodir   bo‘lgan  nazorat
tizimi   ham   shakllanadi.   Insoniyat   jamiyati   shunchalik   murakkabki,   faqat   yuqoridan
bo‘lgan nazorat yoki faqat quyidan bo‘lgan jamiyat nazorati, yoki faqat ichki nazorat
ijtimoiy   tartibni   o‘rnata   olmaydi.   Buning   uchun   nazorat   tizimining   samarali   ishlab
turishini   ta’minlaydigan   mexanizm   ham   shakllangan   bo‘lishi   kerak.     Inson   shunday
mavjudotki,  u  kim  bo‘lishi  va  qaerda   ishlashidan   kat’i  nazar,  nazorat  ostida   bo‘lishi
kerak,   chunki   insonda   tabiatan   egoizm   hususiyatlari   mavjud.   Egoizm   esa   nazoratni
taqozo   etadi.   Nazorat   bo‘lmagan   joyda   odam   o‘zi   egoistik   manfaatlarining   quliga
aylana   boradi   va   natijada   u   huquq   va   axloq   me’yorlarini   buzishga   moyil   bo‘ladi.
Shuning   uchun   barcha   odamlar   nazorat   ostida   bo‘lishlari   kerak,   hatto   eng   yuqori
lvozimdagi mansabdor shaxslar  ham. Shuning uchun ijtimoiy tartib o‘rnatilishi faqat
davlat nazoratigina emas, balki  davlat va jamiyat  nazoratidan iborat bo‘lgan tizimga
bog‘liq.   Agar   biror   bir   kishi   huquq   va   axloq   normalarini   buzsa,   unga   jazoni   faqat
davlat emas, balki jamiyat ham berishi kerak, chunki agar 
faqat   davlat   jazolashi   kerak   bo‘lsa,   jinoyat   jazosiz   qolib   ketishi   mumkin.   Chunki
yuqoridan kelgan davlat vakili bilan kelishib olish mumkin yoki pora berib sotib olish
mumkin,   lekin   tizim   bilan   na   kelishib   yoki   tizimga   na   pora   berib   bo‘ladi.   Insoniyat
jamiyati   tabiatan   nazoratga   muhtoj,   chunki,   har   bir   odamda   tabiatan   egoizm   bor   va
jamiyat   odamlar   majmuidan   iborat.   Egoistik   hususiyatlarga   ega   bo‘lgan   odamlar
majmuidan   iborat   bo‘lgan   insoniyat   jamiyatida   tartib   o‘ratish   muammosi   eng
murakkab va eng dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tartibning barqarorligi
jamiyatning  rivojlanish   darajasiga,   odamlarning   demokratiya  sharoitida   yashay   olish
qobiliyatiga   va   fuqarolik   jamiyatining   kuchliligiga   bog‘liqdir.   Shuning   uchun
O‘zbekiston   Respublikasida   ”Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”
tamoyili   asosida   demokratlashtirish   va   liberallashtirish   jarayoni   chuqurlashtirib
borilmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan
2010 yil 12 noyabrda bayon qilingan mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasida
ham   asosiy   e’tibor   demokratlashtirish   va   liberallashtirishni   takomillashtirish   orqali ijtimoiy   tartibni   barqarorlashtirish   masalalariga   qaratilgan.   Demokratlashtirish   va
liberallashtirishni   yanada   chuqurlashtirish   nazorat   tizimining   samarali   ishlashini
ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirishga xizmat qiladi. Chunki demokratlashtirish
va   liberallashtirish   jamiyatning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish   bilan
bog‘liqdir. Siyosiy va huquqiy madaniyati yuksak odamda fuqarolik pozitsiyasi kuchli
bo‘ladi.   Fuqarolik   pozitsiyasi   esa   fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilishning   muhim
shartidir. Fuqarolik jamiyatining kuchliligi ijtimoiy 
tartibning   barqarorligini   ta’minlaydigan   muhim   kafolatdir.     “Kuchli   davlatdan   –
kuchli   fuqarolik   jamiyati   sari”   tamoyili   asosida   ishlab   chiqilgan   Mamlakatni
modernizatsiyalash   konsepsiyasi   va   Harakatlar   strategiyasi   jamiyatning   siyosiy   va
huquqiy   madaniyatini   yuksaltirishni   ustuvor   vazifa   sifatida   belgilab   berdi.   Kuchli
fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun demokratiya sharoitida yashay oladigan siyosiy
va   huquqiy   madaniyati   yuksak   avlod   shakllanishi   lozim.   Ana   shunday   avlodning
shakllanishi fuqarolik jamiyatini kuchli qilishga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatining
kuchliligi   esa   adolatli   ijtimoiy   tartibning   barqarorligini   ta’minlaydi.   Ijtimoiy
tartibning   barqarorligini   ta’milash   muammosi   barcha   vaqtlarda,   barcha   davlat
rahbarlarini   va   donishmandlarni   o‘ylantirgan  eng   murakkab   muammo   bo‘lib   kelgan.
Demak, ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi fuqarolik jamiyatining kuchliliga bog‘liq ekan,
asosiy e’tiborni fuqarolik jamiyatini kuchli qilishga qaratish lozim.
4. Xulosa .
Jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirishda nazoratga doir bilim alohida
ahamiyatga   ega,   chunki   nazoratga   doir   bilim   siyosiy   va   huquqiy   bilimlarni   qamrab
oladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib   qilish   barobarida
jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati oshib boradi. Siyosiy-huquqiy madaniyat
bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazorat tizimi vositalarini harakatga keltirishni   va ularning
muntazam   ishlab   turishini   ta’minlaydigan   mexanizmni   shakllantirishning   muhim
sharti   hisoblanadi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   huzuridagi   Parlament
komissiyasi   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   ko‘llab-quvvatlash   jamg‘armasining
“Ijtimoiy   nazoratga   doir   bilimni   targ‘ib   qilish”   loyihasini   moliyalashtirishi   ushbu
jarayonda   muhim   ahamiyatga   ega.   Chunki   nazoratga   doir   bilim   nazorat   tizimining samarali   ishlashini   va   nazorat   mexanizmining   harakatga   kelishini   ta’minlaydigan
muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda nazoratga doir bilimni targ‘ib qilish, ertangi
kunda   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishga   qodir   bo‘lgan   avlodni   shakllantiradi.
Bunday avlod o‘z nazorat funksiyasini amalga oshira borib, ijtimoiy tartibni o‘rnatadi
va farovon jamiyatni qurishga qodir bo‘ladi.   IV . Bob . Foydalanilgan   adabiyotlar .
1.Mirziyoev Sh.M. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini
asrash – davr talabi mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi.  2017  yil  15  iyun .
2.   Karimov   I.A.   Biz   tanlagan   yo‘l   –   demokratik   taraqqiyot   va   ma’rifiy   dunyo   bilan
hamkorlik yo‘li. T.11-Toshkent: O‘zbekiston, 2003.-b.28-29  .
3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent.  2008yil.19-bet  
4.F.X. Nabiev. Ijtimoiy nazorat. darslik. SamDU nashri, 2020 yil.

Mavzu : Nazorat tizimining strukturasi va ijtimoiy regulyatorlar Reja: 1.Nazorat tizimining strukturasi haqida. 2.O’zbekistondagi nazorat tizimining strukturasi haqida. 3.Nazorat tizimini samarali bo’lishida ‘’Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasi’’ ahamiyati va ijtimoiy regulyatorlik haqida. 4.Xulosa. 5.Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatori demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi va demokratik islohotlarni amalga oshirib, fuqarolik jamiyatini shakllantirib, jahonda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lmoqda. Xalq hokimiyatini anglatadigan demokratiya va fuqarolik jamiyati ijtimoiy tartibni o‘rnatishning eng maqbul yo‘li deb tan olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda jamoatchilik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish eng maqbul yo‘ldir”34 deya ta’kidlaydi. Chunki fuqarolik jamiyatining asosiy funksiyasi ijroiya hokimiyat ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati nazoratining kuchliligi demokratik siyosiy tartibotning kuchliligiga bog‘liq. Ayni paytda demokratiyaning kuchliligi fuqarolik jamiyatining kuchliligiga bog‘liq. Ular bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadi, ularning birligi nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Chunki demokratiya ham, fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Adolatli ijtimoiy tartib barqarorligining ta’minlanganligi xalq hokimiyatini amalga oshirishga va nazorat mexanizmiga, ya’ni davlat va jamiyat nazoratiga bog‘liqdir. O‘zbekiston jahon hamjamiyati bilan hamnafas bo‘lib, demokratik taraqqiyot yo‘lini tanladi va bu yo‘ldan og‘ishmay jadal harakat qilmoqda. Demokratiya esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, nazorat faoliyati bilan bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, demokratiya nazorat faoliyatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasida demokratiya talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy tartibni o‘rnatish yo‘lida davlat bilan birgalikda jamiyat nazoratini ham tashkil qilish vazifasi belgilab berildi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov davlat nazorati funksiyalariga nisbatan jamoatchilik nazoratining afzal va muhim ekanligiga to‘xtalib, jumladan, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzulmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzulmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q ”.35 Mamlakatimizda shakllanayotgangan nazorat tizimi davlat va jamiyat nazorati

vositalaridan iborat bo‘lmoqda. Ushbu nazorat tizimining ishlab turishini ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirish qiyin kechmoqda. Har qanday mexanizmni harakatga keltiradigan kirish qismi bo‘lgani kabi, nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan qism ham bo‘lishi lozim va bunday qism jamoatchilik nazorati hisoblanadi. Xalq hokimiyati tamoyilini amalga oshirish mexanizmida jamoatchilik nazorati hal qiluvchi rol o‘ynaydi deb aytish mumkin, chunki jamoatchilik nazorati davlat va jamiyat nazorati vositalaridan iborat bo‘lgan nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan asosiy kuch hisoblanadi. Lekin buning uchun jamoatchilik nazoratining o‘zini harakatga keltiradigan kuch bo‘lishi lozim va bunday kuchni topish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Jamiyat xalq hokimiyatini ifodalashi va o‘z nazorat funksiyasini amalga oshirishi uchun uning siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, xalq demokratiya sharoitida yashashga qodir bo‘lishi kerak. Jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyati rivojlanish darajasining hozirgi holati unga xalq hokimiyatini amalga oshirish va nazorat mexanizmini to‘liq ishlatish uchun yetarli bo‘lmayapti. Hozircha jamiyat hokimiyatni shakllantirish jarayonida faol ishtirok etmoqda, ammo hokimiyatni nazorat qilish jarayonida faollik orqada qolmoqda. Xalq hokimiyatini anglatadigan har ikkala jarayonda, ya’ni hokimiyatni shakllantirish va hokimiyatni nazorat qilish jarayonida jamiyatning faolligi siyosiy- huquqiy madaniyatning yuksakligini taqozo etadi. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi va Harakatlar strategiyasida jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘maklashuvchi Parlament komissiyasi nazoratga doir bilimni tadqiq va targ‘ib qilishga qaratilgan loyihani moliyaviy jihatdan qo‘llab- quvvatlamoqda. Ushbu loyiha asosida nazoratga doir bilimni ishlab chiqadigan tadqiqotlar olib borilmoqda va ziyolilar o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadqiqotlar nazorat tizimi, uning vositalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmini harakatga keltirish omillarini topishga qaratilgan. Ushbu omillar xalq hokimiyatini amalga oshiradigan va nazorat mexanizmini harakatga keltiradigan jamoatchilik nazoratini kuchli qilishga xizmat

qiladi. Xalq hokimiyatini amalga oshirishga xizmat qiladigan omillarni topishga qaratilgan tadqiqotlarda, nazorat, nazorat tizimi va nazorat mexanizmi tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglab olishga hamda davlat nazoratini, jamiyat nazoratini, siyosiy partiyalar nazoratining nazorat tizimidagi o‘rnini o‘rganish va uni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar mamlakatda ijtimoiy tartib o‘rnatilishi uchun davlat va jamiyat nazoratidan iborat bo‘lgan nazorat tizimi shakllanishi lozimligini asoslab berishga harakat qilishmoqda. Qachon va qaerda huquq va axloq normalariga rioya qilish borasida davlat va jamiyat o‘rtasida hamkorlik va sheriklik o‘rnatilsa, o‘sha vaqtda va o‘sha joyda adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi. Mamlakatni modernizatsiyalash konsepsiyasi taklifi asosida qabul qilingan ”Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlar davlat va jamiyatning nazorat jarayonidagi hamkorligi hamda sherikligiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadqiqotlarda nazorat tizimining samarali ishlashiga to‘siq bo‘lgan sabablar o‘rganilib, tahlil qilinmoqda. Bunda jamiyatning siyosiy-huquqiy madaniyati zamon talabi darajasidan biroz orqada qolayotganligi va aholining ayrim qismida befarqlik kayfiyati mavjudligi ana shunday sabablar sifatida qayd qilindi. Ushbu sabablarni bartaraf etish ma’lum bir vaqtni taqozo qiladigan va evolyusion tarzda amalga oshiriladigan jarayon ekanligi ta’kidlandi. Chunki jamiyatning siyosiy- huquqiy madaniyatini oshirish va befarqlik kayfiyatidan xalos etish, daxldorlik hissini shakllantirish insonning bilimi va ma’naviyatini yuksaltirish bilan bog‘liq. Bilimni rivojlantirish ta’lim tizimiga bog‘liq, ma’naviyatni rivojlantirish tarbiya tizimiga bog‘liq bo‘lgan evolyusion jarayondir. Shuning uchun ta’lim va tarbiya tizimida odamlarda daxldorlik hissini shakllantiradigan bilim va g‘oyalarni berish choralarini ko‘rish lozim. Nazorat tizimining strukturasi bir-biriga gorizontal va vertikal bog‘liq bir qancha elementlardan iborat bo‘lgan barqaror yaxlitlik bo‘lib, uning elementlaridan birining ishlamasligi tizimning zaiflashuviga olib keladi. Ularning bir-biriga bog‘liqligi va samarali ishlashi ommaviy axborot vositalari orqali beriladigan axborot bilan ta’minlanadi. Umuman, jamiyatga axborot berish demokratiyaning namoyon

bo‘lishini va nazorat tizimi ishlashining muhim sharti hisoblanadi. Chunki demokratiya namoyon bo‘lishi va nazorat sub’ektlari o‘z nazoratlarini amalga oshirishlari uchun ular mamlakatda bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lishlari kerak. Adolatli ijtimoiy tartib qaror topishi uchun jamiyat hayotining barcha sohalarida nazorat bo‘lishi lozim. Barcha sohalarda huquq va axloq normalariga rioya etilishi nazorat qilinishi kerak, jumladan, rag‘batlantirish tizimida ham davlat va jamiyatning sheriklikdagi nazorati o‘rnatilishi kerak. Iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohadagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish odamlarni yanada samarali mehnat qilishga undaydigan omil hisoblanadi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, rag‘batlantirish tizimida adolat bo‘lishi uchun nazorat mexanizmi muntazam ishlab turishi lozim. Agar nazoratni faqat hakamlar hay’ati amalga oshirsa, adolatni ta’minlash gumon bo‘ladi. Rag‘batlantirishda adolat kafolatlangan bo‘lishi uchun nazoratda jamiyat ham ishtirok etishi lozim. Buning uchun tanlov jarayoni ommaviy axborot vositalari orqali bevosita yoritilishi kerak. Bundan tashqari, g‘olib deb topilgan va rag‘batlantirilgan odam o‘z g‘olibligini yoki rag‘batlantirishga munosibligini jamiyatga OAVlari orqali isbotlab berishi lozimligi qat’iy belgilab qo‘yilishi jamiyat nazoratini anglatadi va adolatning kafolati hisoblanadi. Nazorat tizimining samarali ishlashi, eng avvalo, odamlardagi befarqlik kayfiyati jilovlanib, daxldorlik hissi shakllanganligiga bog‘liq. Agar odamlarda daxldorlik hissi bo‘lmasa va ular jamiyatga nisbatan befarq bo‘lib yashasa, bunday jamiyatda nazorat tizimi yaxshi ishlamaydi. Chunki har qanday tizim ishlab turishi uchun, uni tashkil etgan elementlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishi va bir element ikkinchisiga ta’sir etib turishi kerak, aks holda tizim ishlamay qoladi. Masalan, nazorat tizimining asosiy vositasi bo‘lgan deputatlar korpusi o‘zining nazorat funksiyasini amalga oshirishi uchun ularning o‘zi nazorat ostida bo‘lishi kerak. Ularning nazoratini elektorat amalga oshiradi, deputatni elektorat nazorat qilishi uchun esa unda ichki nazorat bo‘lishi kerak. Ichki nazorat daxldorlik hissini shakllantiradi va xuddi shunday daxldorlik hissi ichki nazoratni kuchaytiradi. Ichki nazorat kuchli bo‘lsa, nazorat tizimi barqaror ishlab turadi. Har qanday mexanizmda bo‘lgani kabi, nazorat mexanizmida ham harakatni boshlaydigan element bo‘ladi. Ana shu element jamoatchilik nazoratidir va uni harkatlantiruvchi kuch – bu ichki nazoratdir. Ichki